2022 yilda dunyo bo‘yicha qanday kitoblar eng yaxshi deb topildi
Kitob Osvensimdan qochishga muvaffaq bo‘lgan kam sonli odamlardan birining haqiqiy hikoyasiga asoslangan. U nafaqat bu ishni qanday qilgani yoki xavfsiz joyga borish uchun nimalarni boshdan o‘tkazgani haqida, balki konsentratsion lagerlarda o‘zi guvoh bo‘lgan vahshiyliklar haqida ham gapirib beradi.
Toshkentda O‘rta Osiyodagi eng katta kitob do‘koni ochildi
2 noyabr kuni Toshkentda, Mustaqillik ko‘chasi yoqasida “Kitob olami” nomli yangi kitob do‘koni ochildi. Shahar markazida, metro bekati yaqinida joylashgan bu do‘kon O‘rta Osiyoning bu turdagi eng yirik muassasasi ekanligi aytilmoqda.
Do‘konga kirish oldidagi vitrinaga ulkan monitor joylashtirilgan bo‘lib, u orqali ayni paytda do‘kon reklamasi namoyish etilmoqda.
Foyyeda ham to‘rtta reklama ekrani, shuningdek, maxsus nashrlar joylashtirilgan shishali vitrinalar bor.
Do‘konda O‘zbekiston nashriyotlarining barcha yo‘nalishdagi kitoblari taqdim etilgan. Bu yerdan bolalar adabiyoti, badiiy adabiyot namunalarini, ilmiy kitoblarni topish mumkin. Shuningdek, Rossiya nashriyotlari chop etgan ko‘plab adabiyotlar do‘kon peshtaxtalaridan o‘rin olgan.
Agar mashhur shoir Aleksandr Faynberg tirik bo‘lganida, u shu yilning 2 noyabrida 76 yoshni qoralagan bo‘lar edi. Shu munosabat bilan bo‘lsa kerak, do‘kon assortimentidan ajoyib shoirning yangi to‘plami o‘rin oldi.
Kitob zalida disklar va elektron adabiyotlar uchun alohida stol tashkil qilingan. Zal oxirida kantselyariya mollari uchun joy ajratilgan.
2022 yilda dunyo bo‘yicha qanday kitoblar eng yaxshi deb topildi?
Har yili dunyo bo‘ylab juda ko‘plab yangi kitoblar nashrdan chiqadi. Worldometer sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda jami 2,8 millionga yaqin kitob bosib chiqarilgan. The New York Times, The Economist, Time kabi nashrlar va Amazon, Goodreads kabi servislar har yili shu yilning o‘zida chiqqan eng yaxshi kitoblar reytingini e’lon qiladi. «Gazeta.uz» 2022 yilda chiqqan va dunyo bo‘ylab ko‘pchilikning diqqatiga sazovor bo‘lgan kitoblar reytinglarini e’tiboringizga havola etadi.
The New York Times: 2022 yilning eng yaxshi 10 ta kitobi
The New York Times nashri tomonidan an’anaviy tarzda e’lon qilinadigan top-10`likning 2022 yilgi talqinidan ham badiiy, ham ilmiy-ommabop kitoblar joy olgan.
Asar muallifi 2010 yilda «A Visit from the Goon Squad» nomli asari uchun Pulitser mukofotini qo‘lga kiritgan. «The Candy House», ya’ni «Qandli uy» kitobi aynan o‘sha asarning davomi hisoblanadi. Biroq ushbu kitobni o‘qishingiz uchun oldingisini o‘qish talab etilmaydi, asarlar o‘rtasida tushunmay qoladigan darajadagi bog‘liqliklar yo‘q. Ushbu asarda antiutopiya belgilarini kuzatish mumkin. Undagi asosiy qahramonlar o‘z dunyosini yaratadi: u yerda insonlar xotiralar bankidan foydalanish va ularni valyuta sifatida qo‘llash imkoniyatiga ega.
- «Checkout 19», Claire-Louise Bennett
«Checkout 19» romani Londonning kambag‘al, ishchilar yashaydigan hududida o‘sib ulg‘aygan va o‘qishni juda yaxshi ko‘radigan qiz haqida hikoya qiladi. Kitoblar unga yolg‘izlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi va uning tasavvurida butunlay yangi olamlarni yaratadi. The New York Times muharrirlari bu kitobni eksperimental va hatto biroz syurrealistik, ammo o‘quvchiga zavq ulashuvchi kitob deb baholadi.
- «Demon Copperhead», Barbara Kingsolver
Ushbu muallifning kitoblari doimiy tarzda The New York Times toplaridan joy olib keladi. Ushbu kitob Charlz Dikkensning «Devid Kopperfild» asarini eslatadi va kambag‘al bolalik, zaharli moddalarga qaramlik kabi muammolar haqida o‘ylashga majbur qiladi.
Kitobning bosh qahramonlaridan biri 12 yoshli ukasini yo‘qotadi. Biroq, bu voqeadan keyin taqdir u qizni ukasiga o‘xshab ketadigan erkaklar bilan yo‘liqtiradi. Aynan havotirlar va yo‘qotish azobi bu asarning asosida turadi. Yozuvchi qayg‘uning tabiatini va u vaqt tushunchasini, xotiralarni qay darajada o‘zgartirishini va hatto muqobil voqelikni orzu qilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini o‘rganishga harakat qiladi.
Muallif o‘tgan asr boshlarida amerikalik boylar sinfi qanday shakllangani haqida hikoya qiladi. Asarning bosh qahramoni Nyu-Yorkda yashovchi muvaffaqiyatli moliyachi bo‘lib, u juda tez fursatlarda yuqori martabaga erishishga muvaffaq bo‘ladi.
- «An Immense World: How Animal Senses Reveal the Hidden Realms Around Us», Ed Yong
Bu ilmiy-ommabop asar bo‘lib, o‘quvchini odatiy «qobig‘ini» tark etishga va hayvonlarning o‘z atrofidagi dunyoni qanday qabul qilishlari haqida o‘ylashga majbur qiladi. Ed Yongning hikoya uslubi juda jonli va hayajonli. Kitobda ko‘plab faktlar keltirilgan va ular bizni bu katta olamda qanchalik kichik, cheklangan mavjudot ekanligimiz haqida o‘ylashga majbur qiladi.
Ushbu kitob The New Yorker nashrining doimiy muallifi Xua Xsu tomonidan yozilgan memuar asar hisoblanadi. U ushbu kitobda AQSh immigratsion madaniyatini o‘rganishga harakat qilgan.
- «Strangers to Ourselves: Unsettled Minds and the Stories That Make Us», Rachel Aviv
Ushbu kitobda muallif ruhiy kasalliklardan aziyat chekayotgan odamlar haqida gapiradi va o‘z muammosi bilan o‘rtoqlashadi. Reychel Avivga anoreksiya tashxisi qo‘yilganida u 6 yoshda edi va uni bu asarni yozishga uning tajribasi undagan.
- «Under the Skin: The Hidden Toll of Racism on American Lives and on the Health of Our Nation», Linda Villarosa
Ushbu kitobni yozishdan oldin muallif qullik va «qora tanlilar»ga qarshi kurashning afro-amerikaliklarning sog‘lig‘iga ta’sirini kuzatishga yordam beradigan ko‘plab mustaqil hisobotlarni, tarixiy ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Shuningdek, AQSh aholisining qora tanlilari orasida yurak-qon tomir kasalliklarining ko‘payishi, onalar o‘limining ko‘payishi va hatto ruhiy salomatlik muammolari sabablari tahlil qilinadi. Muallif kitobda Amerika sog‘liqni saqlash tizimida irqchilik hali ham mavjud degan xulosaga keladigan ko‘plab jihatlarni ko‘rib chiqadi.
- «We Don’t Know Ourselves», Fintan O’Toole
Fintan O’Tul — iste’dodli munaqqid va esseist bo‘lib, u o‘zining yangi kitobini «zamonaviy Irlandiyaning shaxsiy tarixi» deb ataydi. Ushbu asar ko‘pchilik tomonidan juda katta maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan loyiha deya e’tirof etilgan. Muallif o‘z mamlakati tarixidagi so‘nggi 60 yilni shaxsiy tarjimai holi bilan taqqoslaydi.
Amazon talqini bo‘yicha 2022 yilning eng yaxshi 10 ta kitobi
Amazon har yili 100 ta eng mashhur kitoblar ro‘yxatini e’lon qilib boradi. 2022 yilda Amazon muharrirlar tanlovi (Editors’ Picks) bo‘yicha Gabriel Zevinning «Tomorrow, and Tomorrow, and Tomorrow» nomli asari yilning eng yaxshi kitobi deb topildi. Kompaniyaning 2022 yil sarhisobiga ko‘ra e’lon qilgan yuztalik ro‘yxatidagi top-10`likni e’tiboringizga havola etamiz.
- «Tomorrow, and Tomorrow, and Tomorrow», Gabrielle Zevin
Kitob bizni yorqin xayoliy izlanishga, shaxsiyatni, ijodkorlikni va do‘st orttirishga bo‘lgan ehtiyojimizni o‘rganadi. Va ushbu vazifa 1987 yilda kasalxonada uchrashadigan ikki qahramon — Sem va Sadi ishtirokida amalga oshiriladi. Sakkiz yil o‘tgach, ular yana uchrashishadi va birga boshdan kechirgan voqealarini eslashadi.
Ushbu kitob bizga Janubiy Amerikadan AQShga sayohat qilishga majbur bo‘lgan 9 yoshli bolaning hissiyotlarini ko‘rsatadi. Demak, ushbu asar ham migratsiya va bu davrda boshdan kechirgan barcha yaxshi-yomon his-tuyg‘ular haqidadir.
- «Stolen Focus: Why You Can’t Pay Attention and How to Think Deeply Again»,Johann Hari
Bu asar juda dolzarb mavzu — nima uchun diqqatimizni jamlashimiz va qilayotgan ishimizga e’tibor qaratishimiz tobora qiyinlashib borayotganining sababi haqida so‘zlaydi. Boshqacha qilib aytganda, nega biz bunchalik chalg‘iyapmiz? Kitob ko‘pgina tadqiqotlar asosida yozilgan bo‘lib, biz uchun juda zarur bo‘lgan konsentratsiyani tiklash bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Shubhasiz, Stiven King nima yozishidan qat’i nazar, u har doim bestsellerlardan biriga aylanadi. «Ertak» nomini olgan bu roman bizga yaxshilik va yovuzlik o‘rtasidagi epik jangda ishtirok etishi kerak bo‘lgan kutilmagan qahramonni bosh qahramon sifatida taklif qiladi.
- «Horse: A Novel», Geraldine Brooks
Jeraldin Bruks — Pulitser mukofoti sovrindori hisoblanadi. Ushbu kitob uchta sanadan iborat hikoya haqida so‘zlaydi: 1850, 1954 va 2019. Asar xayolimizni chulg‘ab oluvchi fikrlar, adolatsizliklar va ruhlar haqida.
- «Carrie Soto Is Back: A Novel», Taylor Jenkins Reid
Voqealar markazida sobiq tennis chempioni Kerri Sotoning hayoti yotadi. U o‘z unvonini himoya qilish uchun faol hayotga qaytishga harakat qiladi. U bunday muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsaga tayyor.
- «Demon Copperhead: A Novel», Barbara Kingsolver
Ushbu kitob ko‘plab ro‘yxatlardan o‘rin olgan. Yuqorida bu asarni The New York Times o‘ntaligidan ham topishingiz mumkin.
- «Our Missing Hearts: A Novel», Celeste Ng
«Yo‘qotilgan yuraklar» deb tarjima qilinadigan ushbu romanda otasi bilan tinch-totuv hayot kechirayotgan bosh qahramon Berd Gardner voqealar markazida turadi. U ichida surati bo‘lgan sirli xatni qabul qilib oladi va xatni 9 yoshida tashlab ketgan onasi bilan bog‘laydi. Shundan so‘ng, asosiy qahramon onasini qidirishga otlanadi.
- «The Escape Artist: The Man Who Broke Out of Auschwitz to Warn the World», Jonathan Freedland
Kitob Osvensimdan qochishga muvaffaq bo‘lgan kam sonli odamlardan birining haqiqiy hikoyasiga asoslangan. U nafaqat bu ishni qanday qilgani yoki xavfsiz joyga borish uchun nimalarni boshdan o‘tkazgani haqida, balki konsentratsion lagerlarda o‘zi guvoh bo‘lgan vahshiyliklar haqida ham gapirib beradi.
Don Uinslouning «Yonayotgan shahar» deb tarjima qilinadigan ushbu kitobi bizga 1986 yildagi Rod-Aylend shtatidagi Providens shahrini tasvirlaydi va u yerdagi mafiya fraksiyalari faoliyati haqida so‘zlaydi.
The Economist talqini bo‘yicha 2022 yilning eng yaxshi kitoblari
The Economist har yili biznes va texnologiyalar yo‘nalishidagi eng yaxshi kitoblarni e’lon qilib keladi. Bu safar The Economist yilning eng yaxshi kitoblari ro‘yxatiga texnologiyalar haqida 5 ta, biznes haqida 10 ta kitobni kiritdi.
Texnologiyalar haqidagi eng yaxshi kitoblar
- «Chip War: The Fight for the World’s Most Critical Technology», Chris Miller
Kitobda iqtisodiyot tarixchisining AQSh mikrochiplarni loyihalash va ishlab chiqarish bozorida qanday qilib yetakchilikka erishganligi va yarimo‘tkazgichlarning o‘zi zamonaviy dunyoning ajralmas qismiga hamda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi geosiyosiy qarama-qarshiliklar vositasiga aylangani haqidagi fikrlari bayon etilgan.
Kitob muallifi huquqshunos Syuzi Alegre texnogigantlarning iste’molchining boshiga «kirib», uning fikrlari yo‘nalishiga qanday ta’sir o‘tkazishga harakat qilayotgani, shuningdek, bu fikr erkinligini juda kech bo‘lmasdan qanday himoya qilish haqida tadqiqot qiladi.
Tarixchi-jurnalist Sebastyan Mallabining asari Google, SpaceX va Alibaba kabi texnologik dunyoning «akulalariga» sarmoya kiritgan moliyachilarning «g‘alati guruhi» haqida hikoya qiladi. Kitobda eng katta korporativ muvaffaqiyatsizliklar, raqamlar va haddan ortiq yuqori berilgan baholar hamda Uber va WeWork kabi «yangilar» haqidagi hikoyalar mavjud.
- «Reality+: Virtual Worlds and the Problems of Philosophy», David J. Chalmers
Kitobda faylasuf virtual reallik texnologiyasi prizmasi orqali borliq, din, tana va ong haqidagi abadiy savollar to‘g‘risida fikr yuritadi. Kitob metaborliq insonning kelajakdagi boshpanasi emas, balki uning hozirgi zamonining bir qismi ekanligini istisno qilmagan holda fikr yuritishga undaydi.
- «The History of the Computer: People, Inventions, and Technology that Changed Our World», Rachel Ignotofsky
Qiziquvchan o‘smirlar va kattalar uchun kompyuterlar olamiga rasmli ekskursiya.
Biznes haqidagi eng yaxshi kitoblar
2017 yilda Xitoyning Tencent kompaniyasi Facebook`ni ortda qoldirib, dunyoning beshinchi yirik kompaniyasiga aylandi, bu G‘arbni xavotirga soladi. Jurnalist Lulu Chen ushbu kitobda Xitoyning burilish nuqtalari xronikasi va Xitoy texnologiyasining siyosiylashgan dunyosida muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerakligi haqida so‘zlaydi.
- «Dead in the Water: Murder and Fraud in the World’s Most Secretive Industry», Matthew Campbell, Kit Chellel
2011 yil: Yaman qirg‘oqlari yaqinida tankerga qaroqchilar hujumi, dengiz inspektorining ochilmagan qotilligi va moliyaviy sirlarning hayratlanarli tarzda fosh etilishi… Kitobda badiiy bo‘lmagan voqealarning uyg‘unligi ko‘proq xayoliy trillerga o‘xshaydi, lekin aslida xalqaro yuk tashish sanoati va undan foyda oluvchilarning bahsli tomonlarini ochib beradi.
- «Talent: How to Identify Energizers, Creatives, and Winners Around the World», Tyler Cowen, Daniel Gross
Iqtisodchi Kouen va venchur kapitalisti Grossning fikricha, past baholangan innovatorlarni yollash biznesda oldinga borishning eng oson yo‘llaridan biridir. Kitobda ular o‘nlab talabgorlar orasidan iste’dodlisini qanday tanib olish va uni kompaniyaga qanday jalb qilish haqida so‘z boradi. Kitobda, shuningdek, shunday iste’dod egalariga ham qanday qilib «o‘zini topish» mumkinligi haqida tavsiyalar beradi.
Moliyaviy jurnalist Uilyam Koenning talqinidagi General Electric kompaniyasining yuksalishi va qulash tarixi.
Jurnalist Daniel Pink ijtimoiy psixologiya, nevrologiya va biologiya sohasidagi tadqiqotlarni ko‘rib chiqqach, ushbu kitobida «afsus chekmasdan yashash» afsonasini rad etadi.
Ushbu kitobda Los-Anjeles Menejment maktabining olimi va professori «qiyinchiliklar bo‘ylab va uning atrofida» fikr-mulohazalar yuritish nima ekanligini va ish strategiyalarining sirini topishga urinib ko‘rgan.
An’anaviy ofislar boshidanoq xato edi, deb hisoblaydi Xobsbaum va pandemiya uzoq vaqtdan beri turib qolgan muammolarni qaytadan ko‘tardi: ofis nima uchun kerak va u qanday vazifalarni hal qiladi. Kitobda muallif ish beruvchilar va xodimlarga yangi gibrid ish oqimlariga moslashishga qanday yordam berish haqida gapiradi va iyerarxiya, tarafkashlik va o‘z taqdirini o‘zi belgilash muammolari bunga qanday ta’sir qilishi haqida yozadi.
Ushbu kitob imperiyalar davridan keyingi Buyuk Britaniyaning institutlari — banklar, yuridik firmalar, maktablar va universitetlar qanday qilib adolatli o‘yin g‘oyasini shakllantirishga harakat qilganligi, ammo oxir-oqibat pulga o‘ch oligarxlarning xizmatkorlariga aylangani haqidagi provokatsion nuqtai nazardir.
London biznes maktabining boshqaruv amaliyoti professori ushbu kitobda Yaponiyaning Fujitsu va Britaniyaning HSBC kompaniyalari gibrid va moslashuvchan ish muhiti tushunchasini qanday qayta belgilayotganligi haqida so‘zlaydi.
Ushbu kitobdan Iordaniya qochqinlar lageridagi suriyalik tadbirkorlarning ilhomlantiruvchi uchta hikoyasini topish mumkin.
Goodreads foydalanuvchilari tanlovi bo‘yicha 2022 yilning eng yaxshi kitoblari
Goodreads.com har yili an’anaviy tarzda sayt foydalanuvchilari tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha tanlangan yilning eng yaxshi kitoblari e’lon qilinib kelinadi. Ushbu sayt kitob o‘qishni sevuvchilar uchun ijtimoiy tarmoq hisoblanadi va saytga doimiy tarzda millionlab foydaluvchilar tashrif buyuradi. 2013 yildan buyon ushbu sayt Amazon`ga tegishli. Goodreads 2022 yilda ham turli janrlar va yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi kitoblarni aniqladi.
