O‘zbekiston arboblari
The culture of communication in the novel “Last Days”
“O’tkan kunlar” romanida muomala madaniyati Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»
Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Karim Oripovich Ro’Ziyev
Ushbu maqola yoshlar ongida oila va jamiyatda o’zini tuta bilish, muomala madaniyati, odob-axloq qoidalariga amal qilishni o’rgatadi, kitobxonlikni ken targ’ib etishga xizmat qiladi
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Karim Oripovich Ro’Ziyev
ABDULLA QODIRIY IJODI VA MILLIY RUH
ABDULLA QODIRIYNING SO‘Z QO‘LLASH MAHORATI
“Mehrobdan chayon” romanida troplarning ishlatilishi
BADIIY NUTQDA “ISHLAMAYDIGAN” SO‘ZLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
Выражение национальных традиций в культуре Востока и Запада
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Текст научной работы на тему «“O’tkan kunlar” romanida muomala madaniyati»
”O’tkan kunlar” romanida muomala madaniyati
Karim Oripovich Ro’ziyev karimbek. 8 8 @mail .ru Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti
Annotatsiya: Ushbu maqola yoshlar ongida oila va jamiyatda o’zini tuta bilish, muomala madaniyati, odob-axloq qoidalariga amal qilishni o’rgatadi, kitobxonlikni ken targ’ib etishga xizmat qiladi
Kalit so’zlar: Abdulla Qodiriy, “O’tkan kunlar”, xon zamonlari, muomala, madaniyat, odob.
The culture of communication in the novel “Last Days”
Karim Oripovich Roziyev karimbek. 88@mail .ru Samarkand State Institute of Foreign Languages
Abstract: This article teaches young people to behave in the family and society, to follow the culture of behavior, the rules of etiquette, to promote reading.
Keywords: Abdullah Qadiri, “Last days”, khan’s times, manners, culture, etiquette.
Badiiy adabiyotning ishtimoiy-madaniy hayotda, kishilar o’rtasida o’zaro xushmuomalalik hamda iliq munosabatlarning shakllanishida tutgan o’rnini inkor eta olmaymiz, albatta. Ayniqsa, insonning kamol topishi, komillikka erishishi, kishilar o’rtasida ham ma’nan ham jismonan kamolotga erishishi badiiy adabiyot bilan bog’liqdir. Bejizga Prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyev 2017-yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risidagi” Qarorni imzolamadilar. Ushbu qarorda kitob mutolaasi yosh avlod tarbiyasida va ta’limida, nafaqat yosh avlod balki kattalar uchun ham muhim ekanligi bevosita o’z aksini topgan. Shu tufayli barchani kitob o’qishga jalb etish, madaniyatimizni, ma’naviyatimizni va tariximizni ko’rsatadigan badiiy asarlarni chop etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Vaqt o’tsada o’z muxlisini, kitobxonini, asosiysi, badiiy ahamiyatini yo’qotmagan asarlardan biri bu – Abdulla Qodiriyning “Otkan kunlar ” romanidir.
«O’tgan kunlar» ham mazmun, ham shakl, ham uslub jihatidan butun O’rta Osiyo хalqlari adabiyotida tom ma’noda novator bo’lib, katta ijtimoiy qiziqish uyg’otdi.
Mashhur sharqshunos E.YE.Bertels «O’tgan kunlar» munosabati bilan «Evropa romani, ingliz romani, rus romani bilan bir qatorda o’zbek romanining yaratilganligi» ni yozgan edi. Ulkan qozoq yozuvchisi, o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan namoyondasi Muхtor Avezov fikricha, «O’tgan kunlar» romani bilan Abdulla Qodiriy 20-yillarda «Sharqning eng ulkan yozuvchisi bo’lib qolgan edi».
Abdulla Qodiriy o’z davrining ilg’or bir ziyoli kishisi edi. U Vatan va millat taqdiri xususida ko’p va xo’p qayg’urdi. Zamona zayli, hodisalari adib qalbini iztirobga soldi. U o’z asarlari orqali xalqning milliy ongini uyg’otmoqchi, o’zligini anglatishga harakat qilmoqchi bo’ldi. Shu zaylda uning “O’tkan kunlar” asari vujudga keldi. “Moziyg’a qaytib ish ko’rish xayrlik”-deydilar. Shunga ko’ra mavzuni moziydan, yaqin kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo’lg’an keyingi “xon zamonlari”dan belguladim,”- deydi adib. [5]
Abdulla Qodiriy bu asarida nafaqat ikki inson sevgi taqdirini, balki xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolarni qalamga oladi. Biroq ular orasida yurt taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida e’tiborga olinadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hoji shu yurt istiqloli, farovonligi, osoyishtaligi, istiqboli yo’liga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir. Asarda o’zaro o’zbekona muomala, hurmat, mulohazakorlik kabi milliy insoniy tuyg’ular madh etiladi. Jumladan Otabek hujrasiga kishilar kirib kelgandagi odobini, muomala madaniyatini yozuvchi shunday tasvirlaydi:
Ular hujraga kelib kirdilar. Otabek kelgichilarni ulug’lab qarshiladi.
– Bizni kechirasiz, bek aka,-deb Rahmat uzr aytdi-vaqtsiz kelib sizni tinchsizladik.
Otabek ularga joy ko’rsatar ekan, yoqimliq bir vaziyatda:
– Tinchsizlamadingizlar, bil’aks, quvontirdingizlar, dedi. [7] Yoki Otabekning Hasali bilan munosabati:
– Ba’zi yumushlar buyursam.
Rahmat, ota, bo’lmasa bizga choy qaynatib bersangizchi.
Hasanali chiqdi. Rahmat otabek bilan yana bir qaytib sog’liq so’rashqandan keyin so’radi:
– Bu kishi kimingiz bo’ladir, bek aka?
Otabek Rahmatning savoliga javob bermay eshikka qaradi. Hasanalining hujradan uzoqlatib so’ngra javob berdi:
www.openscience.uz 671 i m^^bi
– Jiyan, – dedi Homid Rahmatka qarab, – boshlab uylanishing albatta ota-onang uchun bo’lib ulardan ranjib yurishingni o’rni yo’q. Xotining ko’nglingga muvofiq kelmas ekan, muvofiqini olib, xotinni ikki qil. Bunisi ham kelishmasa uchunchisini ol. Xotinim muvofiq emas deb zorlanib, hasratlanib yurish er kishining ishi emas.
Rahmat Otabekka kulimsirab qaradida, tog’asig’a javob berdi.
– Xotin ko’paytirib, ular orasida azoblanishning nima hikmati bo’lsin? – dedi. -Bir xotin bilan muhabbatlik umr kechirmak, manimcha, eng ma’qul ish. Masalan, ikki xotinliqning bittasi sizmi? Uyingizda har kuni janjal, bir daqiqa tinchlig’ingiz
– Seningdek yigitlar uchun albatta bitta xotin ham ortiqchaliq qiladir, – deb kuldi Homid. – Ko’b xotin orasida azoblanish o’zi nima degan so’z? Qamchingdan qon tomsa, yuzta xotin orasida ham rohatlanib tiriklik qilasan. Men bu kungacha ikki xotin o’rtasida turib janjalg’a to’ygunimcha yo’q, ammo xotinni uchta qilishg’a ham o’yim yo’q emas. [11]
Yuqoridagi hollarda ko’rib turibmizki, Otabek mehmondo’st, aql-farosatli, odobli yigit. So’zlamoqchi bo’lgan gapini mushohada qilib keyin aytganiga guvoh bo’lamiz. Hamid kabi kimsalar gapida esa odob-axloq, muomala kabi insoniy fazilatlardan asar yo’qligini guvohi bo’lamiz. Kitobxon asarni o’qish davomida yuqori tabaqa vakillari va savdogarlar muhitidan Otabek, Yusufbek Hoji, Qutidor, Ziyo Shoxichi, Homid va boshqalar; feodallar muhitidan Azizbek, Musulmonqul, O’tabboy qushbegi va boshqalar; mehnatkashlar muhitidan (ommaning tasviridan tashqari) Usta Olim, Usta Parpi va Hasanali hamda boshqalarning xarakterlari romanda juda ustalik bilan ochib berilgan. Xarakterlar tasvirida yozuvchi, hayot haqiqatiga mos ravishda ularning xilma-xilligi, bir-biriga o’xshamasligini ko’rsatishga intiladi va shunga erishadi hamda shu bilan hayotning rang-barang ekani haqida tasavvur uyg’otadi.
