9 sinf ona tili olimpiada savollari
Qarorga koʻra, 2022/2023 oʻquv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlar kiritib boriladi.
9 sinf ona tili olimpiada savollari
Hukumatning joriy yil 31-yanvaridagi tegishli qarori bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:
- tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risida shahodatnoma (9-sinf);
- tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma (9-sinf);
- umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma (11-sinf);
- umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
- umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
- psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.
Shahodatnoma o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.
Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish «Elektron shahodatnoma» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda har yili 1-dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli ma’lumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.
Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi.
Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladilar.
Qarorga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yili yakunidan «Elektron shahodatnoma» axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.
Toshkentda 152-sonli yangi avtobus yoʻnalishi yoʻlga qoʻyildi
1-fevral kunidan boshlab Toshkent shahri boʻylab 152-sonli “Chorsu savdo markazi ASHB—Moliya akademik litseyi” yangi bogʻlovchi avtobus yoʻnalishi harakati tashkil etildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi .
Taʼkidlanishicha, Chorsu savdo markazidan Navoiy, Abay, Zulfiyaxonim, Labzak, KHAY, Ziyolilar, Doʻrmon yoʻli, Bogʻishamol, Gulshan, Zarbuloq koʻchalari orqali Moliya akademik litseyiga qadar boriladi. Qaytish yoʻnalishida litseydan Zarbuloq, Ozodlik, Namangan, THAY, Bogʻishamol, Doʻrmon yoʻli, Ziyolilar, KHAY, Labzak, Zulfiyaxonim, Abay, Mavoiy, Samarqand Darvoza, Navoiy koʻchalari orqali Chorsu savdo markaziga qadar qatnaydi.
Yoʻnalish soat 5:30 dan 22:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Mazkur yoʻnalishda xizmat koʻrsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar jamiyatning “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan.
Yoʻnalishdagi jadvallar soni Isuzu avtobuslari asosida ish kunlariga 5 ta, shanba kunlariga 4 ta, yakshanba kunlariga esa 3 ta etib belgilangan.
Endi O’zbekistonda maktab bitiruvchilari shahodatnomalarni elektron tarzda olishadi
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi belgilandi.
Hukumat qarori bilan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:
— tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma (9-sinf);
— tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnoma (9-sinf);
— umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma (11-sinf);
— umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
— umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
— psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat.
Shahodatnoma oʻzbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.
Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish “Elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bunda har yili 1-dekabrgacha bitiruvchi haqida tegishli maʼlumotlar platformaga kiritilib, buyurtma shakllantiriladi.
Shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi.
Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi.
Qarorga koʻra, 2022/2023 oʻquv yili yakunidan “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlar kiritib boriladi.
O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitish muammolari. Ular qanchalik jiddiy?
“Bugungi kunda ta’lim siyosati yo‘nalishlarini belgilashda qabul qilinayotgan qarorlar keng ma’noda mamlakatning ilmiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ehtiyojlariga ta’sir qilmoqda”, deydi “Daryo” kolumnisti, “Buyuk kelajak” guruhi eksperti, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov. Dunyoning ba’zi mamlakatlarida 1990-yillardan beri joriy qilinib kelinayotgan bolalarga erta yoshda chet tilida ta’lim berish tizimi bizning mamlakatimizga ham muvofiq kelmoqda va 2017–2018-yillarida bu sohaga taalluqli ba’zi qonuniy hujjatlarni qabul qilish taklif qilindi.
Foto: Google Photos
Bolalikda til o‘rganish
Odatiy darajadagi rivojlanishni namoyish qiladigan har qanday bola o‘zi yashab turgan muhitda duch keladigan har qanday tillarni o‘rganishga qodir bo‘lib, unda boshqalar bilan muloqot qilish salohiyati bor. Nevrologik nuqtai nazardan bola o‘rganishi mumkin bo‘lgan tillar sonini qisqartirish suhbatimiz mavzusi emas. Aksincha, patologik nuqsoni bo‘lmagan har bir bola ikki, uch yoki undan ko‘proq tilni o‘rgana oladi. Shunday bo‘lsa-da, bolaning har bir tilni o‘zlashtirganlik darajasi (kompetensiyasi) boshqalaridan o‘sha tilni qo‘llash ehtiyoji va atrof muhitga bog‘liq holda farq qiladi. Bugungi kunda ko‘plab tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, chet tilini bolalikda o‘rgatish tegishli metodlar va yondashuvlar bilan olib borilsa, muvaffaqiyatlari natijalariga erishiladi. Biroq bunday yutuqqa faqatgina talabalarning o‘rganganlik darajasiga muvofiq bo‘lgan til o‘qitish metodlari va o‘qitish materiallarini qo‘llaganda erishsa bo‘ladi. Bunda ikki asosiy shart mavjud: talabaning chet tili muhitida muloqot qilish imkoniyati mavjudligi va o‘qitilayotgan chet tilini qo‘llash va o‘qitilayotgan tilni ma’noli kontekstlarda qo‘llab namoyish etish.
