Press "Enter" to skip to content

O‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish –yasashga o‘rgatishning vazifalari

Тushuntirish qisqa va aniq bo‘lishi kerak. Tarbiyachining aniq, tushunarli qilib tushuntirishi uchun bolalar vazifani to‘liq bajarishlari lozim. Qog‘ozdan uycha yasash davomida, tarbiyachi bolalarga tayyor uychani ko‘rsatadi (qalin qog‘oz 2 ga buklangan, ustida esa trubali tom) va u nimadan qilinganini so‘raydi. (qog‘ozdan–uy, rangli qog‘ozdan esa tomi, poloskadan truba, deraza, eshiklar va hokazo). Oldingi tajribalarga tayangan holda, tarbiyachi bolalar bilan birga uychani ketma- ketlik asosida qurishni davom etadi. Qachonki bolalarga murakkab konstruksiya berilsa, ularni tajribalarini hisobga olgan holda tarbiyachi bajarish usulini to‘laligicha ko‘rsatib, tushuntirib beradi. Agar yasaladigan narsa sodda bo‘lsa, bolalar o‘zlari mustaqil bajarishlari mumkin, lekin tarbiyachi namunani bolalarga ko‘rsatadi. Masalan, yozuv kitobchalari yasash mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga bir necha xil applikatsiya bilan bezatilgan yozuv kitobchalarini namoyish qiladi va bolalardan mustaqil bajarib, so‘ng uni bezashni iltimos qiladi. Yilni oxirida bolalarda qog‘oz bilan ishlash tajribasi ortganligi uchun tarbiyachi bolani xohishlari bo‘yicha qurish-yasash mashg‘uloti o‘tkazadi. Tarbiyachi bu mashg‘ulotdan 1-2 kun oldin bolalarni qog‘ozdan yasalgan narsalarni ko‘rgazma qilib, bolalarga ularni qanday yasalganligini eslatib qo‘yadi. Mashg‘ulot davomida tarbiyachi bolalar ishiga rahbarlik qilib tekshirib boradi. Tayyor bo‘lgan narsalarni tahlil qilganda tarbiyachi asosiy e’tiborni to‘g‘ri va ozoda bajarilgan ishlarga qaratadi.

Qog’ozdan buklash yo’li bilan o’yinchoq yasash (“Origami usuli”).

Qog’ozdan buklash yo’li bilan o’yinchoq yasash (“Origami usuli”).

Qog‘oz va karton bilan ishlash.Qog‘oz va karton rangi shakli, o‘lchami, tekis yoki g‘adir-budirligiga qarab maqsadli malakalarni o‘stirib borish kerak. O‘yinchoklar turli esdaliklar, ko‘ylak uchun bezaklar tayyorlash‚ unda rang va shakllarni uyg‘unlashtirish xaqidagi tushunchalar kengaytirib boriladi. Qog‘oz va karton bilan ishlaganda andoza, kaychi, yelimdan to‘g‘ri foydalanish, malakalarni mustahkamlash kerak. Qog‘ozni qo‘l bilan yirtish, turli shakllar yasashni o‘rgatish lozim. Zar qog‘ozdan har xil munchoklar, stol teatri uchun personajlar, o‘rdakcha, xo‘roz, chiburashka qo‘g‘irchoklarning ko‘ylagini gul va naqsh bezaklar bilan bezash, kompozitsiya tuzish, mebellar‚ qutichalar yasash o‘rgatiladi. Undan

Qadimgi Misr davlatlaridayok hosh yozish uchun varaklar tayyorlashgan. Papirusning ichki qismlari yupqa plastinkalarda kesiladi, ishqallanadi, shu bilan bir vaqtda ularni suv bilan ho‘llab, bolg‘acha bilan urib turiladi, chyotka tagiga qo‘yiladi, keyin quyoshda quritiladi, hosil bo‘lgan varaqalarni yopishtirib, o‘ramlarga bog‘lanadi. Xozirgi kunlarda qog‘oz tayyorlash usuli xitoylardan o‘zlashtirilgan. Maydalangan o‘simlikpaxta, bambuk, somondan quyuq massa qaynatilgan, unga har turli kleylar qo‘shilgan. Keyin uni taxtakachlab qog‘oz varaqlari tayyorlangan. Xitoydagi qog‘oz tayyorlash san’ati keyinchalik Yaponiya va boshqa davlatlarga o‘tgan.