Otabek bilan Homid xarakterlari shunchalik farqliki, ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lib maydonga chiqadilar. Xotin-qizlardan Kumush, Zaynab, Xushro’y, O’zbekoyim, Oftoboyim bir ijtimoiy muhit va bir jinsga mansubligiga qaramasdan bir-biridan juda farqli, yorqin obrazlardir. Abdulla Qodiriy xarakterlar tasvirida ularning muomalasiga, aql-farosatiga katta e’tibor qaratdi.
Asarda ifodalangan Otabek va usta Alim ismli kishi bilan munosabati ham etiborga molik. Ularning o’zaro munosabatiga e’tabor qarataylik:
Usta Alim oshxonag’a borib osh qilish harakatiga tushkan edi. Otabekning to’satdan ketish harakatiga tushib qolg’anini ko’rib:
– Bek, shuncha o’lturganning qatorida yanayarim soatka tahammul qilsangiz, oshni yeb yo’lg’a tushasiz. Mana men, savzini ham bosdim, – dedi.
www.openscience.uz 672 | m^^wi
Otabek qaytib o’iturmadi va havlining o’rtasidan turib uzr aytdi:
– Rahmat, usta, men bu kun oshig’ich yurib, ertalab jo’nab ketgan yuklarning ketidan yetib olmasam bo’1-maydir.
– Oshni tashlab ketsangiz xafa bo’laman, qirqqa chidagan qirq biriga ham chiday oladir.
– O’ituring-o’lturing, mehmon, – dedi usta FarfL- Oshg’a savzi bosildi – pishdi!
– Men ustaning oshini birinchi martaba yeb yot-qanim yo’q, agar savdogarchilik omon bo’lsa, har o’n besh kunda bir kelib ustaning jonig’a ham tegaman, – dedi Otabek va boqchag’a qarab yuriy berdi.
Usta Alim oshg’a savzi bosish bilan ovora edi:
– Men sizni zo’rlamayman, lekin yo’l ustida qorningiz ochib qolsa, o’zingizdan o’pkalang, – dedi.
Yuqoridagi parchada o’zbek xalqiga xos mehmondo’stlik, qo’li ochiqlik, samimiylik kabilar o’quvchi faxr- iftixor tuyg’ularini uyg’otadi, Otabekka bo’lgan mehrni oshiradi. Otabek kabi samimiy va xushmuomala bo’lishga undaydi.
Endi Otabekni yurt ravnaqi haqidagi fikrlariga e’tabor qaratsak, bu uning Shamay safari taassurotlarida namoyon bo’ladi:
– Savdo bilan qanday shaharlarga bordingiz, bek?- deb qutidor so’radi.
– O’zimizning shaharlardan ko’pini ko’rdim, – dedi bek, – o’ris shahardan Shamayga ham bordim.
– Ha, ha, siz Shamayga ham bordingizmi? – deb Ziyo shohichi ajablandi.
– O’tkan yil borg’on edim, – dedi bek, – borishim noqulay bir vaqtga to’g’ri kelib ko’b mashaqqatlar chekdim.
– Chin savdogar siz emishsiz, – dedi qutidor, – biz shu yoshqa kelib hali o’zimizning kattaroq shaharlari-mizni ham ko’ralmadik;siz o’risning Shamayigacha borg’ansiz.
– Yurgan daryo, o’iturgan bo’ryo emish, – dedi Akram hoji.
O’ris shaharlariga borib savdo qilg’uchilar Turkistonda juda oz hisobda bo’lib, chet ellarni ko’rgan Otabek majliska tansiqlandi. O’rislar to’g’risida allaqanday xayoliy rivoyatlar eshitib yurgan qutidor va Ziyoshohichilar-ning Otabekdan haqiqiy holni bilgilari kelib, undan Shamayda ko’rib, kechirganlarini so’radilar. Otabek Shamay xotirotini so’zlab berdi. O’rislarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotlarini eshitkuchilarni tongg’a qoldirib, ortiq tafsiloti bilan aytib chiqg’ach:
– Shamayga bormasimdan ilgari o’z hukmdorlig’i-mizni ko’rib; boshqalar ham shundaydir, deb o’ylar edim, – dedi bek, – lekin Shamay manim fikrimni ost-ust qilib, o’zimni ham butunlay boshqa kishi yasadi. Men o’risning idora ishlarini ko’rib, o’z idoramizning xuddi bir o’yinchoq bo’lg’anlig’ini iqror etishka majbur bo’ldim. Bizning idoramiz bu kungi tartibsizligi bilan ketabersa holimizning nima bo’lishig’a aqlim yetmay qoldi. Shamayda ekanman, qanotim bo’lsa, vatanga uchsam, to’ppa-
www.openscience.uz 673 | m^^wi
to’g’ri xon o’rdasiga tushsam-da, o’risning hukumat qonunlarini birma-bir arz qilsam, xon ham arzimni tinglasa-da, barcha elga yorlig’ yozib o’risning idora tartibini dasturilamal etishka buyursa, men ham bir oy ichida o’z elimni o’risniki bilan bir qatorda ko’rsam. ammo o’z elimga qaytib ko’rdimki, Shamayda o’ylag’anlarim, oshiqqanlarim shirin bir xayol emish. Bu yerda so’zimni eshitkuchi birov ham bo’lmadi, bo’lsalar ham: “Sening orzungni shu xonlar eshitadimi, shu beklar ijro qiladimi?” deb meni ma’yus qildilar. Ilgariroq men ularning gapiga bovar qilmay yursam, so’ngg’idan to’g’ri so’zni aytkanlarini bildim.
Darhaqiqat, mozoristonda «hayya alalfalah» xitobini kim eshitar edi. Majlis Otabekning Shamay taassurotini maroq bilan eshitkan, shu kungacha hech kimdan eshitilmagan uning fikrlariga ajablangan edi. Istiqbol qayg’usi tushiga ham kirmagan bu Turkiston otalari Otabekning daruni dildan chiqarib aytkan gaplaridan hissasiz qolmadilar:
– Amiri Umarxondek odil poshsho bo’lsa, – dedi qutidor, – biz ham o’risdan oshib ketar edik.
Otabekning zehnini, aql-zakovatini ko’rgan majlis ahli uni xon qiziga munosib ko’rishadi. Otabekga berilayotgan tarifu-tavsiflarda ham Qodiriyning naqadar so’zamolligiga yana bir bor tahsin aytamiz. Xalq, vatan, millat qayg’usi, mustaqillik orzusi o’sha paytlarda ham Qodiriyni “ko’p va xo’p” o’ylantirgan edi. Go’yo A. Qodiriy Otabek tilidan o’z hissiyotlarini, o’z g’oyalarini targ’ib etayotgandek bo’ladi.
«O’tgan kunlar» romanidagi voqealar romanni o’qigan har bir o’quvchi undagi Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, Qutidor, Oftob oyim kabi ijobiy obrazlardan bahra oladi. Zaynab, Xushro’y, Homid kabi baxil, qora niyatli salbiy obrazlarning taqdiri hamisha shu ahvolga tushushini asar davomida biladi. «O’tgan kunlar» romanini o’qiganda boshdan-oyoq qulog’ingiz ostida voqea-xodisalar ruhiga mos musiqiy ohang eshitilib turganday bo’ladi. Bu ohanglar o’quvchi dilida har xil kayfiyatlar uyg’otadi.
Xulosa qilib aytganda, o’zbeklar turmushini, tarixini, tilini, urf-odatlarini yaxshi bilgan Abdulla Qodiriy ulardan o’z asarlarida juda unumli va o’rinli foydalandi. Adibdan qolgan muhtasham adabiy merosda o’zbek adabiy tilining go’zalligi, nafosati, tasvir va ifoda imkoniyatlari aynan amaliyotda o’z aksini topdi. Shu bilan birga Abdulla Qodiriy ba’zan filolog olimlarga xos qimmatli adabiy-nazariy qarashlari bilan ham o’zbek adabiy tilining takomillashuviga ulkan hissa qo’shdi. Adib bu benazir adabiy-ilmiy xizmatlari bilan o’zbek olimlari bilan birga xorijlik mutaxassislarning ham e’tiborini qozondi.
