Kitob haqida qoshiq
• Jahon adabiyoti:
“Farengeyt bo’yicha 451 daraja” (Rey Bredberi)
Navoiyga hozirgi zamon qoliplari bilan yondashib, undan g‘oya qidirish mutlaqo xato – Sultonmurod Olim
Rasul Hamzatovning “Mening Dog‘istonim” asarida “Kitob” degan kattagina bo‘lim bor. Buni asr-asrlar kitob, yozuv nimaligini bilmagan, XX asrga kelibgina o‘z alifbosiga ega bo‘lgan tog‘li bir xalqning vakili bitgan. U dog‘istonliklarning asr-asrlar o‘qish-yozishni bilmaganidan o‘kinadi: “Algebra yaratilgandi, biz esa hali sanashni bilmasdik. Dunyoda mashhur dostonlar bitilgandi, biz esa hali “ona” degan so‘zni ham yoza olmasdik”. Bu sohibi qalam kitobni shunchalar ulug‘laydiki, hatto “Agar Eron shohi Dog‘istonga qilich va urush olovi bilan emas, Firdavsiyning donishmandligi, Hofizning sevgisi, Sa’diyning hikmatlari bilan kelganda tumtaraqay qochmagan bo‘lardi”, deb hisoblaydi.
Shu so‘zlarni o‘qir ekansan, xalqlarning tarixiy taraqqiyotda tutgan o‘rnini aynan kitobga munosabatiga qarab ham belgilash mumkin, degan xulosaga keladi kishi. Beixtiyor bundan qariyb uch ming yil muqaddam ona zaminimizda dunyoga kelgan “Avesto” ko‘z o‘ngingda gavdalanadi. Keyin birin-ketin “Sahihi Buxoriy”, “Devonu lug‘atit-turk”, “Qutadg‘u bilig”, “Qisasi Rabg‘uziy”, “Temur tuzuklari”, “Ziji Ko‘ragoniy”, “Xamsa”, “Xazoyin ul-maoniy”, “Boburnoma”, “O‘tkan kunlar”… yodga tushadi.
Ha, biz tarixda ko‘p buyuk kitoblar bitgan xalqmiz.
Dunyo biz bilan gaplashganda buni yodda tutadi, albatta.
Xalq va kitob
O‘zbekiston Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” 2017-yil 12-yanvardagi farmoyishi o‘zo‘zidan qabul qilingani yo‘q. Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 4-noyabr kuni Nurota tumanida Navoiy viloyati saylovchilari vakillari bilan uchrashuvida shunday fikrlar bayon etildi: “Odamlarning ongu tafakkuri, dunyoqarashini o‘zgartirish, ma’naviy saviyasini yuksaltirish haqida gapiramiz. Lekin bu borada eng oddiy va ayni paytda, eng ta’sirchan vosita bu – kitob emasmi? Men shunga aminman – kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q”.
Biz deyarli barcha sohada davlat tashabbuskor bo‘lishiga o‘rganib qolgan xalqmiz. Prezidentimiz tashabbusi bilan bugun kitob targ‘ibi davlat siyosatining tarkibiy qismiga aylandi. Shu ma’noda, davlat rahbari farmoyishi barchamizni kitobga munosabatimizni qayta ko‘rib chiqishga undaydi.
Ushbu qonunosti hujjati bilan tanishar ekanmiz, ko‘z oldimizga hammadan burun Alisher Navoiy siymosi va bu ulug‘ zot yaratgan kitoblar keladi. Chunki millatimiz merosida Navoiy asarlaridan buyukroq manba yo‘q. Shu bois biz xalq sifatida kitob va kitobxonlik masalasini buyuk bobokalonimizdan ayri tasavvur eta olmaymiz. Sirasini aytganda, bundan buyon o‘zbek kitobxonligi umumiy saviyasini Navoiyni tushunish darajasi bilan o‘lchash lozim, bizningcha.
Navoiyni Navoiy qilgan – kitob!
Ona tilimizda Alisher Navoiydan ko‘p va xo‘b kitob yozgan yana kim bor?
Ungacha ham, undan keyin o‘tgan besh asrdan oshiqroq davr mobaynida ham bu ulug‘ zot erishgan yuksak cho‘qqiga chiqa oladigan ijodkor paydo bo‘lmadi.
Baralla ayta olamizki, Navoiyni Navoiy qilgan ham aynan kitob edi. Chunki u o‘zigacha yashab, turkiy, forsiy va arabiy tilda ijod etgan deyarli barcha qalamkashlar ijodi bilan tanishgan edi.
O‘tgan asrning birinchi yarmida atoqli olim Yevgeniy Bertels “Navoiy kutubxonasini o‘rganish kerak” degan masalani o‘rtaga tashlagan edi. Bu, Navoiy o‘qigan kitoblar ro‘yxatini tuzib, ularning shoir yaratgan asarlar bilan aloqadorligini aniqlashtirish kerak, degani edi. Ayni yo‘nalishda ancha ishlar qilindi. Lekin bu vazifa hali-hanuz uzil-kesil bajarilgani yo‘q. Qilishimiz zarur bo‘lgan yumushlar – qilingan ishlardan ancha ko‘p.
Murg‘ak qalbning mutolaaga muhabbati
Alisherning otasi – G‘iyosiddin Kichkina temuriylar saltanatining sodiq mulozimlaridan biri edi. Onasi ham ana shu xonadon xizmatida bo‘lgan ayollardan edi. G‘iyosiddin Kichkina oilasida ilm-u ma’rifat, xususan, adabiyotga kuchli mehr ustuvor edi. Alisherlar xonadonida tez-tez ma’rifiy suhbatlar bo‘lib o‘tar, ular tabiiy ravishda she’rxonlikka aylanib ketar edi. Bo‘lajak mutafakkirning tog‘alari – Mir Said Kobuliy va Muhammad Ali G‘aribiylar ham shoir edi. G‘aribiy musiqa ilmini puxta bilar, yaxshi sozanda ham edi. Ikki tog‘aning turkiy she’rga mayli kuchliroq edi.
Ana shunday muhitda o‘sgan Alisher uch-to‘rt yoshida she’r yodlay boshlaydi. U yodlagan ilk bayt Amir Qosim Anvorning:
Bo davlati g‘ami tu zi fikri jahon chi bok?! –
degan misralari edi. G‘azal matlasi bo‘lmish bu satrlar “Rindmiz, ya’ni hur fikrlilarmiz, oshiqlarmiz, jahonga o‘t qo‘yganmiz-u to‘nimizni yirtganmiz, (ey yor, ya’ni ey Olloh), sening g‘aming davlati bilan fikrimiz band ekan, jahonni o‘ylab nima qilamiz?!” degan mazmunda.
Alisher to‘rt-besh yoshida maktabga borgan. U olti yoshga to‘lgan 1447 yili Xuroson podshosi Shohrux Mirzo vafot etdi. Shu tariqa Hirotda temuriylarning toj-taxt uchun kurashi avj oldi. Poytaxt ahli bu notinchliklardan qochib, atrof shahar va qishloqlarga ravona bo‘ladi. Bundaylar orasida G‘iyosiddin Kichkinaning oilasi ham bor edi. Alisherlar oilasi Iroqqa ko‘chadi. Yo‘lda Taft shahriga qo‘nib o‘tishadi.
Navoiyning o‘zi “Majolis un-nafois” tazkirasida eslab o‘tishicha, olti yoshlarida Taftda mashhur tarixchi, Sohibqiron Amir Temur haqidagi ulkan “Zafarnoma” kitobini yozgan Sharofiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Yarim kechasi bu yerga yetib kelgan karvon aynan Yazdiy xonaqohi yoniga joylashadi. Ertalab bolalar o‘ynagani xonaqohga kiradi. Ulug‘ olim musofirlar haqida bilish uchun bolalardan birovi uning yoniga kelishini so‘raydi. Shunda Alisher uning oldiga boradi. Nimani so‘ragan bo‘lsa, javob beradi. Bu yog‘ini Navoiyning o‘zidan eshitaylik: “Tabassum qilib, tahsin qildilar. Dag‘i so‘rdilarki: “Maktabg‘a boribmusen?” Dedimkim: “Boribmen”. Dedilarkim: “Ne yergacha o‘qibsen?” Dedimki: “Taborak” surasig‘acha”. Dedilarkim: “Bu jamoat atfolidin biz tilaganda sen kelib, biz bila oshno bo‘ldung, sening uchun fotiha o‘quli”, deb o‘z fotihalarig‘a musharraf qildilar” (Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 13-tom. Toshkent, “Fan”, 1997. 31-bet).
Bu tasodifiy uchrashuv chog‘ida muarrix olim hirotlik bolakayning ziyrakligi, o‘tkir zehni, kuchli aql-u farosatiga qoyil qoladi. Alisher nuroniy zotga Qur’onning “Taborak” surasigacha o‘qiganini aytadi. “Taborak” – “Mulk” surasining ikkinchi nomi. Bilasizki, Kalomulloh jami o‘ttiz juz, ya’ni poradan iborat. “Taborak” surasi bilan esa yigirma to‘qqizinchi juz boshlanadi. Demak, Alisher olti yoshida o‘ttiz pora Qur’onning yigirma sakkiz porasini o‘qib tushirgan edi.
“Lison ut-tayr” dostonida yozilishicha, maktabda o‘qib yurgan kezlari muallim bolalarning har qaysisiga badiiy kitoblardan birini o‘qishni buyuradi. Kimdir Sa’diy Sheroziyning “Guliston”ini, boshqa birov uning “Bo‘ston”ini tanlaydi. Yosh Alisher esa Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr”ini o‘qishga tushadi. U doston mutolaasiga shu qadar berilib ketadiki, ota-onasi bundan qattiq xavotirlanadi. Oxiri ular bolaning qo‘lidan kitobni olib, yashirishadi. “Foydasi yo‘q edi, – deb yozadi Navoiy, – chunki men uni to‘liq yodlab olgan edim”.
Xo‘sh, sabiylik chog‘idanoq shakllangan bunday yuksak darajadagi kitobxonlik qanday samara berdi?
Ko‘p she’rni yod bilish har qanday shoir uchun juda-juda asqatadi. U satrlar tizishga, qofiyalar topishga qiynalmaydigan bo‘ladi. Salohiyati yuksaladi. Hozirgi til bilan aytganda, she’r bitishda avtomatlashish jarayoni yuz beradi. “Agar bir so‘zni bir bor qo‘llab, unga bir necha ma’no yuklashga asoslangan iyhom san’ati bilan yozish talab qilinganida ham, kuniga yuz baytni osongina holva yegandek bita olaman”, deb yozadi Navoiy keyinchalik:
Agar xossa ma’ni gar iyhom erur,
Aning kunda yuz bayti halvom erur.
Navoiy “Mantiq ut-tayr” dostonini to‘liq yodlab olganida necha yoshda bo‘lgani haqida manbalarda ma’lumot yo‘q. “Lison ut-tayr”da uning o‘zi maktabda o‘qib yurgan kezlari (“tufuliyat chog‘i maktab aro”) yodlaganini aytadi, xolos. Mutaxassislar, harholda, bu mahalda o‘n yoshlarda bo‘lganini taxmin qilishadi. Lekin navoiyshunoslikdan uzoq mualliflarga oson chog‘i, qo‘rqmasdan-netmasdan “Navoiy hazratlari yetti yosh(lar)ida Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini yoddan bilganlar”, deb yozaverishadi (Sattorov Sh. Mir Alisher Navoiy haqida 15 ma’lumot, 10 hikmat va bir rivoyat. “Janob”, 2017-yil 1-son, 6-bet).
Bu borada bir kishigina xato qilsa hech gap emas. Lekin boshqa bir yerda ham “Alisher yetti yoshida “Mantiq ut-tayr”ni yod olgan”i aytiladi (“Jomboy tongi”, 2015-yil 7-fevral).
Navoiyga munosabatda bunday taxminlarga o‘rin bermaslik kerak. Yoshini kichraytirib ko‘rsatish bilan shoirning obro‘yi ortib qolmaydi ham.
Kitobxonlik – yosh tanlamas
“Beshikdan qabrgacha ilm o‘rgan”, degan mashhur hadisi sharif bor. Navoiy ham bunga qat’iy amal qilgan zotlardan biri.
G‘iyosiddin Xondamir “Xulosat ul-axbor fi bayoni avval il-axiyr” asarida keltirgan bir ma’lumot Atoulloh Husayniyning olimlikda naqadar yuksak qadr topganidan dalolat beradi: “Sabot va matonat bilan ilmda shunday oliy darajaga yetdiki, 902 (milodiy 1496/97 – S.O.)-yili bir necha oy davomida amirning (Navoiy – S.O.) dargohidagi oliyjanob majlislarda dars o‘qidi, ul hazratning o‘zlari ham qo‘llarida qog‘oz va qalam bilan mavlono muallimning shogirdlari qatoridan o‘rin oldilar”.
Qarang, Navoiydek buyuk qalam sohibi ayni kamolotga yetgan davri – ellik olti yoshida qo‘lida qog‘oz-u qalam bilan bir necha oy Atoulloh Husayniy qoshida adabiyotshunoslikdan dars tinglabdi! Bu nafaqat Sharq, balki jahon adabiyoti va adabiyotshunosligi tarixida ham noyob hodisa bo‘lsa ajab emas. Holbuki, shungacha Navoiy adabiyotshunoslikka oid “Majolis un-nafois” tazkirasini (1491-yili) ham, aruz nazariyasiga oid “Mezon ul-avzon” risolasini (1493/94-yili) ham yozib bitirgan edi.
Filologiya fanlari doktori Rahim Musulmonqulov Navoiy shu darslarni tinglagandan keyingi yillarda “Majolis un-nafois”ni qayta tahrir qilgani (1498/99), “Muhokamat ul-lug‘atayn”ni yozgani (1499), “Xazoyin ul-maoniy” chorkitobi “Debocha”sini yangidan bitganini (1492/99) ta’kidlaydi.
Shukrki, bugun Navoiyning to‘liq asarlari nashriga egamiz. Shuning uchun shoirga turli sohalarda bevosita ta’lim bergan ustozlari aynan kimlar ekanini aniqlashtirish imkoni bor. Chunki ulug‘ bobokalonimiz hech bir ustozini unutmagan, ularning har biri haqida ma’lumot berib ketgan. Buni alohida qayd etayotganimizning sababi bor. Har bir ustoz shogirdiga kitob vositasida ta’lim bergan.
Navoiy Samarqandda Abullaysiydan ta’lim olgan. “Majolis un-nafois”da bu haqda uning o‘zi, jumladan, bunday deb yozadi: “Xoja Fazlulloh Abullaysiy – Samarqand akobiridindur. . Faqir ikki yil alarning qoshida sabaq o‘qub erdim, oncha (Nashrda “ancha” tarzida xato berilibdi, biz tuzatib yozdik. “Oncha” hozirgi tilimizda uchraydigan “shunchalik” so‘ziga to‘g‘ri keladi – S.O.) iltifotlari bor erdikim, “farzand” der erdilar” (Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 13-tom. Toshkent, “Fan”, 1997. 33-bet).
Navoiyning bevosita ustozlari masalasi – ilmimizda alohida o‘rganishga loyiq mavzu. Hozir “Xamsat ul-mutahayyirin” risolasiga suyangan holda birgina ustozi va piri Abdurahmon Jomiy huzurida Navoiyning shogird sifatida o‘qigan kitoblari ro‘yxatini tuzib chiqaylik: Jomiy qalamiga mansub “Qofiya”, “Muammo” (ikkinchi risolasi), “Aruz”, “Lavoeh”, “Lavome’”, “Sharhi ruboiyot”, “Ashi’a”, “Nafahot ul-uns min hazarot il-quds”, “Shavohid un-nubuvvat” asarlari; Xoja Muhammad Porsoning “Qudsiya”si, Faxriddin Iroqiyning “Lamaot”i, Xoja Ubaydulloh Ahror Valiyning “Volidiya”si, Xoja Abdulloh Ansoriyning “Ilohiynoma”si.
Bundan tashqari, Navoiy ustozining “Haft avrang”i dostonlarini muallif sifatida o‘qiganlarida quloq tutgani yoki “quloq tutquvchilar madadi uchun alar majlisida” o‘zi o‘qib berganini aytadi.
Demak, kitob o‘qish bilan kitob o‘qishning ham farqi bor ekan. Xususan, ustoz hamkorligida kitob o‘qish an’anasi amalda qanday buyuk hosilalar berganini birgina Hazrat misolida ham ko‘rish mumkin.
Navoiyga o‘z asarlari orqali ustozlik qilganlar yana qancha. Masalan, “Xamsa”ni yozish uchun u o‘zidan oldin yaratilgan Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf, Xoju, Abdurahmon Jomiy “Xamsa”larini izchil o‘rgangan. Ular orasidan har bir asari uchun namuna tanlab, o‘shalarga javob bitgan. O‘zining ta’kidlab o‘tishicha, “Hayrat ulabror” Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul-asror”i, “Farhod va Shirin” Xusrav Dehlaviyning “Shirin va Xusrav”i, “Layli va Majnun” Xojuning “Gavharnoma”si, “Sab’ai sayyor” Ashrafning “Haft paykar”i va “Saddi Iskandariy” Abdurahmon Jomiyning “Xiradnomayi Iskandariy”iga nazira tarzida bitilgan. Umrining oxirlarida yaratilgan “Lison ut-tayr” dostoni esa Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr”iga “tarjuma rasmi bila” javob edi.
G‘azal bobida esa Navoiy Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiyni ustozlari sifatida sanaydi (Is’hoqov Yo. Alisher Navoiyning ilk lirikasi. Toshkent, “Fan”, 1965. 13-bet).
Mutafakkir bobomiz kitob yozgan zotlarni juda-juda ulug‘laydi. Bu “Majolis unnafois” va “Nasoyim ul-muhabbat. ” asarlarida, “Xamsa” dostonlari hamda “Lison ut-tayr”da o‘zidan oldingi salaflari ta’rif-tavsifida yorqin namoyon bo‘lgan.
Dunyoni lashkar emas, kitob zabt etadi
“Farhod va Shirin”dagi faxriyasida shoir qaysi mamlakatga bir farmon yuborgan bo‘lsa, uni zabt etish uchun bir devon jo‘natganini bitadi:
Ne mulk ichraki bir farmon yibordim,
Aning zabtig‘a bir devon yibordim.
Navoiyning devonlari mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda ulkan vazifa bajargan. E’tiborlisi, bu jarayon shoir vafotidan keyin ham davom etib kelayotir. Hozirgi paytda ham uning asarlari qaysi tilga tarjima qilinsa, bu amalda o‘sha mamlakat bilan adabiy-madaniy hamkorliklarimiz ravnaq topayotganidan dalolat beradi.
Navoiy Hirot ilmiy-ijodiy muhitining haqiqiy rahnamosi edi. Kitob yozib, uni Navoiyga bag‘ishlash Xuroson mamlakatida o‘ziga xos bir musobaqa va an’anaga aylangan edi.
Bu buyuk zot talay mualliflarni muayyan mavzularda kitoblar yozishga da’vat etgan. O‘z-o‘zidan, bu mualliflar ham bitgan yangi asarini Hazratga bag‘ishlagan.
G‘iyosiddin Xondamir “Makorim ul-axloq” asarida erinmasdan Navoiyga bag‘ishlangan kitoblar ro‘yxatini keltiradi. Jami – 21 asar. Ular orasida Husayn Voiz Koshifiyning “Tafsiri forsiy” (“Qur’onning forsiy tafsiri”), Imom Navvaviyning “Sharhi “Arba’in” (“Qirq hadis” sharhi”), Mavlono Abdurrazzoq Kirmoniyning “Risolaye dar ilmi farosat” (“Farosat ilmi to‘g‘risida bir risola”), Mavlono Nizomiddin Ahmad Pir Shamsning “Tarjimai arabiyoti “Nafahot. ” (Jomiyning “Nafahot ul-uns min hazarot il-quds” tazkirasi arabcha qismining tarjimasi) kabi mashhur va e’tiborli kitoblar bor (G‘iyosiddin Xondamir. Makorim ul-axloq. Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015. 35-36-betlar). Navoiyga bag‘ishlangan kitoblar ro‘yxati shu bilangina tugamaydi. Xondamir bu sanoqni yana davom ettiradi (o‘sha asar, 51-52-betlar).
Navoiy ko‘plab asarlarning yozilishiga sababchi, tashkilotchi, tashabbuskor va homiy ham bo‘lgan. Bu yerda birgina misol keltiramiz. Navoiy piri va ustozi Abdurahmon Jomiyni avliyolar haqida tazkira yozishga da’vat etadi. 1471/72-yili tugallangan “Nafahot. ” tazkirasi shu tariqa dunyoga kelgan. Oradan 24 yil o‘tib – 1495/96-yili Navoiy mazkur tazkirani ayrim qisqartirish va qo‘shimchalar bilan turkiyga tarjima qildi. Bu asarga “Nasoyim ul-muhabbat va min shamoyim ul-futuvvat” (“Ulug‘lik xushbo‘yliklarini taratuvchi muhabbat shabbodalari”) deb nom berdi. So‘fiylar haqidagi bu turkiy tazkira islomning boshlanishidan to XV asr ikkinchi yarmigacha o‘tgan talay shayx va avliyolar haqida ma’lumot beruvchi boy manba hisoblanadi.
Buyuk kitobxon
Navoiy hayotining so‘nggi 15 yili nihoyatda qizg‘in ijod davri bo‘ldi. Merosining kattagina qismini aynan shu 45 yoshdan keyin yaratdi.
Navoiyning asarlari yaratilishi ketma-ketligiga nazar tashlasak, u shoshilib, ulgurib qolishga intilib, juda qattiq ishlagani ma’lum bo‘ladi. “Lison ut-tayr”da muallifning “Yosh oltmishga to‘lmoqda, niyat qilganim shu dostonni hozir yozmasam, bitilmay qolib ketadimi, deb qo‘rqaman”, degan mazmundagi fikri ham bor.
Shoir sevimli qahramonlarining bolalik davrini tasvirlar ekan, ularning ilm-u ma’rifatga, demakki, kitobga muhabbatini ayricha mehr bilan qalamga oladi. Ko‘ngildan kechadiki, muallif ular bahonasida o‘z bolaligini tasvirlagandek bo‘ladi.
Farhod ham ilmparvar yigit edi. O‘n yoshga yetganida u o‘rganmagan ilm qolmagan edi. Bu borada Shirin ham Farhoddan aslo qolishmaydi. Saroyda uning o‘n dugonasi bor edi. Har biri bir fan sohasida kamolotga yetgan qizlar edi.
“Farhod va Shirin”da shahzoda Abulfavoris Shohg‘arib Bahodirga nasihat bobi keladi. Unda shoir Iskandarning aynan ilm-u hunar egallagani uchun ham quruqlik va dengizga ega chiqqanini bitadi-da, keyin shoh va olim Mirzo Ulug‘bek ta’rifiga o‘tadi.
Temurxon naslidin sulton Ulug‘bek,
Ki olam ko‘rmadi sulton aningdek, –
deb boshlanadigan olti baytli parchada ulug‘ shoir Mirzo Ulug‘bekni Husayn Boyqaroning o‘g‘li – Abulfavoris Shohg‘arib Bahodirga namuna qilib keltiradi. Ne-ne zamondoshlari o‘tib ketgani, ularni hech kim yodga olmayotganini qayd etib, lekin bu olimning ilmga intilgani, ko‘zi oldida osmon past bo‘lganini esga soladi. Uning jahon ichra yana bir osmon bo‘lgan rasadxonasi olamning ziynati hisoblanishi, osmon ilmini o‘rganib, “Ziji Ko‘ragoniy” deb atalgan kitob yozgani, qiyomatga qadar olimlar uning hukmlaridan foydalanib, xulosa bitishini ta’kidlaydi.
Bu satrlarda mutafakkirning kitobni naqadar ulug‘lagani, shahzodani ham shunday ilmga da’vat etayotgani ko‘rinib turibdi.
Bunday buyuk kitoblarni yozish uchun, avvalo, buyuk kitobxon bo‘lish kerak edi.
Shoir o‘zidan oldingi turkiy, forsiy va arabiy she’riyatning barcha daholari asarlarini suv qilib ichganiga hech kimda shubha bo‘lmasa kerak. Biroq bobokalonimiz zamonasi qalamkashlari asarlaridan ham to‘liq xabardor bo‘lgan. Axir, “Majolis un-nafois”dagi sakkiz majlisda ijodlari qisqa-qisqa tahlil etilgan shoirlarni eslang. Muallif Husayn Boyqaro tavallud topgan 1438-yildan to asar tugallangan 1498-yilga qadar o‘tgan turkiyzabon va forsiyzabon qalam ahli haqida (459 shoir!) erinmay ma’lumot berib o‘tadi. Buncha ma’lumotni yig‘ish, tartibga solish, mualliflarning eng go‘zal baytlarini tanlash, ularning har biriga xos munosabat bildirish uchun naqadar buyuk kitobxon bo‘lish kerak edi.
Navoiyning o‘zigagina xos mutolaa usuli bo‘lgani aniq. Shulardan biri yodlash qobiliyati edi. Ikkinchisi – material yig‘ish mahorati. Shoir o‘qiganlari asosida ijodiy niyatiga mos ravishda ko‘p material yig‘ib borgan. Uchinchisi – saralash salohiyati. Shoir o‘qigan va yiqqan materiallarini jiddiy saralagan. Kitobxonligining sanaganimiz keyingi ikki xususiyati haqida “Majolis un-nafois” muqaddimasida bunday deb yozadi: “Jam’ qililg‘ay va har qaysining natoyiji tab’idin biror nima nishona yo‘sunluq yozilg‘ay”. Bu yerda gap shoirlar haqidagi ma’lumotlarni bir yerga to‘plash va ular ijodidan namunalarni misol tariqasida keltirish xususida borayotir.
Navoiyni bugungi ko‘z bilan o‘qiylik
Navoiy bilan bizni, eh-he, qancha-qancha zamonlar-u necha-necha makonlar ajratib turadi. Bu zot asarlaridagi asl ma’noni tushunish uchun o‘sha zamon va o‘sha makonga “qaytish” kerak. Aks holda, qattiq adashamiz.
Navoiyga hozirgi zamon qoliplari bilan yondashib, undan g‘oya qidirish – mutlaqo xato usul. Sho‘ro davrida shunday qilindi. Masalan, sobiq Ittifoq federativ davlat, kuchli bir imperiya edi. Shu bois, xo‘jako‘rsinga bo‘lsa ham, xalqlar do‘stligi g‘oyasini o‘lib-tirilib targ‘ib etdi. Amalda millatlararo tenglik ta’minlanmagan, dilda tamoman boshqa maqsad-muddaolar yotgan bo‘lsa ham, tilda millatlar o‘rtasidagi do‘stlik tarannum qilinaverdi.
“Farhod va Shirin”ga ham shu qolip bilan yondashildi: “Ana, xalqlar do‘stligi-yu mana, xalqlar do‘stligi! Bundagi geografik kenglikni qarang! Farhod – xitoylik, uning sevgilisi bo‘lmish Shirin – armaniyalik, uning qadrdon do‘sti Shopur – eronlik!” deb bong urildi.
Hozirgacha ham bu doston haqidagi ommaning sodda tasavvurlari shunga o‘xshash soxta qarashlardan nariga o‘tmay kelayotir. Dostonning ruscha, tojikcha va ozarboyjoncha tarjimalari asosida dissertatsiya yoqlagan mutaxassis sifatida ishonch-la aytamanki, dostonda bunday talqindagi xalqlar do‘stligi g‘oyasi yo‘q. Farhodning xitoylik, Shirinning armaniyalik va Shopurning eronlik bo‘lishi asarda tamoman boshqa g‘oyaviy-badiiy maqsadlar uchun xizmat qilgan. Bu borada batafsil tushuntirish berish uchun alohida tadqiqot kerak.
Sho‘ro davrida O‘zbekistonimizda qo‘riq yerlarni o‘zlashtirib, u yerlarga Amudaryo va Sirdaryo suvini olib borish bosh masalalardan biriga aylandi. U qildik, bu qildik, ishqilib, Orolni o‘z qo‘limiz bilan quritdik. O‘sha kezlarda “Farhod va Shirin” juda-juda asqatdi o‘ziyam! Chunki dostonda Farhodning kanal qazib, suv keltirishi tasviri bor edi-da. Urush yillari katta hashar bilan ishga tushirilgan GESning nomini ham “Farhod” deb qo‘ydik.
Dostonda Farhod cho‘lga suv chiqargani yo‘q. Qaytanga, bir kishining orzu-havasi uchun xalq azob-uqubat chekdi. Gap shundaki, Armaniya hukmdorining erkatoy jiyanchasi bo‘lmish Shirin tog‘ning tepasida o‘ziga qasr qurdirmoqchi bo‘ldi. Qasr tiklansa-yu, suv bo‘lmasa, uning qasrligi qayerga borar edi?! Erkatoyning maylicha, shu imorat atrofidan suv aylanishi kerak. Suv esa uzoqda. Tog‘ning nari yog‘ida bir buloq bor. Uni odamlar “Ayn ul-hayot”, ya’ni “Hayot bulog‘i” deb atashadi. Qasrgacha orada o‘n yig‘och masofa bor.
