Press "Enter" to skip to content

9 sinf kimyo kitob javoblari

24. Temir atomida nechta d-elektron mavjud?

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

Kitob — insonning eng yaqin do’sti va maslahatchisi, aql qayrog’i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo’lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo”tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga bo’lgan muhabbat, uni qadrlash, o’qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati uning kitobida aks etadi.

Ichki ishlar organlari tizimida ham Prezidentimizning 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050 qarori va Ichki ishlar vazirligining «Ichki ishlar organlari xodimlari o’qishi uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxatini tasdiqlash to’g’risidagi» buyrug’ini ijrosini ta’minlash maqsadida xodimlarning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kitoblarni mutolaa qilishlari va sotib olishlari uchun Vazirlikning Malaka oshirish institutida Kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarkada mashhur adiblarimizning badiiy, tarixiy asarlari, jahon adabiyoti durdonalari, bestseller kitoblar hamda barcha kodekslarning yangi tahrirdagi kitoblar taqdim etildi.

Yarmarkada kitobsevar ichki ishlar organlari xodimlari o’zlari yoqtirgan sevib mutolaa qiladigan yozuvchi va adiblarning asarlarini sotib oldilar.

Kitobni mutolaa qilish, asarlarning mazmun-mohiyati zamiriga etish insonni komillikka, zukkolikka va teran fikr sohibiga aylantirishi shubhasizdir.

IIV Malaka oshirish instituti

Kimyo fanidan 9-sinflar uchun olimpiada test savollari

Kimyo fanidan 9-sinflar uchun olimpiada test savollari
1.Reaksiyaning temperatura koeffisiyenti 3ga teng. Reaksiya tezligini 27 marta oshirish uchun temperaturani necha marta oshirish kerak?

A) 10 B) 20 C)30 D)40

2.Quyidagi N2+O2=2NO-Q Muvozanatni chap tomonga siljitish uchun qaysi omillardan foydalanish kerak?

A)Temperaturani pasaytirish B)Bosimni oshirish

C)Temperaturani orttirish D)NO konsentratsiyasini kamaytirish

3. 40 g 4% li eritma hosil qilish uchun necha g tuz va suv kerak?

A)2.5 va37.5 B)5 va 35 C)0.4 va 39.6 D)1.6 va 38.4

4. Kislatani qanday suyultirish kerak?

A)Kislatsaga oz-ozdan suv quyiladi B)Suvga oz-ozdan kislata idish devori bo`ylab quyiladi

C)Bir idishga avval kislata keyin suv quyiladi D)Hamma javob to`g`ri

5.Faqat metallar to`plangan qatorni ko`rsating

A)Sc,Hg,Tb,Re B)Sm,Hf,Te,Rh, C)Sn,Ho,Ti,Rn D)Se,He,Tl,Ru,

6. 0.65 g Ruxni to`liq eritish uchun 0.1 M sulfat kislata eritmasidan qancha olish mumkin?

A)10 ml B) 1000 ml C) 100ml D) 500ml

7. Natriy sanoatda quyidagi qaysi usulda olinadi?

A) Domna pechlarda tuzlarni eritish orqali B) Kristall holidagi sodani qizdirish orqali

C) Aluminotermiya usulida D) osh tuzi eritmasini elektroliz qilish orqali

8. 50 ml 0.5M li kalsiy xlorid eritmasini 0.2 M Natriy korbonat eritmasi bilan to`liq reaksiyaga kirishishi uchun qancha hajm natriy karbonat kerak?

A)50ml B)100ml C)75ml D)125 ml

9. 2g H2 va 16g O2 aralashmasining hajmi (n.sh.da) nechaga teng?

A) 11.2 l B)44.8 l C)22.4 l D)33.6 l

10.8g mis va 8 g oltingugurt ta`sirlashishidan necha gramm mis (II)-sulfid hosil bo`lgan?

A)9 g B) 16 g C) 12 g D) Bu reaksiya ketmaydi

11.HClO4 Kislota oksidi qaysi bandda to`g`ri ko`rsatilgan?

12.Kislotali oksidni ko`rsating?

13. Asosli oksidni ko`rsating ?

14.Suv bilan ta`sirlashmaydigan oksid?

15.Metallmaslar qatorini ko`rsating?

