Davlat va huquq asoslari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sogʻlom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daхldor boʻlgan dolzarb masalalar, ayniqsa uyushmagan yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganligidan dalolat bermoqda.
Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan koʻp sonli yoshlarning oʻz iqtidor va iste’dodini roʻyobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot gʻoyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Oʻzbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar etadigan ommaviy harakatga aylana olmaganligini hayotni oʻzi koʻrsatmoqda.
Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fiklaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, хalq manfaati yoʻlida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularni intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bogʻliq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganligini alohida qayd etish joiz.
Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olgan holda:
1. Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017 yil 30 iyun kuni boʻlib oʻtgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun – 30 iyun sanasi – mamlakatimizda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinsin.
3. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilansin:
birinchidan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlovchi, “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylantirish;
ikkinchidan, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik gʻoyalariga sodiqlik, milliy oʻzlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daхldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash;
uchinchidan, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yoʻlida bor kuch-gʻayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish;
toʻrtinchidan, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puхta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni kichik biznes va хususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishlariga koʻmaklashish;
beshinchidan, yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblarni, shu jumladan elektron asarlarni oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy hamda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, хususan diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot gʻoyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish;
oltinchidan, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi va oila muqaddasligi gʻoyalarini keng targʻib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishini oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish;
yettinchidan, yoshlarni, ayniqsa ularning uyushmagan qismining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishga, ijodiy toʻgaraklar va turli, shu jumladan, хorijiy tillarni oʻrgatish oʻquv kurslariga keng jalb etish;
sakkizinchidan, yosh oilalar, хususan imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish;
toʻqqizinchidan, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish;
oʻninchidan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, хalq manfaatlariga sadoqat bilan хizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, хalol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, zaхirasini yaratish va ularni davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining mas’ul lavozimlariga tavsiya etish;
oʻn birinchidan, yoshlar siyosati sohasida хalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, хorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
oʻn ikkinchidan, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga yoshlarga oid faoliyatni tashkil etishda gʻoyaviy-uslubiy jihatdan koʻmak berish.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish, natijasi boʻyicha ta’sirchan choralar koʻrish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish хizmatining yoshlar siyosatini amalga oshirish sohasida davlat va jamoat tashkilotlarini muvofiqlashtirish shu’basi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari хizmati tashkil etilsin.
Xizmatning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning toʻlaqonli ijrosini tashkil etish va nazorat qilish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish, ularga gʻoyaviy-uslubiy yordam koʻrsatishni tashkil etish;
yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish maqsadida tizimli oʻrganish va tahlillar asosida sohaga oid qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va joriy etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar хizmati bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari хizmati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari хizmatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi rahbarlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi oʻz lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi hisoblanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar хizmati, Yoshlar siyosati masalalari хizmati Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.
7. Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Idoralararo kengashning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini hayotga toʻlaqonli joriy etish va bu borada ta’sirchan nazorat oʻrnatish.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari raisligida Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar tuzilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Yoshlar masalalari boʻyicha hududiy idoralararo kengashlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.
9. Buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun oʻrnak boʻlib хizmat qilishini inobatga olgan holda respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi berilsin.
10. Yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyat natijalarini, ilm-fan va adabiyotga boʻlgan qiziqishlarini hamda yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni keng yoritish maqsadida:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining “Turkiston” va “Molodyoj Uzbekistana” gazetalari, “Yosh kuch” jurnali hamda boshqa yoshlar nashrlarini chop etishga iхtisoslashgan “Yoshlar nashriyoti uyi” tashkil qilinsin;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Respublika хotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda “Qizlarjon”jurnalini ta’sis etsin.
11. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
“Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida “Men sevib oʻqigan kitob” va “Eng yaхshi kitobхon” respublika tanlovlarini, “Kitob bayrami” va “Bolalar kitoblari” an’anaviy respublika festivallarini;
“Biz Vatanga tayanchmiz”, “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar” shiorlari ostidagi aksiyalarni;
“Adabiyot va san’at – shaхs ma’naviyatini boyitish va yuksaltirish omili” mavzusida yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokidagi uchrashuvlarni;
respublikaning chekka hududlarida хalq rassomlari, хalq ustalari bilan bolalar, yoshlar va ularning ota-onalari uchun “Bunyodkor хalqim bilan muloqot – ijodim ilhomi” mavzusida master-klasslar va ijodiy uchrashuvlarni;
“Eng buyuk jasorat – ma’naviy jasoratdir” mavzusida davra suhbatlarini doimiy ravishda tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
12. Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Andijon, Jizzaх, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar Yoshlar markazlari binolarini qurish, Buхoro va Xorazm viloyatlari Yoshlar markazlari binolari qurilishini tugallash va foydalanishga topshirish, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari Yoshlar markazlari binolarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash boʻyicha dastur loyihasini;
respublikaning barcha tuman va shaharlarida sinov tariqasida 11 yillik majburiy oʻrta ta’lim tizimining joriy etilishi munosabati bilan boʻshaydigan kollejlarni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari iхtiyoriga begʻaraz oʻtkazish, ularning negizida barcha qulayliklarga, shu jumladan kutubхona va kitob doʻkoniga ega boʻlgan Yoshlar markazlari va zamonaviy yoshlar kinoteatrlarini, shuningdek, yoshlarni, ayniqsa, ularning uyushmagan qismini 6 oygacha boʻlgan muddatda kasb–hunarga toʻlovsiz oʻqitish markazlarini tashkil etish dasturi loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining:
2017–2018 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida “katta yetakchi” va “toʻgarak rahbari” shtat birliklarini tugatish hisobiga lavozim maoshi yuqori sinf oʻqituvchisiga tenglashtirilgan “yoshlar yetakchisi” shtat birligini joriy etish;
oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklatilgan хodimga oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oliy ma’lumotli oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilash;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida yoshlarning хohish va intilishlaridan kelib chiqib, yoshlar uyushmalari hamda yoshlarga ijtimoiy–psiхologik yordam koʻrsatish markazlarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish;
yurtimizda turli soha va tarmoqlarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan yigitlarni taqdirlash maqsadida “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini ta’sis etish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, oʻqish, mehnat va jamoat ishlarida har tomonlama faol ishtirok etayotgan yoshlarni taqdirlash maqsadida “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish;
2018 yilning 1 yanvaridan boshlab kichik biznes korхonalari tomonidan toʻlanadigan yagona soliq toʻlovi uchun hisoblangan summaning 8 foizini Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish;
ta’lim muassasasini tamomlaganiga uch yil boʻlmagan, birinchi marta ishga qabul qilingan yoshlarga daromad soligʻini birinchi yil uchun 50 foiz, ikkinchi va uchinchi yillar uchun esa 25 foizga kamaytirish;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida turli fanlar, shu jumladan, chet tillarni oʻrgatish, kompyuter dasturlarini tuzish va tadbirkorlik asoslarini oʻqitish maqsadida tashkil etiladigan shu’ba korхonalarini 2027 yil 1 avgustga qadar barcha soliqlardan ozod etish, bunda korхona iхtiyorida qoladigan summaning 20 foizini Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari ma’qullansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Tashkiliy-kadrlar хizmati manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining yangilangan ustavi va tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasini kiritsin;
“Mard oʻgʻlon” va “Kelajak bunyodkori” davlat mukofotlarini ta’sis etish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha taklif tayyorlasin.
15. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kengashlari raislari tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi boʻyicha ularning birinchi oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchilarini saqlash хarajatlari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tegishli kengashlari hisobidan qoplanadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tavsiyasi asosida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida 3 yil va undan koʻp muddat davomida faol ishlab kelayotgan хodimlarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining boshlangʻich toʻlovi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi boʻlgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 86 foiz va undan yuqori boʻlgan taqdirda ta’lim boʻyicha toʻlov kontrakti miqdorining 35 foizi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari, Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaхshilash maqsadida 2018-2021 yillarga moʻljallangan Yoshlar uylarini barpo etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Yoshlar uylarini barpo etish dasturida barcha yirik shaharlarda – koʻp qavatli, qishloq tumanlarida – 1-2 qavatli namunaviy loyihalar asosida arzon uylar yoshlarning uy-joyga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqib qurilishi nazarda tutilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqining viloyat, shahar va tuman kengashlari raislarini ragʻbatlantirish maqsadida ularga “Matiz” va “Damas” avtomashinalarini хarid qilish uchun 10 yil muddatgacha moʻljallangan, boshlangʻich toʻlovi 15 foizlik imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
tuman va shahar markazlarida Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etishni;
foydalanilmayotgan davlat ob’yektlarini, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi ob’yektlarni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi boʻlgan yosh tadbirkorlarga toʻlovsiz ijaraga berish tartibini joriy etishni ta’minlasin.
19. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” MXK va “Oʻzbektelekom” AKning “Yoshlar” teleradiokanali” AJning 50 foiz aksiyalarini Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga berish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullansin.
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Adliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda “Yoshlar” teleradiokanali” AJ faoliyatini takomillashtirish boʻyicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
20. Davlat хokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari har oyda kamida bir marta yoshlar bilan ochiq muloqotlarni oʻtkazib borish amaliyotini joriy etsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Q.Q.Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. Mirziyoyev
5 iyul 2017 yil,
№ PF–5106
Davlat va huquq asoslari
B) Asosiy tashqi siyosiy faoliyatni federatsiya organlari amalga oshiradi.
S) Bitta konstitutsiya, davlat hokimiyati va qonun chiqaruvchi organlarning bir tizimi; yagona moliya va soliq tizimi, yagona qurolli kuchlar;
D) Yagona qurolli kuchlar, yagona moliya, soliq va pul tizimlari;
7. Hokimyatning bo’linishi nima?
A) Odil sudlov va prokuratura organlari funksiyalarining ajratib qo’yilganligi;
B) Ma’muriy va huquqni muhofaza qilish organlari funksiyalarining ajratib qo’yilganligi;
S) Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud organlari vakolatlarining ajratib qo’yilganligi;
D) Oliy va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining ajratib qo’yilganligi;
8. Qaysi javobda “huquq”ning to’g’ri ta’rifi berilgan?
A) Davlat tomonidan belgilangan yoki maqullangan va uning majburlrov kuchi bilan ta’minlangan, barcha uchun majburiy hulq-atvor normalari tizimi;
B) Yuridik normalar bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlar tizimi, odamlarning xaqiqiy (real) hulq atvori;
S) Hukumron sinfning qonun darajasiga ko’tarilgan va mazmuni jamiyat hayotining moddiy sharoitlari bilan belgilanadigan irodasi;
D) Odamlarning o’z huquq va burchlariga psixologik munosabati;
9. O’zbekiston davlatining tashqi funksiyalarini aniqlang?
A) Tashqi iqtisodiy aloqalar,mamlakat mudofasi,diplomatik aloqalar.
B) Nufuzli halqaro tashkilotlarga a’zo bo’lish
S) CHet el sarmoyalariga yo’l ochish,tashqi siyosiy aloqalar
D) Mamlakat mudofasini rivojlantirish
10. Respublika nima?
A) Xokimiyat yuridik jihatdan va amalda monarx tuzgan hukumat hamda parlament o’rtasida bo’linadigan davlat;
B) Oliy hokimiyatni davlat hokimiyatining saylov organlari amalga oshiradigan boshqaruv shakli;
S) Oliy davlat hokimiyati butunicha bir shaxsga tegishli bo’ladigan boshqaruv shakli;
D) Davlat hayotini tashkil etishda hal qiluvchi o’rin parlamentga tegishli bo’ladigan boshqaruv shakli.
11. O’zbekistonda qaysi organ davlat hokimiyatining oliy vakillik organi hisoblanadi?
D) Vazirlar Mahkamasi.
12. O’zbekistonda kim farmonlar chiqarish vakolatiga ega?
S) Respublika Prezidenti;
D) Konstitutsiyaviy sud.
13. Qaysi organ odil sudlovni amalga oshiradi?
14. Yuridik normaning davlat jazosi me’yorini belgilab beradigan tarkibiy qismini ko’rsating?
15. Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb tan olish asoslari.
