Davlatimiz rahbari kasb oʻrganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.
9 sinf ona tili 144 mashq
Davlatimiz rahbari xalqqa Murojaatnomasida maktab oʻquvchilarini xorijiy tillar va kasb-hunarga oʻrgatish zaruratini aytgan edi. 20-yanvar kuni bu boradagi vazifalar boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, oʻquvchilar maktabning oʻzida 64 xil ishchi kasblarga oʻrgatilishi rejalashtirildi.
Bu maqsad joylarda hayotga koʻcha boshladi. Xususan, Andijon tumanidagi 55-umumtaʼlim maktabi taʼmirlanib, qoʻshimcha sharoitlar yaratildi. Maktabning boʻsh turgan yertoʻlasi tadbirkorlarga ajratib berilib, yoshlarni kasbga yoʻnaltirish yoʻlga qoʻyildi.
Prezidentimiz ushbu xonalarni kirib koʻrdi.
Maktabning yuqori sinf oʻquvchilari bu yerda tikuvchilik, mebelchilik, qandolatchilik, kosibchilik, savat toʻqish, koʻrpa-toʻshak tikish kabi yoʻnalishlarni oʻrganmoqda. Shuningdek, maktab hududida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, payvandlash, tipografiya, kompyuter xizmati va salonlar tashkil etilgan.
Davlatimiz rahbari kasb oʻrganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.
— Eʼtibor bersangiz, kasb egallamay oʻqishni bitirganlar hayotda qiynaladi, ish topolmaydi. Kimning qoʻlida hunari boʻlib, chet tilini bilsa, yoʻli ochiq. Sizlarda shunday imkoniyat bor. Oʻzingizni qiynab, qunt bilan bilim oling, hunar oʻrganing. Qarorlar, saʼy-harakatlar qachon natija beradi? Mutaxassis zoʻr boʻlsa. Investorlar ham kadrlarning bilim va malakasiga ishonib keladi. Mamlakatimizning eng katta boyligi — yoshlar, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Do‘stlaringiz bilan bo‘lishing:
Tavsiya etamiz
Oʻzbekiston Prezidentining 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator muassasalarga tashrifi jarayonlaridan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaji