Press "Enter" to skip to content

Bepul rus tili darslari

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

«Ona tili» 9-sinf 9-sinf 1

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

Mustaqillik sharofati bilan respublikamiz dunyoning barcha mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqa qilish

imkoniyatiga ega bo’ldi. Respublikamiz fuqarolari turli mamlakatlarda bo’lib, o’rganib-o’rgatib qaytmoqdalar. Agar siz

Toshkentdan poyezdga o’tirib, Moskva va u orqali Parijga safar qilsangiz, yolingizda qozoq, tatar, boshqird, rus, belorus, fransuz

singari tillardagi gaplarni eshitasiz.

Bu jarayonda ularning ayrimlari ona tilingizga qaysi bir jihati bilan yaqin, shu bilan birga nimasi bilandir farqli ekanligi,

ayrimlarining esa tamomila boshqa, ona tilimizga o’xshamasligining guvohi bo’lasiz. Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko’p

bo’lgan tillar qarindosh; bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo’lmagan tillar qarindosh bo’lmagan tillar hisoblanadi. Hozirgi kunda

yer yuzida mavjud bo’lgan 3000 dan ortiq til hind-yevropa, turkiy, xom-som, xitoy-tibet singari bir necha til oilalariga bo’linadi.

Masalan, o’zbek, turk, turkman, qirg’iz, qozoq, tatar, uyg’ur, boshqird, ozarbayjon, qaraim, qoraqalpoq, bolqor singari tillar bir

oilaga mansub bo’lib, ular turkiy tillar oilasi nomi bilan yuritiladi. Qarindosh kishilar bir ajdoddan tarqalgani kabi, qarindosh tillar

ham bir ajdod tilidan kelib chiqqandir.

Ko’rinib turibdiki, o’zbek tili dunyo tillari tizimida turkiy tillar oilasiga mansub bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Davlat

tili sifatida erkin rivojlanib, o’sib bormoqda.

1-mashq. Gaplarni o’qing, tilning inson hayotida tutgan o’rni haqida suhbatlashing.

1. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning

ruhidir. O’z tilini yo’qotgan har qanday millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrar. (I.Karimov). 2. Ko’ngil maxzanining qulfi til va ul

maxzanning kalitin so’z bil. (Alisher Navoiy). 3. Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadurgan oyinai hayoti til va

adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur. (Abdulla Avloniy). 4. O’z Vataningga bo’lgan muhabbatingni

o’z tilingga muhabbatingsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. (K.Paustovskiy). 5. Din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya sohalarida

Amir Temur o’ta biluvchan edi. Ko’p o’qigan, Osiyoning eng unumli uch (turkiy, arabiy, forsiy) tilini juda mukammal bilgan

hukmdor edi. (Alfons de Lamartin)

2-mashq. Matnni ko’chiring, so’zning qudrati haqida fikrlashing.

So’z benihoya qudratli narsa. Uni o’z o’rnida ishlata bilish uchun farosat, malaka va ziyraklik zarur. «Qobusnoma»da shunday

bir hikoyat bor: Xalifa Xorun ar-Rashid tush ko’radi. Tushida barcha tishlari to’kilib ketgan emish. Xalifa tushni ta’bir qiluvchidan

tushining ma’nosini so’raydi. U shunday deydi: «Sendan oldin barcha yaqinlaring, qarindosh-urug’laring o’ladi. Sendan boshqa

hech kim qolmaydi». Bu so’zni eshitgan Xorun ar-Rashid: «Sen mening yuzimga bunday qayg’uli so’zni aytding. Mening barcha

qarindosh-urug’larim o’lsa, so’ngra men qanday ishga yarayman-u qanday yashayman?» — dedi darg’azab bo’lib va unga yuz darra

urishni buyuradi. Keyin boshqa bir ta’birchini chaqirib, undan tushining ma’nosini so’raydi. U bunday deydi: «Sening umring

barcha qarindoshlaring umridan uzun bo’ladi». Shunda Xorun ar-Rashid: «Barcha aqlning yo’li birdir va ikkala ta’birning negizi bir

yerga boradi, ammo bu ibora bilan u iboraning orasida farq bag’oyat ko’pdir», – deydi va unga yuz tillo berishni buyuradi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

Ilmiy bo’lim mudiri:

________________________

Mazkur xujjatni to’liq holda olish uchun

+998902295952

raqamiga qo’ng’iroq qiling va arzon narx evaziga unga ega

Xujjatni e-mailingizga yoki telegram orqali olishingiz mumkin.

P.S. Sizning to’lovingiz

loyihasi rivoji uchun sarflanadi.

Narxi: 15000 sum

«Ona tili» 9-sinf

9-sinf «____» «_____________»

2-dars SO’Z BIRIKMASI BO’YICHA O’TILGANLARNl TAKRORLASH

Darsning maqsadi:

a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik

did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod

tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar.

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.

I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual – tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu

1-topshiriq. Matnni o’qing. Undagi gaplarni so’z birikmalariga ajrating.

Do’stlik qanchalar xilma-xil imtiyozlarni o’zida jamlagan! Qayoqqa qaramang, u sizning xizmatingizda. U

hamma joyda muhayyo. U hech vaqt joningizga tegmaydi. U hech qachon shunchaki kelmaydi. U

muvaffaqiyatlarga yangicha mazmun baxsh etadi. U ko’maklashganda har qanday omadsizliklar barham

topadi. (Sitseron)

5-mashq. Matnni o’qing. Gaplarni so’z birikmalariga ajrating. Tobe so’zning hokim so’zga qanday vosita

yordamida bog’lanayotganini va bog’lanish turini aniqlang.

Oqshomdan boshlangay, odatda, tonglar, Sukutdan uzilgay gulduros, bonglar Boshing bukma sira, xokisor

banda, Erta ruhing topgay oliy ohanglar. (A.Oripov)

6-mashq. Gaplarni ko’chiring, so’z birikmalarini aniqlab, ularni izohlang.

1. Yoshlikda zahmat chekib ilm o’rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan. (Koshifiy) 2.

Bilimsiz kishining ko’ngli xurofotga moyil bo’ladi. (Beruniy) 3. Er kishiga zeb-u ziynat hikmat va donishdir.

(Alisher Navoiy) .4. Ilm ibodatdan afzal. (Hadis) 5. Ilm asosiga qurilmagan ulug’likning oxiri xorlikdir. (Yusuf

8-mashq. Matnni o’qing, so’z birikmalarini aniqlab, hokim so’zning tobe so’zga bog’lanish usullariga

Bir kishining bir necha o’g’illari bo’lib, ular tez-tez o’zaro nizo qilib turishardi. Bir kuni ota bir dasta

cho’p yig’ib, mahkam qilib bog’ladi va o’g’illariga berib: «Qani, shu cho’plarni sindiringlar-chi!»-dedi.

O’g’illar har qancha urunishmasin, uni sindira olmadilar. Shunda ota bog’langan cho’plarni yechdi va bir

donadan o’g’illariga berdi hamda sindirishni buyurdi. O’g’illar cho’plarni osonlik bilan sindirib tashladilar.

Shunda ota o’g’illariga qarab: «Hozir nimani ko’rgan bo’lsangiz, sizning ahvolingizga misol. Agar ittifoqda

bo’lsangiz, sizni hech kim sindira olmaydi»,-dedi. («Hikmatnoma»dan)

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

V. Uyga vazifa

VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

Ilmiy bo’lim mudiri:

________________________

Bepul rus tili darslari

Rus tilini oʻzingiz oʻrganing. 125 ta bepul darslar bilan oʻrganing. Hech qanday risk yoʻq va shartnoma tuzilmaydi. Rus tilida soʻzlashishni oʻrganing. Mutlaqo bepul!

1-dars Biror kishi bilan uchrashish

2-dars Iltimos va rahmat

3-dars Bayramlar va bazmlar

4-dars Yer yuzida tinchlik

5-dars Tuygʻular va hislar

6-dars Hafta kunlari

7-dars Yil oylari

8-dars 1 dan 10 gacha raqamlar

9-dars 11 dan 20 gacha raqamlar

10-dars 21 dan 30 gacha raqamlar

11-dars 10 dan 100 gacha raqamlar

12-dars 100 dan 1000 gacha raqamlar

13-dars 1000 dan 10000 gacha raqamlar

14-dars Maktab anjomlari

15-dars Sinf xonasi

16-dars Maktab fanlari

17-dars Ranglar

18-dars Geografiya

19-dars Astronomiya

20-dars Quyosh sistemasi

21-dars Fasllar va ob-havo

22-dars Sport

23-dars Dam olish

24-dars Musiqiy asboblar

25-dars Hovuzda

26-dars Sohilda

27-dars Sohil mashgʻulotlari

28-dars Okean hayvonlari va baliqlari

29-dars Ferma hayvonlari

30-dars Yovvoyi hayvonlar

31-dars Hasharotlar

32-dars Qushlarning turlari

33-dars Hayvonot bogʻida

34-dars Oila aʼzolari

35-dars Katta oila aʼzolari

Veb-saytimizda xatolik bormi? Iltimos, bizga xabar bering

Rus tilida soʻzlashishni oʻrganing

36-dars Doʻstlar

37-dars Oilaviy munosabatlar

38-dars Kiyim

39-dars Ustki kiyim

40-dars Ichki kiyimlar

41-dars Chaqaloq buyumlari

42-dars Zargarlik buyumlari

43-dars Makiyaj va goʻzallik mahsulotlari

44-dars Xojatxona buyumlari

45-dars Uydagi xonalar

46-dars Uy jihozlari

47-dars Mebel

48-dars Uy-roʻzgʻor buyumlari

49-dars Hammom uchun aksessuarlar

50-dars Oshxona jihozlari va anjomlari

51-dars Stolni tuzash

52-dars Taomlar

53-dars Shahardagi joylar

54-dars Shahardagi doʻkonlar

55-dars Koʻchadagi narsalar

56-dars Xarid qilish

57-dars Kiyim xarid qilish

58-dars Narxni kelishib olish

59-dars Oziq-ovqatlar doʻkoni

60-dars Oziq-ovqat xarid qilish roʻyxati

61-dars Mevalar

62-dars Shirin mevalar

63-dars Sabzavotlar

64-dars Foydali sabzavotlar

65-dars Oʻtlar va ziravorlar

66-dars Sut mahsulotlari

67-dars Qassob doʻkonidagi goʻshtlar

68-dars Dengiz mahsulotlari bozori

69-dars Nonvoyxona

70-dars Ichimliklar

Veb-saytimizda xatolik bormi? Iltimos, bizga xabar bering

Qoʻshimcha rus tili darslari

71-dars Restoranda

72-dars Menyu

73-dars Ovqat tayyorlash

74-dars Ovqatlanish cheklovlari

75-dars Ovqat yoqdimi?

76-dars Hisobni to’lash

77-dars Transport

78-dars Yoʻnalishlar

79-dars Koʻrsatmalar soʻrash

80-dars Koʻrsatmalar berish

81-dars Shahar boʻylab sayohat

82-dars Vaqt iboralari

83-dars Vaqt lugʻati

84-dars Vaqt va sana

85-dars Tana qismlari

86-dars Anatomiya

87-dars Ichki organlar

88-dars Tibbiy buyumlar

89-dars Tibbiyot idorasi

90-dars Doktor: Kasalman

91-dars Doktor: Ogʻriyapti

92-dars Doktor: Shamolladim

93-dars Aeroport va joʻnash

94-dars Immigratsiya va urf-odatlar

95-dars Samolyotda sayohat qilish

96-dars Kelish va bagaj

97-dars Mehmonxonalarni bron qilish

98-dars Xona ijaraga olish yoki Airbnb

99-dars Mehmonxonadan roʻyxatdan chiqish

100-dars Favqulodda vaziyat iboralari

101-dars Kasblar

102-dars Kasblar

103-dars Ofis jihozlari

104-dars Ofisga tegishli buyumlar

105-dars Ishga ariza

106-dars Ish suhbati

107-dars Internet terminlari

108-dars Internetda navigatsiya

109-dars Veb-sayt

110-dars Kompyuter qismlari

111-dars Elektron pochta terminlari

112-dars Onlayn xarid qilish

113-dars Foydali soʻzlar

114-dars Sifatlar

115-dars Antonimlar

116-dars Shaxs olmoshlari

117-dars Egalik olmoshlari

118-dars Soʻroq olmoshlari

119-dars Noaniq olmoshlar va bog‘lovchi so‘zlar

120-dars Predloglar

121-dars Umumiy predloglar

122-dars Bog‘lovchilar

123-dars Men xohlagan va xohlamagan narsalar

124-dars Men yoqadigan va yoqtirmaydigan narsalar

125-dars Menga kerak boʻlgan va kerak boʻlmagan narsalar