Press "Enter" to skip to content

Baxt kitobim nur oftobim

Qayerga qaramang, hamma joy gavjum: bozorlarda odam qaynaydi, koʻchalar tirband, hatto kasalxonalar ham bemorlardan toʻla, xuddi hamma bemor boʻlgandek.

Orzuyimdagi birinchi kitobim.

Kitob – umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo’luvchi sodiq do’st. Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo’q. Shu bois azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o’qishga, undan ilmu odob sirlarini o’rganishga chorlab kelishgan.

Har bir shoir bo‘lish istagi bor inson borki, albatta o‘zining sara ijodiy ishlari jamlangan birinchi kitobini dunyoga kelishini, chop etishilishni xohlaydi. Bu kitobning odamlar orasida sevilib o‘qilishiga esa avvalambor bu kitobning ustki ko‘rinishi, uning sarlavhasi juda ham katta rol o‘ynaydi.

Joriy yilning aprel oyida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari orasida buyuk shoir bo‘lib yetishishlari uchun dastlabki qadam o‘z ijod namunalarining saralari jamlangan birinchi kitoblarini chop etish vazifasi yuklandi va ijod maktabi direktori, atoqli shoir Muhammad Ismoil eng sara kitoblarni munosib taqdirlashini aytib o‘tdilar. Aprel oyida ijod maktabining barcha o‘quvchilari o‘zlarining birinchi orzularidagi kitobni chop etish maqsadida bor kuch g‘ayratlari bilan mehnat qilishdi. Va nihoyat tanlov kuni yetib keldi barcha o‘quvchilar o‘zlarining birinchi kitoblarini sinf rahbarlariga topshirishdi.

Joriy yilning 1-may sanasida eng sara kitoblar g‘oliblarini e’lon qilish va taqdirlash maqsadida barcha ijod maktabi o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Kitoblarni saralash paytida barcha detallarga ya’ni ktobning ustki muqovasi, ustki va ichki dizayni, kitobning sarlavhasiga katta e’tibor qaratildi.

G‘oliblarni e’lon qilishdan avval ijod maktabi direktori, atoqli shoir, Turon fanlar akademiyasining akademigi Muhammad Ismoil so‘zga chiqdi. Barcha o‘quvchilarning qilgan ushbu mehnatlariga yuksak baho berib, barcha o‘quvchilardan juda ham mamnun ekanligini ta’kidlab o‘tdi. “Birinchi kitob – buyuk shoir bo‘lishga tashlangan ilk qadamdir. Har bir shoir borki o‘zining ijod namunalarini tarixda qolishini, odamlar sevib o‘qishini, ularning qalbiga yetib borishini xohlaydi, buning uchun esa shoir avvalo chop etmoqchi bo‘lgan kitoblariga chuqur nazar solishi, uning sarlavhasiga, tashqi va ichki dizayniga katta e’tibor qaratishi lozim. Bugungi yaratgan kitobilar sizlar uchun kelajakda muhim tajriba bo‘lib xizmat qiladi.” – deb o‘quvchilarga muhim bo‘lgan tavsiyalarni berdi.

Uchrashuvning eng hayajonli lahzasi, g‘oliblarni e’lon qilish vaqti keldi. G‘oliblarni har bir sinf rahbarlari e’lon qilishdi.

6-sinflar orasida eng namunali kitob mualliflari sifatida:

Mingbiyeva Zulayxo I o‘rin

Yo‘dosheva Odina II o‘rin

Abdunabiyeva Surayyo III o‘ringa loyiq ko‘rildi.

7-sinflar orasida eng namunali kitob mualliflari sifatida:

Tursunaliyeva Jasmina I o‘rin

Jabborova Dilnoza II o‘rin

Chamiddinova Charos III o‘ringa loyiq ko‘rildi.

8-sinflar orasida eng namunali kitob mualliflari sifatida:

Davronbekova Shahlo I o‘rin

Ahmatqulova Mahliyo II o‘rin

Hamraqulova Shahzoda III o‘ringa loyiq ko‘rildi

9-sinflar orasida eng namunali kitob mualliflari sifatida:

G‘ofurova Dilafruz I o‘rin

Rajabaliyeva Muxlisa II o‘rin

Naimjonova Sitora III o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Uchrashuv so‘nggida ijod maktabi direktori, shoir Muhammad ismoil barcha g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar bilan birgalikda joriy yilning 2-may sanasida Zomin tumaniga sayohat uyushtirishini va’da qildi.

Ushbu “Orzuyimdagi birinchi kitobim” tanlovi ijod maktabi o‘quvchilari uchun esda qolarli kun bo‘ldi va ular yaratgan birinchi kitob kelajakdagi ularning taniqli va buyuk shoir bo‘lishlari uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Halima Xudoyberdiva nomidagi ijod maktabi ijtimoiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchisi

Sanjar Obidov

Baxt kitobim nur oftobim

Qalbingizga taskin beruvchi kitoblar.

About
Blog
Apps
Platform

Taskin Kitoblar.
3.06K subscribers
Taskin Kitoblar.