Dunyodagi eng qimmat 5 ta kitob
Bugungi kunda audio va elektron kitoblar ommalashib bormoqda, shunday bo‘lsa-da, haligacha qog‘oz kitoblarning o‘rni bo‘lak. Ular orasida tarixiy ahamiyati yillar davomida ortib boradigan nashrlar ham mavjud bo‘lib, sizning e’tiboringizga sayyoradagi eng qimmat 5 ta kitobni taqdim etamiz.
Bu shunchaki kitob emas, balki 1505 yildan beri qo‘ldan-qo‘lga o‘tib kelayotgan haqiqiy asardir! Kitob Uyg‘onish davri ijodkorlarining rasmlari bilan bezatilgan. XIX asrda bu qo‘lyozma Rotshildga yetib kelgan. Dastlab, uni oila boshi, jenevalik Adolf sotib olgan. Uning vafotidan keyin kitob 1900 yilda jiyani Morisga topshirilgan. Ikkinchi Jahon urushi paytida qo‘lyozma musodara qilinib, urush tugagach egasiga qaytarilgan. 1954 yilda “Metropoliten” san’at muzeyi 13,4 milliard AQSh dollariga qo‘lyozmani sotib olgan.
Massachusets diniy qo‘shiqlar kitobi
Kitob juda muhim sanaladi, chunki u Shimoliy Amerikadagi eng birinchi nusxa. U 1640 yilda Kembrij shahrida nashr etilgan. Diniy qo‘shiqlar kitobi Shimoliy Amerika qit’asidagi mustamlakachilarning asosiy ish quroliga aylangan. Kitobda atigi 11 ta asar mavjud. 2013 yilda uning bitta nusxasi 14,2 million dollarga sotilgan.
“Evangeliya Kutberta”ning qo‘lyozma nusxasi miloddan avvalgi VII asrda paydo bo‘lgan degan taxminlar mavjud. Nashr hajmi atigi 14 dan 9 santimetrgacha boradi. Ushbu kitob 94 sahifadan iborat bo‘lib, uning 42 sahifasiga 20 qator, qolgan sahifalariga 19 qator matn terilgan. Bugungi kunda ushbu noyob nashrni Britaniya kutubxonasidan topish mumkin.
“Buyuk ozodlik xartiyasi”
Mazkur siyosiy-huquqiy hujjatning 63-moddasi Angliya zodagonlarining mamlakat hukmdori Ioann Bezzemelnoga qo‘ygan talablarini o‘z ichiga oladi. Unda davlatning ma’naviy va dunyoviy mulkka bo‘lgan huquqlari, erkinliklari, meros olish qoidalari va soliq tizimi tavsiflangan. Hujjat 1215 yilning iyun oyida tuzilgan. Bugungi kunda uning 17 dona nusxasi mavjud bo‘lib, ulardan birida Eduard III ning muhrini ko‘rishingiz mumkin. Sotheby’s auksionida u 21,3 million dollarga baholangan.
Leonardo da Vinchining “Lester kodeksi” kitobi
“Lester kodeksi” VI asrning birinchi o‘n yilligida rassomning ilmiy izlanishlari natijasida yozilgan. U 72 sahifadan iborat bo‘lib, atrofimizdagi dunyo haqidagi g‘oyalar aks ettirilgan. Shuningdek, unda Leonardoning kichik eskizlari tasvirlangan. Kitobni 1994 yilda Bill Geyts sotib oldi. Sababi, u kitobni dunyo bo‘ylab muzeylarda muntazam ravishda namoyish qilinishini istadi. Buning uchun Geyts 30,8 million dollar sarfladi.