Press "Enter" to skip to content

Ona tili dars ishlanma 8 sinf

d) uyadosh so’zlardan (gul: atirgul, ranogul, binafsha, lola) foydalana olish.

Boshlang’ich sinflarda ona tili darslariga qo’yilgan zamonaviy talablarning xususiyati.

Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili fani o’qitishning maqsadi va vazifalari, boshlang’ich sinflarda ona tili darslariga qo’yilgan zamonaviy talablar hamda 1-4-sinf ona tili darsliklari bilan tanishtirish va ularni bir-biridan farqi, tahlili haqida so’z borgan. Ushbu maqola o’qituvchilarga boshlang’ich ona tili ta’limidan yangi tahrirdagi DTS asosida me’yoriy-majburiy talablarni o’quvchilar ongiga singdirish yo’llari haqida bilim beradi.

Kalit so’zlar: Ona tili, sinf, o’qitish, boshlang’ich sinf, avlod-ajdodlar, ma’naviyat, yurt, o’qish texnikasi, erkin fikrlash, maqsad.

Annotation: This article discusses the goals and objectives of teaching mother tongue, the modern requirements for mother tongue lessons in primary school, as well as the introduction and analysis of mother tongue textbooks for grades 1-4. . This article provides teachers with information on how to inculcate normative and mandatory requirements in the minds of students based on the new edition of the STS from primary mother tongue education.

Keywords: Mother tongue, class, teaching, elementary school, ancestry, spirituality, country, reading technique, free thinking, purpose.

O’zbekiston Respublikasi “Davlat tili to’g’risida”gi, “Talim to’g’risida”gi qonunlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”ga muvofiq boshlang’ich sinflarda ona tili fanini o’qitish oldiga yangi-yangi vazifalar qo’yilmoqda.

Ona tili — har bir elatning , xalqning , millatning oʻz tili. Ona tili lugʻat tarkibi, asosan, shu tilga mansub xalqning turmushi, madaniyati va anʼanalarini ifodalaydigan soʻz va tushunchalardan iborat boʻladi. Ona tili taraqqiyoti har bir elat, xalq va millatning ijtimoiy rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq [1] .

Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi [2] .

Ona tili fanini o’qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy- mustaqil, o’z fikrini erkin va ta’sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og’zaki shaklda ifodalashga, o’zbek tili qonun- qoidalarini ongli o’zlashtirishga o’rgatish, shuningdek, ularning fikr doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, avlod-ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviyatimizga, milliy urf-odatlarimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.

Boshlang’ich ta’lim bosqichida yangi tahrirdagi DTS lari asosida o’quvchilarni ona tili ta’limi sohasi bo’yicha tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan talablar standart me’zon orqali aks ettiriladi:

1. O’qish texnikasi

2. O’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash

3. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.

O’quvchilar shu parametrlar asosida bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi kerak. Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda 1-4- sinf ona tili fanini o’qitishning oldiga bir qator vazifalar qo’yiladi:

1. O’quvchilarni erkin fikrlashga o’rgatish;

2. O’z fikrini o’zbek tilining qonun-qoidalariga muvofiq ravishda og’zaki va yozma ifodalay olish;

3. Bir ma’noni turli shakllarda bera olish ko’nikmalarini shakllantirish, so’zlardan o’rinli foydalanish;

4. Dunyoni bilishda ona tilining ahamiyatini singdirish kabi vazifalar shular jumlasidandir.

Shuningdek boshlang’ich sinf ona tili ta’limi o’quvchilarga nutq faoliyatining asosiy turlarini o’stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni ham hal etishni ko’zda tutadi.

· Bolalarda ahloqiy va estetik tasavvurlarni shakllantirish;

· Bolalarga atrof- muhit, kishilar, tabiat va jamiyat haqida tushuncha berish;

· Nafosat hissini tarbiyalash;

· Mantiqiy tafakkur yuritishga o’rgatish;

· O’quv mashg’ulotlariga, bilim manbai bo’lgan kitobga qiziqish uyg’otish.

