9 sinf ona tili to’garak
12) Inglizzabon do‘stlar orttiring
TDPUda 21 fevral – Xalqaro ona tili kuni nishonlandi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 21 fevral – Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan “Til xalqning tarixi, madaniyati, turmush tarzi, urf-odatini aks ettiruvchi ko‘zgudir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Alisher Yusubjanovich Umarov kirish so‘zi bilan ochib, mehmonlarni universitetga tashrif bilan qutladi. Shuningdek, Xalqaro ona tili kunini nishonlashning ahamiyati, dunyo tillarining yo‘qolib borayotgani haqida so‘zladi.
“- Yurtimizda o‘zbek tilini rivojlantirishga hukumat tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda, dedi Alisher Umarov. – Prezidentimiz tomonidan 21 oktyabr “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilinishi, “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonning imzolanishi ushbu e’tibor samarasidir. Hukumat darajasidagi ushbu masalaning dolzarbligini chuqur anglash, o‘zbek tilini rivojlantirish, boyitish hamda kelajak avlodga yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz”.
Tadbirda so‘zga chiqqan Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev yurtimizda davlat tilini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida so‘zladi.
“ – Dunyo aholisining 90 foizi 70 ta tilda gaplashadi. Quvonarlisi, bu tillar orasida o‘zbek tili ham bor, – dedi Abdug‘affor Qirg‘izboyev. – Butun dunyo bo‘ylab 1 milliarddan ortiq odam o‘zbek tilida so‘zlashishi aniqlangan”.
Bayramga ramziy ravishda taklif etilgan Bangladeshning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Mosud Mannan so‘zga chiqib, ona tilini rivojlantirish har bir millatning azaliy burchi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, 2000 yildan buyon nishonlab kelinayotgan ushbu kun tarixi to‘g‘risida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.
Elchi ta’kidlaganidek, 21-fevral – Xalqaro ona tili kunining dunyo bo‘ylab keng nishonlanishiga Bangladesh xalqi bilan sodir bo‘lgan qonli mojaro sabab bo‘lgan. Ushbu sana 1952 yil 21 fevralda Dakada (hozirgi Bangladesh poytaxti) sodir bo‘lgan voqealarni xotirlash uchun tanlangan bo‘lib, o‘zlarining ona tilini himoya qilish uchun tinch namoyish o‘tkazgan talabalar bengal tilini mamlakatning davlat tillaridan biri sifatida tan olinishini talab qilgan. Ammo ona tili himoyachilari polisiya tomonidan kuch bilan bostirilgan. To‘qnashuvda halok bo‘lgan talabalar xotirasiga mazkur sanada dunyo bo‘ylab Xalqaro ona tili kuni sifatida nishonlanadi.
Tadbirda shuningdek, universitetning turli millatlarga mansub professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tomonidan milliy an’ana hamda urf-odatlarini tarannum etuvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi.
9 sinf ona tili to’garak
O‘QISh
O‘qish mahoratini rivojlantirish, grammatika va til qurilishini anglash, so‘zlarni yodda saqlash, ularning ifoda hamda talaffuzini o‘rganish muhim ahmiyatga ega. Bu ko‘nikmani egallash uchun quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin.
1) Inglizcha kitob, jurnal, gazeta o‘qing
Xorijiy til o‘rganishning oltin qoidasi – ko‘p o‘qishdir. Unutmang: bu ko‘nikmaga ega bo‘lmay turib, og‘zaki va yozma sinovlarda yetarli darajada muvaffaqiyatga erisha olmaysiz. Modomiki, til o‘rganish masalasida qat’iy fikrda ekansiz, internetdan o‘zingizni qiziqtirgan mavzudagi biron kitob, jurnal, gazetani topib, muntazam o‘qib boring.
- onlinenewspapers
- gutenberg
2) Qo‘l telefoningiz va kompyuteringizning tilini inglizchaga o‘tkazing
Telefoningiz, kompyuteringiz dasturini inglizchaga o‘zgartirish, bajaradigan amalingizni ma’lum bir so‘z bilan bog‘lash va buni har kuni bajarish so‘z boyligingizni orttiradi. Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar tilini ham o‘zgartirish yangi bilimlar o‘rganishingizda yordam beradi.
3) Mobil ilovalardan foydalaning
Mobil jihozlar va ilovalar ingliz tilini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun cheksiz imkondir. Texnika taraqqiyoti yashin tezligida ildamlab borayotgan bir vaqtda bu imkondan foydalanish tamoman sizning ixtiyoringizda. O‘qishdan yoki ishdan uyga qaytar ekansiz, telefonga yuklangan bir qancha bepul ilovalar yordamida so‘z yodlashingiz o‘qish va anglash ko‘nikmangizni orttiradi.
- learnenglishbritishcouncil
- duolingo
- busuu
YoZISh
Inglizcha yozish o‘zlashtirilishi eng qiyin malakalardan biridir. Odatda, xorijiy oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlardan esse, motivatsion maktub yozish talab qilinadi. Yozish davomida qisqa ifodalar o‘rniga bog‘lovchilar va yordamchi jumlalarni qo‘llash, fikrni kengaytirilgan holda ifodalay olish juda muhimdir.
4) Blog yozing
Bugungi kunda blog yozish, fikrlar, qiziqishlar, biror mavzu yuzasidan mulohazalarni bildirish keng tarqalgan. O‘zingiz uchun inglizcha bir blog oching. Boshida qiynalishingiz tabiiy, ammo xotirangizdagi so‘zlarni «uyg‘otish» uchun bu usul juda katta yordam beradi.
5) Yangi so‘zlarni e’tiborda tuting
Bu sizga anchayin tanish usul. Yangi so‘zlarni yozilgan qog‘oz parchalarini tez-tez ko‘zingiz tushadigan yerga yopishtiring va ularni har kuni o‘qib boring. Buning natijasini esa bir necha kunda o‘zingiz ko‘rasiz!
6) Forumlardagi bahslarda ishtirok eting
Tasviriy san’at, musiqa, teatr, adabiyot kabi san’at turlari, shuningdek, siyosat, texnologiya, moda olami, pazandachilik kabi mavzularga qiziqishingiz bo‘lsa, demakki, forumlar aynan siz uchun. Qiziqishlari sizga yaqin bo‘lgan insonlar bilan bu mavzular haqida fikr almashish, bahslashish yangi so‘zlar va iboralarni qo‘llashingizga turtki beradi.
TINGLASh
Bu ko‘nikmani rivojlantirib borish muhim hamiyatga ega. Ayniqsa, xorijda ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlar borgan mamlakatlarida qiynalmasliklari, darslar, seminarlar yoki bahslarda faol qatnashishlari uchun bu ko‘nikmani rivojlantirishlari lozim.
7) Inglizcha qo‘shiq tinglang
Xorijiy tilini rivojlantirmoqchi bo‘lganlarga ilk tavsiyalardan biri o‘rganayotgan tillarida ko‘p qo‘shiq eshitishdir. Bu esa ham so‘zlarni, ham ularning talaffuzini o‘rganishingizda, shuningdek, qulog‘ingiz notanish so‘zlarga moslashishida asqotadi. Qo‘shiqni tinglar ekansiz, uning turiga, oson tushunilishiga, qo‘shiq matnining qancha qismini qog‘ozga tushira olishingizga ham diqqat qilib boring.
8) Inglizcha TV-kanallarini tomosha qiling
Amerika va Angliya TV kanallarida efirga uzatiladigan seriallarni, shoularni, xabarlarni, filmlarni ko‘rish eng foydali usullardan biridir. Dastlabki bosqichda subtitr bilan tomosha qilib, keyin yozuvsiz holda anglashga urinib ko‘ring.
9) Musobaqalarda qatnashing
Turli millatga mansub nomzodlar qatnashuvchi simpozium va musobaqalarda ishtirok etib, tajriba orttiring. Talaffuzingiz tozalanib borishiga e’tibor qarating.
10) Podkast tinglang
Podkastlar muayyan bir mavzudagi ovozli yoki tasvirli materiallardir. Internet – podkastlariga osonlik bilan yetishishda asosiy vosita. Sevgan mavzularingizdagi efirlarni tinglash asta-sekin bu boradagi mahoratingizni oshiradi, sizga motivatsiya beradi.
- librivox
- audible
MULOQOT
«Tushunaman, ammo gapira olmayman» degan gaplar bot-bot qulog‘imizga chalinadi. Xorijdagi ish beruvchi tashkilotlar ham TOYeFL yoki IYeLTS kabi sinovlardan olgan sertifikatlaringizga emas, nutq mahoratini qay darajada egallaganingizga e’tibor qaratadi. Demak, bu muhim.
11) O‘zingiz gaplashing va yozing
Muloqot qilish mahoratini rivojlantirish uchun eng samarali usullardan biri so‘nggi paytlarda mashhur bo‘lgan onlayn va bepul ovoz yozish dasturlaridir. Nutqingizni yozib olib, ona tili inglizcha bo‘lgan do‘stingizga tinglatishingiz, xatolaringiz bo‘lsa, ulardan yordam so‘rashingiz mumkin.
- Online Voice Recorder
- Voice Spice Recorder
12) Inglizzabon do‘stlar orttiring
Muloqot qila olish mahoratingizni rivojlantirish uchun inglizzabon do‘stlar orttiring. Internetdagi ko‘plab saytlar madaniyatlar bilan tanishuv, xorijiy til o‘rganish, dunyoning turli mamlakatlaridan do‘st orttirish uchun mo‘ljallangan platformalardir. Shuningdek, Telegram, WhatsApp, Skype kabi ilovalar yordamida o‘rtoqlaringiz bilan jonli suhbat qurish imkoningiz bor.
Otabek Tillayev tayyorladi
Бухоро вилоятидаги спорт мажмуасида мактаб ўқувчилари ўртасида жанжал содир бўлди (видео)
Унча, 25 январь куни ижтимой тармоқларда Қоровулбозор туманидаги спорт мажмуасида вояга етмаганлар ўртасида жанжал содир бўлгани акс этган видео тарқалди.
Ҳолатга Бухоро вилояти ИИБ Ахборот хизмати муносабат билдирди.
Мазкур ҳодиса Қоровулбозор тумани ИИБ да белгиланган тартибда қайддан ўтказилиб, масъул ходимлар томонидан ҳолатга аниқлик киритиш мақсадида терговга қадар текширув ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Дастлабки текширув натижаларига кўра, ушбу ҳолат Қоровулбозор туманидаги 8-сонли умумтаълим мактабининг 8 ва 9-синф ўқувчилари ўртасида содир бўлган.
Ҳозирда ҳодиса иштирокчиларининг шахсига аниқлик киритилган бўлиб, ташқи томондан болаларнинг бирортасида тан жароҳати аломатлари мавжуд эмас.
Уларининг тан жароҳати олган олмаганликларини аниқлаш мақсадида суд тиббий экспертизаси тайинланди ва терговга қадар текширув ҳаракатлари давом эттирилмоқда.
“Текширув якуни бўйича ҳолат иштирокчиларининг хатти-ҳаракатларига қонуний баҳо берилиб, белгиланган тартибда жавобгарлик масалалари ҳал этилади” дейилади хабарда.
Nemis tili alifbosi | 1-dars | Nemis tilini 0 dan o’rganish
Do’stlar, darslarimiz ko’proq insonlarga yetib borishi uchun like va izohlaringiz muhim hisoblanadi. Ilm tarqalishida o’z hissangizni qo’shing.
Олiмжон Бекчанов 9 дней назад Bo‘ldi layk, komment va tarqatishni boshladim. Faqat iltimos to’xtab qolmang.
Bobur Hakimov 10 дней назад +1 Rahmat!
