Press "Enter" to skip to content

Kitobga muhabbat

“Milliy tiklanish” partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratov ham yosh avlodni kitobga muhabbat ruhida tarbiyalashni qo‘llab-quvvatlashini belgilab olgan. Buning uchun u O‘zbekiston xalqining tarixi, ma’naviy-madaniy merosiga doir adabiyotlarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan mualliflar, bosmaxonalar, nashriyotlarni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish, ularga soliq va boshqa to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berishni taklif qilmoqda.

Kitobga muhabbat

So‘nggi yillarda bolalar va yoshlarning kitobga kiziqishi kamayib ketgani to‘g‘risida gap-so‘zlar tez-tez quloqqa chalinadigan bo‘lib qoldi. Axborot texnologiyalarining keng tarqalishi hamda axborot olish va ko‘ngil yozish uchun yangidan-yangi vositalarning paydo bo‘lishi natijasida ko‘plab ota-onalar farzandini kitob mutolaasiga jalb etishga qiynalmoqda. Mazkur masala O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar saylovoldi dasturidan ham o‘rin oldi.

“Yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, aholining kitobxonlik ko‘nikmasini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratamiz”, — deyiladi O‘zLiDePdan nomzod Shavkat Mirziyoyev dasturida. Bundan tashqari, u “milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini Internet tarmoqlariga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilish ishlariga” ham urg‘u qaratgan.

“Milliy tiklanish” partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratov ham yosh avlodni kitobga muhabbat ruhida tarbiyalashni qo‘llab-quvvatlashini belgilab olgan. Buning uchun u O‘zbekiston xalqining tarixi, ma’naviy-madaniy merosiga doir adabiyotlarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan mualliflar, bosmaxonalar, nashriyotlarni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish, ularga soliq va boshqa to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berishni taklif qilmoqda.

“Gazeta.uz” o‘quvchilarning bu boradagi fikrini o‘rganishga qaror qildi: Siz yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi tushib ketgan deb hisoblaysizmi? Sizningcha yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini kuchaytirish uchun nima qilish kerak?

O‘z fikr-mulohazangizni quyida yozish yoki ushbu havola orqali maxsus so‘rovnomani to‘ldirishingizni so‘raymiz. Javoblaringiz O‘zbekiston hukumatida tashkil etilgan maxsus ishchi guruhiga o‘rganish uchun taqdim etiladi.

Kitobga muhabbat

Kitob – insoniyatning madaniy va ma’naviy merosidir. «O’qing va o’rganing. Jiddiy kitoblarni o’qing, qolganini hayotning o’zi beradi» degan edi Fedor Dostoyevskiy. Haqiqitdan ham bugun o’qilishi zarur bo’lgan kitoblarni soni talaygina. Ammo, birovni majburlab kitob o’qitib bo’lmaydi, inson erkin fikr yuritishi, eng ezgu tuyg‘ularni qalbiga olib kirish uchun ham muntazam kitob mutolaa qilish kerak.

Mamlakatimizda yosh avlod o’rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ta’lim muassasalarida badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlar bilan ta’minlash, yoshlarda kitobsevarlik ruhini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kuni kecha universitetimizda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda yoshlarimiz o’rtasida haqiqiy an’anaga aylanib ulgurgan «Zukko kitobxon» ko’rik tanlovining fakultetlararo universitet saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Fakultetlar ichidan saralanib olingan bilimli kitobxon yoshlar o’zaro jamoa bo’lib, birinchilik uchun astoydil kurash olib bordilar.

4 soat yaqin davom etgan qizg‘in va murosasiz o’tgan tanlovda barcha talabalar o’z bilimlarini namoyon etishga harakat qildilar. Yakuniy natijalarga ko’ra 3-o’rinni Fizika-matematika fakulteti jamoasi, 2-o’rinni esa chet tillar fakulteti qo’lga kiritgan bo’lsa, 1-faxrli o’rinni filologiya fakultetiga nasib etdi.

G’olib jamoalar ishtirokchilari diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar. Tabiiy fanlar va maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari ham ushbu tanlovda faol ishtirok etib, o’z bilimlarini namoyon qildilar. Shuningdek, maktabgacha ta’lim fakulteti talabasi To’xtasinova Farida hamda tabiiy fanlar fakulteti talabasi Akbarov Xusanboylarning ishtiroki hakamlar va ishtirokchilar tomonidan alohida e’tirof etilib, ular esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Albatta, bunday tanlovlar yoshlarni bilimini sinovdan o’tkazish bilan birgalikda, ularni kitobga bo’lgan mehrini oshiradi.