Ona tili o’qitishning mazmuni va metodlari o’quvchilarga dastur ta’lab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko’nikma va malaka hosil qilishga ko’maklashish lozim.

Mazkur maqsad va vazifalarni to ‘ laqonli bajarish uchun o ‘ qituvchi faqat dars bilan chegaralanib qolmasligi kerak . Darsdan tashqari paytlarda ham muntazam ish olib borishi yaxshi natija beradi.

Tilni o’rganishga doir kechalar, to’garaklar, maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan qo’shimcha darslar, sinfdagi iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash kabilardan foydalanish kerak.

O’quvchilarga til ta’limini singdirishda ularning yosh va bilim darajalarini ham hisobga olish zarur. Chunki 2-sinf o’quvchisiga 4-sinf hajmdagi bilimni berilsa o’quvchi buni hazm qila olmaydi, o’zlashtiraolmaydi ham. Aksincha 4-sinf o’quvchisiga 1-2-sinfdagi bilimlar berish bilan cheklanib qolinsa bu ham o’quvchi uchun zerikarli bo’ladi. Natijada o’quvchilarda tilni o’rganishga bo’lgan havas, qiziqish rivojlanish o’rniga susayadi.

Boshlang’ich sinf o’quvchisi DTS larida berilgan me’yoriy majburiy ta’lablarni bilishlari kerak. 1-4-sinflarda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakasiga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:

1-sinf. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.

Miqdoriy ko’rsatgich: 15-20 so’zdan iborat diktant yoza olish.

a) imlo xatolarga yo’l qo’ymaslik;

b) ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;

Diktant turlari: Lug’at diktant, izohli diktant, nazorat diktanti.

Miqdoriy ko’rsatgich: 2-3 gapdan iborat sodda matnni (fikr ehtiyoji bilan bog’liq mavzu asosida) yaratish.

a) matndagi gaplarni mazmunan o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi, ko’rsatilgan mavzu doirasida birlashish;

b) harf va tinish belgilarini to’g’ri yozish;

d) harflarni bir-biridan uzmay yoza olish;

e) so’zlar orasidagi oraliqni to’g’ri belgilash;

Matnni xarakteri: O’quvchiga tanish bo’lgan va ko’z oldiga keltira oladigan buyum, manzara, voqea–hodisalar tasviri.

2-sinf. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.

Miqdoriy ko’rsatgich: 35-40 so’zdan iborat diktant yoza olish.

a) imlo xatolarga yo’l qo’ymaslik;

b) ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;

Diktant turlari: lug’at diktant, yoddan yozuv diktanti, nazorat diktanti.

Miqdoriy ko’rsatgich: 3-4 gapdan iborat bo’lgan kichik va sodda matn (Fikr ehtiyoji bilan bog’liq mavzu asosida) yaratish.

a) matndagi gaplarning mazmunan o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi, ko’rsatilgan mavzu doirasida birlashishi;

b) harflar va tinish belgilarini to’g’ri yozish;

d) so’z va gaplarni to’g’ri yozib, tinish belgilarini o’z o’rniga qo’ya olish.

Rasm, manzara, joy, voqia-hodisalar tasviri, o’quvchiga tanish bo’lgan narsa, buyum tasviri.

3-sinf. Diktant turlari: saylanma diktant, lug’at diktanti, ta’kidiy diktant, yoddan yozuv diktanti, nazorat diktanti, izohli diktant, ko’rsatish diktant.

Miqdoriy ko’rsatgich: 4-5 gapdan iborat bo’lgan matn (fikr ehtiyoji bilan bog’liq mavzu asosida) yaratish

a) matndagi gaplarni mazmunan o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi, ko’rsatilgan mavzu doirasiga birlashish;

b) so’z va iboralarni to’g’ri yozish, gap oxiriga kerakli tinish belgisini qo’ya olish;

d) tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasi;

e) matnda so’zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo’llay olish.

Manzara. O’quvchi ko’z oldida sodir bo’lgan voqea-hodisa tasviri.

4-sinf. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.

