Press "Enter" to skip to content

Iymon kitobi

qildingizmi?” – dedi. Men: ”Jang qildik” – dedim. U: ”qanday qilib jang qildingiz” – dedi.

Al-jomi’ as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil

Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman”, -dedilar:

”Darhaqiqat, barcha amallar niyatga yarasha bo’lg’usidir. Kimki hijratdan niyati dunyo

topmoq ersa, dunyoga erishg’usi, kimki hijratdan niyati xotin olmoq ersa, xotinga

nikohlang’usidir. Demak ne niyatda hijrat qilganlig’i etiborga oling’usidir”

Urva ibn Zubayr rivoyat qiladilar,u kishi ersa, Oisha onamizdan eshitgan erkanlar: ”Horis

ibn Hoshim (r.a) Rasulullohi alayhi va sallamdan: ”Yo Rasululloh, sizga vahiy nechuk

kelg’usidir”, – deb so’radi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam “Menga vahiy, ba’zan

qo’ng’iroq ovozi yanlig’ kelg’usidir. Kuchli vahiy kelganda shunday bo’lg’ay. Shunda men

butun borliqni unutg’um va vahiy so’zlarini uqib olg’umdir. Ba’zan esa, menga inson

qiyofasidagi farishta vahiy keltirg’ay, men uning aytganlarini yodlab olg’ayman”,-deb

Oisha (r.a) :”Qattiq sovuq kunlardan birida ul kishiga vahiy kelganining guvohi bo’lgan

erdim. Shunda ul zot butun borliqni unutgan holatda bo’lib, peshonalari qattiq terlab

ketgan erdi”, – deb aytdilar.

Urva ibn Zubayr Oisha onamizdan bunday deb naql qiladilar: ”Dastlabki vahiy Rasululloh

sallolohu alayhi va sallamga uyqularida sof tush tarzida nozil bo’lgan erdi. Keyin, tong

shafаg’i yanglig’ nurdan o’zgasi tushlariga kirmay qo’ydi. Shundan so’ng, Rasululloh

yolg’izlikni xushlaydigan bo’lib qoldilar. Oilalarini tark etib, yolg’iz o’zlari Hiro’ tog’idagi

g’orda qatorasiga bir necha tun toat-ibodat qilib chiqar erdilar. Shu boisdan ham o’zlari

birlan yegulik olib chiqib ketar erdilar. Yeguliklari tugagach, Xadichaning huzurlariga

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

www.ziyouz.com kutubxonasi

kelib, yana taom olib, yana toqqa qaytar erdilar.

Haqiqatga yetishgunlariga qadar shunday qilaverdilar. Bir kuni odatdagidek Hiro’dagi

g’orda ibodat birlan mashg’ul bo’lib o’ltirganlarida xuzurlariga bir farishta kelib:

”Iqra’(o’qi)!”, – deb aytdi. ”O’qiy olmasman, dedim, – deydilar Rasululloh sallolohu alayhi

va sallam, -shu payt ul zot meni bo’g’a boshladi, hatto men hirillab qoldim. Keyin meni

qo’yib yubordi-da, yana: ”O’qi!” -dedi. Men ”O’qiy olmasman”, – deb erdim, ul meni

ikkinchi bor bo’g’ishga tutindi, so’ng yana qo’yib yubordi-da: ”O’qi!” – dedi. Men ersam:

”O’qiy olmasman”, – deb javob qildim. Ul uchinchi marta bo’g’a boshladi, men tag’in

hirillab qoldim. Keyin, qo’yib yubordi-da: ”Seni yaratgan Rabbingning, insonni alaq(lahta

qon)dan yaratgan Parvardigoringning ismi ila o’qi, o’qi! Rabbing eng sahovatlidir!” –

dedi”. Shundan so’ng Rasululloh sallolohu alayhi va sallam qo’rquvdan a’zoyi-badanlari

titrab-qaqshab Xadicha binti Huvaylidning huzuriga keldilar-da: ”Meni o’rab(yashirib)

qo’yinglar, meni o’rab qo’yinglar!” – dedilar. Ular Janob Rasulullohni qo’rquvlari

tarqalgunga qadar o’rab qo’yishdi. So’ng, Xadishaga bo’lgan voqeani aytib berdilar-da:

”Men o’zimdan xavotir oldim (ya’ni,”Menga biron narsa bo’lib qolmasaydi” – deb

qo’rqdim)”, – dedilar. Xadicha (r.a.) bunday dedilar: ”Yo’q, mutlaqo unday emas. Xudo

haqqi, Olloh taolo sizni hech vaqt sharmanda qilmag’ay, siz qarindosh-urug’chilik

munosabatlarini yo’lga qo’yg’aysiz, og’irni yengil qilg’aysiz, yo’qsillarni to’ydirg’aysiz,

mehmon kutg’aysiz va haqiqiy ezguliklarning ro’yobga chiqishiga sa’yu imdod

So’ng, Xadicha onamiz Janob Rasululloh o’zlarining amakivachchalari bo’lmish Varaqa

ibn Navfal inb Asad ibn Abdulluzo huzuriga olib bordilar. Ul kishi johiliya davrida

nasroniy dinini qabul qilgan erdilar. Ibroniycha xat-savodlari bo’lib, Injildan Olloh taolo

istagancha ibroniycha matnlarni ko’chirib yozar erdilar. O’zlari keksa va ko’zlari ojiz erdi.

Xadicha (r.a) Varaqaga:”Ey amakimning o’g’li, birodaringizning gaplariga quloq osingiz!”

– dedilar. Varaqa: ”Ey birodarimning o’g’li, nimalarni ko’rdingiz, aytingiz!” – dedi. Janob

Rasululloh nimaiki ko’rgan bo’lsalar, birma-bir ayon ayladilar. Varaqa Janob Rasulullohga

qarata: ”Bu, Olloh taolo Muso alayhissalomga yuborgan o’sha Hazrat Jabroilning

o’zginasidir. Koshki erdi, men yosh bo’lsamu, (islom) diniga da’vat qilmoqda ishirok

etsam, sizni qavmingiz o’z orasidan quvib chiqargan vaqtda men hayot bo’lsam!” – deb

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam hayrotomuz: ”Mening qavmim o’z orasidan

haydag’aymi?” – dedilar. Varaqa: ”Ha, shunday. Bu vaqtga qadar biror kimsa menga siz

kabi habar keltirmagan erdi, garchi keltirgan ersada, men uni qaytarib yuborgan erdim.

Sizga Olloh taolo muyassar etg’usi kunlar menga ham nasib etsa, sizga amaliy madad

berg’umdir!” – dedi. Lekin Varaqa ko’p o’tmay dor ul-baqoga rihlat etdi. Janob

Rasulullohga bir muncha vaqt vahiy kelmay qo’ydi.

Ibn Shihob (r.a) rivoyat qiladilarki, Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy Rasulullohga vahiy

kelgan vaqt haqida bunday degan erkanlar: ”Men (ya’ni, Janob Rasululloh) yo’lda

ketayotgan erdim, nogahon osmondin kelayotgan bir ovoz qulog’imga chalindi.

Nigohimni yuqoriga qaratgan erdim, Hiro’ g’orida huzurimga kelgan o’shal farishta

osmon ila yer oralig’inda kursi uzra o’ltiribdir. Men undan qo’rqib (uyga) qaytib keldim-

da: ”Meni (bir narsa birlan) o’rab qo’yingiz, o’rab qo’yingiz!” – dedim. Shu asnoda Olloh

taolo oyat nozil qildi (“Ey burkanib olgan banda, o’rningdan turg’il, ogah bo’lg’il.. ”dan

“… azob” degan so’zigacha)”.

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

www.ziyouz.com kutubxonasi

Ushbu hadisni Abdulloh ibn Yusuf va Abu Solih ham rivoyat qilishgan. Hilol ibn Raddod

uni Zuhriydan eshitib davom ettirgan. Yunus va Ma’mar ersa, uning kamchiliklarini

Sa’id ibn Jubayr aytdilarki,Ibn Abbos Olloh taoloning”(Jabroil) Qur’on o’iganida sen

takrorlashga oshiqma!” degan oyati haqida bunday deb rivoyat qilgan erkan:

”Nabiysallolohu alayhi va sallam nozil bo’lgan oyatning mazmunini tezda tushunib

olishga harakat qilardilar. Shu sababdan lablarini qimirlatar erdilar”. Ibn Abbos yana

bunday dedilar: ”Men lablarimni, Janob Rasululloh qanday qimirlatgan bo’lsalar, shunday

qimirlatib ko’rsatyapman”, – dedi. Olloh taolo: ”(Jabroil) Qur’on o’qiganda sen shoshib

takror qilma! Qur’onni qalbingga va xotirangga jo qilmoq, istagan vaqtingda uni o’qishga

seni qodir etmoq bizning bo’ynimizdadir” va “Agar biz uni (Jabroil qiroat orqali) o’qisak,

sen unga quloq sol!” degan oyat nozil qildi. Shundan so’ng, Janob Rasululloh agar Jabroil

vahiy keltirsa, avval unga quloq solib, ketganidan keyin ersa, u o’qigandek takrorlab

Ibn Abbos bunday deb rivoyat qiladilar: ” Rasululloh sallolohu alayhi va sallam barcha

insonlar ichida eng sahovatli zot erdilar. Ramazonda Hazrat Jabroil birlan

uchrashganlarida sahovatlari yanada ortar edi. Hazrat Jabroil Janob Rasululloh birlan har

kecha uchrashib, Qur’onni muzokara qilar erdilar. Hazrat Rasululloh xayrli ishda kuchli

shamoldan ham tez erdilar ”.

Abdulloh ibn Utba ibn Mas’ud rivoyat qiladilar: ”Abu Sufyon ibn Harb habar qiladilarki,

Xiraql Quraysh karvoni Shomda savdo qilib turganida, uning xuzuriga odam yubordi. Bu

vaqt Janob Rasululloh (Abu Sufyon va) Quraysh kofirlarini poylab turgan erdilar.

Ular(Quraysh kofirlari) Iliya (Baytulmuqaddas)da ekanliklarida Xiraql xuzuriga bordilar.

Xiraql ularni o’z majlisiga chaqirdi, uning atrofida Rum zodogonlari o’ltirgan erdi.

Ular birlan birga tarjimonni ham chorladi-da: ”O’zini payg’ambar deb gumon qiloyatgan

kishiga qaysi biringiz nasab jixatdan yaqinroqsiz?” – dedi. Abu Sufyon: ”Men unga nasab

jixatdan yaqinroqdurmen” – dedi. Xiraql:” Uni (Abu Sufyonni) va uning ashoblarini

menga yaqinroq olib kelinglar!” – dedi. Ularni Xiraqlning yelkasiga yaqin joyga olib kelib,

turg’azib qo’ydilar. Xiraql tarjimonga: ”Unga (Abu Sufyonga) ayt, men o’sha payg’ambar

haqida so’ramoqchiman, menga yolg’on gapirsalar,unga yolg’on gapirgan bo’ladilar ” –

dedi. Abu Sufyon bunday dedi: ”Olloh haqqi, agar mendan yolg’on talab qilishdan hayo

qilmasalar erdi, shu onda men yolg’on gapirgan bo’lur erdim. U Xiraql dastlab mendan

Janob Rasulullohning oramizdagi nasablari qanday ekanligi haqida so’radi. Men: ”U

bizning oramizda baland nasab egasidir” – dedim. Xiraql: ”Undan ilgari shu qavlni

(ya’ni,payg’ambarlikni) sizlardan xech kim aytganmidi?” – deb so’radi. Men: ”Yo’q” –

dedim. U: ”Unga zodogonlar ergashyaptimi yo zaiflarmi?”-dedi. Men: ”Zaiflar

ergashyapti” – dedim. U: ”Ularning soni ko’payyaptimi yo ozayyaptimi?” – dedi. Men:

”Ko’payyapti” – dedim. U: ”Uning diniga kirganlardan biror kishi uning dinidan

g’azablanib dinidan qaytayaptimi?” – dedi. Men: ”Yo’q” – dedim. U: ”U dinga da’vat

qilmasidan ilgariuni yolg’onchilikda ayblar edingizmi?” – dedi. Men: ”Yo’q” – dedim. U:

”Xiyonat qilarmidi?” – dedi. Men: ”Yo’q, bir qancha mudatdan beri uning qanday ishlar

birlan bandligini bilmaymiz” – deb ham edimki, Xiraql gapimni bo’lib: ”Unga qarshi jang

qildingizmi?” – dedi. Men: ”Jang qildik” – dedim. U: ”qanday qilib jang qildingiz” – dedi.

Men: ”O’rtacha, goh ular bizga, goh biz ularga shikast yetkazardik, ba’zan ular, ba’zan

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

www.ziyouz.com kutubxonasi

biz g’alaba qilardik” – dedim. Xiraql: ”U sizlarni nimaga buyuradi?” – dedi. Men: ”Yolg’iz

Ollohga ibodat qilishni, unga shirk keltirmaslikni, hatto otalarimiz shirkka da’vat etsa,

ularga quloq solmaslikni, namoz o’qishni, rostgo’ylikni, pokiza va iffatli, oqibatli, rahm-

shafqatli bo’lmoqni buyuradi” – dedim.

Xiraql tilmoch orqali menga bunday dedi: ”Uni nasabini so’rasam, sen nasabi baland,

deb aytding, payg’ambarlar aynan shunday bo’ladi. Sizlardan hech kim bundan ilgari

mazkur qavl(payg’ambarlik qavli) ila chiqqanmi, desam, sen: ”Yo’q”, – deding Undan

ilgari ham biror kishi shu da’voni qilib chiqqan bo’lsa, bu odam ilgari aytilgan qavlga

taqlid qilyapti, degan bo’lur erdim. Men sendan: ”Uning ota-bobolari ichida podshoh

bo’lganlar bormi?” – deb so’rasam, sen: ”Yo’q” – deding. Agar ota-bobolari ichida

podshoh o’tgan biror kishi bo’lganida edi, men: ”U o’shaning mulkini talab qilyapti ” –

degan bo’lur erdim. Men: ”Uni dinga da’vat qilmasdan ilgari, yolg’onchilikda

ayblarmidingiz?” – deb so’raganimda, sen: ”Yo’q”-deding. Men bildimki, u ilgari ham

odamlarga yolg’on gapirmagan, bunday odam Olloh haqida yolg’on so’zlamaydi. Men

sendan: ”Unga zodogonlar ergashyaptimi yo zaiflarmi?” – deganimda, sen: ”Zaiflar” –

deb aytding. Payg’ambarlarga doimo zaiflar ergashgan. Men sendan:

”Ergashayotganlarning soni ko’payyaptimi yo ozayyaptimi?” – deb so’rasam, sen: ”Ular

ko’payayaptilar” – deding. Iymonning ishi ham shunday barkamol bo’ladi. Men senga:

”Uning diniga kirganlar undan g’azab qilib dindan qaytyaptimi?” – desam, sen: ”Yo’q” –

deb aytding. Iymon, ko’rkamligi dillarga yoqib qolsa, xuddi shunday doimo barkamol

bo’ladi. Men sendan: ”U xiyonat qiladimi?” – desam, sen: ”Yo’q” – deding. Payg’ambarlar

hiyonat qilmaydi. Keyin sendan: ”U sizlarni nimaga buyuradi?” – deb so’radim. Sen:

”Ollohga ibodat qilishga, but(sanam)larga sig’inmaslikka, namoz o’qishga, rostg’o’y va

iffatli bo’lishga buyuradi” – deb aytding.

Sening aytganlaring rost bo’lsa, u kelib, men hozir mana shu turgan joyni oladi. Men

yana payg’ambar chiqishini bilar erdim, lekin sizlarning orangizdan chiqishidan behabar

erdim. Agar unga ixlos qilolsam, u birlan uchrashish uchun mashaqqat chekishga rozi

erdim. Agar uning huzuriga borsam, uning oyoqlarini yuvib qo’ygan bo’lar erdim”.

Keyin, Xiraql Dih’ya (sahoba) orqali Rasululloh Busro boshlig’iga berib yuborgan xatni

olib kelishni amr qildi. Uni Xiraqlga uzatdilar. U xatni o’qib ko’rdi, unda “Bismillohir

rahmonir rahiymi. Muhammad ibn Abdulloh-Ollohning Rasulu- Xiraql Rum boshlig’iga.

Hidoyat yo’liga yurganlarni Olloh hidoyat qilsin! Ammo ba’d: seni islomga da’vat

etaman, islomni qabul qil, tinch bo’lursan. Olloh buning uchun senga ikki barobar ajr va

savob berg’usidir. Agar undan yuz o’girsang, erisdek(bid’atchidek) gunohkor bo’lg’aysen.

Ey ahli kitoblar, o’zaro tenglik kalimasini qabul qilaylik, Ollohdan boshqaga ibodat

qilmaylik, unga shirk keltirmaylik, bir-birimizmi Ollohdan o’zga tangri deb

bilmaylik(ya’ni, insonni Olloh darajasiga ko’tarmaylik) agar yuz o’girsalar, guvoh

bo’linglarki, biz musulmonmiz”. Abu Sufyon bunday dedi: ”Xiraql so’zini tugatgachva

Janob Rasulullohning nomalarini o’qib bergach, uning xuzuridagilar shovqin-suron

ko’tarishib, bizni tashqariga haydab chiqarishdi. Men hamrohlarimga: ”Ibn Abu

Kabshaning aytgani rost chiqdi, u: ”Baniy al-Asfar(rumliklar) podshohi payg’ambarda

qo’rqadi”, – deb aytgandi. Men islomga kirmasimdan avval payg’ambar chiqishiga

ishonar edim”, – dedim”.

Iliya hokimi Ibn an-notur va Shom xristianlarining usqufi(yepiskopi) Xiraql bunday

deyishar erdi: ”(Hukmdor) Xiraql Iliyaga kelganida badxulq bo’lib qoldi. Unga bitriqlari

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

www.ziyouz.com kutubxonasi

(patriarxlari): ”Sening turqingni yoqtirmayapmiz”, – deyishdi. Ibn an-Notur bunday

deydi: ”Xiraql yulduzlarga e’tiqod qilar va ularni kuzatar erdi. Undan bu borada

so’rashganda u: ”Men bu kecha yulduzlarni kuzatganimda xatna podshohi zuhur

qilganini ko’rdim, bu xalq orasida ham xatna qiluvchilar paydo bo’ldi”, – dedi. ”Parvo

qilma, yahudiylardan boshqalar xatna qilmaydi. Shaharlarga xat yoz, u yerlardagi

yahudiylarni o’ldirsinlar, deb maslahat berishdi. Shu payt G’asson podshohiga Janob

Rasululloh haqlarida xabar olib kelgan kishini Xiraql huzuriga olib kirdilar. Xiraql: ”Borib

bilinglarchu u xatna qilinganmi, yo’qmi?” – dedi. Payg’ambar xatna qilingan ekan, deb

xabar keltirishdi. Arablardan so’rab erdi, ular ham buni tasdiqladilar. Shunda Xiraql: ”Bu

o’sha, (yulduzlarni kuzatganimda) zuhur qilgan mana bu ummat (ya’ni arablarning)

podshohi” – dedi. Keyin, Xiraql Rumiyadagi o’zi kabi bilimdon sohibiga xat yozdi-da,

Xumsga jo’nadi, u yerga yetib ulgurmay sohibidan javob maktubi oldi. Unda Xiraqlning

Payg’ambar sallolohu alayhi va sallamning zuhurlari haqidagi fikri qo’llab-quvvatlangan

va ul zotning haqiqiy payg’ambar ekanliklari aytilgan edi.

Xiraql Rum zodogonlaridan Xumsda qolishga ijozat so’radi. Xumsning darvozalari

yopilgach, u shahr ahliga: ”Ey Rum ahli, sizlar najot va to’g’ri yo’l topmoqchi bo’lsangiz,

davlatingizning ustuvor bo’lishini istasangiz, o’sha payg’ambarga ergashinglar!” – dedi.

Shunda ular yovvoyi eshakdek vahimaga tushib, o’zlarini darvozalar tomon urdilar,

ammo darvozalarning yopiqligini ko’rdilar. Xiraql ularning vahimaga tushganini ko’rib,

iymon keltirishlaridan noumid bo’ldi-da: ”Ularni qaytaringlar!”-deb amr qildi. Keyin:

”Men sizlarning o’z diningizga bo’lgan ixlosingizni sinab ko’rish uchun shunday degan

edim. Men bunga amin bo’ldim”, – dedi. Shahar ahli unga sajda qildilar va undan

Bu, Xiraql bilan sodir bo’lgan so’nggi voqea edi. Mazkur voqeani Solih ibn Kayson,Yunus

va Ma’mar Az-Zuhriydan naql qildilar.

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Iymon kitobi

“Ал-жомиъ ас-саҳиҳ” китобидан Иймон китоби боблари.
Манба http://hadis.islom.uz/
Китобни Сайфуллох Юсуф тайёрлади.

SIMILAR

Islom Kitobi Nurul Izoh 40 farz
Фикх илми
Islomnuri
Таҳажжуд дуолари
Qirq hadisi Qudsiy

More from Islom Nuri Media

Ikki buyuk Xalifa
Hikmatli hikoyalar

New Apps release

Level Counter
Servicios VIP – Usuario
GKC Online
Career Avenues
AKG Sir Physics Classes
Galaxy Guide Centre
ACCOUNTANCY TUTORIALS
Orca: The Marine CoPilot
Mehndi Design 2023
Lixi88 – Chicken Tetrazzini
ChainsawMan Mod For Melon 2023
How To Apply Makeup (Makeup Videos)
MASS EDUCATION
OG : URL Player
Fialda – Stocks, Finance, Investment & News

New Games release

Miami Rope Hero Gangster Games
Landlord: Real Estate Tycoon
456 Sniper Shoot 3D
소녀의 동물농장
Fears to Fathom House ,Carson
Room Escape Game – Dusky Moon
Spider Hero- Superhero Fight
Vin88 Tiện lợi
Chess Quoridor – 3D Board Game
Golden Opportunity
Tiles Master
Money Maker Idle
Death Park Coloring Games
Word Line: Crossword Adventure
Wild Wolf Games: Animal Sim 3D
© 2015-2021 By APK Tools

We use cookies and other technologies on this website to enhance your user experience.
By clicking any link on this page you are allow us to use them.