O’zbek adabiyoti kitoblar
Bugungi sanada: 7 ta
O’zbek adabiyoti kitoblar
Bugungi sanada: 7 ta
Bugungi sanada: 2 ta
Bugungi sanada: 4 ta
BUGUN: 06-Mart, 2023-yil. Dushanba
Muallif: Mirkarim Osim
Bo’tana suvli Sirdaryoning o’ng qirg’og’idagi qoyalar orasida ikki kishi qo’llarini peshonalariga qo’yib, so’l qirg’oqdagi manzarani ko’zdan kechirmoqda.
Muallif: Abduqahhor Ibrohimov
Alining hovlisi. So’ri ostida stol va bir necha stul. Ali va Hoshim gaplashib kirishadi Ali. Hovlimni sotmoqchiman, Hoshim aka. Xo’sh, xaridorni o’zingiz topsizmi yoki o’zim darak solaveraymi.
Muallif: Mirkarim Osim
Ikkinchi kitobni o’qisangizda o’n sakkizinchi asrlardagi chorhokimlik davri, undan keyin tashkil etilganToshkent davlati va uning Qo’qon xonligi tomonidan barbod etilishi ko’z oldingizda gadalanadi.
Muallif: Mirkarim Osim
Shahri Bag’dodga sog’-salomat yetib kelganingiz uchun behad xursandman, yana ko’rishadigan kun bor ekan,-dedi uy egasi- marvlik Xolid ibn Abdulmalik keng peshonali yosh mehmon bilan quchoqlashib ko’rishar ekan.
Muallif: Mirkarim Osim
XX asr o’zbek adabiyotida tarixnavis yozuvchi Mirkarim Osimning o’ziga xos o’rni bor. Adib 1907 yili Toshkent shahrida tug’ildi. Shuningdek, Mirkarim Osim ijodida tarixiy-biografik mavzu alohida o’rin tutadi.
Muallif: Yo’ldosh Sulaymon
“Subhidam”ga to’xtalishimdan oldin uning avtori haqida bir-ikki og’iz so’z aytmoqchiman. Barkamol va sermaxsul adabiyotimizga 60-yillarda kirb kelgan ijodkorlar otryadini ko’z oldimga keltirgudek bo’lsam, hamisha uning oldingi safida farg’onalik Yo’ldosh Sulaymonni ham ko’raman
Muallif: O’tkir Hoshimov
O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimovning ushbu asari o’tgan asrning to’qsoninchi yillarida “Sharq yulduzi” jurnalida, shuningdek, adibning “Saylanma” to’plamlarida e’lon qilingan edi.
Muallif: O’tkir Hoshimov
Adib “…. kitob yozsanki, uni o’qigan kitobxon hamma narsani unutsa, asar qahramoni hayoti bilan yashasa…” deb orzu qiladi. O’ylaymizki, ushbu to’plam ana shu orzular maxsuli bo’lib, Siz aziz kitobxonlarni o’ylashga, mulohaza qilishga chorlaysdi.
Muallif: O`tkir Hoshimov
Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam-onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman.
Muallif: O`tkir Hoshimov
O‘tgan asrning 60-70-yillarida o‘zbek adabiyoti juda katta iste’dodlarni qabul qildi. Ham nazm, ham nasr, ham publitsistika o‘quvchilarni maroqli mutolaaga, mushohada chorladi. Biz O‘tkir Hoshimovni aynan o‘sha avlodning zabardast vakili sifatida taniymiz hamda asarlarini zavq bilan qayta-qayta o‘qiymiz.
O’zbek adabiyoti kitoblar
38 tadan 1–9 lar ko’rsatilyapti
Jayhun ustida bulutlar
Ufq
Muvozanat
Fotima va Zuxra
Tushda kechgan umrlar
Qoraquyun
Makorim ul-axloq
Otamdan qolgan dalalar
Odamlardan tinglab hikoya
Jayhun ustida bulutlar
Iste’dodli yozuvchi Mirkarim Osim qalamiga mansub bo’lgan asar ” Jayhun ustida bulutlar” asaridir. Ushbu asar tarixiy qissa janrida yozilgan va u Beruniy haqidadir.
