8 sinf ona tili dars ishlanmalari
Birinchi, ikkinchi va uchinchi gapni ayting?
Dars ishlanmasiga qo`yilgan talab va ijrosi o`quv jarayonida bajarilish tahlili
O`qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’lim muvaffaqiyati va samarasi garovidir. Dars bu, sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida o`qituvchi tomonidan o`quvchilar uchun o`quv-tarbiya jarayonining maqsadli tashkil etilishidir.
Shunday ekan, har bir o`qituvchi darsga sifatli va puxta tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka, pok vijdonga xiyonat ekanligini va ish haqini halollab olish lozimligini his qilishi kerak. Chunki, har bir fan o`qituvchisi faoliyati asosini sifatli dars o`tish, o`quvchilarga yaxshi ta’lim-tarbiya berish tashkil etadi.
O`qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi ikki bosqichdan iborat:
1. O`qituvchining o`z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi.
2. O`qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.
O`qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib boriladigan jarayon bo`lib, o`quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi:
- Davlat ta’lim standarti (DTS), o`quv dasturi, o`quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o`rganib chiqish;
- O`zi dars beradigan o`quv faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish;
- tegishli ko`rgazma materiallarni, o`quv-jihozlarini o`rganish, ularni qo`llay bilish;
- ilg`or o`qituvchilarning ish tajribalarini o`rganish, tahlil qilish orqali o`z bilimini kengaytirish;
- kompyuter texnikasidan foydalanish ko`nikmasini shakllantirib, bu boradagi mahoratini oshirish, elektron darsliklar, matn muharrirlari, “ZiyoNet” axborot ta’lim portaliga joylangan ma’lumotlardan samarali foydalanish kabilardir.
O`qituvchining darsga kundalik tayyorgarligi eng asosiy vazifalardandir.
Darsga tayyorgarlik ko`rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt (soat) aniqlashtirib olinadi.
2-bosqich: DTS va o`quv dasturidan o`tilayotgan mavzu yuzasidan o`quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko`nikma va malakalar) shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirilib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi.
3-bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar, slaydlar, ko`rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o`rganib chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekti) yoziladi.
Dars ishlanmasi (konspekt)ning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Sana, sinf (parallel sinflar uchun bitta mavzu bo`yicha alohida-alohida dars ishlanmasi (konspekt)ni yozish shart emas, bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. 5-“A”, “B” sinflar deb ko`rsatiladi), fan nomi yoziladi.
Darsning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida).
Dars maqsadi (darsga qo`yilgan maqsad 45 daqiqa davomida bajariladigan (erishiladigan), aniq, hayotiy (real) va dars yakunida baholanadigan(o`lchamli) bo`lishi maqsadga muvofiq):
a) ta’limiy maqsad – dars jarayonida o`quvchilarda shakllantiriladigan bilim, ko`nikma va malakalar asosida belgilanadi;
b) tarbiyaviy maqsad – dars jarayonida o`quvchilarda qaysi axloqiy sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi;
s) rivojlantiruvchi maqsad – dars natijasida o`quvchilarda qaysi bilimlar va axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiruvchi; umumlashtiruvchi; o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikma va malakalarni tahlil, nazorat qiluvchi kabi dars turlari bo`lishi mumkin.
Darsda foydalaniladigan metodlar: bunda an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlardan o`tilayotgan mavzuning o`quvchilar tomonidan samarali o`zlashtirilishiga xizmat qiladiganini oqilona tanlash lozim.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: texnik vositalar, slaydlar, ko`rgazmali va didaktik materiallar.
Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin:
tashkiliy qism;
o`tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash);
yangi mavzuni tushuntirish;
yangi mavzuni mustahkamlash;
o`quvchilarni baholash;
uyga vazifa berish.
Dars ishlanmasini tayyorlashda o`qituvchi darsning har bir qismini e’tiborga olishi maqsadga muvofiq.
Dars ishlanmasi (konspekt) hamma o`qituvchida bo`lishi shart. Lekin dars ishlanmasi qanday mazmunda, hajmda va necha varaqdan iborat bo`lishi o`qituvchining dars o`tishdagi o`ziga xos yondashuvidan kelib chiqqani ma’qul. Bunda hamma o`qituvchi uchun bir xil chegara, cheklov o`rnatib bo`lmaydi.
Agarda o`qituvchi dars berayotgan o`quvchilarning o`zlashtirish samaradorligi yuqori bo`lsa, ular turli ko`rik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan bo`lsa, o`qituvchining dars jarayoniga maktab ma’muriyati va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari xodimlari tomonidan halaqit berishlariga yo`l qo`yilmaydi.
Dars ishlanmasi (konspekti) qo`lyozma shaklida yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Dars ishlanmasini kompyuterda yozish uchun esa o`qituvchi, albatta, o`zi kompyuterda ishlashni bilishi lozim.
Direktorning o`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosari har bir o`qituvchining dars ishlanmasini ko`rib, tasdiqlash jarayonida ularda darsga kirish uchun quyidagi eng muhim(minimum) hujjatlar bo`lishini nazorat qiladi:
- dars ishlanmasi (konspekti);
- taqvim-mavzu reja;
- o`quv dasturi;
- darslik.