Abdulhay Xudayberdiyev 10 дней назад +1 @Ibrat Farzandlari oldindan katta rahmat
Ibrat Farzandlari 10 дней назад +3 @Abdulhay Xudayberdiyev Bugundan chiqarishni boshlaymiz.
Abdulhay Xudayberdiyev 10 дней назад +1 Assalomu alaykum nemis tili darstlari qolgani ham chiqarasizlarmi
Ayubkhon Karimov 16 дней назад +51
Nemis tiliga ham qizqishi bor bollar ko’p, xursand bo’ldim
Zukhro Jurakulova 16 дней назад +1 ikkinchi mutaxassisligim – nemis tili, kafedrani o’zi tanlagan.
Bonu Shahriddinova 10 дней назад +10
Kattakon rahmat Alloh rozi bolsin, juda ham chiroyli tushuntiribtilar❤
Mister 16 дней назад +16
Va nihoyat bo’larkanu orzuqib kutgan edim Nemis tilini rahmat va bo’shashmanglar ko’proq va tez-tez darsliklar chiqishini kutib qolamiz!
Feruza Uralova 15 дней назад +1 Herzlichen Dank
Паризода Эркайва 16 дней назад +6
Rahmat katta zo‘r chiqibdi video. Juda oson tarzda tushuntirilgan. Keyingi darslarni kutib qolamiz.
Shaxrizoda Erkayeva 16 дней назад +9
Feruza rahmat. Dars juda tushunarli , elementariy tushuntiribsan. Rahmat. Keyingi darslarni ham kutamiz. Shunaqa yaxshi tushuntirishda davom et
Parizoda Yuldosheva 16 дней назад +13
Omad Feruza ajoyib dars uchun rahmat
Sevinch Jonibekova 16 дней назад +6
❤️❤️❤️zòr, keyingi darslar ham davom etishini kutib qolamiz. Umid qilamiz, oxirigacha darslar olib boriladi deb.
Feruza Uralova 16 дней назад +2 Rahmat
kanalimizni kuzatib boring
Shaxrizoda Erkayeva 16 дней назад +4
Xursand boʻldik nemis tili chiqqanidan. Zoʻr chiqibdi
Ali Shokirov 11 дней назад +3
Assalomu alaykum hammaga mangga judayam yoqdi bu dars.
Buni tashkillashtirganlarga katta raxmat
Hudo holasa koʻproq video darslarni kutib qolaman.
Maqsud Bekmurodov 16 дней назад +18
Nihoyat nemis tili darslari. Katta rahmat
Munisa Xoshimova 8 дней назад +3
Assalomu alaykum, darslar juda ham ajoyib. Taklifim bor edi, darslarni qandaydir hamma topoladigan biror bir qo’llanma yoki darslik orqali birgalikda tushuntirsa ham zòr bòlardi, shunda mavzularni mustahkamlashga ham yaxshi edi kitob yoki qo’llanma orqali. Rahmat online dars uchun
Shaxrizoda Erkayeva 16 дней назад +4
Nemis tilini endi oʻrganishni boshladim. Shunaqa video darslar hafta bir marta chiqadimi?.
Jsj Jeud 16 дней назад +3
Juda tushunarli,ustoz ham ayol kishi ekanliklari juda qulay bolibdi,Ma shaa Alloh,Alloh rozi bolsin.
Saodat Kakhramonova 16 дней назад +7
Alloh rozi boʻlsin
Shaxrizoda Erkayeva 16 дней назад +4
rahmat kattakon. Yoqdi bizga zoʻr chiqibdi
Lily Botirovna 16 дней назад +6
Assalomu alaykum.
Loyihaga omad.
Manfaatli bilimlar Uchun rahmat.
Ahrorjon Xalilov 12 дней назад +3
Ajoyib loyiha!
Duodamiz ishlaringiz davomli va hayirli bólsin.
Keyingi darsni intiqlik bilan kutayabman!
Nemis tilini órganib, Yoshlar agentligiga borib Alisher Sa’dullayev va jamosiga rahmat aytgani boraman hudo hohlasa, albatta muloqat nemis tilida bóladi!
Shaxrizoda Erkayeva 16 дней назад +6
video dars juda yoqdi. Shunaqa video darslar koʻpaysin
Xulkar Ruzimuratova 16 дней назад +4
Rahmat sizga nemis tilidan ham dars õtiib beradiganlar ham bor ekan
Feruza Uralova 15 дней назад +1 Vielen Dank
Jahongir Bobonov 9 дней назад +3
Yaxshi dars bòlibdi, menga yoqdi!
Abduraxim Abdumamatov 16 дней назад +12
Ishlarga omad!
Mohijahon Latipova 2 дня назад +1
Assalom alekum judda xam yoqdi dars utish tartibiz Allohim sizdan rozi bulsin
Abbos 8 дней назад +3
Assalomu alaykum nemis tilini urgatayotganingiz uchun katta raxmat insonlarni bilim olishida uz hissangizni qushayotganingiz uchun sizdan minnaddormiz yanada kuproq darslar chiqarishingizni kutib qolamiz
Feruza Uralova 6 дней назад +1 Assalamu alaykum hop bo’ladi
Abdulboriy O‘ktamiy 2 дня назад +1
Juda ajoyib kontent bo’libdi. Millat kelajagi uchun muhim platforma. Barcha tashkilotchi va ustozlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Oybek Muhammadzokirov 16 дней назад +4
Bravo viele Erfolggg
Shaxrizoda Erkayeva 16 дней назад +3
Rostanam video dars tushunarli sodda tarzda tushuntirilgan
Mavlonbek Mirabdullaev 16 дней назад +3
Rahmat alloh rozi bo’lsin davomli qilsin
Bek 10 дней назад +3
Assalomu alaykum videodarslar bardavom boʻlsin ishilarga omad
М.Доктор 9 дней назад +2
Ассалому алейкум жудаям хурсанд булдим очиги,сизлардан илтимос охиригача шу дарсларни юргиздиринглар ,мен шифокорман курсга боргани вактим йук мен учун бу жуда кулай ..Danke scho”n
Lily Botirovna 16 дней назад +4
Danke schön, Feruza
Maftuna Abdurasulova 16 дней назад +4
Danke, Ibrat und Feruza✊
Iroda Bekmirzayeva 16 дней назад +4
Ферузичка молодец умничка
Javohir Bozorov 16 дней назад +4
Assalamu alaykum. Dars yaxshi bölibdi. Faqat ü => [uy] deb yozilsa maqsadga muvofiq bölardi. Va yana ba’zi diftonglarni qöshimcha qilmiqchiman:
ei =ay Das Ei – tuxum
ai = ay. Der Mai = may oyi
eu = oy. Heute = bugun
ck = k. schicken = jönatmoq
ch – x/h. Ich = men
sp = shp. Sport = sport
st = sht. Stop = tòxtamoq
sch = sh. Schah = shahmat
ß = ss. Fließend = erkin, ravon
s = z. Suchen = izlamoq
z = ц. Die Zeit = vaqt
tion = цion. Information = ma’lumotga oid
tsch = ch. Deutsch = nemischa
r = g’. Berg = tog’
chs = ks. Wachsen = ösmoq
V = fe. Viel = köp
Pf = f. Pflanzen = ösimlik
J = ya. Jeder = har bir
x = iks.Taxi
ä = e. ärgern = jahli chiqmoq
ö = õ. Östereich = Austriya
ü = uy. müde = charchash
äu = oy. Bäume = daraxtlar
ie = i. sieben = yetti
Öylaymanki örganuvchilar uchun foydali böladi ☺️
Uz. BBB 7 дней назад +1 Немец тилида феъл ва сифатлар кичик харфларда ёзилади.
Отлар эса аник ёки ноаник артикль лар билан ва бош харфларда ёзилади. (Мисол учун: Феъл; [essen-емок, танавул килмок] , От; [das Essen- Овкат, Егулик.)
Немец тилида сузни катта ёки кичик харф билан ёзилиши, тузилаётган ГАПнинг маъносини узгартириши мумкин.