Milliy oʻquv dasturi loyihasi taqdim etildi
2. Tanlov g‘oliblari tomonidan xalq ta’limi tizimida foydalaniladigan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning erkin savdosini tashkil etish.
8 sinf ona tili darslik 2023
Chora-tadbirlar
Amalga oshirish mexanizmi
Bajarish muddati
Moliyalashtirish manbai
Ijro uchun mas’ullar
I. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida ta’lim sifatini oshirish
Ta’lim jarayoniga yangi Milliy o‘quv dasturini joriy etish.
Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari va Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
Xalq ta’limi vazirligi
2. Milliy o‘quv dasturi asosida darsliklar, mashq daftarlari hamda pedagoglar uchun o‘quv qo‘llanmalarni yaratish.
Tasdiqlangan rejaga asosan
3. Pedagog kadrlar hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash natijalari bo‘yicha aniqlangan bo‘shliqlardan, shuningdek, ota-onalar, ekspertlar va boshqa shaxslarning takliflaridan kelib chiqib, Milliy o‘quv dasturini takomillashtirish.
Yangi Milliy o‘quv dasturi asosida pedagog kadrlarning malakasini oshirish.
1. Milliy o‘quv dasturi asosida pedagog kadrlar uchun maxsus kontentlarni yaratish va “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasiga joylashtirish.
Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari
Xalq ta’limi vazirligi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
2. “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali bosqichma-bosqich o‘qituvchilar malakasini oshirish.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab
Yangi avlod darsliklarini yaratish bo‘yicha mualliflar maktabini shakllantirish, ular uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda mazkur sohaga xorijiy ekspertlarni jalb qilish.
1. Darsliklarni yaratish ko‘nikmasiga ega yosh muallif va mutaxassislar reyestrini shakllantirish.
Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari,
Xalq ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
Xalq ta’limi vazirligi
2. Yosh muallif va mutaxassislarni xalqaro nashriyot va noshirlik faoliyatini yurituvchi tashkilotlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab
3. O‘quv dasturi, o‘quv-metodik majmua va darsliklarni yaratish hamda yangilash uchun jalb qilinadigan xorijiy ekspertlar bilan muzokaralar olib borish va ularning ro‘yxatini shakllantirish.
4. Xorijiy ekspertlarni o‘quv dasturi, o‘quv-metodik majmua va darsliklarni yaratish hamda yangilash uchun jalb qilish.
2023-yil 1-yanvardan boshlab
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish.
1. Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiri�ish.
Qaror loyihasida Jamg‘armaning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, mablag‘larni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilash.
Xalq ta’limi vazirligi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari darsliklari va o‘quv-metodik majmualarining erkin savdosini tashkil etish.
1. Xalq ta’limi tizimida foydalaniladigan darslik hamda o‘quv-metodik majmualarni chop etish va ularning erkin savdosini tashkil etish bo‘yicha tanlov o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash.
Tashabbuskor korxona va nashriyotlarning mablag‘lari
Xalq ta’limi vazirligi
davlat va nodavlat nashriyot uylari
2. Tanlov g‘oliblari tomonidan xalq ta’limi tizimida foydalaniladigan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning erkin savdosini tashkil etish.
Takliflardan kelib chiqib
O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyatida qo‘llagan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish.
1. Ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan va faoliyatida zamonaviy metodikalarni qo‘llaydigan o‘qituvchilarni aniqlash tartibini ishlab chiqish va xalq ta’limi vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlash.
Xalq ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari
Xalq ta’limi vazirligi
2. Ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan va faoliyatida zamonaviy metodikalarni qo‘llaydigan o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantirish.
3. O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va zamonaviy metodikalarini ommalashtirish.
Xalqaro va mahalliy mutaxassislarni jalb etgan holda zamonaviy metodikalar asosida o‘qituvchilar malakasini oshirish.
1. Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi malaka oshirish muassasalariga chet tili, aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari
Xalq ta’limi vazirligi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
2. Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi malaka oshirish muassasalari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining malakali xodimlari hamda xorijiy mutaxassislardan iborat bo‘lgan trenerlar guruhlarini shakllantirish.
3. Trenerlar guruhlari tomonidan joylarga chiqqan holda pedagog kadrlarning bilim va mahoratini baholash hamda baholash natijasi bo‘yicha aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan hamda ilg‘or metodikalarga asoslangan sayyor o‘quv mashg‘ulot va seminar-treninglar o‘tkazilishini ta’minlash.
4. Trenerlar guruhlari a’zolarining oylik ish haqiga ustama to‘lash bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilish.
5. “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali o‘qituvchilar uchun qo‘shimcha individual malaka oshirish kurslarini joriy etish.
2023-yil 1-yanvardan boshlab
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining pedagogik ish rejasi va yuklamalarini qayta ko‘rib chiqish.
1. Yosh mutaxassislar (5 yilgacha pedagogik stajga ega bo‘lgan) zimmasiga darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida maxsus pedagogik xarita va dars ishlanmalarini tayyorlash majburiyatini yuklash yuzasidan pedagogik jamoatchilik fikrini o‘rganish (so‘rov o‘tkazish).
Xalq ta’limi vazirligi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
2. So‘rov natijalaridan kelib chiqib, u mumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining pedagogik ish rejasi va yuklamalari ga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘rib chiqish.
II. Jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, ular uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib rag‘batlantirish
Pedagog kadrlar faoliyatini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish.
1. Ilg‘or o‘qituvchilar faoliyatini yoritish bo‘yicha media-reja ishlab chiqish.
Xalq ta’limi vazirligi
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(Abduxalikov) ,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
2. Media-reja asosida ko‘rsatuv, qisqa metrajli roliklar va filmlar yaratish va ularni ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etish.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab
3. Respublika ta’lim markazi takliflari asosida “Zamonamiz qahramoni” rukni ostida turkum media mahsulotlar yaratish va ularni ommalashtirish.
Xalq ta’limi sohasida islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
4. Ijtimoiy video mahsulotlarni tayyorlash va elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning umumiy o‘rta ta’lim tizimida rahbarlik lavozimiga tayinlanishini cheklash.
1. Mavjud normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish hamda jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning umumiy o‘rta ta’lim tizimida rahbarlik lavozimida mehnat faoliyatini amalga oshirishini cheklash bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish.
Xalq ta’limi vazirligi
Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi
2. Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning xalq ta’limi tizimida rahbarlik lavozimiga tayinlanishini cheklash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish.
Bunda, shu jumladan quyidagi shaxslarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga rahbarlik lavozimiga tayinlanishini taqiqlashni nazarda tutish:
ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar;
qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar, qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan shaxslar;
jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar.
Bolaga nisbatan g‘ayriqonuniy ishlarni amalga oshirib, javobgarlikka tortilgan shaxslarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida mehnat faoliyatini olib borishini taqiqlash.
1. Mavjud normativ-huquqiy hujjatlar va xorij tajribasini tahlil qilish.
Xalq ta’limi vazirligi
Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi
2. Bolaga nisbatan g‘ayriqonuniy ishlarni amalga oshirib, javobgarlikka tortilgan shaxslarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida mehnat faoliyatini olib borishini taqiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) ro‘yxatini tasdiqlash.
1. Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) ro‘yxatini hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini tasdiqlash bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilish.
2. Tasdiqlangan qo‘shma qarorni rasmiy veb-saytga joylashtirish.
Har yili 1-avgustgacha
Xalq ta’limi vazirligi
Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lash tizimini joriy etish.
1. Ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda pedagog kadrlarning umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash tizimini ishlab chiqish va ichki normativ hujjat bilan tasdiqlash.
Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi
Xalq ta’limi vazirligi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(Tashkenbayev) ,
2. Maktab o‘qituvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishini sertifikatsiyadan o‘tkazish.
3. Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimlarida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga to‘lanadigan ustama haq miqdorini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash ishlarini takomillashtirish.
1. Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash ishlarini takomillashtirish, shu jumladan quyidagilar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (keyingi o‘rinlarda — ChQBT) fanidan dars berayotgan hamda oliy ta’lim muassasalarining harbiy ta’lim fakultetini tugatgan o‘qituvchilarning harbiy unvonlarini oshirish;
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ChQBTni tashkillashtirishning yagona tartibini belgilash;
ta’lim muassasalarining bitiruvchi sinf va kurslarida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan harbiy poligonlarda amaliy otish mashg‘ulotlarini o‘tkazishning aniq mexanizmini belgilash;
ChQBT fani doirasida o‘quv qurol-aslahalardan foydalanishni o‘rgatish;
ChQBTga oid hisobot hujjatlarining yagona shakllarini joriy etish;
ChQBT fani o‘qituvchilarini rag‘batlantirish mexanizmini belgilash;
o‘quvchilarni harbiy qismlarga va harbiy ta’lim muassasalariga ekskursiyaga yuborish;
harbiy texnikalar ko‘rgazmalarini tashkil etish.
( Qurbonov ),
Ichki ishlar vazirligi
Xalq ta’limi vazirligi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
III. Iqtidorli yoshlar bilan ishlash, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish
Xalqaro fan olimpiadalari bo‘yicha milliy terma jamoalarning faoliyatini yanada rivojlantirish va natijadorligini oshirish.
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash jarayonlariga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
2022-yil may — avgust
Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari,
Xalq ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
Xalq ta’limi vazirligi
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini olimpiadalarga tayyorlash uchun maxsus metodik qo‘llanmalar va topshiriqlar majmualarini yaratish.
3. Xorijiy mamlakatlarning terma jamoalari bilan hamkorlikda qo‘shma yig‘inlarni tashkil etish.
4. Milliy terma jamoa a’zolari va kelgusi yil uchun rezervga kiritilgan o‘quvchilarni mavsumiy o‘quv yig‘inlari doirasida xalqaro olimpiadalar metodikasi asosida markazlashgan holda tayyorlab borish amaliyotini joriy qilish.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab
Ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini takomillashtirish.
1. Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kadrlar salohiyati, ta’lim sifati ko‘rsatkichlari va moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish.
Xalq ta’limi vazirligi
Davlat test markazi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan hamda ta’lim samaradorligi bo‘yicha yuqori natijalarga erishayotgan ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablari ro‘yxatini shakllantirish va ularga iqtidorli o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish.
O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni yanada ommalashtirish.
1. Zamonaviy ko‘nikmalar, liderlik, moliya, axborot texnologiyalari, dasturlash, marketing, menejment, motivatsiya, ijtimoiy media marketing (SMM), muvaffaqiyatli shaxslar biografiyasi va psixologiya bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish va ularni umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun xarid qilish.
Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari
Xalq ta’limi vazirligi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev)
2. Ushbu adabiyotlar asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasida viktorinalar tashkil etish.
Ijodkor va iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish.
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kesimida ijod bilan shug‘ullanadigan o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Madaniyat muassasalariga o‘quvchilarning ijodiy ishlarini chop etishni tavsiya qilish.
3. O‘quvchilarga ularning ijodiy ishlarini chop etishga ko‘maklashish.
Har yangi o‘quv yilida
Xalq ta’limi vazirligi
“Barkamol avlod” bolalar maktablarida talab yuqori bo‘lgan to‘garaklarni yo‘lga qo‘yishda xususiy sektor ulushini oshirish.
1. Tajriba-sinov tariqasida viloyatlarda bittadan “Barkamol avlod” bolalar maktablarida quyidagi mexanizm asosida o‘quvchilarni maktabdan tashqari mashg‘ulotlarga jalb qilish tartibini joriy etish:
o‘z kasbi ustalari bo‘lgan shaxslarga “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi bo‘sh xonalar va maydonlarni to‘garak tashkil etish uchun bepul asosda taqdim etish;
ota-onalar badali miqdorini to‘garak rahbari tomonidan erkin belgilash;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan oilalar farzandlarini (to‘garaklarga qatnashadigan o‘quvchilar umumiy sonining 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini) bepul o‘qitish;
to‘garaklarni tashkil etish bilan bog‘liq kommunal xarajatlarni to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lash.
“Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori tomonidan tadbirkorlar uchun to‘garaklar faoliyatini boshlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi;
tadbirkorlik subyekti berilgan to‘garak xonasini jihozlash va ta’mirlash ishlarini o‘z zimmasiga oladi.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab
Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari, Ijrochilar mablag‘lari
Xalq ta’limi vazirligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
“Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Zamonaviy kasblar” laboratoriyasini tashkil etish.
1. Har bir hududda barcha sharoitlarga ega bo‘lgan bittadan “Barkamol avlod” bolalar maktablarini aniqlash.
Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mahalliy budjet mablag‘lari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Xalq ta’limi vazirligi
2. “Zamonaviy kasblar” laboratoriyasini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan uskunalar ro‘yxatini shakllantirish.
3. Respublika bo‘yicha 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Zamonaviy kasblar” laboratoriyasini tashkil etish va to‘garak rahbarlarini o‘qitish.
O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyatini takomillashtirish.
1. O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.
Chora-tadbirlar dasturida quyidagilarni nazarda tutish:
jamiyatga a’zo bo‘lish va badal to‘lovini amalga oshirishni raqamlashtirish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jamiyatga a’zolik guvohnomalarini tantanali ravishda topshirish marosimlarini o‘tkazish;
sportning kamida 10 ta turidan Xalq ta’limi vazirligi terma jamoasi va zaxirasini shakllantirish, ularning turli xalqaro sport tadbirlarida ishtirokini ta’minlash.
Xalq ta’limi vazirligi
Sportni rivojlantirish vazirligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni o‘z muddatlarida amalga oshirish.
O‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash bo‘yicha yagona elektron platforma yaratish hamda har bir 5 — 11-sinf o‘quvchisi uchun elektron �Ish daftari”ni joriy etish.
1. Xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash bo‘yicha yagona elektron platformani yaratish.
o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash bo‘yicha diagnostik testlar o‘tkazish;
o‘quvchilarga respublikadagi mavjud professional ta’lim muassasalari hamda ulardagi mavjud yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berish.
Xalq ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari
Xalq ta’limi vazirligi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
2. Ekspertlar guruhini shakllantirish (zarur hollarda chet ellik ekspertlarni jalb etish) orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, kelajakda o‘z kasbini ongli va mustaqil tanlashlariga ko‘maklashuvchi elektron “Ishchi daftari”ni ishlab chiqish.
3. Har bir 5 — 11-sinf o‘quvchisi uchun elektron shaxsiy kabinet yaratgan holda “Ish daftari”ni joriy etish.
Maktab o‘quvchilarini professional ta’lim muassasalariga jalb etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.
1. O‘quvchilarda kasbga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Kasb va yoshlar” ochiq muloqot oyligini tashkil etish va uning doirasida:
yirik korxona, tashkilot va ta’lim muassasalarini jalb etish;
mehnat yarmarkalarini tashkil etish;
o‘z faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan kasb egalari bilan uchrashuvlar tashkil etish.
2. Tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
Har yili aprel-may oylarida
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Yoshlar ishlari agentligi
Oliy va o‘rta maxsus
Xalq ta’limi vazirligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
IV. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tizimini takomillashtirish va inklyuziv ta’lim jarayonlarini kengaytirish
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning pedagog kadrlari va mutaxassislari salohiyatini oshirish.
1. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning pedagog kadrlari va mutaxassislari malakasini oshirish tizimini yaratish.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab
Xalq ta’limi vazirligi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
2. Pedagoglar uchun “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan ishlash” mavzusida seminar-treninglarni muntazam tashkil etish.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari bo‘yicha ota-onalar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
1. Tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning ota-onalari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari,
Xalq ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
Xalq ta’limi vazirligi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
2. Metodik tavsiyalarni chop etish va ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilish.
3. Tavsiyalarni alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ota-onalariga yetkazish.
Brayl yozuvidagi bosma nashr (kitob)larni chop etish bozorini rivojlantirish.
1. Brayl yozuvidagi kitob (badiiy adabiyot, darslik, o‘quv qo‘llanma)larni tayyorlash va chop etish bilan bog‘liq barcha uskuna va jihozlar, Brayl shriftidan foydalanish uchun mo‘ljallangan qog‘oz mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod etish hamda Brayl yozuvidagi kitob (badiiy adabiyot, darslik, o‘quv qo‘llanma)larni chop etish bilan shug‘ullanadigan nashriyotlarga soliq imtiyozlarini taqdim etish masalasi bo‘yicha tegishli takliflarni ishlab chiqish uchun ishchi guruh shakllantirish.
Xalq ta’limi vazirligi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
2. Tegishli takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
3. Topshiriqdan kelib chiqib, zarur hollarda me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Respublika o‘g‘il bolalar hamda qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyaviy-axloqiy ishlarni takomillashtirish.
1. Respublika o‘g‘il bolalar hamda qiz bolalar o‘quv-tarbiya muass�salarida tarbiyalanayotgan o‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalari va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ularni kasbga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirni qabul qilish.
Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:
9 — 11-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari, “Temurbeklar maktabi”, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirishga hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yo‘naltirish;
professional yoki oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirmagan 11-sinf bitiruvchilarining tizimdagi tashkilotlarga (Qo‘riqlash xizmati, Jamoat tartibini saqlash, kinologiya va boshqalar) ishga joylashishiga ko‘maklashish;
kasb-hunarni egallash istagida bo‘lgan 9 — 11-sinf bitiruvchilarni “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari va mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlariga yo‘naltirish.
Ichki ishlar vazirligi
Xalq ta’limi vazirligi
V. Ta’lim tizimini raqamlashtirish
Ta’limni raqamlashtirish bo‘yicha axborot tizimlari hamda elektron ta’lim resurslarini (kontent) yaratish.
1. Ta’limga oid o‘yinlar orqali o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida interaktiv virtual ta’lim platformalarini (SmartLand, Edumarket va boshqalar) kontent bilan boyitish ishlarini tashkil etish.
Xalq ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
Xalq ta’limi vazirligi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
2. Umum�y o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun ilmiy-ommabop qisqa metrajli animatsion video roliklarni (Edukids) tayyorlash.
3. O‘quvchi-yoshlarga o‘zbek tilini o‘rgatishga qaratilgan platforma va mobil ilovalar ishlab chiqish. Bunda:
o‘zbek tilini xalqaro standartlar bo‘yicha o‘qitish metodikasini ishlab chiqish;
o‘zbek tilini yozish, o‘qish, eshitish va gapirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rgatishga mo‘ljallangan mobil ilova ishlab chiqish hamda uni doimiy ravishda kontent va test savollari bilan boyitish.
