Fransuz tili grammatikasi pdf скачать
Birinchi guruh fellari uchun oʻtgan zamon sifatdoshi:
Fransuz tili
Fransuz tili — hindevropa tillari oilasining roman guruxiga mansub til; Fransiya, Fransiya Gvianasi, Gaiti, Monako, Benin, BurkinaFaso, Gabon, Gvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Kot d’Ivuar, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Niger, Senegal, Togo, Chad davlatlarining rasmiy tili; Belgiya Kirolligi, Shveysariya Konfederatsiyasi, Kanada, Lyuksemburg, Andorra, Kamerun, Madagaskar, Burundi, Ruanda, Komor Orollari Federativ Islom Respublikasi, Jibuti, Vanuatu, Seyshel Orollari davlatlaridagi rasmiy tillardan biri. Italiya va AQShning belgili xududlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 100 mln. kishidan, Fransiyaning oʻzida 57 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.
Quick facts: Fransuz tili, Milliy nomi, Mamlakatlar, . ▼
Fransuz tili | |
---|---|
Milliy nomi | français |
Mamlakatlar | Fransiya, Fransiyaning dengizorti qaram yerlari , Kanada, Belgiya, Shveytsariya, Livan, Lyuksemburg, Monako, Jazoir, Tunis; Kot-d’Ivuar, Kongo demokratik respublikasi , Niger, Senegal; Gaiti, Mavrikiy; Laos, Kambodja, Vyetnam; Meksika; AQShning shtati Luiziana |
Rasmiylik holati | 29ta mamlakat, ular ichida Fransiya, Belgiya, Kanada, Shveytsariya |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 270 million |
Turkumlanishi | |
Til oilasi | Hind-Yevropa |
Alifbosi | lotin |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | fr |
ISO 639-2 | fre (B); fra (T) |
ISO 639-3 | fra |
Close ▲
Asosiy lahjalari: frans (hozirgi Fransuz tilining tarixiy negizi), shim. (Belgiyadagi normand, pikard, vallon va boshqalar), gʻarbiy (anjuy, gallo va boshqalar), jan.gʻarbiy (puatevin), markaziy, jan.sharkiy (burgund, franshkont), sharkiy (lotaringiya, shampan), frankprovansal.
Fransuz tili istilochilar tili (lotin tili) va Galliya tub aholisi tillarining oʻzaro taʼsiri jarayonida shakllangan. Fransuz tili tarixi quyidagi davrlarga boʻlinadi: gallroman (5—8-asrlar), eski fransuz (9—13-asrlar), oʻrta fransuz (14—15-asrlar), ilk yangi fransuz (16-asr), yangi fransuzklassik (17—18-asrlar) va hozirgi fransuz (19-asrdan). Oʻrta asrlarda umumfransuz yozma tili maydonga keladi, 16-asrda milliy til (1539-yildan davlatning rasmiy tili) shakllanadi. 17-asrda adabiy til meʼyori barqarorlashadi. 20-asrda adabiy va ogʻzaki nutq oʻrtasida sezilarli farq paydo boʻladi. Dastlabki yozma yodgorliklari 8—9-asrlarga mansub.
Fonetik xususiyatlari sifatida urgʻusiz, ayniqsa, soʻz oxiridagi unlilarning reduksiyasi, urg`uning asosan soʻnggi boʻgʻinga tushishi, urg`u ta`sirida unlilarning oʻzgarishi, unlilar oʻrtasidagi va soʻz oxiridagi undoshlarning tushib qolishi va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Fransuz tili morfologiyasi uchun analitizm xarakterlidir (murakkab zamon, nisbat, qiyosiy darajalarning analitik shakllari). So`zlarning morfologik jihatdan oʻzgarmaslikka moyilligi kuzatiladi. Bir kancha fammatik ma`nolar (jins, son, shaxs)ning ifodalanishi koʻpincha sintaksis sohasiga koʻchiriladi, yordamchi soʻzlar keng qo`llanadi. Fe`l sohasida 4-mayl, 3 nisbat va keng tarmokdi zamon shakllari mavjud. Leksikasida gallardan sakdanib qolgan so`zlardan tashqari franklar tilidan sakdanib qolgan muayyan qatlam ham mavjud. Fransuz tili rivojida adabiy lotin tili katta rol oʻynagan; undan koʻplab soʻzlar, soʻz yasalish qoliplari, sintaktik tuzilmalar o`zlashgan.
Yozuvi bir qancha diakritik belgilar qoʻshilgan lotin alifbosi asosida shakllangan. Fransuz tili Belgiya, Shveysariya va Kanadada milliy variantlarga, Afrika mamlakatlarida esa, asosan, fonetik va lugʻaviy oʻziga xosliklarga ega. [1]
Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.
Fransuz tili () asosan Fransiya, Belgiya, Luksemburg va Shveytsariyada kelib chiqqan, bugungi kunda esa dunyoning 54 mamlakatidagi 300 million odam [2] uchun ona tili yoki ikkinchi til bo`lmish roman tildir .
Fransuz tili grammatikasi pdf скачать
Powered by Phoca Download
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- Reytinglar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
Fransuz tili grammatikasi pdf скачать
–>
Adabiyot [561] Arxitektura [40] Astranomiya [38] Axborot [71] Biologiya [387] Biznes [47] Bojxona [42] Davlat Huquq Asoslari [4] Dunyo din tarixi [32] Ekologiya [109] Estetika va Etika [30] Falsafa [48] Fizika [254] Fransuz-Tili [22] Geografiya [141] Geometriya [6] Huquqshunoslik [281] Informatika [643] Texnologiya [274] Internet [43] Ingliz tili [680] Iqtisodiyot [1133] Jahon tarixi [276] Jamiyatshunoslik [24] Kimyo [82] Kasbiy Ta’lim [11] Konsitutsiya [60] Ma’naviyat [48] Matematika [89] Milliy G’oya [128] Musiqa [2] Nemis-tili [30] Ona-tili [50] Oshpazlik [39] O’zbekiston tarixi [197] Pedagogika [104] Prezident Asarlari [17] Psixologiya [149] Rus-tili [44] Qishloq xo’jaligi [92] Siyosatshunoslik [25] Soliq va Soliqga tortish [18] Tilshunoslik [9] Tibbiyot [64] Turizm [172] va Boshqalar. [332] Sport [7] Sxemotexnika [13] –>
–>–>Bosh bet » –>Referatlar » O’zbek tilida » Fransuz-Tili –>Bo’limdagi referatlar soni : 22
–>Ko’rsatildi : 1-22–>Sortirovka : Дате · Названию · Комментариям · Загрузкам · Просмотрам
Fransuz tili grammatikasi
Soʻzlovchiga oldindan malum boʻlgan va dunyoda yagona hisoblangan (quyosh , osmon ,togʻ ,daryo kabilar oldidan ishlatiladi bu kabi otlar hammaga birdek malum boʻlib aniq hisoblanadi ) otlar oldidan ishlatiladi, uning rodi va sonida moslashadi
Le (masculin (m/r otlar uchun)) par exemple : le père le styloLa( féminin (j/r otlar uchun)) par exemple : la République
NOANIQ ARTIKL
Soʻzlovchiga oldindan malum bolmagan birinchi marta tilga olinayotgan sizlar oldidan ishlatiladi , uning rodi va sonida moslashadi
Masalan gapda biron soʻz birinchi marta ishlatilsa
Un (m/n)
Une(f/n)
QISQARTMA ARTIKL
Le , la aniq artikllaridan keyin unli yoki oʻqilmaydigan (h) harfi bilan boshlanuvchi soʻzlar kelsa le ,la aniq artikllaridagi (e,a) unlilari tushib qoladi va (l) apastrof (‘)belgisini qabul qiladi
Par exemple :
L’équipe
L’entreprise
L’ arbre
L’heure
L’herbe
PARTITIF ARTIKL
Sanab boʻlmaydigan va mavhum otlar oldidan ishlatiladi va uning faqat rodida moslashadi
Du (m/n)
De la (f/n)
TUTASH ARTIKL
à +le =au
à+les= aux
de+le=du
de+les=desAu Au Japon Aux Aux États-Unis Du Du mondes Des Des langues Fransuz tilida koʻrsatish olmoshlari otdan oldin qoʻyilib otning rodi va sonida moslashadi , predmetni koʻrsatib keladi
Ce , cet (m/n)
Cette (f/n)
Cet koʻrsatish olmoshi unli yoki oʻqilmaydigan h harfi bilan boshlanuvchi (m/n) soʻzlar oldidan ishlatiladiCe Ce cahier Cet Cet homme Cette Cette fille Olmoshli egalik sifatlari
Bu yerda shaxs ega predmet esa shaxs ga tegishli O.E.S koʻrsatib kelayotgan ot
Shaxs birlik predmet koʻplik da shaxs bir kishi predmet koʻp masalan mening ruchkalarim shaxs men predmet esa ruchkalar
Shaxs koʻplik predmet birlik da esa shaxs koʻp predmet bitta. Masalan bizning ruchkamiz
Shaxs koʻplik predmet ham koʻplik bunda
Bizning ruchkalarimiz shaxs biz predmet ruchkalar
Mustaqil boʻlmagan kishilik olmoshlari
Mustaqil boʻlmagan kishilik olmoshlari doimo feʼldan oldin ishlatiladi ular 3 turga bólinadi
1) ega vazifasida
2) vositali toʻldiruvchi vazifasida
3) vositasiz toʻldiruvchi vazifasida
1) ega vazifasida
Je -men. Nous-biz
Tu-sen. Vous-siz
Il(elle)- u. Ils(elles)-ular
2) vositali toʻldiruvchi vazifasida
me -menga. Nous-bizga
te-senga. Vous-sizga
lui-unga leur-ularga
3) vositasiz toʻldiruvchi vazifasida
me-meni. Nous-bizni
te-seni. Vous-sizni
le(la) -uni. Les-ularni
F’el
Fransuz tilida feʼllar tuslanish xususiyatiga koʻra 3 guruhga bolinadi
Birinchi guruh fellari (-er _ moq qoʻshimchasi bilan tugovchi fellar)
Par exemple : Monter -chiqmoq appeler-chaqirmoq
Ikkinchi guruh fellari (-ir_moq qoʻshimchasi bilan tugovchi)
Uchinchi guruh fellari (-oir , -ir, -re moq qoʻshimchasi bilan tugovchi)
Uchinchi guruh fellari shakli oʻzgaruvchan , notoʻgʻri tuslanuvchi fellar sirasiga kiradi
Zamon
Fransuz tilida 8 ta asosiy zamon mavjud
Hozirgi zamon
Ish harakatning ayni paytda boʻlayotganligini va davomiyligini bildirgan zamonga hozirgi zamon deyiladi
Fransuz tilida hozirgi zamonni yasash uchun tuslanuvchi feʼlning noaniq formasi olinib undagi -moq qoʻshimchasi tushirib qoldiriladi va hozirgi zamon shaxs-son qoʻshimchasi qoʻshiladi
Hozirgi zamon shaxs-son qoʻshimchasi:
Birinchi guruh fellari uchun (-er)|. -e. -yapman -ons -yapmiz ||. -es. -yapsan -ez. -yapsiz |||. -e. -yapti -ent. -yaptilar Ikkinchi guruh fellari uchun (-ir)
-is -issons -is -issez -it -issent Uchinchi guruh fellari uchun (-oir,-ir,-re)
-s -ons -s -ez -t(yoki -d) -ent Ish harakatning kelajakda boʻlmoqchi login bildirgan zamonga kelasi zamon deyiladi
Fransuz tilida kelasi zamonni yasash uchun tuslanuvchi feʼlning noaniq formasiga kelasi zamon shaxs-son qoʻshimchasi qoʻshiladi-ai -chiman -ons -chimiz -as -chisan -ez -chisiz -a. -chi -ont -chilar Uchinchi guruh fellari kelasi zamonda shakli oʻzgarib ketadi
Oʻtgan zamon
Ish harakatning boʻlib oʻtganligi va tugallanganligini bildirgan zamonga oʻtgan zamon deyiladi
Fransuz tilida oʻtgan zamonni yasash uchun (avoir va être)yordamchi fellarining hozirgi zamon tuslanishi olinib asosiy tuslanuvchi feʼlning oʻtgan zamon sifatdoshi qoʻyiladi
avoir -ega boʻlmoq hozirgi zamonJ’ai Nous avons Tu as Vous avez Il a Ils ont Être-bolmoq hozirgi zamon
Je suis Nous sommes Tu es Vous êtes Il est Ils sont Birinchi guruh fellari uchun oʻtgan zamon sifatdoshi:
F’el oxiridagi (r)tushib qoldiriladi va (e) unlisi aksantegu belgisini oladi
Ikkinchi guruh fellari uchun oʻtgan zamon sifatdoshi:
Fellar oxiridagi (r)tushib qoldiriladi
Uchinchi guruh fellari uchun oʻtgan zamon sifatdoshi:
OʻTGAN ZAMON DAVOM FELI
Ish harakatning oʻtgan zamonda davom etayotganligini bildirgan zamonga oʻtgan zamon davom feʼli deyiladi
Masalan: men qishloqqa qaytganimda qor yogʻar edi
Fransuz tilida oʻtgan zamon davom feʼlini yasash uchun tuslanuvchi feʼlning nozirgi zamonda birinchi shaxs formada tuslangan shakli olinib undagi -ons qoʻshimchasi tushirib qoldiriladi va oʻtgan zamon davom feʼlining shaxs-son qoʻshimchasi qoʻshiladi
Bular;-ais -ions -ais -iez -ait -aient Oʻtgan zamondagi kelasi zamon
Ish harakatning oʻtgan zamonda boʻlmoqchiligini bildirgan zamonga oʻtgan zamondagi kelasi zamon deyiladi
Masalan : Karim menga teatrga bormoqchiligini aytdi
Fransuz tilida oʻtgan zamondagi kelasi zamonni yasash uchun tuslanuvchi feʼlning noaniq formasiga oʻtgan zamon davom feʼlining shaxs-son qoʻshimchasi qoʻshiladi
-ais
-ions
-ais
-iez
-ait
-aient
Uzoq oʻtgan zamon
Ish harakatning otgan zamondan oldin boʻlib oʻtganligi bildirgan zamonga uzoq oʻtgan zamon deyiladi
Masalan: Men maktabga borganimda dars boshlangan edi
Fransuz tilida uzoq oʻtgan zamonni yasash uchun (avoir va être) yordamchi fellarining oʻtgan zamon davom feʼlida tuslangan shakli olinib asosiy tuslanuvchi feʼlning oʻtgan zamon sifatdoshi qoʻyiladi
Avoir-ega boʻlmoq ó/z d/fJ’avais Nous avions Tu avais Vous aviez Il avait Ils avaient Être-bolmoq. Ó/z d/f
Je étais Nous étions Tu étais Vous étiez Il était Ils étaient Yaqin oʻtgan zamon
Ish harakatning yaqinda boʻlib oʻtganligini bildirgan zamonga yaqin oʻtgan zamon deyiladi
Masalan: men hozir maktabdan keldim
Fransuz tilida yaqin oʻtgan zamonni yasash uchun venir-kelmoq felining hozirgi zamon tuslanishi olinib asosiy tuslanuvchi feʼlning noaniq formasi qoʻyiladi undan oldin de predlogi qoʻyiladiJe viens de..(noaniq forma) Nous venons de. (rire) Tu viens de. (manger) Vous venez de. Il vient de. (aller) Ils viennent de. Yaqin kelasi zamon
Ish harakatning yaqinda boʻlmoqchiligini bildirgan zamonga yaqin oʻtgan zamon deyiladi
Masalan :. Men hozir maktabga boraman
Fransuz tilida yaqin kelasi zamonni yasash uchun aller-bormoq felining hozirgi zamon tuslanishi olinib asosiy tuslanuvchi feʼlning noaniq formasi qoʻyiladi
Aller-bormoqJ’irai Nous irons Tu iras Vous irez Il ira Ils iront Asosiy Zamonlarning fransuzcha nomlanishi:
1) le présent de l’indicatif hozirgi zamon
2) futur simple. Kelasi zamon
3) passé composé. Oʻtgan zamon
4) Imparfait. Davom feʼli
5) le plus que parfait. Uzoq oʻtgan zamon
6) le futur dans le passé. Oʻtgan zamondagi kelasi zamon
7) Passé récent. Yaqin oʻtgan zamon
8) futur proche. Yaqin kelasi zamon