Press "Enter" to skip to content

O’zbekiston qizil kitobi pdf

Salomatlikning o`nta siri – Adam Jekson
Universitet kasalxonasi yo’lagiga chiqayotgan yigitchaning chehrasi bo’zargan, shifokor xonasi eshigini ochayotgan qo’llari titrardi. U qadamini bosgan sari quvvati uni tobora tark etayotgandek tuyular, ko’zlari xiralashgan va yanada shishin-qiragandek edi. Ifodasiz nigohi uzoqlarga qaratilgan, tevaragida kechayotgan hodisalar uning ongiga borib yetmasdi. Kengroq vestibyulga tushganida u shunday behollikni tuydiki, ko’z oldi jimirlashib, atrofdagi narsalarning hammasi go’yo suzib ketgandek bo’ldi. Eng yaqindagi oromkursiga bazo’r yetib bordi-da unga o’zini tashladi.
Yuklash

Kutubxona

Chekishni tashlashning osongina yo’li – Allen Karr
Allen Karr 1934 yili Londonda tug‘ilgan. Asli kasbi hisobchilik. 18 yoshidan cheka boshlab, 30 yil davomida ashaddiy kashanda bo‘lgan. 1983 yili chekishni batamom tashladi va bu borada o‘z usulini ishlab chiqdi. U chekishga qarshi faol kurashchilardan biriga aylandi, «Oson yo‘l» deb ataluvchi xalqaro klinikalar tarmog‘iga asos soldi. «Chekishni tashlashning osongina yo‘li» kitobidan tash­qari ichishni tashlash va ozishga bag‘ishlangan asarlari ham butun dunyoda mashhur. «Chekishni tashlashning osongina yo‘li» dun­yo­ning yigirmadan ortiq tillariga tarjima qilingan.

Davo tadbirlari – Bositxon ibn Zoxidxon Shoshiy

Donolar salomatlik haqida

Xomilador va emizuvchi ayollar hamda go’daklarni parvarishlash tadbiri – Bositxon ibn Zoxidxon Shoshiy

Xulosat ul-Hukamo – Hakimlar xulosasi

1001 Tibbiy hikmat – Mahmudjon Maxdum

Tabiiy davolar – M. Nabiev, E. Jo’raev, H. Xayrullaev
Kitobda tabiat ehsonlari – Shifobaxsh o’simliklardan xonadon sharoitida turli dorivorlar tayyorlash yo’llari bayon etilgan. Tabiatda bunday o’simliklarni yig’ish, ulardan dorivorlar tayyorlash, saqlash va xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda qo’llash masalalari o’qimishli tarzda yoritib berilgan. Shifobaxsh o’simliklarni begona namunalaridan farqlash maqsadida ularning turlari, navlari, botanik tariflari ham keltirilgan. Keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.
Yuklash

Tabobat durdonalari
Ushbu kitobcha XIV, XV, XVI va XVII asrlarda yashagan to’rt tabibning qisqacha tarjimai holi va ularning asarlaridan keltirilgan parchalardan tuzilgan. Unda Sharqda jumladan Markaziy Osiyodagi ko’p asrlar davomida ishlatib kelingan shifobaxsh o’simliklar, parhez ovqatlar va boshqa dorivor moddalarning ayrimlariga shu soha bilan qiziquvchi mutaxassislarimiz diqqatini jalb qilishga yordam beradi.
Yuklash

Giyohlar tilga kirganda – G’iyosiddin Jazoiriy
Ushbu risola dorivor o’simliklar va meva-chevalarning tabbiy xosiyatlarini ochib berishga bag’ishlangan. Bunda har bir dorivor modda o’z tilidan gapirib, o’z bag’ridagi xosiyatlarini ochib berishga bag’ishlangan. Bunda har bir dorivor modda o’z tilidan gapirib , o’z bag’ridagi xosiyatlarini birma-bir bayon qiladi. Qiziqarli va sodda til bilan yozilgan bu risolada har kuni yeyiladigan mevalar va yon-atrofimizda o’sib yotgan o’simliklarning kundalik hayotimizda naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini anglab olish mumkin. Risola tabobat tarixi va davolash usullari bilan qiziqadigan shifokorlar uchun mo’ljallangan.
Yuklash

Yosh onalarga shifokor maslahatlari
Sog’lom avlod yilida chop etilgan ushbu kitobcha yosh onalarga bola tarbiyasida dasturilamal vazifasini o’taydi, degan umiddamiz. Bunda bola tug’ilganidan to maktabga chiqqungacha bo’lgan davrda uni tarbiyalash, parvarish qilish, turli kasalliklar, shikastlanishlardan asrab-avaylash yuzasidan shifokor maslahatlari o’rin olgan.
Yuklash

Baxtli bo’lishning o’nta siri – Adam Jekson
Istagan kishingizdan hayotdan hammadan ortiq qanday tilagi borligini so’rasangiz, eng ko’p tarqalgan javob: «Men shunchaki baxtli bo’lishni istayman», degan so’zlardan iborat bo’ladi. Bo’lmasa, nima uchun baxtli insonlar shunchalik oz?
Yuklash

Salomatlikning o`nta siri – Adam Jekson
Universitet kasalxonasi yo’lagiga chiqayotgan yigitchaning chehrasi bo’zargan, shifokor xonasi eshigini ochayotgan qo’llari titrardi. U qadamini bosgan sari quvvati uni tobora tark etayotgandek tuyular, ko’zlari xiralashgan va yanada shishin-qiragandek edi. Ifodasiz nigohi uzoqlarga qaratilgan, tevaragida kechayotgan hodisalar uning ongiga borib yetmasdi. Kengroq vestibyulga tushganida u shunday behollikni tuydiki, ko’z oldi jimirlashib, atrofdagi narsalarning hammasi go’yo suzib ketgandek bo’ldi. Eng yaqindagi oromkursiga bazo’r yetib bordi-da unga o’zini tashladi.
Yuklash

Ochlik Mo’jizasi – Pol Bregg
Bregg kitoblarining eng mashxuri “Ochlik mo’jizasi” G’arbda ko‘p millionlab nusxada nashr etilgan. Breggning shaxsi, uning tajribalari, xayot tarzi olimning ma’ruzasi, maqola va kitoblarining eng yaxshi ko‘rsatmasi edi. To‘qson yoshda xam u yigitlarday kuchli, xarakatchan, egiluvchan va chidamli edi. U xar kuni uch, besh kilometr masofaga yugurar, ko‘p suzar, tog‘larga chiqar, tennis o‘ynar, raqsga tushar, uzoq masofalarga piyoda safarlarga chiqar, tosh va gantel ko‘tarish bilan shug‘ullanar, syorfing – okean to‘lqinlari ustida maxsus taxtada changidagidek uchar edi. Uning ish vaqti o‘n ikki soat davom etar, kasallik va charchoq nimaligini bilmas, kayfiyati doimo ko‘tarinki bo‘lardi.
Yuklash

Yosharish sirlari – Tibet lamalarining ming yillik siri – Piter Kelder
Tibet lama(donishmand)lari Xitoyning jabubida, dunyodagi eng baland Himolay tog’lari orasidagi yassi tog’liklar hududida istiqomat qilishadi. Donishmandlarning xastaliklarni davolash ilmi g’arbliklarni juda qiziqtirib qo’ydi. Sababi ularning yoshi ulug’lari Yevropa yoshi ulug’lariga nisbatan ancha bardamroq edi. Shu maqsadda XX asr boshlarida Tibet davolash ilmini o’rganishga kirishildi. Bu sirlar 1938 yilda AQShda chop qilingan Piter Kelderning “Yosharish sirlari” kitobifa bayon qilindi. 1985 yilda “Yosharish sirlari” ikkinchi kotobining nashri chinakkam shov-shuvga sabab bo’ldi, chunki bunda bu sirning 50 yillik natijalari keltirilgan edi.
Yuklash

Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 1-jild
Ushbu kitobda tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari, tabobat ilmining taʼrifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi taʼlimot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining “oddiy” aʼzolari — suyak, togʻay, asab, arteriya, vena, pay, bogʻlam va muskullar haqida qisqa anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, koʻrinishlari, turlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida sogʻliqni saqlash haqidagi taʼlimot yoritiladi. Surgi qilish, qayt qildirish va qon olish masalalariga ayrim boblar ajratilgan.
Yuklash

Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 2-jild
2-kitobda oʻsha davrda oʻsimlik, hayvon va maʼdanlardan olinadigan 800 dan ortiq doridarmonlar taʼrifi, ularning davoli xususiyatlari va qoʻllanish usullari bayon qilingan. Muallif Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq hamda Oʻrta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan doridarmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, Oʻrta dengiz atrofi va b. joylardan keltiriladigan koʻplab dori va moddalarni ham koʻrsatib oʻtadi. Ibn Sino tavsiya qilgan koʻpgina dorilar farmakopeyada hozirgi ham qoʻllanadi.
Yuklash

Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 3-jild
3-kitobda odam gavdasining boshidan tovonigacha boʻlgan aʼzolarida yuz beradigan “xususiy” yoki “mahalliy” kasalliklar haqida maʼlumot beriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga bagʻishlangan. Unda bosh miya (shu jumladan, asab kasalliklari va ruhiy kasalliklar), koʻz, quloq, burun, ogʻiz boʻshligʻi, til, milk, lab, tomoq, oʻpka, yurak, koʻkrak, qiziloʻngach va meʼda kasalliklari, soʻngra jigar, oʻt pufagi, taloq, ichak, orqa chiqaruv yoʻli, buyrak, qovuq, erkak va ayollarning jinsiy aʼzolari kasalliklari haqidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Yuklash

Duolar Kitobi. PDF formatda bepul yuklab olish

Ushbu duolar to’plamida kasallikdan shifo istab, nikoh kechasida o’qiladigan, homilador ayol o’qiydigan, farzand , masjidga kirayotgan o’qiladigan va boshqa duolar yig’ilgan.

Duolar Kitobi Parchalar

“لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ سُبْحَانَكَ إِنيِّ كُنْتُ مِنَ الظَّالمِيِن”

Sendan o‘zga xech bir ilox yo‘kdir, men xakikatda o‘ziga-o‘zi zulm kilganlardan bo‘ldim…».

( اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ بِأَنِّي أَشْهَدُ أَنَّكَ أَنْتَ اللَّهُ، لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ الأَحَدُ الصَّمَدُ الَّذِي لَمْ يَلِدْ وَلَمْ يُولَدْ وَلَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُواً أَحَدٌ ) .

Ey Alloh! Men Sendan o‘zga (haq) iloh yo‘q deb, Sen yolg‘iz, sheriksiz, tug‘magan ham, tug‘ilmagan ham va hech bir tengi bo‘lmagan Samad – behojat Zotligingga guvohlik keltirganim tufayli so‘rayman. (Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja va Ahmad rivoyati)

( اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوْذُ بِكَ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ، وَمِنْ عَذَابِ جَهَنَّمَ، وَمِنْ فِتْنَةِ الْمَحْيَا وَالْمَمَاتِ، وَمِنْ شَرِّ فِتْنَةِ الْمَسِيحِ الدَّجَّالِ).

Parvardigoro! Men Sendan qabr azobidan, jahannam azobidan, tiriklik va o‘lim fitnasidan. Masihi Dajjol fitnasining yomonligidan panoh berishingni so‘rayman. (Buxoriy va Muslim rivoyati).

( اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوْذُ بِكَ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ، وأَعُوْذُ بِكَ مِنْ فِتْنَةِ الْمَسِيحِ الدَّجَّالِ، وأَعُوْذُ بِكَ مِنْ فِتْنَةِ الْمَحْيَا وَالْمَمَاتِ، اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوْذُ بِكَ مِنَ الْمَأْثَمِ وَالْمَغْرَمِ).

Ey Alloh! Men Sendan qabr azobidan, masihi Dajjol fitnasidan va tiriklik hamda o‘lim fitnasidan panoh berishingni so‘rayman! Parvardigoro! Men Sendan gunoh va (nojoiz bo‘lgan yoki to‘lashning imkoni bo‘lmaydigan) qarzdan panoh berishingni so‘rayman! (Buxoriy va Muslim rivoyati).

( اللَّهُمَّ إِنِّي ظَلَمْتُ نَفْسِي ظُلْماً كَثِيراً، وَلاَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلاَ أَنْتَ، فَاغْفِرْ لِي مَغْفِرَةً مِنْ عِنْدِكَ وَارْحَمْنِي، إِنَّكَ أَنْتَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ ).

Parvardigoro! Albatta men o‘z nafsimga ko‘p zulmlar qildim. Gunohlarni yolg‘iz Sengina kechiruvchisan. Meni O‘z marhamating – O‘z tomoningdan bo‘ladigan mag‘firat bilan kechir, rahm et! Albatta Sen kechiruvchi va rahmli Zotdirsan. (Buxoriy va Muslim rivoyati).

( اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي مَا قَدَّمْتُ، وَمَا أَخَّرْتُ، وَمَا أَسْرَرْتُ، وَمَا أَعْلَنْتُ، وَمَا أَسْرَفْتُ، وَمَا أَنْتَ أَعْلَمُ بِهِ مِنِّي، أَنْتَ الْمُقَدِّمُ، وَأَنْتَ الْمُؤَخِّرُ، لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ ).

( اللَّهُمَّ أَعِنِّي عَلَى ذِكْرِكَ، وَشُكْرِكَ، وَحُسْنِ عِبَادَتِكَ ) .

Ey Alloh! Seni zikr etishga, Senga shukr qilishga va go‘zal ibodatingga meni musharraf et-ko‘mak ber. (Abu Dovud va Nasoiy rivoyati).

Kurs a ­guruh talabasi hamroyeva maftunaning

Qizil Kitob – nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob – harakatga chaqiruvchi kitobidir. Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 – tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varaği har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma’nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi: – bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa – (antropogen) inson harakatlari natijasidir.Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4 qismi esa ) inson ta’sirida yo’qolgandir. Oldin bu raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa mln.lab odamlarga ham ayon bo’ldi va insonlar oldida savol tuğildi: Inson, sen nima qilyapsan? To’xta – sen o’z uyingni buzyapsan! Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, oblast, tuman va mintaqalarda o’z Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. O’zbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda ko’pgina o’simlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, o’simliklardan; lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va h.z.Qizil Kitob haqida yana bir muhim joyi bo’lib, Qizil Kitobning sahifalari hech qachon tugallanmaydi, doimo uning sahifalarini yangi o’simlik turlari va hayvon zotlari to’ldirilib boradi. Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qo’yilgan muhim muammolardan biridir .

O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» ning zarurligi

Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o`simliklar) o`simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo`lib, ularning 93% uchun quruqlik va 7% i uchun suv yashash muhiti hisoblanadi.Turlarning hosil bo`lishi va ularning yo`qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo`lib, yerda geologik sharoitlarning o`zgarishiga ham bog`liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o`simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta’sirlari natijasida yo`qolib borish jarayoni tezlasha boshladi.Odam tomonidan yangi yerlarning, orollarning va kontinentlarning o`zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O`n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug`ular, g`or arsloni va ayiqlari, o`rta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo`qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda. 1600 yildan 1875 yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi, qushlarning 74 turi yo`qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 dan 10 gacha hayvon va 1 tadan o`simlik turlari yo`qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko`p o`simliklar turlari butunlay yo`qolib ketish xavfi ostida turibdi.O`simlik va hayvon turlarining tobora yo`qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug`dirmoqda.1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro`yxat»ni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan.

Jahon «Qizil kitobi» 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham «Qizil kitob» 1979 yilda chop etildi. «Qizil kitob» xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma’lumotlar berilgan.

O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida.O`zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o`simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi.Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur, undan 201 tur dorivor o`simliklardir.

O`zbekiston florasining yo`qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur «Qizil kitob»ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o`simlik turlarining soni 301 taga yetdi.O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va balig`lar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.

O`zbekistonning birinchi «Qizil kitob»i 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.

Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, balig`larning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi.

Ta’kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o`simliklar va hayvonlar ro`yxati yildan-yilga aniqrog` bo`lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo`lamiz.

O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»ida o`simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo`yicha ro`yxatga olingan va har bir o`simlik ko`rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o`z navbatida noyob va yo`qolib borayotgan o`simlik va hayvonot turlari to`g`risida keng omma tomonidan aniq tasavvurga ega bo`lishlariga yordam beradi.

«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, qo`riqxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yovvoyi o`simliklar bilan savdo-sotiqni tartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo`yadi.

Umuman, bu kitob barcha o`simlik va hayvonot muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.

Kitobga kiritilgan o`simlik turlari 4 kategoriyaga bqlingan: «0» maqomi berilgan o`simlik turlari yo`qolgan yoki yo`qolish arafasida turgan o`simliklardir.

«1» maqomidagi o`simliklar turlari esa yo`qolib borayotgan turlardir. Bunga yo`qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o`simlik turlari kiritilgan.

«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma’lum kichik maydonlarda o`ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo`qolib ketishi mumkin bo`lgan va ularning saqlanishini ta’minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.

«3» maqomidagi o`simlik turlari kamayib borayotgan o`simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o`simlik turlari ma’lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki anropogen omillari ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.

Mazkur risolaga Samarqand viloyati hududida uchraydigan va O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan noyob va yo`qolib borayotgan, inson muhofazasiga muhtoj o`simlik va hayvon turlari to`g`risidagi ma’lumotlar matnlari o`zgartirishlarsiz kiritildi.

O`zbekiston Respublikasi viloyatlari bo`yicha “Qizil kitob”ga kiritilgan o`simliklar soni. Yangi nashr bo`yicha (1998-yilgi nashr).

T\r Viloyatlar nomi. O`simliklar soni.
1. Qoraqalpoqiston A|Res 11
2. Andijon 4
3. Buxoro 24
4. Jizzax 21
5. Navoiy 13
6. Namangan 12
7. Samarqand 45
8. Surxondaryo 112
9. Sirdaryo 2
10. Toshkent 80
11. Farg`ona 28
12. Qashqadaryo 59
13. Xorazm Yo`q

Jami:411 tur o`simlik

O`zbekistondagi dorivor o`simliklar.

O`simlik nomi. Oilasi.
1.arslonquyruq(arslonquloq) labguldoshlar
2.arpabodyon soyqabonguldoshlar
3.bo`tako`z murakkabguldoshlar
4.bo`ymadaron murakkabguldoshlar
5.bazulbong labguldoshlar
6.beshbarg ra`noguldoshlar
7.baxmalgul gulxayridoshlar
8.dalachoy dalachoydoshla
9.gulizdarak ayiqtovondoshlar
10.gazanda gazandadoshlar
11.ixroj sutlamadoshlar
12.itburun(na`matak) ra`noguldoshlar
13.isiriq tuyatovondoshlar
14.kashnich soyabonguldoshlar
15.limono`t labguldoshlar
16.marmarak(mavrak) labguldoshlar
17.omonqora(qoraqobiq) chuchmomodoshlar
18.oqqaldirmoq murakkabguldoshlar
19.olabuta sho`radoshlar
20.oqsinak dukkakdoshlar
21.petrushka soyabonguldoshlar
22.qush jiyda jiydadoshlar
23.qirqbo`g`im qirqbo`g`imdoshlar
24.qizilmiya(shirinmiya) ra`noguldoshlar
25.qoraandiz murakkabguldoshlar
26.qoqio`t murakkabguldoshlar
27.qoshqarbeda dukkakdoshlar
28.qorazirk zirkdoshlar
29.qizilbarg onachirdoshlar
30.qariqiz murakkabguldoshlar
31.qo`ytikan murakkabguldoshlar
32.rovoch ayiqtovondoshlar
33.sachiratqi murakkabguldoshlar
34.sanchiqo`t murakkabguldoshlar
35.sebarga dukkakdoshlar
36.suvqalampir torondoshlar
37.suvarov piyozi piyozdoshlar
38.sedana ayiqtovondoshlar
39.sigirquyruq sigirquyruqdoshlar
40.sariqchoy dalachoydoshlar
41.turkiston do`lanasi ra`noguldoshlar
42.totim pistadoshlar
43.uzum tokdoshlar
44.zag`oza zag`ozadoshlar
45.zubturum zubturumdoshlar
46.zira soyabonguldoshlar
47.o`rik ra`noguldoshlar
48.yetmak chinniguldoshlar
49.yersovun zirkdoshlar
50.yovoyi sabzi soyabonguldoshlar
51.shirchoy ra`noguldoshlar
52.shirinmiya(qizilmiya) dukkakdoshlar
53.shvid soyabonguldoshlar
54.choyo`t choyo`tdoshlar
55.chilonjiyda jumrutdoshlar
56.cho`chqaquloq piyozdoshlar
57.chakanda jumrutdoshlar

O`zbekistonda ba`zi zaxarli o`simliklar ro`yxati.

Zaxarli o`simliklar o`z o`rganlarida zaxarli moddalar (alkaloidlar, glikozidlar va organik kislatalar) saqlaydi. Zaxarli sinil, filiks kislatalari bo`ladi.

O`simlik nomi. Oilasi.
1.achiqmiya dukkakdoshlar
2.ayiqtovon ayiqtovondoshlar
3.bodyoni rumiy soyabonguldoshlar
4.bo`zshira sho`radoshlar
5.bangidevona ituzumdoshlar
6.itkuchala kuchaladoshlar
7.kuchala kuchaladoshlar
8.kakra murakkabguldoshlar
9.ko`kmaraya gavzabondoshlar
10.kampirchopon gavzabondoshlar
11.mingdevona ituzumdoshlar
12.muhalis sigirquruqdoshlar
13.oqparpi ayiqtovondoshlar
14.olmaso`t ayiqtovondoshlar
15.oqmiya dukkakdoshlar
16.otashak ayiqtovondoshlar
17.oleandr(xona o`simligi) kendrdoshlar
18.qo`shbarg tuyatovondoshlar
19.qizboltir dukkakdoshlar
20.qoraquloq kuchaladoshlar
21.qoramig` chinniguldoshlar
22.sutlama sutlamadoshlar
23.sovuno`t navro`zguldoshlar
24.tog`turpid rutadoshlar
25.tosh buyurg`un sho`radoshlar
26.tikanli shoxbarg shoxbarigdoshlar
27.tuyatovon tuyatovondoshlar
28.tugmabosh ayiqtovondoshlar
29.temirtikan tuyatovondoshlar
30.uchma ayiqtovondoshlar
31.yulduzo`t chinniguldoshlar
32.g`umay boshoqdoshlar
33.shoxbarg shoxbargdoshlar
34.chakamig` ro`yandoshlar
35.isiriq tuyatovondoshlar

XULOSA:

KELAJAK OLDIDAGI B U R C H I M I Z

Tabiatni asrash va boyliklaridan tejamkorona foydalanish insoniyat oldidagi eng muhim muammolaridan biri. Qaysikim, tabiat ehson-tuhfalarini ko’r- ko’rona sarflash va uning boyliklarini talon-talonj qilishga hech kimning haqqi yo’q.

Tabiat haqida qayğurish- insoniyat o’zi haqida qayğurishdir, chunki inson tabiatning farzandidir. Tabiat uchun etkazilgan zarar insonning o’ziga qaratilgan zarardir. Texnika va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bo’lgan ta’sirini kuchaytirdi, bu esa hayvon va o’simlik dunyosining qashshoqlanishiga olib keldi. Bizning bu xatolarimizni kelajak avlod kechirarmikan? Yo’q. Bizdan oldingi qadimgi avlodlarimiz flora va fauna dunyosini tarixiy va madaniy yodgorliklarni shafqatsizlarcha qirishgan, qaysikim, cndi ular haqida biz faqatgina rasmlar, qo’lyozmalar, arxeologik topilmalar orqali bilamiz. Lekin bu bilan biz ularni qattiq qoralay ham olmaymiz, chunki ularning ongi- bilimlari yetarli darajada emas edi. Ammo bizning zamonamiz insonlarini kelajak avlod kechirmaydi-sababi, biz ixtisoslashgan, takomillashgan va mukammal insonlardirmiz.

Tabiat o’zining go’zalligi bilan o’ziga insonoyatni jalb etadi. Har bir kishini maftunkor toğlarni qoplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushbo’y gullar, dorivor o’simliklar, hayvon turiari, toza havo, sho’x sharsharalari, muz chuqqilari, qoyalari bilan rom etadi. Bularning hammasidan zavq. olish kerak, har bir narsaning o’z qadriga etish,tabiatdagi mujazgina bir jonli mavjudotni ham asray-avaylash lozim. Lekin insonlar bularning qadriga etish, zavq olish o’rniga ularga ozor etkazishadi, masalan, toğda endi ochilgan gullarning eng kattasi, eng chiroylisini uzib olib, guldasta tayorlaydi, lekin o’ylab ko’rishmaydi-ki ozgina vaqt o’tib bu gullar so’lib, qurib qolishini, o’z chiroyini yuqotgan guldastani esa tashlab yuboriladi. Boshqa mamlakatlarda bunday olishda ko’pgina ishlar qilingan. Masalan, Fransiyada toğ etaklarida odamlar, uchun turli mavzularda “murojaatnoma”lar taxtakachlarda qoqib qo’yilgan, jumladan, gullarning dam oluvchi sayyohlarga murojaati: “Bizni uzmang, uzib siz bizni o’ldirasiz va bizni avlod qoldirishdan mahrum etasiz”. Gullarni asray bilish, uning qadriga etish har bir kishining madaniyati va tarbiyasidan darak beradi.Yovvovi gullar – bu hammaning boyligidir. Agarda bunday gullar yo’qolib ketsa tabiat qashshoqlanib qoladi va toğ, yaylovlarimiz o’z chiroyi va ko’rkini yo’qotadi. Shuning uchun biz tabiatning barcha jonzotlarni avaylaymiz, ularni asray olishimiz, ona- Vatanimizning har bir burchagini saqlashda o’z kuchimizni sarflashimiz kerak. Tabiat faqat bizgina emas, balki kelajak avlodimiz uchun ham kerak.

  • I.Kirish…………………………………….2
  • II.Asosiy qism
  • 1 Cho`l mintaqasi o`simliklari…………..6
  • 2 Adir mintaqasi o`simliklari…………..12
  • 3 Tog` mintaqasi o`simliklari…………..15
  • 4 Yaylov mintaqasi o`simliklari………..19
  • 5 To`qay mintaqasi o`simliklari………..21
  • III. Qizil kitob va uning ahamiyati…….24
  • IV. Xulosa………………………………. 30