Unga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyida Xorijiy filologiya (arab tili) yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha kvotaga taklif 26ta bo‘ldi.
Ona tili 9 sinf 189 mashq
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 13 avgustdagi 5-son bayoni asosida 2018/2019 o‘quv yilida umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalari akademik litseylariga qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha kvota tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyida Xorijiy filologiya (arab tili) yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha kvotaga taklif 26ta bo‘ldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti akademik litseyining Aniq fanlar (texnika) yo‘nalishi – 26ta;
O‘zbekiston Milliy universiteti akademik litseyining Aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishi – 26ta;
Tabiiy fanlar yo‘nalishi – 26ta;
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyining Aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishi – 26ta;
Xorijiy filologiya (ingliz tili) – 52ta;
Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyining Xorijiy filologiya (ingliz tili) yo‘nalishi – 52ta;
Aniq fanlar (iqtisod) – 26ta;
Tabiiy fanlar yo‘nalishi – 26ta;
Ijtimoiy-gumanitar fanlar – 26ta;
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti akademik litseyining Xorijiy filologiya (xitoy-yapon tili) yo‘nalishi – 26ta;
Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyining Xorijiy filologiya (arab tili) yo‘nalishi – 26ta;
Urganch davlat universiteti akademik litseyining Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishi – 26ta;
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti akademik litseyining Aniq fanlar (iqtisod) – 26ta;
Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyining Tabiiy fanlar yo‘nalishi – 52ta;
Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyining Tabiiy fanlar yo‘nalishi – 26ta;
Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyining Tabiiy fanlar yo‘nalishi – 26ta;
Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyining Xorijiy filologiya (ingliz tili) yo‘nalishi – 26ta;
Tabiiy fanlar – 26ta;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyining Aniq fanlar (axborot texnologiyalari) yo‘nalishi – 52ta;
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali akademik litseyining Aniq fanlar (axborot texnologiyalari) yo‘nalishi – 26ta;
Xorijiy filologiya (ingliz tili) yo‘nalishi – 26ta;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali akademik litseyining Aniq fanlar (axborot texnologiyalari) yo‘nalishi – 26ta;
Xorijiy filologiya (ingliz tili) yo‘nalishi – 26ta;
Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyining Ijtimoiy gumanitar yo‘nalishi – 26ta;
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurilish va ekspluatatsiyasi instituti akademik litseyining Xorijiy filologiya (ingliz tili) yo‘nalishi – 26ta;
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyining Aniq fanlar (texnika) yo‘nalishi – 26ta;
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyining Aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishi – 26ta.
Respublika bo‘yicha jami: 832ta.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘qishga kira olmagan yana 100 abituriyent talaba bo‘lgani xabar qilingandi.