O‘quvchilarni “Bir million dasturchi” loyihasiga keng jalb qilish etish orqali ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish.
1. Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarini “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida trener sifatida tayyorlash.
Xalq ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
Xalq ta’limi vazirligi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
2. Trenerlar yordamida o‘quvchilarni loyihaga keng jalb etish.
3. Munosib faoliyat olib borgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish.
Umumiy o‘rta ta’lim m�assasalari hududining xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish maqsadida “Xavfsiz maktab” tizimini joriy qilish.
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga “Xavfsiz maktab” loyihasi doirasida nazorat kameralari va biometrik identifikatsiyatizimlarini o‘rnatish bilan bog‘liq moliyalashtirish manbalarini aniqlash.
Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari , Xalq ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Xalq ta’limi vazirligi
Ichki ishlar vazirligi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
2. “Xavfsiz maktab” loyihasini kamida 130 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida joriy etish.
3. “Xavfsiz maktab” loyihasini bosqichma-bosqich barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etish.
Xalq ta’limi tizimida Yagona boshqaruv dasturiy majmuasini (keyingi o‘rinlarda — Yagona dasturiy majmua) bosqichma-bosqich joriy etish.
1. Yagona dasturiy majmuani ishga tushirish.
2. Manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida shakllangan quyidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali doimiy ravishda Yagona dasturiy majmuaga taqdim etish:
2.1. o‘quvchilarning tug‘ilganligi haqidagi ma’lumotlar;
2.2. o‘qituvchi va xodimlarning mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlar;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
2.3. oliy va professional ta’lim muassasalarida o‘qiganlik haqidagi ma’lumotlar;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
2.4. o‘qituvchilarga berilgan malaka toifa sertifikatlari haqidagi ma’lumotlar;
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
(Tashkenbayev)
2.5. o‘qituvchilarga chet tili fani bo‘yicha berilgan sertifikatlar haqidagi ma’lumotlar.
Davlat test markazi
3. Bosqichma-bosqich ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni hisoblash modulini ishga tushirish va uni Moliya vazirligi axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.
Xalq ta’limi vazirligi
4. O‘qituvchilar shaxsiy kabineti modulini ishlab chiqish va unda:
oliy va professional ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarini;
xalqaro tan olingan va milliy sertifikatlarini;
biriktirilgan sinflar va dars soatlarini;
oylik ish haqi va boshqa ma’lumotlarni ko‘rish imkonini yaratish.
Xalq ta’limi vazirligi
Xalq ta’limi sohasida davlat �izmatlarini ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish.
1. Umumiy o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini joriy etish.
Xalq ta’limi vazirligi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
2. Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish.
3. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini joriy etish.
4. Eksternat tartibida imtihonlar olish bo‘yicha davlat xizmatini joriy etish.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Elektron shahodatnoma” axborot tizimini joriy etish.
1. “Elektron shahodatnoma” axborot tizimining texnik topshiriqlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Xalq ta’limi vazirligi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
2. “Elektron shahodatnoma” axborot tizimini yaratish.
3. “Elektron shahodatnoma” axborot tizimini tajriba-sinovdan o‘tkazish.
4. “Elektron shahodatnoma” axborot tizimini barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatida joriy etish.
VI. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va �larning infratuzilmasini yaxshilash
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini birlamchi sport anjomlari bilan ta’minlash.
1. Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini birlamchi sport anjomlari bilan ta’minlash va jihozlashning manzilli dasturini ishlab chiqish.
2. Manzilli dasturga asosan talab etiladigan mablag‘larni ajratish, sport anjomlari xarid qilish va umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga yetkazish.
2023-yildan boshlab, har yili
Davlat budjeti mablag‘lari
Xalq ta’limi vazirligi
Sportni rivojlantirish vazirligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani xonalarining moddiy-texnika bazasini kuchaytirish va o‘quv maydonlari holatini yaxshilash.
1. Mavjud chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani xonalari va o‘quv maydonlarini xatlovdan o‘tkazish.
Mahalliy budjet mablag‘lari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ,
Xalq ta’limi vazirligi
2. O‘tkazilgan xatlovlar natijasida aniqlangan moddiy-texnika bazasi va holati yaxshi bo‘lmagan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani xonalari va o‘quv maydonlarini bosqichma-bosqich jihozlash.
Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi muassasalarda mavjud foydalanilmayotgan avariya holatidagi bino va inshootlarni buzish hamda atrofini obodonlashtirish.
1. Xalq ta’limi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.
Xalq ta’limi sohasida islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Xalq ta’limi vazirligi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Ichki ishlar vazirligi
2. Ishchi guruh tomonidan Xalq ta’limi tasarrufidagi muassasalarda mavjud foydalanilmayotgan avariya holatidagi bino va inshootlarni xatlovdan o‘tkazish hamda xatlov natijalari asosida manzilli ro‘yxatni shakllantirish.
3. Manzilli ro‘yxatga kiritilgan bino va inshootlarni belgilangan tartibda buzish hamda atrofini obodonlashtirish.
Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi sog‘lomlashtirish oromgohlari moddiy-texnika bazasini yaxshilash.
1. Sog‘lomlashtirish oromgohlarini xatlovdan o‘tkazish.
Xalq ta’limi vazirligi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Xatlov natijalaridan kelib chiqib oromgohlar moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
“Bolalar kutubxonalari” va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalarini “Elektron kutubxona” tizimiga ulash.
1. “Elektron kutubxona” tizimiga ulanadigan “Bolalar kutubxonalari” va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalarining reja-jadvalini tasdiqlash.
2. Reja-jadval asosida “Bolalar kutubxonalari” va umumta’lim muassasalari kutubxonalarini “Elektron kutubxona” tizimiga ulash uchun bosqichma-bosqich jihozlash.
3. “Bolalar kutubxonalari” va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalari xodimlarida “Kutubxona kitob fondi va kitobxonlar ro‘yxatini yuritish” elektron platformasidan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quvlarni tashkil etish.
2023 — 2026-yillar davomida
Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Xalq ta’limi vazirligi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini davriy bosma nashrlar bilan ta’minlash.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini faqat xalq ta’limi yo‘nalishidagi davriy bosma nashrlar, xususan, “Ma’rifat”, “Uchitel Uzbekistana”, “Tong yulduzi”, “Klass!” gazetalari, “Xalq ta’limi”, “Til va adabiyot ta’limi”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “G‘uncha”, “Gulxan” jurnallariga obuna qilish.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga obuna uchun ajratilgan mablag‘lar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Milliy oʻquv dasturi loyihasi taqdim etildi
Jumladan, maktablar xususida toʻxtalib, ularda bugun aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi murakkab tuzilgani, nazariy bilimlar amaliyot bilan bogʻlanmagani, oʻquv dasturlarida uzviylik yoʻqligi, darsliklarning mazmuni va sifati qoniqarsiz ekani haqli eʼtirozlarga sabab boʻlayotgani, amaldagi davlat taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlarida oʻquvchilarni taʼlimning navbatdagi bosqichiga tayyorlash, erkin fikrlash va mustaqil hayotga yoʻnaltirish masalasi eʼtibordan chetda qolayotganini tanqid qildi. Bunday holatlarga barham berish uchun xorijiy ekspertlar va tajribali oʻqituvchilarni keng jalb qilgan holda, umumiy taʼlimning Milliy oʻquv dasturi loyihasini ishlab chiqish va joriy oʻquv yili davomida uni ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarida sinovdan oʻtkazish lozimligi taʼkidlandi.
Nazariy va amaliy bilimlar uygʻunligiga eʼtibor qaratiladi
Butun dunyo ogʻir sinovni boshidan kechirayotgan bir paytda farzandlarimiz bilimida boʻshliq paydo boʻlmasligi, mavzularni oʻz vaqtida samarali oʻzlashtirishi uchun “Onlayn maktab” loyihasi tashkil etildi. Unga Respublikamizning tajribali va mohir pedagoglari jalb qilingan. Oʻquvchilar oʻtgan oʻquv yilining bir choragini onlayn tarzda oʻzlashtirdi, ayni paytda ham ayrim bolalar taʼlimni masofadan turib davom ettirmoqda. Maktablarimizda oʻquv yili karantin qoidalariga amal qilgan holda boshlandi. Barcha oʻquvchilar darsliklar va mashq daftarlari bilan taʼminlandi. Baʼzi oʻquvchilar aka-opalari foydalangan kitoblarni ishlatayotgan boʻlsa, ayrim sinf oʻquvchilari qayta nashrdan chiqqan yoki yangi chop etilgan darsliklardan foydalanmoqda.
Yangi oʻquv yili oʻquvchilarni qanday darsliklar bilan qarshi oldi? Yangi darsliklarning avvalgilaridan farqi nimada? Prezidentimiz nutqida keltirilgan masalalar boʻyicha qanday vazifalar belgilanyapti? Ana shunday savollarga javob olish uchun Respublika taʼlim markazi mutaxassislariga murojaat qildik.
– Prezidentimiz maʼruzasida taʼlim, jumladan, darsliklar xususida shu kunning dolzarb masalalari koʻtarildi. Bu esa, ayniqsa, taʼlim markazi zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi, – deydi Respublika taʼlim markazi direktorining birinchi oʻrinbosari Aziz Ortiqov. – Yangi oʻquv yilida rejaga asosan 1-, 4-, 5-sinflarda jami 558 nomdagi darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar chop etildi, Ularning 346 nomdagisi umumtaʼlim maktablari,
160 nomdagisi imkoniyati cheklangan bolalar uchun boʻlsa, 52 nomdagi multimedia ilovalari esa oʻquvchilar bilimini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Umumtaʼlim maktablari darsliklarining 118 nomdagisi asl nusxasi,
228 nomdagisi esa tarjima nusxalaridir.
Yangi oʻquv yilida oʻquvchilar foydalanishi uchun 1–9-sinflarda “Tarbiya”,
5-, 8-, 9-sinflarda “Informatika”, 4-, 5-sinlarda “Texnologiya”, 8-sinflarda “Ingliz tili”, “Nemis tili”, “Fransuz tili” darsliklari (majmua shaklida), 10-, 11-sinflarda esa “Ona tili”va “Oʻzbek tili” fanlaridan oʻquv-metodik qoʻllanmalar yangidan yaratildi. 4-, 5 –sinflar toʻliq toʻplamda, 1-sinflarda “Alifbe”, 2-, 3-sinflarda Chet tili mashq daftarlari qayta nashr etildi.
5-sinf uchun yaratilgan “Biologiya” darsligi avval “Botanika” nomi bilan chop etilgan. Eski darslikda faqat oʻsimliklar dunyosi oʻrganilgan, yangi darslikda esa biologiyaning barcha boʻlimlariga oid boshlangʻich tushunchalar berilgan. Avvalgi darslik 6 bob, 31 mavzudan iborat boʻlib, laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar uchun alohida soat ajratilmagan edi, qayta nashrda esa oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilgan. Endilikda mazkur fanning 18 soati nazariy, 16 soati amaliy mashgʻulot tarzida oʻtiladi. Darslikda Oʻzbekistonda uchraydigan dorivor va zaharli oʻsimliklar, Oʻzbekiston qizil kitobi haqida ham maʼlumotlar keltirilgan.
Taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan maktablar uchun 5-sinf adabiyot darsliklariga oʻzbek va jahon adiblari ijodidan namunalar kiritildi.
Prezidentimiz oʻz maʼruzasida darsliklar yaratishga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi. Undan kelib chiqqan holda oʻzimizga kelajakda amalga oshirishimiz lozim boʻlgan bir qator vazifalarni belgilab oldik. Darhaqiqat, fanlarni oʻqitish metodikasi, nazariy va amaliy bilimlar muvofiqligi, dasturlar uzviyligi, darsliklar mazmuni va sifatida talay kamchilik va muammolarimiz bor. Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashrga tayyorlashda ularni mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga qay darajada javob bera olishiga yana-da jiddiy eʼtibor qaratishimiz, amaliyotchi oʻqituvchilar, fan metodistlari hamda salohiyatli olimlar tomonidan chuqur ekspertizadan oʻtkazishimiz lozim. Darsliklar ekspertiza xulosalari asosida uning mualliflari, nashriyot xodimlari hamda fan metodistlari hamkorligida qayta ishlansa, mazmuni va illyustratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsa yana-da mazmunli va sifatli boʻladi. Darsliklarni yana-da takomillashtirish uchun jahon tajribasini kengroq oʻrganish, loyihalarimizga Respublikamizdagi eng tajribali mutaxassislarni, xorijiy ekspertlarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq.
