Press "Enter" to skip to content

Kitobim oftobim

2 – boshlovchi: Aziz o`quvchilar!Ko`rdingizmi, yer yuzidagi ko`plab insonlar kitobnisevib, o`zlariga yaqindo`st bilib , e`zozlar ekanlar.Shunday ekan,siz ham bilimlar xazinasi bo`lgan kitobga mehrqo`ying,uni asrab – avaylang. Boshlovchilar:Hurmatli o`quvchilar,yuqoridagi fikrlarni tinglab, sizning kitobga bo`lgan mehringiz yanada oshadi.,degan fikrdamiz.Shu narsaga doim amal qiling.O`qib -o`rganayotgan kitoblarimizni ko`z qorachig`idek asrab – avaylab saqlaylik.Bu kitoblardan kelajak avlod ham foydalansinlar.

Kitobim – oftobim

Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan da’vatlari bugun chindan-da hayotiy haqiqatga aylandi. Zero, maktab ta’limiga, yoshlarning iqtidorini, intellektual qobiliyatlarini shakllantirishga alohida e’tibor berilayotganligi bor gap. Buni birgina Bekobod tumanining olis “Parchayuz” qishlog‘ida joylashgan 18-maktab misolida ham yaqqol his etish mumkin.

Avvalo ta’kidlash joizki, maktabdagi ta’lim-tarbiya ishlari, sog‘lom ma’naviy muhitning ijobiy samarasi o‘laroq o‘quv-tarbiya jarayonida yaxshigina natijalarga erishilayotir. O‘quvchilarining fan olimpiadalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotganligi, sport bo‘yicha Respublika chempionlarining aynan shu maktabdan yetishib chiqayotganligi buning yorqin ifodasidir. So‘nggi vaqtlar ichida maktabga imkon qadar malakali va tajribali pedagoglar jalb etilib, o‘quvchilarga sifatli bilim berishga harakat qilinyapti.

Yaqinda ushbu maktabda “Kitobim – oftobim” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Kechada maktab o‘quvchilari o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari xaqida so‘zlab, yod olgan she’rlaridan o‘qib berishdi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik bo‘yicha viktorina ham o‘tkazildi. O‘qilgan kitoblar asosida sahna ko‘rinishlari, instsenirovkalar namoyish etildi. Quvnoq qo‘shiq va raqslar esa kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Adabiy-badiiy kechada shu maktabning sobiq o‘quvchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Ashurali Boymurod ishtirok etdi. O‘ziga xos adabiy uchrashuvga aylangan tadbirda shoir Ashurali Boymurod kitob va kitobxonlik madaniyati xaqida so‘z yuritib, o‘zining yangi yozgan she’rlaridan o‘qidi, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Maktab jamoasiga o‘z kitoblaridan sovg‘a qildi.

Kitobim oftobim

Teri – odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi.

Markaziy Osiyo – Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Maydoni 6 mln. km². Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Xingan, jan.

5- o`quvchi:Yildan- yilga asta – sekin kitobbosish ishlari takomillashib borgan.Avvallari kitoblar bosmaxonalarda harf terish mashinalarida terilardi.Endilikda bu ishni kompyuterla rbajaradi. 6- o`quvchi: Kitobimni qancha sevsam oz bo`lur, Kitob desam ko`nglim bahor,yoz bo`lur. Kitobimni desam,ko`klam,bahor,yoz, Ko`klam,yozning umri lekin undan oz. Tezda chaman yaprog`i ,so`lir,qurir, Kitob chaman bo`stonim so`nmas bo`lur. 7- o`quvchi: Kitobimni oy,quyosh,yulduz desam, Kitobimdek emas,ular o`ylasam. Biri kunduz bo`lur- u tunda bo`lmas, Biri tunda bo`lur-u kunduz bo`lmas. Kitob esa tun- u kun o`zim bilan, Aqlimni o`stiradi so`zi bilan. Tanitadi mengahamma odamni, Bildiradi,yer yuzi keng olamni. 8- o`quvchi: Javoningga qarab qo`y, Qilar,yalt-yult kitoblar. Har xonada ko`rk-obro`y Gavhar jild-jild kitoblar. Bamisoli keng dunyo, Javon ichra joylashgan. 9- o`quvchi: Barcha o`lmas qahramon, El-yurtlarga men oshno. Armonlarim tarqalib, Qonib o`qish bir odat, Shu kitoblar orqali, Ko`raman,baxt-saodat. 2-boshlovchi: Bir do`stki hech kimga bermaydi azob, Uzoq sinab ko`rdim,bilsang,u kitob. Sirni yashirmaydi u o`quvchisidan, Xabar berarsenga yozuvchisidan. Boshlovchi: Yaxshi kitob bilanmehribon ustoz, Kishi uchun doim qiladi shodon, Ulardan ichilgan oliy hayot suv, Boqiy umr beradi kishiga har on. Boshlovchi: Ha,bolajonlarkitobni ulug`lovchi bunday hikoyat,afsona, rivoyatlar juda ko`p. 1-o`quvchi:Hech kim sizga kitobchalik maslahat tanbeh bera olmaydi.U eng ishonchli do`st,mehrli va o`ta qattiqqo`l ustoz.U aytadi,ammo so`zini hech qachon qaytarib olmaydi. 1-O`quvchi: Kitobga oshno bo`lmagan odamdan har narsani kutish mumkin.Toshbag`ir, bemehr kimsalar kitobdan bebahra insonlardir. 2-o`quvchi:Kitob sovg`a qilgan odamdan yomonlik kutma.Bunday insonning qalbi osmondek buyukdir. 3-O`quvchi:Hayotni sevgan kishi kitobni sevadi.Zero, kitob hayot qomusi dardkash,hamsuhbat,kitob muallim,kitob ilhomchi,(Oqil bobo kirib keladi) Oqil bobo:Assalomu alaykum,mustaqil yurtimizning erkin,ozod,quvnoq sho`x- shodon o`g`il-qizlari! Bolalar:Xush kelibsiz,aziz bobojon.Kimdan kim yoshligidan kitobni sevsa, u bilan do`st bo`lsa, kitob o`qishni har kungi odatiga aylantirsa,, o`qish madaniyati ko`nikmasini hosil qilib, uni tobora o`stirib borsa, unday kishi albattao`qimishli ,zukko inson bo`lib yetishadi. Oqilbobo:_Xo`sh,kitob madaniyati deganda nimalarni tushunish mumkin.Bularga bolajonlar,kitobni tanlay bilish, zarurini ,mustaqil o`qiy bilish, shoshilmasdan,diqqat,e`tibor bilan o`qish,o`qiganlarini,do`stlari bilan o`rtoqlashish,yaxshilarini do`stlariga tavsiya etish va boshqa qoidalar kiradi.Kitobni tartibli, maqsadli o`qish lozim. Bolalar:Aytganlaringizga amal qilamiz,bobojon. Xo`sh bolajonlar kitobni qayerlarda o`qib bo`lmaydi. 1-o`quvchi: Ko`chada ketaturib,o`rinda yotgan holda,mashinada,ot-ulovda mutlaqo kitobo`qib bo`lmaydi. 2-o`quvchi:Dasturxon ustida ,yuvinish xonasida , hojatxonada mutolaa qilish qanchalik odobsizlik hisoblansa,uqmasdan o`qish ham unga shunchalik hurmatsizlikdir. To`g`ri bolajonlar,kitob o`qish madaniyatini bilib olish va unga amal qilish har bir o`quvchining burchi hisoblanadi. o`quvchi: Ko`p o`qigan ko`p bilar, Deyishadi donolar. Kitob – bilim manbai, Kitob boylik sanalar. Bilim olsang,o`qisang, Adashmaysan yo`lingdan, Kitob ishonchli hamroh, Tutar doim qo`lingdan Ma`rifatga tashnalik, Ota-bobomdan meros, Yuragimning to`rida, Kitoblarga zo`r ixlos. 1-o`quvchi: O`tmishdan so`zlar mudom, Qadri buyuk kutubxonam, Sirlarimga sirdosh doim, Jondan suyuk kutubxonam. 2-o`quvchi: Kutubxona aziz dargoh, Kitobxonga mudom panoh, Hikmatlarni qalbga joylab, Allomalar bizga hamroh. 3-o`quvchi: Kutubxona egamiz, Kitobxonlar onamiz. Siz qalbimga yaqin sirdosh, Har so`zingiz menga qo`ldosh. Bergan asar, hikoyangiz, Ertam uchun yo`lchi, yo`ldosh. 5-o`quvchi: Niyatimiz bo`ling omon, Ko`zlaringiz ko`rmasin nam. Mana shunday qizg`in damda, Qutlug` bo`lsin sizga bayram. 1-boshlovchi: Odam uchun eng zarur narsalar nomus,izzat, hayo, kabi fazilatlar ilm-u – ma`rifat orqali kasb etiladi.Baxtning ham,rohatning ham ,boylikning ham asosiy negizi ilmdir.Ilmning asosini esa kitoblar tashkil qiladi. 2-boshlovchi: Kitobning manzili esa kutubxona . Olim-u fozillarning martabasi shuning uchun ham balanddir.Zero ushbu yo`l bilan barchamizga nasib qilsin.Bu borada shoir Az-Ziyod shunday deydi: 1-boshlovchi: Kitob bilimning boshi, Aql-u idrok quyoshi, Kitobda nurli iqbol, O`qib topaman kamol. Qadimda ota- bobolarimiz kitobni qo`llariga olganda,avval o`pib ko`zlariga surtganlar.Keyin ochib o`qiganlar.Bu ularning bizlarga bilim berding seni ko`z qorachig`idek asraymiz deganidir.Ajdodlarimiz kitobni muqaddas boylik deb bilganlar.Hissa: Kitob bilim bulog`i, O`quvchining o`rtog`i. 2-boshlovchi:Qani bu borada kitobning o`zi nima derkin(Sahnaga kitob ko`rinishida bir o`quvchi chiqadi.She`r o`qiydi) Tanishaylik men kitob, Asl bilimlarga kon. Boylik beray behisob. Bo`lsang agar qadrdon. Lekin yirtib, burdalab, Kamaytirma varag`im, Sendan yana bir talab, Iflos qilma hech yog`im. Kitobda bilim lim – lim O`qi qunt bilan do`stim, Topmoq istasang kamol, Oltin olma, kitob ol. Tinmay o`qisang agar, Ko`p narsani o`rgatar, Bilsang yo`lingda oftob Bilim koni bu kitob. 2-boshlovchi: O`tgan zamonda bir podshoh vaziru ulamolarini yoniga chaqirib, ularga dunyoda eng zo`r va hamma narsadan xabar beruvchi narsa nima deb so`rabdi.Ulamolarning biri qilich desa ikkinchisi oynai jahon deya javob beribdi. _ Uch kun muhlat beraman,_ dedi ularning javobidan darg`azab podsho.Qo`shni podsholikda ta`rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashardi.

Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi.

Vazir donishmandga podshohning savolini aytdi.Donishmand ikkilanmasdan _Kitob.Chunki kitob bilm beradi Dunyodagi qudratli narsa esa bilim dedi. Men kitobni ochaman, Kitob aqlimni ochar . Men kitobni ochaman , G`aflat tun kabi qochar. Men kitobni ochaman, Kitob ochar dunyoni, Men kitobni ochaman Kitob ochar ziyoni. Kitob qalbda mudragan Tuyg`ularni qo`zg`atar. Tong chog`i u onamday Orzularni uyg`otar. Hozir oquvchilarimiz sizlarga o`zida durdona fikrlar majmuini mujassamlashtirgan hikmatlardan namunalar aytib berishadi: Bilimdan ortiq boylik yo`q. Kitob bilim manbai. Bilgan o`qir, bilmagan to`qir. Avval o`rgan, keyin o`rgat. Aqlning qayrog`i – bilim. Ilm olsang dunyoda, aqling bo`lar ziyoda. Kitob xazina, bilim boylik. Bilim – baxt keltirar. Kitob aql chirog`i. Kitobdan yaxshi do`st yo`q. Yaxshi kitob – misli oftob. Olloh ato etgan donolik ham,ro`shnolik ham kitob orqali yetib boradi. Kitob saodatga boshlovchi ,ezgulikka chorlovchi ,eng ilg`or,eng tojdor va nihoyatda eng yaqin hamkor ifoda nusxasi. Kitob mushtariy uchun qalbdan samo,samodan sabo,dengizdan tomchi,hayotdan zarradir. Kitobning xusuiyati shunday,u ham mehr uyg`otadi,ham nafrat qo`zg`atadi. Kitob o`qimaydigan odam, qoqiladigan odam. Inson yashar – kitob yashar. Kitobxon inson – bilimdon inson. Oftobni olamga nur taratguvchi ne`mat deb bilsang,kitobni qalbga ziyo baxsh etguvchi ne`mat deb bil. O`zingni qadrli deb bilsang, kitobni o`zingdan ham qadrliroq bil. Kitobni sevish – o`zligini sevish. 2-boshlovchi: Barcha mavjudotlar ichida eng oliysi insondir.U o`z odobi va ilmi,go`zal qalbi hamda mehnat bilan sharaf sohibidir. Orzularim bir jahon, Poydevor unga kitob. Hayotim yo`llarini, Yoritar nurli oftob. 1-boshlovchi: Biz tarixan ulkan madaniyatga ega xalqning bilimi kuchli,ma`naviyati yuksak avlodimiz.Barkamollikka erishgan Najmiddin Kubro,Jaloliddin Manguberdi,Yusuf Xos Hojib,Alisher Navoiy,Abdulla Qodiriy,Cho`lpon kabi go`zal qalb sohiblari,aziz kitobxonlar vakilimiz. 2-boshlovchi:Kitob sehrli olam.Unga bir sho`ng`isang,qachon chiqib ketishingni bilmaysan.Inson kitob bilan do`st tutinar ekan,u hech qachon to`g`ri yo`ldan adashmaydi.Kitob tufayligina inson olamga boshqacha ko`z bilan qaraydi.Har bir insonning o`z sevimli kitobi va yozuvchisi bo`ladi.Kitob saodat topish uchun o`qilmaydi.Kitob o`zi bir saodatdir. Kitob ochdi menga dunyo eshigin, O`rgatdi ,u menga neligin ijod. Tarixni o`qidim, ko`rdim kelajak, “Alifbe”ni o`qidim chiqardim savod. 1-boshlovchi:”Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilm-u – donishning asosidir,hayotni o`rgatuvchi murabbiydir”, degan edi buyuk sarkarda bobomiz Amir Temur. Kitob haqida donolarimiz deydilar: 1.Kitob – sehrgar.Udunyoniqaytaquradi.Undaodamzodningaqlimujassam.Ukishiliktafakkuriningustuni.Kitobsizolam – yovvoyilar olami. 2.Kitoblarjonsiz,ammo sodiq do`stlardir. 3.Hayotda sening aqlli bo`lishingga beminnat xizmat qiladigan ulug` ustoz – kitobdir. 1 – boshlovchi:Endi navbat qiziqarli ma`lumotlarga asoslangan “Bilasizmi” sahifasiga. 1.Tib ilmining buyuk namoyondasi Ibn Sino bobomiz butun umri davomida ijod, ilm-u tadqiqot bilan shug`ullanib,276 ta kitob yozib qoldirgan.Uning kitoblari asosan ilmiy-tahliliy asarlardir. 2.Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanayotgan qo`lyozma dunyodagi engqadimiy kitob hisoblanadi.Hikmatlar yig`indisidan iborat bu kitob, qadimda Xiva shahrida eramizdan 2600 yil avval topilgan. 3.Nyu – Yorkdagi muzeylardan birida bo`yi 3 metr, qalinligi 1 metr, og`irligi esa 25 kg keladigan dunyodagi eng katta kitob saqlanmoqda. 4.”Tib qonunlari” kitobi 12,14 –asrlaroralig`ida 40 marta nashr qilingan.Bu kitobga hozir ham ehtiyoj katta. 5.Eng ko`p jildli kitob fransuz ensiklopediyasi bo`lib, u 1200 jilddan iborat. 6.

Ensiklopediya (yunon. ἐγκύκλιος παιδεία – barcha bilimlar doirasida taʼlim olish) yoki qomus ilmiy yoki ilmiy-ommabop nashrdir. Oʻzida barcha (universal ensiklopediya) yoki baʼzi (soha ensiklopediyasi) sohalar boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlarni saqlaydi.

Londondagi birinchi xalq kutubxonasining asoschisi Fenkorning talabi bilan kitob varaqlarini buklagan kishilarga nisbatan jazo chorasi qo`llangan.Qonunga ko`ra 7 yil qamoqqa hukm qilingan. 7.Markaziy Osiyo xalqlari kitobni qadim – qadimdan e`zozlab kelganlar.Ushbu hududdagi dastlabki kutubxona eramizning II- asrida Xorazmda faoliyat ko`rsatgan.

Xalq – bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.

Xorazm, Qadimgi Xorazm – Turon va Eron mintaqalari oraligʻida joylashgan tarixiy oʻlka va qadimgi davlat. Xorazm hududi qadimda Amudaryo adoqlaridan janubga tomon Murgʻob va Tajan daryolarining yuqori oqimlarigacha choʻzilgan.

2 – boshlovchi: Aziz o`quvchilar!Ko`rdingizmi, yer yuzidagi ko`plab insonlar kitobnisevib, o`zlariga yaqindo`st bilib , e`zozlar ekanlar.Shunday ekan,siz ham bilimlar xazinasi bo`lgan kitobga mehrqo`ying,uni asrab – avaylang. Boshlovchilar:Hurmatli o`quvchilar,yuqoridagi fikrlarni tinglab, sizning kitobga bo`lgan mehringiz yanada oshadi.,degan fikrdamiz.Shu narsaga doim amal qiling.O`qib -o`rganayotgan kitoblarimizni ko`z qorachig`idek asrab – avaylab saqlaylik.Bu kitoblardan kelajak avlod ham foydalansinlar.

32-mavzu: “Kitob-oftob” I. Kirish

Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarning kitob o`qishga,ilm olishga,kutubxonadan foydalanishga qiziqishini hosil qilsh.O`quvchilar qalbiga hamma narsadan ilm kuchli,qadrli ekanini singdirish.

Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.

Tarbiyaviy mashg`ulotning borish:

O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.

II.Asosiy qism:

Topishmoqning javobini toping:

Xilma-xildir mazmuni. Bo`lar ba`zan surati,

O`qituvchi emas-ku, Qani,o`rtoq,buni top!

Bilim bera olar u. Eslagan der: bu……(kitob)

-Demak,bugungi suhbatimiz nima haqida ekan? –Kitob haqida ekan.

-Bolajonlar ayting-chi? Kitob bizga nimalarni o`rgatadi?

-Kitob bizga dunyo sirlarini,ajoyibotlarini ochib beradi,yangi bilimlar egallashga yordam beradi.Zamonaviy ta`lim berishda sinalgan vositalar bor. Shulardan eng muhimi – bu kitobdir.Insoniyatning bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida erishgan olamshumul kashfiyotlardan qat`iy nazar,o`quvchini kitobdek ulug` ne`mat bilan do`stlashtirish hech qachon kech emas.Zero,kompyuter texnologiyalari bolaning aqlini o`g`irlab qo`yishi mumkin.”Kitob – oftob”deb bejijga aytilmaydi.

Endi kitob haqida qissa tinglang.Sulton G`aznaviy buyuk shoir Firdavsiyga “Shohnoma” degan asar yozishni buyurgan va uning har bir bayti uchun bittadan oltin tanga berishni va`da qilgan.Xanifa Al-Ma`mun bir kitobni yunonchadan arabchaga tarjima qilgan olimga shu kitob og`irligidagi oltin bilan haq to`lagan.

2-qissa.Qadimgi yunon faylasufi Arastu vafot etgach,shogirdlari uning ilmiy asarlarini uyi yaqinidagi g`orga yashirishgan.Ular 200 yildan keyin tasodifan topilgan va Arastuga shon-shuhrat keltirgan.Faylasuf Skovoroda o`z qo`lyozmalarini doimo yo`lxaltasiga olib yurgan,hayotalik chog`ida uning bitta ham kitobi chop etilmagan.

Qissalardan hissalar.Aziz bolajonlar,angladingizmi,kitob naqadar sehrli va naqadar bebaho. Amir Temur bobomiz o`zlarining “Temur tuzuklari” nomli asarida kitob yozuvchi dono olimlar,muhaddis va tarixchilarni e`tiborli odamlar hisoblab,ularning izzat-u hurmatlarini joyiga qo`yganliklarini e`tirof etganlar.

Bilib qo`yinglar,hammamiz uchun kitobdan yaqinroq,azizroq va yoqimliroq suhbatdosh hamda ma`naviy suyanchiq yo`dir.

III.Yakuniy qism:

Kitob o`qish odob-qoidalari bilan tanishtirish.

1.Kitobni tanlay olish va zarurini o`qish.

2.Kitobni mustaqil o`qishni bilish.

3.O`qiganlaridan hayotiy xulosalar chiqarish.

4.Uning kerakli joylarini yon daftariga ko`chirib,uni esda saqlash.

5.Kitobni yaroqsiz holga keltirmaslik uchun undan to`g`ri foydalanishni bilish.

6.Kitobni shoshmasdan o`ylab,diqqat – e`tibor bilan o`qish malakalariga ega bo`lish.

7.Qayta-qayta o`qish – kitobxonlik ko`nikmasini orttirish.

O`qituvchi:Dunyodagi barcha kitoblarni sotib olish mumkinmi?Nima uchun?

O`quvchi:Yo`q,sotib olish mumkin emas.

O`quvchi:Uy sharoitida uncha kitobni saqlash qiyin.

O`quvchi:Men o`qimoqchi bo`lgan kitob do`konda bo`lmasligi mumkin.

O`qituvchi:Xush,bunday holatda bizga nima yordamga keladi?

O`quvchi:Kutubxonalar yordamga keladi.

Demak,kutubxonalar bizni kitoblar dunyosiga boshlar ekan.Ajdodlarimizdan o`rnak olib,bo`sh vaqtingizni kitob o`qishga sarflashga harakat qiling,kitobni seving.Kitob o`qish qoidalariga rioya qiling.Sizning hozirgi mehnatingiz kitob o`qishdir.Kitob o`qish uchun mehnat sarflasangiz o`qimishli kishi,hatto katta olim bo`lib,O`zbekistonning kelajagi uchun yangiliklar yaratasiz.

Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling