Press "Enter" to skip to content

Liderlar kitobi otabek xasanov

Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov a’zolikka yangi qabul qilingan yoshlarni tabriklab, vazirlik qoshidagi bu tashkilot mohiyati haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Liderlikdan innovatsion loyihalargacha – Yoshlar akademiyasining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun 29 avgust kuni, Yoshlar akademiyasi a’zolarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda akademiya a’zolarining loyihalar taqdimoti, ularni a’zolik sertifikati bilan taqdirlash, shuningdek, «Liderlar kitobi» taqdimoti o‘tkazildi.

Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov a’zolikka yangi qabul qilingan yoshlarni tabriklab, vazirlik qoshidagi bu tashkilot mohiyati haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘zbekiston Fanlar akademiyasidagi akademiklarning asosini 60 yoshdan yuqori bo‘lgan olimlarimiz tashkil etadi. Biz kabi yoshlar ham bor, lekin bu kam, albatta. Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi ochilganda ko‘pchilik FAga raqobat qiladigan tashkilot tuziladimi, degan fikrga ham borgandi. Ta’kidlab aytamanki, bu unday emas albatta, tashkilot yosh tadqiqotchilarni birlashtirishga, ular orqali esa boshqa yoshlarni innovatsion g‘oyalarga yo‘naltirishga xizmat qiluvchi tuzilma bo‘ladi», deydi vazir.

Tadbir davomida akademiya a’zolari o‘z loyihalari taqdimotini ham o‘tkazishdi.

«Interaktiv doskali studiya – Masofaviy darslar uchun qulaylik yaratadi»

Rasuljon Ahmedov, Yoshlar akademiyasi a’zosi. Navoiy davlat konchilik institutini bitirgan, 2010-2020 yillarda Moskvada injyenerlik loyihalarida qatnashgan.

«Bir necha yil Rossiyada injyenerlik bo‘yicha loyihalarda qatnashdim. Shu vaqt davomida sheriklarim bilan birgalikda interaktiv doskali studiya ishlab chiqdik. U masofaviy ta’limda anchagina yengilliklar yaratadi. Doskaning ahamiyati shundaki, bunda bevosita masofaviy ta’limda dars olib borish, yozish, o‘chirish, shu bilan bir vaqtda slaydlarni boshqarish ham mumkin.

Hozirda telekanallarda uzatilayotgan onlayn darslarda o‘qituvchi bir tomondan doskani to‘sib qoladi, yoki soya tushib efirga ta’sir qiladi. Biz taqdim etayotgan interaktiv doskali studiya bu kamchiliklarni oson hal etadi, shuningdek, unda bir necha amallarni bir paytda bajarish mumkin bo‘ladi. Masalan, doskada ham yozib borish, ham slayd va videolarni ko‘rsatish imkoni mavjud. O‘qituvchi darsni tushuntirishda qiyinchilikka uchramaydi.

Biz buni kengroq miqyosda foydalanish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligidan yordam so‘raganmiz va har bir OTMga tatbiq qilmoqchimiz», deydi loyiha mualliflari.

«Bugungi muammolar nostandart fikrlashga majbur qilyapti»

«Bugungi kunda pandemiya bizning mavjud bilim va ko‘nikmalarimiz eskirganini ko‘rsatib qo‘ydi. Pandemiya yangi muammoni olib keldi, bunga qarshi kurashish uchun esa bizga yangi ko‘nikma kerak. Bugungi muammo nostandart fikrlashga majbur qilyapti. Bu davr yoshlar uchun zo‘r imkoniyat: chet tillarini biladigan, IT texnologiyalarini tushunadiganlar bundan foydalanishi zarur.

Bugungi zamon kitob o‘qimagan odamni chetga chiqarib tashlayapti. Bugun davlatga qayga ishga kiraman emas, qancha ish o‘rni yarataman degan odam kerak. Yoshlar akademiyasi ham shu maqsadni ko‘zlagan yoshlarni o‘z safiga chaqiradi.

«Liderlar kitobi» o‘quvchiga nima beradi – avvalo, kitob o‘quvchiga ko‘zgu bo‘lib, xatolarini topishda yordam beradi. 21-35 yoshdagi yurtdoshlarimizga ushbu kitobni o‘qishni tavsiya qilgan bo‘lardim.

Mening nazdimda, lider bu yetakchi emas, lider bu umid beruvchi bo‘lishi kerak», deydi «Liderlar kitobi» muallifi Otabek Hasanov.

Yoshlar akademiyasi 2019 yil 30 avgustda prezident qarori asosida Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida tashkil etilgan edi. O‘tgan bir yil mobaynida tashkilotga 1800dan ortiq yoshlar a’zo bo‘lib kirgan.

Bugungi kunda yosh tadqiqotchilar akademiyada 4ta platformada geologiya, biologiya, matematika, fizika, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoat, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sun’iy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, robototexnika va mexatronika, dasturlash, sanoat dizayni, 3D modellashtirish, turizm sohalarida o‘z loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.

Liderlar kitobi otabek xasanov

Ushbu nashrda juda koʻp yangi gʻoyalar, hayotga teran nazar bilan qarash, gʻoliblikka intilish, saodat va komillik uchun dadil qadam tashlash, jasurlik va mardlik kabi insoniy fazilatlarni oʻzida shakllantirish, Vatan rivojiga, uning iqtisodini yuksaltirishga astoydil kirishish, aql-zakovatni, ilmni har qanday ishdan ustun qoʻyish kabi holatlar mujassam boʻlgan. Unutmang, Lider degani, avvalo, doimo oʻz ustida ishlaydigan va oʻzgalarga yordam qoʻlini choʻzadigan insondir.
Oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilinayotgan ushbu kitob davlat xizmatchilari, xususiy sektor vakillari, yosh olimlar, talaba va boʻlajak Liderlar hayot yoʻlida koʻmakchi boʻladi, deb oʻylaymiz.

Ushbu nashrda juda koʻp yangi gʻoyalar, hayotga teran nazar bilan qarash, gʻoliblikka intilish, saodat va komillik uchun dadil qadam tashlash, jasurlik va mardlik kabi insoniy fazilatlarni oʻzida shakllantirish, Vatan rivojiga, uning iqtisodini yuksaltirishga astoydil kirishish, aql-zakovatni, ilmni har qanday ishdan ustun qoʻyish kabi holatlar mujassam boʻlgan. Unutmang, Lider degani, avvalo, doimo oʻz ustida ishlaydigan va oʻzgalarga yordam qoʻlini choʻzadigan insondir.
Oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilinayotgan ushbu kitob davlat xizmatchilari, xususiy sektor vakillari, yosh olimlar, talaba va boʻlajak Liderlar hayot yoʻlida koʻmakchi boʻladi, deb oʻylaymiz.

Xususiyatlar Характеристики

ISBN 978-9943-6288-2-3
Muallif Автор Otabek
Til Язык Uzbek
Yozuv Надпись Kirill
Nashriyot Издательство Muharrir
Sahifalar soni Количество страниц 339
Muqovasi Тип обложки Qattiq
Chop etilgan yili Год публикации 2020
O’lchami Размер 20.5×13.5
Vazni Масса 405