Darsliklarni tayyorlashda oʻquvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari alohida inobatga olinadi. Darslik mazmunida mavjud boʻlgan takrorlanishlar bartaraf etiladi, xalqaro tajribaga tayangan holda darslikning dizayni va foto-illyustratsiyalariga oʻzgartirish kiritiladi. Yana bir eʼtiborli holat shuki, fanlar kesimida fanlararo bogʻliqlik hamda sinflararo uzviylik taʼminlanishiga yana-da jiddiy eʼtibor qaratiladi. Darslik va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratishda ular mazmuniga xalqaro baholash dasturi —TIMSS, PIRLS talablari oʻquvchilar yoshiga mos tarzda yana-da chuqurroq singdiriladi. Shuningdek, mavzularni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitish maqsadida barcha darsliklarga QR kodlar oʻrnatiladi.
“Tarbiya” – yangi fan
– Davlatimiz rahbari nutqida umumtaʼlim maktablarida “Tarbiya” fani birinchi marta joriy etilayotgani alohida taʼkidlandi. Darhaqiqat, yangi oʻquv yilidan “Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlari oʻrniga “Tarbiya” fani oʻtiladi, – deydi A.Ortiqov. – Mazkur fan darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning “Axloq taʼlimi”, Singapurning “Feʼl-atvor va fuqarolik taʼlimi”, Buyuk Britaniyaning “Tafakkur”, “Xulq taʼlimi” kabi fanlari va darsliklari yaqindan oʻrganildi. Darslikda ilk marotaba XXI asr koʻnikmalari deb nom olgan “yumshoq koʻnikmalar” joriy qilindi. U orqali oʻquvchida bilim berishdan tashqari muayyan koʻnikma ham shakllanadi. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar va mavzular oʻquvchida muvaffaqiyat motivlarini uygʻotadi, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantiradi. Shuningdek, oʻquv fani mohiyati 50 foiz nazariy, 50 foiz amaliy asosga qurilgan. “Tarbiya” darsliklarida “role-model”, yaʼni zamonaviy pedagogik metoddan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi. 1–9- sinflar darsliklari ustida sinov tariqasidai jodiy jamoa ishladi. Bu har bir sinf darsligi oʻrtasidagi tafovut va takrorlanishning oldini olish va bir butun, izchillikdagi darslik yaratilishini taʼminlashga xizmat qiladi. Darslik yorqin, rangli illyustratsiyalarga boy va har bir boʻlimi oʻziga xos fon, milliy va umuminsoniy xulq, ijtimoiy malakani ifoda etgan rasmlar bilan berilgan.
Ayni paytda boshlangʻich sinf oʻquvchilari mazkur darsliklardan foydalanishyapti. Insonning kelajakda muvaffaqiyat qozonishi, eng avvalo, toʻgʻri qoʻyilgan maqsadga bogʻliq. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati shuki, u bolada bosqichma-bosqich maqsad qoʻyish va unga intilish koʻnikmasini shakllantirib boradi. Tarbiya dasturiga eʼtibor qaratsak, oʻquvchi 1-sinfda dastlab orzularini aniqlay olishga oʻrgatiladi. 2-sinfda oʻz oldiga maqsad qoʻya olish koʻnikmasi shakllantiriladi. 3-sinfda oʻquvchida dasturni oʻzlashtirish natijasida maqsad va orzu-umidlarni amalga oshirishga harakat qilish koʻnikmasi paydo boʻladi. 4-sinfda esa atrofda boʻlayotgan voqea-hodisalarga sogʻlom munosabat bildira oladi, shaxs sifatida oʻzini anglaydi va oʻz xatti-harakatlarini tahlil qiladi. Yuqori sinflarda bu koʻnikmalar shakllanib, oʻquvchi oʻz oldiga maqsad qoʻya olish, mustaqil fikrlash, oʻz faoliyatini tahlil qilish, toʻgʻri qaror qabul qilish kabi koʻnikmalarga ega boʻladi.
Milliy oʻquv dasturi yaratiladi
Fan va texnologiyalar taraqqiyotining jadallik bilan amalga oshishi, raqamli iqtisodiyotga oʻtish bilan bogʻliq jarayonlar yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy oʻzgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, globallashuv va integrallashuv sharoitida barcha sohalarda kuchli raqobat muhitini shakllantirib, pirovardida taʼlim sohasiga nisbatan yangi talablarni qoʻymoqda.
Prezidentimiz nutqida keltirilganidek, dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan Milliy taʼlim tizimini yaratish zarurati paydo boʻldi. Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlimni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish maqsadida ilgʻor milliy va xorijiy tajribalar, xalqaro baholash dasturlari talablarini inobatga olgan holda oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikasi va taʼlim sifatini baholash tizimini takomillashtirish vazifalari belgilab berildi.
– Umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturi 6 komponent – umumiy oʻrta taʼlimning malaka talablari, umumtaʼlim fanlarining konsepsiyalari, oʻquv reja, fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholash tizimidan iborat boʻladi, – deydi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori Mehriniso Pardayeva. – Mazkur dasturni ishlab chiqish, ekspertiza va tajriba-sinovdan oʻtkazish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish samaradorligini taʼminlash maqsadida yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, UNICEF, UCAID va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy konsultantlar bilan tizimli ishlash tashkil etildi.
Ekspertiza xulosalariga koʻra ishchi guruh tomonidan Milliy oʻquv dasturining barcha komponentlari takomillashtiriladi va uning asosida 2021-yilning 1-choragidan boshlab 1-, 2-sinflar uchun toʻliq toʻplamda, yangidan joriy etiladigan fanlar boʻyicha 1–6-sinflar darsliklarining yangi avlodi yaratiladi. Milliy oʻquv dasturi 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tajriba-sinovdan oʻtkazilib, 2026-2027 oʻquv yiliga qadar toʻliq amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda.