Bir haftada o‘qitiladigan darslar soni muvofiq emas
Mamlakatimizdagi bo‘lgani kabi chet tili faqat dars doirasi bilan cheklangan tizimlarda til muhitida muloqot qilish imkoniyatining vaqti va til qanchalik sur’atda o‘qitilayotgani jiddiy ahamiyatga ega. Tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish va so‘z boyligini egallash bilimlarini olish uchun va ushbu barcha ko‘nikma-malakalarni chet tilida akademik nuqtai nazardan to‘g‘ri va benuqson qo‘llay bilish uchun 5-7 yil mobaynida darslar muntazam va samarali o‘tkazilishini nazarda tutadigan o‘quv dasturi bo‘lishi lozim. Bunday nuqtai nazardan fikrlaydigan bo‘lsak, 2, 3 va 4-sinflarda bir haftada o‘tiladigan chet tillari darslari yetarli emas. Tabiiy jihatdan ham yozma, ham og‘zaki muloqot vositasi bo‘lgan til o‘qitish davomiylikni taqozo qiladi. 7-8 yoshli boshlang‘ich sinf o‘quvchisining haftasiga atigi 4-5 soat muloqot qilish imkoni bo‘lgan va o‘z atrof muhitida qo‘llashning imkoni bo‘lmagan begona til tizimini o‘zlashtira olishi mumkin emas.
Darslik kitoblari yagona bilim manbasi bo‘lmasligi lozim
Til o‘qitishda yana bir jiddiy muammo til qaysi metodlar va o‘qitish uskunalari yordamida olib borilayotgani bilan bog‘liq. Davlat maktablarining boshlang‘ich sinf darajasida qo‘llanilayotgan darslik kitoblarini tekshirib chiqqanda, mavzular orasida tarkibiy qismlar orasida aloqaning yo‘qligi va so‘z boyligining son-sanoqsizligiga qarmay so‘z boyligi birliklari orasida bog‘liqlikning yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Voqe hayotda har bir vaziyatda tilni qo‘llaganimizda og‘zimizdan chiqadigan har bir gap undan oldin aytilgan yoki undan keyin aytiladigan gap bilan semantik jihatdan bog‘langan bo‘ladi. Bugungi texnologiyalar shiddat bilan takomillashib borayotgan bir vaqtda darslik kitoblar tillarni o‘qitishda yagona manba bo‘lib qolmasligi kerakligiga shubha yo‘q. Mamlakatimiz bo‘ylab chet tillarni o‘qitishda o‘qituvchilarimiz 80 foiz hollarda darslik kitoblardan foydalanishlari haqida o‘ylasak, boshqa kitoblar va qo‘shimcha o‘quv materiallarni alohida e’tibor qaratilib tayyorlash lozim. Bugungi kunda biz shunday vaziyatga kelib qoldikki, boshlang‘ich maktabning 2-sinfida chet tilini o‘rganishni boshlagan 7-8 yashar bola 4-sinfning oxiriga kelib o‘zi 3 yildan beri o‘rganib kelayotgan deb hisoblanadigan tilda o‘tgan hafta yoki kecha sodir bo‘lgan ish-harakatni so‘zlab bera olmaydi. Chunki boshlang‘ich maktabda qo‘llaniladigan kitoblarning mazmuni bunga imkon yaratmaydi.
Ba’zi tillar biroz ulg‘ayganda o‘rganiladi
Chet tillarni o‘rganishning dastlabki bosqichlarida talabalarning ona tillarining xususiyatlari ta’siri kuzatilishi mumkin. “Tillararo o‘zar faoliyat” deb nomlanadigan bunday vaziyat talabaning xotirasida o‘rnashgan ona tili va u o‘rganishni boshlagan boshqa til orasida doimo o‘zaro aloqa mavjudligini ko‘rsatadi. Shuningdek, til o‘rganishda ko‘plab tilning ko‘p jihatlari sekin rivojlanadi. Tilda ba’zi xossa va jihatlar ertaroq, ba’zilari esa keyinroq o‘rganiladi. Ba’zan, tillar orasidagi farqlardan kelib chiqqanligi uchun sodda ko‘ringan ko‘p jihatlarni o‘zlashtirishga uzoq vaqt sarflanadi. Agar talabada tilning qo‘llanilishini eshitish va o‘zi qo‘llash uchun imkoniyat topa olmasa, uning til o‘rganishida ijobiy rivojlanishga erishib bo‘lmaydi va qisqa vaqt ichida allaqachon o‘rgangan narsalarini yoddan chiqarib yuboradi.
Chet tillarni o‘rganishda mo‘jiza kutmaslik kerak
Tilni o‘rganishda taqdim etiladigan har bir material ma’noli bo‘lishi va mavzular bir biri bilan bog‘langan va, zarur bo‘lsa, bola boshqa darslarda o‘rgangan boshqa narsalar bilan bog‘langan bo‘lishi lozim. Bunday holda chet tili o‘qituvchilardan berilgan sinfga dars beradigan boshqa o‘qituvchilar birga hamkorlikda ishlashlari va rejalarni birga tuzishlarini taqozo etiladi. Shuningdek, bunda har bir talabaning tajribasi va hayotini o‘rganish jarayonida nazarda tutish va unga bog‘lashni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan, o‘rgatish jarayonida o‘qitishning talabalar to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnashadigan kognitiv, lingvistik va ijtimoiy rivojlanish darajalari va faoliyatlariga mos keladigan mazmun-vazifaga asoslangan modellaridan va ertaklar, qo‘shiqlardan foydalansa bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, jahonning yarmidan ko‘p aholisi kundalik hayotlarida ikki yoki undan ortiq tilda so‘zlashishini hisobga olsak, chet tilini o‘rganish bir mo‘jiza emasligiga ishonch hosil qilamiz. Buning ustiga, chet tilini talabaga faqat sanoqli odamlar erishadigan yutuqqa bo‘lgan imkoniyat sifatida emas, balki ularning zamon bilan hamnafas bo‘lib yurishi uchun o‘rgatishimiz mumkin.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.