A)Tc, Am, S,Cm B) Tl, At, Sr,Co C)Ti,Ar,Se,Cl D)Te,As,Si,C

16.Natriy sulfat tuzining 7.1% li 200 gramm eritmasiga mo`l miqdor bariy xlorid Eritmasi quyilganda Hosil bo`lgan cho`kmaning massasini toping?

A)23.3 g B) 31.5 g C) 12.6 g D) 18.1 g

17. Aluminiy bromide eritmasiga quyidagilarning qaysi biri mo`l miqdorda qo`shilganda cho`kma tushadi?

18.H2S ning H ga va havoga nisbatan zichligini toping

19.Kimyo reaksiya tezligi deb nimaga aytiladi?

20.Kimyoviy muvozanat nima va uni siljitish yo`llarini ayting?

21.Oddiy shishaning formulasini yozing?

22.Qaytar reaksiya deb nimaga aytiladi?

23.Piritning formulasini yozing

24. Temir atomida nechta d-elektron mavjud?

25.0.5 mol Fe3O4 tarkibida necha gramm temir borligini hisoblang?

Kimyo fanidan 10-sinflar uchun olimpiada savollari
1.Karbonat angidrit bitta molekulasining grammlarda ifodalangan massasini toping?

A)7.31*10 -23 B)7.31*10 -24 C)7.31*10 -27 D)5.73*10 -23

2.Oq fosfor bug`larining vodorodga nisbatan zichligini toping

A)1.31 B)2.15,5 C)3.77,5 D)4.46,5

3. Natriy sanoatda quyidagi qaysi usulda olinadi?

A) Domna pechlarda tuzlarni eritish orqali B) Kristall holidagi sodani qizdirish orqali

C) Aluminotermiya usulida D) osh tuzi eritmasini elektroliz qilish orqali

4.50 ml 0.5M li kalsiy xlorid eritmasini 0.2 M Natriy korbonat eritmasi bilan to`liq reaksiyaga kirishishi uchun qancha hajm natriy karbonat kerak?

A)50ml B)100ml C)75ml D)125 ml

5. 2g H2 va 16g O2 aralashmasining hajmi (n.sh.da) nechaga teng?

A) 11.2 l B)44.8 l C)22.4 l D)33.6 l

6.8g mis va 8 g oltingugurt ta`sirlashishidan necha gramm mis (II)-sulfid hosil bo`lgan?

A)9 g B) 16 g C) 12 g D) Bu reaksiya ketmaydi

7.HClO4 Kislota oksidi qaysi bandda to`g`ri ko`rsatilgan?

8.Kislotali oksidni ko`rsating?

9. Asosli oksidni ko`rsating ?

10.Suv bilan ta`sirlashmaydigan oksid?

11.Metallmaslar qatorini ko`rsating?

A)Tc, Am, S,Cm B) Tl, At, Sr,Co C)Ti,Ar,Se,Cl D)Te,As,Si,C

12.Natriy sulfat tuzining 7.1% li 200 gramm eritmasiga mo`l miqdor bariy xlorid Eritmasi quyilganda Hosil bo`lgan cho`kmaning massasini toping?

A)23.3 g B) 31.5 g C) 12.6 g D) 18.1 g

13. Aluminiy bromide eritmasiga quyidagilarning qaysi biri mo`l miqdorda qo`shilganda cho`kma tushadi?

14.Malaxit vodorodatmosferasidaqizdirilganda quyidagi qanday moddalar hosil bo`ladi

15.Quyidagi elementlardan qaysi birida elektronning qulab tushishi mavjud

16.Kimyoviy reaksiya tezligining harorat koeffisienti 2 ga teng. Reaksiya tezligi 100 0 C dan 140 0 Cga oshirilganda reaksiya tezligi necha marta oshadi?

17. 25 g mis kuporosi СuSO4 H2O 175 g suvda eritildi. Olingan eritmada suvsiz tuzning konsentratsiyasini aniqlang.

18.Karbanat kislota qanday tuzlarni hosil qiladi?

19.NaCl suyuqlanmasi elektroliz qilinganda katod va anodda qanday moddalar ajraladi?

20. 13.5g Alyuminiyda nechta atom bor?

21. СuSO4 eritmasidan 2.8 g Fe qancha misni siqib chiqaradi?

22. 1s 2 2s 2 2p 6 3s 2 3p 1 kimyoviy electron konfiguratsiyasi qaysi elementga tegishli?

23. Piritning formulasini yozing

24. 0.5 mol Fe3O4 tarkibida necha gramm temir borligini hisoblang?

25. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi deb nimaga aytiladi?

Kimyo fanidan 11-sinf lar uchun olimpiada test savollari
1. 14,3 g soda qattiq qizdirib 5,3 g suvsiz Na2CO3 olindi. Kristalgidratning formulasini aniqlang.

2. Berilgan metalardan qaysi biri H2SO4(kons) bilan reaksiyaga kirishmaydi?

A) Ag B) Cu C) Hg D) Fe

3. Quyidagi reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarni aniqlang. KOH(suyuq)+Cl2 –

4. Quyidagi kislotalarning qaysi biri kuchli kislotalik xossasiga ega?

5. Ishqoriy metallar havoda qizdirilganda qanday birikmalar hosil qiladi?

A) ishqoriy metallarning oksidlari B) ishqoriy metallarning gidroksidlari

C) ishqoriy metallarning peroksidlari D) litiy metall oksid, qolganlari esa peroksidlar hosil qiladi.

6. Ammiak labaratoriya sharoitida qanday olinadi?

A) ammoniy tuzlariga ishqor ta’sir ettirilib B) odatdagi sharoitga suv ta’sit ettirib C) past

temperaturali isiqlik ta’sir ettirib D) ammoniy tuzlariga kislota ta’sir ettirib

7. Oltingugurt nechta allotropik shaklga ega?

A) 4 B) 2 C) 3 D) 5

8. Xlorid ionini eritmada mavjudligini aniqlovchi modda;

9. Uglerod qizdirilganda kislorod,oltingugurt, azot, metallar, metal oksidlariqatori yana qaysi galogen bilan ta’sirlashadi?

A)iod B) xlor C) ftor D) brom

10. Formulalari quyidagicha bo’lgan oksidlarning qaysi birlarida kislorodning massa ulushi 50% ga teng?

11. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirishda 1, 2, 3 moddalarni aniqlang. ZnO+ 1 – ZnCl2 + 2 – Zn(OH)2 + 3 – Na2ZnO2

12. Normal sharoitda suv bilan ta’sirlashmaydigan moddani aniqlang.

A) magniy; B) beriliy; C) bariy; D) stonsiy

13.Qaysi tuz eritmasi elektroliz qilinganda katodda metall ajralib chiqmaydi ?

14. 2CO + O2 = 2CO2 +Q bu kimyoviy reaksiyada reaksiya tezligini oshirish uchun quyidagilardan qaysi biri zarur?

A) uglerod(II)-oksidning konsetratsiyasini oshirish; B) O2 kislorodni miqdorini kamaytirish;

C) bosmni kamaytirish; D) temperaturani kamaytirish.

15. Temirning massa ulushi quyidagi moddalarning qaysi birida ko’p?

A) FeO B) Fe2O3 C) FeSO4 D) FeCl3

16. Natriy korbonatning tarkibi quyidagicha: Na=43.4%, C=11.3% , O=45.6%. Uning formulsini aniqlang.

A)Na2CO3 B) Na2SO4 C) NaHCO3 D) NaHSO3.

17. Metanning vodorodga nisbatan zichligini hisoblang.

A) 2 B) 8 C) 5 D) 9

18. Piritning formulasini yozing.

19. Temir atomida nechta d- elektron mavjud?

20. Temir atomi qo’zg’algan holatda nechta toq elektronga ega bo’ladi?

21. 0.5 mol Fe3O4 tarkibida necha gramm Fe borliogini hisoblang?

22. So’ndirilgan ohak formulasini yozing.

23. Odam suyagining asosiy noorganik tuzini ko’rsating

24.Shishaning formulasini yozing.

25.Temir havo kislorodi va suv tasirida korroziyalanib “zang”ni hosil qiladi reaksiya tenglamasini yozing.

Kimyo fanidan 9-sinflar uchun yozma ish savollari
1-masala. Massasi 12.8 g bo`lgan tuz qizdirilganda massasi 7.2 g suv hajmi 4.48 l (n.shda) azot hosil bo`ldi. Agar tuzning molyar massasi 64 g/mol ga teng bo`lsa uning formulasini aniqlang?

2-masala. Massasi 310 kg bo`lgan tabiiy fosforitdan massasi 195 kg fosfat kislota olindi. Tabiiy fosforitdagi Ca3(PO4)2 ning massa ulushini aniqlang?

3-masala. Tabiiy misning 73% Cu va 27% Cu izotoplarining aralashmasidan iborat bo`lsa uning o`rtacha molekulyar massasini aniqlang?

4-masala. Quyidgi o`zgarishlarni amalga oshiring.

CaCO3 – CO2 – Na2CO3 – NaHCO3 – NaC l

5-masala. Xlor va vodorodning ta’sirlashishidan 0,25 mol vodorod xlorid hosil bo‘ldi. Reaksiyaga kirishgan xlorning hajmini (n.sh.da) hisoblang.

Kimyo fanidan 10-sinflar uchun yozma ish savollari
1-masala. 60g ohaktosh qizdirilganda 32 g kalsiy oksidi olindi. Ohaktoshdagi kalsiy karbonatning massa ulush nechaga teng?

2-masala. Massasi 20 g bo`lgan temir plastinka СuSO4 eritmasiga tushurilda. Plastinka massasi 22 g ga teng bo`lgan vaqtda eritmaga temirning qanday massasi o`tgan?

3-masala. Kristal soda tarkibida 62.94% kristalizatsiya suvi bor. Kristal gidratning formulasini aniqlang?

4-masala. Quyidgi o`zgarishlarni amalga oshiring.

Fe – FeO – FeSO4 –Fe2(SO4)3 – Fe(OH)3 – Fe2O3 – Fe

5-masala. 3,36 l vodorodsulfidning to’liq yonishi natijasida hosil bo’lgan moddalar 50,4 ml 23% li kaliy gidroksid( zichligi 1,21 g/ml) eritmasiga shimdirildi.Hosil bo’lgan eritmadagi moddalarning massa ulushini toping.

Kimyo fanidan 11-sinflar uchun yozma ish savollari
1-masala. 50 ml 0.5 M li kalsiy xlorid eritmasini 0.2 M li natriy karbonat eritmasi bilan to`liq reaksiyaga kirishishi uchun qancha hajm natriy korbanat kerak?

2-masala. Massasi 20 g bo`lgan temir plastinka СuSO4 eritmasiga tushurilda. Plastinka massasi 22 g ga teng bo`lgan vaqtda eritmaga temirning qanday massasi o`tgan?

3-masala. Tabiiy misning 73% Cu va 27% Cu izotoplarining aralashmasidan iborat bo`lsa uning o`rtacha molekulyar massasini aniqlang?

4-masala. Quyidagi oksidlanish qaytarilish reaksiyasini davom ettiring. Koeffisientlar yig`indisini toping?

FeSO4 +KMnO4+H2SO4 =

5-masala. Temir va mis qipig’idan iborat aralashma, suyultirilgan sulfat kislota bilan ta’sirlashganda, 8,96 l gaz ajralib chiqdi. Shunday tarkibdagi aralashmaga konsentrlangan azot kislotasi bilanishlov berilganda, hosil bo’lgan tuzning termik parchalanishi natijasida 11,2 l gaz ajraladi. Misning aralashmadagi foiz ulushini toping.

9-sinflar uchun kimyo fanidan olimpiada test javoblari

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17
C C D B A C D D D C D D C B D A A

18. D= D=
19.Modda konsentratsiyasining vaqtga nisbati
20. To`g`ri reaksiya tezligining teskari reaksiya tezligiga teng bo`lishi kimyoviy muvozanat deyiladi, uni siljitish yo`llari temperatura,bosim, konsentratsiya
21.Na2O*CaO*6SiO2
22.qarama- qarshi tomonga boradigan reaksiya
23. FeS2
24. 6 ta
25. 1 mol (Fe3O4)________ 168 g (Fe)

0.5 mol __________ X= 84 g

Kitob – bilimlar xazinasi

Darhaqiqat kitob o`qimagan insonning ma`naviyati bo`lmaydi. Dunyoqarashi past bo`ladi, olam sirlarini bilmoq istasak ko`p kitob o`qimoq kerak. Zero, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma`naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai ”.

Xalqimiz tilida ham kitob o`qib bilim va munosib ta`lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug`ullanish, kasb-hunar o`rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko`p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Go`zallik – ilmu ma`rifat bilan”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirog`i”, “Beshikdan qabrgacha bilim izla”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bu kabi purma`no va serhikmat naqllar kitob sevuvchi xalqimiz lug`atida ko`plab topiladi.

