Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021
Buning natijasida maktabgacha ta’lim bilan qamrovni oshirishda xizmat qilayotgan va zarur moliyaviy resurslarga muhtoj bo‘lgan 594 ta tadbirkorga qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.
Veb-saytimizga hush kelibsiz!
O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yanada unumli o’tkazish uchun maktabimizda to’garaklar tashkil etilgan.
Murojaat
Veb-sayt orqali maktab direktoriga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.
Maktab madhiyasi
Maktabimiz madhiyasi – baxtimiz, faxrimiz, g`ururimiz uni hech qachon unutmasligimizni tarannum etadi!
Maktab ta’limiga oid muhim choralar amalga oshirilishi belgilanmoqda – davlat dasturi farmoni loyihasi e’lon qilindi
Bosh sahifa / Yangiliklar    8-02-2023, 11:09   
O‘zbekiston Respbulikasi Prezidentining 2022−2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Unda ta’lim sifatini oshirish, sohani ilg‘or xorijiy tajriba asosida isloh qilish maqsadida joriy yilda qator muhim choralar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Tanlab olingan maktablarda ikkinchi xorijiy til o‘qitiladi
1-sentabrdan boshlab har bir tuman (shahar)da tanlab olingan bittadan maktabda o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
Buning natijasida 76 ta maktabda fransuz, 76 tasida nemis, 37 tasida ingliz, 10 tasida koreys, 6 tasida xitoy va 3 tasida yapon tillari ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladi.
Maktab o‘quvchilari 10-sinfdan boshlab 64 ta ishchi kasblar, 21 ta sohada tadbirkorlikka, 10 ta IT va “kreativ industriya” yo‘nalishidagi kasblarga o‘rgatiladi.
10–11-sinflarda takomillashtirilgan o‘quv reja asosida 2 ta tanlov fanni tanlash imkoniyati yaratiladi
Yangi o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko‘nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi.
Bunda 10–11-sinflarda 14 ta majburiy fanlardan haftalik yuklamasi 31 soatni tashkil etadi. Takomillashtirilgan o‘quv reja asosida 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika-fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) tanlash imkoniyati yaratiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi
Yangi o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha maktablar boshlang‘ich sinf (jami 2,5 mln nafar) o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi va buning uchun 2,7 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratiladi.
Ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat etiladi
1-apreldan boshlab yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etishga ruxsat etiladi.
Buning natijasida maktabgacha ta’lim bilan qamrovni oshirishda xizmat qilayotgan va zarur moliyaviy resurslarga muhtoj bo‘lgan 594 ta tadbirkorga qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.
Aziz yurtdoshlar va ta’lim sohasi fidoyilari!
Siz ham ushbu Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting hamda sohaga doir muhim takliflaringizni qoldiring.
Va axborot texnologiyalari 6-sinf toshkent – 2021
DIQQAT!
Darslikni to‘ldiruvchi raqamli
tashkil etuvchilarga o‘tish uchun
QR Code yoki veb-saytdan
foydalaning.
UO‘K 004(075.3)
KBK 32.81ya72
I-61
ISBN 978-9943-7520-8-5
Taqrizchilar:
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan chop etildi.
SCAN ME
TO GET TO DIGITAL RESOURCES
. O‘ZBEK TILIDA
Fayziyeva M. R., Sayfurov D. M., Xaytullayeva N. S., Tursunova F. R.
Informatika va axborot texnologiyalari [Matn] : 6-sinf uchun darslik / –
Toshkent : Respublika ta’lim markazi, 2021. – 160 b.
Professor F. M. Zakirovaning umumiy tahriri ostida.
© Respublika ta’lim markazi, 2021
SHARTLI BELGILAR
Eslab qoling!
Uyga vazifa
Savol va
topshiriqlar
Eslatma
Amaliy
mashg‘ulot
Buni bilasizmi?
Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 300-ixtisoslashtirilgan Davlat
umumta’lim maktabining “Informatika va axborot texnologiyalari” fani
o‘qituvchisi;
M. A. Abdullaeva –
Qashqadaryo viloyati Koson tumani 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchisi;
U. B. Mamatqulov –
Toshkent shahar Sergeli tumani 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchisi.
M. M. Tilovova
–
O. H. Norov
– Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim
maktabining “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchisi;
B. O. Jalilov
– Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali ilmiy
ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, texnika fanlari
bo‘yicha falsafa doktori;
S. S. Beknazarova – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori,
texnika fanlari doktori;
Ekspert: “Prezident maktablari imtihonlarining javoblari Britaniyada tekshiriladi, ularni soxtalashtirib bo‘lmaydi”
Kecha, 29-iyun kuni Toshkent, Nukus, Namangan va Xivada 2019/2020-o‘quv yilida faoliyatini boshlaydigan Prezident maktablariga ilk saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi, deyiladi “Minbar.uz” xabarida.
Imtihonga kuzatuvchi sifatida jalb etilgan jurnalistlar va ko‘ngilli ota-onalar jarayon shaffof va adolatli o‘tganini, hech qanday tanish-bilishchilik yoki qaysidir bolaga yordam berish holatlari bo‘lmagani, barchaga birday sharoit yaratilganini ta’kidlashdi.
Ularning e’tiroficha, imtihonlarning bu tarzda tashkillashtirilganini ko‘rgan odam Prezident maktablariga eng bilimli o‘quvchilar saralab olinishiga amin bo‘ladi.
Ilk saralash imtihonlaridan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilar javob varaqalariga javob variantlarini qalam bilan belgilashgani, bu ish natijalarni soxtalashtirish, javoblarni istalgan vaqtda o‘zgartirish uchun qilinayotgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi.
“Minbar.uz” vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Prezident maktablariga qabulni shaffof va adolatli tashkil etishga mas’ul tashkilot sifatida tanlangan Cambridge Assessment tashkiloti ekspertlari bilan bog‘landi:
“Maktab yoshidagi bolalar testlarni yechayotganda xato qilishi mumkin. Yosh bolalar odatda bitta javobni belgilab keyin uning xato ekanini bilib qolgach, javobini o‘zgartirmoqchi bo‘ladi, ammo ruchka ishlatilganda javoblar varaqasidagi javobni to‘g‘rilashning iloji yo‘q. Testlarni tekshiradigan uskuna ruchkada ikkita javob belgilangan javobni inobatga olmaydi. Shu sababli bolalarga oson bo‘lishi uchun ham javoblarni qalamda belgilashni taklif qilganmiz. Bu butun dunyoda qo‘llanadigan tajriba”, – deydi Cambridge Assessment eksperti Grem Beyjes.
“Javob varaqalari imtihon tugashi bilan konvertlarga solinib, xolis kuzatuvchilarning ko‘z o‘ngida muhrlandi, – deydi Cambridge Assessment eksperti Jessika Kop. – Javob varaqalari shu kunning o‘zida Buyuk Britaniyaga olib ketildi. Javoblar Cambridge Assessment tomonidan tekshiriladi va bu jarayonga mahalliy mutaxassislar aralashtirilmaydi. Shunday ekan, javob varaqalarini soxtalashtirish, javoblarni o‘zgartirib qo‘yish haqidagi xavotirlar asossiz”.
Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga iqtidorli o‘quvchilarni qabul qilish jarayonini adolatli, ishonchli va shaffof o‘tkazish Kembrij universitetining mutaxassislariga ishonib topshirilgan.
Imtihonlarning to‘g‘ri va xolis o‘tishini Cambridge Assesment tashkiloti nazorat qiladi. O‘zbek ekzamenatorlaridan farqli o‘laroq, xorijiy ekzamenatorlarni sotib olib yoki ularga ta’sir ko‘rsatib bo‘lmaydi.
Xalq ta’limi vaziri O‘zbekiston prezidenti imtihon jarayonini xolis va to‘g‘ri tashkil qilishni eng asosiy vazifa etib topshirganini ma’lum qilgan edi.
1858-yilda tashkil etilgan Cambridge Assessment Kembrij universitetining notijorat kafedrasi hisoblanib, 170 dan ortiq mamlakatdagi 10 000 ta maktabda 8 milliondan ziyod o‘quvchining bilimini baholashda ko‘mak beradi. Kompaniyaning tajribasi Oxford, Stanford, Harvard, Yale, Columbia kabi sara universitetlar, Yevropa ittifoqi davlatlari, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa ko‘plab mamlakatlar universitetlari tomonidan tan olingan.
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni o‘tkaziladigan joylar
Test sinovining yozma qismi 12-fevral kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-10-, 13-16-fevral kunlari o‘tkaziladi.
Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Imtihonlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
Imtihonning yozma qismi:
- Joy nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti (Ma’ruzalar zali).
- Manzil: Nukus shahri Ch.Abdirov ko‘chasi 1-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/gR5pZYQgZQdd1LrZ9.
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
- Joy nomi: 2-son kasb-hunar maktabi.
- Manzil: Nukus shahri A.Utepov ko‘chasi 31-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/E829K8bYAwTcHnMYA.
Andijon viloyati:
Imtihonning yozma qismi:
- Joy nomi: Andijon qilshloq xo’jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
- Manzil: Andijon tumani Kuyganyor shaharchasi Oliygoh ko‘chasi 1-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/brCXhdjEoGULuPym7.
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
- Joy nomi: Andijon shahar 4-son kasb-hunar maktabi (oldingi Bank kolleji).
- Manzil: Andijon shahri Qo‘shariq dahasi 5-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya):https://goo.gl/maps/x7mFPChvM265CVHo9.
Namangan viloyati:
Imtihonning yozma qismi:
- Joy nomi: Namangan muhandislik-texnologiya institutining 2-o‘quv binosi.
- Manzil: Namangan shahri Kosonsoy ko‘chasi 7-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://g.page/nammtiuz?share.
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
- Joy nomi: Namangan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi (oldingi 1-tibbiyot kolleji).
- Manzil: Namangan shahri Usmon Nosir ko‘chasi 14-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/DkyDv9aRjc3yv4PP6.
Farg‘ona viloyati:
Imtihonning yozma qismi:
- Joy nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
- Manzili: Farg‘ona shahri Farg‘ona ko‘chasi 86-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/Tn8fQpe4Zxqp8H8c8.
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
- Joy nomi: Farg‘ona kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi.
- Manzil: Farg‘ona shahri Q.Dodxoh ko‘chasi 2-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/48VC4XDg9CW71DDE6.
Buxoro viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
- Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.
- Manzil: Buxoro tumani Bog‘idasht MFY.
- Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/rEyCwopqBCoTbCEV9.
Xorazm viloyati:
Imtihonning yozma qismi:
- Joy nomi: Urganch davlat universiteti (bosh binosi, ma’ruzalar zali).
- Manzili: Urganch shahri Hamid Olimjon ko‘chasi 14-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/ksS9sZsmJFaZUtR77.
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
- Joy nomi: Urganch davlat universiteti akademik litseyi.
- Manzili: Urganch shahri Fayozov ko‘chasi 27-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/pyde8cJoh4ah8H7b8.
Surxondaryo viloyati:
Imtihonning yozma qismi:
- Joy nomi: Termiz davlat universitetining “Axborot texnologiyalari” fakulteti (yangi 7 qavatli bino).
- Manzili: Termiz shahri Barkamol avlod ko‘chasi 43-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/NfKxrH6b3FS4Cmjj9.
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
- Joy nomi: Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.
- Manzil: Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 42-uy.
- Mo‘ljal: Davlat xizmatlari markazi ro‘parasi.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/t3tJnMVkx4SCkr178.
Qashqadaryo viloyati:
Barcha imtihonlar (yozma va gapirish):
- Joy nomi: Xalqaro Innovatsion Universitet (oldingi Politexnika kolleji).
- Manzil: Qarshi shahri I.Karimov ko‘chasi 405-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/kvsC8xJpDPMWm2k68.
Jizzax viloyati:
Imtihonning yozma qismi:
- Joy nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti (ma’ruzalar zali).
- Manzili: Jizzax shahri Sh.Rashidov shoh ko‘chasi 4-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/zJUsN44vSdfn2iAR9.
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
- Joy nomi: Jizzax politexnika instituti akademik litseyi.
- Manzil: Jizzax shahri I.Karimov ko‘chasi 4-“A” uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/Axg1FbjC4LEcXeBi8.
Navoiy viloyati:
Imtihonning yozma qismi:
- Joy nomi: Navoiy davlat pedagogika institutining “Matematika va informatika” fakulteti.
- Manzil: Navoiy shahri Janubiy ko‘chasi 1-“A” uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/HVxUYcV2UZfx88jHA.
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
- Joy nomi: Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi.
- Manzil: Navoiy shahri Shodlik ko‘chasi 6-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/68DQFeCrCvwn4voi8.
Samarqand viloyati:
Imtihonning yozma qismi:
- Joy nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining bosh binosi (yangi binoning 6-7-qavatlari).
- Manzil: Samarqand shahri Lolazor ko‘chasi 70-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/w818qgnfQcd65WCaA.
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
- Joy nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyi.
- Manzil: Samarqand shahri Mirsaid baraka ko‘chasi 4-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/ehDM5rSgjH6Y1daC7.
Sirdaryo viloyati:
Imtihonning yozma qismi:
- Joy nomi: Guliston davlat universitetining “Ishlab chiqarish texnologiyalari” fakulteti.
- Manzil: Guliston shahri 4-mavze Bo‘ston mahallasi Guliston ko‘chasi.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/JrXix1hyaxGzgubj9.
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
- Joy nomi: Guliston davlat pedagogika instituti (oldingi Guliston akademik litseyi).
- Manzili: Guliston shahri 4-mavze Bo‘ston mahallasi Guliston ko‘chasi.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/3d7A9YaFwvJM9USS8.
Toshkent shahri:
Imtihonning yozma qismi:
- Joy nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-binosi (kirish Muqimiy teatri tomonidan).
- Manzili: Toshkent shahri Chilonzor tumani I.Karimov ko‘chasi 49- uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/BUTtqspzxUbB8hbZ6.
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni:
- Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi (Davlat test markazi).
- Manzili: Toshkent shahri Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy.
- Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/683ZeGsJpZAeKNx98.
Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari lozim.