Yoshlikda olingan bilim toshga oʻyilgan naqshga mengzaladi. Naqsh mahorat bilan ishlanishi yoki, aksincha, boʻlishi mumkin. Shu bois oilada farzand dunyoga kelishi hamonoq uning taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Dastlab ota-ona, mahalla-koʻy, maktabga chiqqach esa oʻqituvchilar zimmasiga jiddiy masʼuliyat yuklanadi. Mamlakat kelajagining bunyodkori sanalmish yoshlarning taʼlim olishida darsliklarning xizmati beqiyos. Oʻquvchilarning risoladagidek bilim olishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, bilim samaradorligini oshirishda maktab darsliklari asosiy vositalardan biridir. Oʻquvchi darslikdan bilim oladi, tajriba toʻplaydi va uni oʻz hayotida qoʻllashni oʻrganadi. Shunday ekan, darsliklarning mukammalligi har makon va zamonda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eʼtiborsizlik tufayli unda yoʻl qoʻyilgan birgina xato ulgʻayib kelayotgan oʻquvchi hayotini tamomila teskakri tomonga burib yuborishi hech gap emas. Yurtimizda taʼlim tizimi, xususan, darsliklarga Prezident darajasida diqqat-eʼtibor qaratilayotgani zamirida katta maqsad va maʼno mujassam.
Bashorat OTAJONOVA,
jurnalist.
Ona tili darsliklaridagi xatoliklarga qachon barham beriladi?
O‘zAda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Muhammad Valining ona tili fani bo‘yicha boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim dasturlari orasidagi ayrim nomuvofiqliklar xususidagi maqolasi chop etildi.
Bugun mamlakatimiz ta’lim tizimidagi yangilanish va o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zamonaviy maktablar, yangi darsliklarni ko‘rib, ko‘z quvonadi. Demak, endigi muhim vazifa – yaxshi o‘qitish va yaxshi o‘qish. Yangi o‘quv yili boshlangach, bu borada o‘qituvchi va o‘quvchilarning saviyasi qanday ekanligi bilan qiziqib, bir necha maktablarda bo‘ldik. O‘tkazilgan savol-javoblar o‘qituvchi va o‘quvchilarning saviyasi talab darajasida ekanligini ko‘rsatdi. Ehtimolki, savollar soddaroq bo‘lgandir. Bilmadim. Shunday bo‘lsa bordir. Lekin muloqot jarayonida yuz bergan ayrim tortishuvlar bizni befarq qoldirmadi.Biz savol-javob jarayonida o‘quvchilardan iloji boricha osonroq tushunchalarni so‘radik. Masalan, “Gap bo‘laklari” mavzusini. Bu mavzu 3-sinf o‘quvchisiga ham yaxshi tanish. 4—5-sinf o‘quvchilarining barchasi bosh bo‘laklar sifatida ega va kesimni tilga olishdi. 8-sinf o‘quvchilarining bir qismi bosh bo‘lak deb kesimni bilishar ekan, bir qismi esa ega va kesimni.
Hayratimiz oshib, darslik va dasturlarni bir-biriga solishtirib ko‘rdik. 3-sinf “Ona tili” darsligi (S.Fuzailov, M.Xudoyberganova, Sh.Yo‘ldosheva. T., “O‘qituvchi” NMIU, 2014) ning 42-betida ega va kesim gapning bosh bo‘laklari deyiladi: “Ega va kesim gapning bosh bo‘laklaridir. Ular birgalikda gapning asosini tashkil etadi. Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildiradigan bo‘lagi ega deb ataladi. Gapning egasi haqida nima deyilganini bildirgan bo‘lak kesim deyiladi. Kesim gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofida birlashtiradi.
Bolalar maktabda o‘qiydilar. Bu gapda bosh bo‘lak ikkita: kimlar? Bolalar (ega), nima qiladilar? O‘qiydilar (kesim). Bolalar o‘qiydilar – gap bolalarning mashg‘uloti (o‘qishi) haqida xabar bildiryapti”.
2015-yilda nashr etilgan 4-sinf “Ona tili” darsligida “Bosh bo‘laklar” tushunchasidan qochishga intilish yaqqol seziladi va “Kesim gapning markazi hisoblanadi” degan xulosa beriladi. Ammo mualliflar o‘zlaridagi ikkilanishni yenga olishmaydi, chog‘i, 26-mashq shartida shunday yozishadi: “Ega va kesimdan tuzilgan gaplarga ikkinchi darajali bo‘lak qo‘shib yozing”.
Darslikda “bosh bo‘laklar” tushunchasi berilmaganidan hayron bo‘lib turgan o‘qituvchiga mazkur mashq sharti qo‘l keladi va o‘quvchilarga 3-sinfdagi bilimlarni eslatadi. Shu tariqa “bosh bo‘laklar” tushunchasi 4-sinf o‘quvchilari ongida ham eson-omon jon saqlaydi.
Navbat 5-sinf “Ona tili” (N. Mahmudov, A. Nurmanov va boshqalar. T., “Ma’naviyat”, 2015) darsligiga. Bu darslikda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar haqidagi ma’lumotni topolmadik. Shunda bizga o‘qituvchilar yordamga kelishdi: qo‘limizga shu darslik asosida yozilgan metodik qo‘llanmani tutqazishdi. Agar darslikning 39-betida “Kesim gapning mazmuniy markazidir. U boshqa bo‘laklarsiz ham gap bo‘lagi bo‘la oladi”, deb yozilgan bo‘lsa, metodik qo‘llanmaning 53-betida quyidagilarni o‘qiymiz: “Boshlang‘ich sinfda (sinflarda – M.V.) o‘quvchilar gap bo‘laklari haqida ilk ma’lumot olgan (olishgan – M.V.) Ega va kesim bosh bo‘laklar ekanligini, qolganlari (aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol – M.V.) ikkinchi darajali bo‘laklar hisoblanishini biladilar (Mazkur gapda ega – “ular”ni tushirish noto‘g‘ri – M.V.). Kesim gapning asosiy mazmunini ifodalaydi, shuning uchun u bosh (asosiy) bo‘lak sanaladi. Ikkinchi darajali bo‘laklar ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol bo‘lib, ular bosh bo‘lak ma’nosini konkretlashtiradi (aniqlashtiradi – M.V.), to‘ldiradi, izohlaydi, aniqlaydi (ortiqcha so‘z – M.V.)”.