ПОПДАН ҚАНД, ИМОМДАН КАЛТАК ЕГАН БОЛАЛАР Болалигим Германияда ўтгани учун черков қўнғироқларининг товуши менга бегона эмас. Уйимиздан бироз юқоридаги черковнинг ҳовлисида ўртоқларим билан ўйин ўйнар эдик. Дам олиш кунлари черковда тўй ёки ибодат маросимлари…

“Болалар жаҳаннамда ёнмайди” китоби ҳақида

Китобни ўқирканман, фарзандларим тарбиясида қанчалик қўпол хатоларга йўл қўяётганимни англайвердим. Ҳар сатри ичимни тирнади.
Аслида, тарбия борасида китоблар кўп. Аммо, ушбу китобда фарзанд тарбиясида энг муҳим ва кўпчилик эътибор бермайдиган жиҳатлар ёритиб берилганлигининг гувоҳи бўлдим. Айниқса, ундаги “Масжидда ярамаслик қилиш завқи”, “Хато овчилари”, “Қуръондан нафратланаман”, “Иймон ва компютер” каби мақолалар ўқувчини сарлавҳасиданоқ ўзига жалб қилади. Сарлавҳани ўқийсиз ва беихтиёр мақолани ўқишга киришасиз. Қандай қилиб масжидда ярамаслик қилиб завқланиш мумкин? Хато овчилари кимлар? Хато ўзи қандай овланади? Мусулмон ҳам Қуръондан нафратланадими? Шу каби саволлар мажбур қилади сизни ўқишга. Гарчи дангаса бўлсангиз ҳам.)

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar.

Yumshoq muqova, 287 sahifa, 39ming Buyurtma berish @TaskinKitob Mahbublarga ulashing @TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Ҳеч бири шу ерларда ўлиб кетишдан чўчимайди. Зеро, улар юртларидан – гўзал Онадўлидан, азим Истанбулдан чиқаётганида ҳар нарсани бўйнига олиб чиққанди, ҳатто ўлимни ҳам. Кейинроқ, эҳтимол, қайта олмасмиз дея уйларига хабар юборолмасалар-да, қалбларидан отилиб чиқаётган марш мисраларини қуруқшаган лабларида баралла хиргойи қиладилар: “Бориб айт, эй ажал, кутмасинлар бизни уйда. ”

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar.

Yumshoq muqova, 287 sahifa, 39ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Баъзи одамлар “Намоз учун ҳам кураш бўладими?” деб ўйлаши мумкин. Ҳа, бўлади: ё ётган жойингиздан туриб, намозни адо этасиз, ёки йўқ! Бу кураш нимага ёки кимга қарши. Намозга туриш албатта кураш, ҳатто қайсидир маънода нафсимизга қарши курашдир. Ҳар куни эрталаб мўмин ўз нафси ва нафсининг энг яқин дўсти бўлмиш шайтонга қарши курашади. Ҳар бир мўмин, айниқса, охирзамонда адо этолган ҳар бир бомдод намозидан сўнг ғалаба қозонгандек хурсанд бўлиши керак. Намоз учун кураш учта душманга: нафс, шайтон ва заиф имонга қарши бўлади ва бу жуда қийин курашдир. Бу уч душман ҳар доим бирлашиб, сизни мағлуб этишга ҳаракат қилади. Aгар имонингиз заиф бўлса, душманларингизнинг иши осонлашади ва Aллоҳ сақласин, мағлуб бўласиз.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar.

Bir otliq chanqog‘ini qondirish va biroz nafas rostlash ilinjida soy bo‘yida to‘xtadi. Ammo otini bog‘laydigan hech narsa topolmadi. Keyin dediki: “Shu ko‘rinib turgan o‘rmondan yog‘och kesib, soy bo‘yiga qoqib qo‘yay. Mendan keyin kelganlarga ot bog‘lash…

Ushbu asar ko’pchilik kitobxonlarga ma’lum bo’lganidek- siyosiy, tarixiy asardir.
Kitobni mutolaa qilar ekansiz, mu’allif sizga quyidagilar haqida so’zlab beradi:
1- Najmiddin Erbaqon haqiqiy islom ummati, musulmon liderlariga xos va mos bo’lishlikka intilgani (Va qaysidir ma’noda buni uddalagani).
2- Musulmonlar bunday g’arib holga qanday kelib qolgani, nima sabab bunday qilingani.
3- Siyonizm, imperiyalizm, mustamlakachilik, masonlik, oliy irq-yahudiylik, “Arab bahori” , kapitalizm va kommunizmning asl maqsadlari.
4-Va muallif qarashlaridagi adolatli tuzm haqida .
Qisqacha qilib aytganda bugungi dunyo siyosatining asosi, maqsadlari va o‘yin uslublarini qat’iy dalillar bilan bayon qilib bergan.
Kitob so’ngi sahifalari esa muallifning musulmon yoshlariga balki insoniyat taqdiri uchun qayg’urgan har bir insonga ma’naviy, siyosiy tavsiya va nasihatlari bilan o’quvchiga so‘ng so‘z aytadi.
Bu kitob Akrom Malikning “Xalqa” asaridagi mazlumlikda qonlari daryo bolgan xalqlarning tarixi va buguniga siyosiy tahlil va yechim bergan kitob deb o‘ylayman.
Kitobdan birgina parcha sizni kitobga yetarlicha bog’lab qo‘yaoladi :
Buning ochiq dalili o’tgan asrning 90-yillari boshida Buyuk Britaniya bosh vaziri Margaret Tatcher Uelsda bo’lib o’tgan NATO yig’ilishida (“Sovuq urush” yakunlanib, Sovet Ittifoqi parchalandi, endi NATOni ham bekor qilamizmi?)degan savolga bergan javobidir: ”Dushmani bo‘lmagan mafkura yashay olmaydi. Bizning hayot kechirishimiz uchun albatta, dushmanimiz bo‘lishi shart. Sovet Ittifoqi tarqalgandan so’ng yovlarimiz qatoridan chiqdi. O’rniga yangisini topishimiz lozim. Bu yangi dushman Islom bo’ladi.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar.