Miqdoriy ko’rsatgich –70-80 so’zdan iborat diktant yoza olish.

a) imlo-xatolarga yo’l qo’ymaslik;

b) ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;

Diktant turlari: saylanma diktant, lug’at diktant, ta’kidiy diktant, yoddan yozuv diktanti, nazorat diktant, izohli diktant, ko’rsatish diktant.

Miqdoriy ko’rsatgich: 5-6 gapdan iborat bo’lgan matn (Fikr ehtiyoji bilan bog’liq mavzu asosida) yaratish.

a) matndagi gaplarning mazmunan o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi, mavzu doirasida birlashishi;

b) matnda xatboshining yaxlitligi va fikr izchilligini taminlash;

d) uyadosh so’zlardan (gul: atirgul, ranogul, binafsha, lola) foydalana olish.

Xotira asosida manzara, voqea- hodisa, narsa-buyum, joy, kinofilm va hokazolarning tasviri, kichik insho, xat-xabar

Boshlang’ich sinf ona tili darslariga qo’yilgan talablar. Boshlang’ich sinf ona tili darslariga qo’yilgan muhim talablardan biri o’quvchilar bilimini shakllantirish borasida ularning qobiliyatlarini o’stirish ustida ishlash bilimlarni ongli bo’lishiga erishish, o’quvchilarga har bir ishni o’ylab bajarishga odatlantirishdir.

Maktabda amaliy ishlarning ahamiyati o’quvchilar tomonidan to’g’ri baholansa-da, o’quvchilarning nazariy bilimlaridan amalda foydalanishga qiynaladilar. Yozma ishlarni bajarishda grammatika qoidalaridan kam foydalanadilar. Aslida esa imlo savodxonlikni oshirish uchun ko’chirib yozish va amaliy mashqlar muhim o’rin tutadi.

Psixologik tadqiqodlardan ma’lum bo’lishicha, imlo savodxonlik asta-sekinlik bilan shakllanadi. Amaliy ishlardan qoidaga o’tishda ham o’zlashtirish jarayoni sekinlik bilan kechadi. Dastlab o’qituvchi rahbarligida og’zaki muhokama qilinadi. Asta-sekin o’quvchilar o’ylab, mulohaza qilib anglay boshlaydilar. Borcha yozuv darslarida o’quvchilarga to’g’ri yozish qoidalarini ta’kidlab turish va amaliy ishlarni bajarish orqali ularning imlo savodxonliklarini oshirish mumkin.

Barcha ona tili darslarida o’quvchilar bilishini va malaka qobiliyatlarini takomillashtirish maqsadida oldin o’tilgan darslarni takrorlashga vaqt ajratiladi. Takrorlash bilimlarni aniqlashga, hisobga olish va shu bilan bir vaqtda mustahkamlashga yordam beradi. Boshlang’ich sinflarda oldin o’tilganlarni takrorlash bilan bir vaqtda va takrorlash jarayonida oz-ozdan yangi bilimlar berib boriladi. Takrorlash orqali o’quvchilar o’z bilimlarini tartibga soladilar, mustahkamlaydilar.

Ilg’or tajribali o’qituvchilar darslarni tashkil etishda oldin o’tilganlarni mustahkamlash, yangi bilimlarni o’zlashtirish bilan bir vaqtda keyingi darsda o’rganiladigan mavzu uchun zamin tayyorlaydilar.

Xozirgi zamon darsi shundan iboratki, o’quvchi, tinglovchi, o’qituvchi esa ma’ruzachi bo’lib qolmasligi kerak. Balki o’qituvchi darsni kuzatib tartibga soluvchi rejissyorga aylanmog’i lozim. O’qituvchi darsni shunday tashkil etishi kerakki hamma o’quvchi shu mavzu yuzasidan mustaqil fikr yuritsin, o’z fikrini ayta olsin, kamchiligi bo’lsa o’rtoqlari va o’qituvchi javobidan kelib chiqib to’g’rilay olsin. Darsning xarakter xususiyatiga qarab dars interfaol usulda bo’lishiga erishishi lozim. Darslarda testlardan va tarqatmali materiallardan foydalanish ham yahshi natija beradi.

