Press "Enter" to skip to content

Islom Karimov qaysi kitoblarni sevib o‘qigan

Kitob shaklida ilk bor chop etilayotgan bu chiqishlarning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlanishi albatta bejiz emas. Bu kitob yaqin o‘tmishimizning murakkab tarixiy-siyosiy bosqichlarini, jumladan, tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan g‘oyat og‘ir va tahlikali bir vaziyatda O‘zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan Islom Karimovning o‘lkamizni chuqur inqirozdan olib chiqish, uni qat’iyat va matonat bilan istiqlol sari boshlash, Vatanimiz mustaqilligini e’lon qilish, umumxalq saylovida g‘olib chiqib, Prezidentlik qasamyodini qabul qilishigacha bo‘lgan, tinimsiz kurashlar, keskin sinov va mashaqqatlar bilan o‘tgan faoliyat davrini o‘z ichiga oladi.

Prezident Islom Karimovning ikkita yangi kitobi nashrdan chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ozodlik havosidan to‘yib nafas olgan xalq o‘z yo‘lidan hech qachon qaytmaydi” va “Hayot sinovlarida toblangan Qashqadaryo eli har qanday yuksak marrani egallashga qodir” nomli kitoblari “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Ushbu kitoblardan ana shu suhbatlar paytida prezident tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar o‘rin olgan bo‘lib, ularda nafaqat Surxon va Qashqa vohalari, balki butun mamlakatimizning bugungi va ertangi taraqqiyoti, O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalikni, obod va farovon hayotni yanada mustahkamlash va qadriga yetish, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni chuqurlashtirish, bunyodkorlik ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash kabi o‘ta muhim va dolzarb masalalar bo‘yicha fikr yuritiladi.

Ushbu kitoblarda tarixan qisqa muddatda Termiz, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarib, O‘zbekistonning eng yirik, jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiy va madaniy markazlariga aylangani aniq misollar asosida tahlil etiladi.

Islom Karimov kitoblarida mustaqillik yillarida o‘zbek xalqi, mamlakat erishgan barcha yutuq va marralarda O‘zbekistonning hamma hududlari qatori Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari mehnatkashlarining ham munosib hissasi borligi chuqur minnatdorlik bilan e’tirof etiladi.

Hajman kichik, lekin mazmunan chuqur bu kitoblarni “Ozodlik havosidan to‘yib nafas olgan xalq o‘z yo‘lidan hech qachon qaytmaydi” degan hayotiy haqiqat bosh g‘oya sifatida birlashtirib turadi.

Islom Karimov qaysi kitoblarni sevib o‘qigan?

O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevga Islom Karimovning sevimli kitoblari ro‘yxatini taqdim etdi. Bloger bu ro‘yxatni o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.

  • Amir Temur. “Temur tuzuklari”;
  • Imom Buxoriy. “Al-Jome’ as-sahih”;
  • Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon”;
  • Said Ahmad. “Ufq” trilogiyasi, “Jimjitlik”;
  • Pirimqul Qodirov. “Yulduzli tunlar”;
  • Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”;
  • Teodor Drayzer. “Moliyachi”, “Titan” va “Matonatli” trilogiyasi;
  • Ernest Heminguey. “Chol va dengiz”, “Qo‘ng‘iroq kimni chorlayapti?”;
  • Jeyms Makgregor Berns. “Franklin Ruzvelt. Inson va siyosatchi” (asli: “Roosevelt. The Soldier of Freedom”);
  • G.Truxanovskiy. “Uinston Cherchill: siyosiy biografiya”;
  • Chingiz Aytmatov. “Kassandra tamg‘asi”, “Asrga tatigulik kun”, “Qiyomat”, “Oq kema” va boshqalar;
  • Soljenitsin. “Birinchi doirada” (“V kruge pervom”), “Gulag Arxipelagi” va boshqalar;
  • Yulian Semenov. Romanlar, qissalar va hikoyalar;
  • Valentin Pikul. “So‘z va ish” (“Slovo i delo”), “Boyazid qal’asi” (“Bayazet”) romanlari hamda “Favorit” turkumiga kiruvchi asarlar;
  • “Hikmatlar”.

Кто-то пишет комментарии.
Asosiy yangiliklar
Kecha, 23:58
Kecha, 23:12
Bugun, 11:07
Ko‘proq yangiliklarni yuklash

  • Daryo
    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma’lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube
    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Islom karimov kitobi

    “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlangan yangi kitobi nashr etildi. Kitobdan Yurtboshimizning mamlakatimiz mustaqilligi arafasida va mustaqillikning dastlabki davrida (1989-1991 yillarda) olib borgan ma’ruza va nutqlar, suhbat, maqola va intervyular o‘rin olgan.

    Kitob shaklida ilk bor chop etilayotgan bu chiqishlarning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlanishi albatta bejiz emas. Bu kitob yaqin o‘tmishimizning murakkab tarixiy-siyosiy bosqichlarini, jumladan, tasavvur qilish ham qiyin bo‘lgan g‘oyat og‘ir va tahlikali bir vaziyatda O‘zbekiston rahbari sifatida ish boshlagan Islom Karimovning o‘lkamizni chuqur inqirozdan olib chiqish, uni qat’iyat va matonat bilan istiqlol sari boshlash, Vatanimiz mustaqilligini e’lon qilish, umumxalq saylovida g‘olib chiqib, Prezidentlik qasamyodini qabul qilishigacha bo‘lgan, tinimsiz kurashlar, keskin sinov va mashaqqatlar bilan o‘tgan faoliyat davrini o‘z ichiga oladi.

    Kitobga kiritilgan nutq va ma’ruzalarda o‘sha davrdagi o‘ta dramatik voqealar, tarixiy o‘zgarishlar qanday murakkab vaziyatlarda yuz bergani, ularning tafsiloti, sabab va oqibatlariatroflichayoritibberiladi.

    Ma’lumki, 1989 yilning o‘rtalarida KPSS Markaziy Komiteti, sovet hukumati tomonidan O‘zbekistonga nisbatan qatag‘on siyosati yangi bosqichda davom ettirilib, “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deb nom olgan siyosiy kampaniyalar avj olgan edi. Kommunistik partiyaning bosh nashri bo‘lgan “Pravda” gazetasining “Oltin xazinasi ustidagi ilon” deb nom olgan maqolasida, boshqa yetakchi markaziy nashrlarda xalqimiz boshiga tinimsiz tuhmat va bo‘htonlar yog‘dirilmoqda edi. Sobiq Markazdan yuborilgan, el-yurtimiz o‘rtasida “desantchilar” deb nom olgan guruhlar tomonidan qancha-qancha begunoh insonlar, butun-butun oilalar tazyiq va ta’qiblarga uchraganini jamoatchiligimiz yaxshi eslaydi.

    Ana shunday og‘ir bir sharoitda Yurtboshimiz tomonidan xalqimiz qalbidagi asriy orzu – istiqlol g‘oyasi ulkan jasorat bilan ilgari surilib, uni amalga oshirish uchun tarixiy qadamlar qo‘yilgani kitobning asosiy mavzusini tashkil etadi. Agarki bu kitobning ma’no-mazmunini bir so‘z bilan ifoda etadigan bo‘lsak, Vatanimiz mustaqilligi, ta’bir joiz bo‘lsa, yangi hayot, yangi jamiyat binosi uchun zamin bo‘lgan hal qiluvchi dasturiy maqsad va g‘oyalarni Islom Karimov o‘sha dolg‘ali yillardayoq, uzoqni ko‘rgan holda, o‘ziga nechog‘lik aniq-ravshan tasavvur etgani mazkur to‘plamning har bir sahifasidan bamisoli “qizil ip” bo‘lib o‘tishini ta’kidlash o‘rinlidir.

    Shu davr mobaynida o‘lkamizda ro‘y bergan Farg‘ona, Guliston, Bo‘ka, O‘sh, Namangan voqealari paytida, tarixda “GKCHP” deb nom olgan, SSSR davlatining so‘nggi kunlarida bir guruh imperiyaparast kuchlar tomonidan amalga oshirilgan siyosiy to‘ntarish chog‘ida va boshqa shu kabi o‘ta keskin vaziyatlarda Islom Karimovning yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lni topa olgani, xalqimizning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash uchun kechayu kunduz tinimsiz mashaqqatli faoliyat olib borganini tasdiqlaydigan tarixiy manbalar ham ushbu kitobda o‘z aksini topgan.

    Mamlakatimizni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni o‘nglash, xalq dardiga darmon bo‘lish, yillar davomida yechilmasdan kelgan muammolarni hal etish maqsadida aholiga uy-joy qurish uchun uchastka maydonlari va tomorqa yerlari ajratish, paxta yakkahokimligiga barham berish borasida davlatimiz rahbari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Ana shunday chora-tadbirlar tufayli respublika bo‘yicha 700 mingta oilaga yer berilgani, muallif ta’biri bilan aytganda, kichikroq bir davlatning aholisiga teng bo‘lgan 1,5 million yangi oila paydo bo‘lgani, qurilish materiallari ishlab chiqarish, odamlarga kredit berish, o‘z xo‘jaligini yuritish uchun urug‘lik, chorva mollari va parranda ajratishga qaratilgan ulkan ishlar haqida ma’lumot beradigan chiqishlar ham shu to‘plamdan o‘rin olgan.

    Bugungi kunda dunyoda “o‘zbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yo‘limizning asosiy prinsiplarining dastlabki kurtaklari sokin kabinetlarda emas, aksincha, o‘sha yillarda keskin siyosiy kurashlar, bahs va tortishuvlar jarayonida tug‘ilib, 90-yillarga kelib yaxlit ta’limotga aylangani haqida ushbu kitobdagi chiqishlar orqali har tomonlama tasavvurga ega bo‘lish mumkin.

    Mustaqillik g‘oyalari keng qanot yoza boshlagan, xalqimiz ozodlik va erkinlikka intilgan bir paytda yurtimizning dadil qadamlarini ko‘rolmaydigan g‘arazli kuchlar sobiq Markazda ham, o‘zimizda ham topiladi. Bunday siyosiy o‘yin va fitnalarga bir misol sifatida 1991 yil 17-19 avgust kunlari – Islom Karimov Hindiston Respublikasida rasmiy safarda bo‘lgan paytda yuz bergan voqealarni keltirish mumkin. Mamlakat rahbarining O‘zbekistonda emasligidan foydalanib, yurtimizdagi ayrim rahbarlar GKCHPning noqonuniy qarorlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shu tariqa o‘zining siyosiy va ma’naviy qiyofasini ko‘rsatadi. Faqatgina Yurtboshimizning mustahkam irodasi, oqilona va vazmin siyosati tufayli GKCHP tarafdori bo‘lgan siyosiy avantyuristlar o‘z qabih niyatiga yetolmagani ham kitobdagi chiqishlarda ifodasini topgan.

    Afsuski, bugun vaqt o‘tishi bilan ana shu voqealarni ko‘rgan-bilgan, ularga bevosita guvoh bo‘lgan odamlarning soni tobora kamayib bormoqda. Yaqin tariximizning mash’um bir davrida sodir bo‘lgan bu voqealarni bilmasdan, ularning mohiyatini chuqur anglamasdan turib el-yurtimizning istiqlolga erishish yo‘lidagi kurashlar tarixini barcha murakkabliklari bilan to‘liq tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur kitobdan o‘rin olgan tarixiy hujjatlar, nutq va ma’ruzalarning bugungi va ertangi kunimiz uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega ekani yanada yaqqol ayon bo‘ladi.
    Muxtasar aytganda, to‘plamga kiritilgan har bir chiqishni mutolaa qilish jarayonida biz yangi tariximizning o‘zimiz bilmagan, anglamagan yana ko‘plab qirralarini yangitdan kashf etamiz, istiqlol mohiyatini, “tarixiy burilish pallasida xalq dardi, millat qayg‘usi buyuk shaxslarni yaratishi”ni yanada chuqurroq anglaymiz.
    Shu ma’noda, Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga qo‘shilgan bebaho hissa bo‘lib, mamlakatimizning istiqlol tarixini o‘rganish va anglashda beqiyos tarixiy ahamiyat kasb etadi