Баъзи одамлар “Намоз учун ҳам кураш бўладими?” деб ўйлаши мумкин. Ҳа, бўлади: ё ётган жойингиздан туриб, намозни адо этасиз, ёки йўқ! Бу кураш нимага ёки кимга қарши. Намозга туриш албатта кураш, ҳатто қайсидир маънода нафсимизга қарши курашдир. Ҳар куни…

– Югур, югур! Мана, яна вақт ғизиллаб ўтмоқда. Тутиб қол! Югур! Сен ҳам югур!
– Нимани тутаман, ўтиб кетган нарса нима эди? Кўра олмадим ҳам.
– Вақт. Вақтни ушлаб олишинг керак. У доим қочади, шунчалик тез югурадики, сезмайсан ҳам. Уни тутишинг керак.
– Ё Худойим-эй! Бу нимаси, вақтни қандай ушлаб олиш мумкин? Aллоҳим, қандай етиша оламан бу замоннинг тезлигига? Оёғимда дармон қолмади, мен югурганим сари у янада тезлашяпти, тута олмаяпман. Тўхтат вақтни.

Yumshoq muqova, 70 sahifa, 30ming so‘m

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar.
– Nomus haqida_1

Husning ko‘zlarni charchatishi mumkin, ammo go‘zal xulqing har vaqt insonni o‘ziga maftun etaveradi. Go‘zal xulq qancha ulashsang ham kamaymaydigan boylikdir…

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

“Саҳобалар қандай бўлишган билмадим-ку, аммо билганим *ибн Салул бомдод намозига уйғотгичсиз турарди. Ўзини улардан бири қилиб кўрсатганларнинг аҳволи шундай бўлса, хўш, уларнинг ўзлари қандай бўлишган экан-а?!”

*Абдуллоҳ ибн Убай ибн Салул. Мунофиқларнинг каттаси.

Tongi suhbatlar 45ming
Tungi suhbatlar 40ming

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar.

Сиёсат – бу жамият ахлоқи, ахлоқ – бу шахсий сиёсат. Г.Мабли Сиёсат имкониятнинг санъати эмас, сиёсат – имконсизликнинг санъати. Siyosat va yozilmagan tarix haqidagi kitob. Yumshoq muqova, 369 sahifa, 39ming Buyurtma berish: @TaskinKitob Mahbublarga…

Er-xotinlik hayotida komil ayol va komil er degan gap, tushuncha yo‘q. Hayotingiz farovon va barqaror, tinch bo‘lishi uchun bag‘rikeng, kechirimli va kamchiliklarga ko‘z yumish san’atini o‘rganishingiz lozim.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Qayerga qaramang, hamma joy gavjum: bozorlarda odam qaynaydi, koʻchalar tirband, hatto kasalxonalar ham bemorlardan toʻla, xuddi hamma bemor boʻlgandek.

Biroq masjidga qarasangiz, boʻm-boʻsh, xuddi namoz farz boʻlmagandek. Ushbu kitob oʻz oʻquvchilariga vaqtni bergan Allohga vaqt ajratolmayotganlar asri haqida hikoya qiladi.

Mutolaa qiling va Alloh bilan koʻngil suhbatingiz ya’ni namoz ibodatingizni isloh etishga harakat qiling.

Qattiq muqova, 300 sahifa, 51ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Xoja Ahmad Yassaviy shaxsi bilan yaqindan tanishish, uning taʼlimoti haqida bilishni istaganlar uchun ushbu asar ta’sirchan manbadir. Asarni mutolaa qilar ekansiz, sabr, kamtarlik, pushaymonlik, ruhiy kamolotga yetishish kabi tushunchalarni chuqurroq anglay borasiz.

Turkiy davlatlar yetakchilari va turkiy qabilalarning Xoja Ahmad Yassaviy shaxsiga hurmati, munosabati, ushbu donishmand shaxsning turkiy tilli xalqlar ichida islomni yoyish borasidagi hissasi kabi tarixiy masalalar yoritilgan ushbu asar oxirgi sahifasiga qadar sizni hayajonga soladi.

Yumshoq muqova, 45ming so‘m
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar.

“Саҳобалар қандай бўлишган билмадим-ку, аммо билганим *ибн Салул бомдод намозига уйғотгичсиз турарди. Ўзини улардан бири қилиб кўрсатганларнинг аҳволи шундай бўлса, хўш, уларнинг ўзлари қандай бўлишган экан-а?!” Адҳам Шарқовий *Абдуллоҳ ибн Убай ибн Салул.…

Мен ҳам сен каби қийинчиликдаман, аммо йиғлашни қойиллата олмайман!

​Менга ростгўйлик ҳақида гапирма, мени алдамасанг бас!
Менга вафо ҳақида гапирма, мени сотмасанг бас!
Менга ғоя ҳақида гапирма, тилингни тийсанг бас!
Менга жаннатга йўл ҳақида гапирма, олдимда юрсанг бас!

“Мўминнинг нияти амалидан яхши бўлади. Мунофиқнинг эса амали ниятидан яхши бўлади”.

Tongi suhbatlar 45ming
Tungi suhbatlar 40ming
Buyurtma berish @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

1.1K views edited 02:00
Taskin Kitoblar.

https://instagram.com/taskinkitoblari?igshid=YmMyMTA2M2Y= Instagram sahifamiz yangilandi. (Qullik. Ibrohim Adham hazratlari ozod qilish niyatida bir qulni sotib oladilar. Quldan so‘radilar: — Isming nima? — Siz kim deb chaqirsangiz o‘sha ismim bo‘ladi…

“Bu shaharda men birorta musulmon farzand o’z ota-onasini qariyalar uyga berib yuborganini ko’madim. Iltimos, mening ham o’g’limga Islomni o’rgating, shoyad u ham menga o’shalardek muomala qilsa.”

Musulmon bir oilada tug’ilganlar Islomni yaxshi biladi, ammo Islomda yashamaydi. Keyinchalik musulmon bo’lib hidoyat topganlar Islomni yaxshi bilmaydi, lekin ular Islomda yashash uchun jonini ham berishga tayyor!

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Qur’on o’qimasdan avval miyam savollar bilan to’la edi, hech bir kitobdan bu savollarga javob topa olmagamdim. Qur’on ham savollarimga javob, ham qalbimga halovat berar edi.

Kechqurun Istanbulga kirib kelgandim. Ertalab har tarafni bomdod namozining azonlari tutib ketdi. Lol bo’lib qoldim. Birinchi marta buncha ko’p azonni ayni onda eshitayotgandim. Uy egasi bilan masjidga chiqdik, imom “Hashr” surasini o’qidi. Ma’nosini bilmasam ham rosa yig’ladim.

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

Uygʻotay deb kelgan ul bahorlar bekor ketar,
Har tongda quyosh turtib, har shomda bezor ketar,
Boʻgʻzin yirtib shoirlar ming hayqirib, xor ketar,
Alloh, bu xalq shu holga koʻnganga oʻxshayotir.
Turkiy elning shiddati soʻnganga oʻxshayotir.

© Najmiddinbek Ermatov

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Taskin Kitoblar.

Uygʻotay deb kelgan ul bahorlar bekor ketar, Har tongda quyosh turtib, har shomda bezor ketar, Boʻgʻzin yirtib shoirlar ming hayqirib, xor ketar, Alloh, bu xalq shu holga koʻnganga oʻxshayotir. Turkiy elning shiddati soʻnganga oʻxshayotir. © Najmiddinbek…

Koʻk boʻri kezgan sarhad itlarga talosh endi,
Koʻtarilgan bosh emas, birgina quyosh endi,
Uchqun sochgan koʻzlarning topingani yosh endi,
Turkiy elning shiddati soʻnganga oʻxshayotir.

Sarbadorlar qonini sellar yuvib ketganday,
Millat uchun jon berar alpni devlar yutganday,
Ultontozlar kun sanab, e voh, shuni kutganday,
Elning kuni nomardga qolganga oʻxshayotir.

Yuz ellik yil otangni otganni ogʻa sanab,
Dili buzuq kelganning qadamiga gul qadab,
YO, HAQ, deya yonganning mozoriga tosh qalab,
Saroyingga qargʻalar qoʻnganga oʻxshayotir.

Eldan chiqib elidan irganganlar koʻringay,
Oʻz tarixin oʻzgadan oʻrganganlar koʻringay,
Gʻujuri-yu zaboni oʻzgarganlar koʻringay,
Oʻz farzanding oʻzingni sotganga oʻxshayotir.

Kechang zavolga doʻndi, haykalday qotib boʻldi,
Sening bor nasibangni beklaring totib boʻldi,
Bugundan-ku ayrilding, ertangni sotib boʻldi,
Yoʻl koʻrsatar mayogʻing oʻchganga oʻxshayotir.

Burgut uchgan zovlarda quzgʻun bazm etmoqda,
Ildizingni kavshabon toʻngʻiz hazm etmoqda,
Ertangni belgilashga yotlar jazm etmoqda,
Qoshiq butun, qiliching singanga oʻxshayotir.

Kechagi yovqir nigoh bugun yerga qadalgan,
Vatan kutgan jasorat non topishga atalgan,
Boʻyin egik, qoʻl qadoq, tizzalaring qavargan,
Umid koʻzyosh shoʻridan soʻlganga oʻxshayotir.

Uygʻotay deb kelgan ul bahorlar bekor ketar,
Har tongda quyosh turtib, har shomda bezor ketar,
Boʻgʻzin yirtib shoirlar ming hayqirib, xor ketar,
Alloh, bu xalq shu holga koʻnganga oʻxshayotir.
Turkiy elning shiddati soʻnganga oʻxshayotir.

© Najmiddinbek Ermatov

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Birinchi kitob hayajonlari

Yosh ijodkorlar bahorgi irmoqlarga o‘xshaydi. Ularda bahor suvlarining shoshqinligi, musaffoligi, beg‘uborligi bor. “Birinchi kitobim” loyihasi asosida chop etilgan to‘plamlar bilan tanishish jarayonida yoshlar ijodi bugungi kun ruhi va maqsadlariga muvofiq ekanligini payqash mumkin. Joriy yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Ijod” jamoat fondi homiyligida 20 ming nusxada nashr qilingan kitoblar orasida Fozil Farhodning “Maktub”, Kumush Abdusalomovaning “Kuylamasam bo‘lmaydi”, Sanjar Tursunovning “Muzaffar tong”, Zulfira Nu’monovaning “Osmonning fanori”, Shavkat Odiljonning “Baxt bekati”, Zebo Xudoyberdiyevaning “Yo‘l boshida” kabi to‘plamlari bor. Olti nafar ijodkorning ilk kitoblari 120 mingta oq kabutarga aylanib, adabiyotga, she’rga, so‘zga intiq yuraklarga kirib borsa, ajab emas.

Foziljon, ustoz adiblarning ko‘pchiligi sizning yoshingizda adabiy jarayonda tanilib ulgurishgan, bir emas, bir nechta kitoblari nashr etilgan. Odatda ijodkorning birinchi kitobini to‘ng‘ich farzandga qiyoslashadi. To‘ng‘ich farzandning nuqsonlari har doim har ko‘zga tashlanmagani kabi ilk kitob ham xatolari bilan birga suyumli bo‘ladi. “Maktub” ni qo‘lga olganingizda, qalbingizdan qanday o‘ylar kechdi?

Fozil Farhod:

– Kitob – ma’naviy boylik! Allomalarimiz aytganiday, uning qiymati moddiy boylikdan yuqori turadi. Birinchi kitobim chop etilgani haqidagi xushxabarni eshitganda yuragimdan hayajonli tuyg‘ular kechdi. Taniqli ijodkorlarning birinchi kitoblari nomini eslashga urindim. Abdulla Oripovning “Mitti yulduz”i, Rauf Parfining “Karvon yo‘li”, Matnazar Abdulhakimning “Tiniq tonglar”i, Xayriddin Sultonovning “Quyosh barchaga barobar”i, Yo‘ldosh Eshbekning “Sog‘inib yashayman”i, Eshqobil Shukurning “Sochlari sumbul-sumbul”i, A’zam O‘ktamning “Kuzda kulgan chechaklar”i, halima Ahmedovaning “Tungi marvaridgullar”ini bir-bir ko‘z oldimga keltirdim, qo‘limda borlarini varaqlab ko‘rdim. Ushbu kitoblarning mualliflari ilk to‘plamlari bilan mashhur bo‘lishgan, ustozlar e’tiborini qozonishgan. Biz ham ulardek ijodkor bo‘la olamizmi?

Taqdimot ko‘ngildagiday o‘tdi. Samimiy qutlovlarni qabul qildik. Qutlovlar kelishi hamon davom etyapti. Birinchi kitobimizning 20 ming nusxada chop etilgani nafaqat biz, tanishlar, do‘stlar, qarindoshlarning ham boshi osmonda! Yo‘l boshida turgan yosh ijodkor uchun bu haqiqatan ulkan hodisa.

Kunda bo‘lmasin, oyda bo‘lmasin, mayli, yilda bir bo‘lsa ham “Kitobingiz qo‘limda turibdi”, degan xushxabarni olish qalam ahliga nasib etaversin!

Qizaloqda yangi tuyg‘u paydo bo‘ldi – kutish. Endi u har tong derazadan darvozaxonaga termilishni odat qildi; otasining kelishini intiqib kuta boshladi. har gal ularning o‘rniga baroq qoshli pochtachi amakini qarshi olarkan, maktubni unga berardi-yu, mitti yuragi bir og‘rinib qo‘yardi. Biroq har oqshom maktub yozishini qo‘ymasdi…

Maktub” hikoyasidan

O‘z ovoziga ega bo‘lishni istagan yosh ijodkor adabiyotimizning asriy an’analari bilan bir qatorda milliy folklorga ham befarq bo‘lmasligi kerak. Chunki har qanday millat adabiyoti avvalo uning folkloridan oziqlanadi. Qaysi xalqning og‘zaki ijodiyoti boy bo‘lsa, shunga muvofiq ravishda adabiyoti ham muhtasham bo‘ladi. Kumush, aksariyat she’rlaringizda xalqona qo‘shiqlarga xos ohang va kayfiyat bor. Ilk kitobingizdagi “Gul sayli”, “Maktub”, “Qiz qo‘shig‘i” singari she’rlarni o‘qib, shunday xulosaga kelish mumkin. Buning boisi nimada?

Kumush Abdusalomova:

– Gyotening shunday gapi bor: “Xalq qo‘shiqlarining asl qadr-qimmati shundaki, ulardagi ohanglar bevosita tabiatning o‘zidan olingan”. Xalq qo‘shiqlari insonning o‘zi bilan tug‘ilib, o‘zi bilan birga ulg‘ayadi. Bolalikda “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Chittigul” qo‘shiqlarini sevib aytamiz. O‘smirlik pallasiga yetib, oq-qorani taniy boshlagan chog‘imizda esa “Soy bo‘yi”, “Eshik oldi”, “Boshginam og‘riydi” kabi qo‘shiqlarni qanday yod olganimizni o‘zimiz bilmay qolamiz. Yillar o‘tib borar ekan, xalqimiz turmush tarzining uzviy qismi bo‘lmish mehnat qo‘shiqlari ham hamrohimizga aylanadi. Xalq qo‘shiqlarining ahamiyatli jihati shundaki, ular hech qachon eskirmaydi, zeriktirmaydi, vaqt to‘siqlaridan ildam o‘tib boraveradi. Bolalikda eshitganimiz termalar sochimizga oq tushganda ham yangidek tuyuladi. Ularni yodlash ham, yozib olish ham shart emas. Bolaligimda xalq qo‘shiqlarini ko‘p bor eshitganman, dugonalarimga jo‘r bo‘lib kuylaganman. Xalq qo‘shiqlariga bo‘lgan mehrim tufayli she’rlarimning aksariyati xalqona yo‘lda yozilgan. Menimcha, xalqona uslubda she’rlar yozish yosh ijodkorga ko‘p narsa beradi, ijodini millat ruhiga yaqinlashtiradi.

Chillak

Sindirib olishdi uni daraxtdan,

So‘ng kesib tashlashdi oyoq-qo‘lini.

Yerdan chuqur qazib, boshin qo‘yishdi,

Zulmatlar qopladi o‘ngu so‘lini.

Tayoqni ayamay urishdi keyin,

Samoda sovuqdan titradi dir-dir.

Tayoqning bir aybi, bitta gunohi –

Soqovligi bilan to‘g‘riligidir.

hikoyalaringizda yuksak tog‘lar havosi, dasht odamlarining sodda hayot tarzi, aytgani hikmatga aylanuvchi insonlar taqdirini qamrab olishga intilasiz. Qahramonlaringizning aksariyati g‘ururi baland polvonlar, chavandozlar, umri zahmat ichida kechadigan soddadil cho‘ponlar… Bu hol o‘quvchiga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.

Sizningcha, badiiy adabiyotda ijodkor tug‘ilib o‘sgan maskan, u yashagan muhitning ahamiyati nechog‘lik?

Sanjar TURSUNOV:

– Sangardak tog‘larida qishu yoz, bahoru kuz kakliklar sayraydi. Bog‘laridagi daraxtlar shoxida kech kuz kunlarida ham olmalar bo‘ladi. Bahorda daryolar toshadi, qorlar eriydi, sel keladi. Xuddi o‘n sakkiz yoshli yigitcha kabi daryolarning kuchi “bilagi”ga sig‘maydi. Lekin yozda daryo sal tiniqlashadi. Xuddi o‘ttiz yoshli og‘ir-bosiq odam singari. Kuzda suvlar dokaday mayin tortib qoladi. Ellikdan o‘tib, oqu qorani tanib olgan odam yanglig‘ sekin oqadi. hatto, 1-sinf o‘quvchisi ham uni mensimay kesib o‘tadi. Qishda esa… muzlaydi. Usti muz, pastida suv oqib turaveradi. Yuzi kulib tursa-da, qarilikka chora topolmay qalbi azob chekayotgan otaxon misol…

Sangardak sharsharasi raqsga tushadi. Dimog‘ingizda istagan kuyingizni xirgoyi qilib sharsharaga tikilsangiz, u sizni eshitgan kabi raqs tusha boshlaydi. Agar unga maftunligingizni oshkor etsangiz, u boshingiz uzra kamalak yasaydi, tomchilarini yuzingizga sepib sho‘xlik qiladi. Beparvolik qilsangiz, shamol bilan yuzingizga chang soladi…

Ha, ijodkor uchun tug‘ilib o‘sgan maskan, adabiy muhit va tabiiy manzaralar muhimdir. Bolaligimda ertakdagi voqealar tog‘ning orqasida sodir bo‘lgandek tuyulardi. O‘sha tomonlarga borgim, yetti boshli Ajdarhoni o‘ldirgim, Kenja botir bilan gurunglashgim kelaverardi. Ulg‘aygach ko‘rdimki, tog‘ning ortida ham bizga o‘xshagan odamlar yashasharkan. Xuddi biz singari ertaklardan miriqib ulg‘ayayotgan bolalar bor ekan. Va ular ham biz tomonlarni “voqea sodir bo‘ladigan joy” deb o‘ylasharkan. To‘g‘ri, tasavvurim meni aldadi, biroq baribir ertaklarga ishonaman. Chunki qo‘limga qalam tutqazgan, nimalarnidir yozishga undagan kuch, huv, o‘sha ertaksiz uxlolmaydigan tunlarimizdan boshlangan bo‘lsa, ne ajab?

hozir har kecha o‘sha tunlardan ilhom olaman. Ularning oldida o‘zimni qarzdor sezaman va bu qarzdorlik tuyg‘usi meni anchayin qiynab qo‘yadi.

Tug‘ilib o‘sgan maskanning ahamiyati ham, mas’uliyati ham shu bo‘lsa kerak…

Bolalik yakuni yo‘q tushga o‘xshaydi. Bu oltin damlarda ko‘ngling nimani buyursa, xayolingga nima kelsa, qilasan. Birov seni ayblamas, dag‘dag‘a qilib g‘ururingni toptamas, nari borsa sho‘xlikka yo‘yishar, undanam oshib ketsa, beozor “bezori”ga chiqarib qo‘yishadi. Yana bir muhim tomoni, o‘sha bezoriliklar yoqadi-da odamga. Bu xush onlar bir keladi-yu ketadi. Ana shunisi yomon. Yigirma kun oldin hayotimda biror muhim voqea ro‘y bergandir, ha, ha, yigirma kun oldin. Esimda yo‘q. Yo‘q. Ammo yigirma yil oldin ro‘y bergan har bir voqea hali hamon yodimda…

Ovuldagi bir oqshom” hikoyasidan

har qanday millat adabiyotining salmoqli qismini bolalar adabiyoti namunalari tashkil qiladi. Kichik yoshli she’rxonlar uchun yozish kattalarga yozishdan ko‘ra osonroq bo‘lib tuyulsa-da, aslida undan ko‘ra mas’uliyati og‘irroq. Ijodiy faoliyati davomida bolalarga asar yozgan shoir va adiblar ko‘p. Lekin bolalarning sevimli shoiri yoki adibi sifatida keng ommaga tanilish hammaga ham nasib etavermaydi. Nega aynan bolalar ijodkori bo‘lishga ahd qildingiz?

Zulfira No‘monova:

– Badiiy adabiyotning asosiy vazifasi tarbiyadan iborat. Asar qaysi janrda yozilganidan qat’iy nazar zamirida tarbiya yotadi. Qolaversa, bolalikdagi tarbiya inson ma’naviyatining poydevori hisoblanadi. Ana shu ilk tarbiya elementlarini bolalar ongiga sodda, ular ruhiyatiga mos holda singdirish esa shoirdan mahorat talab etadi. Bu bolalar shoirlari zimmasidagi vazifadir. Bolalar uchun yozish murakkab, ammo zavqli. Chunki tanlangan mavzu, uning zamiridagi g‘oyani bolalarga yetkazish uchun ularga tushunarli va qiziqarli bo‘lgan poetik obrazlarni izlab topish kerak. Demak, bolalar ijodkori bo‘lish uchun qiziqish va intilishning o‘zi kamlik qiladi.

O‘z davrida Quddus Muhammadiy, Zafar Diyor, Po‘lat Mo‘min, Qudrat hikmat, Tursunboy Adashboyev, Anvar Obidjon kabi shoirlarimiz she’rlari mening bola ko‘nglimni to‘lqinlantirgan, o‘yga toldirgan. Keyinchalik men ham she’rlarim bilan bolalarga ana shunday zavq ulashishim mumkinligi to‘g‘risida o‘yladim. Ilk she’rlarim o‘sha paytlarda qog‘ozga tushdi. Men she’rlarimdagi yumor, yoshlik shavqi orqali bolalarda badiiy adabiyotga nisbatan qiziqish uyg‘otib, ulardagi insoniy sifatlarning ilk ko‘rinishlarini shakllantirishni o‘z oldimga maqsad etib qo‘yganman. Bu yo‘lda hali ko‘p izlanishim kerakligini bilaman. Ustozlarim ko‘magi va ishonchi menga yo‘ldosh ekan, maqsadim albatta amalga oshadi.

Kapalak

Kanoting ipak misol

Biram momiq va mayin.

Parvoz qilasan ko‘kda

O, kapalak, qalbimga

Ezgu hislar solding sen.

Mayli, men tutolmagan

Orzu bo‘lib qolgin sen.

Bugungi adabiy jarayonni kuzatganda, “Bu gulshan sahnida gul ko‘p, chaman ko‘p” degan so‘zlar yodga tushadi. Chunki iste’dodli shoirlar juda ko‘p. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkaziladigan seminarlar har yili o‘nlab yosh ijodkorlarni kashf etmoqda. Turli sabablar bilan mazkur seminarlarda qatnasha olmay, chekka qishloqlarda erkin ijod bilan shug‘ullanib yurgan ijodkorlar ham bor. Ayni holat bir tarafdan yosh ijodkorning baxti – negaki ko‘pincha iqtisodiyotga nisbatan qo‘llanuvchi “raqobat bor joyda rivojlanish bo‘ladi”, degan fikrni adabiyotga ham joriy etsa bo‘ladi. Nima dedingiz?

Shavkat Odiljon:

– Yengil-yelpi asarlar, qog‘ozga tushar-tushmas qo‘shiqqa aylanayotgan “she’r”lar qayerdan paydo bo‘layapti? O‘sha siz aytayotgan, “raqobat bor joyda rivojlanish bo‘ladi”, degan iboraning orqasidan-da, albatta. Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan havaskor shoirlarning “Bugun rekord o‘rnatdim, bir kunda 30dan ortiq she’r yozdim”, – degan so‘zlarini o‘qiganda, har qanday ijodkor o‘yga tolishi tabiiy… haqiqiy she’r chinakam ilhomdan tug‘iladi. So‘zning asil Sohibi ijod ahlini ilhomdan ayirmasin.

Adabiyot – raqobat maydoni emas. O‘qib-o‘rganadigan, o‘z ko‘nglini to‘kib, o‘zga ko‘ngillarni topadigan maydon. Menimcha, bu maydonda ijodkorlarni raqobatchilar emas, xalq tiliga yaqin tarzda “yo‘lda yo‘ldoshlar” deb atasak bo‘ladi. Yoki “safdoshlar” debmi… Ijodkor uchun eng yaxshi safar o‘z ko‘ngliga qilgan safaridir. Bu manzilda o‘zingni topasan. Safar davomida senga ilhom parisi hamroh bo‘ladi. Mashhur adib Markes “Ilhom – ilohiy ne’mat, u kelganida ish yengil kechadi”, – deydi. She’r yozayotganda ruhiy holatimizda ham o‘zgarish sodir bo‘lganini sezamiz. O‘zimizni parvoz qilayotganday his etamiz.

Seminarlar masalasiga kelsak, ular adabiyotni raqobat maydoniga aylantirish uchun emas, yosh ijodkorlarni topish, qo‘llab-quvvatlash, bir-birlari bilan tanishtirish, kitobga oshno qilish, ustoz ijodkorlardan saboq olishlariga imkon berish maqsadida tashkil qilinmoqda. Bu seminarlar ijobiy natija berayotganini keng jamoatchilik, adabiyot muhiblari kuzatib, guvoh bo‘lib turibdi. Joriy yilda “Birinchi kitobim” loyihasida nashr etilgan kitoblar orasida “Baxt bekati” nomli to‘plamimning borligi men uchun bir umr unutilmas voqea bo‘ldi. 20 ming nusxada chop etilgan ilk kitobimni katta mas’uliyat, kelajakka bo‘lgan umid va ishonch ramzi sifatida qabul etdim. Ustozlardan minnatdorman.

Baxt

Yo‘ldan o‘tib ketmoqda taqdir,

Sevgi javlon urar mehnatda.

horma, nega ishlaysan, sevgi?

Nomim qolsin abadiyatda.

Savol-javob cho‘zildi rosa,

Taqdir ishqdan o‘ylanib qoldi.

horma, – dedi yana bir karra

Va qo‘liga ketmonni oldi.

Mehnat qildi ikkovlon uzoq,

Noni halol – yugurdi, yeldi.

Inoqlikdan nishon dunyoga

Baxt ismli chaqaloq keldi.

Buyuk shoirligiga mos tarzda talabchan adabiyotshunos ham bo‘lgan hazrati Bobur zamondosh shoirlardan biriga ta’rif berar ekan, uning “Devon”idan o‘rin olgan g‘azallarning barchasi bir vaznda bitilganligini ta’kidlaydi. Bu bejiz emas. Shoirning mahorati ma’lum ma’noda uning turli janrlarda, turfa vaznlarda qalam tebratishiga ko‘ra ham baholanishi mumkin. “Yo‘l boshida” nomli mo‘jaz to‘plamingizda bir-ikkita mumtoz ohangdagi she’rlarini ham o‘qidik. Ayting-chi, yosh ijodkor qalbida mumtoz adabiyotga mehr, mumtoz adabiyot namunalarini o‘qishga ishtiyoq borligi uning ijodida qanchalik ahamiyatga ega?

Zebo Xudoyberdiyeva:

– Binoning mustahkamligi uning poydevoriga bog‘liq, deyishadi. Men baquvvat ildizlarga ega bo‘lgan milliy adabiyotimizni vaqt sinovidan o‘tib, bugungi kunga qadar yetib kelgan ko‘hna obidalarga o‘xshataman. O‘zbek adabiyoti, ayniqsa o‘zbek mumtoz adabiyotiga maftunligim oilaviy muhitda shakllangan. Bilasiz, farg‘onaliklar azaldan adabiyotni, kuy-qo‘shiqni, askiyani yaxshi ko‘rishadi. Bolaligimdan mumtoz qo‘shiqlarni sevib tinglayman, xirgoyi qilib yuraman. hazrat Alisher Navoiyning purhikmat g‘azallarini takror-takror o‘qiyman, misralari qatidagi ma’noni anglagim keladi. Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari latif samimiyati bilan qalbimni hayajonga solsa, Nodirabegim va Jahon otin Uvaysiy g‘azaliyoti ayol qalbining eng nozik, ayni chog‘da bir qadar mahzun tasvirlari bilan yuragimni to‘lqinlantiradi. Asosan barmoq vaznida yozaman. Lekin mumtoz she’riyatga bo‘lgan mehrim, maftunligim tufayli g‘azallar mashq qilib turaman. Yaxshi shoir bo‘lish uchun faqat iste’dodning o‘zi kifoya qilmaydi, adabiyotga doir nazariy bilimlarni ham puxta o‘zlashtirish, mumtoz shoirlar ijodini ko‘proq o‘qish kerak. Zero, mumtoz shoirlar ijodi yosh qalamkashlarga so‘zni so‘zdan farqlashni o‘rgatadi.

Suvrat

Cuvda olam aks etar,

Ba’zan quyosh, ba’zan oy.

Suvratni qayga eltar

Shoshqaloq musavvir – soy?

Ko‘klam chog‘i bir o‘zim

Soy bo‘yida yurgandim.

Nogoh tushgandi ko‘zim,

Bir yigitni ko‘rgandim.

Bir bor ko‘rsat rasmin deb

har kun soydan so‘rayman.

Meni qiynama hadeb,

hech qursa… bir ko‘ray man.

Jazmim yetmas jur’atga.

Qiyoslab ko‘rsam deyman

Yosh ijodkorlarning fikrlarini G. Mo‘minova yozib oldi.