1. Mirvaliyev S. Abdulla Qodiriy. – T.: Fan, 2004
2. Mirzayev.S XX asr o’zbek adabiyoti. – T.: Yangi asr avlodi, 2005
www.openscience.uz 674 | m^^wi
3. Qodiriy A. O’tkan kunlar. – T.: “Navro’z”, 2019
1. Mirvaliyev S. Abdulla Qodiriy. – T .: Fan, 2004
2. Mirzayev.S Uzbek literature of the XX century. – T .: Yangi asr avlodi, 2005
3. Qodiriy A. The past days. – T .: “Navruz”, 2019
O‘zbekiston arboblari
«O‘zbekiston arboblari» veb-sayti O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shgan taniqli insonlar haqida ma’lumot beradi. Ushbu sayt ilmiy-ommabop, ma’rifiy va ta’limiy resursdir.
Qodiriy Abdulla
Tavallud topgan sana: 10 aprel 1894 yil
Vafot etgan sana: 4 oktabr 1938 yil
Tug’ilgan joy: Toshkent
Tarjimai hol
Abdulla Qodiriy – yorqin, barchaga keng ma’lum shoir va yozuvchi, dramaturg va publitsist, o‘zbek adabiyotida roman janri asoschisi. Qodiriyning asarlari o‘zbek xalqi hayotiga bag‘ishlangan. Abdulla Qodiriyning nashr etilmagan XX asrning yigirmanchi yillari yozilgan sahna asari asosida rejissyor Mark Vayl o‘zining Toshkentdagi Ilhom teatrida “Oppoq qora laylak” sahna asarini qo‘ygan.
Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil Toshkentda badavlat savdgar oilasida tug‘ilgan. Yoshlik va o‘smirlik yillardagi muhit – savdogarlar, boylar va kambag‘al dehqonlar, iqtidorli hunarmandlar, doim muhtojlikda kun kechiruvchi kosiblar va yersiz dehqonlardan iborat bo‘lgan. Ushbu mehnatkash odamlar dunyosi, shuningdek, shahar ziyolilari bo‘lajak yozuvchi shakllanishida muhim o‘rin tutdi.
Abdulla yoshiligidan uzoq umr kechirgan (Qodir aka 102 yil umr ko‘rgan) va ko‘pni ko‘rgan otasining hikoyalarini tinglab o‘tirar edi, otasidan u adabiy faoliyatida as qotgan sezgir kuzatuvchanlikni meros qilib olgan. Uning otasi bog‘dorchilikni juda yaxshi ko‘rgan, shu sabab, Qodiriyning o‘zini bog‘bonning o‘g‘liman, degan fikrlarini uchratish mumkin. Abdulla Qodiriy avvaliga musulmon maktabida (1904-1906), keyin — rus-tuzem maktabida (1908-1012) o‘qib, muvaffaqiyatli yakunlaydi. 1912 yil kelib, Abdulla Qodiriyning nisbatan birinchi adabiy tarjribalari boshlanadi. O‘zining ilk nashr etilgan asarlarida – “Xotinboz” (1915) va “Baxtsiz kuyov” (1915) hikoyalarida eski o‘zbek turmushining chizgilari hajviyona ifodalangan. 1915-1917 yillar Qodiriy Abdul Qosim madrasasida arab va fors tillarini astoydil o‘rganadi. Yozuvchining inqilobdan avvalgi asarlarida jadidchilik ta’siri sezaladi.
