O‘qimagan kitoblaringiz bir kuni sizni jazolaydi». Kutubxonachining ham ahvolini so‘raydiganlar bormi
Biz 6 ta apelsinni yarmiga, qolganlarini esa 3 ta teng qismga kesib tashladik, shundan so’ng biz har bir talabaga apelsinning yarmini va uchdan birini beramiz.
Таълим / Образование
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади.
Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 3 синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.
Сўнгги йилларда нашр этилган дарсликлар
Ўзбек тилида | Рус тилида |
---|---|
Она тили – дарслик (2019) Она тили – дарслик-1 (2022) Она тили – методика (2022) |
Узбекский язык – учебник (2019) Узбекский язык – учебник (2022) Узбекский язык – методика (2022) |
Ўқиш китоби (2016) Ўқиш китоби (2019) |
Книга для чтения (2016) Книга для чтения (2019) |
Рус тили – дарслик (2019) Рус тили – дарслик (2022) |
Русский язык – учебник (2019) Русский язык – учебник-1 (2022) Русский язык – учебник-2 (2022) Русский язык – методика (2022) |
Математика – дарслик (2019) Математика – дафтар (2022) Математика – методика (2022) |
Математика – учебник (2019) Математика – учебник (2022) Математика – тетрадь (2022) Математика – методика (2022) |
Табиатшунослик (2019) Табиий фанлар – дарслик (2022) Табиий фанлар – дафтар (2022) Табиий фанлар – методика (2022) |
Природоведение (2019) Естеств. науки – учебник (2022) Естеств. науки – тетрадь (2022) Естеств. науки – методика (2022) |
Тарбия (2020) | Воспитание (2020) |
Тасвирий санъат – дарслик (2016) Тасвирий санъат – дарслик (2022) Тасвирий санъат – методика (2022) |
Изо – учебник (2014) Изо – учебник (2022) Изо – методика (2022) |
Мусиқа – дарслик (2019) Мусиқа – дарслик (2022) Мусиқа – методика (2022) |
Музыка – учебник (2019) Музыка – учебник (2022) Музыка – методика (2022) |
Жисмоний тарбия (2016) | Физическое воспитание (2016) |
Инглиз тили – дарслик (2017) Инглиз тили – дафтар (2020) |
Английский язык – тетрадь (2016) Английский язык – тетрадь (2020) |
Француз тили – дарслик (2020) Француз тили – дафтар (2019) Француз тили – дафтар (2022) Француз тили – методика (2022) |
Французский язык – учебник (2017) Французский язык – учебник (2020) Французский язык – тетрадь (2018) |
Немис тили – дарслик (2020) Немис тили – дафтар (2020) |
Немецкий язык – учебник (2020) Немецкий язык – тетрадь (2020) |
Технология – дарслик (2019) Технология – методика (2022) |
Технология – учебник (2019) Технология – методика (2022) |
«O‘qimagan kitoblaringiz bir kuni sizni jazolaydi». Kutubxonachining ham ahvolini so‘raydiganlar bormi?
Faoliyatim davomida ko‘p bora maktab ma’muriyati yoki boshqa soha vakillari tomonidan: «Kutubxonachilarning kitob tarqatish va qabul qilishdan boshqa qanaqa ishi bo‘lishi mumkin, 4 ta kitobni u yoqdan bu yoqqa olaverib kunni kech qilishadi», degan gaplarini eshitganman. Ana shunday o‘ylaydiganlarning kutubxonaga nisbatan fikrlarini o‘zgartirish uchun men kutubxonachilarning yil davomida qiladigan ishlari, o‘tkazadigan tadbirlari hamda zimmasidagi mas’uliyati va javobgarliklari haqida imkon darajasida qog‘ozga tushirib sizlarga havola etmoqchiman.
Xullas, men Axborot-resurs Markazi rahbari sifatida lavozim yo‘riqnomasidan tashqari, maktab kutubxonachilariga uslubiy yordam berib, ularni kutubxonadagi faoliyatlarini muntazam ravishda nazorat qilib boraman. Tumanimizda 19 ta maktab bor: ARM xodimlari esa 8 nafarni tashkil qiladi, G‘allaorol tumanida 90 tadan ziyod maktab bor lekin o‘sha tumanda ham ARM xodimlari 8 nafarni tashkil qiladi, Vazifamiz lavozim yo‘riqnomamiz va oylik ish haqimiz esa bir xil. Men har oy yoki har ikki oyda maktab kutubxonalariga borib ishlarini ko‘zdan kechirib kelaman. Bu mening vazifam va buni mendan viloyat Axborot-resurs Markazi va tuman xalq ta’limi bo‘limi talab qilib turadi, (96 maktabi bor tuman ARM xodimlarini holatini tasavvur qilib ko‘ravering) muntazam ravishda tadbirlar va kutubxonachilar bilan ishlaganim uchun doim bir xil muammoga duch kelaman, aniqrog‘i men emas maktab kutubxonachilarining muammosi.
Kutubxonachilarning bir oylik ish haqi
Kutubxonachilik lavozimi uchun shtat birligi maktabdagi sinflar soniga qarab maktab joylashgan hududning moliya bo‘limi tomonidan belgilanadi: 13 ta sinfi bor maktabga 0.5 stavka kutubxonachi, bir oylik ish haqi 258 188 so‘m, kitoblar soniga qarab eng kam oylik ish haqining 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lgan miqdorda qo‘shimcha ustama ham to‘lanadi (pasti 17 224 so‘m, yuqorisi 34 448 so‘m) 258188+34448=292 636 so‘m.
Bundan kelib chiqadiki, xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari hisobchiga tabel topshirayotganda 0.5 stavka kutubxonachiga 258 188 so‘m oylik ish haqi yozadi, hisobchi kutubxonachining topshirgan hisobotiga tayanib tabeldagi 258188 so‘mga ko‘pi bilan 34448 so‘m qo‘shib unga oylik ish haqi yozishi mumkin, undan 15 foiz daromad solig‘iga, 1 foiz kasaba uyushmasiga, 1 foiz nafaqa jamg‘armasiga (nafaqaga chiqqanida xalq bankidan borib oladi), 8 foiz nafaqa fondiga, misol uchun
(qoldiqlarni yozib o‘tirmadim)
292636-(43895+2926+2926+23411) = 219478 so‘m
Ishonish qiyin lekin rostdan ham 0.5 stavka kutubxonachilar bizning hududda 3 nafarni tashkil qiladi, ular bir oylik ish haqlaridan kommunal to‘lovlariga o‘tkazmasa plastik kartochkalariga 219478 so‘m pul mablag‘i tushadi, shunda ham ularning kutubxonasidagi kitoblar soni 20 foizlik ustama talablariga javob bersagina qolgan 13 tadan yuqori sinfi bor kutubxonachilarning bir oylik ish haqlarini o‘zingiz chamalab ko‘ravering!
13 tadan 30 tagacha sinfi bo‘lgan maktabga 1 stavka kutubxonachi
30 tadan 40 tagacha sinfi bor maktabga 1.5 stavka kutubxonachi
40 tadan yuqori sinfi bor maktabga esa 2 stavka kutubxonachi shtati beriladi
(bizning hududda 40 tadan ziyod sinfi bor maktab mavjud emas)
Kutubxonachi bo‘lib ishga kirganlar orasida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishini bitirganlar 80.90 foizni tashkil qiladi. Aynan kutubxonachilik bo‘yicha oliy ma’lumotli kutubxonachini maktab kutubxonalaridan topish juda qiyin. Agar shunday xodim bo‘lsa ham 50 yoshlar atrofida bo‘ladi (Unutmang men tumanda turaman va o‘zim yashab turgan muhitdan kelib chiqib yozyapman).
Tadbirlar (o‘quv yili davomida)
Kutubxonaga kirganingizda kitob javoni undagi kitoblar, bir nechta parta va o‘rindiqlarga ko‘zingiz tushadi, yana yaxshilab nazar tashlasangiz, qaysidir shoirning yuz yilligiga bag‘ishlanib tashkil qilingan burchak, gazeta va jurnallar taxlami bo‘lmish jamlanmalar. Kutubxonachi o‘tiradigan stol yonidagi kitob javonida esa papkalar, hujjatlar, rasmlar, bukletlarni ko‘rishingiz mumkin. Hujjatlarning soni va qog‘ozbozlik bo‘yicha kutubxonachi maktabda 3 o‘rinda turadi. Mavzudan sal uzoqlashgan holda maktab ma’muriyatidagi qog‘ozbozlik va hujjatlar yuritish bo‘yicha o‘rinni men o‘zim uchun quyidagi tartibda terib chiqdim:
1-o‘rin ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
2-o‘rin o‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktori o‘rinbosari
3-o‘rin kutubxonachi
4-o‘rin yoshlar ittifoqi yetakchisi
5- o‘rin monitoringchi (sinf rahbarligi va fan o‘qituvchiligi bor)
6-o‘rin xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
7-o‘rin xotin qizlar qo‘mitasi raisi (sinf rahbarligi va fan o‘qituvchiligi bor)
8-o‘rin kasaba uyushmasi raisi (sinf rahbarligi va fan o‘qituvchiligi bor)
9-o‘rin ish yurituvchi (kotiba)
10-o‘rin sinf rahbarlari (fan o‘qituvchiligi bor)
11-o‘rin fan o‘qituvchilari
14-o‘rin maktab direktori
Ochig‘ini aytsam, o‘quvchilarni badiiy kitob o‘qishga jalb qilinadigan tadbirlarni boshida nega faqat kutubxonachi qo‘yilishi va bu tadbirlarga aynan kutubxonachi mas’ulligi meni hayron qoldiradi. 2017-2018- o‘quv yili davomida kutubxonachi o‘tkazadigan tadbirlar quyidagilardan iborat:
«Kitobxonlik bayrami», bu tadbirni ichida tadbirlar bor;
– «Kitob taqdimoti» (sentabr-dekabr oylari davomida);
– «Adabiyot kunlari» (fevral oyining birinchi yarmida);
– «Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi» (15-fevraldan 20-martgacha);
– «Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari» (10-martdan 20-martgacha);
– «Bir farzandga-uch kitob» (10-martdan 20-martgacha);
– «Kitobim-oftobim» (mart oyida);
– «Momomning sandig‘i» ertaklar tanlovi (o‘quv yili davomida);
– «Men sevgan adabiy qahramon» insholar tanlovi (aniq muddatini topolmadim);
– «Targ‘ibotchi kitobxon o‘quvchi» (o‘quv yili davomida);
– «Yosh kitobxonlar ko‘rik tanlovi» (may, iyun, iyul oylarida);
– «Mustaqillik bolalar madhida» she’rlar tanlovi (o‘quv yili davomida);
– «Kitob o‘qish» tadbiri (o‘quv yili davomida);
Kutubxonachi barcha tadbirlarni o‘tkazganligi haqidagi ma’lumotnoma va tadbirlardan olingan suratlarni tuman Axborot-resurs markaziga yetkazadi, tuman Axborot-resurs markazi umumlashtirib viloyat Axborot-resurs markaziga, ular esa tumanlarnikini umumlashtirib Respublikaga yuborishadi. Kitobxonlik bayrami tadbiri haqida Dono G‘aniyevaning «Ta’lim tizimidagi axborot-kutubxona jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish» kitobidan batafsil o‘qib bilib olishingiz mumkin. Boshqa tadbirlar nizomini internetdan topish mushkul emas.
Kutubxonachi bu tadbirlarni, albatta yolg‘iz o‘zi o‘tkazmasligi kerak, unga maktab ma’naviyatchisi, yoshlar ittifoqi yetakchisi, sinf rahbarlari va ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ko‘maklashishlari chora-tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek aksariyat kutubxonachining ma’lumoti o‘rta maxsus, maktabdagi vakolati ham boshqalarnikiga nisbatan ancha past, kim ham unga o‘z ixtiyori bilan yordamlashardi, barcha o‘zini ishdan olib qochadi, ba’zida tadbirlarga ham hakam topish unga juda mushkul bo‘lib qoladi. Qaysidir tadbirni ma’lumotnomasi o‘z vaqtida kelmasa biz avvalo kutubxonachiga telefon qilamiz, javob bermasa yoki paysalga solsa maktab rahbariga, maktab rahbari o‘z o‘rnida kutubxonachini chaqiradi yoki o‘tirgan joyidan kotibasiga: «ayt anavi kutubxonachiga telefon qilsin, oboradigan ma’lumotnomasi bor ekan, topshirsin», – deydi xolos. Eng yomoni bizga olib kelingan ma’lumotnomalarda shu qadar xato kamchiliklar ko‘pki, bu kamchiliklarni maktab o‘quvchisi ham bemalol aniqlay oladi, xatolari ko‘p ekan deb qaytarib yuborishga avvalo odamgarchilik yuzasidan vijdonimiz yo‘l qo‘ymaydi. Axir unga tuman markaziga kelib ketishning o‘zi bo‘ladimi, boshqa tomondan qaytarib yuborsak qachon qaytarib olib kelishi dargumon bo‘lib qoladi, bu ma’lumotnomalarga maktab rahbari o‘qimasdan muhr bosganiga nima deysiz. Yana ular orasida qo‘l yozmalari ham kelib turadi, ya’ni qo‘lda yozilgan ma’lumotnomalar, sababini so‘rasak javoblar bisyor.
O‘zi maktabda bitta kompyuter bor, u ham hech bo‘shamaydi;
maktabimizda tok yo‘q edi;
Kompyuter qog‘oz chiqarmay qo‘ygan;
Informatika xonasi qulf ekan v/k.
Aslida esa maktab kutubxonachilarining kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari nolga teng, ular hatto malaka oshirish kurslariga borganda ham, kompyuterdan foydalanishni o‘rganib kelishmaydi yoki malaka oshirish institutidagi mas’ullar bunga jiddiy qarashmaydi. Bizning tumanda ham, qo‘shni tumanlarda ham vaziyat bir xil: maktab kutubxonalarida kompyuter, printer degan narsa yo‘q. Kutubxonachi ming ovoragarchilik bilan maktabda undan bundan gohida iltimos qilib gohida pulini berib tadbirlari uchun bayonnoma, ma’lumotnoma, chora-tadbirlar rejasini yozdirib fleshkasida saqlab yuradi, Tadbirlarni suratga tushirish uchun esa kimda yaxshi telefon bo‘lsa o‘shanga iltimos qiladi. Qachon biz so‘rasak o‘tgan yilgi tadbirni sanalarini o‘zgartirib chiqarib olib keladi. Ranglik fotosuratlarni esa tuman markaziga kelib foto salonlarda chiqarib kelishadi. Har safar ularga yig‘ilish o‘tkazganimda ichimda o‘z ishimga nisbatan nafrat uyg‘onadi, chunki men bezbetlarcha ko‘ra bila turib ulardan tadbirlar ma’lumotnomasini o‘z vaqtida olib kelishlarini, ma’lumotnomaga suratlarni ilova qilishlarini qattiq talab qilaman, chunki mendan ham yuqori tashkilotlar shuni talab qilishadi. Undan ham yomoni kutubxonachilarga maktab ma’muriyati tomonidan qog‘oz, ruchka, qalam, yelim, skoch berilmaydi, tuman markaziga borish kerakmi, viloyatgami yoki qaysidir yangi tadbirga banner chiqarish kerakmi, rangli suratlarmi farqi yo‘q kutubxonaga tegishli bo‘lgan barcha xarajatlar kutubxonachining cho‘ntagidan.
O‘quv darsliklarni tarqatish (avgust-sentabr oylari)
Bu ishni bir stavka, ya’ni 30 ta sinfi bor maktab kutubxonachi misolida hisoblaydigan bo‘lsak. 30 ta sinf bu har bir sinfdan 3 tadan bor degani ya’ni 1-a, 1-b, 1-v va hokazo. 30 ta sinf ichidan 3ta birinchi sinfni olib tashlaymiz, chunki ularga prezident sovg‘asi taqdim etiladi. Qolgan sinflarda o‘rtacha 28 nafardan o‘quvchi bor deb hisoblaymiz.
2-, 3-, 4-sinf o‘quvchilari uchun 10ta darslikdan iborat 9×28=252 nafar o‘quvchi 252×10=2520 dona kitob
5- sinf 12 ta darslikdan iborat, 3×28=84 nafar o‘quvchi 84×12=1008 dona kitob
6-sinf 13ta darslikdan iborat, 3×28=84 nafar o‘quvchi 84×13=1092 dona kitob
7-, 8-, 9-sinflar 10ta darslikdan iborat, 9×28=252 nafar o‘quvchi 252×10=2520 dona kitob
10- sinf 18 ta darslikdan iborat 3×28=84 nafar o‘quvchi 84×18=1512 dona kitob
Kutubxonachining qo‘lidan o‘quv yili boshida jami 8652 dona kitob o‘tarkan, 754 jamlanma kitobni sanab ega-egalariga topshirib ijara shartnomasiga kitoblar nomini yozib, qo‘l qo‘ydirib olish bilan birgalikda bu kitoblarni ijara to‘lovini ham hisoblab olish kutubxonachining gardanida, ijara darsliklari uchun quyidagicha pul yig‘iladi:
2-sinflar 8500×84=714000 so‘m
3-sinflar 9800×84=823000 so‘m
4-sinflar 11400×84=957600 so‘m
5-sinflar 7400×84=621600 so‘m
6-sinflar 11000×84=924000 so‘m
7-sinflar 13700×84=1150800 so‘m
8-sinflar 8900×84=747600 so‘m
9-sinflar 9400×84=789600 so‘m
Kutubxonachi ijaraga beriladigan kitoblarni tarqatish bilan birgalikda jami 6 728 200 so‘m pul mablag‘ini o‘quvchilardan, o‘quvchilarning ota- onasi yoki boshqa yaqin qarindoshlaridan sanab olib maktabning shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda sanab topshiradi. Bu ishni oxiriga yetguncha sentabr oyi ham yakunlanib qoladi. Sababi 2-4 sinflar uchun – kelgan o‘quv darsliklari ikki yilda bir marta va 5-9 sinflar uchun – to‘rt yilda bir marta yangilanadi, buning natijasida har yili qaysidir sinfga yangi darsliklar keladi 6 sinfning o‘ziga butunlay yangi darslik kelsa bu 1092 kitob degani, har bir kitobga ikki marta maktab muhri bosiladi, ya’ni 1 va 17 betiga, yana unga inventar raqami ro‘yxatga olingan sana, oy va yil ham yoziladi 1092 ta kitobga kutubxonachi 2184 marta muhr bosadi. Har birining 17 betini varaqlab ochganda barmoqlari bilan o‘zi bilmagan holda 18564 varaq sanaydi. Hisoblab ko‘rdim bitta o‘quv darslikka muhr bosib inventar raqam va sana yozishga 48 sekund vaqt ketarkan 1092 ta kitobga 15 soat shunda ham u to‘xtamasdan juda tez va sifatli ishlashi kerak.
Kitobxonlar qatnovi (o‘quv yili davomida)
Kutubxonachilar, o‘quvchilar maktabga kelgan kundan boshlab faqat darslik tarqatishmaydi, ular shu bilan birgalikda badiiy adabiyotlar ham tarqatishlari kerak, bola kutubxonaga kitob o‘qish yoki olish uchun kirishni xohlasa, unga keyinroq kel deb ikki uch marta ta’kidlayversa uni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi so‘nadi. Faoliyatimda shunday vaziyatlarga tushganman, ya’ni ota-onalar telefon qilib nega farzandimni kutubxonaga kirgizmading nima haqining bor yuqoriga chiqaman deb qo‘ng‘iroq qilishgan, telefon raqamimni qayerdan olganliklari menga qorong‘i, ular sizni muammolaringizni eshitishni xohlashmaydi, vazifangmi bajarasan deyishadi xolos, bunaqa vaziyatga nafaqat men boshqa kutubxonachilar ham tushishgan hatto ancha ovora bo‘lganlari ham bor. 840 ta o‘quvchisi bor maktab kutubxonasiga 1 kunda nechta o‘quvchi kitob olish uchun kirishini bir tasavvur qilib ko‘ring, shuncha o‘quvchini bir kunda hech bo‘lmasa 6 foizi kutubxonaga kirganda ham bu 50 nafar o‘quvchi degani. 50 nafar o‘quvchi 50 dona kitob olib ketadi va 50 dona kitob olib keladi, kutubxonachi 50 marta joyidan turib kitoblarni o‘z joyiga qo‘yishi kerak bo‘ladi albatta shu bilan birgalikda kitobxon formulyari va kitobdagi qaytarish varag‘iga yozishga ham ozmi ko‘pmi vaqt ketadi. Bitta kitobni olib qolib ikkinchi kitobni berib yuborish uchun kutubxonachi o‘rtacha 1 daqiqa vaqt sarflaydi, 50 nafar o‘quvchiga 50 daqiqa, lekin o‘quvchilarning hammasi bir xil vaqtda kelaverishmaydida yana bolajonlarni kitobni rostdan ham o‘qigan yoki o‘qimaganligini tekshirish uchun bir nechta nazorat savollarini ham berish kerak, ularni ham falon kitob bormi ustoz degan savollariga javob berish ham kutubxonachining vazifasiga kiradi. O‘quvchilar bilan birgalikda maktab xodimlari ham kutubxonaga kirib turadi lekin unchalik ham ko‘zga tashlanadigan darajada emas. Kutubxonachini qiynaydigan narsalardan biri bu kitoblarning yo‘qolishi undagi kerakli varaqlarini o‘quvchilar yirtib olishi, kitoblarni asrab avaylash uchun ham kutubxonachining bir ko‘zi yozayotgan narsasida bo‘lsa, ikkinchi ko‘zi kutubxonaga kirgan kitobxonlarda bo‘ladi.
Kutubxonaning gigiyenik holati (yil davomida)
Kutubxona shunday joy bo‘lishi kerakki, inson u yerga kirganida sokin, ozoda, yorug‘ va boshqa olamga tushib qolganday his qilishi kerak o‘zini. Kitoblarning ko‘pligini ko‘rganida ko‘zlari quvnab o‘qishga bo‘lgan shijoati oshishi lozim, kutubxona kutubxonachi uchun ishxona, boshqalar uchun ma’naviy dam olish xonasi bo‘lishi kerak. Maktab kutubxonalari haqida unday deb bo‘lmaydi. Kutubxonaga bir kunda 50 ta kitobxon kirsa bu yuzta oyoq degani, har biri ichkarida o‘rtacha 12 metrdan masofani bosib o‘tsa bu o‘rtacha 30 qadam degani 50 kishiga ko‘paytirsak 1500 qadam, xonada hech kim yugurmaganda ham bizni tuman va qishloq sharoitida xonadagi javonlar va kitoblarni usti shu bilan birgalikda polni ismingizni yozadigan darajada chang bosadi, qishin-yozin tozalanishi kerak bo‘lgan kutubxonani ulgursa kutubxonachi farroshga tozalatadi, ulgurmasa o‘zi tozalashiga to‘g‘ri keladi.
Kitoblar va kitoblarga ishlov berish (yil davomida)
Kutubxonadagi kitoblarni alfavitli va sistemali tartibda terilishini nazorat qilib borish, reja bo‘yicha haftaning qaysidir kunida bir ko‘zdan kechirib chiqib undagi qaytarish varaqalari, yorliqlar, kitob pasporti va cho‘ntakchalarini joyidaligini nazorat qilib turish ham kerak. Kutubxonaga kelgan komissiya ishlov berilmagan bir dona kitobni ko‘rib qolsa, butun kitoblarga «to‘liq ishlov berilmagan» degan xulosani yozib ketadi. Kitobning jihoz raqami inventardagi bilan bir xil bo‘lishi kerak. Inventar kitobidagi raqam kitobdagi bilan bir xil bo‘lmasa ham inventar noto‘g‘ri yuritilgan deb xulosa yozib ketishadi. Kutubxonadagi kitoblarning yaroqsiz holga kelgani yoki yo‘qolganiligi haqida dalolatnomani tuzish ham o‘zining zimmasida, har oyning 25 sanasiga qadar kutubxonadagi kitoblar haqidagi hisobotni, tuman markazidagi hisobchilarga yetkazishi kerak. Yangi kelgan badiiy adabiyotlarga yuqoridagi yorliq, kitob pasporti va qaytarish varag‘i kabi narsalarni ham kutubxonachi kompyuterdan chiqaradi, qirqadi, yozadi, yopishtiradi. Bir dona badiiy kitobga to‘liq ishlov berib javonga qo‘yishgacha, kutubxonachi 8 daqiqa vaqt sarflaydi.
Kutubxona hujjatlarini yuritish (o‘quv yili davomida)
Kutubxonachi tadbirlarning nizomiga asosan chora-tadbir rejasi, tashkiliy guruh, yig‘ilish bayonnomasi, tadbirlar ssenariylari, ma’lumotnomalar foto suratlarni o‘ziga ham yig‘ib boradi, tadbirlardan tashqari yana quyidagi hujjatlarni ham saqlashi va yurgizishi kerak, jumladan:
Jamlanma (kutubxonaga kelgan kitoblar yuk xatlarini hisobga olish daftari)
Inventar (kitoblar nomi soni inventar raqami yozib boriladigan daftar)
Formulyar (kutubxonaga a’zo kitobxonlarni a’zolik kitobchasi)
Gazeta va jurnallar obunasi haqida jadval
Gazetalardan bibliografik kartotekalar yozib borish (qaror, farmoyish, muhim sanalar v/h)
Yillik va oylik ish rejalari
O‘quv darsliklariga tegishli hujjatlar
Rad etilgan kitoblar ro‘yxati
Talab qilingan kitoblar ro‘yxati
Kutubxona hujjatlari orasida kutubxonada qancha kitob borligi, fondni qanchasi lotin alifbosida qanchasi kirill alifbosida va yana qanchasi boshqa tillarda ekanligi haqida ma’lumot bo‘lishi shu bilan birgalikda sohalar bo‘yicha ham fondni aniq ma’lumoti bo‘lishi, umumiy qilib aytganda kutubxona fondini raqamli ko‘rsatkichi bo‘lishi shart.
Mavsumiy ishlar (yil davomida)
Muhtaram yurtboshimiz endilikda pedagog xodimlar o‘z vazifalaridan boshqa vazifalarga jalb qilinmasliklari haqida o‘z nutqlarida ta’kidlab o‘tdilar, o‘sha kungacha maktab kutubxonachisining jamoadagi o‘rni xuddi shaxmatdagi piyoda kabi edi; U obodonlashtirish, chopiq, chekanka, paxta kabi yumushlarga farroshlar bilan birgalikda birinchi qatorda borardi. Biz ular bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lganimiz uchun ham buni hammadan ham yaxshi bilamiz. (hozir ahvol zo‘r deya olmayman, kuzatamiz)
Obuna va jamlanma (yil davomida)
Aksariyat kutubxonachilar yil boshida «shu obunani bizdan soqit qilishni iloji yo‘qmi ayrim maktablarda tashkiliy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ayrimlarida ma’naviyatchi shug‘ullanar ekan» deb bizga murojaat qilishadi, Maktab ma’muriyati nechta gazeta, nechta jurnalga a’zo bo‘lgan bo‘lsa ularni hammasini yil davomida tarqatish kutubxonachining zimmasiga yuklatilgan. Yana qo‘shimcha tarzda kutubxonada gazetalarning oxirgi sonini jamlanmasini tikib borish ham kutubxonachining zimmasida. Aslida esa jamlanmalarni kutubxonada turishi umuman mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Misol uchun 5 ta nomdagi gazetaning oyma oy chiqqan sonlari jamlanmaga tikib borilsa demak obuna bo‘lgan o‘qituvchilardan qaysi biridir pulini to‘lagan bo‘lsa ham gazetasini olmayapti. Majburiymi yoki ixtiyoriymi gazetaga maktabning o‘zi emas xodimlari obuna bo‘lishadi, nashriyot gazetani maktab kutubxonachisiga emas aynan obunachining o‘ziga yetkazishi kerak. Bundan kelib chiqadiki maktabga kelgan gazetalarning har birini egasi bor, maktab kutubxonachisiga yuklatilgan bu vazifaning ustidan nazorat qilish esa bilimsizlik. Ma’lumot uchun har oyda maktabga kamida 30 nomdagi gazeta va jurnallar keladi, yana ularning har biridan eng kamida 4 nusxadan bo‘lsa eng ko‘pi 20 nusxani tashkil qiladi.
O‘quv darsliklarini yig‘ib olish (may, iyun oylarida)
O‘quv yili yakuniga yetganda kutubxonachi o‘quvchilardan ijaraga berilgan 8652 dona kitobni bittalab tekshirib olishi va sinflarga bo‘lib keyingi yili yana tarqatishiga oson bo‘lishi uchun tartib bilan taxlab chiqishi kerak, blogpostimning boshida kitob tarqatishdagi ovoragarchiliklar haqida yozgandim, kitoblarni qabul qilishda qiyinchiliklar ham oz emas, agar kitob yaroqsiz holga kelgan yoki yo‘qolgan bo‘lsa o‘quvchini ota- onasini yoki sinf rahbarini chaqirtib dalolatnoma tuzish ziyonini undirish kerak. 8652 dona kitobni orasidan yo‘qolgani yaroqsiz holga kelib qolgani juda ko‘p uchraydi.
Kutubxona joylashuvi va rahbariyatning bu holga befarqligi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Kitob o‘qish» tadbirlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan 2017 yil 1 mart sanasida tuman seminarini tashkil qildik, Seminarda qo‘shni tuman ARM rahbarlari, o‘zimizni tumandan barcha maktab ma’naviyatchilari va kutubxonachilari, va viloyat Axborot-resurs Markazi rahbari ham ishtirok etishdi, shaxsan o‘zim borib o‘sha vaqtdagi viloyat xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘ini tadbirga taklif qilib keldim. U kishining kelishi va seminarda ishtirok etishi maktab rahbarlarini kutubxonaga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartiradi degan umidda edim. Shaxsan borganim bilan ham faoliyatimizga yuzaki qaradilarmi tadbirga kelmadilar. Seminarimizga bloger Sanjar Saidni ham taklif qilgan edik, ikki yuz kilometrdan Sanjar Said o‘z vaqtida yetib keldi biroq 40 kilometrdan viloyat Xalq ta’limi bo‘limidan hech kim kelolmadi, Sanjar Said so‘zga chiqqanida maktab kutubxonalarining joylashuvini tanqid qilib, kutubxonalar tor, sovuq, qorong‘i va maktab binosining eng uzoq burchaklarida joylashgani haqida ta’kidladi. Shu bilan birgalikda ularni binoning kiraverish qismiga, o‘quvchilar doimiy ravishda o‘tib qaytganda ko‘ziga tashlanadigan xonalarning biriga ko‘chirish kerakligi haqida taklif kiritdi. Ushbu tadbirdan bir necha kun o‘tib yuqoridagi taklifni maktab direktorlariga yig‘ilishlarning birida og‘zaki ravishda yetkazdim, lekin rahbariyat bu taklifimizga ham jiddiy e’tibor bermadi. Ba’zi maktab direktorlarning xonasiga kirsangiz ichidagi jihozlarning yarqirashi va xonaning kengligidan dilingiz yayraydi qani endi kutubxonalar xam xuddi shunday bo‘lsa.
Xolis fikr
Maktab kutubxonachilari uchun yuqoridan kelgan tadbir va talablarni bajarish juda qiyin yoki imkonsiz, ayrimlarining o‘tkazilishi muddati bir oyga to‘g‘ri keladi. Tadbir nizomi skaner qilingan holatda avval viloyatga, u yerdan tumanga, keyin maktab ish yurituvchisiga undan maktab kutubxonachisiga yetib keladi, ba’zi tadbirlar nizomi yo‘l-yo‘lakay yo‘qolib qolishi va kutubxonachiga yetib kelmasligi kuzatiladi, tadbirlar nizomlarini topish uchun tuman markazida turib hatto biz internetdan foydalangan holda bir amallab topamiz, nafaqat internet hatto kompyuteri yo‘q bo‘lsa, ustiga ustak kompyuter bo‘lganda ham undan foydalanish uchun ko‘nikmasi yo‘q kutubxonachi nima qilishi kerak? Yaxshiyamki bizni hududda 19 ta maktab bor biz o‘z hisobimizdan bo‘lsa ham ba’zi bir nizomlarni chiqarib kutubxonachilarga yetkazamiz 90 ta maktabi bor tumanlar buni qanday uddalashmoqda ekan, hayronman. Tan olib aytishim kerak, o‘tkazilayotgan tadbirlarni 10 tadan 2 tasi yuqori darajada o‘tkazilishi mumkin shunda ham joni bor, gapi o‘tadigan kutubxonachining maktabida. Postni yozishdan maqsad ta’lim tizimida kutubxonachilar va kutubxonaga bo‘lgan e’tiborni oshirish ularning muammolari haqida yuqoridagilar va ular ishlab turgan maktab ma’muriyatiga ham bildirib qo‘yish, tadbirlar o‘ylab topadigan va ularning nizomlarini tuzadigan amaldorlardan iltimosimiz joylardagi sharoitlarni o‘rganmasdan, ularning imkoniyat darajasini hisobga olmasdan turib o‘zlaring yashab va ishlab turgan muhitdan kelib chiqib tadbirlarni o‘ylab topmanglar. Tajriba, moddiy texnik bazasi va moliyaviy tomondan ham Poytaxt bilan viloyat o‘rtasida, viloyat bilan tuman o‘rtasida, tuman bilan qishloqlar o‘rtasida juda katta sezilarli farq bor. Biz ham o‘quvchilarimiz, farzandlarimiz, uka-singillarimizni bilimli, dono, yurtimizga, jamiyatimizga foydasi tegadigan yaqinlari u bilan faxrlanib yuradigan daraja qobil inson bo‘lib ulg‘ayishini xohlaymiz. Agar sizning ham maqsadingiz shunday bo‘lsa avvalo kutubxonalarni moddiy texnik bazasini, kutubxonachilarning oylik ish haqini, ularning kun davomida bajaradigan vazifalarini tartibga olish haqida bosh qotirib ularni hal qilishda amaliy yordam bering, yana meni blogpostimni ro‘kach qilib maktabdagi kutubxonachilar faoliyatini o‘rganish uchun chora-tadbirlar rejasi tuzib bir to‘da komissiyalarni yubormanglar, bu kamchilik va muammolar bilan men 10 yildan buyon kurashib kelmoqdaman, biroq yolg‘iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong‘i chiqmas, degan gap bor xalq orasida.
Faqat muammolarni yozish bilan ish bitmasligini bilgan holda, faoliyatimdan kelib ushbu muammolarni hal qilishda quyidagi takliflarni kiritaman.
Maktab kutubxonalarini kompyuter va rangli printerlar bilan jihozlanishini yo‘lga qo‘yish, kutubxonachilarni kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishda tuman Axborot-resurs Markazlari tomonidan 1 va 2 oylik bepul kurslar tashkil qilish.
Kompyuter va printerlarning uzluksiz va muammosiz ishlashini nazorat qilishni Axborot-resurs markazlari xodimlari zimmasiga yuklash.
Kutubxonachilarning muntazam ravishda kitoblar bilan ishlashini inobatga olgan holda ularning oylik ish haqlarini eng kamida 50 foizga oshirish va kutubxona xarajatlari uchun maktab xarajatlari smetasiga zarur pul mablag‘ini kiritish.
Kutubxonalar uchun ajratilgan xonalarni standartlashtirish va barcha maktab kutubxonalarini ushbu standartlarga mos xonaga ko‘chirib o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.
Kutubxonachi javobgarligida bo‘lgan ommaviy tadbirlarni sonini qisqartirish, tadbirlardan kutubxonachilarni ozod qilish va kutubxonachilarni ish vaqti davomida kutubxonada kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatishini ta’minlash.
Sinf rahbarlari hafta yoki oy davomida kutubxonaga kirib o‘quvchining kitob olayotganligi kutubxonaga qatnovini nazorat qilib borishi va kutubxonachining bu haqdagi ma’lumotiga tayangan holda maktab direktori sinf rahbarlariga va bunga mas’ul shaxslarga tegishli jazo choralarini qo‘llash yoki aksincha rag‘batlantirish.
O‘quvchilarni kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikka jalb qilishda faol kitobxon o‘quvchilarni moddiy hamda ma’naviy tomondan muntazam ravishda rag‘batlantirib borish, kitobxon o‘quvchilarning ota- onalariga maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnomalar taqdim etib borish, jumladan maktab kutubxonachilarining o‘zlari tadbirlar o‘ylab topishi va bu tadbirlar o‘quvchining darsiga xalaqit bermasligi, maktab ma’muriyati va kutubxonachini ortiqcha qog‘ozbozlik va ovoragarchilikdan holi bo‘lishini inobatga olish.
Obunachi va matbuot tarqatuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma bandlarini ko‘rib chiqqan holda matbuot tarqatuvchidan gazeta va jurnallarni kutubxonachiga emas obunachiga taqdim etilishi masalasini ko‘rib chiqish (qanday bo‘lmasin kutubxonachini obunadan ozod qilish yo‘lini ko‘rish kerak).
Kutubxona fondini boyitish uchun har-xil tadbirlarga umidvor bo‘lmasdan, maktab xarajatlar smetasiga ma’lum miqdorda tuman moliya bo‘limi tomonidan mablag‘ ajratilishi, ajratilgan mablag‘ga kitob xarid qilishda o‘quvchi yoshiga mos ravishda bo‘lishini va kitoblar sonda emas nomda ko‘p bo‘lishini nazorat qilish.
Aziz mushtariy, sizdan tanishlaringiz orasida kutubxonachilar bo‘lsa umringizni 30 daqiqasini ayamasdan ularga ushbu blogpostimni o‘qib berishingizni chin yurakdan iltimos qilaman, ularning muammolariga befarq emasligimizni bilishlarini, o‘z kasblariga noilojlikdan emas sharaf bilan yondashishlarini so‘rab qolaman.
Unutmang, o‘qimagan kitoblaringiz bir kuni sizni jazolaydi.
Turli yo’nalishlarda matematik boshqotirmalar to’plami, ularning yashiringan javoblari va turlari
Salom mening qadri baland qadrdonlarim! Siz uchun bugun on’gni rivojlantirish siri, ya’ni matematik boshqotirmalar haqida gaplashamiz hamda maqola oxirida bir qancha jumboqlar javoblari bilan keltirib o’taman. Avval diqqat bilan o’qing. So’ng javobini ko’rmasdan javob toping. Bu aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Ushbu usul aql mashqlari deyilishi haq gap. Rivojlanish doimiy mantiqiy fikrlashni talab qiladi. Imkoniyatni boy bermang hamda hoziroq aql “bo’roni”ni kashf eting.
Hamma ham matematikani yoqtirmasligi aniq. Murakkab tenglamalar ustida ko’p soat ishlash har qanday odamni zeriktirishi mumkin. Lekin jumboqli savollar oʻzaro o’yin tarzida bo’lib, zerikish hissi bo’lmaydi.
Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )
- Jumboqlarni yechishning on’gni rivojlantirishda qanday ahamiyati bor
- Boshqotirmalarning qanday turlari mavjud
- Og’zaki boshqotirmalar
- Buyumli boshqotirmalar
- Matnli boshqotirmalar
- Rasmli boshqotirmalar
- Matematik boshqotirmalar to’plami, yashiringan javoblari bilan
- Xulosa
Jumboqlarni yechishning on’gni rivojlantirishda qanday ahamiyati bor
Zero, jumboq javobini topishda, to’laqonli fikrlash, tasavvuriy idrok, xotira, holatga noodatiy yondashuv qobiliyati rivojlanadi. Bolalarga boshqotirmalar nafaqat ajoyib o’qitish vositasi, balki zerikarsiz dam olish uslubi hamdir, bunday holatlarda javob topishdan haqqoniy rohatlanishadi.
Javob topishda sizga maxsus kasb yoki bilim shartmas, balki o’zgacha yondashuv, tezkorlik, zukkolik, sezgirlik va mantiqan toʻgʻri fikrlash zarur.
Qoida! Boshqotirmalarni yechish aniq bilim bermaydi, lekin matematika, geometriya, mantiq va shu kabilarni tushunishda yordam beradi. Zehn moslashuvchanligi va masalani turli jihatlardan ko’ra olishga turtki boʻladi, real hayotdagi muammolarda o’ziga ishonchni his qilishga yordam beradi. Shu sababdan jumboq yechish barcha oila a’zolarga ham foydalidir.
Boshqotirmalarning qanday turlari mavjud
Matematik jumboqlar turli shakllarda keladi. Ular shartlariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
• Kategoriya bo’yicha: bolalar, yoshlar, kattalar.
• Murakkablik darajasiga ko’ra: eng qiyin, qiyin, oddiy, juda oddiy.
• Strukturasiga ko’ra: matnli, og’zaki, rasmli (chizmali bo’lishi ham mumkin), buyumlar bilan.
Yuqoridagilar haqida sizga misollar asosida javoblari bilan quyida ma’lumot beraman.
Qani, boshladik unda!
Og’zaki boshqotirmalar
Og’zakilarga topishmoq va mantiqiy personaj savollar kiradi va ular og’izdan-og’izga ko’chib yuradi:
-It o’zining dum qismiga bog’langan tovaning taraqlagan ovozini eshitmasligi uchun qanday tezlikda harakatlanishi kerak?
Javobni ko’rish >>>
Harakat qilmasligi darkor ya’ni nol m/s tezlik bilan harakatlanishi kerak.
-Ikkita ota va ikkita o’g’il yo’lda borayotib, uchta nok topib olishdi. Ularning har qaysisi bittadan nok oldi. Qanday qilib bunday bo’ldi?
Javobni ko’rish >>>
Ular ota, dada va farzand bo’lishgan.
Buyumli boshqotirmalar
Buyumlar bilan foydalaniladigan buyum turiga qarab: gugurt cho’pli, kubik, palochka va hk. Ularni yig’ish, sochish, qayta qurish….mumkin. Hozirda dunyoda eng ommalashgani bu kubik Rubik.
Matnli boshqotirmalar
Matnlilarga esa Sudoku, krosvord, skanvord va boshqalar. Kattalar orasida sudoku keng tarqalgan. Uning maqsadi 1dan 9gacha sonlarni har bir katakka vertikal va gorizontal yoʻnalishda takrorlamasdan joylashtirish kerak.
Rasmli boshqotirmalar
Rasmli jumboqlar insonning ko’z xotirasini mukammallashtiradi. Bunga chizmalar, labirintlar, pazllar,… kiradi.
Boshqotirmalar bolalarda mustaqil fikrlash, oqilona qaror qabul qilish qobiliyatini, moliyaviy savodxonlikni oshiradi hamda eng asosiysi dunyoqarashni kengaytiradi. Ko’p hollarda ish beruvchilar ishga qabul qilishda kandidatlarni tekshirishda boshqotirmalardan foydalanishadi. O’zingiz orzu qilgan kasbni egallash uchun poydevor yaratasiz.
Matematik boshqotirmalar to’plami, yashiringan javoblari bilan
- Dilshodbek onasiga yordam berdi va velosipedda sumkalarni tashidi. Bir martada uchtadan sumka tashiy oladi. 8ta sumkani tashish uchun necha marta qatnaydi?
Javobni ko’rish >>>
2. Nok daraxtida 5 ta shox bor, har shoxda 5 tadan shoxchalari bor, bu shoxchalar ham 5 tadan novdalarga bo’lingan va ularning har birida 1 tadan nok bo’lsa, Hammasi bo’lib nechta nok bor.
Javobni ko’rish >>>
3. Ishchilar brigadasi 1-kun piyozpoyani yarmi va 2gektarni yulib bo’ldi, 2-kun qolgan qismining 25%i va 6gektarni yulib bo’ldi. Jami piyozpoya ekilgan maydonni toping.
Javobni ko’rish >>>
4. Mansur ishga piyoda boradi, uyga esa transportda qaytadi, jami yo’lga bir yarim soat sarflaydi. Agar butun yo’lni transportda bosib o’tsa 30 minut sarflaydi. Ishga piyoda borib kelish uchun qancha vaqt ketadi?
Javobni ko’rish >>>
5. Atirgul kunduzi 3-detsimetr, kechasi 2- detsimetr o’sadi. U necha kunda bir metrga ko’tariladi?
Javobni ko’rish >>>
6. O’quvchilar maktabni tugatishda bir birlari bilan o’z fotosuratlarini almashishdi. Sinfda 31 ta o’quvchi bo’lsa, jami necha marta almashtirish talab etiladi?
Javobni ko’rish
31*30=930 marta.
7. Feruzada Dilshodga nisbatan 5 so’m ko’p pul bor. Feruza Dilshodga 4 so’m qarz berdi.Ularning qaysinisida pul ko’p va qanchaga?
Javobni ko’rish >>>
Dilshodda Feruzaga qaraganda 3 so’m ko’p.
8. Buvi, ikki ona va ikki qiz birgalikda beysbol matchiga borishdi va bittadan bilet sotib oldi. Ular jami nechta bilet sotib olishdi?
Javobni ko’rish >>>
3ta (Buvi ham ona, ona ham qiz).
9. Temurbek yuk ortish payti bitta yashikka 10 ta kichik quticha yoki 8 ta katta quticha joylashtirdi. Hammasi bo’lib bitta partiyada 96 ta quticha jo’natildi. Kichiklari kattasiga nisbatan kam. Jami qancha miqdorda yashik jo’natildi?
Javobni ko’rish >>>
11 ta yashik, 4*10=40 va 7*8=56.
10. Qachonki, Navro’za 6 yosh bo’lganda, uning singlisi Gulsanam yarmiga teng edi. Agar Navro’za 40 yosh bo’lsa, Gulsanam necha yoshda?
Javobni ko’rish >>>
U 37 yoshda.
11. Sizga 3 ta butun son berildi. Siz bu sonlarni birgalikda qo’shishingiz va ko’paytirishingiz mumkin. Natija bir xil bo’ladi. Bular qaysi sonlar?
Javobni ko’rish >>>
12. 7 va 8 sonlari orasiga qaysi belgi qo’yilsa, natija 7 dan katta va 8 dan kishik bo’ladi?
Javobni ko’rish >>>
Kasr belgisi, ya’ni 7,8.
13. Muhammadali akvariumda ishlaydi. U har bir toshbaqani alohida idishga solib qo’ymoqchi bo’lsa, unda bitta toshbaqa ortib qoladi. Yo agar u ikkita toshbaqani bitta idishga qo’ysa, bitta idish ortib qoladi. Nechta toshbaqa va qancha idish bor?
Javobni ko’rish >>>
4 ta toshbaqa va 3 ta idish bor.
14. To’rt kishidan iborat oilaning jami yoshi 68 yosh bo’lib, 4 yil oldin 53 ga teng edi. Oilaning kichik a’zosining yoshi nechada?
Javobni ko’rish >>>
15. Besh ishchi 5 soatda 5 metr ariq qaziydi. 100 metr ariqni 100 soatda qazib bo’lish uchun nechta ishchi kerak?
Javobni ko’rish >>>
16. Bitta g’ishtning og’irligi bir kilogram va o’z vaznining yarmiga teng. Bitta g’isht necha kilogram chiqadi?
Javobni ko’rish >>>
17. Kuchukchalar va o’rdaklar birgalikda 44 oyoq va 17 boshga ega. Qancha kuchukcha va nechta o’rdak bor?
Javobni ko’rish >>>
5 kuchuk va 12 o’rdak.
18. Mansur bir son o’yladi. Bu songa birni qo’shib, so’ngra 2ga ko’paytirdi, ko’paytmani 3ga bo’ldi va bo’linmadan 5ni ayirdi, natijada 5 hosil bo’ldi. Anvar qanday son o’ylagan?
Javobni ko’rish >>>
19. Guruhda 30 ta talaba tahsil oladi. Ulardan 20 tasi nemis tilini biladi. 18 tasi fransuz tilini biladi. Savol: qanchasi ikkala tilni ham biladi?
Javobni ko’rish >>>
12 ta nemis, 10 ta fransuz, 8ta har ikki tilni biladi.
20. Beshta 2 yordamida 200 sonini qanday hosil qilish mumkin?
Javobni ko’rish >>>
21. Shilliqqurt daraxtda kunduzi 20 sm tepaga, kechasi 5 sm pastga yuradi. Necha kunda uch metr masofani bosib o’tadi?
Javobni ko’rish >>>
22. 300 metr uzunlikdagi poyezd minutiga 300metr tezlik bilan 300 metr uzunlikdagi tuneldan o’tishi zarur. Qancha vaqtda tuneldan o’tadi?
Javobni ko’rish >>>
Ikki minutda.
23. Men uch xonali sonman. Ikkinchi nomerim uchinchisidan 2 marta katta, birinchi nomerim esa ikkinchisidan 3 ga kichik. Men qaysi sonman?
Javobni ko’rish >>>
24. To’qqizga besh qo’shdim va natija ikki chiqdi. Javob to’g’ri, qanday qilib?
Javobni ko’rish >>>
Qachonki ertalab soat to’qqiz bo’lsa, unga besh soatni qo’shamiz va soat 14 bo’ladi.
25. Stolga ikkita gugurt donasini qo’ying. Yana ikkita gugurt dona qo’shib sakkiz sonini hosil qiling.
Javobni ko’rish >>>
Rim belgisida sakkiz yasaymiz.
26. Faqat qo’shish ishorasidan foydalanib, sakkizta sakkizdan 1000 sonini hosil qiling.
Javobni ko’rish >>>
888+88+8+8+8=1000.
27. Zooparkda 100 juft it bor. Ularni har biri ikki juftdan bolaladi. Afsuski, 23 ta kuchukcha yashay olmadi. Jami nechta it qoldi?
Javobni ko’rish >>>
977 it (100*2=200; 200+800=1000; 1000-23=977).
28. Qanday qilib beshdan ikkini olsak 4 qoladi?
Javobni ko’rish >>>
F I V E so’zidan F va E harfini olamiz, IV qoladi.
29. Agar siz bu sonni har qanday boshqa songa ko’paytisangiz yana shu son hosil bo’ladi. Bu son qaysi?
Javobni ko’rish >>>
30. Raqamni raqamning o’ziga qo’shing va keyin 4 ga ko’paytiring. Raqamni yana 8 ga bo’ling va siz yana bir xil raqamni olasiz. Bu raqam nima?
Javobni ko’rish >>>
Har qanday raqam.
31. 12 soat ichida devor qurish uchun 12 kishi kerak bo’ldi. Shunda 6 kishi bir xil devor qurish uchun qancha vaqt ketadi?
Javobni ko’rish >>>
Vaqt yo’q! Qayta qurishning hojati yo’q, ish allaqachon bajarilgan.
32. Bobo, ikki ota va ikki o’g’il birgalikda bog’ga kelishdi va ularning har biri bittadan kirish chiptasini sotib olishdi. Ular jami nechta chipta sotib olishdi?
Javobni ko’rish >>>
3 (atigi 3 kishi bor edi, chunki otasi ham o’g’il, bobosi ham ota).
33. Meni o’zingizga qo’shing va 4 ga ko’paytiring. Meni 8 ga bo’ling va siz meni yana topasiz. Men nimaman?
Javobni ko’rish >>>
Har qanday raqam.
34. Tovuq bir oyog’ida turganda 2 kg kelsa 2 oyog’ida tursa necha kg?
Javobni ko’rish >>>
35. Menda bir bochka vino bor, sizning vazifangiz esa undan bir gallon o‘lchash. Sizga besh litrlik idish va uch litrlik idish olsam bo’ladimi? Menga qanday yordam bera olasiz?
Javobni ko’rish >>>
Avval 3 gallonli idishni sharob bilan to’ldiring. Shundan so’ng, siz xuddi shu narsani 5 litrli idishga o’tkazishingiz kerak. Keyin 3 gallon idishni to’ldiring va sharobni to’liq bo’lguncha 5 gallon idishga o’tkazing. 3 gallonli idishdagi qolgan qismi 1 gallon sharobdir.
36. Mening javonimda ma’lum miqdordagi kitoblar bor, men bir kitobni oldim, o’ngdan oltinchi, chapdan to’rtinchisini. Mening javonimdagi kitoblar sonini bilib olasizmi?
Javobni ko’rish >>>
9 ((6 + 4) -1. Yoki siz 10 ta kitobdan iborat to’plamni joylashtirasiz va uning qanday ishlashini ko’rasiz).
37. Tomning og’irligi Piterning yarmi va Jerriniki Tomdan uch baravar ko’p. Ularning umumiy vazni 720 funtni tashkil qiladi. Har bir erkakning vaznini aniqlay olasizmi?
Javobni ko’rish >>>
720 ni 6 ga bo’lish orqali Tomning vazni 120 funt ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu ko’rsatkichni hisobga olsak, Piterning vazni 240 ,Jerri esa 360.
38. Yashnardan necha yoshda ekanligini so’rashdi. Uning javobi shunday bo’ldi: » siz besh yil oldin bu haqida so’raganingizda mening yoshim 2 yildan keyin ikki barobar katta bo’ladi». Uning yoshi nechada?
Javobni ko’rish >>>
12. Yashnar X yoshga to’lsin. X + 2 = 2 (X-5); X + 2 = 2X-10; X = 12.
39. 100 ga teng bo’lgan matematik tenglamada to’rtta to’qqizdan foydalaning.
Javobni ko’rish >>>
– 99+ (9/9) = 100.
40. Yetti bola ziyofatda uchrashishdi. Ularning har biri faqat bir marta qo’l silkitadi. Qo‘l siqishlarning umumiy soni qancha?
Javobni ko’rish >>>
Yigirma bir.
41. Uyga qaytayotganda Muslim yerda bir nechta sigaret qoldiqlarini ko‘rdi. Shu kurtaklardan sigaret yasashni o‘yladi, 4 ta sigaret qoldig‘i bitta sigaret bo’ladi. Yerda 16 ta sigaret qoldig‘i bor edi. U ulardan maksimal qancha sigaret yasashi mumkin?
Javobni ko’rish >>>
5. Birinchidan, u mana shu 16 ta sigaretdan 4 ta sigaret yasay oladi. Bu 4 ta sigaretni cheksa, u yana 4 ta chekishni oladi va undan yana sigaret yasashi mumkin.
42. Bayramga 100 nafar qiz keldi. Ulardan 85 tasi qizil sumkada, 75 tasi jigarrang tuflida, 60 tasi soyabon bilan kelgan, 90 tasida uzuk taqilgan.Bu toʻrtta narsaning hammasi nechta qizda bor edi?
Javobni ko’rish >>>
43. Ota va o’g’ilning yoshi jami 66 yosh. Otaning yoshi – o’g’ilning yoshi teskari tartibda. Ular necha yoshda bo’lishi mumkin?
Javobni ko’rish >>>
Buning uchta mumkin bo’lgan echimi bor: ota-o’g’il dueti 51 va 15 yoshda, 42 va 24 yoshda yoki 60 va 06 yoshda bo’lishi mumkin.
44. Agar to’rtta olma bo’lsa va uchtasini olsangiz, sizda nechtasi bor?
Javobni ko’rish >>>
Siz uchta olma oldingiz, aniqki, sizda uchta bo’ladi.
45. Sizga telefon beriladi va qurilmaning raqamli klaviaturasidagi barcha raqamlarni ko’paytirish so’raladi. Javob nima bo’ladi?
Javobni ko’rish >>>
Nol (raqamli klaviaturada 0 raqami mavjud bo’lganligi sababli, istalgan raqamni nolga ko’paytirsangiz, javob nolga teng bo’ladi).
46. Ikki tovuq ikki daqiqada ikkita tuxum qo’yishi mumkin. Agar bu eng yuqori tezlik bo’lsa, 500 daqiqada 500 ta tuxum olish uchun qancha tovuq kerak bo’ladi?
Javobni ko’rish >>>
2 ta tovuq.
47. Maryamning 7 ta qizi bor, ularning har birining ukasi bor. Meri farzandlarining umumiy sonini sanab bera olasizmi?
Javobni ko’rish >>>
8 farzand, chunki opa-singillarning faqat bitta ukasi bor.
48. Kichkina bola do’konga borib, 12 ta pomidor sotib oladi. Uyga qaytayotganda, to’qqiztadan boshqasi ezilib ketdi. Yaxshi holatda qancha pomidor qoldi?
Javobni ko’rish >>>
49. Bir paytlar yetti mitti bor edi, ularning hammasi birodar edi. Ularning barchasi ikki yil farq bilan tug’ilgan. Eng yosh mitti yetti yoshda. Uning katta akasi necha yoshda?
Javobni ko’rish >>>
Katta akasi 19 yoshda.
50. Bir o’rdakning narxi 9 so’m, o’rgimchak 36 so’m turadi, asalari esa 27 so’m. Ushbu ma’lumotni hisobga olgan holda, mushukning narxi qanday bo’ladi?
Javobni ko’rish >>>
18 so’m (har bir oyoq uchun 4,50 so’m).
51. Hammasi bo’lib 600 kishilik golf klubi bor. Klubdagi erkaklarning 5 foizi bitta tatuirovkaga ega. Ishtirokchilarning qolgan 95 foizini hisobga olsak, ularning yarmida ikkita tatuirovka bor, qolgan erkaklarda esa hech qanday tatuirovka yo’q. Klubda qancha tatuirovka ko’rishingiz mumkin?
Javobni ko’rish >>>
600. Maʼlumotlarga koʻra, ularning 5 foizi yoki 30 nafarida bitta tatuirovka bor. Qolgan 95% yoki 570 erkaklarning yarmida ikkita tatuirovka bor, qolgan yarmida esa yo’q. Bu ularning barchasida tatuirovka borligi bilan tengdir.
52. 5 ta ovchi 5 kunda 5 dona bedana yeydi. Sizningcha, 15 ta ovchi 15dona bedanani necha kun yeyishadi?
Javobni ko’rish >>>
15 ovchi ham 5 kun ichida 15 dona bedana yeydi. Agar 5 ta ovchi ma’lum vaqt ichida 5 dona bedana yesa, 15 ta ovchi bedanani eyishni tezligidan 3 barobar ko’p, shuning uchun ular 5 kun ichida 15 dona bedana yeyishadi.
53. Bir banka suvning og’irligi 500 gramm. Xuddi shu banka kerosin bilan 350 grammni tashkil qiladi. Kerosin suvdan 2 baravar engilroq. Bo’sh banka og’irligi qancha?
Javobni ko’rish >>>
54. Qanday qilib 5 ta olmani beshta bolaga teng bo’lish mumkin, qachonki har biri bittadan olma oladi va savatda bitta olma qoladi?
Javobni ko’rish >>>
Bir bola savat bilan olma oladi.
55. Xonaning to’rtta burchagi bor. Har bir burchakda mushuk bor. Har bir mushukning qarshisida uchta mushuk bor. Har bir mushukning dumida bitta mushuk bor. Xonada nechta mushuk bor?
Javobni ko’rish >>>
Xonada faqat to’rtta mushuk bor.
56. Bir kishidan “Yoshingiz nechada?” deb so’rashibdi. U shunday debdi: “10 yil oldin o’g’limdan 4 marta katta, 10 yil keyin undan ikki marta katta” deb javob beribdi. Bu kishi necha yoshda?
Javobni ko’rish >>>
50 yosh. Otasini x yosh desak, o’g’lini y desak. Tenglamalar sistemasi tuzamiz: x-10=4(y-10), x+10=2(y+10).)
57. 10 ta apelsinni 12 talabaga teng taqsimlang, har bir apelsinni 3 tadan ko’p bo’lmagan teng qismlarga bo’lish sharti bilan.
Javobni ko’rish >>>
Biz 6 ta apelsinni yarmiga, qolganlarini esa 3 ta teng qismga kesib tashladik, shundan so’ng biz har bir talabaga apelsinning yarmini va uchdan birini beramiz.
58. Daraxtda 6 ta chumchuq o’tirgan edi. Ovchi otib ikkitasini urib yubordi. Daraxtda nechta chumchuq qolgan?
Javobni ko’rish >>>
Qolmagan – qolganlarning hammasi uchib ketishdi.
59. Bir tuxumni 4 daqiqa qaynatib oling. Keyin u pishirilgan hisoblanadi. 5 ta tuxumni necha daqiqa pishirish mumkin?
Javobni ko’rish >>>
4 daqiqada.
60. Tikuvchining 18 m mato bo’lagi bor va har kuni 3 m kesadi. U oxirgi marta qaysi kuni kesadi?
Javobni ko’rish >>>
Beshinchisida.
61.Yashnarda ikkita tanga mavjud. Hammasi bo’lib, ular uch so’m. Ularning biri bir so’mlik emas. Bu tangalar qanday?
Javobni ko’rish >>>
Bir va ikki so’mlik
62. Mahmud va Anvar bir yarim soat shaxmat o’ynadi . Ularning har qaysisi qancha vaqt o’ynadi?
Javobni ko’rish >>>
Bir yarim soat
63. Sobirning uyida to’rtta kuchuk bor. Har bir kuchuk nahorda ikkita sosiska yeydi. Bugun Sobir hamma kuchuklarini to’ydirishga bitta sosiska yetmay qoldi. Bugun unda nechta sosiska bor ?
Javobni ko’rish >>>
64. Beshta ekskavator 5 soatda 5 m xandaq qaziydi. 100 soatda 100 m ariq qazish uchun nechta ekskavator kerak bo‘ladi?
Javobni ko’rish >>>
Xuddi shu beshta ekskavator kerak bo’ladi, ortiq emas. Aslida beshta ekskavator 5 m zovurni 5 soatda qazishadi; demak, beshta ekskavator 1 soatda 1 m ariq qazigan bo’lardi, 100 soatda esa 100 ta ekskavator.
65. Jasur va Muhayyoning 4 ta o’g’li bor. Har bir o’g’lining bitta opasi bor. Jasurlarning jami nechta farzandi bor?
Javobni ko’rish >>>
To’rt o’g’il va bir qiz.
66. 10 km uzunlikdagi ko’prik, roppa-rosa 30 tonnani ko’tara oladi. To’liq jihozlangan yuk mashinasi, haydovchi bilan og’irligi 30 tonna bo’lib, ko’prikda harakatlanyapti. Ko’prikning markazida 100 gramm og’irlikdagi qaldirg’och mashinaga qo’ndi. Lekin ko’prik buzilmaydi. Nega?
Javobni ko’rish >>>
Mashina ko‘prikning o‘rtasiga yetarkan, yonilg‘i tugagan.
67. Tantani 15 bo’lakka ajratish uchun nechta joyidan kesish zarur?
Javobni ko’rish >>>
68. Sonning yarmining yarmi yarimga teng. Bu qaysi son?
Javobni ko’rish >>>
Bu 2. Buning yarmi 1 ga teng va bu raqamning yarmi yarimga – 0,5 ga teng.
69. Birda yuzgacha raqamlar ichida necha marta sakkiz qatnashadi?
Javobni ko’rish >>>
70. 22=11, 12=6, 6=4, 4=4. Bu tenglik nimani hisobiga bajariladi?
Javobni ko’rish >>>
Harflar sonidan olingan.
71. Uch yil oldin Akmalning amakivachchasi yoshiga nisbati hozirgidek edi. Qanda holatda?
Javobni ko’rish >>>
Ularning yoshi teng bo’lgan.
72. Doktor kasalga to’rtta dori yozib berdi va har 30 daqiqada qabul qilishni aytdi. Dorilarni ichish qancha davom etadi?
Javobni ko’rish >>>
73. Tuya 10 pud yukga bir soat chidaydi. 1000 pud yuk uchunchi?
Javobni ko’rish >>>
Yo’q. Tuya bu og‘irlikni ko‘tarolmaydi.
74. Vasila 7 yoshda. Va Zuxra 13 yoshda. Uch yildan so’ng ular orasidagi yosh farqi qancha bo’ladi?
Javobni ko’rish >>>
Olti yil (yosh orasidagi farq o’zgarishsiz qoladi).
75. Uyda 20 ta yoritgich mavjud, ulardan 6 tasi kuyib qolgdi. Qancha yoritgich qoldi?
Javobni ko’rish >>>
Yigirmata (15 donasi ishlaydi va 6 donasi kuygan).
76. To’qqizta hassada qancha uch mavjud?
Javobni ko’rish >>>
O’n sakkizta.
77. Nexia 3 avtomobili Andijonga ketyapti. Yo’ davomida to’rtta mashinaga duch keldi. Andijonga qarab nechta mashina ketyapti?
Javobni ko’rish >>>
78. Avvalgi kun Jasmina 20 yoshda bo’lsin. kelayotgan yili u 23 ga kiradi. Shunday bo’lishi mumkinmi?
Javobni ko’rish >>>
Ha. Bugun birinchi yanvar va Jasminaning tavallud topgan kun 31 dekabr bo’lsa. Bir kun oldin (30 dekabr) Jasmina 20 yoshda edi, kecha (31 dekabr) 21 yosh bo’ldii, bu yil 22 yoshga kiradi, keyingi yili 23 yosh bo’ladi.
79. Radiusi 100 metrli aylanasimon koʻl va 2 ta daraxt mavjud boʻlib, birinchisi qirgʻoqda suvga yaqin joyda, keyingisi koʻlning markazida orolchada joylashgan. Suzishni bilmagan odam masofasi 2000 detsimetrdan bir oz uzunroq bo’lgan trosdan foydalanib orolchaga borishi darkor. Qanday holatda boradi?
Javobni ko’rish >>>
Trossni uchini chekkada joylashgan daraxtga bog’laydi, ko’lni aylanib o’tish va arqonning ikkinchi tomonini o’sha daraxtga bog’lash darkor. Oxirida, orolchaga boorish uchun daraxtlar orasiga ikki qavat tross bog’lanadi.
80. Agar kechasi soat 12 da yomg’ir yog’sa, 96 soatdan keyin quyoshli ob-havo bo’lishini kutish mumkinmi?
Javobni ko’rish >>>
Yo’q, chunki 96 soatdan keyin yana yarim tun bo’ladi.
81. Trassa atrofidagi postda 2 ta chegarachi bor. Birinchisi trassaning yon tarafiga, keyingisi qarama-qarshi tarafga yuzlanadi, lekin ular bir birlarini ko’radi. Qanda holatda? Oyna yordamidagi usul va boshqalar. – nazarda tutilmagan.
Javobni ko’rish >>>
Chegarachilar qarama-qarshi tarafga yuzlansalar ham, ular orqagamas, balki bir-birlariga qarama-qarshi turadi.
82. 2 va 3 o’rtasida qaysi belgini qo’ysak, ko’rinish 4 dan katta va 5 dan kichik bo’ladi?
Javobni ko’rish >>>
83. Abdulazizning 13 ta echkisi bor. 11 tadan boshqa barchasi o’ldi. Nechta echki qoldi?
Javobni ko’rish >>>
84. Xaridor gul va guldonni 22 so’mga oldi. Gul 20 so’m turadi. Gul guldonga nisbatan 20 so’m narxi ko’p. Guldonni narxi qancha?
Javobni ko’rish >>>
1 so’m (1+20= gul narxi).
Xulosa
Agar siz murakkab matematikadan qochishni afzal ko’rsangiz, siz uchun ajoyib jumboqlar mavjud. Maqolamiz boshida tilga olgan sir ham shu edi aslida. Siz azizlardan turli jumboqlarni kommentariyada kutib qolaman va albatta birgalikda yechamiz.