Ona tili
Umumta’lim maktablarining 4-, 8-, 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ta’lim sifati monitoringi amalga oshirildi. O‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan taraddud kengashlarida monitoring va bilimlar bellashuvi natijalaridan kelib chiqib, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar ham berilishi maqsadga muvofiqdir.
Ona tili, 8 sinf, Karimova Sh., Maxmudova O., 2020
Учебник по родному языку для 8 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Kuz fasli keldi. Kunduzi havo iliq, lekin kechalari salqin bo‘ladi. Pishgan mevalarning og‘irligidan ko‘pchilik daraxtlarning shoxlari yerga egilib qolgan. Dehqonlar hosil yig‘yaptilar.
SO‘Z YASOVCHI QOSHIMCHALAR.
So‘z yasovchi qoshimchalar asosdan anglashilgan ma’no bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa so‘zni hosil qiladi. -chi, -la, -chan, -zor, -iston, -bon, -kor, -dosh, -li, -siz so‘z yasovchi qo‘shimchalardir.
G‘allakor – g‘alla (asos), -kor (so‘z yasovchi qo‘shimcha).
Yo‘ldosh – yo‘l (asos), -dosh (so‘z yasovchi qo‘shimcha).
Ammo tilimizda asosning old tomoniga qo‘shilib keladigan be-, ser-, ba-, no- kabi so‘z yasovchi qo‘shimchalar ham bor: beqiyos, sersut, badavlat, noaniq.
O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibidagi so‘z yasovchi qo‘shimchalarni belgilang.
May oqshomida shahar atroflaridagi bog‘larda yoqimli sayraydigan qushcha ovozini eshitish mumkin. Sayroqi qushlar orasida o‘zining chiroyli, jarangdor ovozi bilan ajralib turgan bu qush – bulbuldir. Bulbullar to qayzorlarda, tog‘lardagi ormonzorlarda, o‘rmonlarda va qishloqlarda sayraydi. Bulbullar zararkunanda hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanib, juda katta foyda keltiradi. Bulbullarni tabiatning ko‘rki, zararkunanda hasharotlarni qirishda insonning yordamchisi sifatida muhofaza qilish lozim.
MUNDARIJA.
Takrorlash.
Sodda va qo‘shma gaplar.
Sodda yoyiq gapdagi ega va kesim.
Gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari.
Darak, so‘roq, buyruq va his-hayajon gaplar.
Uyushiq bo‘lakli gaplar.
So‘z.
So‘z tarkibi.
Asos va asosdosh so‘zlar.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar.
So‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalar.
So‘z turkumlari.
Ot – so‘z turkumi.
Atoqli va turdosh otlar.
Otlarda birlik va ko‘plik.
Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi.
Qo‘shma otlar.
Sifat – so‘z turkumi.
Sifat darajalari.
Oddiy daraja.
Qiyosiy daraja.
Orttirma daraja.
S o n – so‘z turkumi. Miqdor va tartib sonlar.
Miqdor sonning turlari va grammatik belgilari.
Sanoq son va dona s o n.
Chama son, jamlovchi son, taqsim son, kasr son.
Tartib son.
Qo‘shma va juft sonlar.
Olmosh – so‘z turkumi.
Kishilik olmoshlari.
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan qo‘llanishi.
Fe’l – so‘z turkumi.
Fe’lning gapdagi vazifasi.
Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar.
Fe’l zamonlari.
O‘tgan zamon fe’li va uning tuslanishi.
Hozirgi zamon fe’li va uning tuslanishi.
Kelasi zamon fe’li va uning tuslanishi.
Qo‘shma fe’lla r.
Juft fe’lla r.
Ravish – so‘z turkumi.
Ravishlarning ma’no jihatidan turlari.
Holat va payt ravishi.
O‘rin va miqdor-daraja ravishi.
Nutq va gap.
Gap va uning turlari.
Darak, so‘roq, buyruq va his-hayajon gaplar.
Gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari.
Gapning uyushiq bo‘laklari.
Sodda va qo‘shma gaplar.
Ko‘chirma gaplar.
Dialog haqida ma’lumot.
O‘tilganlarni takrorlash.
Ish qog‘ozlari namunalari.
Ariza namunasi.
Tilxat namunasi.
Devoriy gazeta uchun maqola namunasi.
Tarjimayi hol namunasi.