Eng asosiysi, necha asrlardan buyon sayqallanib, qanchadan-qancha avlodlarga yo`lchi yulduzdek to`g`ri yo`lni ko`rsatib kelayotgan ana shu xalqona hikmatlar negizidagi asl haqiqat shuki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli hamda davlatli bo`lishining muhim omili – bu kitobga oshno bo`lish, hamisha kitob o`qish va uning mutolaasini umr bo`yi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o`rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg`ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.

Kitob insonni komillikka etaklaydi. Hayot qoidalari yashash san`atini o`rgatadi. Kitob bilim beradi, ilm esa ziyo, nur, ma`naviy quvvat demakdir.

Kitob insoniyat ongli hayoti va ma`naviyat olamining bosh timsollaridan sanaladi. U – bepoyon olam: bag`rikeng, osmoni balanddir. Kitob bilim manbai, insoniyat to`plagan hikmatlar xazinasi, ijtimoiy ong mahsulidir.

Kitob mutolaasi inson tafakkurini oshiradi, hayotga teran ko`z bilan qaraydi. E`tibor bergan bo`lsak, so`nggi vaqtlarda yosh avlod, bolalar internet va turli ijtimoiy tarmoqlarga qiziqib ketib, ko`p kitob o`qimay qo`ygan edi. Bu bilimsizlikdan darak beradi. Bugun vatanimiz jadal rivojlanayotgan bir davrda ajdodlarimiz, donolar fikrida o`z aksini topgan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga bo`lgan e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Chunki yosh avlodning har tomonlama shakllanishidakitob mutolaasining o`rni beqiyosligini anglagan holda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvarda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida”gi Farmoyishi qabul qilindi. Bu hujjatda aholining keng qatlamini kitob o`qishga jalb qilish, kitob o`qish va kitobxonlikni targ`ib etish, voyaga etgan farzandlarimizni bog`cha yoshidan boshlab kitobga mehrli qilib tarbiyalash, kitob mahsulotlarining mazmuniga e`tibor berish, ularni chop etish sifatini yaxshilash, turli mazmundagi kitoblar bilan to`ldirilgan kitob do`konlarini ko`paytirish, kitoblar fondini yanada boyitish ko`zda tutilgan.

Mamlakatimizda ko`p kitob o`qishni targ`ib qilish maqsadida keng ko`lamli ma`naviy islohotlar, tadbir, tushuntirish ishlari, shoirlar bilan uchrashuvlar natijasida bolalarning kitobga bo`lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Barcha ta`lim maskanlarida, jumladan bizning 15-o`rta umumta`lim maktabida ham o`quvchilarning kitobxonlik madaniyatini tobora yuksaltirish maqsadida sayyor o`quv-seminarlar, o`quvchilarning fikr-mulohazalari, talab ehtiyojlari asosida badiiy adabiyotlar kutubxonalarga keltirilmoqda.

Va nihoyat Prezident Sh.Mirziyoevning mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi asosida jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an`analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa yosh avlodning ma`naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg`usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo`lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Jumladan, 5 tashabbus yo`nalishi asnosida kitobga mehr-muhabbat kuchaytirildi. Natijalar samarasi o`laroq bolalar o`rtasida turli tadbirlar kitobxonlik kechalarida bellashuvlar o`tkazilib ijobiy natijalarga erishilmoqda. Ko`p kitob o`qigan kitobxon turli nominasiyalarda moddiy va ma`naviy rag`batlantirilmoqda, jumladan qimmatbaho buyumlar, hatto, mashinalar sovg`a qilinmoqda. Bu orqali bolalarning, kitobga oshno qalblarning ming yashirin qirralari ochilmoqda, o`zlarini namoyon etishmoqda. Shu islohotlar samarasi asnosida bizning maktabimizda ham nafaqat o`quvchilar, balki ularning ota-onalari ham kitob inson uchun eng yaqin do`stligini tushunishmoqda va farzandlari bilan birga mutolaa qilishmoqda.

Ta`lim muassasalarida bu jarayon o`quvchilarning bilim darajasini oshirishga, aql-zakovatini kuchaytirishga yordam bermoqda. Shuning uchun ham yoshlarni har tomonlama fikrlaydigan, ma`nan etuk, har qanday axborotlarni aql bilan tahlil eta oladigan, barkamol inson qilib tarbiyalash biz o`qituvchilarning asosiy vazifamizdir.

Rahimova Gulchiroy Aliqulovna

Samarqand viloyati Jomboy tumani

15-o`rta umumta`lim maktab boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi