MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY – AXLOQIY TARBIYALASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM JARAYONINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Maktabgacha pedagogika
Dasturda maktabgacha pedagogika fanining nazariy jixatlari asoslab berilgan. Maktabgacha ta’limda mutaxassislikka kirish o`quv fanini o`zlashtirish uchun zarur bo`lgan birlamchi ma’lumotlar yoritilgan. O`zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta’limni tashkil etishning asosiy bosqichlari, asosiy xususiyatlari va maktabgacha ta’lim bo`yicha yuqori malakali rahbar, metodist-nazoratchi va tarbiyachilar tayyorlash vazifalari, maktabgacha ta’lim boshqarmasi va bo`limlarining asosiy vazifalari, metodik rahbarlik qilish tamoyillari kabi masalalar o`quv dasturining mazmunini tashkil etadi.
- O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
- O‘quv fanining maqsad va vazifalari
Maktabgacha pedagogika fani bo‘lajak tarbiyachilarni ta’lim- tarbiya qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirish. Shuningdek, u maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablari, tamoyillari, mazmuni va tarbiyachining shakllantirishni pedagogik asoslarini o‘rgatadi.
Maktabgacha pedagogika fanining vazifalari:
– Bo‘lajak tarbiyachi oldiga qo‘yiladigan maqsad va vazifalar O‘zbekiston istiqboli va istiqloli uchun barkamol avlodni tarbiyalashning dastabki bosqichi:
– maktabgacha pedagogikaning mazmuni, o‘zi xos xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy jihatlarini topishi, hamda kasbiga bo‘lgan munosabatni tarbiyalash. Tarbiyachining kasbiy xususiyati va unga qo‘yilgan talablar:
– maktabgacha pedagogika kursini maqsadi: bulajak tarbiyachi, pedagogik kollej uqituvchilariga maktabgacha pedagogika fanini nazariy milliy asoslari bilan qurollantiradi;
-O‘qitish jarayonida mutaxassislik bo‘yicha mahorat, tashkiliy metodik malaka, bolalarni jonajon yurtimizni sevish, asrab-avaylash ruhida tarbiyalash jarayonida bilimlarini amalda tadbiq qila bilish qobiliyatini rivojlantirish.
– maktabgacha ta’limning tarixi;
– maktabgacha pedagogikaning rivojlanish boskichlari;
– davlatga qarashli va qarashli bulmagan maktabgacha ta’lim muassasalari;
-Maktabgacha ta’limning ta’lim tizimida tutgan o‘rni;
-Maktabgacha ta’lim bo‘yicha kasbiy faoliyatning umumiy tamoyillari;
-Maktabgacha yoshdagi bolaning xar tomonlama rivojlanish konsepsiyasi;
-Maktabgacha pedagogikanin rivojlanish tamoyillari
– bolalarni oilaga, maktabgacha ta’lim muassasalariga va ijtimoiy jamiyatga moslashtirish;
- bolaning shaxsiy pedagogik-psixologik rivojlanish ko`rsatkichlari;
- intelektual, aqliy rivojlanish ko`rsatkichlari;
- bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
- bolaning maktabga tayyorgarlik darajasi qo`yiladigan minimal talablar;
- oiladagi rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi muxit;
- bolaning maktab ta’limiga umumiy va maxsus tayyorgarligi bilimga;
- maktabgacha ta’limning asosiy tamoyillari;
- maktabgacha pedagogika fan sifatida;
- maktabgacha pedagogika ob’ekti, predmeti, funksiyalari;
- maktabgacha pedagogikaga qo‘yiladigan asosiy talablar;
- maktabgacha pedagogikaning mazmuni, ilmiy-tadqiqot metodlari;
- maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning falsafiy asoslari;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy faoliyatga yunaltirish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish va rivojlantirish maktabgacha pedagogikaning asosiy funksiyasi;
- maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy, axloqiy va jismoniy tarbiyaberish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni nutkni ustirish va uzga tilga urgatish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarga xukukiy, iktisodiy va estetik tarbiyalash;
- maktabgacha ta’limning uzviyligi va uzluksizligi;
- bola maktabgacha tarbiyaning – ob’ekti, rivojlanish v atarbiya – sub’ekti;
- bola va sotsium;
- maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, oila va maxilla tarbiya jarayonini tashkil etish shart-sharoitlarini
- bolani maktab ta’limiga tayyorlashga ta’sir etuvchi omillar;
- bolani maktabga tayyorlashda maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab va oilaning xamkorligi;
- maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga moslashtirish metod, vosita va usullarni ko’nikma;
- maktabgacha pedagogikaning nazariy va amaliy bilimlarinie gallash;
- ilk vamaktabgachayoshdagibolalargata’lim-tarbiya berish mazmuni va texnologiyalarini egallash;
- zamonaviy va chet el maktabgacha ta’lim tizimi xakida bilimga ega bulish;
- maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida va ta’lim-tarbiya berishda zamonaviy va chet el maktabgacha ta’lim tizimidan foydalana olish
- maktabgacha yoshdagi bolalarni o`yin va o`yinchoqlar orqali rivojlantiruvchi muxit yaratish;
- bolani intelektual zukko bulishini ta’minlash;
- bolani aqliy, axloqiy va jismoniy rivojlanishga yunaltirish;
- maktabgacha yoshdagi bola maktab ta’limiga tayyorlash;
- maktabgacha ta’lim muassasalarining bola xavfsizligini ta’minlashdagi majburiyatlari;
- bolani maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lomlashtirish;
- bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligini aniqlash va taxlil qilish usullari;
- bolani maktabga tayyorlash metodi va usullari;
- maktabgacha ta’lim muassasalarida bolani maktabga tayyorligini aniqlash malakasiga ega bo’lishi kerak .
Amaliy mashg’ulotlarning mazmuni
- amaliy mashg’ulot: Bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligini aniqlash va taxlil qilish usullari.. (4 soat)
Vazifasi: Bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligini aniqlash va taxlil qilish usullarini to’plash, mustaqil va ilmiy yondashib ma’lumotlar tayyorlash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Nima uchun?, Qanday qilib?, Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, uz-uzini nazorat.
Topshiriq: Bolaning maktab ta’limiga tayyorgarligini qanday aniqlash mumkin?
Qanday qilib? Texnologiyasi orqali tushuntiring.
- amaliy mashg’ulot: Bolani maktab ta’limiga tayyorligini turli pedagogik va psixologik usullar, metodlar orqali aniqlash. (4 soat)
Vazifasi: Bolani maktab ta’limiga tayyorligini turli pedagogik va psixologik usullar, metodlar orqali aniqlashga oid materiallarni internet saytlaridan izlash va tarjima qilib kelish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, uz-uzini nazorat.
Topshiriq: Bolani maktab ta’limiga tayyorligini aniqlovchi pedagogik va psixologik usullarni tahliliy o’rganish
Venn diagrammasi orqali tahlil qiling.
- amaliy mashg’ulot: Oilada bolani maktabga tayyorlash metodi. (4 soat)
Vazifasi: Oilada bolani maktabga tayyorlash metodi bo’yicha ma’lumotlarni to’plash va taqdimot tayyorlash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, uz-uzini nazorat.
Topshiriq: Oilada bolani maktabga tayyorlashning qanday yo’llarini bilasiz?
Klaster metodi orqali yoriting.
- amaliy mashg’ulot: Bolani oilada soglomlashtirish. (4 soat)
Vazifasi: Bolani oilada soglomlashtirish yo’llarini o’quv-uslubiy adabiyotlar asosida yoritish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, uz-uzini nazorat.
Topshiriq: Bolani oilada soglomlashtirish yo’llarini sxemalar va tasniflash asosida yoritish.
- amaliy mashg’ulot: Oilada bolalarning insoniylik tuygularini tarbiyalash. (4 soat)
Vazifasi Oilada bolalarning insoniylik tuygularini tarbiyalashni zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida o’rganish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, uz-uzini nazorat.
Topshiriq: Sharq mutafakkirlari, buyuk pedagoglar, Xalq pedagogikasi kabi manbalardan insoniylik tuyg’ulari haqida o’rganib kelish.
- amaliy mashg’ulot: Oilada bolani maktabga tayyorlash metodi va usullari. (4 soat)
Vazifasi: Oilada bolani maktabga tayyorlash metodi va usullarini ilmiy, amaliy, metodik qo’llanmalar asosida o’rganish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, uz-uzini nazorat.
Topshiriq: maktabgacha yoshdagi farzandlari bor oilalar tajrbalarini o’rganish va taqdimot tayyorlash.
- amaliy mashg’ulot: Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari. (4 soat)
Vazifasi: Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislashning an’anaviy, noa’anaviy va innovatsion usullarini o’rganish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, uz-uzini nazorat.
Topshiriq: Kern Yerasek metodikasini o’tkazish va uni tahlili
8-amaliy mashg’ulot: Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablari. (4 soat)
Mashg’ulot maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablarini o’rganish.
Vazifasi: Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablarini o’rganish va taqdimot tayyorlash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, uz-uzini nazorat.
Topshiriq: Davlat talablari yo’nalishlarini kichik guruhlarga bo’lingan holda taqdimot qilish.
————————————————————————————————–
9- amaliy mashg’ulot: Maktabga tayyor bolalarga qo`yiladigan davlat talablari . (4 soat)
Mashg’ulot maqsadi: Maktabga tayyor bolalarga qo`yiladigan davlat talablarini o’rganish.
Vazifasi: Maktabga tayyor bolalarga qo`yiladigan davlat talablarini tahliliy o’rganish va taqdimot tayyorlash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, uz-uzini nazorat.
Topshiriq : Baliq skeleti metod orqali taqdimot tayyorlash.
- amaliy mashg’ulot: Davlat talablariga muvofiq bolalarni maktab ta’limiga tayyorligini tashxislash. (4 soat)
- Mashg’ulot maqsadi: Tashxislashning zamonaviy usullari o’rganish.
Vazifasi: Tashxislashning zamonaviy usullari tahliliy o’rganib kelish. Taqdimot tayyorlash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, uz-uzini nazorat.
Topshiriq: Tashxislashning zamonaviy usullarini Yelpig’ich texnologiyasi yordamida yoriting.
- amaliy mashg’ulot: Rivojlanish xaritasi. (4 soat)
Vazifasi: Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq Rivojlanish xaritasini o’rganish va taqdimot tayyorlash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, uz-uzini nazorat.
Topshiriq: Rivojlanish xaritasini taqqoslab o’rganish va jadvallar asosida taqdimot qilish.
IV semestr uchun
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY – AXLOQIY TARBIYALASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»
axloq / ma’naviy-axloqiy tarbiya / axloqiy ong / axloqiy xulq atvor / ma’naviy axloqiy rivоjlanish / axloqiy his-tuyg’u / tasavvur / madaniy xulq-atvоr. / morality / spiritual-moral education / moral consciousness / moral behavior / spiritual-moral development / moral feeling / imagination / cultural behavior.
Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dexkonova Dilrabo Muxamadjonovna
Maktabgacha pedagоgika yosh avlоdni barkamol shaxs etib voyaga yetkazishda ma’naviy axloqiy tarbiyani muhim оmil dеb hisоblaydi. Ushbu ishda maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy – axloqiy tarbiyalash zaruriyati, hamda yning o’ziga xos xususiyatlari borasida fikr yuritiladi.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Dexkonova Dilrabo Muxamadjonovna
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda xalq og’zaki ijodining ertak janridan foydalanishning dolzarbligi
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY TARBIYA ASOSIDA MA’NAVIYAXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASIDAGI INTEGRATSION YONDASHUVDAN FOYDALANISH
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM JARAYONINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHNING AHAMIYATI VA VAZIFALARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN
Preschool pedagogy considers spiritual and moral education as an important factor in the development of the younger generation as a harmoniously developed person. This work discusses the need for spiritual and moral education of preschool children, as well as the specifics of the year.
Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY – AXLOQIY TARBIYALASH»
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA’NAVIY – AXLOQIY TARBIYALASH
Dexkonova Dilrabo Muxamadjonovna
Farg’ona davlat universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti magistranti
ORCID: 0000-0001-2233-4455 https://doi.org/10.5281/zenodo.6578521
Annotatsiya. Maktabgacha pedagogika yosh avlodni barkamol shaxs etib voyaga yetkazishda ma’naviy – axloqiy tarbiyani muhim omil deb hisoblaydi. Ushbu ishda maktabgachayoshdagi bolalarni ma’naviy – axloqiy tarbiyalash zaruriyati, hamdayning o ‘ziga xos xususiyatlari borasida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar: axloq, ma’naviy-axloqiy tarbiya, axloqiy ong, axloqiy xulq atvor, ma’naviy – axloqiy rivojlanish, axloqiy his-tuyg’u, tasavvur, madaniy xulq-atvor.
ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОЕ ВОСПИТАНИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ
Аннотация. Дошкольная педагогика рассматривает духовно-нравственное воспитание как важный фактор развития подрастающего поколения как гармонично развитой личности. В данной работе рассматривается необходимость духовно-нравственного воспитания детей дошкольного возраста, а также специфика года.
Ключевые слова: нравственность, духовно-нравственное воспитание, нравственное сознание, нравственное поведение, духовно-нравственное развитие, нравственное чувство, воображение, культурное поведение.
SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN
Annotation. Preschool pedagogy considers spiritual and moral education as an important factor in the development of the younger generation as a harmoniously developed person. This work discusses the need for spiritual and moral education ofpreschool children, as well as the specifics of the year.
Keywords: morality, spiritual-moral education, moral consciousness, moral behavior, spiritual-moral development, moral feeling, imagination, cultural behavior.
Axloq so’zi – lotincha «moros», ya’ni moral, mantiq so’zidan kelib chiqib, u hech qaerda qat’iy yozib qo’yilmagan ijtimoiy konundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo’ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o’zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o’zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy motivlar shakllangan bo’ladi. Bu motivlar esa o’sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag’batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o’ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirib olishgina болаларga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish ijtimoiy tarbiyaning muvaffaqiyatini ta’minlovchi eng muhim omil sanaladi. Ma’naviy-axloqiy ta’lim va tarbiya o’zaro bog’liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo’lib, shaxs
ma’naviy-axloqiy kamolotini shakllantirish asosi hisoblanadi. Ma’naviy-axloqiy ta’lim bolalarga ma’naviy-axloqiy munosabatlar mohiyati to’g’risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda ma’naviy-axloqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish ma’naviy-axloqiy ongini shakllantirish jarayoni bo’lib, izchil, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim.
Qadimgi faylasuflar-u, donishmandlar ijodida odob-axloq malasalari markaziy o’rinni egallab kelgan. Ular axloq-odobni jamiyatning «poydevori» deganlar. Shuning uchun jamiyatning har bir a’zosining xulqi-odobiga alohida e’tibor bilan qaraladi. Ma’naviy- axloqiy bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirib olishgina o’quvchilarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasi turlichadir. Jumladan: 1. Axloqiy onglilik, 2. Axloqiy qadriyatlar, 3. Axloqiy his-tuyg’ular.
Axloq ijtimoiy ong shakllanishidan biri bo’lib, muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi zarur bo’lgan ma’lum xatti-harakat qoidalari yig’indisidir. Axloq odamlarning bir-biriga. jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo’ladi.ahloq- kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo’lsa, odob-shaxsning ko’zga tashlanadigan mulozamati, xulq-atvori, muomala-munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Husayn Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari shaxsiy, oilaviy va fuqarolik axloq asoslarini o’z ichiga olgan.U 40 bobdan iborat. Muallif asarda adolat, sabr, yoqimlilik, hayo, odob, ishonch, va’daga vofo qilish masalalari haqida so’z yuritadi.
Jaloliddin Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asarida axloqiy muammolar ijtimoiy-falsafiy masalalar tahlil qilinadi. Asarni yozishda muallif Arastu, Aflotun, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sinolarning axloqiy ta’limotlaridan foydalangan. Risola uch qismdan iborat bo’lib, birinchi qismida xulqiy tarbiya va axloqiy xislatlarni egallash haqida so’z yuritib, axloqning asosiy tushunchalari: donolik, adolat, iffatga mufassal to’xtalgan, axloq ilmining maqsad va vazifalari belgilab berilgan. Ikkinchi qism oila va oilaviy hayot masalalariga bag’ishlangan. Unda bolalarni tarbiyalash va kamolga yetkazish, kasb-hunarni egallash yoritiladi. Uchinchi qism ijtimoiy siyosiy masalalarga bag’ishlangan.
Ahmad Yugnakiyning «Hibbat-ul-haqqoyiq» asari ta’limiy-axloqiy yo’nalishda yozilgan bo’lib, bilimlilik, adolat, sahovat kabi hislatlar ulug’lanadi, yetuk insonni tarbiyalash g’oyasi ilgari suriladi.
Amir Temur «Axloqiy Husniya» – yaxshi xulqlar egasi bo’lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo’l qo’ymagan. Amir Temur singari jahon ma’naviyati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go’zal xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi.
Amir Temurning vasiyatlaridan xalqiga cheksiz sodiqligini, millatini ulug’laganini, ozodlik uchun kurashuvchan, axloqiy madaniyati yuksakligini ko’rish mumkin: «Millatning dardiga darmon bo’ling. Zaiflarni qo’riqlang, yo’qsinlarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo’lsin».
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etgan yodgorliklar orasida Xorazm vohaasi hududida yaratilgan bebaho
ma’naviy obida «Avesto» kitobi alohida o’rin tutadi. Ana shunday o’lmas asori atiqalar bu ko’hna o’lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo’lganidan guvohlik beradi. «Avesto»ning tub ma’no mohiyatini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal» degan tamoyilni oladigan bo’lsak, unda hozirgi zamon uchun ibrat bo’ladigan axloqiy saboqlar borligini ko’rish mumkin.
Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud Axloq» kitobining «Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to’g’ri so’zlikni insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola tarbiyasida o’sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alohida e’tibor beriladi.
A.Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta ahamiyat berilgan.
«Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog’idir»
– deydi mutafakkir A.Navoiy.
A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, axloqqa oid g’oyalar ilgari surilgan. Insonparvarlik g’oyalari ulug’langan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL.
Maktabgacha pedagogika yosh avlodni ma’naviy – axloqiy rivojlanishida tarbiya va tarbiyani muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhiyatga oid tadqiqotlar natijalarining ko’rsatishicha, maktabgacha tarbiya davri bolaning ma’naviy shakllanashida eng muhim boshqichidir. Shu davrda ma’lum maqsadga yo’naltirilgan tarbiya-tarbiya ta’sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlaydi. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shakli yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo’ladigan munosabatlarida egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo’lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab ma’naviy- axloqiy tarbiya berib borish muhimdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy- axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy- axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilar:
1. Bolalarda axloqiy his-tuyg’ular, tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash.
2. Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.
3. Bolalarda axloqiy his-tuyg’ularni tarbiyalash.
4. Xulqdagi salbiy sifatlarni barham toptirish.
Ma’naviy- axloqiy tarbiya maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turli xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg’ulotlarda va mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda amalga oshirish. Turli xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o’yin, ommaviy axborot vositalari
– oynai jahon, radio va boshqalar bolalarning ma’naviy- axloqiy tarbyasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o’yin mashg’ulotlarida yaxshi o’zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o’zlashtirib olingan tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib etishlari dastlab mashg’ulotlarda, keyinchalik o’yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, mustaqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy- axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– g’oyaviy va tarbiya ishining ma’lum maqsadga qaratilganligi;
– ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini xurmat kilgan xolda yondashish;
– axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib borish;
– oila va MTTlarining tarbiyaviy ta’sirining birligi;
– bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;
– bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini ko’zda tutish.
Ma’naviy- axloqiy tarbiya printsiplarini pedagogik shart-sharoit bilan qo’shib amaga oshirish bolaning axloqiy rivojlanishiga samarali ta’sir etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ma’naviy- axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo’llash muhim ahamiyatga egadir. Ma’naviy- axloqiy tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1-guruh. Axloqiy ongni, axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xoxishini shakllantirishga qaratilgan metodlar.
2-guruh. Madaniy xulq-atvor, ijobiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan metodlar.
3-guruh. Axloqiy his tuyg’ular va munosabatlarni rag’batlantirishga tilgan yordamchi metodlar.
Yuqorida keltirilgan barch metodlar orqali bolalarga axloqiy norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o’rgatiladi. Ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi.
Bu guruh metodlariga qo’yiladigan asosiy talablar asosan; bolalarning yaxshilik, yomonlik to’g’risidagi tasavvurlarini e’tiborga olish; axloqiy xulq-atvor no’rmalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning ozlarini faol qatnashtirish; har bir bolaning his-tuyg’usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bolish.Bolani noo’rin tadqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish qa’tiyan man qilinadi. Hamma metodlardan izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi.
XULOSA VA MUNOZARA.
Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat uyin mashg’ulotlarida yaxshi o’zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o’zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib yetishlari dastlab mashg’ulotlarda, keyinchalik o’yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, musatqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo’llash muhim ahamiyatga egadir. Axloqiy tarbiya metodlari – bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat usulidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim o’rin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq normalari va qoidalarini o’rgatish asosida rivojlanadi.
Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o’rgatib borish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e’tiborga olish zarur. Kichik bolaga yaxshi bo’l deganingiz bilan yaxshi bo’lib qolmaydi, chunki unda yaxshilik bilan yomonlikni to’g’ri tahlil qilish hayotiy tajribasi yetishmaydi. Bu yoshdagi bolalarni yaxshi ishlar qilishga o’rgatiladi: yiqilib tushgan bolani turg’azib qo’yishga yordam berish, uning ustki kiyimlarini qoqib qo’yish, yupatish, o’simlik va hayvonlarni parvarish qilish, o’yinchog’ini o’rtog’iga berib turish, tik turgan kishiga joy ko’rsatish, eng muhimi boshqalarga ko’rsatilgan xizmatdan xursand bo’lishga o’rgatish.
Kamtarlik, to’g’rilik, halolik va quvnoqlik xususiyatlarini tarbiyalash._Bu xususiyatlar sog’lom shaxsni tarbiyalashning eng muhim omillaridan hisoblanadi.
Kamtarlik har bir kishining eng muhim va oliyjanob fazilatlaridan biridir. Bu asosan maktab yoshidan tarbiyalanadi. Ammo maktabgacha yoshidan boshlab, bolalarga kamtarlik hissini singdirish, manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni yo’qotib borish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o’zlarini boshqa bolalardan ustun qo’yishga urinadilar, ba’zan ota-onalarining kasbi bilan ham maqtanadilar. Bunday xolatda bolalarning ota-onalari bilan tegishli ish olib borish, har bir kasbning zarurligi va muhimligi to’g’risida aniq misollar bilan tushuntirish zarur. Bolalar ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqa bolalarni kamsitsalar, tarbiyachi bolaga biror narsani bilmagan o’rtog’iga o’rgatish kerakligini, o’z-o’zini maqtash yarashmasligini tushuntiradi. Sofdillik va rostgo’ylikni tarbiyalash yolg’onchilik va vijdonsizlik paydo bo’lishining oldini olish va unga qarshi kurash bilan uzviy bog’liqdir. Ba’zi bolalar o’zlari to’qigan, kattalardan eshitgan ertaklarini tushlarida ko’rgandek qilib ko’rsatishga urinadilar. Bunday holda ham urushmasdan «Ertak» to’qishni yaxshi bilgani uchun maqtash kerak.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalardagi harakterning ijobiy na’munalarini, ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda axloqiy tarbiyaning hamma samarali usullari bilan tarbiyalanib borilsa, ijobiy natijalarga erishish mumkin.
1. “Maktabgacha ta’lim- tarbiya to’g’risida”gi Qonun,.-T.;O’zbekiston. 2020 y.
2. F.Qodirova, Sh.Toshpo’latova, M.A’zamova. “Maktabgacha pedagogika”. –
3. Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogika.T.; O’qituvchi, 1993.
4. Xasanboeva O.U. va boshqa. Maktabgacha ta’lim pedagogika .T.; Ilm ziyo. 2006.
5. Sh.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T.: 2013 y.
6. N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashiroti T.; 2013 y
7. BonoTHHa H.P. ^omKontHaa negaroraKa M. HaBHpHHT. 2005r
Maktabgacha pedagogika kitob skachat
Информация о характеристиках, комплекте поставки, внешнем виде и цвете книжной продукции носит справочный характер и основывается на последних доступных к моменту публикации сведениях.
Электронная книга
Перед покупкой рекомендуем ознакомиться с разделом “Как читать купленную книгу”!
Чтобы оформить заказ, Вы должны быть авторизованы.
Поделиться с друзьями в соцсетях
- Аннотация
- Комментарии и отзывы
Mazkur darslik “Maktabgacha pedagogika” o‘quv fan dasturi asosida yozilgan bo‘lib, maktabgacha ta’lim pedagogikasining umumiy asoslari, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni
tarbiyalash mazmuni va metodikasi hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o‘qitish mazmuni va metodikasiga doir masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan. Shuningdek, darslikda
maktabgacha ta’lim muassasasi menejmenti ham yoritib berilgan.
Darslikdan pedagogika oliy ta’lim muassasalarining maktabgacha ta’lim va pedagogika-psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida asosiy o‘quv adabiyoti sifatida foydalanish tavsiyaetiladi.