O`qituvchilarning darslarini tahlil qilish – samaradorlikka xizmat qiladi. O`qituvchilarni o`z ustida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradigan omillardan biri – muntazam ravishda o`qituvchilarning darslarini tahlil qilishdir.
O`qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish, ularning pedagogik mahorati, ish tizimi, o`quvchilarining o`zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish hamda o`qituvchilarning o`zaro tajriba almashish imkonini beradi.
Dars tahlili kuzatish va o`rganish shaklida olib boriladi. Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo`limi mudirlari, o`rinbosarlari, metodistlari tomonidan haftasiga kamida 2 soat, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o`rinbosarlari tomonidan 4 soat, fan metodbirlashma rahbari tomonidan 2 soat, o`qituvchilar tomonidan 1 soat o`qituvchilar darslari kuzatilishi va tahlil qilinishi belgilangan.
Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o`quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faolliklari, fanga bo`lgan qiziqishlari, o`quv materiallari va jihozlar bilan mustaqil ishlay bilishlari, o`qituvchiga bo`lgan munosabatlari aniqlanib, tahlilga tortiladi. Bunda asosiy mezonlar sifatida o`qituvchi tomonidan dars maqsadining to`g`ri qo`yilganligi, o`quv dasturi asosida dars jarayonini to`g`ri rejalashtirishi, materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy g`oyani ajratib olishi, ilmiylik, ko`rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirishni nazorat etishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi.
Unutmangki, sifatli dars – bu, o`quvchilar tomonidan samarali o`zlashtirilgan dars. Dars boshlangandan keyin hech kimning ushbu jarayonga halaqit berishiga yo`l qo`yilmaydi.
Darsning tahlili quyidagi turlarga bo`linadi:
1.Ilmiy tahlil. 2.Psixologik tahlil. 3.Metodik tahlil. 4.Didaktik tahlil. 5.Umumpedagogik tahlil va boshqa tahlillar (yoki bularning hammasini qamrab oladigan kompleks tahlil).
O`qituvchilarning darslarini tizimli tahlil qilish o`qituvchilarga amaliy-metodik tavsiyalar berishga va natijada dars samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.
Ta’lim muassasalaridagi fan metodbirlashmalarining asosiy vazifasi o`zaro tajriba almashish asosida ta’lim va tarbiya jarayonining ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida samarali tashkil etilishini ta’minlashdan iborat.
Fan metodbirlashmalari ta’lim muassasalarida fan oyliklari, ochiq darslar festivallari jarayonida o`tkaziladigan barcha turdagi mashg`ulotlarning asosan o`rganilishi qiyin yoki murakkab bo`lgan mavzular asosida tashkil etilishini ta’minlaydi.
Har bir fan yo`nalishidagi metodbirlashmalarda “Men o`zlashtirilishi qiyin bo`lgan mavzular bo`yicha darslarni qanday tashkil etaman?” mavzusidagi ochiq muhokamalar tashkil etiladi.
Fan o`qituvchilari astoydil, vijdonan yondashgan holda “Bilimlar bellashuvi”da o`quvchilarining faol ishtirokini ta’minlaydi. “Ustoz-shogird” tizimida, “O`rgan-o`rgat” tadbirlarida chin yurakdan, faol ishtirok etadilar.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.
8 sinf ona tili dars ishlanmalari
Uchquduq tumani 18-maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi Shamsiyeva Marg`uba Shavqiddinovnaning 8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kuniga bag`ishlab tayyorlangan tadbir ishlanmasi. “ Konstitutsiya.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 16/06/2018
Informatika fanidan dars ishlanma
Uchquduq tuman 18-sonli maktabning informatika fani o’qituvchisi Xoliqova Dilafro’zning “7×7 bellashuv” slayd dars ishlanmasi Mavzu:Amaliy mashg’ulot . 7×7 bellashuv dars Darsning maqsadi: A)Ta’limiy:kommunikativ kompet.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 14/06/2018
Ochiq dars ishlanma
Informatika fani o’qituvchisi Xoliqova Dilafro’zning bir soatlik ochiq dars ishlanmasi Mavzu:Paskalda shakllar chizish imkoniyatlari A)Ta’limiy:kommunikativ kompetensiya: kompyuter xotirasiga dastur kiritish jarayonida ingliz til.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 10/12/2017
informatikadan slayd dars
9-sinf informatika fanidan Standart funksiyalar va protseduralar, algebraik ifodalar mavzusini takrorlash slayd dars
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 10/12/2017
informatika fanidan dars ishlanma
Sinf 9-B Fan Informatika va Axborot texnologiyasi O’qituvchi Kadirova Mastura Abduxakimovna Dars raqami 20 –dars Sana 16 noyabr 2017 yil 4- soat Mavzu : Standart funksiyalar va protseduralar, algebraik ifodalar m.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 10/12/2017
informatika fanidan dars ishlanma o’qituvchi Kadirova M
Sinf 5-B Fan Informatika va Axborot texnologiyasi O’qituvchi Kadirova Mastura Abduxakimovna Dars raqami 6 –dars Sana 18 noyabr 2017 yil 4- soat Mavzu : K L A V I A T U R A Darsning ta’limiy vazifasi: o ‘quvchilarga K.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 06/11/2017
Boshlang`ich sinflarda o`zlashtirishi qiyin bo`lgan o`quvchilarda
Boshlang`ich sinflarda o`zlashtirishi qiyin bo`lgan o`quvchilarda o`qish ko`nikmasini shakllantirish. O`sib kelayotgan yoshlarni barkamol shaxslar etib shakllantirish hozirgi kunning dolzarb muammosidir.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 06/11/2017
boshlang’ich sinf o’qituvchisi Shamsiyeva Marg`uba Shavqiddinovn.
BOSH QOMUSIMIZ Konstitutsiya davlatimizda qonun ustuvorligini ta`minlab turadi. Uning ustuvorligi har birimizda ulkan mas`uliyatni, ya`ni – konstitutsiya va qonunlarni bilishni, ularga amal qilib.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 03/11/2017
“Ona tilim – jonimga masih” tayyorladi Malikova D. ona tili va.
O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 28 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan “Ona tilim – jonimga masih” nomli tadbir ishlanmasi 1-boshlovchi: Onam O’zbekiston, nurlar yurtisan, Bepoyon xazinam, durlar yurtisan. Donis.
Batafsil.
Fikr qoldirish
Muallif:18-maktab – 03/11/2017
Sifat so’z turkumi yuzasidan mustahkamlash darsi
Sinf: 6 Fan:Ona tili O’quvchi soni: 30 Mavzu: Sifat so’z turkumi yuzasidan mustahkamlash darsi Darsning maqsadi: Ta’limiy: o’quvchilarning sifat so’z turkumi yuzasidan bilim, ko’nikma.
Dars ishlanmalar
Joriy yilning 3-fevral kuni Buyuk mutafakkir,davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 582 yilligi munosabati bilan «Buyuk alloma hayoti ibrat na’munasi»mavzusida
8-«D»sinf rahbari L.Tojiyeva ochiq tarbiyaviy soat tashkil etdi.
3 февраля, 2023 by 10-мактаб Dars ishlanmalar
Помню и чту предков
Задумывались ли вы о своих предках, о своих корнях? Знаете ли историю своих отцов и дедов? Для меня эта тема очень важна. Хочу поделиться историей своих предков.
Мой отец Егамбердиев Тогаймурат был одним из самых уважаемых людей в Ташкентской области, в городе Янги базаре. Его знали, как участника Великой Отечественной войны 1941-1945 гг., известного общественного деятеля, прекрасного работника, аксакала. Он покалечил ногу, сражаясь на войне. А отправился туда добровольцем, став самым юным участником в панфиловском отряде. Сказал, что ему 18 лет, хотя было 16.
Храбро сражался с 1942 по 1945 гг. На войне был радистом. При выполнении задания, рядом взорвалась мина и покалечила его ногу. Он полз около 16 километров по снегу, время от времени теряя сознание, пока не нашел свой отряд.
Из-за травмы ему пришлось вернутся домой в 1945 году. У отца было много медалей и орденов, как за храбрость во время войны, а в мирное время его чествовали за добросовестный труд.
Даже во время заслуженного отдыха его привлекали, чтобы поднять то или иное предприятие, которое находилось на грани банкротства. Активно занимался общественной деятельностью: к нему обращались дети репрессированных за помощью, он не отворачивался от них. Даже выделил отдельную комнату для их приема. Приходили и за семейными советами.
Я всегда восхищалась своим отцом. Он был высоким, красивым. Русские друзья его называли Иваном Поддубным. Каждый раз когда я смотрела на него, думала а каким был мой дед?! Я часто задавала вопросы о нем отцу.
В то время об этом редко кто говорил и вообще нельзя было упоминать эту тему. Отец мне сказал, что мы из княжеского сословия, и что мой дед был одним из богатейших людей. У него были прислуги, 7 жен. Пятой жене он поставил памятник из бронзы. Во время революции памятник был расплавлен и из него сделали монеты. А дом дедушки был использован в качестве здания тюрьмы, так как он был очень крепким. Дом деда и посей день используется какой-то организацией. Мой папа сделал большие усилия, чтобы вернуть наследие деда, однако не получилось.
Бабушка моя тоже была уникальным человеком. Мой дед хотел взять ее в жены, но кто-то уже ее приметил и началась настоящая война за сердце бабушки. Дед собрал армию, вооружившись мечами, копьями. Бабушка стала последней, 7-й женой моего деда. Ее звали Кымбат, ей было 17 лет.
Папа мне сказал, что я могу гордится своими предками. Бабушка, когда стала женой деда, с караваном ездила в Бухару за мукой. Сама могла поднять с легкостью мешок молотого зерна, что я могу ее сравнить с царицей Тумарис.
Запомнилась еще одна история. После революции, когда деда не стало, на семью напали бандиты. Мои предки не растерялись. Папа, бывший участник войны, с легкостью скрутил одного из трех бандитов. И бабушка не осталась в стороне: шумовкой ударила одному по ушам, аж тот лишился уха.
Может и у вас есть увлекательная история о предках? Ведь это так познавательно. Не забывайте о своих корнях, время быстротечно.
