Press "Enter" to skip to content

Таълим / Образование

An’anaviy o’qitish metodlarini bilish manba’lari bo’yicha quyidagi uch guruhga bo’linadi:

O‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Похожие статьи по теме

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari

Umumiy o‘rta ta’limning Davlat Ta’lim Standarti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori

Поиск по сайту:

Разделы:

    Начальный курс
  • Физическая география мира
  • Физическая география Центральной Азии
  • Физическая география Узбекистана
  • Социально-экономическая география Узбекистана
  • Социально-экономическая география мира
  • Туризм
  • Путешествие по миру
  • Животный мир
  • Растительный мир
  • Гражданская оборона
  • Практические задания
  • Электронная библиотека
  • Нормативные акты
  • Экология
  • Толковый словарь
  • Важные даты
  • Фотофакты
  • Географические игры
  • Аттестация НОВОЕ
  • Конкурс НОВОЕ

Популярные статьи:

Толковый словарь на букву А
Географическое положение Узбекистана. Границы и площадь
Ответы на интересные вопросы по географии
Страны Юго-Западной Азии: экономико-географический обзор.
Природные условия и природные ресурсы Узбекистана
Евразия. Географическое положение материка и история её исследования.

Siz qayerdansiz? Ovoz bering.

Сейчас на сайте: 38
Гости: 36

Опрос:

Арxивные материалы:

Ключевые слова:

Требуется для просмотра Flash Player 9 или выше.

Последние новости:

О нас

  • – Об авторе проекта
  • – О проекте
  • – Наша цель
  • – Написать письмо

ПОЛЕЗНОЕ

  • – Изучение мира
  • – Открытия, изменивший мир
  • – Исследование новой эры
  • – Путешествие по миру

ИНТЕРЕСНОЕ

  • – Знаете ли Вы?
  • – Игры по географии
  • – Ответы на интересные вопросы
  • – Полезности от природы

БИБЛИОТЕКА

  • – Онлайн репетитор
  • – Нормативные акты
  • – Практические задания
  • – Электронная библиотека

Вся информация сайта охраняется законом Республики Узбекистан “Об авторском праве и смежных правах”.
Материалы, загруженные с сайта, несанкционированная печать строго запрещено без согласия владельца сайта.
В разработке сайта были использованы новейшие технологии HTML5 и CSS3 за счет, которого поддерживается адаптивность сайта
для всех типов браузеров и мобильных устройств.
РАЗРАБОТКА – INTERNO

СВЯЗЬ С НАМИ

ФИО: Abdiyev Rustam
Контактный номер: (+99893) 438-41-11
E-mail: geografiya@umail, geografiya@inbox
Адрес: Республика Узбекистан, Навоийская область, г.Навои, ул. Мирзо Улугбека, д.6

Таълим / Образование

Ушбу саҳифада таълим ўзбек ва бошқа тилларда олиб бориладиган умумий ўрта таълим мактаблари учун “Рус тили чет тили сифатида” (2-синфдан 11-синфгача) дарслиги бўйича услубий қўлланмаларни юклаб олишингиз мумкин.

Ушбу услубий қўлланмалар Ўзбекистон Республикаси мактабларида қўлланила бошланган рус тилини чет тили сифатида ўқитиш методикасини яхшироқ тушунишга ва уни ўзбек ва бошқа таълим тилларига эга мактабларда рус тилини ўрганиш доирасида қўллашга ёрдам бериш учун мўлжалланган.

Рус тилини ўрганишга ажратилган оз сонли соатлар туфайли материални (айниқса грамматикани) жуда ихчам шаклда беришга тўғри келади. Бундан ташқари, рус тилидаги дарсликларнинг янги тўпламида ўқув материалларининг тақдимоти ва талқини аввалги методологиядан анча фарқ қилади, шунинг учун ушбу қўлланмаларда сиз қуйидагиларни топасиз:

  • ўқувчиларингиз ўқув йили охирида эришиши керак бўлган рус тилини билиш даражасининг қисқача тавсифи;
  • қўшимча назорат материаллари;
  • баъзи вазифалар ва иш шакллари учун тушунтиришлар;
  • дарслик асосида бажарилиши мумкин бўлган бир нечта дарсларга мисоллар.

«Услубий қўлланмалар» материаллари тавсиявий характерга эга бўлиб, улар ўқитувчининг янги дарслик билан ишлашини янада қулайлаштириши учун мўлжалланган.

Дарслик ва унга услубий қўлланма муаллифлари дарсликда замон тенденцияларига мувофиқ тилни ўқитиш ва ўрганишга ижодий ёндошиш имконияти мавжудлигига ишонч ҳосил қилишга ҳаракат қилишди. Шу муносабат билан 2-11-синфлар учун дарслик материаллари асосида намунавий дарсларни яратишга Ўзбекистоннинг турли мактабларидан кўнгилли ўқитувчилар жалб этилди.

Chet tillarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiya va “Сlil” metodi

4. UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA CHET TILLARNING O‘QITILISHI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Chet tillarni o‘rganuvchilar:
Maktablar:
9,691
89.6 %
6.1 %
4.3 %
1-11 sinflar:
5.8 mlndan
ortiq
Chet (ingliz, nemis, fransuz) til fani
Xalq ta’limi vaziri tomonidan tasdiqlangan
o ‘quv reja asosida o‘qitladi

5.

DTS VA O‘QUV DASTURLAR
8-9 sinflar
1-7 sinflar
2010 yildagi
optimallashgan DTS
2013 yildagi
DTS va o‘quv dasturlar
10-11 sinflar
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limining umumta’lim
fanlari bo‘yicha malaka talablari

6.

Davlat ta’lim standarti
2010
Tilni o‘qitishning maqsad va
vazifalari
Tarbiyaviy maqsad
Ta’limiy maqsad
Amaliy maqsad
Rivojlantiruvchi maqsad
Til bo‘yicha bilim, malaka va
ko‘nikmaning shakllanishi
Birinchi bosqich 5-6 sinflar
Ikkinchi bosqich 7-9 sinflar
Davlat ta’lim standarti
2013
O‘quv fanining maqsad va vazifalari:
Lingvistik kompetensiya
Sotsiolingvistik kompetensiya
Pragmatik kompetensiya
Chet tilni amaliy o‘rganishga
qo‘yiladigan talablar
Birinchi bosqich (A1, A1+)
Ikkinchi bosqich (A2, A2+) )

7.

2019-2020 o‘quv yili uchun
qayta nashr etilgan
darsliklar
7

8.

2019 YILDA QAYTA NASHR ETILGAN
7-SINF DARSLIKLARIDAGI AYRIM
O‘ZGARISHLAR

9. RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI CHET TILI BO’LIMI

INGLIZ TILI DARSLIGIDAGI O‘ZGARISHLAR
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
CHET TILI BO’LIMI
elektron resurs:rtm

10.

DARSLIKKA KIRITILGAN YANGILIKLAR
Darslikning har bir bo‘limida
o‘quvchilar egallashi lozim malakalar
belgilab berilgan
O‘quvchilarda o‘qib tushunish
ko‘nikmasini rivojlantirish maqsadida
“HOME READING”
sahifasida qisqa matnlar berilgan
elektron resurs:rtm

11. 7-SINF FRANSUZ TILI DARSLIGIDAGI O‘ZGARISHLAR

2014 yilda chop etilgan
2013 yilda chop etilgan
darslik
darslik
Unite IV. Les jeunes et la mode
Lecon 9. Je voudrais acheter
Lecon 10. Au carnaval
Bilan IV
2019 yilda qayta nashr
qilingan darslik
Unite IV. A la mode ou pas a
la mode
Lecon 9. Je voudrais acheter
Lecon 10. Au carnaval
S’entrener
Evaluation IV

12. DARSLIKKA KIRITILGAN YANGILIKLAR

Oldingi nashrdagi “Bilan” mavzulari olib tashlanib, har bir bo‘lim
so‘ngiga “S’entrener” va “Evaluation” sahifalari kiritilgan

13.

Qayta nashr etilgan darslikdagi har bir mavzu mazmuniga o‘zgartirishlar
kiritilgan bo’lib, o‘quvchilarda tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish,
gapirish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi test, mashq, krossvord
boshqotirmalar kiritildi.

14.

2019 yilda qayta nashr etilgan 7-sinf nemis tili
darsligiga kiritilgan o’zgarishlar
2013 yilda chop etilgan
darslik
2019 yilda qayta nashr
qilingan darslik

15. 7-sinf nemis tili darsligiga kiritilgan yangi 11-bo‘lim to‘g‘risida

2019 yilda qayta nashr etilgan
nemis tili darsligining 11-bo‘limini
mualliflarimiz 5 ta tashabbusga
bag ‘ishlagan holda turizm, moda,
sevimli mashg‘ulotlar, sport va
san’at sohalariga oid mavzularni
yoritishgan.

16. Darslikka kiritilgan yangi BO’LIM va MAVZUlar

Mode
Klassenfahrt
Deutschlandreise
Lektion 11.
Bunte Ecke
Mein Lieblingsort
Fußball in meinem
Land
Besondere Hobbys

17.

O ‘QITISH METODIKASI
NIMA?

18.

CLIL – mazmunni chet tillar
orqali o’rganish innovatsion
metodi
Har bir sohada STEAM/STEM fanlari
bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj
vujudga kelmoqda
mazmunni va chet tilni teng o’rgatish uchun
CLIL innovatsion o’qitish metodidan
foydalanish
STEAM/STEM ta’limi – tabiiy fanlar,
texnologiya, muhandislik, san’at va
matematika fanlari integratsiyasi

19.

CLIL (Content and Language Integrated Learning)
Mazmun va tilni integratsiyalashgan holda o‘rganish
Kimyo
Tasviriy san’at
Biologiya
O‘quvchilar
chet tilda turli
mavzularni
o’rganadilar
Matematika
Fizika
Davlat va
huquq asoslari
Geografiya
Tarix
Informatika va AT

20. RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI CHET TILI BO’LIMI

CHET TIL O‘QITUVCHISINING
KASBIY
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
CHET TILI BO’LIMI
SIFATLARI
1
KREATIV
2
VATANPARVAR
3
IZLANUVCHAN
4
INTEGRATOR
5
KITOBXON

21.

22.

23.

24.

25.

26.

27.

28. RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI CHET TILI BO’LIMI

RESPUBLIKA
TA’LIM MARKAZI konsepsiyasida
Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish
CHET TILI BO’LIMI
belgilangan Chet til fan O‘QITUVCHILARining til bilish darajasini
Yevropa Kengashining CEFR xalqaro me’yor talablarining C1
darajasini egallashlarini 2030 yilga qadar 100 foizga chiqarish
vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida
Tayanch maktablari faoliyatini jonlantirib,
muntazam ravishda mavjud chet til fani
o‘qituvchilari bo‘shliqlarini to‘ldirish
yuzasidan o‘quv-treninglar tashkil qilish
O‘qituvchilar mustaqil ravishda o‘z
ustida ishlashlari lozim

29.

Chet tillari bo‘yicha BITIRUVCHI O‘QUVCHILARining
til bilish darajasini Yevropa Kengashining CEFR
xalqaro me’yor talablarining B1 darajasini 2030 yilga
qadar 100 foiz egallashlariga erishish uchun
Dars davomida Umumiy o‘rta ta’limning
davlat ta’lim standartida belgilangan
talablar doirasida o‘quvchilarda
4 NUTQ KO‘NIKMASINI BIR XILDA
rivojlantirish lozim
Chet tillardan tashkil etilgan fan to‘garaklari
faoliyatlarini jadallashtirish kerak.
AYNIQSA 8-9 SINFLARDA

30.

KELGUSIDAGI VAZIFALAR:
O‘qituvchini mustaqil ravishda o‘z kasbiy kompetentligini
rivojlantirishga yo‘naltirish
CLIL metodidan foydalangan holda STEAM/STEM ta’limi
tarkibiga kiruvchi fanlarni o’qitilishini rivojlantirish
maqsadida mahorat darslarini tashkil qilish
O‘quvchilarning nutqiy, lingvistik va kommunikativ
kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv
topshiriqlarni ishlab chiqish va jarayonga tadbiq etish
Ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashni davom ettirish
Nazorat ishlarini 4 ta nutq ko‘nikmasi bo‘yicha mavjud
bo‘shliqlarni aniqlashga yo‘naltirilgan holda yaratish,
aniqlangan bo ‘shliqlarni muntazam ravishda to’ldirib
borish

31.

Biz bilan bog‘laning
Web-sayt:
uzedu
rtm
Telegram:
t/rtm_fereignlanguage
t/rtm_xorijiytillar
Telefon:
71 246-14-62

9 sinf ona tili metodik qo’llanma

1. An’anaviy sinf-dars texnologiyasining farqli belgilari.

2. An’anaviy ta’limning tasnifiy tavsifi. An’anaviy ta’lim tamoyillari.

3. An’anaviy ta’lim mazmuni va metodikasining o’ziga xosliklari.

4. Ta’limning an’anaviy shakllarining ijobiy va salbiy tomonlari.

Asosiy tushunchalar: An’anaviy ta’lim , tasnifiy tavsif , tamoyillar , аn’anaviy sinf-dars texnologiyasi, loyihalashtirilgan ta’lim, shaxsning rivojlanishi, rivojlantirish maqsadi.

Milliy mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan istiqbol yo‘llarimiz, milliy g‘oya va mafkuramiz aniq qilib belgilab olindi. Biz o‘z ta‘limi-tarbiyaviy maqsadimiz va vazifalarimiz, uni amalga oshirish dasturlarimizni belgilab oldik. Prezidentimizning ma‘naviy mafkuraviy, barkamol avlodni voyaga etkazish borasida bir qator asarlarida ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosati ustivor masala ekanligi bir necha bor ta‘kidlab o‘tiladi. Bobokalonlarimizning azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlari, ma‘naviy yodgorliklar zamonaviy pedagogikaning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos bo‘lmoqda. Davlatimiz tomonidan qabul qilinadigan “Kadrlar tayyorlashh Milliy dasturi”da ushbu maqsad yoritib berilgan. Zero, zamonaviy pedagogikaning bosh maqsadi ham etuk, yuksak malakali, ma‘naviyatli, ma‘rifatli, mustaqil fikr yurita oluvchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashhdan iboratdir.

Pedagogika fani va amaliyotida turli yondashuvlar qo‘llaniladi. Bulardan biri an’anaviy yondashuv.

An‘anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati-o‘qituvchi ma‘lum axborotni, gapirib beradi, tushuntiradi, talaba esa bu blimni xotirasida saqlaydi. “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma‘nosida tushuniladi. Tulabada bilim bor-yo‘qligi imtihonda shu axborotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bunda bilim degani asosan esda qoldirishning natijasidir, u ko‘pina yuzaki bo‘lshi ham mumkin. Bunday bilim xotirada uzoq saqlanmaydi. Talaba savol berilganda eslashi ba‘zan eslay olmasligi ham mumkin.

An‘anaviy o‘qitish usulida ta‘lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, talabaning o‘zlashtirish darajasi, sifati haqida muallim aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi.

An‘anaviy ta‘lim mamlakatimizning o‘quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jihatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba to‘plangan. An‘anaviy ta‘lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etayotir. Lekin uning ob‘ektiv imkoniyatlari cheklangan. Mamlakatiimzda amalga oshirilayotgan ta‘lim sohasidagi islohotlar, tez sur‘atlar bilan rivojlanayotgan fan –texnika talablari-ta‘lim usuli bilan jamityaning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlashh, barkamol avlodni shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasida nomutanosiblikni vujudga keltirdi. Uni ta‘limda boshqa yangi yondashuvlarni qo‘llash yo‘li bilan hal etishh lozim.

An‘anaviy ta‘lim bir qator salbiy tomonlari mavjud. Ba‘zan yosh o‘qituvchilar va amaliyotga chiqqan talabalar faoliyatida darsni rejalashtirish sohasida xatolarga yo‘l quyilganligining guvohi bo‘lamiz. Yosh o‘qituvchilar va talabalar faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

1.Maqsadda aniqlikning yo‘qligi. Ya‘ni talabalar aslida nima qilishhlari va nimani o‘rganishhlari aniq belgilanmaydi.

2.Ta‘lim maqsadining talabalari darsning natijasi bilan to‘g‘ri kelmagan hollar bo‘ladi.

3.O‘rganishh uchun tavsiya qilingan materiallar darsning maqsadiga to‘g‘ri kelmaydi.

4.O‘qituvchi berayotgan yo‘llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali o‘rganishhini ta‘minlamaydi.

5.Dars rejasida ko‘rsatilgan talablar dars maqsadini amalga oshirishning samarali vositasi bo‘la olmaydi.

Umuman tuzilgan rejalar qayta ko‘rib chiqilishhi va xatolarni bartaraf etishh ustida ishlanishi lozim.

Dars rejasi sizni va sizning talablaringizni ma‘lum natijalarga erishishingizga asos bo‘lishi lozim. Darsni shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo‘l bilan amalga oshirishga o‘rin qolmasin. O‘qituvchi mahorati darsni aniq rejalashtirishda o‘z aksini topadi. Darsni shunday rejalashtirish lozimki, unda nima qilinishi mo‘ljallanayotganligini aniq o‘z aksini topsin va boshqacha reja tuzish mumkinligiga o‘rin qolmasin.

An’anaviy o‘qitish asosan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashti­rishga qaratilgan bo‘lib, shaxsning rivojlanishini ko‘zda tutmaydi.

An’anaviy o‘qitish asosini, Y.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi:

– tabiatga monandlik (o‘qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi);

– uzviylik va tizimlilik;

– o‘zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga);

– mustahkamlash (takrorlash, takrorlash …)

– onglilik va faollik;

– nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi;

– yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish.

An’anaviy o‘qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo‘ravonlik pedagogikasi, o‘qitishning tushuntiruv-ko‘rgazmali usuli, ommaviy o‘qitish. An’anaviy o‘qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo‘ladi: o‘quvchi bu hali to‘la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa – bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs (3.1.-rasm).

Mumtoz an’anaviy «sinf-dars» tizimi – bu bayon etishning ma’ruzaviy usuli va kitob bilan mustaqil ishlashni o‘z ichiga oladi (didaxografiya).

Zamonaviy an’anaviy o‘qitish esa, o‘qitishning texnik vositalarini qo‘llab, didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo‘ladi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarda, o‘quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta‘lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta‘lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o‘quvchilarni turli kasb-xunar kollejlari, akademik litseylarda taxsil olishlarini ta‘minlash zamonaviy pedagogika fani oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda. Masalan, ushbu o‘quv muassasalari uchun davlat ta‘lim standartiga muvofiq keluvchi o‘quv dasturlarini va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini yaratishh bugungi kun talablariga javob bermog‘i lozim. Har biri turli variantlarda bo‘lsagina, maqsadga to‘g‘ri xizmat qila oladi.

O‘quv –tarbiya jarayonlarini tashkil etishhda ham an‘anaviy usullardan farqli o‘laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta‘lim jarayonida qo‘llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e‘tibor berilgan.

Ilgaridan loyihalashtirilgan ta’lim – tarbiya jarayonining pedagogik texnologiyasi o’zida metod va usullar tizimini, ta’limning metodik usullarini, o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatish imkoniyatlari va vositalarini, o’quvchilarning ijobiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish maqsadini, yakuniy natijalarga erishishni kafolatlaydi.

Yangi pedagogik texnologiyalarni tuzishda an’anaviy ta’lim va tarbiya metod va usullaridan qanday foydalanish mumkin. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “Yangi uyni qurmasdan eskisini buzmaylik” iborasi ta’lim tizimiga ham bevosita taalluqlidir. O’quvchilar bilan an’anaviy o’qitish usulida bevosita aloqa, og’zaki so’rov, yozma ishlar olish, insho olish, mustaqil ishlar, rasm chizish, chizmachilik, amaliy ishlarni qog’oz, yog’och, yung, metall, plastmassa materiallaridan tayyorlash, she’r, monologlarni og’zaki bayon etish va boshqalarni albatta, ta’lim texnologiyasi metod va usullari bilan qo’shib foydalanamiz. Chunki har qanday interfaol usulini olib qarasak, (“Munozara”, “Klaster”, “Ajurli arra” yoki “Kichik guruhlar”da ishlash), hammasi an’anaviy ta’lim metod va usullarini qo’llashni talab etadi. Bu fikrimizning isbotini o’quv qo’llanmaning uchinchi qismida guvoh bo’lasiz.

Hozirgacha o’qituvchi – pedagoglarimiz tomonidan foydalanib kelingan va hozir ham darsda foydalanishga aksariyat o’qituvchilar qo’llayotgan an’anaviy metod va usullar haqida qisman to’xtalamiz:

O’quv jarayonining sifati ko’p omillarga bog’liq bo’lib, ular orasida o’qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Metod va usullar o’quvchilar tomonidan bilimlarni ongli va chuqur o’zlashtirishiga, ularda mustaqillik va ijodiy faollikning rivojlanishiga yordam beradi. O’qitish metod va usullarini tanlashda o’qitiladigan fanning xarakteri, bolalar va talabalarning yoshlik xususiyatlari, tayyorgarlik darajasi va boshqalar hisobga olinadi.

Ta’lim metodlari va usullarini tanlash o’qituvchi tomonidan darsda hal qilinishi mo’ljallangan masalaga bog’liq bo’ladi. Ya’ni yangi materialni bayon etishda bir xil metod va usul qo’llanilsa, uni mustahkamlashda boshqa xil usul, mavzuni umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar qo’llaniladi. Darsning turli bosqichlarida puxta o’ylangan va samarali usullar va metodlarni tanlash juda muhimdir.

Shunday qilib, o’qitish metodi o’qituvchi va o’quvchilar nazariy hamda amaliy bilish faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo’lidir.

An’anaviy o’qitish metodlarini bilish manba’lari bo’yicha quyidagi uch guruhga bo’linadi:

Og’zaki metodlar (bilimlarni so’z bilan bayon qilish, suhbat, darslik ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash).

