Press "Enter" to skip to content

Onlayn oʻquv-axborot majmuasi

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo’shish

Chinor

“Chinor” romani yozuvchi Asqad Muxtor tomonidan 1969-yilda yozilgan. So’ngra “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan. “Chinor” romanida XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan.

1 O’qimoqchi
0 o’qiyapti

  • Annotatsiya
  • Qisqa ma`lumot
  • Taqrizlar (0)
  • Iqtiboslar (0)

Chinor mangulik ramzi, xalqimiz ramzidir.Oila boshi Ochil buva safari bilan shartli ravishda o’zaro bog’langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy-estetik fikrni oldingi suradi. Romandagi bosh qahramon Akbarali G`oziyev bo’lib, u juda mehnatkash, kamgap, novcha yigit

Kitob nomi: Chinor
Kitobning asl nomi: Chinor
Nashr qilingan til: O’zbek
Kitobning asl tili: O’zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-6034-3-1
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: Ilm-Ziyo-Zakovat
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 12 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo’shish

Onlayn oʻquv-axborot majmuasi

“Chinor” romani o`zbek xalq yozuvchisi Asqad Muxtor (1920-1996) tomonidan 1969-yilda yozilgan va “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan bo`lib, u insonlar boshiga tushgan fojealar haqida real tarzda hikoya qiladi. Asqad Muxtor bu romanni yozishda hikoyani faqat yaxshilik bilan tugatishga urinmagan, balki hayotning real qiyinchiliklarini va u insonni qay ahvolga solib qo`yishi mumkinligini ko`rsatib bergan. Romanda XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan.

Romanda bosh qahramon Akbarali G`oziyev – mehnatkash, kamgap, novcha yigit bir kuni urushda halok bo`lgan otasining do`sti Bektemir bilan tanishib qoladi. Bektemir unga boshidan o`tgan qiyinchiliklarni so`zlab beradi va undan yordam so`rab kelganini aytadi. Akbarali uni o`zi ishlaydigan konga olib boradi. Ular yo`lda miriqib gaplashib, konni o`rganib chiqishadi. Ammo, o`sha paytda mudhish bir fojia yuz beradi. Konning qulashi oqibatida Bektemir halok bo`ladi, Akbarali esa qochib qolishga ulguradi. Ammo, Akbarali bir zum o`zini yo`qotib qo`yib, noto`g`ri qaror qabul qilgani uchun Bektemirning o`limida o`zini ayblaydi. Akbarali uzoq yillar davomida vijdon azobida qiynaladi va turli ayanchli holatlarni boshidan o`tkazadi. Bir lahzalik, bor yo`g`i bir lahzalik vaqtni deb u azoblanadi.

Romanning “Chinor” deb atalishi ham, romanda bir mudhish vaziyatni deb boshqa azob-uqubatlar chinor daraxti shoxlari kabi kurtak otib ketganligidadir. Bu fojialar shajarasi azim bir chinor daraxtini hosil qiladi. Taniqli yozuvchining bu romanidan biz hayotda o`z rizqini topish uchun faqatgina halol mehnat va to`g`ri hayot kechirishning o`zi ham yetmasligi mumkinligini anglashimiz mumkin. Biz yana hayotning turli xil egri sinov va qiyinchiliklariga bardoshli bo`lishimiz kerak bo`ladi. Men bu romanni barcha 12 yoshdan katta kitobxonlarga tavsiya qilgan bo`lardim. Chunki bu roman hayotdan to`g`ri xulosa chiqarish va vaqtning qadriga yetishga undaydi. Taniqli shoir G`afur G`ulom aytganidek, ba’zida bir lahzalik muddat ming bir yulduzning so`nishiga yetadi. Bu yerda ham bir lahzalik vaqt hammasini hal qiladi.

Men yana o`zim o`qigan “Ufq” romanini ham o`qishni tavsiya qilaman. Said Ahmadning bu romanidan ham hayotiy xulosalarni chiqarib olish mumkin.

Chinor romani elektron kitob

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Chinor

Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Elektron kitob:

Mavjud emas.
Buyurtma uchun: (90) 959-25-26

Qog’ozli kitob
Сотувчи – G‘afur G‘ulom
Дўкон тел.: +998909769988

Do‘stlarizga tavsiya eting

  • Annotatsiya
  • Fikr va mulohazalar

«Чинор» асари бир ўзбек оиласи ҳақида. Бу оила катта, қадимий, маданий, меҳнаткаш ва шу маънода «тагли-зотли». Унинг ҳар бир аъзоси халқ ҳаётида маълум бир масъулиятли юкни ўз зиммасига олган. Жонажон тупроққа чуқур томир ёйган, бакувват ва қадимий Чинор мангулик рамзи, халқимиз рамзидир.

Оила боши Очил бува сафари билан шартли равишда ўзаро боғланган қиссаларнинг ҳар бири мустақил ахлоқий-эстетик фикрни олдинга суради. Ҳикоятлар ва ривоятлар эса бу фикрларни қувватлаб, янада мустаҳкамлайди.