Lug‘at.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Ona tili, 8 sinf, Karimova Sh., Maxmudova O., 2020 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
Ona tili
Maktabda ona tili fanini o‘qitishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, bu fanni chuqur o‘zlashtirgan o‘quvchining nutqi rivojlanib, milliy madaniyati yuksaladi. Qalbida vatanparvarlik hissi jo‘sh uradi. Bu yo‘lda esa o‘quvchilarga faqat ilm o‘rgatish emas, balki ularning til malakasini oshirish ham dolzarb vazifadir.
Avgust anjumanlarida ona tilini o‘qitishda o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malaka bilan birga hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishni nazarda tutgan DTS va o‘quv dasturlari loyihalarining tajriba-sinovi natijalari yuzasidan amaliyotchilarning fikr-mulohazalarini tinglash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish masalalari keng muhokama qilinishi lozim. Bilimlar bellashuvi hamda fan olimpiadalari natijalarining tahlili, 5–9-sinf “Ona tili” darsliklari bilan ishlashdagi muammolar, darslik mazmuni yuzasidan fikr-mulohazalar umumlashtirilib, tavsiyalar ishlab chiqilishi, kelgusidagi rejalar belgilab olinishi maqsadga muvofiq.
Sho‘ba yig‘ilishlarida yangi o‘quv yili uchun qayta nashr qilinib, yildan yilga ta’limiy va tarbiyaviy mazmuni takomillashtirilib kelinayotgan 5-, 6-, 7-sinf (N.Mahmudov va boshqalar), 8-sinf (M.Qodirov va boshqalar), 9-sinf (N.Mahmudov va boshqalar) “Ona tili” darsliklari haqida fikr yuritishga alohida e’tibor qaratish kerak. Darslik bilan ishlashda o‘qituvchilarning o‘quv dasturi talablarini teran anglashi, dastur materiallari asosida darslarni rejalashtirish, mavzu uchun berilgan amaliy mashq va topshiriqlar bilan ishlashga o‘rgatish orqali o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, dars jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan o‘rinli foydalanish zarurligiga ham ahamiyat berish talab etiladi.
Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi bilim va iqtidorni rivojlantirish uchun fan yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari optimallashtirilib, amaliyotga tatbiq qilingan edi. Ona tilini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarda ham ta’lim samaradorligiga erishish maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilmoqda. Jumladan, ixtisoslashtirilgan o‘quv dasturi asosida o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun 5–7-sinflar bo‘yicha “Nutq madaniyati” (A.Nurmonov va boshqalar) o‘quv qo‘llanmasi yaratildi va nashrga tayyorlanmoqda. Bu borada o‘qituvchilar qanday ishlarni amalga oshirishi kerakligi yuzasidan davra suhbatlari uyushtirish lozim.
Sho‘ba yig‘ilishlarida yakuniy va bosqichli attestatsiya, fan olimpiadalari, bilimlar bellashuvining natijalari o‘rtaga tashlanishi, yutuqlar omili, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarish va kelgusi rejalar belgilanishi lozim.
Avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlarini quyidagi namunaviy mavzular bo‘yicha rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish, o‘qitish usullarini qo‘llash yuzasidan o‘zaro bahs-munozaralar o‘tkazish hamda kelgusi rejalarni ishlab chiqish tavsiya etiladi:
I. Yozma ishlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlashda pedagogik texnologiyalardan foydalanish (5–9-sinflarda o‘tkaziladigan diktant nazorat ishlari misolida).
Til ta’limida yozma nutq ustida ishlash og‘zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon. Chunonchi, bu nutq turining murakkab tabiati — imlo qoidalariga amal qilish, tinish belgilarini o‘rinli qo‘llash, fikrning uslub talabiga muvofiq bayon qilinishidir. Yozma nutq o‘quvchidan grammatik va mazmun jihatidan to‘g‘ri jumla tuzishni, har bir so‘zni o‘z o‘rnida — to‘g‘ri qo‘llashni, fikrni ixcham, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni talab etadi. Bu jihatlar o‘quvchidan yozma savodxonlikni talab qiladi.