Jumlalardagi ayrim g‘alizliklarga qaramasdan, qo‘llanmada fikr aniq bayon etilgan, ya’ni ega ikkinchi darajali bo‘laklar qatorida sanaladi. Nega darslikda bunday aniqlik yo‘q? Axir darslik o‘quvchi uchun chiqariladi-ku? O‘qituvchi tushunmagan mavzuni metodik qo‘llanmasidan bilib olar. O‘quvchi-chi? U nima qiladi? Uning metodik qo‘llanmasi yo‘q-ku! Ta’kidlash joizki, “O‘qituvchi kitobi” 2011-yilda chop etilgan. Darslik unga nisbatan yangi. Shu bois o‘qituvchi ongida ikkilanish kuchli. U “bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar” tushunchasidan butkul voz kecholmayapti. Chunki bu tushunchalar boshlang‘ich sinflarda mavjud.
Xo‘sh, o‘qituvchi va o‘quvchilar nima qilishsin?! Tajriba-sinov deb har bir olim o‘zining nazariyasini darslikka tiqishtira beradimi? Tajriba-sinovda ham me’yor, marom bo‘lishi kerak-da! Bunaqada taraqqiyot bo‘lmaydi. O‘quvchilarning bilim saviyasi orqaga ketadi. O‘qituvchilarda ham turli ikkilanishlar paydo bo‘ladiki, u dars saviyasiga ta’sir etmay qolmaydi. Fikrimcha, bu borada tajriba-sinov maydonlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning ham aybi bordek. Ehtimol, ular tajriba-sinovning haqiqiy natijalarini yashirishayotgandir. Yoki ularning fikrlari inobatga olinmayaptimikan? Kim biladi, deysiz?!
Yana asosiy mavzuga qaytsak. 5-sinfning amaldagi “Ona tili” darsligining 44-sahifasida quyidagi nazariy xulosalarni o‘qish mumkin: “Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo‘lgan gap yig‘iq gap hisoblanadi. Masalan: Qara. Men keldim.
Kesimning boshqa bo‘laklar bilan kengayishidan hosil bo‘lgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Men uni ko‘rdim”.
Xo‘sh, yig‘iq gap faqat kesimdan iborat bo‘ladimi yoki ega va kesimdanmi? Dastlabki xulosaga ko‘ra, yig‘iq gap ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: kesim yoki ega va kesim.
Keyingi xulosadan esa “Yig‘iq gap faqat kesimdan iborat”, degan fikr kelib chiqadi.
Bu o‘rinda berilgan ikki xulosadagi yaqqol inkor zamirida yashirin ma’no – arosat ham bor. Gap shundaki, yig‘iq va yoyiq gaplar haqida yozayotgan mualliflar ongidagi “bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar” tushunchasi ularga sezdirmay g‘alayon ko‘taradi va qarama-qarshi nazariy xulosalarga zamin yaratadi. 8-sinfning amaldagi “Ona tili” darsligida esa, 5-sinf “Ona tili” darsligidan farqli ravishda gap bo‘laklari ega, kesim, ikkinchi darajali bo‘laklar kabi turlarga ajratilgan. Bu ham, ayonki, “bosh va ikkinchi darajali bo‘lak” tushunchasi tabiiy tarzda “bosh bo‘laklar mavjud va ular ega, kesim”, degan xulosani beradi.
Shu o‘rinda bir jihatga alohida e’tibor qaratishni istardik: 5-sinf “Ona tili” darsligining 2015-yil nashridagi “musaffolik”, ya’ni unda “bosh va ikkinchi darajali bo‘lak” tushunchasining yo‘qligi aslo yangilanish ruhi bilan bog‘liq emas. Darslikning avvalgi nashrlaridagi nazariy xulosalar yangi nashrda shunchaki takrorlangan. Demoqchimizki, bir necha yildirki, o‘quvchi boshlang‘ich sinfdan 8-sinfga kelibgina yana “bosh va ikkinchi darajali bo‘lak” tushunchasi bilan uchrashadi. Darsliklardagi bu kabi nomuvofiqliklar, uzluksizlik jarayonining buzilishi o‘qituvchini noqulay ahvolga solmoqda, muallif-olimlikning muqaddas martabasiga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otmoqda. Yuqorida keltirilgan ko‘chirmalardan ko‘rinib turibdiki, 5-sinf “Ona tili” darsligi mualliflari bosh bo‘laklar haqida o‘quvchi ongiga ikki yil (3—4-sinflarda – M.V.) davomida tinimsiz singdirilgan bilimlarni ongli (e’tibor bering – M.V.) ravishda o‘zgartirishmoqchi! Yana ham aniqroq aytganda, bu bola ongidagi inqilob deyish mumkin. Ehtimol, kimdir bu holga ortiqcha ahamiyat bermas. Lekin biz “Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir”, degan hikmatni unutmasligimiz lozim. Maktab darsliklarida mavzular kengayib borishi, yangiliklar bilan boyitilishi tabiiy hol, albatta. Ammo mavzularning mohiyati tubdan o‘zgartirilishi mumkin emas. Bunday holatlar ko‘proq sof ilmiy ishlarda kuzatiladi. Inqilobiy ko‘rinishdagi nazariy qarama-qarshilikni o‘quvchi, hatto o‘qituvchi ongi, darslik tabiati ko‘tarmaydi. Afsuski, o‘qituvchi va o‘quvchilarni tashvishga solayotgan, chalkashtirayotgan kamchiliklar birgina “Bosh bo‘laklar” mavzusi bilan tugamaydi. Maktab “Ona tili” darsliklarida bunday muammolar talaygina.
Biz ko‘pchilikni tashvishlantirayotgan mazkur muammolarni bejiz qalamga olmadik. Boisi, respublika Ta’lim markazi mutaxassislari, ekspertlar qanchalik harakat qilishmasin, “Ona tili” darsliklaridagi muammolar bir necha yillardan buyon bartaraf etilmayapti. Umid qilamizki, bizning bu chiqishimiz mas’ul mutasaddilar va mualliflarni hushyor torttirsa ajab emas. Har holda, shunga umid qilamiz.