1-4-sinf ona tili darslari bilan tanishtirish va ularning bir-biridan farqi. Ma’lumki, boshlang’ich sinf ona tili darsligining adabiy til meyorida amaliy o’zlashtirishlarga yordam berishdir. Darslikning asosiy qismini xilma-xil mashqlar tashkil etadi.

Masalan:K.Qosimova, S.Fuzailov va A.Ne’matova muallifligidagi 2-sinf ona tili darsligi 1-sinfda o’tilganlarni takrorlashdan boshlanadi. Bunda gap va so’z haqidagi bilimlar takrorlanib mustahkamlanadi. Va asta sekin navbatdagi bilimlar berib boriladi. 2004-yilda to’ldirilgan nashrning muqovasida ikkita o’quvchining maktab tomon ketayotgan rami berilgan. Bu rasm o’quvchilarning shu darslikka qiziqishini oshiradi. Mashqlarda uyga vazifa va o’ylab ko’rish uchun berilgan mashqlarga alohida belgi qo’yilgani juda ma’qul. Ayniqsa kitobning sahifalari did bilan jihozlangan. Berilgan rasmlar aniq, chiroyli qilib chizilgan. Qoidalar aniq, tushunarli qilib chiziqlar ichida berilgan. Darslik ohirida lug’at berilgan bo’lib jarangli va jarrangsiz undoshlar aniq ajratib ko’rsatilgan. Darslik foydalanishga loyiq.

S.Fuzailov va M.Xudayberganovalar tomonidan 2004-yilda nashr etilgan 7 nashri ham 3-sinf o’quvchilari uchun juda mos tayyorlangan. Muqovadagi tanlangan rasmlar va bobomiz A.Navoiyning yodgorliklari va o’gitlari juda o’rinli berilgan. Darslik sahifalari ham sifatli qog’oz va ranglar asosida yaratilgan. Darslikning 3- sahifasida Mustaqillik maydoni rasmini berilishi o’quvchilarni o’z vataniga, xalqiga, prezidentiga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, darslik sahifalariga ishlangan rasmlar ham juda o’rinli, aniq qilib berilgan Qoidalar ham chiziqlar ichida alohida rang bilan berilgan. Bu ham o’quvchilarni ona tilidan grammatik qoidalarni tez va puxta o’zlashtirib olishlarida alohida ahamiyat kasb etadi.

3-sinf ona tili darsligi asosan 4 ta bo’limdan iborat.

4. So’z turkumlari

Shuningdek o’quv yili oxirida yil davomida o’tilganlarni takrorlash berilgan. Bu bo’limlar uchun berilgan mashqlar asosan o’quvchilarni 4 ta bo’lim yuzasidan puxta bilim olishlari uchun asos bo’laoladi. 2004- yilda nashr etilgan ona tili darsligida 2001- yildagi darslikdan farqlari bor.

Masalan 2001- yildagi darslikda 43-mashqdagi “Turnalar” she’riga rasm berilmagan 2004-yildagi shu mashqqa rasm ishlangan. 53-mashqqa ham rasm ishlangan. 130-mashq eski darslikda gap shunday tahlil qilingan. Yoqimli kuy odamni allalaydi… Nima? Kuy – ega nima qiladi? Allalaydi- kesim Qanday kuy? Yoqimli. Kimni allaladi?-odomni. Shu mashqni yangi daslikda quyidagicha belgilangan. Yoqimli kuy odomni allalaydi. Bu belgilash ancha tushunarli va qulay. 250-mashq.

Eski darslikda: Yangi darslikda:

Umuman yangi darslik eski darslikdan birmuncha mukammal ishlangan. 4-sinf ona tili darsligi R.Ikromova, X.G’ulomova, Sh.Yo’ldosheva, D.Shodmonovalar muallifligidagi darslik asosan sakkista katta bo’limni o’z ichiga olgan bo’lib, o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish, bilish faolligini oshirishga qaratilgan. Bu darslikda oltita asosiy bo’lim bo’lib har bir bo’limda o’rganilishi zarur bo’lgan reja-mavzular berilgan. Yangi darslikdagi so’z turkumlari bo’limida berilgan mashqlar, eski darslikdagi mashqlardan tubdan farq qiladi yangi darslikdagi berilgan qoida va mashqlar o’quvchilarning o’zlashtirishlari uchun juda qulay berilgan.