5-sinf o‘quv dasturida har bir chorakda o‘quv soatidan kelib chiqib, 6 tadan nazorat ishi belgilangan. O‘quvchilarning imloviy va tinish belgilari bo‘yicha savodxonligi ustidan nazorat, asosan, diktant, bayon va insholar orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilarning yozma ishlarini o‘qituvchi tekshiradi, imloviy, grammatik, tinish belgilariga doir va boshqa xil xatolarni tuzatadi, baholaydi. Diktantda uchraydigan xatolarning ba’zilari ayrim o‘quvchilargagina xos bo‘lib, bu orfografik-grammatik qoidalarni tushunmaslikdan yoki uni unutganidan kelib chiqadi. Ba’zi xatolar sinfdagi ko‘pchilik o‘quvchilarga xos bo‘ladi. Xatolar ustida ishlashda quyidagi usullardan foydalanilsa, bunday muammolar tezroq barham topadi:
1. O‘qituvchi diktantda yo‘l qo‘yilgan xatolarning turlarini aniqlaydi va uning yoniga qancha o‘quvchi qaysi so‘zlarni xato yozganini ustun shaklida belgilaydi. Hisobga olishning bu turida o‘qituvchi qaysi mavzu bo‘sh o‘zlashtirilgani, qaysi o‘quvchi ko‘p mavzuni bilmaydi yoki unutgan, qaysi o‘quvchining bilimi puxta va asosli ekanini aniqlab oladi. Xatolarni hisobga olishning bu usuli faqat imlo xatolarini emas, tinish belgilariga oid xatolarni tahlil etishda ham qo‘l keladi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchilar diktantda yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘quvchilarning o‘zlariga o‘tilgan qoidalarni eslatish yo‘li bilan tuzattirish, bu borada ularni hamkorlikka chorlash usuliga murojaat etmaydilar. Xatolar ustida ishlash masalasida hamkorlikdagi ta’lim joriy etilganicha yo‘q. Yozma ishlardagi xatolarni tuzatishda pedagogik texnologiyaning metod va usullaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Demak, o‘qituvchi har bir diktant tahlilini o‘tkazishda undan oldingi yozma ishda o‘quvchiga qanday topshiriq berganini ham hisobga olishi lozim.
O‘qituvchi diktant tahlili darslariga tayyorlanganda, quyidagilarga amal qilishi maqsadga muvofiq:
— o‘quvchining yozma ishini sifatli tekshirish;
— yo‘l qo‘yilgan xatolarni guruhlash, tinish va individual xatolar ustida ishlash tizimini tuzib chiqish;
— uyga beriladigan vazifani puxta o‘ylab, o‘quvchi yo‘l qo‘ygan xatosini bartaraf etishiga yordam berishini ta’minlash lozim.
Ta’kidlash joizki, yozma savodxonlikni rivojlantirishda punktuatsiya, ya’ni tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llashga oid bilimlar alohida ahamiyat kasb etadi. Savodli yozish va husnixat malakasi barcha kasb egalari, soha mutaxassislari uchun birdek zarur. Buning uchun o‘zbek tilidagi ishora-imlo qoidalarini mukammal bilish zarur. Bir guruh yetakchi olimlar tomonidan “O‘zbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari” (T.: 2014, “Ma’naviyat” nashriyoti) kitobi chop etildi. Bundan o‘qituvchilar amaliyotda keng foydalanishlari mumkin.
II. Sho‘ba yig‘ilishlarida ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha muhokama va munozaralar o‘tkazish.
Chunki ta’lim tizimidagi eng yaxshi tajribalarni ommalashtirish o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish ishlarini yaxshilashga, sifat-samaradorlikka erishishga olib keladi. Ommalashtirish uchun tavsiya etilayotgan ilg‘or tajriba quyidagi mezonlarga javob bermog‘i zarur:
1. Tajribaning amaliy ahamiyati va dolzarbligi: ommaviy ravishda qo‘llash imkoniyatining kengligi.
2. Ishning natijaviyligi: bir necha marta yuqori natijaga erishganligi, turli sharoitlarda sinab ko‘rilganligi.
3. Tajribaning yangiligi: amaliyotdagi metodikaga qo‘shgan yangi usullar, pedagogik jarayonda yangi qonuniyatlarni kashf etishga ta’siri, pedagogika va metodikadagi erishilgan natijalarga mosligi.
4. Isbotlanganligi: o‘quvchilar egallayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarning sifat ko‘rsatkichlari natijaviyligi.
5. Barqarorligi: pedagogik amaliyotda zarurligi, faolligi, istiqbolliligi.
6. Optimalligi: minimal vaqt, sharoit va vositalarda yuqori natijaga erishganligi.
Sho‘ba yig‘ilishida aynan ona tili va adabiyot fani yo‘nalishida ilg‘or ish tajribalari tuman, viloyat, respublika miqyosida ommalashtirilgan o‘qituvchilar faoliyati, ularning erishgan yutuqlari haqida davra suhbatlari yoki taqdimotlar o‘tkazish ham o‘rinlidir.
III. O‘quv jarayonida ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri — AKTni keng qo‘llash.
Har bir mavzuni AKTdan foydalanib o‘tish uchun, avvalo, elektron darslik, qo‘llanma, dars ishlanma, o‘quv film, ko‘rgazmali materiallar va boshqa anjomlar muhayyo bo‘lishi lozim. Dars jarayonida faqat o‘tilayotgan mavzuga oid materiallardan — elektron dars ishlanmasi, multimediali elektron ishlanmalar (o‘quv filmi) yoki videofilm, didaktik materiallardan foydalanish samaradorlikni ta’minlaydi. O‘quvchi darsni ma’ruza shaklida eshitishdan ko‘ra, ko‘proq ko‘z bilan ko‘rib, ba’zi jarayonlarni bevosita kompyuterda bajarsa, o‘zlashtirishi tezlashadi va osonlashadi. Jarayonda muammo usulidan foydalanish lozim. Muammoning yechimini topishda guruhlarga bo‘linib masalani hal etish, muloqot usuli, mantiqiy fikrlash kabi usullar ham dars samaradorligini ta’minlaydi.
Bu borada “Urg‘u va uning turlari (5-sinf), “Fe’lning munosabat shakllari” (6-sinf), “Modal so‘zlar” (7-sinf), “Sodda va qo‘shma gaplar”, “Ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matn” (8-sinf), “Ko‘chirma gapli qo‘shma gap”, “Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi” (9-sinf) kabi mavzular yuzasidan Multimedia umumta’lim fanlarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda videodarslar yaratilib, amaliyotga taqdim etilgan.
“Mahorat maktablari”da o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar, ilg‘or tajribalarning o‘rganilishi, maktab ishini yanada samarali, yuqori saviyada olib borishga, yangi usul va metodlarning o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Odatda, amaliyotchi-o‘qituvchilar har uch yilda malaka oshirsa, “Mahorat maktablari” tizimi orqali har oyda kasbiy malakasini oshirib bormoqdalar. Bu, o‘z navbatida, muallimlarni izlanish, o‘z ustida ishlash, yangiliklarni o‘zlashtirish, kasbiy faoliyatini yanada jonlantirishga undashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sho‘ba yig‘ilishlarida bu jihatga to‘xtalib, to‘plangan ilg‘or tajribalarni almashish lozim.
Umumta’lim maktablarining 4-, 8-, 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ta’lim sifati monitoringi amalga oshirildi. O‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan taraddud kengashlarida monitoring va bilimlar bellashuvi natijalaridan kelib chiqib, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar ham berilishi maqsadga muvofiqdir.
Sho‘ba yig‘ilishlarida metodbirlashmaning asosiy ish faoliyati ham sarhisob qilinishi lozim. Faol metodbirlashma a’zolari, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ish tajribasini “Mahorat darslari” usulida hamkasblariga o‘rgatishi o‘qituvchilarning kasbiy malakasini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Yangi o‘quv yilida ta’lim mazmunini yaxshilash, sifat va samaradorligini oshirish yuzasidan quyidagi vazifalar belgilab olinadi:
1. Xalq ta’limi xodimlarining 2016-2017-o‘quv yili oldidan o‘tkaziladigan an’anaviy avgust kengashlari yalpi va sho‘ba yig‘ilishlaridan kutilayotgan asosiy maqsad — o‘qitish mazmunini takomillashtirish, ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha hukumatimiz hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni belgilab olish.
2. Ta’lim-tarbiya jarayonining sifat darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar (davomat, o‘qituvchining darsga tayyorgarligi, dars tahlili va boshqalar) asosida joylarda ta’lim-tarbiya jarayonini tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha rahbar va xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish.
3. O‘qitishning zamonaviy usullari va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish, ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish, bu sohadagi tajribalarni ommalashtirish.
4. Masofaviy metodik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha taqdim etilgan videoseminar, videodarslar va ta’lim portallariga qo‘yilgan materiallardan unumli foydalanish.
5. O‘qituvchilarning Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi saytlariga joylashtirilgan resurslardan samarali foydalanishlari, o‘z ustida mustaqil ishlashi, ijodiy izlanishi, o‘zaro tajriba almashishi, dars kuzatishi hamda tahlil qilishi uchun zarur sharoit yaratish choralarini belgilash.
6. Pedagoglarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirish, umumta’lim fanlarining sifatli o‘qitilishini ta’minlash maqsadida “Mahorat maktablari” faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish.
7. O‘quv muassasalarida mavjud bo‘lgan axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish, barcha pedagog xodimlarning internet tarmog‘idan keng foydalangan holda o‘z bilim va malakalarini oshirishlari uchun sharoit yaratish.
8. Metodik kengash, metodbirlashma faoliyati samaradorligini va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha pedagoglarga amaliy yordam ko‘rsatish.
9. Ta’lim sifati monitoringi natijasida bilim va tajribasi kamligi aniqlangan o‘qituvchilar ro‘yxatini tuzish, ular uchun doimiy harakatdagi maxsus o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etish va ular faoliyatini o‘quv yili davomida tahlil qilib borish, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlar ustida ishlash metodikasini o‘qituvchilarga o‘rgatishga doir mavzular kiritish va ularni o‘qitishni tashkil etish.
An’anaviy avgust kengashlarining sho‘ba yig‘ilishlari amaliyotchi va metodistlar uchun asosiy metodik yordam va yo‘llanma berish tadbiri ekanini hisobga olib, yig‘ilishlarni imkon darajasida noan’anaviy usullarda qiziqarli, o‘qituvchi va metodistlarni pedagogik jihatdan puxta qurollantiradigan tarzda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
R espublika ta’lim markazi
Maktablarda “Ona tili va oʻqish savodxonligi” deb nomlangan fan tashkil etiladi
Shu paytgacha Ona tili va Oʻqish fanlari alohida oʻqitilgan. Endi esa ushbu ikki fanni birlashtirgan “Ona tili va oʻqish savodxonligi” deb nomlangan yagona fan tashkil etiladi, deya xabar bermoqda Respublika taʼlim markazi matbuot xizmati.
Oʻqish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va sheʼrlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida koʻmaklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy-ommabop uslubdagi matnlardan iborat.
Amaldagi darsliklarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan boʻlsa, yangisida bu kompetensiyasini rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan.
Oʻqib tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa, asosan, matnda ochiq ifodalangan maʼlumotlarga, yoki didaktik elementlarga qaratilar edi. Endi esa darslikda oʻqib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab oladigan savol va topshiriqlar boʻladi.
Shu paytgacha ona tilini oʻqitishdan maqsad tilning grammatikasini oʻrgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga koʻproq urgʻu berilgan.
Ahamiyatli tomoni endi oʻqituvchilar uchun “Oʻqituvchi kitobi”, oʻquvchilar uchun esa “Mashq daftari” ham boʻladi.
Eski darsliklar til strukturasini oʻrgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan koʻra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urgʻu berilgan. Yaʼni asosiy eʼtibor soʻz, uning maʼnolari, oʻrindoshlari, qoʻllanish oʻrinlari, lugʻat boyligi kabi tomonlarga qaratilgan.
Amaldagi darslikdan oʻrin olgan matnlarda bola yoshiga mos boʻlishidan koʻra, didaktik ahamiyatiga urgʻu berilgan. Taqdim etilayotgan didaktika esa yoshga mos, qiziqarli mavzulardagi matnlar hamda sheʼrlarga singdirilgan. Yozuvchilar bilan birgalikda matnlar qayta ishlab chiqilgan.
Darsliklardagi tushunarsiz boʻlishi mumkin boʻlgan soʻzlar izohsiz qoldirilar edi. Yangi darsliklarda bolaning tushunishi uchun qiyin boʻlgan soʻzlar darslikning orqa qismida maxsus lugʻatga joylashtirilgan. Bundan tashqari ular ustida alohida mashqlar ishlab chiqilgan.
Tayyorlanayotgan darslikda gapdan to yaxlit matn yaratishgacha boʻlgan jarayon tizimli ravishda ishlab chiqilgan. Avval gaplardagi boʻsh oʻrinlarni toʻldirishni boshlagan bola maʼlum mavzu doirasida kichik matn yarata olish darajasiga olib chiqiladi.
Shuningdek, darslikda oʻquvchilarning eng ogʻriqli muammosi boʻlgan ogʻzaki javob beriladigan, oʻgzaki tarzda bajariladigan alohida topshiriqlar ham ishlab chiqilgan. Yodlash uchun berilgan sheʼrni aytib berishlari uchun alohida vaqt ajratilgan.
Yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillikda bir-birini toʻldiradigan, oʻzi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan.
Maʼlum mavzu doirasida assotsiativ tasavvur darajasidan ogʻzaki yoki yozma matn yaratish darajasiga olib chiqishga qaratilgan taʼlim mazmuni ishlab chiqilgan.
Badiiy matnlar bilan ishlashda muallifning soʻz qoʻllash mahorati amaliy topshiriqlar orqali ochib berilgan.