Автор Феруза Егамбердиева, педагог школы №10 г. Учкудук
13 января, 2023 by 10-мактаб Dars ishlanmalar
“SAVODGA O‘RGATISH DAVRIDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH’’
SAVOD O’RGATISH DAVRIDA O’QUVCHILAR NUTQINI O’STIRISH
Ta’limning yangi mazmuni o’quvchilarning har tomonlama kamol topishga, ularni faollashtirishga qaratilgandir. Ayniqsa, bolalarni xat-savodga o’rgatish,luq’atni boyitish nutqlarni rivojlantirish orqali boshqa o’quv fanlarini o’zlashtirishga erishmoq lozim.
Xat savod o’rgatish ta’limning muhim bosqichi bo’lib, bu davrda o’quvchilarga to’g’ri o’qish, chiroyli yozish hamda o’qiganlarni so’zlab berish o’rgatiladi. Nutqni gaplarga gapni so’zlarga so’zni bo’qinlarga ajratish tovushlarni eshitib va talaffuz qilib bir-biridan farqlash so’zda tovushlarning birin-kеtinligiga e’tibor berishni ham bilib olishlari ta’minlanadi. Bolalarning nutqni o’stirishda kеsma harflar bilan ishlashga o’rgatish alohida ahamiyat kasb etadi. Ular yordamida bolalar boq’inlar tuzishga tеz o’rganadilar. Ochiq va yopiq bo’q’inlarni turli ko’rinishdan to’zilgan gaplar tuzishni ham mashq qiladilar. Kichik matnlarni ovoz chiharib bo’g’inlab ongli to’g’ri va ravon o’qishda o’rganadilar. Bu davrda bolalarni sidirqa ya’ni so’zlarni bo’g’inlab o’qishlariga aloqida ahamiyat berish lozim.
Bola avval ichida bo’g’inlab o’qish so’ng ovoz chiharib so’zni butunicha aytish o’qish yozuv bilan uzviy boq’lab olib boriladi. Bu usul bolalarning oqzaki va yozma nutqning baravar rivojlantirishga yordam bеradi.
O’qish darslarida o’quvchilar so’zdagi harflarni bir-biriga boq’lab yozish so’z va gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbе kitobida bеrilgan tartibda yozishga o’rgatiladi. Xat savod o’rgatish davrida bolalarni bosma harflar bilan yozma harflarning o’xshash tomonlarini farqlab bosma harflarni yozma ravishda ko’chirib yozishga ham o’rgatish foydalidir. Chunki ular ko’pincha bosma harflarni aralaShtirib yozib qo’yadilar.Shunday paytda ular e’tiborini yozuv namunalariga jalb qilish, yozuvlarini to’g’ri va chiroyli bo’lishiga erishmoq lozim.Bolalarning oq’zaki nutqini rivojlantirish ishlari ham bu davrning asosiy vazifalaridan biridir.
Alifbе davrida bolalarga tovush talaffuziga mos kеladigan so’zlar tanlanadi. Bolalarni yozuvga o’rgatishda dastlab yozilishi talaffuziga mos kеladigan so’zlar tanlanadi. Bolalarni yozuvga o’rgatishda so’z tarkibidagi harflarning to’g’ri aniq yozilishi va qo’shilishiga daftarlarni ozoda tutishga bolalar e’tibori tortiladi. Bu davrdagi darslarni maqsadga muvofiq tashkil etish o’quvchilar bilimining kеlgusida pishiq- puxta bo’lishiga mustahkam zamin yaratadi. Savod o’rgatish ishlarini to’g’ri tashkil qilish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim:
1.Ta’limning didaktik jixatlariga e’tibor bеrib uni so’nggi yutuqlar
bilan to’ldirib borish;
2. O’quvchilarning yosh va fiziologik jiqatlariga e’tibor berish;
3.Ularda mustaqil faoliyatni rivojlantirish usullarini kеng qo’llash;
4. O’qish va yozishning uzviyligiga e’tibor berish;
5. Alifbo va unga qo’shimcha matеriallardan ijodiy foydalanish;
Мaktabda o’quvchilarning oqzaki va yozma nutqini o’stirish uchun kurash barcha o’qituvchilarning ayniqsa ona tili o’qituvchilarining asosiy vazifasi sanaladi. O’quvchilar nutqini o’stirish ularga o’z halqining adabiy tilini o’rgatish dеmakdir. Adabiy til esa normaShtirilgan qonun-qoidali til. Ona tili o’qituvchisi o’quvchilarni ana shu adabiy tilda so’zlashga odatlantira borish kеrak. O’qituvchining nutqni o’stirish ishi bola maktabga 1-qadam qo’ygan kunidan boshlanadi. Nutq ko’nikmalari izchil ravishda olib borilgan amaliy ishlar natijasidagina hosil bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi grammatikaning har bir bo’limiga oid mashqulotda o’tilgan mavzu asosiyda o’quvchilarning nutq ko’nikmalarini o’stirishga e’tibor berishi lozim. O’qituvchi o’quvchilarni matnni to’g’ri ,ifodali, ravon talaffuz etishiga katta e’tibor berishi kеrak. Bu ko’nikmaga dastavval nutqning ixcham,sodda va ravon mazmundor bo’lishi kiradi. Shuning uchun har bir grammatika va imlo darsida nutq o’stirishi o’qituvchining diqqat markazida turishi, o’quvchilarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish va so’z boyligini kеngaytirish birinchi darajali vazifa qilib qo’yilishi Shart.
Savod ta’limida o’quvchining nutq o’stirishda bir turdagi mashq’ulotlar o’zoq davom etsa o’quvchilar tеz charchab qoladi. Shuni hisobga olib mashqulotlarning turi va usullarini o’zgartirib turish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, dastlabki mashq’ulotlar ta’sirchanlik va mu’jizakorlik jihatidan yo’qsak darajada bo’lishi kеrak. Chunki bolalar yozish va o’qishdеk aqliy faoliyatga birdaniga kirisha olmaydilar.
Savod ta’limning adabiy til mеyorlariga rioya qilgan holda olib borilishi qisqa va lo’nda ta’sirchan va tabiiy muloyim va ravon bo’lishi bolalar jamoasini tashkil etishda katta ahamiyatga egadir.
O’quvchilarning nutqini mukammal rivojlantirish uchun o’qituvchi ko’p izlanishi va ko’p bilim malaka va ko’nikmaga ega bo’lmoq’i lozim. Zеro, kеlajagimiz bo’lmish bolalar o’z ustozlari bilan fahrlanib yurishsin!
SAVODGA O‘RGATISH DAVRIDA INTERFAOL USULLARDAN
FOYDALANISH (DIDAKTIK O‘YINLAR MISOLIDA)
Alifbe darsligiga qo‘yiladigan xususiy talablar savodga o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlaridan, o‘zbek tilining tovush tarkibidan kelib chiqadi:
a) darslikda harflar tovush talaffuzi hamda yozuvdagi ifodasiga ko‘ra o‘quvchining oson o‘zlashtirishini hisobga olgan holda tartiblanadi. Masalan, o, n, a kabi harflar ham talaffuzi, ham yozilishi jihatidan oson harflar jumlasiga kiradi. Qolaversa, ta’limga otaonalar e’tibori nihoyatda kuchaygan hozirgi davrda o‘quvchilarning aksariyati bunday harf-tovushlarni o‘zlashtirgan holda maktab ostonasiga qadam qo‘ymoqdalar.
Albatta, sinfda o‘quvchilaning bilim darajasi bir xilda bo‘lmaydi. Binobarin, f, z, sh, ch kabi tovushlarning yozilishi va talaffuzining bolalar uchun birmuncha murakkabligini hisobga olgan holda keyingi bosqichlarda o‘rganiladi;
b) tovush-harflarni o‘rganish jarayonida unga ilova tarzida berilgan so‘zlar o‘quvchilar uchun amaliy jihatdan tanish buyum, narsa yoki hodisani ifodalashiga e’tibor qaratiladi;
d) darslikda berilgan so‘zlar, o‘quvchilarning aniq fikr yuritishini hisobga olgan holda,
aksariyat narsa-buyum nomlaridan iborat bo‘ladi;
c) so‘zlarning to‘g‘ri tanlanishi va tartiblanishi asosida imloga oid bilimlar izchil rivojlantirib boriladi
SAVOD O‘RGATISHNING TAHLIL-TARKIB USULI
Boshlang‘ich sinfda o‘quvchining kelajakdagi taraqqiyotini belgilab beruvchi ruhiy, ta’limiy
asoslar qo‘yiladi. Barkamol avlod taraqqiyoti savod chiqarishning asosi bo‘lgan alifbe
darslarining ta’limiy-tarbiyaviy sifat darajasiga bog‘liq.
Savodga o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan tahlil-tarkib tovush usulining asosiy
xususiyatlari quyidagilardan iborat
Tahlil-tarkibning savodga o‘rgatish davridagi bosqichlari
1) matndan gapni ajratib olish;
2) gapni so‘zlarga bo‘lish, birorta so‘zni tanlash;
3) so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish;
4) bo‘g‘indan tovushni ajratish, uning bosma va yozma shaklini ko‘rsatish hamda o‘rgatish.
1) kesma harfdan bo‘g‘in va so‘z tuzish;
2) tuzilgan so‘zni bo‘g‘inlab o‘qish;
3) bir necha so‘zlarni o‘qish;
4) yaxlit gapni o‘qish;
5) yaxlit matnni o‘qish.
Bolalarni savodga o‘rgatishda tahlil-tarkib qilishga undovchi mantiqiy topshiriqlardan foydalanib, o‘quvchilarda fikr rivojlantiriladi. Fikrlash jarayonida o‘quvchilar tafakkur yuritish orqali qator mantiqiy amallarni bajaradilar. Ya’ni so‘zning tovush tarkibini, so‘z
tarkibidagi bo‘g‘inlarni, bo‘g‘inlarning ochiq yoki yopiqligini tahlil qiladilar. O‘quvchilar so‘zlarni, ularning elementar belgilariga asoslangan holda yaxlit, ajralmaydigan bo‘laklarga ajratadilar. Tahlil o‘quvchilardagi mavjud ko‘nikmalarga, so‘zning tovush tarkibiorasidagi elementlarning assotsiativ (o‘zaro bog‘lanishli) aloqalarini anglash tajribasiga asoslangan holda amalga oshiriladi.
SAVODGA O‘RGATISH DAVRIDA INTERFAOL USULLARDAN
FOYDALANISH (DIDAKTIK O‘YINLAR MISOLIDA)
“Olma terish” didaktik o‘yini
Olma shakllari ortiga didaktik topshiriqdagi bo‘g‘inlar yoziladi. Doskaga “anor, ona, nina,norin, olma, shaftoli” rasmlari ilinadi. O‘quvchi bo‘g‘inni o‘qib, shu bo‘g‘inga mos rasmni topib nomini aytadi
“So‘z andazalari bilan ishlang”
“So‘z andazalari bilan ishlang” shartli belgisi bilan berilgan o‘quv materiallarini o‘rganishda uning mazmuniga ijodiy yondashgan holda, “Javoblar raqamlarda”, “Sonlar so‘zlaganda” kabi didaktik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir
“Javoblar raqamlarda”
O‘quvchilarning qo‘liga tayoqcha uchiga mustahkamlangan, 1, 2, 3 sonlari yozilgan
kartonlar beriladi. O‘qituvchi so‘zlarni birin-ketin aytadi. Agar so‘zlar bir bo‘g‘inli bo‘lsa,
o‘quvchilar 1 raqamini, ikki bo‘g‘inli bo‘lsa, 2 raqamini, uch bo‘g‘inli bo‘lsa, 3 raqamini
“O‘zingni yelpi”
Bir o‘quvchi taklif etilib, unga yelpig‘ich beriladi. O‘quvchilar unga savollar beradilar.
Doskadagi o‘quvchi savolga tez javob berishi lozim. Javob bera olmasa, yelpig‘ich bilan o‘zini yelpiydi. Agar yelpig‘ichda o‘zini yelpish esidan chiqsa, mag‘lub bo‘lib, o‘yindan chiqadi. Javob berolmasa ham o‘zini yelpisa, keyingi savolni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
O‘yin oxirida uning nechta savoldan qanchasiga javob bergani aniqlanadi. Shu tariqa o‘quvchida ziyraklik, topqirlik, o‘zini tuta bilish layoqatlari rivojlantiriladi.
Maktab ona tili ta’limi, shu jumladan, uning poydevorini tashkil etgan boshlang’ich sinflarning ona tili ta’limi har doim jamiyat talablari asosida rivojlanib boradi va shaxs taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ta’lim rivojlantiruvchi xarakterga ega bo’lib, o’quvchi bilimlarini takomillashtirishga asoslanadi.
Shu bois, bugungi kunda milliy pedagogikamiz hamda uning ajralmas qismi hisoblangan boshlang’ich ta’lim oldida turgan eng muhim vazifa, kichik o’quvchilarda serqirra, barqaror faoliyatini tarkib toptirish, faollikni ta’minlashdan iboratdir.
Ayniqsa, boshlang’ich sinfda — maktab ta’limning eng murakkab
davrida o’zlashtirish bo’sh o’quvchilarni bemalol yaxshi o’qiydiganlar qatoriga qo’shish, katta ijtimoiy, iqtisodiy ,siyosiy va pedagogik ahamiyat kasb etishini unutmaslik lozim. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ko’pchiligi ona tili o’qitish jarayonida o’zlashtirishi bo’sh o’quvchilar bilan ishlashda sezilarli qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Bo’sh o’zlashtiruvchilar ko’p hollarda ta’lim jarayonining kuzatuvchisi, nofaol
ishtirokchisiga aylanib qoladilar. Bu hol, shubhasiz, ularda ona tilidan
o’ta zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanmay qolinishiga hamda imloviy, talaffuz va nutqiy malakalarning yetarli rivojlanmay qolinishiga sabab bo’ladi. Shunday ekan, bo’sh o’zlashtirishni keltirib chiqaradigan asosiy omillar mavjudki, ularni har bir darsda e’tiborga oimoq muhim.
O’quvchi bilan bog’liq tomonlari.
- Fanga qiziqishi past.
- Salomatligi talab darajasida emas.
- Imlo qoidalarini puxta bilmaydi.
- Tayanch bilimlari yetarli emas.
- Tez yozish ko’nikmasini hosil qilmagan.
- So’zlarning aytilishi bilan yozilishini farqlay olmaydi.
- Mahalliy shevaning ta’siri bo’ladi.
O’qituvchi bilan bog’liq jihatlar.
- Nutqida nuqsoni bor bolalar bilan alohida ishlamaydi.
- O’quvchilarga mustaqil fikr yuritishni o’rgatmaydi. “Mening aytganim – aytgan, deganim – degan” qabilida ish olib boradi.
- Kundalik darslarni tizimli tahlil qilmaydi.
1. Darslarni o’zlashtirishga ulgurmagan o’quvchilar bilan individual ish olib bormaydi — differensial ta’limi amalga oshirmaydi.
2.O’quvchilar dars jarayonida shevani qo’llashiga ruxsat beradi.
3. O’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olmaydi.
4. O’quvchilarning qobiliyatlarini hisobga olmaydi.
5.O’quvchilarda so’zni va fikrni to’g’ri bayon qilish ehtiyojini yuzaga keltirmaydi.
Oilaviy muhit bilan bog’liq tomonlari.
- Ota- onalar bolalari bilan muntazam ishlamaydi.
- Uyda bolaning kun tartibi to’g’ri tashkil qilinmaydi.
- Ko’p hollarda o’zlari ham yetarli bilimga ega bo’lmaydilar.
- Bolalari bilan turli mavzularda tez- tez suhbatlar olib borib, ularning ishlarini, uy topshiriqlarini bajarishini nazorat qilib bormaydilar.
- Maktab bilan doimiy hamkorlik qilmaydilar.
- Dars tayyorlash uchun alohida sharoit yaratib bermaydilar.
Yuqorida aytilgan sabablar bartaraf etilib,bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvcilarda o’qish, uqish va fikrini og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri bayon qilish malakalari o’rganilayotgan til materiallari bilan uzviy aloqadorlikda amalga oshirilsa, bu murakkab jarayon muvaffaqiyatli kechadi. O’quvchilarning bo’sh o’zlashtirishiga sabab bo’ladigan ayrim hollarni ko’rib o’tdik xolos, holbuki, boshqa sabablar ham mavjud.
Quyida boshlang’ich sinflarda imloviy savodxonligi bo’sh o’quvchilar bilan ishlash bo’yicha ayrim tajribalarni ko’rib chiqamiz.
O’quvchilar ko’p hollarda o’zlari mustaqil ishlamaydilar, ayrim so’zlarning ma’nosini aniq bilmay , yozuvda xato qiladilar. Bunday o’quvchilar boshlang’ich sinflarning barcha guruhlarida uchraydi.
O’qituvchilar har bir sinfga mos topshiriqlarni belgilab olishlari kerak. Bu topshiriqlar darsda va undan tashqari mashg’ulotlarda imloviy savodxonligi bo’sh o’quvchilar bilan
1-sinfda sodda topshiriqlardan foydalanish lozim:
1.Kataklardagi kerakli harfni toping.
2.Rasmdagi narsalar nomini toping va yozing.
3. Yulduzchalar o’rnini unli harflar bilan to’ldiring: t*roq, ozod*,
- Tushirib qoldirilgan so’zlarni qo’yib, ko’chiring.
Biz __________ bolalarmiz.
4.Gapni davom ettiring.
- Berilgan so’zlar qatorini davom ettiring. Bunda ko’proq uyadosh
so’zlardan foydalanish mumkin.
Masalan: gul-atirgul, lolagul, rayhon, chinnigul, …
Kishi nomlari: Sharofat, Akmal,Po’lat, Laylo,…
Bunday o’quvchilar bilan sinfdan tashqari 4-5 nafar o’quvchi bilan individual mashg’ulot olib boriladi. Bunda qoida atroflicha tushuntirilib, shu mavzuga doir sodda misollar keltiriladi, mashqlar bajariladi.O’quvchilar yozma ishida yo’l qo’ygan xatolarning asosiy sabablarini bilib oladilar. Ularni qiziqtirish maqsadida vaqti bilan “Kim chiroyli va xatosiz yozadi?” rukni ostida kichik matnli diktantlar, bayonlar o’tkazib turadi.
Yozma ishni o’quvchi bilan birga tekshirish. O’quvchilarning
o’ziga diktanti yoki bayonini o’qitib turib, xatosini toptirish, tuzattirish.
Boshlang’ich sinflarda eng muhim va murakkabi – savod o’rgatish jarayonidir. Har bir bolaning qay darajada bilimga ega ekanligi ham shu jarayonda namoyon bo’ladi. Chunki bolalar maktabga kelganlarida turli tayyorgarlik darajasida bo’ladilar.Shuning uchun ham ular ona tili darslarida talaffuz me’yorida juda ko’p xatolarga duch keladilar.
Bolalar yozuvda shakli o’xshash harflarni ( ch- sh, b- d,k-h,
n-m) o’qishda talaffuzi yaqin tovushlarni almashtiradilar. O’quvchilarni bunday xatoliklardan saqlash uchun tovush mashqlarini
o’tkazish lozim. Bu mashqlar asosida o’quvchilar idroki o’sadi, darsga qiziqishi ortadi. Bunday topshiriqlar bolalarni toliqtirib qo’ymasligi uchun darsni ko’pincha o’yin — mashg’ulot tarzida olib borish foydali.
Kuzatishlarim asosida shunga amin bo’ldimki, 1-2- sinf o’quvchilari nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun o’rganilayotgan harf qatnashgan so’zlar tez aytishlar, topishmoqlar, hadislardan foydalangan ma’qul. Masalan o’quvchi “r” tovushini aytishga qiynalsa, o’qituvchi shu tovush qatnashgan bir necha
so’z tanlaydi ( masalan arra, archa, ro’mol, rasm, parda).
O’qituvchi bu so’zlarni aytadi,o’quvchi esa takrorlaydi.
Shundan keyin shu harfga doir topishmoq va mashqlar ham shu
usulda takrorlanadi. “R” tovushli topishmoq:
- Qanoti bor uchmaydi, quruqlikda turmaydi.
- Erta turadi, jar chaqiradi.
“ Sirli xat ” o‘yini
Pochtachi siymosidagi bola sinfga kiradi va shunday deydi : “ Men bir nechta sirli xat oldim. Kimga tegishliligi no`malum. Xat ustiga faqat savollar yozilgan. Menimcha , kim shu savollarga to`g`ri javob bersa xat shu o`quvchiga tegishli bo`ladi . Shundan so`ng “ Pochtachi ” xatjild ustiga yozilgan savollarni o`qiydi. Savollarga kim to`g`ri javob bersa, xat o`sha o`quvchiga topshiriladi. Xatjild ichidagi qog`ozda rag`batnatiruvchi so`zlar bo`ladi. Bu o`yindan o`quvchilar diqqatini jamlash, ta`lim jarayonining qiziqarli bo`lishi va samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish mumkin. Ilmiy adabiyotlarda didaktik o`yinlarni uyushtirishda darsning asosiy didaktik maqsadini hisobga olish lozimligi ko`rsatib o`tilgan. O`yindan darsning barcha bosqichlarida foydalanish mumkin. Didaktik o`yinlar quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1 – bosqich: O`qituvchi o`quvchilarni darsgacha bo`lgan vaqtda tayyorlaydi. Ular darsga kerakli o`quv qurollarini oldindan tayyorlaydilar, mavzuga oid materiallar bilan mustaqil tanishib, darslik va boshqa nazriy materiallarni ko`zdan kechiradilar. 2 – bosqich: O`quvchilarga o`yin mohiyati tushuntiriladi, rollar bo`lib beriladi, manbalar bilan, tanishtiriladi va o`yin amalga oshriladi. Bu jarayonda o`qituvchining o`rni juda muhim. U o`yin va o`yin qoidalarini o`quvchilarga yetkazadi va o`yinda bevosita o`zi ham ishtirok etib, ular bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi, turli talablarni bajarishda na`muna bo`ladi, qo`shimcha ma`lumotlar berib boradi.
“ Diqqat bolalar” ta’limiy o’yini.
Buning uchun o’quvchilar diqqat bilan o’qituvchining topshirig’ini eshitib darhol javob berishlari kerak bo’ladi.O’qituvchi bir kichik matnni o’qiydi o’quvchilar esa matnda nechta gap ishtirok etganini aytishlari kerak. Har bir gap ohangga rioya qilib, o’qib beriladi.
Kuz.Paxta dalasi.Paxtalar qiyg’os ochilgan.
Matnda nechta gap o’qildi?(Uchta).
Birinchi, ikkinchi va uchinchi gapni ayting?
Bu gapda nechtadan so’z ishtirok etgan?
Bu o’yin orqali o’quvchilar gap haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar.
“Sirli rasm” ta’limiy o’yini.
O’quvchilarning mantiqiy fikrlashlarini o’stirish maqsadida o’tkaziladi.Bu o’yinda rasmlar har xil shaklda qirqib olinadi va konvertga solinadi. Rasm shakllariga mavzuga oid savollar yoziladi.O’quvchilar shakllardagi savollarga to’gri javob berib,doskaga ilingan rasmni qismlarini to’ldiradilar.Qaysi o’quvchi- ning rasm qismlari birinchi to’ldirilsa, savollarga to’g’ri javob berilsa, g’olib sifatida rag’batlantiriladi.
„Kim chaqqon“ ta’limiy o‘yin. Doskaga ko‘rgazma osiladi, o‘quvchilar harflarga mos so‘zlarni topib, jadvalni to‘ldirishadi va unga egalik qo‘shimchalarini og‘zaki qo‘yib jadvalni to‘g‘ri to‘ldirgan va qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘ygan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. |
Namuna: M-mashinam , mashinang , mashinasi.
M | -mashina | S | -malina | B | -baliq |
E | -etik | A | -asal | A | -atir |
H | -handalak | N | -novvot | Y | -yelim |
M | -marvarid | D | -dutor | R | -ruchka |
O | -olma | I | -ishxona | A | -atlas |
N | -nihol | Q | -qalam | M | -maymun |
“Domino” (So‘z top)o‘yini.
O‘qituvchi matn ichidan biron so‘z aytadi, o‘quvchilar davom ettiradilar. O‘qituvchi boshlagan shahar nomidan boshlangan so‘z qaysi harfda tugasa, o‘quvchi shu harfdan boshlangan shaharni topib aytishi kerak. Masalan: “Toshkent” o‘qituvchi Toshkent so‘zini aytsa o‘quvchilar Taxtapul – Labzak – Kitob – Balx – Xiva –Andijon-Namangan-kabi so‘zlarni topadilar.
“Kim birinchi” didaktik o‘yin Unda o‘quvchilar unli va undosh tovushlar bilan tugagan ot so‘z turkumiga oid so‘zlarga berilgan qo‘shimchalarni qo‘yib, jadvalni to‘ldirishadi, kim birinchi to‘ldirsa g‘olib bo‘ladi. |
Unli tovushlar bilan tugagan ot so‘z turkumiga oid so‘zlar -m, -ng, -si | Undosh tovushlar bilan tugagan ot so‘z turkumiga oid so‘zlar -im, -ing, -i |
Lolam | Guling |
Olmang | Tilim |
Otasi | Telefoning |
Opam | Daftaring |
Oilasi | Kitobi |
10-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi