Shevalar adabiy tilga emas, adabiy til shevalarga moslashib borishi lozim
– O‘zbekiston va Xitoyning madaniy aloqalari mavzusida. Har bir doktorantga, bizda diplom rahbari deb o‘rganishgan, maxsus mutaxassis biriktirilgan. Ikki yil davomida faqat ilmiy ish mavzusi ustida ishlaymiz. Doktoranturaning birinchi yilida esa mutaxassislik bo‘yicha fanlar o‘qitilgan. U yerda ham talabalar bizga o‘xshab maqola chiqarishi, xalqaro konferensiyalarda qatnashishi kerak. Lekin bizda ilmiy ish qiladiganlarni ko‘p qiynashadi. Qaysi ma’nodaki, sifatga emas, songa e’tibor berishadi. Masalan, ilmiy ishni yoqlash uchun falonta maqola chiqishi kerak, deyishadi. Lekin bu maqolalarning sifati qanaqa bo‘lishiga qarashmaydi. Xitoyda esa bunday emas, maqola arzirli bo‘lsa, o‘zlari chiqarish mumkin bo‘lgan jurnalni tavsiya qilishadi.
2018 yilda amaldagi ta’til va ta’til haqi miqdori qanday hisoblanadi
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 28.12.2017 yildagi PF–5290 -son Farmoni bilan 2018 yilda 3 ta qoʻshimcha dam olish kuni: 2 yanvar, 20 mart va 31 avgust berilgan. Ular byudjet tashkilotlari хodimlari uchun majburiy. U yerda qoʻshimcha dam olish kunlari mehnat ta’tilining amaldagi muddatini qisqartirish bilan kompensatsiyalanadi.
Byudjet tashkilotlari hisoblanmagan tashkilotlarda qoʻshimcha dam olish kunlari moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib hamda ish beruvchilarning kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan kelishuviga koʻra qabul qilinadigan jamoa shartnomalari yoki boshqa lokal hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Ushbu holatlarni inobatga olgan holda ta’tillarning amaldagi muddati va ta’til haqi hisob-kitobini tartibga soluvchi maхsus Yoʻriqnomani qabul qilish topshirildi.
Hujjatni qoʻllash sohasi
Qoʻshimcha dam olish kunlari faqat byudjet tashkilotlari uchun majburiy boʻlgani bois Yoʻriqnoma ayni ularning хodimlariga nisbatan qoʻllanilishi moʻljallangan. Boshqa tashkilotlar uchun hujjat tavsiya tusiga ega.
Yoʻriqnoma ayrim ta’tillarga nisbatan tatbiq etilmaydi, sababi ularni qisqartirishga ruхsat berilmaydi. Ularga quyidagilar kiradi:
- ijtimoiy ta’tillar – homiladorlik va tugʻish, bolani parvarishlash, oʻqish bilan bogʻliq va ijodiy ta’tillar ( MKning 149-moddasiga qarang);
- 18 yoshga toʻlmagan shaхslar, shuningdek ishlayotgan I va II guruh nogironlari uchun yillik uzaytiriladigan asosiy ta’tillar ( MKning 135-moddasi birinchi qismiga qarang).
Oʻrtacha ish haqi qanday hisoblab chiqiladi
Oʻrtacha ish haqini hisoblab chiqishda ta’til beriladigan ish yilidan kelib chiqish zarur (kalendar yilga mos kelmasligi mumkin). Bunda Yoʻriqnomada mehnatga haq toʻlashning 3 ta tizimi uchun oʻrtacha ish haqini hisoblash tartibi belgilangan.
Vaqtbay haq toʻlashda
Ishbay haq toʻlashda
Tarifsiz haq toʻlashda
Xodim 12 oydan ortiq ishlagan boʻlsa:
Sr = Ts + Dv / 12, bunda:
Sr – oʻrtacha ish haqi;
Ts – hisob-kitob kunidagi tarif stavkasi (lavozim maoshi);
Dv – oldingi 12 oy uchun davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar ushlangan barcha qoʻshimcha toʻlovlarning umumiy summasi.
Xodim 12 oydan ortiq ishlagan boʻlsa:
Sr = Ts + Dv / 12, bunda:
Sr – oʻrtacha ish haqi;
Ts – ishlab chiqarish normasi uchun tarif stavkasi (lavozim maoshi);
Dv – oldingi 12 oy uchun davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar ushlangan, shu jumladan ishlab chiqarish normasini oshirganlik uchun barcha qoʻshimcha toʻlovlarning umumiy summasi.
Xodim 12 oydan ortiq ishlagan boʻlsa:
Sr = Ts + Dv / 12, bunda:
Sr – oʻrtacha ish haqi;
Ts – Yagona tarif setkasi (bundan keyin – YaTS) boʻyicha 1-razryad uchun tarif stavkasi;
Dv – oldingi 12 oy uchun davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar ushlangan, YaTS boʻyicha 1-razryad uchun tarif stavkasidan ortiq barcha qoʻshimcha toʻlovlarning umumiy summasi.
Xodim 6 oydan 11 oygacha ishlagan boʻlsa:
Sr = Ts + Dv / ishlagan oylar soni, bunda:
Sr – oʻrtacha ish haqi;
Ts – hisob-kitob kunidagi tarif stavkasi (lavozim maoshi);
Dv – oldingi (6 oydan 11 oygacha) ishlagan oylar uchun davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar ushlangan barcha qoʻshimcha toʻlovlarning umumiy summasi.
Xodim 6 oydan 11 oygacha ishlagan boʻlsa:
Sr = Ts + Dv / ishlagan oylar soni, bunda:
Sr – oʻrtacha ish haqi;
Ts – ishlab chiqarish normasi uchun tarif stavkasi (lavozim maoshi);
Dv – oldingi (6 oydan 11 oygacha) ishlagan oylar uchun davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar ushlangan, shu jumladan ishlab chiqarish normasini oshirganlik uchun barcha qoʻshimcha toʻlovlarning umumiy summasi.
Xodim 6 oydan 11 oygacha ishlagan boʻlsa:
Sr = Ts + Dv / ishlagan oylar soni, bunda:
Sr – oʻrtacha ish haqi;
Ts – YaTS boʻyicha 1-razryad uchun tarif stavkasi;
Dv – oldingi (6 oydan 11 oygacha) ishlagan oylar uchun davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar ushlangan, YaTS boʻyicha 1-razryad uchun tarif stavkasidan ortiq barcha qoʻshimcha toʻlovlarning umumiy summasi.
Izoh: Yuqorida keltirilgan formulalar Yoʻriqnomaning normalari oson tushunilishi uchun muallif tomonidan tuzilgan. Ular bilan ishlashda hujjat matni bilan yaqindan tanishib chiqish va unga rioya etish lozim.
Amaldagi ta’til qanday hisoblanadi
Yoʻriqnomada MKning 134-moddasiga muvofiq yillik asosiy mehnat ta’tili 15 ish kunidan kam boʻlmasligi kerakligi inobatga olingan. Shu sababli uning muddati quyidagicha boʻlganda:
- 15 ish kuni – qisqartirilmasligi;
- 16 ish kuni – qisqartirish 1 ish kunidan oshmasligi;
- 17 ish kuni – qisqartirish 2 ish kunidan oshmasligi;
- 18 ish kuni va undan ortiq – qisqartirish 3 ish kunidan oshmasligi kerakligi belgilangan.
Bunda ish yili bir yoʻla 3 ta qoʻshimcha dam olish kunini qamrab olmasligi mumkin. Shu sababli hujjat bilan munosib kompensatsiya ta’minlangan. Belgilanishicha, ta’tilning birinchi kuni quyidagi davrga toʻgʻri kelsa:
- 2018 yilning 3 yanvaridan 21 martigacha – mehnat ta’tili 1 ish kuniga qisqartiriladi;
- 2018 yilning 21 martidan 1 sentyabrigacha – mehnat ta’tili 2 ish kuniga qisqartiriladi;
- 2018 yilning 1 sentyabridan oхirigacha – mehnat ta’tili 3 ish kuniga qisqartiriladi.
Ta’til muddati 6 kunlik ish haftasidan kelib chiqib (hatto tashkilotda 5 kunlik ish haftasi belgilangan boʻlsa ham) kalendar boʻyicha aniqlanadi. Ta’til muddatini hisoblashda unga toʻgʻri keladigan dam olish kunlari (yakshanba), ishlanmaydigan bayram kunlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar hisobga olinmaydi.
Ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqiladigan ta’til muddati (pullik kompensatsiya miqdorini hisoblab chiqishda va mehnat shartnomasi bekor qilinganda mehnat ta’tilidan foydalanishda) standart ravishda: belgilangan yillik mehnat ta’tilini 12 ga boʻlish va toʻliq ishlangan oylar soniga koʻpaytirish orqali aniqlanadi. Bunda oʻn besh va undan ortiq kalendar kuniga teng boʻlgan ortiqcha kunlar bir oygacha yaхlitlanadi, oʻn besh kalendar kunidan kam boʻlgan kunlar esa chiqarib tashlanadi. Yoʻriqnomada bu holda qoʻshimcha dam olish kunlarini chegirish zarur deb aytilmaganligiga e’tibor bering.
Ta’til haqi va pullik kompensatsiya summasi qanday hisoblanadi
Buning uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 6 kunlik ish haftasidan kelib chiqib har yili tasdiqlanadigan tegishli yil uchun ish vaqti balansi hisob-kitobini olish zarur. 2018 yilda bu – 301 ish kuni, oʻrta hisobda esa oyiga 25,1 ish kuni.
Oʻrtacha ish haqini 25,1 ga boʻlish va qoʻshimcha dam olish kunlarini chegirmasdan belgilangan ta’til kunlari soniga koʻpaytirish zarur.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan « Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari » aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Shevalar adabiy tilga emas, adabiy til shevalarga moslashib borishi lozim
“Ma’rifat”ning ushbu soni o‘zbek tiliga bag‘ishlanishini bilganimdan so‘ng o‘zim uchun an’anaviy bo‘lgan mavzuga to‘xtalishga qaror qildim: adabiy til va sheva masalasi. Bu haqida ko‘p gapirganman, bahslarda fikr aytganman, lekin hech maqola shaklida yozmagan ekanman. Keling, bugun shu kamchilikni to‘ldirishga urinib ko‘raman.
“Sening shevang adabiy tildan uzoq, mening shevam adabiychaga yaqin”, “Shevada gapirma, adabiycha gapir”, “(Faloncha so‘zning) to‘g‘risi mana bunday bo‘ladi, shevangda noto‘g‘ri”. Shu kabi ta’kidlarni, ushbu masalalar atrofidagi bahslarni bolaligimdan beri ko‘raman. Odamlarning shevaga va adabiy tilga munosabati mana shu bahslarda namoyon bo‘ladi. Til — sheva mavzusi atrofidagi asosiy stereotiplar quyidagilardir:
— adabiy til — tilning “to‘g‘ri” varianti;
— adabiy tilga yaqinroq shevalarning mavqeyi balandroq;
— shevada hamma joyda ham gapirish mumkin emas.
Shevalar atrofidagi bahsning mudhishroq tomoni ham bor. Bu ham bo‘lsa ayrim (masalan, “j”lovchi) sheva vakillariga nisbatan haqoratomuz munosabatda bo‘lish, “qoloq”, “qishloqi” deb hisoblash va hokazo.
Adabiy til va sheva munosabatlarini ko‘rib chiqishdan avval “tilning o‘zi nima?” degan savolga javob qidirib ko‘raylik. Bu ko‘pchilik o‘ylagandek oddiy savol: nima?
Til nima? Uning shevadan farqi nima?
Bugungi kunda tilshunoslikda “til” tushunchasining aniq ta’rifi yo‘q. Bunga sabab — turli xalqlarda, turli davlatlarda, umuman odamlar orasida til har xil tushuniladi, jahon tilshunosligida qabul qilingan tillarning chegaralari turli kriteriylar asosida belgilangan va aniq, konkret ilmiy omillarga asoslanmagan.
Ko‘pchilik tilshunoslar bugungi kunda tilni siyosiy hodisa deb biladi. Ya’ni muayyan til ma’lum siyosiy chegaralar ichida shakllanadi va uning atrofdagi qardosh til-shevalardan farqi biologik emas, siyosiy bo‘ladi. Bu haqida birinchi bo‘lib amerikalik germanist Maks Vaynrayx 1945-yili Yahudiy ilmiy institutining Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan XIX xalqaro konferensiyasida hazilomuz aytib o‘tgan edi. “Til armiyasi va floti bor shevadir”, degandi u. Uning bu ta’rifi bugun ham eslab turiladi.
Shu bois ba’zi davlatlarda bir-biridan ancha uzoqlashib, o‘zaro tushunarsiz bo‘lib qolgan shevalar jamlanmasi yagona til deb hisoblanadi, ba’zi joylarda esa, aksincha, bir-biridan farq qilmaydigan tillar alohida til hisoblanadi. Bu holat tilshunoslikda “til — sheva” muammosini keltirib chiqargan. Ya’ni til bilan sheva o‘rtasida aniq chegara, ularni farqlovchi aniq ilmiy kriteriylar yo‘q. Misollar keltiramiz:
— Xitoyda o‘nlab qarindosh, lekin bir-birini tushunmaydigan tillar bor, lekin ularning bari xitoy tilining shevalari hisoblanadi;
— Yaponiyaning Ryukyu orollarida yapon tiliga qarindosh, lekin yaponlarga tushunarsiz tillar bor. Ularni ham yapon olimlari yapon tilining shevasi deb baholaydi, lekin jahon olimlari alohida til sifatida ko‘radi;
— Polshada silez tili, ukrainlarda rusin tili, Latviyada latgal tili shevami, alohida tilmi — siyosiy bahslarga sabab bo‘ladi;
— italyan tili, kurd tili, aslida, bir-biridan uzoq ko‘plab tillardan tashkil topgan birlashmalardir;
— rumin va moldavan tillari bir-biridan farq qilmaydi, lekin alohida tillar hisoblanadi;
— serb, xorvat, boshnoq, qoratog‘ (chernogor) tillari deyarli farqlanmaydi, lekin alohida tillar hisoblanadi;
— bolgar, makedon, pomak tillari farqlanmaydi, lekin alohida tillar hisoblanadi.
Shunday qilib, tilshunoslikda til va sheva farqlanmaydi. Ilmiy tadqiqotlarda terminologiyani tartibga solish uchun quyidagi tushunchalar qabul qilingan:
— yozma adabiy me’yoriga ega gapirish tipiga “til” atamasi qo‘llanadi;
— yozuvi yo‘q til “dialektal kontinuum” deyiladi;
— til yoki shevaligi noaniq gapirish tipi “idiom” deb yuritiladi.
Demak, til til bo‘lishi uchun, avvalo, uning yozma me’yori bo‘lishi kerak. Lekin yozma me’yor so‘zlashuv tilidan uzoq bo‘lishi mumkin. Bu holda nima qilish kerak? Tilning qaysi variantini “to‘g‘ri” deb qabul qilish lozim? Buning uchun, avvalo, adabiy tilning funksiyalarini tushunib olishimiz zarur.
Adabiy tilning vazifasi nima?
Adabiy til, avvalo, yozma tildir. Ba’zan uning og‘zaki versiyasi ham ishlab chiqiladi, lekin doim emas. Yozma tilning asosiy vazifasi — turli uzoq-yaqin shevalar vakillari tushunadigan umumiy me’yor bo‘lib, u fuqarolar manfaatiga xizmat qilish lozim. Hamma hujjatni o‘z shevasida yozsa, bu xaos keltirib chiqaradi. Shunaqa xaosning oldini olishga adabiy til xizmat qiladi.
Xitoyda adabiy tilning ahamiyati yanada muhimroq. Xitoy tilining shevalari bir-biridan uzoq bo‘lib, amalda har biri alohida tilga aylanib bo‘lgan. Lekin xitoylarning bari bir xil iyerogliflardan foydalanadi, belgilarni har xil o‘qib, bir xil tushunadi. Shu bois
iyeroglif yozuvini saqlab qolish Xitoy uchun favqulodda muhim siyosiy ahamiyatga ega: xitoylar yozuvda bir-birini tushunadi, bu esa, o‘z navbatida, barcha bir millatligi haqida tasavvur hosil qiladi (ya’ni ayirmachilikning oldini oladi).
Adabiy til qanday shakllanadi?
Vazifasidan kelib chiqib adabiy til shevalar asosida ishlab chiqiladi: u shevadan bir nima, bu shevadan bir nima olinib, barchaga tushunarli umumiy shakl hosil qilinadi.
Shundan kelib chiqsak, adabiy me’yorni tilning “to‘g‘ri” varianti deb hisoblash xatodir. Bu — shunchaki jamiyatga xizmat qilish uchun ishlab chiqilgan sun’iy konstrukt. Uni “to‘g‘ri” deb hisoblash kerak emas. U tilning shartli, konkret vazifaga ega shakli ekanini unutmaylik.
Buni bilsak, “yozma tildagi to‘g‘ri, shevadagi noto‘g‘ri” deb hisoblanishiga hamda shevalarning adabiy tilga yaqinligi bo‘yicha iyerarxiyasi mavjud bo‘lishiga chek qo‘ygan bo‘lamiz, ya’ni barcha shevalarning mavqeyi bir xil bo‘ladi. Bunday qilsak, “qaysi sheva adabiy tilga yaqinroq?” bahsi ham tugaydi. Sheva — tilning jonli, tabiiy rivojlangan shakli, adabiy me’yor esa muayyan funksiyaga ega, funksional shakli. Shu
tushunchani qabul qilsak, shevaning mavqeyi va “to‘g‘ri”ligi uning adabiy tilga yaqinligiga qarab belgilanmaydi.
Sheva muhimmi, adabiy tilmi?
Nafaqat tildan uzoq vatandoshlar, balki ziyolilar ham ba’zan shevadan qutulib, “to‘g‘ri” gapirishga chaqirishini, shevalar iste’mol doirasini toraytirishga urinishini ko‘ramiz. Umuman, adabiy tilga ko‘r-ko‘rona ishtiyoqni, uning me’yorlariga qat’iy yopishib olishni bugungi kun ziyolilari orasida tendensiya o‘laroq ko‘rsata olamiz.
Lekin adabiy til shartli ekanini bilsak, unga munosabatimiz biroz yengillashadi. Imlo qoidalariga rioya etish kerak, albatta, lekin yozma til isloh etilmasa, qotib qoladi va og‘zaki tildan uzoqlashib boradi. Shu bois ba’zan adabiy tilni revizitsiya qilish, uni shevalarga moslab borish lozim. Misol uchun, biz maktabda o‘qiganimizda ingliz tilida “to be” fe’lining kelasi zamon yasashda ishlatiladigan ikki shakli bor edi — shall va will. Shall shakli og‘zaki tildan chiqib ketishi ortidan bugungi darsliklarda u yozma tildan ham olib tashlandi. Bizdagi konservativ yondashuv bilan til bunday yangilanmaydi. Yangilanmagan til esa zamonaviylashmaydi, u bilan zamonaviy tushunchalarni ifodalab bo‘lmaydi. O‘zbek tilining bugungi ayrim muammolari shundan kelib chiqadi.
Shunday ekan, shevalar adabiy tilga emas, adabiy til shevalarga moslashib borishi lozim. Zero, sheva tilning jonli shakli va adabiy tilning asosiy boyish manbayidir.
Adabiy tilga e’tibor qaratib, ba’zan shevalarni unutib qo‘yamiz. Aslida, jamiyatda adabiy tilning ham, shevaning ham o‘rni bo‘lishi lozim. Sheva o‘zida tarixiy xotirani, madaniy ko‘nikmalarni va lug‘at boyligini saqlaydi. Uning bu kapitalini adabiy tilga o‘tkazish kerak.
Yana bir masala — shevaning ham, adabiy tilning ham o‘ziga yarasha o‘rni, ahamiyati, iste’mol doirasi bor. Hech biridan butunlay voz kechib bo‘lmaydi. Shevalarni asrash, kundalik hayotda, folklorda, san’atda, TVda, internetda, kinoda, musiqada ulardan faol foydalanish lozim. Adabiy tilning o‘rni — hujjatlarda, ta’limda, OAVda. Shu bois kinoda, ayrim telekanallarda, internetda shevadan foydalanilishini salbiy holat deb baholamayman. Sheva o‘z iste’mol doirasini kengaytiryapti, xolos va bu ijobiy holat.
Xitoy tili qanday til hisoblanadi
Xitoyda xorijlik talabalar qanday yashaydi? Shanhayda xitoy tilini o‘rganayotgan doktorant bilan suhbat
Koronavirus butun dunyodagi insonlarning rejalarini o‘zgartirib yubordi. Ayniqsa xorijda o‘qiyotgan talabalarning. Navbatdagi suhbatdoshimiz Ibodullayeva Ozodagul xitoy tili bo‘yicha doktoranturani Shanhay chet tillar universitetida o‘qiyotgandi. U 2020 yilning may oyida o‘qishni tugatishi kerak bo‘lgan, lekin pandemiya uning ham rejalarini o‘zgartirib yuborgan. Suhbatdoshimiz ayni damda Samarqand davlat chet tillar institutining xitoy tili fakultetida dars bermoqda. Xitoyda talaba, O‘zbekistonda o‘qituvchi bo‘lgan qahramonimiz bilan ikki mamlakat ta’limidagi farq va Xitoydagi hayot haqida gaplashdik.
– Avvalo Xitoy tilini o‘rganish istagi qanday paydo bo‘lgani haqida gapirib bersangiz. Axir bu oson til emas.
– Men Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi litseyda o‘qiganman. U yerda o‘quvchilarning asosiy maqsadi o‘qishni aynan shu institutda davom ettirish bo‘ladi. Men ham shu maqsad bilan o‘qib, 2009 yil Xitoy tili fakultetida o‘qishni davom ettirishga qaror qildim. To‘g‘risi, u vaqtda xitoy tilini umuman bilmasdim, axir kirish imtihonida ham xitoy tilidan imtihon topshirmaganmiz. Institutda xitoy tili fakulteti 2008 yilda ochilgan edi. Bizga birgina xitoylik o‘qituvchi dars berardi. Hozir Samarqandda xitoy tilini o‘qitish rivojlandi, ko‘pchilik bu tilni o‘rganib oldi.
Ochig‘i, boshida bu fakeltetga o‘qishga topshirib, afsuslanganman, chunki xitoy tilini o‘rganish juda qiyin. Iyerogliflarning o‘zi odamning boshini aylantiradi. Xitoy tilida 3,5 mingta iyeroglif bor va siz ulardan 1,5 mingtasini bilsangiz, gaplashish uchun yetarli bo‘ladi. Xitoyliklarning aksari ham bu iyerogliflarning hammasini bilmaydi. Bizda, masalan, bitta harf bitta tovushni ifodalaydi. Iyerogliflar esa bunday emas, ular tovushlarni ifodalaydi. Bizdagi ismlar, so‘zlarni xitoy yozuvida o‘ziday yozib bo‘lmaydi, chunki bizdagi tovushlar ularda ishlatilmaydi. Shu sabab Xitoyda o‘qiyotgan chet elliklarga o‘zlari ism qo‘yib olishadi.
– Xitoy tili ham xuddi boshqa tillar kabi grammatika, fonetika kabi bo‘lib o‘rgatiladimi?
– Ha, lekin xitoychada urg‘u va talaffuzga alohida e’tibor beriladi. Agar siz xitoychada to‘g‘ri gapirsangiz-da, urg‘u va talaffuz ko‘ngildagidek bo‘lmasa, xitoyliklar sizni tushunmaydi. Aynan urg‘ular Xitoydagi shevalarda ham farq yuzaga keltiradi. Masalan, Guanjou va Shanhay shevasida farq bor.
– Xitoyga qanday borib qoldingiz?
– Samarqand davlat chet tillar institutida o‘qishni bitirayotgan vaqtimda ham o‘z bilimimdan qoniqmadim. Faoliyatimni institutning o‘zida xitoy tili o‘qituvchisi bo‘lib davom ettirdim. O‘shanda xitoy tili bo‘yicha magistraturani Xitoydagi oliygohlarda davom ettirish bo‘yicha grant e’lon qilindi. Men unda qatnashdim va grantni qo‘lga kiritdim. Unga ko‘ra, barcha xarajatlarni Xitoy tomoni ko‘tarishi meni juda xursand qildi, chunki ota-onam 4 yil kontrakt to‘lab o‘qitishgandi. 2 yil magistraturada o‘qigach, yana Samarqandga qaytib, chet tillar institutida dars berishda davom etdim. Menda yana Xitoyda o‘qish istagi so‘nmagandi va endi doktoranturada o‘qish haqida o‘ylay boshladim. Internetda bunday grantlar borligini ko‘rib, unda qatnashib, yana grant yutib oldim. 2017 yil doktoranturaga kirdim va 2020 yil may oyida ilmiy ishimni himoya qilishim kerak edi.
– Bu vaqtda esa Xitoy allaqachon karantinga yopilgan edi.
– Afsuski, shunday. Xitoyda 2020 yil yanvar oyi oxiridan boshlab, xorijlik talabalarni chiqarib yuborishni boshladi. Bu vaqtda esa men uyga qaytgan edim. Xitoyda shunday tartib bor: xorijlik talabalarga bir yilda ikki marta uyga borish uchun ta’til beriladi. Yanvar boshida uyga qaytgan bo‘lsam, u vaqtda Xitoyning o‘zida ham pandemiya vahimasi yo‘q edi. Biz o‘qishni qachon davom ettirishimiz aniq emas, universitetimizning chet ellik talabalar bilan ishlash bo‘limi bilan aloqadamiz va ular faqat yangilik kutishimiz kerakligini aytishmoqda.
– Xitoyliklar pandemiya bo‘lmagan vaqtda ham niqobda yuradi, deyishadi, shu gap rostmi?
– Hammasi emas, lekin ko‘pchilik ko‘chalarda, jamoat joylarida niqobda bo‘ladi. Birinchidan, havo sabab. Bundan tashqari ularda mana shunday gigiyenik an’ana shakllangan.
– Xitoyda xorijlik talabalar ko‘pmi?
– Ha, ayniqsa Shanhayda. Afrikadan, Yevropadan, arab mamlakatlaridan ko‘pchilikni uchratishingiz mumkin. Ularning aksari xitoy tilini o‘rganish uchun grantlar asosida borishgan, lekin o‘z hisobidan Xitoyga borib o‘qiydiganlar ham ko‘p. Xitoyda butun dunyo bo‘ylab xitoy tilini targ‘ib qilish tizimi juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni, butun dunyo bo‘ylab xitoy tili mutaxassisligi bo‘yicha talabalar uchun grantlar e’lon qilinadi. Grantni yutganlar mahalliy oliygohlarda Xitoy tomonining hisobidan yashab, o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Xitoyda xorijliklar uchun o‘rtacha kontrakt to‘lovi bir yil uchun 3-4 ming dollar atrofida.
Xitoy o‘zida mavjud bo‘lgan Konfutsiy institutining boshqa davlatlarda ham filiallarini ochib kelmoqda. Masalan, Samarqand davlat chet tillar institutida ham bunday filial bor. SamDU universiteti oldidagi Konfutsiy bog‘i ham Xitoy tomoni bilan hamkorlikda barpo etilgan. Xitoy o‘z madaniyatini dunyoga yoyishga alohida e’tibor beradi.
– Umuman xitoy tilini bilmagan Xitoyga borgan odam yashab keta oladimi?
– Qiynaladi, hech bo‘lmasa ingliz tilini bilishi kerak. Xitoyda ko‘pchilik ingliz tilida gaplasha oladi, ayniqsa Shanhayda. Chunki u yerda chet elliklar ko‘p. Nafaqat talabalar, balki ishlagani borgan xorijliklarni ham tez-tez uchratish mumkin.
– Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Xitoy yozuvida 3,5 mingta iyeroglif bor dedingiz. Lekin telefonda klaviaturalar kam. Buncha ko‘p belgidan telefonda qanday foydalanish mumkin?
– Xitoyliklar buning ham g‘amini yeyishgan. Telefonda qaysi tovushni yozmoqchi bo‘lsangiz, inglizcha klaviaturada uning bosh harfini yozsangiz, maxsus ilovadagi klaviaturada sizga xitoycha iyerogliflar ko‘rsatiladi va ularni tanlab bemalol xitoycha yozishingiz mumkin.
– Endi bevosita Xitoydagi ta’lim haqida gaplashsak. Aytaylik, Xitoyda talaba bo‘lish nima degani? Masalan, bizda ertalab uyg‘onib, erinibgina darsga borib, tushgacha darsda o‘tirgan bo‘lib, keyin yoki uyga qaytish yoki qayerdadir ishlash yoki umuman darsga bormay, har zamonda oliygohda ko‘rinib kelish talabalik deyiladi. Har holda odamlarda talaba haqida mana shunday taassurot shakllangan. Xitoyda talaba bo‘lish nima degani?
– Xitoyda, men sizga aytsam, talaba bo‘lish oson emas. Talaba katta bosim bilan o‘qiydi. Masalan, Shanhay yoki boshqa katta shaharlardagi oliygohlarda hamma yotoqxonada yashaydi. Chet elliklar ham, xitoyliklar ham. Uydan qatnab o‘qish degan narsa yo‘q. Xitoyliklar juda tartibli millat. Talabalar uyg‘ongach, nonushtadan avval sport bilan shug‘ullanishadi, hamma bir vaqtda yotoqxona oshxonasida tashkil qilingan nonushtani yeydi, ko‘chadan ovqat yeb kelish degan narsa yo‘q. Ertalab 08:00 da o‘qish boshlanadi, soat 11:00 da tushlik bo‘ladi. Ovqat uchun o‘zingiz pul to‘laysiz, lekin hammasi universitet tomonidan tashkillashtirib qo‘yiladi. Tushlikdan keyin yana kechgacha dars bo‘ladi. Xitoylik talabalarning eng yaxshi jihati shuki, o‘qish tugashi bilan yotoqxonaga borib yotib olmaydi va kutubxonaga borishadi. Kutubxona ham shunga yarasha katta qilib qurilgan. Bunga ishonish qiyindir, lekin kechasi 22:00 da ham kutubxonalar ochiq bo‘ladi va u yerda talabalar o‘qib o‘tirishadi.
– Yotoqxonalarda sharoit qanaqa?
– OTMlar mahalliy talabalar uchun alohida, xorijliklar uchun alohida yotoqxona tashkil qilgan. To‘g‘risi, biz yashaydigan xorijliklar uchun yotoqxonada sharoit mahalliy talabalar turar joyidan ham yaxshiroq. Bir xonada ikki kishi yashaydi, ovqat qilish uchun ham sharoit yaratilgan. Busiz qiyin, chunki mahalliy ovqatlarni hamma ham yeya olmaydi.
– Ilmiy ishingiz qaysi mavzuda?
– O‘zbekiston va Xitoyning madaniy aloqalari mavzusida. Har bir doktorantga, bizda diplom rahbari deb o‘rganishgan, maxsus mutaxassis biriktirilgan. Ikki yil davomida faqat ilmiy ish mavzusi ustida ishlaymiz. Doktoranturaning birinchi yilida esa mutaxassislik bo‘yicha fanlar o‘qitilgan. U yerda ham talabalar bizga o‘xshab maqola chiqarishi, xalqaro konferensiyalarda qatnashishi kerak. Lekin bizda ilmiy ish qiladiganlarni ko‘p qiynashadi. Qaysi ma’nodaki, sifatga emas, songa e’tibor berishadi. Masalan, ilmiy ishni yoqlash uchun falonta maqola chiqishi kerak, deyishadi. Lekin bu maqolalarning sifati qanaqa bo‘lishiga qarashmaydi. Xitoyda esa bunday emas, maqola arzirli bo‘lsa, o‘zlari chiqarish mumkin bo‘lgan jurnalni tavsiya qilishadi.
– Xitoy qisqa vaqtda dunyoning eng boy ikkinchi davlatiga aylanishni ilmsiz eplay olmagan bo‘lardi. Xitoy ta’limida mavjud bo‘lgan qaysi jihat bizning ta’limda ham bo‘lishini xohlardingiz?
– Avvalo, Xitoydagi ta’lim nazoratini joriy qilgan bo‘lardim. Ularda yoshlikdan bolalarning o‘qishi jiddiy nazorat qilinadi va katta bo‘lgach, mana shu yaxshi ma’nodagi bosimda o‘qishga odatlanadi. Bizda ham yoshlar kim bo‘lishini maktab davridanoq belgilab olishi kerak, deb o‘ylayman. Ya’ni bolalarga kim bo‘lishini yoshlikda belgilab olishiga yordam berish kerak. Aytaylik, 18 yoshda xitoy tilini o‘rganishni boshlagan odam qiynaladi. Xuddi men kabi. Biz bolalarimizni shunchaki maktabda, shunchaki oliygohda o‘qiyapti, deyish bilan cheklanib qolmasligimiz kerak. Ularni nazorat qilishimiz, o‘qishini talab qilishimiz kerak.
Bizda bitta chet tilini bilgan odam juda zo‘r kadr sifatida ishga olinadi, lekin Xitoyda bunday emas. U yerda raqobat shunchalik kattaki, shunchaki bitta til bilish sizga ustunlik bermaydi. Axir u yerda milliarddan ortiq odam yashaydi. Xitoyda ishga kirish ham oson emas. Bakalavr diplomini olgan xitoylik ishga kirish uchun jiddiy savol-javob ko‘rinishidagi imtihonga tayyorlanishi kerak. O‘sha suhbatdan o‘tsagina ishga olishadi. Xitoyliklar ishga kirish uchun bo‘ladigan o‘sha suhbat nima ekanini yoshlikdan his qiladi va shu sabab to‘g‘ri kelgan yo‘nalishda o‘qib ketavermay, bolalikdan bir xil kasb bo‘yicha o‘qishga harakat qiladi.
– Xitoyda ishlash niyatingiz bormi?
– Buni orzu qilaman, desam ham bo‘ladi. Men o‘qiydigan Shanhay jahon tillari institutida o‘zbek tili yo‘nalishi ochilgan. Qaniydi o‘sha yerda ishlagani qolib, xitoylik yoki boshqa millat vakillariga o‘zbek tilidan dars bersam. Ko‘pchilik uchun g‘alati bo‘lishi mumkin, lekin xitoyliklar ham o‘zbek tilini o‘rganishadi, bundaylarni bilaman.
– Nima uchun?
– Masalan, O‘zbekistonga kelib biznes qilish uchun. O‘zbekiston dunyoga ochilayotgan bir vaqtda bu tabiiy hol, menimcha. Bundan tashqari, O‘zbekiston ham Xitoyga xuddi ular bizga yuborgani kabi grantlar yuborib turadi, bizda ham o‘zbek tilini targ‘ib qilish dasturlari bor.
– Xitoy haqida o‘qiganda g‘alati ma’lumotlarga duch kelish mumkin. Masalan, dunyoning eng boy ikkinchi mamlakati bo‘lgan Xitoyda yashash qiyin, deyishadi. Chindan shundaymi?
– Bu ayni haqiqat. Yuqorida aytilganidek, u yerda raqobat katta. Masalan, bizda erkak kishi pul topib, ayol kishi o‘sha pulni sarishta qilib sarflashi odatga aylangan. Lekin xitoylik oilada faqat erkak kishining ishlashi yetarli bo‘lmaydi. U yerda hamma ishlamasa, oila qiynalib qoladi. Mana shu ma’noda yashash qiyin.
– O‘zbekistondan borganlar Xitoyda ovqatlanishi oson bo‘lmasa kerak?
– Albatta, ovqatlanish masalasi jiddiy muammo. To‘g‘risi, mahalliy ovqatlar bizga to‘g‘ri kelmaydi. Yaxshisi odam o‘zi tayyorlagani yaxshi, chunki do‘konlarda har qanday mahsulot topiladi, oziq-ovqat narxi arzon. Yoki bo‘lmasa Xitoyda uyg‘urcha oshxonalar ko‘p, ularning oshxonasi biznikiga yaqin.
– Ochig‘ini aytish kerak, Xitoyni bizda boshqacha tasavvur qilishadi. Xorijlik uchun Xitoyda yashash aslida qanday?
– U yerda xorijliklarga yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Chunki Xitoy haqida yomon munosabatda bo‘lishlarini istashmaydi. Ko‘chalarda ham chet elliklarni hurmat qilishadi, yordam berishadi. Balki shuning uchun ham xorijlik talabalarning yotoqxonasi mahalliy talabalarnikidan yaxshiroqdir.
– O‘qituvchi sifatida xitoy tilini o‘rganishni tavsiya qilgan bo‘larmidingiz? Yoshlikdan bu tilni o‘rganish uchun bizda sharoit bormi?
– Biz o‘rganishni boshlagan vaqtimizda sharoit yo‘q edi, hozir esa bor. Masalan, Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan Konfutsiy markazida bolalar yoshlikdan xitoychani o‘rganishlari mumkin. Bu til faqat Xitoyning o‘zida ishlatilsa ham, uni o‘rgansa arziydi. Chunki Xitoy dunyoning biznes markazi, O‘zbekistonda ham bu mamlakat bilan ochilgan qo‘shma korxonalar bor.
– Xitoyda maoshlar qanday? Masalan, o‘qituvchilar.
– Maoshlar yaxshi, o‘qituvchilar 1,5 ming dollardan ko‘proq olishadi. Xususiy korxonalarda esa ancha yuqoriroq. Masalan, men talaba bo‘lgan holda 500 dollar stipendiya olaman. Biroq Xitoyda uy-joy juda qimmat. Ayniqsa men yashaydigan Shanhayda. Shu sabab ko‘pchilik ijarada yashaydi. Bu borada esa juda zo‘r tizim ishlab chiqilgan. Mobil ilova orqali shaharning istalgan hududidan ijaraga uy buyurtma qilish mumkin. Yaxshi sharoitli uyni bir oyga 500-600 dollarga ijaraga olish mumkin.
O‘tkir Jalolxonov suhbatlashdi
ADABIY TIL
ADABIY TIL — muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlashtirilgan, mazkur tilda so’zlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. “Qayta ishlangan” tushunchasi nisbiy (tarixan turli davrlarda, turli xalqlarda Adabiy til o’zgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham Adabiy til turli davrda turlicha bo’lgan (masalan, qadimgi turkiy adabiy til, hozirgi o’zbek adabiy tili). Ba’zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini o’tagan. Masalan, fors va turkiylar uchun mumtoz Arab tili, yaponlar uchun mumtoz Xitoy tili; ba’zi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqalar. Adabiy til bo’lgan. Adabiy tilning ikki — og’zaki ham yozma ko’rinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq og’zaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashtiradi va barcha sheva vakillari uchun tushunarli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy tilsiz boy madaniyatga ega xalq bo’lishi mumkin emas. Shu ma’noda Adabiy til jamiyatning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til deganda ba’zan uni turli ko’rinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Xususan, yozma Adabiy til va og’zaki Adabiy til hamda badiiy adabiyot tili bilan Adabiy tilni ayni bir deb bo’lmaydi. Adabiy til o’z mezonlarini egallagan shu tilda so’zlashuvchilar barchasi uchun birdek. U ham yozma, ham og’zaki shakllarda amalda qo’llanadi. Badiiy asar (yozuvchi) tili ham Adabiy til me’yorlariga bo’ysunsada, ko’plab xususiylik hamda umum e’tirof etmagan jihatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Turli xalqlarda hamma davrlarda ham Adabiy til bilan badiiy asar tili bir taxlitda bo’lmagan. Adabiy til bilan milliy til o’rtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi bo’lgan xalq millat bo’lib shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til Adabiy til vazifasini o’taydi, lekin har qanday Adabiy til darhol milliy tilga aylana olmaydi. Adabiy til bilan shevalar o’rtasidagi munosabat alohida muammoni tashkil etadi. Shevalar tarixan qanchalik barqaror bo’lsa, Adabiy til uchun shevalarning vakillarini lingvistik nuqtai nazardan umumlashtirish shunchalik murakkablashadi. Hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlar (masalan, Italiya, Indoneziya va boshqalar) da shevalar Adabiy til bilan teng suratda qo’llanmoqda. Adabiy til tushunchasi odatda til uslublari tushunchasi bilan bog’lanadi. Ammo bu bog’lanish bir tomonlama. Chunki til uslubiyatlarining o’zi Adabiy til ko’rinishlari hisoblanadi. Ular tarixan shakllangan, muayyan belgilar majmuidan iborat bo’ladi. Mazkur belgilarning bir qismi boshqa uslublarda takrorlanishi mumkin. Lekin, bu takroriy belgilarning ma’lum shaklda birikishi va vazifasining o’ziga xosligi bir uslubning ikkinchi uslubdan farqini belgilaydi. O’zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi (1989) o’zbek Adabiy til rivojini ta’minlovchi muhim voqea bo’ldi. O’zbek Adabiy tili turli xalqlar Adabiy tili rivojlanish tajribasi asosida yanada takomillashib bormoqda.
- Bilimingizni test orqali sinang
Telegram kanalimizga a’zo bo’ling
- VASPURAKAN PODSHOLIGI
- VASILIY II TYOMNIY
- VARYAGLAR
- VARRANT
- VARNALAR