Vijdon azobidan qutilish
Turmush o‘rtog‘i ham uni yer-u ko‘kka ishonmas, asrab avaylardi, o‘zini baxtli his etishiga barcha narsa muhayyo edi. Faqatgina bir narsadan jahli chiqar, bir narsa uni yuz foiz baxtli bo‘lishiga to‘sqinlik qilar edi. Bu uning ovsini Risolat.
Hikoyalar Vijdon azobidan qutqargan falokat
Dildora bu xonadonga kelin bo‘lib tushganiga besh yil bo‘ldi. Uni barcha oila a‘zolari iliq kutib olishdi. Kelin emas, o‘zlarining qizlaridek qabul qilishdi.
Turmush o‘rtog‘i ham uni yer-u ko‘kka ishonmas, asrab avaylardi, o‘zini baxtli his etishiga barcha narsa muhayyo edi. Faqatgina bir narsadan jahli chiqar, bir narsa uni yuz foiz baxtli bo‘lishiga to‘sqinlik qilar edi. Bu uning ovsini Risolat.
To‘g‘ri, u Dildoraga qarshi hech qanday adovati yo‘q, biror bir xusumatli ish qilmagan edi. Dildoraning yagona asabini buzadigan sabab, bu qaynonasining har doim ovsini bilan maslahatlashishi, ko‘pincha aynan ovsinining gapi bilan biror ish qilishi edi.
Shuning uchun ham, ba‘zi bir masalalarda qaynonasi Dildora albatta ovsinidan so‘rash kerakligini, undan maslahat olishini tavsiya qilardi. Risolat bu xonadonga Dildoradan atigi ikki yil avval kelin bo‘lib tushgan, o‘z shirinso‘zligi, uddaburon va chaqqonligi bilan hammani mehrini qozongandi.
Qaynonasi shuning uchun ham unga to‘liq ishonar, butun ro‘zg‘orni unga ishonib topshirib qo‘ygandi. Dildoraga aynan qaynonasining o‘rniga ovsinining qaynonalik qilishi yoqmas edi. Kuni kecha ham shunday bo‘ldi.
Qaynonasining tug‘ilgan kuni, har yilgidek mehmonlar ko‘p kelar, shuning uchun bir kun avval tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Oyijon, men unda napoleon qilaman, – Dildora taklif bildirdi. Dildora, bunga ko‘p vaqt ketadi, bitta pishiriq uchun shuncha vaqt yo‘qotmaylik, uning o‘rniga salatlarni ko‘paytiramiz.
Siz yaxshisi tvorogli pirog qilin, ham tez, ham kam masalliq ishlatamiz, – har doimgidek uning gapiga qarshilik qildi ovsini. Ovsiningiz to‘g‘ri aytyapti, qizim. Bo‘lmasa, oshxonani sizlarga topshirdim, men nabiralarga ko‘z-quloq bo‘laman.
Dildoraxon, siz ovsiningiz aytgan ishlarni qilasiz, – shunday deya qaynonasi ichkariga kirib ketdi. Shu kuni ham, ertasiga ham Dildoraning qovog‘i ochilmadi. Turmush o‘rtog‘iga arzi-hol qilmoqchi ham edi, lekin bu fikridan qaytdi.
Chunki eriga aytgan taqdirda ham, uni qo‘llamasligi aniq. Sababi, eri ham kelinoyisini yaxshi ko‘rar, ba‘zi masalalarda undan maslahat ham olib turardi. O‘ylay-o‘ylay bir qarorga keldi, bu qaroridan o‘zi ham cho‘chib ketdi.
Shunday qilsagina, ovsinining yuzi qora bo‘lib, maslahatlari va aqlliligidan qutilardi. Haydab yuborishmasa, juda bo‘lmaganda ro‘zg‘orini bo‘lak qilishardi. U shu rejasi bilan tilla zanjirini qo‘liga oldi, maqsadi ovsinini o‘g‘rilikda ayblash edi.
Rejasini qanday amalga oshirishni o‘ylab turganda, oshxonadan uch yoshli o‘g‘lining chinqirig‘i eshitildi. Nainki u, qaynonasi bilan ovsini ham yugurib chiqishdi. O‘g‘li yerda chinqirib yig‘lar, chap qo‘li yelkasi bilan qizarib turardi.
Dildora karaxg ahvolga tushib qoldi, uning oyoq-qo‘li qaltirab, nimalar bo‘layotganini idrok qilmasdi. O‘yinqaroq bola qaynab turgan chovgumni ustiga to‘kib yuborganini tushungan ovsini birinchi bo‘lib bolaga yopishdi. Xonasidan qandaydir malham olib chiqib zudlik bilan kichkintoyning badaniga surdi.
Dildorani, qaynonasini tinchlantirib, bolani olib shifoxonaga yugurishdi. Dildora haligacha shok holatida bo‘lgani uchun, shifokorning oldiga ovsini kirib ketdi. Bu orada Dildoraning turmush o‘rtog‘i ham yetib keldi. Nima bo‘ldi?
Fazliddin yaxshimi? Qani o‘zi? – eri tinmay savollar berar, Dildora esa hech biriga javob berolmay, faqat unsiz yig‘lardi. Shu payt ichkaridan shifokor va kichkintoy Fazliddinni ko‘targan ovsini chiqdi. Xavotirga o‘rin yo‘q, vaqtida olib keldinglar.
Buning ustiga kuygan joyiga surilgan malham juda yaxshi ta‘sir qilgan. Endi men yozib bergan malhamlarni surib tursanglar, kuygan joyida hech qanday chandiqlar qolmaydi, – shunday deb, ularga qog‘ozda yozilgan dorilar ro‘yxatini uzatdi.
Dildora faqat shundagina o‘ziga keldi. Qo‘lida tilla zanjirni siqib turganini ko‘rdi va o‘zi qo‘rqib ketdi. Uni vijdon azobi qiynay boshladi. Tilla zanjirni darrov cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Qanchalik adashganini, qanchalik ovsinini noto‘g‘ri tushunganini anglab yetdi.
Ovsinini butun kuchi bilan quchoqlab oldi: Meni kechiring. Rahmat sizga. Risolat uning nima uchun kechirim so‘raganini tushunmadi, shunchaki uning qo‘rqib ketganiga yo‘ydi: Hammasi yaxshi bo‘ladi, – Dildoraning boshini silab qo‘ydi.
Vijdon azobidan qutilish
Muallif: Amina Shanliko’g’li
Hajmi: 261 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o’qish
Amina Shanliko’g’li
VIJDON AZOBI
Turk yozuvchisi Amina Shanliko’g’liga vijdon azobida qolgan zamondoshlarimizdan kelgan maktublar asosida yozilgan kitobdan qalbimizni larzaga keltirgan qonli dil izhorlariga to’la. Balki bizni oramizda, do’st yoki qo’ni qo’shni va qarindoshlarimizni orasida ham shunday adashgan, hozirda esa Allohga tavba qilib vijdon azobida qolgan musulmon opa-singillarimiz va aka – ukalarimiz bordir. Biz har birimiz ularni Amina bo’lib tinglashimiz va ularni to’g’ri yo’lga boshlashimiz va ularni dardlariga oz bo’lsada malham bo’lishimiz kerak, bu mo’minni mo’min ustidagi haqqi. Zero har bir mo’min bir-biri uchun mas’uldir. Keling, sizni qiynayotgan masalalarda biz bilan sirlashing.
Amina Shanliko’g’li – keyingi yillarda kitoblari eng ko’p o’qilatoygan turk ayol yuzuvchilaridandir. Mazkur maktublar mahsulini haqiqat va jaholat, ezgulik va yovuzlik kurashida ko’ngil iztiroblarining in’ikosi deb qabul qilish mumkin.
XATO
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman!Allohga hamd bo’lsin! Avvalo sevimli Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo s. a. v. ga olu ashoblariga salotu salom bo’lsin. Sizlarning har biringizga ham alohida – alohida salomlarimni yo’llayman. Ismimni ochiqchasiga yozishni ma’qul ko’rmadim. Men jurnalingizni o’qib boraman va juda-juda yoqtiraman. Modomiki o’quvchilar ibrat olsin deya “Vijdon azobi” nomli sahifa berib borar ekansiz, men ham boshimdan o’tga voqeani bildiray, agar lozim topsangiz yoritarsiz. Har kim ham menday hato qilishi mumkin. Buni yozishimdan maqsad, boshqalar – yoshlar johil musulmonlar men qilgan hatoni qaytarmasinlar, bu voqeadan ibrat olsinlar. Hali sakkiz yoshga to’lmasdan – men erkatoyini go’zal joylar – kengliklarga qo’yib yubordilar. Lekin bu kengliklarni o’z vahshiylari va bo’rilari bor ekan. . Men ham bir bechora qo’zichoq edim, turkchani yahshi bilmaganim uchun meni boshlang’ich maktabga – Turkiyaga jo’natdilar. Turkiyada ikkinchimi, uchunchimi sinfda o’qiyotganimda olg’ir bo’ri – hotinboz kurdga yo’liqdim va talandim, u mening norasida va bokira dunyoyimni vayron qilib hayotimdan uzoqlashib ketti. Hali go’dak bo’lganimdan hech narsani tushunmasdim. Oradan yillar o’tdi. O’n oltiga to’ldim. Unga bunga aqlim yeta boshladi. O’sha dahshatli kun yodimga tushib doktorga bordim. Men cuhun isnod bo’ladigan holni eshitib haqiqatni anglab yetgach:” Rabbim, o’lar bo’lsam o’lib bo’ldim, bundan ko’ra jonimni olsayding, yashamasaydim!” – dedim. Ko’zlaimdan yoshlar oqar, dugonalarimning tasalli berishlari ham meni ovutolmas edi. Endi uyimdagilarni yuziga qanday qarayman. Vijdon azobidan ezilar, oshkoru pinhon faryodu fig’onlar qilardim. Qiyomat kuni mahshargohda Yratgan Egam huzurida gunohlarim qancha, bilmayman. Ayting, men fohishamanmi yoki bechora qurbon? Yo butog’idan yulingan aybsiz gul? Allohim meni avf etarmikan? Men o’sha payt hech narsadan habarsiz, ma’sum go’dak edim, Aziz o’quvchilar, mening bu muhtasar, ammo achchiq hatot qissamdan hissa chiqarsinlar, ibrat olsinlar, yosh farzandlarini o’zga yerlarga yubormasinlar, yolg’iz va qarovsiz qoldirmasinlar, deyman. Menga ham kelajakda kimdir turmush qurishni yaklif etar, tabiiyku, unda javobim “yo’q” bo’ladi. Yana sizlardan so’rayman: endi ne qilaman? Uydagilar hanuz ahvolimdan habarsiz, bilsalar qay holga tushaman? Boshi berk ko’chaga kirib qoldim, chiqmoqqa intilaman. Qutila olarmikanman? Kelajak naslni pok tarbiyalamoqchi onalarga maslahatim – farzandlaringizni bu zaharli oynai jahonda nari tuting, ehtiyot qiling! Men olti yoshimda uydagilar uhlagach, ekran qarshidida yarim tungacha o’tirar va razolatni tasvirlovchi turli filmlarni tomosha qilar, ba’zi narsalarni o’rganar va ashulachi bo’lishni orzu qilardim. Uyning burchagidagi bu to’rtburchak ofat meni shunday zaharlab qo’ydi. Biz har kun ko’radigan va odatda o’ziga tortadigan narsalardan o’rnak olamiz va oqibati shunaqa hunuk bo’lib chiqadi. Gapni cho’zib boshingizni qotirib yuborganim uchun sizlardan uzr so’rayman. Olmoniyadan, noma’lum mushtariyingiz X. Sh. Aloh rozi bo’lsin.
Javob: Muhatarm singlim! Maktubingizni o’qib ancha mayuslandim. Boshingizdan bir bor bunday voqea o’tibdi. Afsus buni ortga qaytarib bo’lmaydi. Shunday ekan, kechmishni emas, kelajakni o’ylash kerak. Bu hodisa norasidalikda o’tgani uchun sizning aybingiz yo’q, siz yomon ayol ham emassiz. Johil jamiyatning qurbonisiz. tortinmasdan buni onangizga tushutiring yoki buni boshqalar orqali buni yetkazing. Sizni kelinlikka so’rab kelganlarga ham vaziyatni ochiq ayting. Zotan, kechmishingizni ochiq aytishdan boshqa chora ham yo’q. Bir marta bunday ishni boshingizdan kechirganingiz o’ylab, o’zingizni yo’qotmang, endi ehtoyot bo’ling. Boshqa aldanmang. Bundan keyingi hayotingizga qarab Islomni o’rganing va boshqalarga ham o’rgating. Davomini o’qish