Sovet davrida A. Qodiriy V. Ya. Bryusov (1924-1925) nomidagi Moskva adabiy kurslarida o’qiydi, so‘ngra, 1925-1926 yillar Toshkentda, “Mushtum” o‘zbek hajviy jurnalida ishlaydi. U yerda kitobxonning katta muvaffaqiyatiga sazovor bo‘lgan ijodkorning hajviy hikoyalari va feletonlari chop etiladi. Qodiriyning roman va qissalari (“O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”), shuningdek, jamoaviy ijodi (“Obid Ketmon” qissasi) XIX asr toshkentlik va qo‘qonlik o‘zbeklar hayotiga bag‘ishlangan. “O‘tgan kunlar” romani katta shuhrat qozongan. Barcha ziyolilar ushbu kitobni o‘qishga intilgan. Va hatto, savodsiz kishilar uni tinglash uchun guruh bo‘lib to‘planishgan. Ko‘plab o‘zbek oilalarida romanning Otabek va Kumush qahramonlarining ismlari paydo bo‘la boshlagan.
Abdulla Qodiriy qatag‘on qilingan. 1937 yilning 31 dekabrida “xalq dushmani” sifatida hibsga olinadi, bunga hasadgo‘y “qalamkash hamkasblari” qo‘l urgan. 1938 yilning 4 oktabr kuni yozuvchi otib tashlangan, o‘limidan so‘ng oqlangan. Toshkentdagi Xo‘ja Alambardor (Kamolon) qabristoniga dafn etilgan.
A. Qodiriyning o‘limidan so‘ng kimning ko‘lida “O‘tgan kunlar” romanini ko‘rishsa, o‘shalarni qamashgan. Keyin vaziyat o‘zgargan.
1957 yil Abdulla Qodiriy rasman oqlangan. Ammo uni otib tashlanganligi haqidagi ma’lumot (o‘limidan so‘ng oqlanganligi haqidagi ma’lumot kabi) uzoq yillar sir saqlangan! Shunday qilib, 1958 yil “O‘tgan kunlar” romani rus tiliga o‘girilgach, unga Abdulla Qodiriyning o‘limi bilan bog‘liq hech qanday ma’lumotsiz tarjimai xoli yozilgan. Tarjimai xol muallifi – taniqli yozuvchi Izzat Sultonov. “Mehrobdan chayon” romanining rus tiliga sharh yozishga tarjimai xol uchun notanish ma’lumot taqdim etilgan. Unda qisqagina: “Abdulla Qodiriy 1939 yil vafot etgan”, deb yozilgan.
Abdulla Qodiriyning XX asrning o‘ttizinchi yillari qoraxad bilan yozilgan, nashr etilmagan sahna asari asosida Mark Vayl “Oppoq laylak” sahna asarini o‘zining Toshkentdagi Ilhom teatrida sahnalashtiradi.
O‘zbekiston mustaqil bo‘lishidan ozgina oldin xalq Abdulla Qodiriyning to‘laqonli tarjimai xolini ko‘rgan.
“Tog‘larning viqorini ko‘rish uchun ulardan uzoqlashish zarur, xuddi shunday holat buyuk ishlar va buyuk shaxslarda kuzatiladi. Abdulla Qodiriyning so’nmas ijod bahosining buyukligini ko‘rish va tushunish uchun yarim asrdan ortiq vaqt talab etildi” — deb yozadi, Abdulla Qodiriy tavalludining 95-yilligiga bag‘ishlangan “bir taqdir ko‘zgusi” (1989 yil) maqolasida, Izzat Sultonov.
Hozirda Toshkentning markaziy ko‘chalariga, Chorsu yaqinidagi madaniyat bog‘i va Yunusobod metro bekatiga yozuvchining nomi berilgan.
Abdulla Qodiriy o‘z xalqining hayotini birovlar orqali va kitoblardan bilgan emas, u bevosita odamlar bilan suhbat qurib, ularning alohida jihatlarini o‘ziga singdirgan. U eski uslubdagi maktabni yakunlab, rus-tuzem maktabida va madrasada tahsil oladi. Navoiy, Lutfiy, Muqimiy, Furqat, Cho‘lpon, Fitrat va boshqa o‘zbek adabiyoti mumtoz ijodkorlarining asarlari mutolaasi bilan qiziqadi.