Ko’rsatmali metodlar (rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar).

Amaliy metodlar (mashqlar, labaratoriyadagi, maktab tajriba yer uchastkasidagi amaliy ishlar).

Har bir o’qitish metodining o’z vazifasi bor. O’qitish metodlarining rag’batlantiruvchi (motivlashgan), ta’limiy, tarbiyaviy va kamol toptiruvchi umumpedagogik vazifalarni bajaradi.

Biz o’qitish metodlarini sanash orqali o’qitish metodlaridan I. Yangi bilimlar berish metodi haqida to’xtalmoqdamiz. Bu metod o’z vazifasiga ko’ra tushuntirish, hikoya, maktab ma’ruzasi kabi metodlar yig’indisidir. Quyida shu metodlarning har birini alohida ko’rib chiqamiz.

Tushuntirish ayrim tushunchalar, voqealar, harakat prinsiplarini og’zaki talqin etishdir. Bu metodni qo’llash uchun avvalo o’qituvchi yangi materialni o’tishda o’qitadigan o’quv predmetining ilmiy mazmunini chuqur bilishi, dars uchun zarur materialni tanlay olishi va tushuntirishning samaradorligini belgilashi kerak. Darsni qiziqarli, mazmunli bo’lishini, o’quvchi va talabalarning psixologik yosh xususiyatlarini yaxshi bilishi, tushuntirishda diqqatini jalb eta olishi, o’qituvchining nutqi yorqin, tushunarli bo’lishi zarur.

Og’zaki bayon qilish metodining keyingi usuli bu hikoyadir. Hikoya – xabar shaklidagi yangi materialni yoritish usuli bo’lib, undan hamma sinflarda foydalansa bo’ladi. Hikoya metodini qo’llashda uning g’oyaviy yo’nalishini ta’minlash, yetarli miqdordagi yorqin va ishonarli misollar, dalillar, to’g’ri, tekshirilgan ma’lumotlar berish, asosiy fikr va muhim jihatlar bayon qilinishi, hikoya tushunarli, sodda tilda aytilishi, o’quv materiali yorqin ifodalanishi kerak.

Maktab ma’ruzalaridan asosan yuqori sinflarda foydalaniladi. Chunki ular hikoyaga nisbatan uzoqroq davom etadi. Ma’ruza – bilimni so’z bilan ifodalash uslublaridan biri sifatida beriladigan bilimlarni og’zaki bayon qilishni ko’zda tutib, o’z hajmining kattaligi, mantiqan qurilishi, obrazli isbotlash va umumlashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib turadi.

Ma’ruza davomida beriladigan bilimni og’zaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida o’quvchi – talabalarning diqqatini tutib turish hamda ularning fikrlashini faollashtirish, dalillash, isbotlash, tasniflash, ta’riflar berish, tizimga keltirish, umumlashtirish kabi pedagogik usullardan foydalaniladi. Ma’ruzalarga asosan talaba va kollej, akademik litsey o’quvchilari jalb qilinadi. Umumta’lim maktablarining yuqori sinf o’quvchilarini oliy o’quv yurtiga o’qishga tayyorlash maqsadida ayrim fanlardan ma’ruzalar tashkil qilinadi. Ma’ruza rejasini aniq o’ylab, uni texnologiyalashtirish zarur. Reja bandlarining barchasida, ularning har birining maqsad, yakun va xulosalarini izchil bayon qilishda mantiqiy uyg’unlik bo’lmog’i kerak. Ma’ruza shunday sur’atda o’qiladiki, talaba, o’quvchi ma’ruzaning muhim joylarini yozaolsinlar. Shuning uchun ham o’qituvchi ma’ruzaning yozib olinadigan joylarini aniq ajratishi, zarur bo’lsa yozib olishlarini yengillashtirish uchun takrorlashi lozim. Ma’ruza zerikarli bo’lmasligi uchun talabalarning fikrini faollashtirish maqsadida ma’ruza davomida muammoli vaziyatlarni shakllantirish yaxshi pedagogik samara beradi.

Suhbat ta’limning keng tarqalgan usuli bo’lib, darsning istalgan bosqichida qo’llanishi mumkin. Suhbatning bir necha xili mavjud bo’lib, ular yangi bilimlar berishda, bilimlarni mustahkamlashda, olingan bilimlarni tekshirishda, o’tilgan materialni takrorlashda qo’llanilishi mumkin.

Suhbat uslubi atroflicha o’ylangan savollar yordamida o’qituvchi bilan talabalar orasidagi suhbatni ko’zda tutib, u o’quvchi yoki talabaning fikrlash tizimini, yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o’zlashtirishga olib keladi.

Suhbat uslubini qo’llaganda savollarni qo’yish (yo’naltiruvchi, qo’shimcha, asosiy va h.k.z) talabalarning javob va mulohazalarini muhokama qilish, suhbatdan chiqqan xulosalarni muhokama qilib, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi. O’qituvchi mavzuni muhokama qilish uchun imkon beruvchi yordamchi, yo’naltiruvchi savollardan foydalanishi mumkin. Shunday suhbatlar tashkil qilish mumkinki, talabalar ilgari o’zlashtirgan bilimlarini eslaydilar, ularni tartibga soladilar, umumlashtiradilar, xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlar asosan tushuntirish xarakteriga ega bo’lib, oldin o’zlashtirgan bilimlarga suyanadi. Talabalar xotirasini faollashtirishni nazarda tutadi.

Suhbat uslubiga tarkibiy qism bo’lib kiruvchi usullardan foydalanishda o’qituvchining pedagogik nazokati yetakchi o’rin egallaydi.

Ayniqsa, yangi bilimlar berishda evristik suhbatdan foydalanish talabalarni og’zaki savollar orqali mavzuni muhokama qilish uchun qo’llaniladi. Bunday suhbat davomida savollar qisqa va aniq bo’lishi, talabaning fikrini uyg’otishi, o’ylashga, tahlil qilishga, taqqoslashga majbur etishi, yangi hodisalarni ongli ravishda tushunishga undashi kerak.

II. Ta’limning ko’rgazmali metodini shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin:

namoyish etish usuli.

Ko’rgazmali usul talabalarga namoyish etiladigan qo’llanmalar – xarita, plakat, doskadagi chizma va rasmlar, buyuk mutafakkirlarning surati va boshqalarni ko’zda tutadi.

Namoyish qilish uslubiga odatda, tajriba asboblari, tajribalarning o’zi, shuningdek, diafilm, kinofilm ko’rsatishlarni ham kiritish mumkin. Bu uslubni qo’llashda quyidagi usullardan foydalaniladi. Namoyish etishni qo’llashda ko’rinishni to’liq ta’minlash, ko’rilgan voqea va hodisalarni , natijalarni muhokama qilish zarur.

Keyingi yillarda pedagogika amaliyotida ko’rgazmali usul bir qator yangi vositalar bilan boyidi.

Darsda o’quv kinofilmlarini qo’llash ta’lim amaliyotida odatdagi hodisa bo’lib qoldi. Asosiy o’quv kinofilmlarining ro’yxati, har bir fanning o’quv dasturiga kiritilgan. Umumta’lim maktabi, kasb – hunar kolleji va litsey, hatto oliy o’quv yurtlari uchun hamma fanlarga taalluqli bo’lgan ko’plab kinofilmlar yaratildi.(Namoyish qilish uslubiga misol tariqasida biz tomonimizdan tayyorlangan “Tabiatshunoslik darslarida ovozli o’quv kinofilmlaridan va diafilmlaridan foydalanish” o’quv qo’llanmasini ko’rsatish mumkin. Toshkent, “O’qituvchi”, 1979 yil. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun o’quv qo’llanma).

Ta’limning ko’rgazmali uslublaridan foydalanishning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular so’z bilan ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uygunlashib ketadi.

III. O’qitishning amaliy metodlariga mashqlar, labaratoriya ishlari, maktab tajriba uchastkasidagi ishlar kiradi.

Mashqlar deganda talaba va o’quvchilar bilimini mustahkamlash hamda amaliy faoliyatda ularni qo’llanish malakalarini hosil qilish uchun topshiriqlarni ko’p marta bajarishi tushuniladi. Har bir mashqni bajarish xarakteriga ko’ra og’zaki, yozma, grafik va o’quv – mehnat mashqlariga ajratish mumkin.

Amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirishga mo’ljallangan o’quv mashqlarini o’tkazishdan oldin ular mashq o’tkazilishi lozim bo’lgan mavzu haqida to’liq bilimga ega bo’lishlari kerak.

O’qitishning amaliy metodlarining yana bir muhim turi – labaratoriya ishlaridir. Labaratoriya ishi deb, shunday mashg’ulot turiga aytiladiki, bunda o’quvchi, talaba o’qituvchi rahbarligida yoki mustaqil ravishda maxsus asbob – uskunalarda turli tajribalar, kuzatishlar va o’lchashlar o’tkazadilar. Bunday mashg’ulotlar tabiiyot, umumtexnikaviy fanlarni va maxsus texnologiyani o’rganishda qo’llaniladi. Labaratoriya ishlari maxsus jihozlangan kabinetlarda, labaratoriyalarda, zarur asbob – uskunalarga ega bo’lgan sharoitda o’tkazilishi mumkin.

Labaratoriya ishlarini bajarish vaqtida talabalar o’rganilayotgan obyektni kuzatadilar, ularni miqdoriy va sifat xarakteristikalarini aniqlaydilar. Labaratoriya ishlari nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

Albatta, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta‘limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan demokratik xorijiy davlatlard bundan 30-yillar muqaddam paydo bo‘lgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Bugungi kunda biz pedagogika sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni kengroq va chuqurroq o‘zlashtirishimiz, ularni o‘z mintaqamizga mos holda qayta ishlab chiqishimiz kerak bo‘ladi. Pedagogik texnologiya tushunchasiga hozirgi kunda turlicha ta‘riflar berilmoqda. Muhimi shuki, pedagogik texnologiya ko‘zlagan maqsadga kafolatlangan natija sifatida erishishni ifodalovchi jarayondir.

1. Karimov. “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqiyotining poydevori”. T.,1997.

2. Yo‘ldoshev.J.G‘.Yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishlari, muammolari, echimlari //Xalq ta‘limi, 1999, №4. B.4-11.

3. Saidaxmedov N. «Yangi pedagogik texnologiyalar mohiyati”. “Xalq ta‘limi” jurnali. 1999,1-son

4. Farberman. B.L. Ilg‘or p edagogik texnologiyalar. T.,2001

5. Ochilov M.Yangi pedagogik texnologiyalar. “Nasaf” nashriyoti. 1999.

6. Sayidaxmedov. N. Yangi pedagogik texnologiyalar. T.,”Moliya”, 2003. 171 b.

7. Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T., 2003.

8. CHoriev A. Yangi pedagogik texnologiyalar. Ma‘ruzalar matni, Qarshi 2000.

9. 9.T.G‘afforova va boshqalar. Ta‘limning ilg‘or texnologiyalari. Qarshi 2003. 112 b.

Bilimlarini faollashtirish maqsadida beriladigan savollar:

1. An’anaviy sinf-dars texnologiyasining qanday farqli belgilari mavjud?

2. An’anaviy ta’limning tasnifiy tavsifi?

3. An’anaviy ta’lim tamoyillari?

4. An’anaviy ta’lim mazmuni va metodikasining o’ziga xosliklari?

5. Ta’limning an’anaviy shakllarining ijobiy va salbiy tomonlari?

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

1. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T: “SHarq” nashriyot matbaa kontserni, 1997.

2. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.- T: O‘zbekiston, 1992.-78 b.

3. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishhga xizmat etsin.-T: O‘zbekiston, 1998.-30 b.

4. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda: O‘zR Prezidenti I.A.Karimovning Birinchi chaqiriq O‘zR Oliy Majlisining O‘n tO‘rtinchi sessiyasidagi ma‘ruzasi. 1999 yil 14 aprel.-T.: O‘zbekiston, 1999.-48 b.

5. N.N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T. Nizomiy nomidagi TDPU. 2006 y

6. Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009, 240 b.

QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR R O‘ YXATI

1. Sayidahmedov N.Yangi pedagogik texnologiyalar. T. “Moliya ” nashriyoti, 2003 y. – 171 b.

2. M.Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi. “Nasaf”2000 y.-80 b.

3. Talipova J.O., G’ofurov A.T. Biologiya ta’limi texnologiyalari: O’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari biologiya o’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. – T.: O’qituvchi, 2002.

4. U. Tolipov, M.Usmanbayeva. pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. “Fan”. 2005.

5. O‘. Tolipov. Oliy pedagogik ta‘lim tizimida umummehnat va kasbiy kO‘nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari. T. “Fan”.-167 b. 2004y.

6. O‘. Tolipov, M.Usmonboeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. “Fan”. 2005 y.-205 b.

7. T.G‘afforova, A.Qurbonov, E.Godfri. Ta‘limning ilg‘or texnologiyalari. Qarshi “Nasaf”. 2003y.-112 b.

8. Farberman. B.L. Ilg‘or p edagogik texnologiyalar. T.,2001

9. Choriev A. Yangi pedagogik texnologiyalar. Ma‘ruzalar matni, Qarshi 2000.

10. F аrbеrmаn B. Il g‘ or еdаgogik tехnologiyalаr – T.: 1999.