A) Nikoh yoshiga yetmagan shaxsning, uning ota-onasining yoki vasiysining, prokurorning talabi bilan;
B) Xotinning talabi bilan;
S) Homiylarining talabi bilan;
D) Oila a’zolarining talabi bilan;
16. Voyaga yetmaganlar javobgarligi uchun jinoiy jazo tizimini aniqlang.
A) Jarima, mol-mulkni musodara qilish;
B) Ahloq tuzatish ishlari, maxsus vazifadan ozod qilish
S) Ozodlikdan mahrum qilish, jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq;
D) Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo’natish;
17. Voyaga yetmaganlar 13 yoshdan 16 yoshgacha uncha og’ir bo’lmagan jinoyat sodir etsalar necha yilgacha jazo beriladi?
D) Sud hukmi hal qiladi;
18. Bevosita demakratiya qanday amalga oshiriladi?
A)parlamentni tuzish orqali
B)president saylash orqali
D)miting va namoyishlar orqali
19 siyosiy tartibot qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)demokratik va nodemokratik
D) barcha javoblar to’g’ri
20. demokrtaiya so’zining mazmuni qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
B) “Xalq hokimiyati”
21.hamma sudlarda ishlar ochiq ko’riladi. Bu hol O’zbekiston Respublikasi Konistitutsuyasining qaysi moddasida ko’rsatilgan
22. Huquqiy munosabat tuzilishiga ko’ra qanday elementlarni o’z ichiga oladi?
S)obyekt va subyekt
D)to’g’ri javob yo’q
23.Huquqiy layoqat qachon boshlanadi?
24.”O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risidagi qonuni” qachon qabul qilingan?
25.qonun qayerda amal qiladi?
S)zamon va makonda
D)to’g’ri javob yo’q
26. Demakratiya nima?_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
27. Davlatning boshqaruv shaklini toping?____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
28. Davlatning tuzilish shaklini toping?____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
29. Demakratiyaga zid tartibot nima deyiladi?_______________________________________________
30. Ma`lum bir siyosiy talablarni bildirish maqsadidagi yurish nima?______________________________
31. O`zbekiston Respublikasi Kanstetutsiyasining oila kodeksi necha moddadan iborat?_______________________________________________________________________________
32. ”Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir” kanstetutsiyaning nechanchi moddasida berilgan?_____________________________________________________________________________
- O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasiga binoan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod bo’lgan shaxslarga qo’yiladigan talablar qanday?_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
- O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qanday o’rgan?_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
- O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining vazifalarini ko’rsatib bering?_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
- O’zbekiston Respublikasining sud tizimi qanday tashkil qilingan?______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
- Huquqiy munosabat nima?_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
- Apellatsiya bu – ___________________________________________________________________
- Qonun bu- ________________________________________________________________________
- Oliy majlis necha palatadan iborat?____________________________________________________________________________
- Bilim olish huquqi kanistitutsiyamizning ___________ moddasida ko’rsatilgan.
- Prezident so’zining ma’nosi ________________________________________________demakdir.
- Asosiy qonun bu-________________________________________________________________dir.
- Norma so’zining ma’nosi______________________________
26. Xalq hokimiyati
- O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasiga binoan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzod bo’lgan shaxslarga qo’yiladigan talablar quydagicha: o’ttizbesh yoshdan kichik bo’lmasligi kerak, davlat tilini yaxshi bilishi zarur, bevosita saylashgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashayotgan bo’lishi kerak, Ozbekiston fuqarosi bo’lishi lozim.
- O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi oily davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimyatni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati 5 yil.
- O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri:
- Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va inga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo’ladi.
- Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi.
- Xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko’radi.
- O’zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
– Oliy xo’jalik sud;
– Qoraqalpag’iston Respublikasining fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha oily sudlari fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha viloyat va Toshkent shaxar sudlari;
– Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlar aro, tuman(shaxar) sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha tuman(shaxar) sudlari;
– Qoraqalpag’iston Respublikasining xo’jalik sudi, viloyat va Toshkent shaxar xo’jalik sudlari;
38. Huquqiy munosabat – uning ishtirokchilari o’rtasidagi huquqiy(yuridik) aloqalar bo’lib ularning o’zaro huquq va majburiyatlarida namoyon bo’ladi.
39. shikoyat qilish, norozilik bildirish.
40. davlat hokimyati oily organi tamonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan normativ akt.
41. ikkita palatadan iborat.
43. “oldinda o’tiruvchi”