XII- asrda kelib ko‘chiruvchilar orqali qog‘oz Yevropaga yetib keladi. XVasrda tipografiya kashf yetilishi bilan qog‘oz tayyorlash va uni amalda qo‘llashda oldinga qadam qo‘yildi. XIX asrda turli shakl va sifatli qog‘oz tayyorlashda hamma mexanik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar yaratiladi. Xozirgi qog‘ozni sellyulloza, ignabargli daraxtlardan va bir yillik o‘simliklardan tayyorlanadi. Qog’ozdan buklash yo’li bilan o’yinchoq yasash (“Origami usuli”).

Qog‘oz bu biz har birimiz kunda to‘qnashib turadigan, eng kerakli va qiziqarli materiallardan biridir. Biz kunda kitob va gazetalarni o‘qiymiz, ko‘chalarda yorkin plakatlar, konsertlarda, vistavkalarga bizni taklif qilayotgan afishalarni uchratishimiz mumkin. Agar diqqat bilan atrofga nazar tashlasak, qog‘ozning har xil buyumlar yasash uchun ham ishlatilganini ko‘ramiz.

Qog‘oz bilan ishlash uchun qaychi bilan kley kerak‚ xolos. Qog‘oz berilgan shaklni saqlab turish, o‘yinchoqlar yasash uchungina emas, boshqa kundalik xayotimizda kerak bo‘ladigan buyumlar yasash imkonini beradi. Biz bolaligimizda qog‘ozni kashf etganmiz, uning xayratlanarli xususiyatlaridan zavqlanganmiz. Mohir qo‘llarda oddiy daftar varag‘i gulga, likopchaga, suvda suzadigan qayiqchaga aylanadi. Oxirgi paytlarda qog‘oz mutaxassislarni o‘zining dekorativ hususiyatlari bilan diqqatni jalb qilmoqda. Uning rangi, turli xususiyatlari xar xil dekorativ ishlarda katta ahamiyatga ega, ayniksa, mozaikada. Pedagoglarning hisoblashicha, qog‘oz qanchalik xilma xil va rang-barang bo‘lsa, shunchalik u bilan ishlash qiziqarliroqdir.Qog’ozdan buklash yo’li bilan o’yinchoq yasash (“Origami usuli”).

Ishning asosiy usullari.

Buklash, g‘ijimlash,qayirish va to‘g‘rilash, qirqish va yirtish, hajmli modellar, kub, silindr, konus.

Qog‘oz turlari

Papirus qog‘ozi. Papirus qog‘ozi archa o‘yinchoklarini bezashda gul va boshqa dekarativ buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.

Foto qog‘oz. Foto qog‘oz nurga sezuvchan qog‘oz‚ u fotografiyalarda ishlatiladigan qog‘oz tayyorlashda negiz bo‘lib hizmat qiladi.

Ba’zi al’bomlarda, bloknotlarda, papkalarda foto qog‘oz rasm qog‘ozining rolini o‘ynaydi. Nur tushirilgan qog‘ozni mayda ko‘rgazmalar yasash uchun ishlatish mumkin.

Gazeta qog‘ozi. Bu qog‘oz qisqa vaqt foydalaniladigan ko‘rgazmalar uchun moslangan. U oqlanmagan sellyuloza (25%) va yog‘och massasi (75%) dan tayyorlanadi, og‘irligi – 15 gm.

Kitob va jurnal qog‘ozlari. Bosmaxona qog‘ozi kitob va jurnallar nashr etish uchun ishlatiladi. Notalar uchun qog‘oz, tipografiya qog‘ozi illyustratsiyalar uchun, ofset nashriyoti uchun, estalik qog‘ozi – metal gravyuralarni tushirilish uchun ishlatiladi.

Kartografiya qog‘ozi. Bu qog‘oz kartalar tushirish uchun mo‘ljallangan sellyuloza va yog‘och tolasidan ishlanadi. U uch turda ishlab chiqariladi: geografiya, gidrografiya va bosmaxona kartalari uchun.

Muqovalar uchun qog‘oz kitob, jurnal, papkalar uchun muqovalar tayyorlash uchun ishlatiladi, shuningdek, jadvallar, qutichalar va applikatsiya ishlari uchun ham yaroqlidir.

Albom qog‘ozi. Albom qog‘ozi deb, zich, qalin muqovalari uchun uncha og‘ir bo‘lmagan (45 dan 80 gr gacha) qog‘oz tushuniladi.

Xatlar yozish uchun qog‘oz. Jadval, kartochkalar, qutichalarni ichidan yopishtirish uchun, quritilgan o‘simliklarni yopishtirish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.

Rasm-chizmachilik qog‘ozi. Jadvallar, kartochkalar, loto, suratlar, geometrik shakllar va boshqa hajmli va tekis buyumlar uchun, karnaval niqoblari, turli maketlar yasash uchun yaroqli.

Kalka qog‘ozi. Bu shaffofrang bilan ishlov berilgan va og‘irligi 40-50 gr bo‘lgan qog‘oz. Uni archani bezatish uchun fonarchalar, sahnani bezatishda, soya teatrida ekran sifatida ishlatish mumkin.

Millimetrli qog‘oz. Og‘irligi 70, 80, 90, 120 va 130gr, sariq, yashil va havo rang qog‘ozdir. Millimetrli qog‘oz jadvallar yopishtirish uchun, tasvirli masshtabini o‘zgartirib nusxa ko‘chirish uchun ishlatish mumkin.

Qog’ozdan buklash yo’li bilan o’yinchoq yasash (“Origami usuli”).

Muallif: Xasanova Sh.T.

O‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish –yasashga o‘rgatishning vazifalari

Bolalarni yangi qurilish materiali–qog‘oz bilan, uning xususiyati bilan tanishtiriladi. O‘rta guruh tarbiyalanuvchilari tabiat materiali bo‘lgan – shox, barg, ildiz, turli yong‘oqlar, ularni po‘stlaridan narsa yasashga o‘rgatib boriladi. Tarbiyachi bolalarga tabiiy materialning borligi va uni turli xil narsalarni yasashda kerakligini yoritib beradi. Bolalarda umumiy ko‘nikma va malakalar shakllanib boradi, ya’ni predmetlarni tekshirish, ketma-ketlikka asoslanib ishlash, boshlagan ishni ohirigacha bajarish, hamda qo‘llarni aniq harakatlanish va hokazolar.

Dastlabki mashg‘ulotda tarbiyachi bolalarga bir necha predmetlarni, qog‘ozdan yasalgan o‘yinchoqlarni ko‘rsatib uni buklab, yopishtirish orqali archani yasatish uchun, o‘yin va sovg‘alar uchun turli xil qiziqarli o‘yinchoqlar yasash mumkinligi haqida gapirib beradi. Birinchi mashg‘ulotdayok bolalar tarbiyachini ko‘rsatmasi va tushuntirishi asosida qog‘ozni teng ikkiga buklashni o‘rganadilar. Keyingi mashg‘ulotlarda archa uchun o‘yinchoq, sovg‘a yasalgan paytlarda bu ko‘nikma mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlarda uycha, avtobus, yuk mashinasini yasatganlarida bolalar tayyor elementlardan o‘yinchoq yasash, asosiy qismga alohida qismlarni yopishtirishni ham o‘rganadilar. Masalan: uychaga–eshik, derazani; avtobusga–oyna, g‘ildirak yopishtiradilar. Topshiriqni bunday turini bajarish faqat texnik malakalarni shakllantirib qolmay, balki bolalarni aqliy faoliyatini, mustaqil ishini ham rivojlantiradi. O‘yinchoqni yasashdan avval bolalar qaysi qismni bir biri bilan birlashtirishni, qaysi qismni yopishtirish kerakligini o‘ylaydi. Yoz paytida bolalar tabiiy materiallardan foydalana boshlaydilar. Аввало tarbiyachi bolalarni shu material bilan oldindan yasalgan sodda qurilmalar bilan tanishtirib, alohida predmetlarni, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik, undan qanday foydalanish kerakligini tushuntiradi. Tabiiy material, qog‘ozdan qurishyasash mashg‘uloti, qurilish materiali bilan qurish-yasash mashg‘uloti almashinib turadi. O‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish –yasashga o‘rgatishning metod va usullari. O‘rgatishning asosiy usuli – namunani ko‘rsatish va tushuntirishdir.

Тushuntirish qisqa va aniq bo‘lishi kerak. Tarbiyachining aniq, tushunarli qilib tushuntirishi uchun bolalar vazifani to‘liq bajarishlari lozim. Qog‘ozdan uycha yasash davomida, tarbiyachi bolalarga tayyor uychani ko‘rsatadi (qalin qog‘oz 2 ga buklangan, ustida esa trubali tom) va u nimadan qilinganini so‘raydi. (qog‘ozdan–uy, rangli qog‘ozdan esa tomi, poloskadan truba, deraza, eshiklar va hokazo). Oldingi tajribalarga tayangan holda, tarbiyachi bolalar bilan birga uychani ketma- ketlik asosida qurishni davom etadi. Qachonki bolalarga murakkab konstruksiya berilsa, ularni tajribalarini hisobga olgan holda tarbiyachi bajarish usulini to‘laligicha ko‘rsatib, tushuntirib beradi. Agar yasaladigan narsa sodda bo‘lsa, bolalar o‘zlari mustaqil bajarishlari mumkin, lekin tarbiyachi namunani bolalarga ko‘rsatadi. Masalan, yozuv kitobchalari yasash mashg‘ulotida tarbiyachi bolalarga bir necha xil applikatsiya bilan bezatilgan yozuv kitobchalarini namoyish qiladi va bolalardan mustaqil bajarib, so‘ng uni bezashni iltimos qiladi. Yilni oxirida bolalarda qog‘oz bilan ishlash tajribasi ortganligi uchun tarbiyachi bolani xohishlari bo‘yicha qurish-yasash mashg‘uloti o‘tkazadi. Tarbiyachi bu mashg‘ulotdan 1-2 kun oldin bolalarni qog‘ozdan yasalgan narsalarni ko‘rgazma qilib, bolalarga ularni qanday yasalganligini eslatib qo‘yadi. Mashg‘ulot davomida tarbiyachi bolalar ishiga rahbarlik qilib tekshirib boradi. Tayyor bo‘lgan narsalarni tahlil qilganda tarbiyachi asosiy e’tiborni to‘g‘ri va ozoda bajarilgan ishlarga qaratadi.

Таbiiy materialdan narsa yasashga o‘rgatish yilning ohirida boshlanadi. Masalan: yong‘oq po‘stidan tipratikan yasashga o‘rgatishdan oldin tarbiyachi bolalarga tipratikanni o‘zini ko‘rsatadi. Yoki uning rasmini ko‘rsatadi, uni tanasi igna bilan qoplanganligini, oyoqlari kaltaligini tushuntiradi. Keyin mashg‘ulotda tayyor o‘yinchoq bilan rostakam tirik tipratikanni solishtiradi, so‘ng uni qanday yasashni bir bir ko‘rsatadi. Uning tanasi yong‘oq po‘stidan, ignalari, yuzi plastilindan yasaladi. Avval yong‘oq ustiga plastilin surtiladi, yuz tuzilishi va ignalarini yasaydi. Mashg‘ulot davomida bolalarga maslaxat berib yordamlashadi. Bolalarning barcha yasagan narsalari ma’lum bir maqsad uchun ishlatiladi. Albomlar–rasm uchun, yuk mashinasi. Uychalar–o‘yinlar uchun. Shunda bolalarda qiziqish uyg‘onadi, shuning uchun narsalarni qiziqib chiroyli toza bajaradilar. Qurish-yasash uchun kerak bo‘lgan materialni tayyorlash tarbiyachidan ko‘p vaqtni talab etadi.

Qurilish materiallari bilan turli xil predmetlarning turlicha timsollarini yaratish kabi ijodiy bolalarda shakllantirish amalga oshiriladi. Katta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish –yasashga o‘rgatishning vazifalari.

Bоlalarga qog‘ozni teng buklash, to‘rt buklash, buklangan joyni tekislash malakalari o‘rgatib boriladi. Qog‘ozni 16 kvadratlarga buklash, burchak va tomonlarini aniq joylashtirish, doirani diametri bo‘ylab buklash va konus hosil qilib yopishtirishni o‘rgatiladi. Masalan: qog‘oz silindirni birlashtirib turli, murakkab bo‘lmagan kompozitsiyalarni yasaydilar. Yana bolalar gugurt qutisini bir-biriga yopishtirib narsalar yasashni ham o‘rganadilar. Tabiiy materiallardan archa shishkasi, gulning urug‘lari, o‘tlar, yong‘oqdan turli narsalar yasab, ularni yelim, gugurt bilan birlashtirishni, to‘g‘ri foydalanish kabi malakalarni egallab boradilar. Bolalar o‘z faoliyatlarini rejalashtirish va shuni mustaqil bajarishni ham o‘rganadilar.

Dastlabki mashg‘ulotlarda o‘tgan materiallar takrorlanadi, natijada bolalar qog‘ozni teng buklash, tomonlarini qo‘l bilan tekislash malakasi yanada mustahkamlanadi. Bolalar bu amallarni qanday bajarishni esga oladilar.

Birinchi mashg‘ulotda qog‘ozdan savatcha yasaydilar. Tayyor namunani kuzatib bo‘lgach, tarbiyachi kvadrat qog‘ozni qanday buklab qirqish, qanday yopishtirishni ko‘rsatadi. Savatchani bandini qanday yopishtirishni esa, bolalar o‘zlari o‘ylab topadilar. Ikkinchi mashg‘ulotda esa kvadratni diagonal bo‘yicha buklashni o‘rganadilar. Bunda kvadrat qog‘ozni 16 kvadratga buklash ko‘rsatilmaydi. Tarbiyachi tushuntirayotganda ikki tomoni qirqilgan, buklangan tayyor kvadratdan foydalaniladi. Bolalar oldingi mashg‘ulotdan olgan bilimlarini uycha qurish da qo‘llaydilar, o‘zlari qirqib yopishtiradilar.

Мashg‘ulotni boshida namunani kuzatayotganda tarbiyachi ishni qanday bajarishni bolalarga o‘rgatadi va yordam beradi. Qog‘ozdan narsa yasashni ma’lum bir vaqtdan so‘ng qaytarish mumkin, lekin bolalar o‘zlari mustaqil bajaradilar (ochiq quti). Tayyor shakllardan biror bir narsani yopishtirish orqali yasashni bolalar asta-sekin o‘rganadilar. Birinchi mashg‘ulotda tarbiyachi gugurt qutisidan qanday qilib avtobus yasashni ko‘rsatadi: qutini qanday qilib bir-biriga yopishtirish, g‘ildiraklarni qanday qilib birlashtirishni va hokazo. Bolalar topshiriqni ko‘rsatish va tushuntirish asosida bajaradilar. Ikkinchi mashg‘ulotda tarbiyachi bolalardan avtobusni qanday yasaganlarini eslatib, so‘ng tayyor yasalgan mebelni bir necha namunasini bolalarga namoyin qiladi. Bu qurilmalarni bolalar kuzatib bo‘lgach, uni qanday qilib bir- biriga yopishtirilganligini va boshqalarni ko‘radilar. Qurishlari kerak bo‘lgan predmet uchun kerakli materiallar tanlaydilar. Bu mashg‘ulotlarda hosil bo‘lgan malakalarni tarbiyachi bolalarni o‘ylaganlari bo‘yicha narsa qurish mashg‘ulotlarda mustahkamlayi. Bunda bolalar o‘zlari qaysi materialdan nima yasashlarini, qanday qilib yasashlarini mustaqil bajaradilar. Lekin keyingi mashg‘ulotlarda mavzu ancha murakkablashadi; ya’ni quti, karton, qog‘ozdan yuk mashina, kema yasash va hokazo. Bu paytda tarbiyachi yana bolalar bilan birgalikda ish olib boradi, ya’ni o‘zi ko‘rsatib, tushuntirib beradi. Ish faoliyatini bunday olib borilishi bolalarni keyingi ijodiy faoliyatida katta ahamiyatga ega.

Bolalarga doirani diametr bo‘ylab buklash, konusni yopishtirish, kontur bo‘ylab qirqishdan avval, tarbiyachi parashyut, uzun ko‘ylak kiygan qizcha, o‘yinga tushayotgan qizchani yasashni o‘rgatadi. Shunday qilib topshiriq murakkablashib boradi: bolalar tayyor yarim doiradan qirqishni o‘rganadilar. Bu jarayonni tarbiyachi tushuntiradi, qolganini esa bolalar bajaradi. Yil oxirida bolalar o‘z bilimlarini tekshiradilar. Kvadratni diagonal bo‘ylab buklash tomonlari, burchaklarni to‘g‘ri birlashtirish, qayiq, o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarda o‘rganadilar. Mashg‘ulotlarda bolalar tayyor murakkab bo‘lmagan andoza bo‘yicha ishlashni ham o‘rganadilar. Shunday qilib bolalar silindrni turli konstruksiyalarga birlashtirishni egallaydilar. Ularda fikrlash, ijodiyot, fantaziya rivojlanib boradi. Boshqa materiallardan narsa yasashga o‘rgatishdan oldin tarbiyachi materialni xususiyati bilan tanishtiradi, bolalarga shu materialni ushlab, uni qanday ekanligini so‘raydi, porolon-yumshoq, yengil, uni ezsa yana o‘z holatiga qayta oladi. Porolondan bolalar qorbobo, nayzali gul, quyoncha, jo‘ja va hokazolar yasaydilar. Narsa yasashni tushuntirayotganda tarbiyachi asosiy diqqatni alohida predmetlarni qanday birlashtirishga qaratadi, mashg‘ulot davomida eslatib o‘tadi. Yangi yil bayramida bolalar archa o‘o‘yin choklarni yasaydilar: qog‘ozni qat-qat qilib (gormoshka) buklab undan (turli) simmetrik shakllar qirqadilar. Bolalar o‘z o‘ylaganlari bo‘yicha qog‘oz, karton, boshqa materialdan narsa yasayotganida avval olgan bilimlarini ishlarida qo‘llaydilar. Katta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish –yasashga o‘rgatishning metod va usullari.

Bolalarga qog‘oz va boshqa materialdan narsa yasashga o‘rgatishda tarbiyachi narsalarni ketma-ket ko‘rsatish, tayyor namunani kuzatish, bolalar bilimini tekshirish uchun savollar berish, bajarish usulini ko‘rsatishdan keng foydalanadi. Metodni tanlash va uni amalda qo‘llash o‘rgatishning vazifasiga bog‘lik. Silindrdan narsa yasashga tarbiyachi silindrni qanday yasashni tushuntrmaydi, chunki bu shakl bolalarga tanish. Bu o‘yinchoq qanday qismlardan qilingan? Chiziqchani qanday qilib silindrga aylantirish mumkin? kabi shunga o‘xshash savollar beriladi. Bunday savollar bolalarga ish faoliyatini qanday borishini eslatadi, qismlarni birma-bir birlashtirish kerakligini tushuntiradi. Boshqa mashg‘ulotda tarbiyachi tayyor namunani kuzatib bo‘lgach, kvadrat qog‘ozni ikkiga buklash, doirani teng ikkiga buklashga taklif etadi. Bolalar kema hosil qilish uchun, nima qilish kerakligini aytib beradilar. Agar ular javob berishda qiynalsalar yoki noto‘g‘ri javob bersalar, tarbiyachi to‘g‘rilab aytib beradi. Bolalar diqqatini yangi yasaladigan narsaga qaratish uchun tarbiyachi mashg‘ulotga 1-2 kun qolganda qo‘l ishlari burchagida namunalar ko‘rgazmasini tashkil qiladi. Masalan: kichik kompozitsiyalar tashkil qiladi, silindrdan 2 xil figura-tulki va quyon, 2 ayiqcha, yoki turli o‘yinchoqlar namoyish qiladi. Tarbiyachi bu o‘yinchoqlarni ko‘rsatmayotganda bolalar diqqatini ularni bir-biriga qanday birlashtirilganligiga qaratadi. Mashg‘ulotda tarbiyachi ba’zan yangi usulni individual tarzda ko‘rsatib beradi. Bolalar paralondan doiracha hosil qilishni o‘rganganlaridan so‘ng tarbiyachi hamma bolalarga doirachani sim bilan birlashtirishni ko‘rsatadi. Bolalar o‘z ishlarini bajarayotganlarida tarbiyachi qiynalgan bolalarga yordam beradi. Tarbiyachi mashg‘ulot paytida bolalarga avvaldan bu o‘yinchoqlar, narsalarni nima uchun yasashlarini, nima uchun kerakligini aytib o‘tadi (o‘yin uchun, kichkintoylarga sovg‘a uchun archani bezatish uchun va hokazo). Qurish yasash mashg‘ulotlarini tarbiyachi turli qurilish materiallardan foydalanilgan holda olib borishi lozim.