Ushbu o‘ziga xos yozuvchi ikki asr bo‘sag‘asida shakllangan — mukammal, qarama-qarshi, ijtimoiy, siyosiy va axloqiy iztiroblarning notinch davri. Albatta, bu davrlar uning asarlarida ham qarama-qarshi, ijtimoiy va turmush xurofotlaridan erkin bo‘lmagan sezilarli iz va dunyoqarash qoldirdi.
Umuman olganda, Abdulla Qodiriyning adabiy izlanishlari doimiy ko‘tarilishlar, ajoyib ijodiy siljinishlar bilan belgilanadi.
Qodiriyning ijodiy javohiri — “O‘tgan kunlar” (1926) va “Mehrobdan chayon” (1929) tarixiy romanlari – o‘zbek adabiyoti tarixiy mavzuidagi ilk asarlar.
Abdulla Qodiriydagi tarixiy mavzuga bo‘lgan qizqishi o‘z xalqining o‘tmishini tushunishga bo‘lgan intilishi, uning sabri, mehnatkashligi, xalqning ozodlik va mustaqillik sari qahramonona kurashi bilan izohlanadi.
1961 yil rus tilida chop etilgan “Mehrobdan chayon” romanining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, yozuvchi o‘zbek xalqi hayoti va tarixini, davr ranglarini yorqin va sidqidildan ifoda etib bera olgan, qahramonlar fe’l-atvorini XIX asrning 40-yillariga xos sharoitlarda ochib bera olgan.
Ushbu yangilikni ochishda Abdulla Qodiriy o‘zbek tarixiy romannafisligiga asos soladi. O‘zining “Mehrobdan chayon” romanida yozuvchi haqiqat yo‘nalishi an’analarini sezilarli boyitgan, qahramonlarning psixologik shakliga muhim hissa qo‘shgan, insonning ichki dunyosini ifoda etishning yangi usullarini ochgan, qahramonlarning fe’l-atvori o‘zgarishini ko‘rsatib bergan.
“Mehrobdan chayon” romani – ikki asr bo‘sag‘asidagi turkiston jamiyatining ijtimoiy, axloqiy hayoti haqidagi roy-ro‘st asar.
A. Qodiriy xalqning feodal tuzumdagi hayot tarzining o‘ziga xos mohiyatini ochib berishga intilgan, hukmdorlarning ishlarini va fe’l-atvorini, ma’naviy ustozlarni ko‘rsatadi. Ushbu ziddiyatlar tantanavor emas, ular qahramonlarning og‘ir turmushidan kelib chiqadi – Abdurahmonning ayolni o‘ziga bo‘ysundirish istagi va Shohidbekning fitnalariga qaramay, Anvar va Ra’no bir-birini chinakam sevadi va oila qurishga harakat qiladi.
Go‘zallik, halollik, olijanoblikka intiluvchi Ra’noning xalq fe’l-atvoriga xos, ajoyib qiz ko‘rinishini namoyon bo‘ladi – samimiy, toza niyatli, ma’nan sodda va ochiq. U Anvarni toza, yorqin sevgi ila beg‘araz va sadoqat bilan yaxshi ko‘radi. Anvar – mardlik timsoli, adolatli, cheskiz vijdon egasi.
Abdulla Qodiriy zamondoshlari haqidagi “Obid ketmon” romani, shov-shuvga sabab bo‘lgan “Shirvonlik Mallaboy aka” ocherki muallifi. Shuningdek, o‘zbek adabiyoti tarixiga sezilarli hissa qo‘shgan boshqa ko‘plab ocherk va hikoyalar muallifi. “Abdulla Qodiriy o‘zbek adabiyotiga momaqaldiroq kabi kirib kelib, yorqin chaqmoq kabi barchaning e’tiborini o‘ziga qaratdi”, deb yozadi Izzat Sultonov.
Ushbu so‘zlarning haqqoniyligini qozoq yozuvchisi Muxtor Auezov ta’kidlab, alohida qayt etadi: “Yoshligimizda Abdulla Qodiriy romanlarini berilib o‘qir edik. Biz uning inson fe’l-atvorini yasash, bizgacha inson ehtiroslarining tug‘yonini yetkazib berish mahoratidan hayratlanardik”. O‘zbek adabiyotida roman janrining asoschisi Abdulla Qodiriyning ko‘plab asarlari ko‘plab Sharq hamda MDH mamlakatlarida e’tirof qozondi.
“O‘tgan kunlar” romani
Unda muallif Toshkent hukmdori Azizbek mulkidagi xalq an’analari, diniy urf-odatlar, yozilmagan qonunlarni, inson huquqlari va qadr-qimmatlarining buzilishi haqida bayon etadi. Mug‘ombir fitnachi, “gunohkor”larga nisbatan qattiqqo‘l “qozi”, uddabiron munofiq Azizbek uch yil Toshkentni shunday boshqaradiki, savdo-sotiq pasayib, usta-hunarmandlar xonavayron bo‘lishadi, guruch va paxta hosildorligi sezilarli tushib ketadi.
Yozuvchi katta mahorat ila feodal voqe’likning chinakam ziddiyatlarini ochib bergan. Moddiy va madaniy boyliklarning yaratuvchisi sifatida xalq bir tarafdan davlatchilik qo‘riqchisi va himoyachisi, boshqa tarafdan, xonning jamiyat negiziga qarshi chiqib, zolimlarga qarshi qo‘zg‘alon ko‘taradi. Shuningdek, xalqni katta soliqlar bilan ko‘mib tashlagan hukmdorlarga qarshi chiqadi.
Romanning markaziy ixtilofi – ota va o‘g‘il o‘rtasidagi ijtimoiy-axloqiy ziddiyatlar. Yosh Otabek “oila qurish” borasida ota-onasining topgan qiziga uylanib an’analariga qarshi qat’iyatli nuqtai nazarli yosh yigit, uning otasi Yusuf xoja eski tuzumdagi dunyo qarashli, qadimiy an’analar tarafdori. Biroq, muallif ushbu oilaviy mojarolarni alohida voqea sifatida emas, umummillatli holat ko‘rinishida bayon etadi.
Otabek va Kumush timsoli – o‘zbek adabiyotidagi yangi hodisadir. Otabek boy oilaning farzandi, o‘qimishli inson bo‘lib, dunyoni o‘ziga xos tarzda tushunadi, o‘tkir adolat hissiga ega. Kumush unga manzur kelgan. U yaxshi tarbiyalangan, o‘qimishli, tug‘ma aql sohibasi, kelishuvchan. U Otabekni chin dildan sevadi. Ammo bu sevgi unga baxtsizlik keltiradi, zero, u eski an’analarga bo‘ysunib, yaqinlari uning tuyg‘ulariga quloq tutmaydi.
Uning ma’naviy sifatlari, go‘zalligi va boy ichki dunyosining shakllanishiga haqiqiy o‘zbek ayoliga xos olijanoblik orzularini o‘zida mujassam etgan onasi Oftob oyim sabab bo‘lgan. U aqlli, xotirjam, bosiq, sezgir ona, haqiqatparvar inson, chaqqon beka. Shunga qaramay, Oftob oyim eski udumlar tarafdori – u erining istaklariga, irodasi va fikriga bo‘ysunadi.
Ijodiy ishlari
“O‘tgan kunlar” (roman), “Mehrobdan chayon” (roman), “Obid ketmon” (qissa), “Girvonlik Mallaboy”, “Xotinboz”, “Baxtsiz kuyov”, “Millatimga”, “Yovuz ruhlar iskanjasida”.
Mukofotlari
1991 yil 25 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan “Mustaqillik” ordeniga sazovor bo‘lgan.
Ekranizatsiyalari
1969 — “O‘tgan kunlar”, rejissyor Yo‘ldosh Agzamov, bosh rolda O‘lmas Alixo‘jayev
1973 — “Zulmatdan qochish”. “Mehrobdan chayon” romani asosida. Rejissyor Yo‘ldosh Agzamov. senariy muallifi S. Muhamedov, operator — A. Pann. Rollarda: I. Ergashev, T. Shokirova, A. Xo‘jayev, Sh. Irgashev, Ya. Ahmedov, N. Rahimov.
1997 — “O‘tgan kunlar”, rejissyor M. Abzalov, bosh rolda B. Muhamatkarimov.