Press "Enter" to skip to content

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistondagi maktablarda bir sinfdagi o`quvchilar soni 20 nafargacha qisqartirilishi to`g`risidagi xabarlar tarqaldi. Holatga Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi munosabat bildirdi.

Maktablarda sinf o`quvchilari 20 nafarga qisqartirilishi mumkinmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistondagi maktablarda bir sinfdagi o`quvchilar soni 20 nafargacha qisqartirilishi to`g`risidagi xabarlar tarqaldi. Holatga Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, Prezidentning tegishli qaroriga ko`ra, 2022–2026 yillarda umumiy o`rta ta`lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta`mirlash hisobiga 1,2 million o`quvchi o`rni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi topshirilgan.

Qaror bilan 2022–2026 yillarda umumiy o`rta ta`lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlashning asosiy prognoz ko`rsatkichlari tasdiqlangan bo`lib, unga ko`ra respublika bo`yicha 2899 ta maktabda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi.

“Ayni damda bir sinfda o`quvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilangan bo`lib, blogerlardan yolg`on ma`lumotlar tarqatmaslikni so`rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.