Uch yildirki, ikki yuz usta tog‘da ariq qazidi. Har tesha urganda no‘xatday-no‘xatday tosh uchadi, xolos. Inson zoti bunday azobni ko‘rgan emas edi. Uch yilda bor-yo‘g‘i ikki-uch yuz qadam qazildi. Sinmagan tesha-yu metin qolmadi. Ustalar bu ishning og‘irligidan qon yig‘ladi, lekin ishboshilar zug‘umini qo‘ymadi. Azob-uqubat shu darajaga yetgan ediki, ustalar dardlarini Farhodga to‘kib soldi. Ammo Mehinbonu-yu Shirin ularning uzrini qabul qilmadi. Farhodning ularga rahmi keldi. Ana o‘shanda Farhod mashhurdan-mashhur:
Hunarni asrabon netkumdur oxir,
Olib tufroqqamu ketgumdur oxir , –
degan so‘zlarini aytdi-da, ishga kirishib ketdi. Qorandan o‘rgangan hunarlarini qo‘llab, har o‘n-o‘n besh teshadan bir katta tesha, har o‘n-o‘n besh metindan bir katta metin va boshqa asboblar yasab, tog‘ qazishga kirishdi. Bir kunda bir o‘zi ikki yuz usta uch yilda qazganchalik ariq qazdi. Ana shu shov-shuvli xabar saroyga yetib, Mehinbonu bilan Shirinning o‘zi Farhodni ko‘rgani keldi.
Bu yerda Navoiyning uchta maqsadi bor. Birinchisi – Farhodning elga rahmi kelgani, uning koriga yaragani, hunarini ishga solib, ezgu ish qilgani. Ikkinchisi – yaxshilikka yaxshilik qaytgani. Ya’ni elga qayishgan edi, buning savobi yetib, yorini topdi – Shirinning o‘zi uni ko‘rgani keldi. Uchinchisi – Shirin ham Farhodni sevib qolishi uchun, adabiyotdagi an’anaga ko‘ra, yigit biron bir “karomat” ko‘rsatib, qizning diqqatini jalb etishi lozim edi.
Alhosil, Farhod tog‘da ariq qazib, suvni Shirin qasri tomon oqizdi. Lekin bu yerda hech ham suv chiqarib, qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish maqsadi yo‘q.
Navoiy – boshqa zamon kishisi, axir u XV asrda yashagan. U davr tushuncha-tasavvurlari har jihatdan bugungi tushuncha-tasavvurlarga to‘g‘ri keladi, deb o‘ylash o‘ta soddalik bo‘lur edi. Demak, mutafakkirning ayrim hayotiy qarashlari, nuqtayi nazarlari bugungi tartib-qoidalar, hozirgi zamon kishilari ong-tafakkuriga, yashash tarziga to‘la mos tushmasligi mumkin va bu tabiiy. Shunday ekan, endi yana bir jihatga aniqlik kiritib olaylik. Mutafakkir bobomizning ayrim qarash, xulosa va talqinlari bugungi davrga mos kelmasa, marhamat, tadqiqotchi bunga munosabatini bildirishi, aynan ana shu mos kelmaslik sabablarini bayon etishi mumkin. Biroq bu uni teskari tushunishdan tamoman farq qiladi.
Uzoqqa bormay, “Mahbub ul-qulub”dan bir misol keltiraylik. Asardagi 27-fasl “Shaharda olib sotquvchilar zikrida” deb nomlanadi. Muallif ularni qattiq qoralaydi. Bu tanqid sho‘ro davri siyosatiga ham “labbay” deb javob bergan edi. Xo‘sh, hozir-chi?
Albatta, olibsotarlarning aldoqchiligi, katonni bo‘z, sholni to‘rqa, bo‘ryoni zarbaft puliga sotishi, insofsizligini qoralash hozir ham ahamiyatli. Biroq mana bu fikr hozirgi kunga to‘g‘ri kelmaydi: “Elga ziyon aning sudi (ya’ni foydasi), o‘ng‘oy (ya’ni arzon) olib, og‘ir (ya’ni qimmat) sotmoq aning maqsudi”. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida katta bozorlardan ko‘tara savdo yo‘li bilan arzonroq olib, aholi yashaydigan hududlarda nisbatan qimmat narxda sotish orqali tadbirkorlik qilish bugungi qonunlarimizga hech ham zid emas. Bunday ish bilan shug‘ullanayotgan kishining foydasi aynan ana shu narxlar o‘rtasidagi farqdan kelib chiqadi. Kimdir Qo‘yliq ko‘tara bozoridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib, Sergeli ko‘pqavatli uylari orasidagi do‘konida sotadi, deylik. Albatta, ustiga narx qo‘yadi. Lekin bir qadamgina, shundoqqina uyingiz yonida sotilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, sal qimmatiga bo‘lsa ham, og‘rinmay xarid qilasiz. Qimmatligiga roziligingiz shundaki, bu olibsotar yo‘lingizni yaqin qildi, yo‘lkira sarflamadingiz, vaqtingiz tejaldi. Bu ham tadbirkorlik. Buning jamiyatga foydasi bor.
Demak, Navoiyni bugungi kun nigohi bilan o‘qish darkor.
Eng asosiy masalaga endi yetib keldik, chamamda. Bugun har birimiz Navoiyni o‘qishimiz kerak. Bu nomigagina aytilayotgan nasihat yoki balandparvoz bir shior emas. Biroq Navoiyni o‘qish oson ish emasligini ham hammamiz yaxshi bilamiz. Navoiyni o‘qish boshqa mualliflarni o‘qishdan keskin farq qiladi. Negaki, bu kitobxondan jiddiy tayyorgarlik talab etadi.
Navoiyni o‘qishga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘p imkoniyatlar mavjud. Buyuk mutafakkir hayoti va ijodi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladi. Shoirning ko‘plab she’rlari qo‘shiqlar orqali ham kitobxon ong-shuuriga yetib boryapti. Qolaversa, o‘zbek navoiyshunosligi o‘tgan bir asr mobaynida katta yutuqlarga erishdi. Lug‘atlar tuzildi. Xususan, to‘rt jildli “Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati” bor. Yaqinda ikki jildli “Alisher Navoiy” ensiklopedik lug‘ati chop etildi. Dostonlari nasriy bayon qilindi. Lirik asarlarining sharhlari yuzaga keldi. Qancha-qancha tadqiqotlar yaratildi. Shoir asarlari ta’sirida adabiyotimiz va san’atimizda qanchadan-qancha yangi ijod namunalari paydo bo‘ldi. Ya’ni bugun shoirni anglash uchun ko‘pdan-ko‘p qo‘shimcha ilmiy-ma’rifiy manba va materiallarga egamiz. Navoiy asarlari mavzulari bo‘yicha multfilmlar ishlash ham jadallashib qoldi. Internetda shoirning asarlari matnini topish mumkin va hokazo. Ayrimlar hatto asarlarining ruscha tarjimasini ham o‘qiyapti. Chunki bu asarlar hozirgi rus tiliga o‘girilgan-da. Ularni asliyatga qiyoslab mutolaa qilayotganlar ham topiladi. Mayli-da, ixtiyori.
Bularning bari, yalpi olganda, kitobxonni Navoiyga yaqinlashtirishga hissa qo‘shadi. Lekin bundan buyon bobokalonimiz asarlarini shunchaki o‘qishdan unda ilgari surilgan g‘oya va talqinlar, badiiy go‘zallik va donishmandlikni obdon uqishga o‘tishimiz kerak. Navoiyni sidqidildan o‘qiyman, degan har bir kitobxon o‘zini shunga chog‘lashi, bu ishga astoydil kirishmog‘i lozim. Hammasi niyatga bog‘liq. Shoir asarlari xolis niyatli kitobxonga yuz ochadi. Bunga chin dildan ishonish kerak.
Bu gaplarning hammasi yaxshi. Lekin, ochig‘i, oddiy o‘quvchilarni qo‘yaturaylik, bugungi aksar ziyolilarimiz ham Navoiyni o‘qimaganini barchamiz bilamiz. Ko‘pchiligimizning Hazratning hayoti va faoliyati, uning asarlari haqidagi tasavvurlarimiz maktabda o‘qiganlarimizdan nariga o‘tmaydi. Kimki bu so‘zlarimizga ishonmasa, xohlasa, o‘zi bir eksperiment o‘tkazsin. Stoliga oq qog‘ozni qo‘ysin-da, Navoiy haqida bori bilganlarini yozib chiqsin, qani, necha varaq to‘lar ekan.
Nima qilmoq kerak?
Kasb taqozosiga ko‘ra, malaka oshirayotgan maktab muallimlariga dars beraman. Ba’zan bir tajriba o‘tkazaman. “Xamsa”ni tinglovchilardan birining qo‘liga tutqazaman-da, istalgan bir varag‘ini ochib, to‘rt-besh baytni o‘qib berishini iltimos qilaman. Keyin ma’nosini so‘rayman. Bir qism tushuniladi, albatta. Chalasini eshitib o‘tirgan tinglovchilardan ayrimlari to‘ldiradi ham. Keyin boshqa bir tinglovchi o‘qiydi. Shu tariqa o‘qish saviyasi ham, tushuntirish darajasi ham oz-ozdan ko‘tarila boradi. Dars oxiriga kelib, xayolimda hamma navoiyxon bo‘lib qolayozadi. O‘qiyotganlar notanish so‘zlar ma’nosini ham, matn umumiy mantig‘idan kelib chiqib, anglay boshlayotganday tuyuladi hatto.
Iste’dodli rejissyor Avliyoquli Xojaquli bilan hamkorlikda, asosan, “Lison ut-tayr”, qisman, “Mantiq ut-tayr” dostonlari asosida “Qush tili” spektakli ssenariysini tayyorladik. Navoiy va Attor satrlarini o‘zgartirmasdan qo‘lladik. Asar sahnaga qo‘yilganida Milliy teatrni to‘ldirgan tomoshabinlar shu qadar ta’sirlandiki, ayrimlar hatto yig‘lab yubordi. Albatta, asar mazmun-mohiyatini tushunishda teatr san’atining xizmati katta, rejissyorning mahorati, aktyorlarning mohirona ijrosi ham bunga yordam berdi. Biroq so‘z so‘zligini qildi – Navoiyning fikri, maqsad-muddaosi uning o‘z so‘zlari orqali yetkazildi.
Demak, Navoiyning kitobini oching – u o‘qiyvering. Maqolda aytilganidek, ish ishtaha ochadi – o‘qiganingiz sari o‘qigingiz kelaveradi. Keyin o‘zingiz lug‘at, sharh, tahlil. qidira boshlaysiz.
Shuni unutmaylikki, Navoiyni o‘qish biz ko‘nikkan oddiy kitoblarni o‘qishdan keskin farq qiladi. Ulug‘ shoir asarlarini o‘qish mehnat, zahmat talab etadi. Maqola avvalida eslaganimiz Rasul Hamzatov “Mening Dog‘istonim”da “Kitob o‘qish – yozuvchi uchun ish bilan baravar”, deydi. Navoiyni ham yozuvchiday mas’uliyat bilan o‘qishga to‘g‘ri keladi. Amin bo‘ling, tilimizda biron bir kitobni mutolaa qilib, Navoiydan olganchalik bahra topmaysiz. Barcha rohat esa ana shu mashaqqatli mehnatning ortidan keladi.
Navoiyni o‘qigan odam, shubhasiz, insoniylikni anglay boshlaydi, o‘zini ma’naviy yuksakliklarda his qiladi.
Sultonmurod OLIM
“Tafakkur” jurnali, 2017-yil 2-son,
“Navoiy qanday mutolaa qilgan?” maqolasi
Kitob haqida qoshiq
«O’qish – o’sish demakdir»
Loyihalar:
Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
Kitob izlash: @ilmbot
Sovrinli tanlov: @kitobxonlar_ligasi
Kitob muhokamasi: t.me/e_kutubxona/5656
Mualliflik huquqingiz buzilsa murojaat qiling.
About
Blog
Apps
Platform
Elektron kitobxona
17.2K subscribers
«Ayol kishining nimaligini xudoning oʻzi biladi, men ularni miridan-sirigacha oʻrganganman! Lekin qilgan gunohing uchun undan bo’yningni egib kechirim so’rab koʻr-chi, «oldingizda aybdorman, kechiring, boshqa qilmayman», deb bor-chi, ana undan keyin bilasan nima bo’larkin, boshingga ta’nadashnomlar do‘lday yogʻiladi! O’la qolsa boʻldi, kechirdim demaydi, seni lattaday ezadi, tahqirlaydi, aslida bo’lmagan narsalarni bo’ldi deb yuzingga soladi, hech narsani unutmaydi, yana oʻzidan ancha narsalarni ham yoniga qo’shadi, ana undan so’ng, balki, kechirganday boʻlar. Yana buni ularning eng yaxshisi qiladi! Hamma narsalarni qirib-qirtishlab boshingdan ag’daradi – ular hammasi shunaqa, teringni shilib oladi, bu farishtalarning hammasi bitta qolmay xuddi mana shunaqa. Ammo ularsiz biz bechoralarga kun yo’q! Azizim, senga ochig’ini aytay, har qanday o’zini tanigan-bilgan, risoladagi odam, kim boʻlmasin, qandaydir bir ayolning tovoni ostida yashashi kerak. Mening e’tiqodim shu; e’tiqod emas, hissiyot. Erkak keng bagʻirli olijanob boʻlmogʻi darkor, bu erkakni aslo pastga urmaydi. Jasur qahramonni ham yerga urmaydi, Sezarni ham pastga urmaydi! Shunday bo’lsa ham, baribir, kechirim so’rama, hech qachon, hech qanday holda soʻrama. Bu qoida esingda tursin, buni senga akang Mitya aytyapti, u xotinlar tufayli halokatga giriftor bo’ldi».
– Fyodor Dostoyevskiy. “Aka-uka Karamazovlar” romanidan
Yangi loyiha
Sahifamizda o‘zbek tilida yangi nashr etilgan kitoblar haqida kichik ma’lumotlar berib borishni reja qilyapmiz. Davomli va xayrli qilsin.
Beriluvchi (tavsiyamonand) kitoblar shaxsiy qarash va izlanishlar natijasi o‘laroq taqdim etiladi.
@e_kutubxona
• Kitob nomi: «G’oyam»
• Muallif: Najmiddin Erbaqon
• Tarjimon: Oybek Xaydarov
• Nashriyot: Azon kitoblari
• Til: O’zbekcha
• Yozuv: Kirillcha
• Betlar soni: 312
• Muqovasi: Yumshoq
• Chop etilgan yili: 2022
Ushbu kitob Turkiyaning davlat va jamoat arbobi, sobiq Bosh vaziri, bir nechta partiyalarning taʼsischisi va rahbari bo‘lgan Najmiddin Erbaqon qalamiga mansub memuar asardir.
Narxi qancha?
• Azon kitoblari: 34 ming so’m
• iBooK: 40 ming so’m
• Asaxiy Books: 45 ming so‘m
Kitob do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.
7.2K views edited 06:00
Islom feminizmi
Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon”da 17 yoshli Ra’noning savodi haqida shunday yozadi:
“Ra’no Nigor oyimning to‘ng‘uchi, bu yil o‘n yetti yoshni to‘lduradir. Savodni otasidan o‘qub, o‘n to‘rt yoshida ibtidoiy maktab pro‘g‘ramida bo‘lg‘an barcha darslarni bitirgan, masalan: diniy qismdan – “Haftiyak”, “Qur’on”, “Chahor kitob”, “So‘fi Olloyor”, “Maslaki muttaqin”, adabiyotdan – Navoiyning barcha asarlari, devoni Fuzuliy ma’a Layli Majnun; Amiriy, Fazliy va shulardek chig‘atoy-o‘zbek katta shoirlarining asarlari; forsiydan – Xoja Hofiz Sheroziy va Mirzo Bedil, xusni xat, insho va boshqalar.
Bu kunlarda bo‘lsa bir tomondan qizlarg‘a saboq berib onasig‘a ko‘maklashsa, ikkinchi tarafdan otasida kofiya (arab nahv va sarfi) hamda Shayxi Sa’diyning “Guliston”idan dars oladir va shuning qatorida o‘zi yaxshi ko‘rgan chig‘atoy-o‘zbek shoirlarining badi’a asarlaridan alohida bir majmu’a tuzib yuriydir.”
P.S.: Ba’zilar O‘rislar kelib ayol-qizlarimiz ilm oladigan bo‘ldi deyishar edi. 17 yoshli Ra’noning ilmi Zulfiya mukofotini olganlar uyoqda tursin, Zulfiyaning o‘zida ham bo‘lmagan bo‘lsa kerak.
«Vatan qachon xarob bo‘ladi?
– Qachonki johil qahvaxonada o‘tirganini, universitet talabasi esa unga qahva keltirayotganiga shohid bo‘lsang, shunda xarob bo‘ladi.»
– Mubashshir Ahmad. «Olim, odam va olam» kitobidan
BIR ZAMONLAR g‘alati va miqti gavdali bir yigit yashagan ekan. U hayotda eng muhimi deb quyidagi uchta narsani bilardi:
1. Sochini hamma qaratgan tomonga emas, balki boshqa tomonga qaratib taraydi.
2. Kichkina, g‘alati mo‘ylov qo‘yadi.
3. Bir kun kelib dunyoni boshqaradi.
O‘sha yigit uzoq vaqt davomida tentirab yurib, dunyoni qanday qilib egallashi mumkinligi haqida o‘ylagan, rejalar tuzgan va kunlardan bir kuni nogahon eng mukammal reja miyasiga kelgan. U bolasi bilan yetaklashib ketayotgan onani ko‘rib qolgan. Ona o‘g’liga tinmay tanbeh beraverganidan bola yig‘lay boshlagan. Bir necha daqiqadan so‘ng ona farzandi bilan juda yumshoq ohangda gaplashgan va bola bir zumda tinchlanib, hatto tabassum qilgan. Yigit o‘sha onaning oldiga yugurib kelib, uni quchoqlagan va:
— So‘zlar! deya jilmaygan.
— Nima?
Ayolning savoli javobsiz qoldi. Yigit allaqachon ketib qolgan edi.
Ha, Fyurer dunyoni so‘zning kuch-qudrati bilan zabt etishga qaror qildi.
— Qurolga umumun ishim tushmaydi, chunki buning hojati yo‘q, — dedi u.
Ammo u anoyilardan emasdi. Uni umuman ahmoq odam deb bo‘lmas edi. Uning ilk hujum rejasi iloji boricha Vatanining hamma joyida so‘z ekib o‘stirishdan iborat edi. U har bir so‘zini kecha-yu kunduz parvarish qildi, ayamay ozuqa berdi. U butun Germaniya bo‘ylab so‘zlarning bepoyon o‘rmonlari paydo bo‘lishini kuzatib turdi. Xalq qolipga solingan fikr egalaridan tarkib topa bordi.
SO’ZLAR O‘SIB DARAXTGA AYLANGACH, bizning yosh fyurerimiz nishonlar o‘sib chiqishi uchun boshqa urug’larni sepdi va ular ham asta kurtak yoyishdi. Nihoyat fursat yetib kelgach, fyurer ishga kirishdi.
U odamlarni o‘zining ulug’vor bag‘riga yuragiga chorladi. O‘z qo‘llari bilan o‘rmonlardan uzib olgan eng go‘zal, eng qabih so‘zlari bilan boshqalarni o‘ziga qahrabodek torta boshladi. Ular kelishdi.
Ularning barchasi konveyerga o‘tkazildi va yugurik mashina orqali o‘n daqiqa ichida butun umrga arzigulik narsalar ko’rsatib chiqildi.
Og‘izlariga so‘zlar quyildi. Vaqt tushunchasi yo‘qolib qoldi. odamlar o‘zlari bilishlari kerak bo‘lgan hamma narsani bilib oldilar. Ular gipnozga tushib qolishdi.
Keyingi bosqichda ularga tegishli nishonlar tarqatildi va hamma o‘zida yo‘q baxtiyor bo‘ldi.
Ko‘p o‘tmay, ulug‘vor qabih so‘zlar va nishonlarga talab shu qadar oshib ketdiki, o‘rmonlar kengayishi bilan katta miqdorda daraxtlarni parvarishlovchi qo‘shimcha kuch topish zaruriyati paydo bo‘ldi. Ba’zi birovlarning ishi daraxtlarga tirmashib chiqish va pastda turganlarga so‘zlarni uzib uloqtirishdan iborat edi. Ularning og‘ziga fyurerning odamlaridan qolgan-qutgan so‘zlar quyilar edi.
– Markus Zusak. “Kitob o‘g‘risi”
#Oy_tavsiyalari
Fevral oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari
• Diniy-ma’rifiy:
“Vasatiya – hayot yo‘li” (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
• Jahon adabiyoti:
“Farengeyt bo’yicha 451 daraja” (Rey Bredberi)
• O‘zbek adabiyoti:
“Yulduzli tunlar” (Pirimqul Qodirov)
• Biografik:
“Stiv Jobs” (Uolter Ayzekson)
• Shaxsiy rivojlanish:
“Liderlik qonunlari” (Teodor Ruzvelt)
• Mumtoz:
“Mantiq ut-tayr” (Fariduddin Attor)
• Tarix:
“Alvido, Vatan” (A’zam Hoshimiy)
• Ilmiy-ommabop:
“Oq nilufarlar yurtida” (Grigoriy Petrov)
14.2K views 12:25
”Kitobxonlar klubi”da navbatdagi №168 mutolaa uchun Oybekning “Navoiy” romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning “Eng yaxshi kitobxoni” deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 11-fevral, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
Ko‘p kuzatyapman, o‘zbeklar orasida ham “bla. bla. bla. ” deyish urf bo‘libdi.
Yana o‘risga taqlid! Yana o‘ylamay o‘rischa so‘zlarga sig‘inish! Yana o‘zbekchani kamsitish!
Kirmagani shu qoluvdi o‘zi! Muncha birovnikini yaxshi ko‘radigan millatmiz?!
Ichimizda “Meniki emassan sen! Tur yo‘qol! Menga o‘zimizniki yetadi!” degizdiradigan tuyg‘u yo‘qmi?! Qolmaganmi?! O‘lganmi?!
Do‘stlar! Aka-uka va opa-singillar!
Tilning ham o‘ziga yarasha mahramiyati bor. Til yetti yot begonalar ruxsat so‘ramay bostirib kirib ketaveradigan karvonsaroy emas! Har bir millat o‘z tilini xuddi qizini, opa-singlisini, xotini va onasini yomon ko‘zlardan, tajovuzlardan asragandek asrashi lozim!
Oldin ham ko‘p yozganman: TIL DAYUSI bo‘lib qolmaylik! Tilimizga rashkli, qizg‘anchiq bo‘laylik!
O‘zbek tilimizda ko‘plar qo‘llayotgan shu “bla. bla. bla. “ni aniq ifodalaydigan “valaqlash” degan juda chiroyli so‘z bor. “Valaqlayapti”, deng. “Valaqlama!” deng. “Valaqi-salaqi”, deng. Juda agar uch marta takrorlamoqchi bo‘lsangiz, “valaq. valaq. valaq. ” deng! Aytmang shu “bla. bla. bla. “ni!
Bo‘ladi-ku axir! O‘ris emassiz-ku axir! O‘zbeksiz-ku axir!
Oldin bilmagan yo unutgan bo‘lsangiz, endi bilib oldingiz. Iltimos, keling, bugundan boshlab shu o‘rischa “bla. “ni tilimizdan siqib chiqaraylik, kelgan yeriga haydaylik, o‘rniga o‘zimizning so‘zni tiklaylik! Yashataylik!
– Nurulloh Muhammad Raufxon
Har bir musulmon quyidagilarni bilishi kerak:
1) Liberalizm
2) Islomning fikriy/intellektual tarixi
3) Zamonaviy/modern davlat tushunchasi
4) Sekulyarizm
5) Feminizm
Agar siz bu haqda hech narsa bilmasangiz, na o‘zingizni, na oilangizni va farzandlaringizni modernizatsiya hujumidan himoya qila olmaysiz.
«Men sizga tarixga oid kitoblarni qasddan ko’p yuborgan edim. Balki xabaringiz bordir, otangiz podshoh hazratlariga ham hamma vaqt tarix o’qimoqni tavsiya qilamen. Davlatning butun mas’uliyati sizlarning zimmangizdadir. Obodonlik yoki inqiroz sizlarning tadbir va harakatingizga bog’liqdir. Shuning uchun siz tarix oynasiga qarab turmog’ingiz kerak. Qaysi davrlarda qaysi sabablar bilan yurtlar obod boʻlgan, ellar shod-xurramlik ko’rgan ham qaysi zamonlarda va ne sabablardan mamlakatlar halok boʻlgan bularni o’rganmoq darkor. Aql va adolatning yorug’ kunduzini, zulm va jaholatning qora tunini hech bir ilm tarix kabi ravshan koʻrsata olmagan. Ulug’ bobongiz Temurxon tarixni shunday yaxshi bilur ekanlarki, u zamonning ibn Xoldun kabi eng peshqadam muarrixlarni hayratda qoldirganlari toʻgʻrisida ma’lumotlar bor».
Agar musulmon Islom kelajagi undan talab etadigan ilmiy va iqtisodiy faoliyatni unutgan holda, Ka’ba oldida umrbod ibodat bilan mashg‘ul bo‘lsa ham, bu ishi uni Alloh oldida hech narsadan behojat qilolmaydi.
Zero, zavodlar qurish masjidlar qurish bilan barobardir!
– Shayx Muhammad Gʻazzoliy
#Maqola
Haqiqatparvarga 7 tavsiya
1. Boshingizga biron ish tushganda «haqiqatni aytganim uchun tazyiq qilyaptilar», demang. «Qarashlarim, fikrim, e’tiqodim, tadqiqotim uchun, kasbiy, vatandoshlik burchimni ado etganim yoki faktlarni yoritganim uchun» deng. Chunki yakuniy haqiqatning egasi siz emassiz. Haqiqatning egasi inson bo‘lsa, u haqiqat emas.
2. O‘zgalarning ham fikri, e’tiqodi va ular fakt deb hisoblagan asoslari bor. Ularni eshitishni va tushunishni o‘rganing. Tushunish qabul qilish degani emas. Lekin tushunmay hech narsani qabul qilmang. Bahsda birovning argumentini tushunib, uning asos-dalillarida zaiflikni ko‘rsata bilgan g‘olib bo‘ladi. Eng baqirog‘i emas.
3. Ehtiroslarning buzg‘unchi kuchi bor. Uning yaratuvchanlik xususiyati ham bor. Ehtiros qamrab olganda, uni nimaga yo‘naltirish sizning qo‘lingizda. Oxir oqibatni o‘ylash to‘g‘ri qarorni belgilaydi.
4. «Haqiqatgo‘ylik» birovlarning haqini, nomusini toptash uchun ruxsat emas.
5. Har qanday mafkura faktlar oldida bo‘yin egishi lozim. Mafkurangizga mos faktlarni tanlab, to‘g‘ri kelmaganini tashlab yuborish g‘irromlikdir. Faktlar noyob, qimmatbahodir. Tekshirilgan narsani fakt deb atash mumkin. Yaxshi tekshirilmagan ma’lumot asosida fikr yuritadigan bo‘lsangiz, buni o‘zingiz va boshqalar oldida tan oling: taxmin, fikr, mulohaza, gipoteza shakllari samimiy muloqotga yo‘l ochadi.
6. Haqiqat haqida savol berish, uni gumon ostiga olib tadqiq etishdan hech kim to‘silmagan. Hatto farishtalar Allohdan nima uchun Odamni yerga xalifa qilinishi haqida so‘radilar.
7. Haqiqatparvarni halok qiluvchi narsa kibrdir. Iblis kibrga mubtalo bo‘lgan «haqiqatgo‘y» edi.
– Jamshid Muslimov
“Ba’zi kishilar mening da’vatlarimni eshitib, meni taraqqiyotga qarshi, rivojlanishdan uzoq inson, deyishibdi. Taajjub.
Men mashinaning o‘rniga eshak mining, samolyotni qo‘yib tuya mining, elektr tokini o‘chirib qo‘yib sham yoqing, shifoxonalarni qo‘yib sahrodagi o‘t-o‘lanlar bilan davolaning, agar sizga qarshi dushmaningiz raketa, samolyot va tanklar bilan urushsa siz ularga qarshi nayza, qilich va kamon bilan kurashing, deydigan jinniga o‘xshaymanmi?!
Yo‘q azizlar! Bu gapni faqatgina jinni aytishi mumkin. Dunyo sivilizatsiyasini uch davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davrga avvalgi asrlarda Fir’avnlar, Finikiyaliklar, Xusiylar, Bobilliklar, Yunonlar va Rimliklar kabi yaqin sharq davlatlari asos solishgan.
Ikkinchi davrga esa o‘rta asrlarda musulmonlar asos solishgan. O‘rta asrlarda Yevropa zulmat, qorong‘ulik, qoloq va vahshiylik ichida edi. Ammo islom sharqida taraqqiyot va madaniyat asri boshlangan edi.
Uchinchi davrga esa hammaga ma’lum Yevropaliklar asos solishdi. Ammo biz musulmonlar bu taraqqiyotga begona emasmiz. Bu taraqqiyotning manbasi aslida bizmiz. Bunda biz sherikmiz. Ammo biz bir zamon uyquda qoldik. Karvon o‘tib ketdi. Biz makonimizni yo‘qotib qo‘ydik. Uyg‘ongach yo‘qotganimizni topish uchun yugurdik. Uyg‘onishimiz bilan biz oldin ko‘rmagan, bizga begona bo‘lgan narsalarni ko‘rdik. Darrov ikkiga bo‘lindik. Birinchi guruh u narsalarni fahmlamasdan, tushunmasdan, ajratmasdan olaverdi. Bu xato edi. Aslida dinimizdagi sobit asoslarga xilof kelmaydigan, odatlarimizga zid bo‘lmagan, bizga manfaatli bo‘lgan narsalarni olishimiz to‘g‘ri bo‘lar edi. Nega endi madaniyat ne’matlarini tark qilishimiz kerak?!
Bugun bizdagi eng faqir kishi ham xalifa Abdulmalik ibn Marvondan yaxshi yashaydi. Abdulmalik ibn Marvonning tishi yemirilib kovak bo‘ldi. Undan sassiq hid chiqa boshladi. Uni davolash, plomba qo‘yish uchun shifokor topa olmadi o‘shanda. Bugun eng faqir inson ham tishi og‘risa shifokorga borib tishini davolab plomba qo‘ydirishi mumkin.
Xalifa Horun ar-Rashid Bag‘doddan Makkaga borishi uchun tuyada yoki biror hayvonda ikki oy yo‘l bosishi lozim edi. Biz esa bu masofani samolyotda ikki soatda bosib o‘tayapmiz.
Xalifa Abu Ja’far Mansur ichaklari og‘rishidan qattiq dard chekar, oddiy tabletkalarni topa olmas edi. Bizdan oddiy odam uni topib, ichaklarini virus va mikroblardan tozalashi, og‘rig‘ini qoldirishi mumkin.
Madaniyatning bu ne’matlarini tark qilishimiz kerak deb kim aytdi?! Axir Alloh taolo Qur’oni Karimda:
“Alloh o‘z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!“, deb ayt”, deydi-ku!
Yo‘q! Ammo biz aytamizki, garchi barcha insonlar uni taraqqiyot deb bilsada, usiz yashab bo‘lmaydi deb hisoblasada, Yevropadan bizning aqidamizni buzadigan, bizni haromga tushiradigan narsalarni olmaymiz!
– Ali Tantoviy rohimahulloh
5.8K views edited 11:04
Har qanday mustamlakachilik hikoyasidan oldin mustamlaka bo‘lishga munosib millat hikoyasi bo‘ladi.
– Molik bin Nabiy
”Kitobxonlar klubi”da navbatdagi №169 mutolaa uchun Markus Zusakning “Kitob o‘g‘risi” romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning “Eng yaxshi kitobxoni” deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 25-fevral, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)
— — —
2023-yil mutolaasi uchun tanlangan asarlar ro‘yxati
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in tafakkur maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting.
Ijtimoiy, siyosiy, boshqaruvga oid va oilaviy qoida.
VATAN QURTLARI
1970-yilda Kuba o‘z fuqarolarini Amerikaga ko‘chib o‘tishini man qiluvchi qonun chiqardi. Maqsad Amerika razvedkasining Kuba fuqarolaridan Kuba yetakchisi Fidel Kastroga qarshi foydalanishining oldini olish edi.
1980-yil Amerika Kubani yana tashvishga qo‘yishni maqsad qildi. Prezident Jimmi Karter Kubaliklar uchun Amerikaning quchog‘i ochiq ekanini, ularga maosh va bepul uy-joylar berishlarini aytdi.
Fidel Kastro Gavana portida 600 ta kema tayyorladi. 125 ming inson yig‘ildi. Kastro: “Kim Amerikaga ketishni xohlasa marhamat, ketaversin“, dedi.
Muhojirlarga juda ko‘p jinoyatchilar, qamalganlar qo‘shildi. Ular Amerika tomon yo‘lga chiqishdi.
Amerika muhojirlarning ko‘pligini ko‘rgach ularning istiqboliga chiqmadi. Ular bir necha hafta kishilar va dunyoning ko‘z o‘ngida dengizda qolib ketishdi. O‘nlab qarilar, yosh bolalar va ayollar vafot etishdi. Nihoyat ularni Guantanamodagi boshpanalarga joylashtirishdi.
Qizig‘i, ular ketgach Kubaning iqtisodi ko‘tarila boshladi. Savdo, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi.
Fidel Kastro ular haqida shunday degan edi:
“Anavi qurtlar bizning ichimizda joylashib olgan Amerikaliklar edi“.
Karter o‘zining ahmoqligi sabab ko‘p tanqidlarga uchradi. Saylovda mag‘lubiyatga uchradi. Yangi prezident Reygan shunday degan edi:
“Agar muhojirlar Kubada qolishganda Kastro aniq sinar edi”.
Ibrat:
Har-bir vatanning o‘z qurtlari bo‘ladi. Ular vatanning kulfati va harob bo‘lishiga sabab bo‘lishadi. Ularning vatandan chiqib ketishi kishilarga rohatdir. Kim ketmoqchi bo‘lsa ketsin. Vatan o‘z aholisigadir! Xoinning vatani bo‘lmaydi!
_
Bu yerda oilam, yurtim kelajagi deb chetda yurganlar emas, aksincha vatanga tupurib qo‘yganlar nazarda tutilgan.
4.5K views edited 06:58
#Oy_tavsiyalari
Mart oyida mutolaa qilish uchun kitob tavsiyalari
• Diniy-ma’rifiy:
“Mukoshafat-ul qulub” (Abu Homid G’azzoliy)
• Jahon adabiyoti:
“Jarayon” (Frans Kafka)
• O‘zbek adabiyoti:
“Chinor” (Asqad Muxtor)
• Biografik:
“Mening hayotim” (Mahatma Gandi)
• Shaxsiy rivojlanish:
“Kitoblar qanday o‘qiladi” (Mortimer J. Adler, Charlz Van Doren)
• Mumtoz:
“Siyosatnoma” (Nizomulmulk)
• Tarix:
“Turkiston sayohatlari” (Ismoilbek G‘asprali)
• Ilmiy-ommabop:
“Islom hazorasi” (Ahmad Muhammad)
Qo’shiq – Song
Ushbu maqola vokal bilan musiqiy kompozitsiya haqida. Qo’shiq ishlab chiqarish faoliyati uchun qarang Qo’shiq. Boshqa maqsadlar uchun qarang Qo’shiq (ma’nosiz).
Uchun texnik sabablar, “№1 qo’shiq” bu erga yo’naltiriladi. Serebro qo’shig’i uchun qarang Qo’shiq raqami 1.
Uchun texnik sabablar, “Qo’shiq # 3” bu erga yo’naltiriladi. Stone Sour tomonidan singl uchun qarang 3-qo’shiq.
Bu maqola uchun qo’shimcha iqtiboslar kerak tekshirish. Iltimos yordam bering ushbu maqolani yaxshilang tomonidan ishonchli manbalarga iqtiboslarni qo’shish. Ma’lumot manbasi bo’lmagan materialga qarshi chiqish va olib tashlash mumkin.
Manbalarni toping: “Qo’shiq” – Yangiliklar · gazetalar · kitoblar · olim · JSTOR ( 2016 yil noyabr ) (Ushbu shablon xabarini qanday va qachon olib tashlashni bilib oling)
Amerikalik jaz xonandasi va qo’shiq muallifi Billi bayrami 1947 yilda Nyu-York shahrida
A Qo’shiq a musiqiy kompozitsiya tomonidan bajarilishi ko’zda tutilgan inson ovozi. Bu ko’pincha amalga oshiriladi aniq va qat’iy maydonchalar tovush va sukunat naqshlaridan foydalangan holda (kuylar). Qo’shiqlar turli xil shakllari masalan, bo’limlarning takrorlanishi va o’zgarishi kabi narsalar.
Musiqa uchun maxsus yaratilgan yoki musiqa maxsus yaratilgan yozma so’zlar deyiladi Qo’shiq so’zlari. Agar ilgari mavjud bo’lgan she’r mumtoz musiqada bastalangan musiqaga o’rnatilsa, bu badiiy qo’shiq. Ko’tarilgan va tushgan aniq kontur va naqshlarsiz takrorlangan maydonlarda kuylanadigan qo’shiqlar deyiladi hayqiriqlar. Oddiy uslubda bastalangan qo’shiqlar norasmiy ravishda “quloq bilan” o’rganiladi xalq qo’shiqlari. Yozuvlarini yoki jonli shoularini sotadigan professional xonandalar uchun yaratilgan qo’shiqlar ommaviy bozor deyiladi mashhur qo’shiqlar. Keng jozibaga ega bo’lgan ushbu qo’shiqlarni ko’pincha professional qo’shiq mualliflari, bastakorlari va lirik ijodkorlari yaratadilar. Badiiy qo’shiqlar konsert yoki ashula ijrolari uchun o’qitilgan klassik bastakorlar tomonidan yaratilgan. Qo’shiqlar jonli ijro etiladi va audio yoki videoga yozib olinadi (yoki ba’zi hollarda qo’shiq jonli ijro etilishi va bir vaqtning o’zida yozib olinishi mumkin). Qo’shiqlar spektakllarda, musiqiy teatrda, har qanday shakldagi sahna ko’rgazmalarida va operalar, filmlar va teleshoularda paydo bo’lishi mumkin.
Qo’shiq yakkaxon qo’shiqchi uchun bo’lishi mumkin, qo’shiqchi tomonidan qo’llab-quvvatlanadi fon qo’shiqchilari, a duet, trio yoki undan kattaroq ansambl ko’proq ovozlar qo’shiq aytish Garmoniya, garchi bu atama odatda katta klassik musiqa vokal shakllari, shu jumladan opera va uchun ishlatilmaydi oratoriya kabi atamalardan foydalanadigan ariya va tilovat o’rniga. [1] Qo’shiqni cholg’u asboblari hamkori bo’lmagan holda kuylash mumkin (kapella ) yoki asboblar bilan birga. Ommabop musiqada qo’shiqchi akustik gitara chaluvchisi, pianistachi, organist, akkordeonchi yoki orqa guruh. Jazda qo’shiqchi bitta pianinochi, kichik kombo (masalan, trio yoki kvartet) bilan yoki konsert bilan chiqishi mumkin. katta guruh. Klassik qo’shiqchi bitta pianinochi, kichik ansambl yoki orkestr bilan ijro etishi mumkin. Jazz va blyuzda xonandalar ko’pincha “quloq bilan” qo’shiqlarni o’rganadilar va ular ba’zi bir kuylarni takomillashtirishi mumkin. Klassik musiqada kuylar kompozitorlar tomonidan nota shaklida yoziladi, shuning uchun qo’shiqchilar musiqa o’qishni o’rganadilar.