Ufq
Iste’dodli yozuvchi Said Ahmadning ushbu “Ufq” trilogiyasi yozuvchi ijodidagi yangi janrgina bo’lib qolmay, balki o‘zbek adabiyotida ham yangi janr hisoblanadi. Ijodining eng sermahsul davrida yozgan ushbu roman-trilogiyada Said Ahmad Ikkinchi jahon urushining shiddatli yillarida o‘zbek dehqonlarining front orqasida ko‘rsatgan mehnatlari, qahramonliklari haqida hikoya qiladi va urushdan oldingi, keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi.O’sga davrga xos bo’lgan qiyinchiliklar, mashaqqatlar og‘ushida urush va mehnat frontiga safarbar qilingan yoshlar qalbi jo‘shqinlik va muhabbat tuyg‘ularidan yiroq emas: Azizxon va Lutfinisa, Nizomjon va Dildor, Tursunboy va Zebixon… Asarda o‘t-olov bo‘lib yongan oshiq-ma’shuqlarning hech biriga visol nasib etmaydi. Qiyinchiliklardan keyin qahramonlar yana sevgiga, sadoqatga ro‘baro‘ bo‘lishadi, ammo birinchi muhabbat davr va sinovlar qa’riga singib ketadi… Siz mutolaa davomida nafaqat jonli tasvirlar orqali tarixiy ma’lumotlar bilan tanishasiz, balkim hayot mashaqqatlaridan saboq chiqarishga, insoniylik va muhabbat aynan qiyinchiliklar ta’sirida toblanishiga amin bo‘lasiz.
Muvozanat
Ushbu “Muvozanat” asari yozuvchi Ulug’bek Hamdam qalamiga mansub bo’lib, roman janrida yozilgan. Adibning “Muvozanat” romani va ” Tosh” hikoyasi Amerikada e’tirof etildi. Yozuvchi Ulug‘bek Hamdam “Muvozanat” romanida xohlagan harakatlanayotgan narsada muvozanat bo‘lmasa, u muvozanatsizlikka yo‘liqishi, biz yashayotgan hayotda juda ko‘p muvozanatlar borligi va balki biz aynan shu muvozanatlar bilan birga yashashimizni, bizni yashashga bo‘lgan ishtiyoqimizni ular ushlab turishi mumkinligini tasvirlaydi. Muvozanat” romani qahramonlari Yusuf, Amir, Sodiq, Oygul, Gulshoda taqdiri misolida insonning moddiy va ma’naviy (ruhiy) hayotda muvozanatni saqlay bilishi kerakligi, o‘z insoniy qiyofasini yo‘qotmaslik uchun kurashishi lozimligi, har qanday qiyinchilik, mashaqqatlarga bardosh berishi shartligi ko‘rsatib berilgan.
Fotima va Zuxra
Taniqli yozuvchilardan biri bo’lgan, O’lmas Umarbekovning ”Fotima va Zuhra ” romani 1994-yilda adib umrining so’ngi yillarida yozilgan. Asarda milliy ma’naviyatimizdagi salbiy jihatlar, illatlar sarguzasht yo’sinida aks ettiriladi. Muallim oilasida ulg’aygan ,ammo jinoyatchilar to’dasiga qo’shilib qolgan erka o’g’il Hamidullaning qimor o’ynab singlisi Fotimani yutqizib qo’yishi bilan ketma -ket turli fojialarga yo’l ochadi. Asar asosida 2005-yilda kinofilm suratga olingan. Film ssenariysini “Fotima va Zuhra” motivlariga asoslangan holda Bahrom Yoqubov hamda Ulugʻbek Zufarovlar yozgan. Postanovkachi rejissor — Bahrom Yoqubov, prodyuser — Avaz Tojixonov. Filmdagi Fotima rolini aktrisa Gulchehra Eshonqulova, Zuhra rolini esa aktrisa va qoʻshiqchi Shahzoda ijro etgan[3]. Filmda yana mashhur oʻzbek aktyor va aktrisalaridan Ubaydulla Omon, Raʼno Zokirova, Ulugʻbek Qodirov, Lutfulla Saʼdullayevlar rol ijro etgan.