Ona tili 8-sinf 1.0.0
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
8-sinfi uchun darslik
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tasdiqlagan
Uchinchi nashri
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent – 2014
Mas’ul muharrir
Qozoqboy Yo‘ldoshev – pedagogika fanlari doktori, professor
Taqrizchilar
O. Oxunjonova – Nizomiy nomidagi TDPU, p.f. nomzodi;
S. Majidova – XTV tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan
davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi.
(M. Qodirov), H. Ne’matov, M. Abduraimova, R. Sayfullayeva
Yana “ona tili” darsligida muammolar
Respublikamizdagi yetakchi tilshunos olimlar hamda maktab o‘qituvchilari tomonidan maktab darsliklaridagi xatoliklar va nazariy chalkashliklarga barham berish, zamonaviy uslubdagi, ilg‘or qarashlarga asoslangan darslik yaratish, darsliklar mazmunini takomillashtirish, darslik mazmunini psixologik, pedagogik ekspertizadan o‘tkazish, til va adabiyot fanlari integratsiyasi masalalari haqida ko‘p marotaba tanqidiy fikrlar bildirib kelingan.
Muhammadjon Qodirov, Hamid Ne’matov, Muhabbat Abduraimova, Ra’no Sayfullayeva, Baxtiyor Mengliyevlar hammuallifligida nashr etilgan 8-sinf “Ona tili” darsligi (4-nashri, Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent — 2019) yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqib mazmunan takomillashtirilgan holda chop etilgan. Ona tili faniga yangicha yondashuv, o‘quvchini fikrlashga undaydigan, savodxonligini, so‘z boyligini oshirishga qaratilgan yangicha mashq va topshiriqlar tahsinga loyiq. Ammo darslikdagi ayrim kamchiliklardan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Unda berilgan ba’zi topshiriqlarni mashg‘ulot vaqtida bajarishning imkoni yo‘q, vaqt yetmaydi. Dars uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi, ayrim darslarda uyga vazifadan tashqari, 2-3 ta mashq va topshiriq berilgan bo‘lsa, ba’zilarida 4 va undan ortiq. Ba’zi darslarda berilgan 5 ta vazifani shartlar yengilligi uchun dars davomida bajarsa bo‘ladi. Lekin ayrim darslardagi bitta vazifaga shunchalik ko‘p shartlar qo‘yilganki, bu mashqni bajarishning o‘zi 20 daqiqadan ko‘proq vaqt oladi.
Masalan: 16-mashq. (9-bet) Rasmni kuzating. Unda qaysi fasl va nimalar tasvirlangan? “O‘zbekistonda kuz” mavzusida matn tuzing. Unda qo‘shimchalarni yordamchi so‘z (ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklama)lar bilan almashtirishga harakat qiling. Gap mazmuni hamda so‘zlar ma’nosida qanday o‘zgarish yuz berganini aniqlang va tushuntiring.
Agar shu mashqni shartlari asosida daftarga yozma shaklda bajarib ko‘rsangiz, qancha vaqt sarflanishini bilib olasiz.
3-dars bo‘yicha. Ajratilgan vaqt 45 daqiqa. Tashkiliy qism va uyga vazifa berish uchun 5 daqiqa ajrataylik. Uyga vazifani tekshirish uchun 2 daqiqa yetarmikan?! Berilgan (6 ta) mashq va topshiriqlarni bajarish uchun o‘rtacha 3 daqiqadan vaqt ajratilsa (o‘quvchilarning soni, bilim darajasi har xilligi hisobga olinsa 3 daqiqa kamlik qiladi), jami 18 daqiqa vaqt sarflanadi. Qolgan 20 daqiqa vazifalarning to‘g‘ri bajarilishini tekshirish, ularga izoh berish, o‘quvchilar bilan savol-javob qilish uchun yetmasligi aniq.
9-mashq. Rivoyatni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning so‘rog‘ini aniqlang.
Rivoyat matnini keltirib o‘tirmayman. Qudrat Hikmat qalamiga mansub “Sharafli burch” nomli 100 dan ortiq so‘zdan iborat matn berilgan. Mashq sharti bo‘yicha 7 ta so‘z ajratib ko‘rsatilgan.
11-mashq. “Ota-ona hurmati — muqaddas burch” mavzusida chiroyli og‘zaki nutq tayyorlab, ifodali bayon eting.
Savol va topshiriqlar:
1. Lug‘aviy ma’no ifodalovchi so‘zlar guruhi nima deyiladi?
2. Gap bo‘lagi bo‘lib keladigan so‘zlar-chi?
3. So‘roqqa javob bo‘luvchi so‘zlarni nima deb nomlaymiz?
4. Quyidagi so‘zlarni ikki guruhga ajrating: 1) ma’nosi aniq; 2) ma’nosi noaniq: bormoq, nima, bu, ortiq, o‘shanday, kitob, sariq, barcha, ular.
5. Anvar va Jahongir — o‘rtoqlarim. Ular bilan birga dam oldik. Ular so‘zining aynan shu gapdagi ma’nosi aniqmi yoki noaniq? Bu nima evaziga sodir bo‘ldi?
6. Nuqtalar o‘rniga mos so‘z qo‘ying: . gan . lar . magandan . roq . adi. Bu so‘zlarni tanlashingizga nima asos bo‘ldi?
7. “Yaxshi bola yaxshi o‘qiydi” gapidagi yaxshi so‘zlari qaysi belgisi asosida farqlanadi?
Yuqoridagi mashqlarni bajarish, natijasini tekshirish, savol va topshiriqlarga javob berish uchun qancha vaqt sarflanishini o‘zingiz o‘ylab ko‘ring! Bulardan tashqari hali yana 4 ta (7-, 8-, 10-mashqlar, 4-topshiriq) vazifa ham bor.
Xuddi shunday holatlarni yana bir nechta darsda (4-, 64-, 69-, 70-, 91-, 94-betlarda) ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, quyidagi mashq va topshiriqlar shartiga e’tibor bering.
82-mashq. (47-bet) Matnga mos reja tuzing. So‘zlarni ma’nodoshi bilan almashtiring. Bunda ma’nodosh so‘zlar lug‘atidan foydalaning. Reja asosida matnni ravon nutq bilan og‘zaki hikoya qiling.
73-topshiriq. (59-bet) Lug‘atdan “bosh” so‘zi ishtirok etgan iboralarga 10 ta misol topib, lug‘at daftaringizga ko‘chirib yozing.
Bu vazifalarni bajarish uchun “O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” zarur. Muammo shundaki, bu kabi lug‘atlar o‘quvchilar tugul, hatto ko‘pchilik o‘qituvchilarda ham yo‘q! Internetdan topib yoki elektron nusxalardan foydalanish mumkin, ammo ulardan dars jarayonida foydalanish uchun hamma o‘qituvchida yoki maktablarda imkoniyat mavjudmi?!
Mashqlarga shart qo‘yilayotganda qo‘shimcha qo‘llanmalardan foydalanish uchun hammada ham minimal sharoit bor-yo‘qligini hisobga olish zarur emasmi?
Shu o‘rinda darslikdagi chalkashliklar haqida ham ta’kidlashga majburman:
1) darslikda harakat nomi so‘z birikmasida fe’lli birikmani, gap bo‘lagi bo‘yicha ot kesimni shakllantirishi keltirilgan. Bu chalkashlik darslikning avvalgi nashrlarida borligi haqida ham mutaxassislar tomonidan bir necha fikrlar bildirilgan edi. Lekin 4-nashrda ham bu chalkashlik tuzatilmasdan qolib ketgan.
R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova, M.Abuzalovalarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (Toshkent, “Fan va texnologiya” — 2009) nomli qo‘llanmasida quyidagilar keltirilgan:
“Hokim a’zoning ifodalanishiga ko‘ra SBning (so‘z birikmasining) turlari: SB o‘z tarkibidagi hokim a’zoning qaysi so‘z turkumiga kirishiga qarab, quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi:
ismli birikmada hokim a’zo ot, sifat, son, olmosh turkumidan ifodalanadi: keng dala (ot)…
Fe’lli birikmada hokim a’zo fe’ldan bo‘ladi: vazifani bajarmoq, tez o‘qish…(313-bet).
Kesimning W ga ko‘ra turlari. Kesimlikdagi atov birligi vazifasida barcha mustaqil so‘z turkumi kela oladi. Shunga ko‘ra, kesimlarni umumlashtirib, ism (ot sifat, son, ravish, taqlid, olmosh)li va fe’l (fel, olmosh)li kesimlarga ajratish mumkin…
…Fe’l bilan ifodalangan kesim:
1. Maqsadim — o‘qimoq. 2. Qarasam, qaramaysan. 3. Ishning boshi boshlanguncha…” (346-bet).
Ajablanarlisi, tilshunos olimlarimizning (R.Sayfullayeva, B.Mengliyev) o‘zlari bir masalada ikki xil ma’lumot berishmoqda.
2. Qo‘shma fe’l bilan ifodalangan kesimning sodda yoki murakkab kesimligi muammosi.
Darslikda sodda va murakkab kesim haqidagi ma’lumot quyidagicha keltirilgan:
Kesimlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda kesim va murakkab kesim. Bir so‘z bilan ifodalangan kesim sodda kesimdir: Paxta va tilladan yurt bezanadi…
Birdan ortiq so‘zdan iborat kesim murakkab kesim deyiladi: 1. O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat. 2. Sadafdan inju, ilondan zahar hosil bo‘ldug‘i kabi rostlikdan foyda, xiyonatdan zarar hosil bo‘lur…
Yordamchi so‘zlar (ko‘makchi fe’l, bog‘lama, nisbiy so‘z va b.) ham murakkab kesimni shakllantiradi” (54-55-betlar).
Chalkashlik – murakkab kesim sifatida berilgan ikkinchi gapda.
“Sadafdan inju, ilondan zahar hosil bo‘ldug‘i kabi rostlikdan foyda, xiyonatdan zarar hosil bo‘lur”.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining I, II, III kurs talabalari uchun mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (A.Nurmonov va boshqalar) darsligida shunday ma’lumotlar bor: “Fe’ldan boshqa so‘zlarga qilmoq, aylamoq, etmoq, bo‘lmoq fe’llarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan qo‘shma fe’llar ot+fe’l tuzilishidagi qo‘shma fe’llarni hosil qiladi. Masalan, bayon qilmoq (etmoq, aytmoq), turmush qilmoq, o‘sal bo‘lmoq, o‘sal qilmoq, bayram qilmoq (etmoq), yangi bo‘lmoq, shunday bo‘ldi, taraq etdi kabi” (373-bet). “Qo‘shma so‘zlar qismlari birikib bitta so‘zning tarkibiga aylangani uchun ular ko‘pincha sodda so‘zlar bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi. Masalan, o‘sal qilmoq — uyaltirmoq, oq qilmoq — haydamoq, bayon qilmoq — so‘zlamoq; kamchiqim — pishiq, shifobaxsh — dori, hamnafas — yaqin va boshqalar” (417–418-betlar). Shunga ko‘ra, “Hosil bo‘lmoq” so‘zining paydo bo‘lmoq, vujudga kelmoq kabi qo‘shma so‘zlar; yaralmoq kabi sodda so‘z bilan sinomik munosabatda ekanligini hisobga olib qo‘shma so‘z deyish mumkin. Demak bir so‘z bilan ifodalangan kesim sodda kesim bo‘lishi kerak.
Agar mualliflar “hosil bo‘lur” so‘zi bog‘lamali kesim demoqchi bo‘lsalar, bo‘lmoq fe’lining qay holda bog‘lama-yu, qay holda qo‘shma fe’l tarkibida kelishini tushuntirib o‘tishlari kerak. Aks holda barcha o‘quvchi, hatto o‘qituvchilar ham, shakliga qarab qo‘shma fe’llarni ham murakkab kesim sifatida ko‘rsatadilar.
80-dars: “Gapning uyushiq bo‘laklari” mavzusida berilgan 163-topshiriqning shartiga e’tibor qiling: “Gaplarni ko‘chiring. Ajratilgan gap bo‘laklarining qanday so‘roqqa javob bo‘lishini, o‘zaro qanday bog‘lanayotganini (teng bog‘lanish yoki tobe bog‘lanish), qanday tinish belgilari ishlatilganini aniqlang”. (108-bet)
Topshiriqda berilgan gaplarda esa ajratib ko‘rsatilgan so‘zning o‘zi yo‘q. Balki, bu texnik xatodir. Ammo mualliflar, mas’ul muharrirlar, taqrizchilar, yana sinov-ekspertizadan o‘tgan darslikda bunday xatoni hech kim payqamasligi mumkinmi? Mana shunday oddiy xatolarni ko‘rganda sinov-ekspertiza o‘tkazilganiga ham, mas’ul muharrirlar, taqrizchilar o‘qib ko‘rganligiga ham shubha paydo bo‘ladi.
Fikrimcha, mualliflardan tashqari, darslik bo‘yicha ish olib borgan mutaxassislar yuzaki, nomigagina ishlagan ko‘rinadi. Aks holda bunday oddiy xatolik ko‘pchilik nazoratidan chetda qolib ketmas edi.
Har bir darslik o‘quvchi qo‘liga yetib borgunga qadar mukammal nazoratdan o‘tkazilishi, har qanday xato va kamchiliklardan xoli bo‘lishi shart. Buni darslik bilan ishlashga aloqador bo‘lgan hech bir shaxs unutmasligi kerak.
Ziyodulla KENJAYEV, TDPU Shahrisabz filiali Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, oliy toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Ona tili 8-sinf 1.0.0
Ona tili 8-sinf APK we provide on this page is original, direct fetch from Google Store. It is compatible with all android devices (required Android 4.0+) and can also be able to install on PC & Mac, you might need an android emulator such as Bluestacks, Andy OS, KOPlayer, Nox App Player, .
Ona tili 8-sinf has been published by Turkiston, latest version is 1.0.0, released on 2018-11-22. It’s listed in Books & Reference category of Google Play Store, getting more than 10000 installs, overall rating is 4.1 (base on 70 reviews).
Родной язык 8 – класса. для узбекских школ: ru-RU
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
8-sinfi uchun darslik
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tasdiqlagan
Uchinchi nashri
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent – 2014
Mas’ul muharrir
Qozoqboy Yo‘ldoshev – pedagogika fanlari doktori, professor
Taqrizchilar
O. Oxunjonova – Nizomiy nomidagi TDPU, p.f. nomzodi;
S. Majidova – XTV tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan
davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi.
(M. Qodirov), H. Ne’matov, M. Abduraimova, R. Sayfullayeva
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
8-sinfi uchun darslik
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi tasdiqlagan
Uchinchi nashri
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent – 2014
Mas’ul muharrir
Qozoqboy Yo‘ldoshev – pedagogika fanlari doktori, professor
Taqrizchilar
O. Oxunjonova – Nizomiy nomidagi TDPU, p.f. nomzodi;
S. Majidova – XTV tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan
davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi.
(M. Qodirov), H. Ne’matov, M. Abduraimova, R. Sayfullayeva
Package name: uz.foreach.soft.android.Book.Onatili8
Updated: 2 years ago
Compatibility: Android 4.0+
Developer Name: Turkiston
Category: Books & Reference
File MD5: 51D7A08803B15512BAE97448CBB2550B
File SHA1: 56F07455626E50C086F6F5A0E833E95E13FE93EE