Bir nechta ovozli qo’shiqlar polifoniya yoki Garmoniya hisobga olinadi xor ishlaydi. Qo’llaniladigan mezonlarga qarab qo’shiqlarni keng ko’lamda turli xil shakl va turlarga bo’lish mumkin. Orqali semantik kengayish, a kengroq ma’no so’zi “qo’shiq” ga tegishli bo’lishi mumkin asboblar, masalan, Mendelsonning 19-asr So’zsiz qo’shiqlar yakka pianino uchun buyumlar. [2] [3] [4]
Mundarija
- 1 Janrlar
- 1.1 Badiiy qo’shiqlar
- 1.2 Xalq qo’shiqlari
- 1.2.1 Sport qo’shig’i
Janrlar
Badiiy qo’shiqlar
Asosiy maqola: Badiiy qo’shiq
Badiiy qo’shiqlar – bu klassik san’atkorlar tomonidan ijro etish uchun yaratilgan qo’shiqlar, ko’pincha yakka kuylash mumkin bo’lsa-da, pianino yoki boshqa cholg’u asboblari hamrohligida. Badiiy qo’shiqlar kuchli vokal texnikasini, talqin qilish uchun tilni tushunishni, diksiyani va she’riyatni talab qiladi. Garchi bunday xonandalar o’z dasturlarida ommabop yoki xalq qo’shiqlarini ijro etishlari mumkin bo’lsa-da, badiiy qo’shiqlarni mashhur qo’shiqlardan shu xususiyatlar va she’rdan foydalanish ajratib turadi. Badiiy qo’shiqlar aksariyat Evropa mamlakatlarining an’analari bo’lib, endi mumtoz musiqa an’analariga ega bo’lgan boshqa mamlakatlarda ham mavjud. Nemis tilida so’zlashadigan jamoalar ushbu atamadan foydalanadilar badiiy qo’shiq (“Kunstlied”) “jiddiy” deb nomlangan kompozitsiyalarni ajratish uchun xalq qo’shig’i (Volkslied ). Qo’shiq matni ko’pincha shoir yoki lirik muallif tomonidan, musiqa esa bastakor tomonidan alohida yoziladi. Badiiy qo’shiqlar ko’proq bo’lishi mumkin rasmiy ravishda mashhur yoki folklor qo’shiqlariga qaraganda murakkab, ammo ko’pchilik Liderga o’xshash Frants Shubert sodda strofik shakl. Evropa badiiy qo’shiqlarining sadolari kompozitsiyaning muhim qismi sifatida qaraladi. Ba’zi badiiy qo’shiqlar shu qadar hurmatga sazovorki, ular milliy o’ziga xoslik xususiyatlariga ega.
Badiiy qo’shiqlar romantik qo’shiq aytish an’analaridan kelib chiqadi sevgi qo’shiqlari, ko’pincha ideal yoki xayoliy odamga va diniy qo’shiqlardan. The muammolar va Evropaning bardlari Elizabetan leytenantlari tomonidan davom ettirilgan romantik qo’shiqlarning hujjatlashtirilgan an’analarini boshladilar. Dastlabki badiiy qo’shiqlarning ba’zilari musiqada uchraydi Genri Purcell. Romantika an’anasi, ko’pincha uch metrga cho’zilgan, musiqiy qo’shiq bilan ishq qo’shig’i 19-asrda operaga kirib, u erdan butun Evropaga tarqaldi. U tarqaldi mashhur musiqa va mashhur qo’shiqlarning asoslaridan biriga aylandi. Romantika odatda oddiy chalg’itishga ega bo’lsa-da, badiiy qo’shiqlar ovozni qo’llab-quvvatlaydigan, bezatadigan, tasvirlaydigan yoki kontrastini ta’minlaydigan murakkab, murakkab qo’shiqlarga ega. Ba’zan akkompaniment ijrochisining kuyi bor, ovoz esa dramatikroq qismni kuylaydi.
Xalq qo’shiqlari
Asosiy maqola: Xalq musiqasi
Xalq qo’shiqlari ko’pincha noma’lum kelib chiqadigan (yoki shunday bo’lgan) qo’shiqlardir jamoat mulki ) uzatiladi og’zaki. Ular ko’pincha milliy yoki madaniy jihatdan muhim jihatdir shaxsiyat. Odamlar muallif kimligini unutganlarida, badiiy qo’shiqlar ko’pincha xalq qo’shiqlari maqomiga yaqinlashadi. Xalq qo’shiqlari ham tez-tez og’zaki bo’lmagan holda uzatiladi (ya’ni notalar varaqasi ), ayniqsa zamonaviy davrda. Xalq qo’shiqlari deyarli barcha madaniyatlarda mavjud. Germaniya atamasi Volkslied 18-asr oxirida, eski qo’shiqlarni yig’ish va yangilarini yozish jarayonida paydo bo’lgan. Oxir-oqibat mashhur qo’shiqlar paydo bo’lishi mumkin xalq qo’shiqlari uning manbasidan ajralib chiqishning xuddi shu jarayoni bilan. Xalq qo’shiqlari ta’rifi bo’yicha kamdan-kam hollarda jamoat mulki hisoblanadi, ammo mualliflik huquqi bilan himoyalangan asl materialni nashr etadigan va yozib oladigan ko’plab xalq qo’shiqlari bilan shug’ullanadiganlar bor. Ushbu an’ana qo’shiqchi va qo’shiq mualliflarining ijro uslubiga ham olib keldi, bu erda rassom yozgan e’tirof etilgan she’riyat yoki shaxsiy bayonotlari va ularni ko’pincha gitara hamrohligida musiqa ostida kuylaydi.
Mashhur qo’shiqlarning ko’plab janrlari, shu jumladan mash’ala qo’shiqlari, balladalar, yangilik qo’shiqlari, madhiyalar, rok, blyuz va ruh qo’shiqlari hamda hind musiqasi. Boshqa tijorat janrlari kiradi rap. Xalq qo’shiqlariga balladalar, beshiklar, sevgi qo’shiqlari, motam qo’shiqlari, raqs qo’shiqlari, ishchi qo’shiqlar, marosim qo’shiqlar va boshqa ko’plab narsalar.
Sport qo’shig’i
Sport qo’shig’i – bu nishonlaydigan xalq qo’shig’i tulki ovi, ot poygasi, qimor va boshqa dam olish.
XIX asrda bokschilar va muvaffaqiyatli poyga otlari haqidagi qo’shiqlar keng tarqalgan bo’lsa-da, hozirgi qo’shiqchilar tomonidan kamdan-kam ijro etiladi. Xususan, tulki ovi ko’rib chiqilmoqda siyosiy jihatdan noto’g’ri. Tulki ovchi haqidagi eng mashhur qo’shiq “Jon Ken Peel “ga kiritilgan Milliy qo’shiqlar kitobi 1906 yilda va hozirda ko’pincha marsh kuyi sifatida eshitiladi. A. L. Lloyd sport balladalarining ikkita RaI yozilgan; “Hammasi jasur sportchilar” (1958) va “Qimorbozlar va sport pichoqlari (halqa va yugurish joyi qo’shiqlari)” (1962). The Yuqori darajadagi ijarachilar va Martin Uyndham-Read 1977 yilda “English Sporting Ballads” nomli albomni yozdilar. Bizning oldimizdagi istiqbol (1976) tomonidan Albion raqs guruhi kamdan-kam eshitiladigan ovchilik haqidagi ikkita qo’shiqni o’z ichiga oladi.
Lute qo’shig’i
Asosiy maqola: Lute qo’shig’i
Lute qo’shig’i atamasi asosan Angliya va Frantsiyada bo’lgan 16-asrning oxiri – 17-asrning boshlari, Uyg’onish oxirlari, Barokning boshlari kabi musiqiy uslubga berilgan. Lute qo’shiqlari odatda strofik shaklda yoki homofonik to’qima bilan takrorlanadigan misrada bo’lgan. Kompozitsiya yakka ovoz uchun, aksariyat hollarda lute qo’shig’i bilan yozilgan. Bas vokal yoki boshqa torli cholg’ular singari akkompanimentlarning boshqa shakllari uchun odatiy hol emas edi, shuningdek ko’proq ovozlar uchun yozilishi mumkin edi. Kompozitsiyani yakka holda yoki kichik asboblar guruhi bilan ijro etish mumkin edi.
Qisman qo’shiq
Asosiy maqola: Qisman qo’shiq
Qisman qo’shiq, qo’shiq yoki qism qo’shig’i bu shakl xor musiqasi a dan iborat dunyoviy (cherkovga qarshi) qo’shiq yozilgan yoki bir nechta uchun tartibga solingan ovozli qismlar. Part qo’shiqlari odatda an tomonidan kuylanadi SATB xor, lekin ba’zida erkaklar yoki ayollar jamoalari uchun. [5]
Patter qo’shig’i
Asosiy maqola: Patter qo’shig’i
Patter qo’shig’i o’rtacha tezdan juda tezgacha ajralib turadi temp matnning har bir bo’g’ini bitta notaga to’g’ri keladigan ritmik naqshlarning tezkor ketma-ketligi bilan. Bu asosiy mahsulot hajviy opera, ayniqsa Gilbert va Sallivan, lekin u ham ishlatilgan musiqiy va boshqa joylarda. [6]
Shuningdek qarang
- Musiqiy portal