Umuman yangi to’ldirilgan nashrlar o’quvchilarning ona tili fanidan puxta bilim olishlarida katta ahamiyatga ega.

Foydalangan adabiyotlar:

1. Husanboeva Q. Adabiyot – ma’naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. T.: 2009.

2. Qodirov V. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Ma’ruzalar matni. Andijon.: 2010.

3. Karima Qosimova va boshqalar “Ona tili o‘qitish metodikas i Toshkent-2009

4. Boqijon To’xliyev “Ifodali o‘qish” Toshkent-2015

Internet havolalar:

ona tili dars ishlanma 8 sinf

“Gap bo’laklari” mavzusida ochiq dars ishlanmasi (slaydlar bilan)

Submitted by Nasim Sadikov on Tue, 12/29/2020 – 16:54

Ona tili fanidan 5-8 sinflar uchun “Gap bo’laklari” mavzusida ochiq dars ishlanma, slaydlar.

Format: docx, ppt

Fayllar soni: 4 ta

Fayl hajmi: 3,9 mb

Fayllar arxivda “ziplangan”

Language English

Ginnes.Uz

Facebook guruh:

Veb saytdan olingan ma’lumotlarni boshqa saytlarga qo’yilganda www.sadikov.uz manzili ko’rsatilishini iltimos qilib qolaman. © Sadikov.Uz

Saytdagi audio, video va xujjat ko’rinishdagi ma’lumotlar o’z egalariga tegishli. Barcha fayllar va suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan. Ular o’z mualliflik huquqlarini saqlab qolgandirlar. Ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida blogga qo’yilgan. Iltimos, mualliflarning mehnatini hurmat qilaylik. Agar siz saytimdagi qaysidir ma’lumotni egasi bo’lsangiz va sizning ma’lumotingiz saytimda qo’yilishini istamasangiz, iltimos darhol menga murojaat qiling: @sadikovuz (telegram) yoki uzbeknasim@yahoo.com.

Разработки уроков, dars ishlanmalari, тесты, testlar, maqollar, пословицы, стихи, sherlar, презентации, taqdimotlar, рефераты, referatlar, дошкольные материалы, maktabgacha ta’lim, интересное детям, bolalarga qiziqarli ma’lumotlar, топ факты, top faktlar, психологические тесты, psixologik testlar, блок тесты, blok testlar, гранты, grantlar

Telegram: @sadikovuz

8 Sinf O Zbekiston Tarixi Audio – Бесплатно скачать Mp3

Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу 8 Sinf O Zbekiston Tarixi Audio в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию 8 Sinf O Zbekiston Tarixi To Liq Ўзбекистон тарихи тўлиқ длительностью 400.98 MB, размер файла 5 ч, 4 мин и 41 сек.

Все песни были найдены в свободном доступе сети интернет, а файлы с произведениями не хранятся и не загружаются на наш сервер. Если Вы являетесь правообладателем или лицом, представляющим правообладателя, и не хотите чтобы страница с произведением, нарушающие Ваши права, присутствовала на сайте, воспользуйтесь данной формой DMCA.

Сейчас слушают песни

8 Sinf O Zbekiston Tarixi Audio

А Между Нами Снова Города Но Мне Так Хочется К Тебе Туда

Клип Про Демонического Левиофана Мультики Про Танки Из Хома

Gary Glitter Hands Up It S A Stick Up

Егор Моисеев Цветет Сирень

Bunyodbek Saidov Popuri 2022

Блиппи На Русском Языке

Белый Снег На Ладони Мои Упал Поет Девушка

Jaloliddin Ahmadaliyev Popuri 2022

Псалтирь Божией Матери

I See Forever In Your Eyes Speed Up

Cadillac Пародия Капитан Америка

Текст Песни Голубка Моя Моя Мама Родная

Нашид Ля Язаль Хайра

Saka Saka Saka Song Tiktok