Press "Enter" to skip to content

O‘zbek va xorijiy tillar bo‘yicha lug‘at va so‘zlashgichlarning yangi avlodini yaratish kechiktirib bo‘lmas vazifa — prezident

Xodjayeva Malika Rahimovna

Davlat tilining 30 yilligi: o’zbek tili haqiqiy davlat tiliga aylandimi?

O’zbekistonda davlat tili haqidagi qonunning 30 yilligi nishonlanmoqda. 1989-yil 21- oktabrda o’zbek tilida davlat tili maqomi berilgan. 30 yillik davr ichida o’zbek tili davlat tili sifatida maqomini qanchalik mustahkamladi?

Kuzatuvchilar fikricha, o’tgan 30 yil o’zbek tili uchun arosatdagi davr bo’lgan. Tilshunoslar o’zbek tilining davlat maqomiga chiqishi ham, buning ortidan davom etayotgan 30 yillik ikkilanish davri ham hokimiyatdagi siyosiy iroda bilan bog’liqligini aytmoqda.

Embed share

O’zbekistonda davlat tilining maqomi

Embed share
The code has been copied to your clipboard.
The URL has been copied to your clipboard

  • Share on Facebook
  • Share on Twitter

No media source currently available

0:00 0:05:21 0:00
Yuklab oling

  • 128 kbps | MP3
  • 64 kbps | MP3

30 yil muqaddam davlat tili maqomiga ko’tarilgan o’zbek tiliga doir bugungi vaziyat hamon achinarli qolayotgani mahalliy matbuotda tilga ko’rsatilayotgan ehtirom va mavjud muammolar haqida yozilgan maqolalardan ham ko’rinadi.

Ehtirom hukumatning davlat tili rivojiga doir qarorlar qabul qilayotganida ko’rilsa, muammolar aksariyat qonunlar, hujjatlar, ish yuritish, reklama va e’lonlar hamon rus tilida ekanligida.

Qabul qilinganiga 30 yil to’lgan davlat tili haqidagi qonun tarixida bu muammolar yangi emas, 10 yillar avval ham aynan shu muammolar mavjudligi, bularga qaramasdan hukumat o’zbek tiliga ehtirom ko’rsatayotgani, davlat tilini rivojlantirishga doir qarorlar qabul qilayotgani haqida yozilar edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan davlat tili haqidagi qonunning 30 yilligini mamlakatda keng nishonlash haqidagi qaror ham shu jumladan ko’rilmoqda.

Davlat tiliga doir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish va o’tkazish bilan cheklangan bu qarorda o’zbek tilini chorak asrdirki asoratda qoldirib kelayotgan asosiy muammo – til yozuvi masalasi haqida hech narsa deyilmaydi.

Davlat tiliga doir qonun ijrosi zaifligicha qolar ekan, so’nggi yillarda o’zbek tiliga doir muammolar qamrovi ham kengaygan; jamoatchilikda, ayniqsa, ta’lim sohasida o’zbek tiliga nisbatan ishonch yo’qolib borayotgani, rus tilli maktablarga ehtiyoj keskin kuchaygani kuzatilgan.

Tilshunos olim Baxtiyor Isabekka ko’ra, davlat maqomini olganiga 30 yil to’lgan o’zbek tili imlodagi ikkilanishdan, arosatdan qutilmas ekan, ta’limdagi, jamiyatdagi o’rnini ham tiklashi qiyin, ayniqsa, o’zbek tili davlat tizimiga ko’chmagan bir sharoitda.

“Bu qarorlar faqat shaklan, ko’rinish uchun, 30 yillikni nishonlash bilan o’zbek tili keng miqyosda qo’llanib qolmaydi. O’zbek tili hali davlat tili maqomini to’liq egallagani yo’q, tizimning ichiga kirib borgani yo’q. Masalan, televideniye, radio bo’lsin, o’zbek tilida istagancha chala yarim gapirish mumkin, ammo shu narsani rus tilida qilib bo’lmaydi. Shunday bir munosabat mavjud bir paytda biz nimani bayram qilamiz. Konstitutsiya belgilanishi tilning maqomi amaliyotga ko‘chganidan darak bermaydi. Mana Toshkentning o’zida o’zbek maktablari yildan yilga kamayib rus tiliga o’tib ketyapti. Imlo masalasida esa hamon ikkilanish, avval ham aytgandim, 40-yillarda lotindan kirill alifbosiga o’tish uchun bir kechaning o’zi kifoya qilgan edi. Hukumatdagilar nima, buni bilishmaydimi? Hozir yangi taklif etilayotgan lotin imlosi ham kirill talaffuziga ko’ra tayyorlandi. Umuman, davlat tiliga nisbatan siyosat o’zgarmas, til haqidagi qonun ijrosini ta’minlovchi komissiya aniq bir ishlamas ekan, vaziyatda o’zgarish bo’lishiga ishonish qiyin”, – deydi tilshunos olim Baxtiyor Isabek.

30 yildirki, O’zbekistonda 21-oktabr o’zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun sifatida nishonlab kelinadi, shu munosabat bilan turli tadbirlar tashkil qilinadi.

Davlat tili haqida qonun qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlash haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qaror ham shu ma’noda avvalgilaridan farq qilmaydi, faqat unda O’zbekistonning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalarida “O’zbek tilining do’stlari” klublarini tuzish belgilangani istisno sifatida ko’rinadi.

Davlat tiliga doir qonun ijrosining nazoratsizligi, hukumatda ish yuritish, qonunlar yozilishida rus tilidan voz kechilmagani rus tiliga rasmiy maqom berish tashabbusi ko’tarilishiga ham sabab bo’ldi.

O’zbekistondagi bir guruh taniqli ziyolilar tomonidan ko’tarilgan bu tashabbus jamoatchilikda keskin tanqidga uchradi. Ammo davlat tiliga doir qonun ijrosini kuchaytirish, chorak asr davom etayotgan lotin imlosiga o’tish jarayonini yakunlashga doir talablar bilan kuzatilgan bu chiqishlarning inobatga olingani kuzatilmadi.

Malik Mansur

Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O’zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O’zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. “Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.

O‘zbek va xorijiy tillar bo‘yicha lug‘at va so‘zlashgichlarning yangi avlodini yaratish kechiktirib bo‘lmas vazifa — prezident

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek xalqini 21 oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan tabriklab, ko‘p millatli xalqqa umumiy farovon kelajak tuyg‘usini singdirishda o‘zbek tili birlashtiruvchi ahamiyatga egaligini ta’kidladi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda jahon miqyosida 50 millionga yaqin kishi o‘zbek tilida so‘zlashadi. Ko‘plab mamlakatlarda bu go‘zal va jozibali til katta ishtiyoq bilan o‘rganilmoqda.

«Yangi O‘zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, Uchinchi yuksalish davri poydevorini yaratishga qaratilgan tarixiy islohotlar jarayonida o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha belgilab olgan vazifalarni izchil davom ettirish lozim», — deya ta’kidladi prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda yoshlarning dunyoqarashi, odob-axloqi va nutq madaniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan illatlar, ayniqsa, turli elektron vositalar orqali tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdidlarga qarshi ma’rifat va ilm bilan samarali kurash olib borish hayotiy zaruratga aylangan.

Bu borada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tilini o‘zbekchalashtirish, butunjahon Internet tarmog‘idagi milliy segmentni yanada boyitish, o‘zbek va xorijiy tillar bo‘yicha lug‘at va so‘zlashgichlarning yangi avlodini yaratish kechiktirib bo‘lmas vazifalarimiz sirasiga kiradi.

«Jahon taraqqiyoti yutuqlari va qimmatli manbalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish orqali ona tilimizni ilm-fan va innovatsiyalar tili sifatida rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratishimiz zarur».

«Shu ma’noda, XX asr boshida yashab ijod qilgan, o‘zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillaridagi so‘zlarni o‘z ichiga olgan bebaho lug‘at kitobini yaratgan ma’rifatparvar bobomiz Ishoqxon Ibratning: „Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat — bu Vataniy ishdir“, degan hikmatli so‘zlari biz uchun muhim dasturilamal, hayot yo‘limizni yoritadigan mayoq bo‘lib xizmat qilishi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

21-oktabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan “Ona tilim – iftixorim” onlayn tanlovi natijalari

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi Xorazm viloyati Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirshish hududiy markazining “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi hamkorligida 21-oktabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan “Ona tilim – iftixorim” onlayn tanlovi natijalarini e’lon qilamiz

Ism va familiyasi

Fan

To‘g‘ri javoblar

To‘plagan ball

Matyoqubova Xosiyat Matnazarovna

Ona tili va adabiyot (1-o’rin)

Qo’ziyeva Fazila Davletovna

Ona tili va adabiyot (2-o’rin)

Rajabova Yulduz Baxtiyorovna

Ona tili va adabiyot (2-o’rin)

Rajabova Qizlargul Baxtiyorovna

Ona tili va adabiyot (2-o’rin)

Baytemirova Ma’mura Azatovna

Boshlang’ich ta’lim (3-o’rin)

Xalillayeva Mehribon Alimboy qizi

Boshlang’ich ta’lim (3-o’rin)

Sultanova Xolida O’rinboyevna

Davlat tili (o’zbek tili) 3-o’rin)

Payzullayeva Ra’no Mahmudovna

Ona tili va adabiyot (3-o’rin)

Abdirimova Navro’za Rahmat qizi

Ona tili va adabiyot (3-o’rin)

Eshchonova Bibirajab Bekchanovna

Ona tili va adabiyot (3-o’rin)

Matlatipova Gulasal Baxrom qizi

Ona tili va adabiyot (3-o’rin)

Rajabova Chamangul Baxtiyorovna

Ona tili va adabiyot (3-o’rin)

Alisherova Anjela Uteubayevna

Ona tili va adabiyot ( 3-o’rin)

Tanlovda ishtirok etgan barcha ishtirokchilarning natijalari :

Ism familiyasi

Fani

To‘g‘ri javoblar soni

To‘plagan ball

Xodjayeva Malika Rahimovna

Ona tili va adabiyot

Abdullayeva Klara Egamberdiyevna

O‘Z TILIM BAXTIM MENING – MILLATIM FAXRIM MENING!

Har bir davlatning davlat tiliga bo‘lgan e’tiborini mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerar.

Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Barchamizga ma’lumku, mustabit tuzum davrida tilimizni yo‘qotishga ko‘p urunishlar bo‘lgan edi. Lekin, xalqimiz o‘z ona tilini – milliy g‘ururini saqlab qoldi. Millatparvar ziyolilar, tilimiz fidoiylarining jonkuyarligi natijasida 1989 – yil 21 – oktabr kuni qabul qilingan qonunga asosan, o ʻ zbek tili mamlakatimizda davlat tili maqomiga ega bo‘ldi.

Mazkur tarixiy sanadan qariyb o‘ttiz yil o‘tib bu borada yana bir qutlug‘ qadam qo‘yildi. Muhtaram Prezidentimiz 2019 yil 21 oktabr kuni “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Farmonni qabul qildi. Unga binoan 21-oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi . Ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz bu xushxabarni katta xursandchilik bilan qarshi oldi.

Davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonunning imzolanishi har qanday sharoitda ham til, ma’naviyat masalalari davlatimizning doimiy e’tibor markazida ekanini yana bir bor isbotladi. Demak, mamalakatimizda ona tilimizga qaratilgan e’tibor uning milliy qonunchiligida ham o‘z ifodasini topmoqda. Bu g‘amxo‘rliklar natijasida davlat tilining kundan-kunga nufuzi oshib bormoqda.

Kuni kecha imzolangan “Mamlakatda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirishga, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan

to‘liq va to‘g‘ri foydalanish, davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Farmonga nazar solar ekansiz, 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasini 2020-2022 yillarda amalga oshirish dasturi e’tiboringizni tortadi. Unda, 2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanishi, xorijiy va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi kabi o‘nga yaqin ijobiy ishlar o‘rin olganligi kishini quvontiradi albatta.

Mamlakatimizda ona tilimiz nufuzi yanada yuqori bo‘lishi, har birimiz uchun katta ahamiyatga ega. Aytadigan bo‘lsak, bu borada qiladigan ishlarimiz ko‘p. Lekin birdamlikda, hamkorlikda har qanday islohotlarni amalga oshirsa bo‘ladi. O‘zbek tilining nufuzi va mavqeyini tubdan oshirishda shu yurtda o‘zbekman degan, shu mamlakat farzandiman degan har bir insonning o‘z vazifasi, mas’uliyati bor.

Alisher ANVAROV, Marg‘ilon shahar hokimining maslahatchisi

21 oktabr o’zbek tili davlat tili

21-oktabr–Oʻzbek tili bayrami kuni!

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash boʻyicha “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, unga koʻra Oʻzbek tiliga — Davlat tili maqomi berildi.

“Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (OʻRQ-615-son) 1-moddasi bilan 21-oktabr sanasi Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Shu munosabat bilan Toshkent moliya instituti qoʻshma fakultetining professor-oʻqituvchilari, 4–bosqich talabalari ishtirokida poytaxtimizning soʻlim maskani – Adiblar xiyobonida bayramona tadbir tashkil etildi.

Mazkur adabiy kecha avvalida turkiy adabiyot dunyosida oʻzining bitmas-tugamas badiiy merosi bilan katta iz qoldirgan, tom maʼnoda oʻzbek tili shakllanishida ulkan hissasini qoʻshgan buyuk mutafakkir, davlat arbobi, shoir, turkiy tildagi ilk “Xamsa” muallifi Mir Alisher Navoiyning xotirasi yod etildi.

Tadbir davomida oʻzbek tilining tarixi, uning oʻziga xos xususiyatlari muhokama qilindi, qiziqarli faktlar berildi.