Икки эшик ораси» романи ўзбек ёшлари томонидан энг кўп ўқилаётган китоб бўлди
Quyidagi romandan keltirilgan parchalarni o‘qib adib badiiy tasvirdan naqadar topqirlik bilan yondoshganligiga guvoh bo‘lasiz. Asarda turli qahramonlarning hayot yo‘llarida ularning ko‘ngil kechinmalari, afsus – anduhlari va abadiy armonga aylangan diydor voqealardan namunalar keltirilgan. Bunda yozuvchi so‘zlarni qo‘llashda mohirlik bilan foydalanganligiga amin bo‘lasiz. Asarni o‘qib chiqib haqiqatdan ham O‘tkir Hoshimovning xazinasi ekanligiga shohid bo‘lasiz.
“Ikki eshik orasida” kitobini o‘qish uchun romandan parchalar
Quyidagi romandan keltirilgan parchalarni o‘qib adib badiiy tasvirdan naqadar topqirlik bilan yondoshganligiga guvoh bo‘lasiz. Asarda turli qahramonlarning hayot yo‘llarida ularning ko‘ngil kechinmalari, afsus – anduhlari va abadiy armonga aylangan diydor voqealardan namunalar keltirilgan. Bunda yozuvchi so‘zlarni qo‘llashda mohirlik bilan foydalanganligiga amin bo‘lasiz. Asarni o‘qib chiqib haqiqatdan ham O‘tkir Hoshimovning xazinasi ekanligiga shohid bo‘lasiz.
Quyosh har kuni uyg‘ongan zahoti jilmayib boqadiyu unsiz xitob qiladi: bir kiprik qoqgulik qisqagina umringizda tinch – totuv yashasalaring bo‘lmaydimi? Goh non talashasizlar, goh shon! Goh makon talashasizlar gohida imon? Axir hammangiz insonsizku hammangiz mening bolalarimsizku, men sizlarning otangizmanku. Bir-birlaring bilan qirpichoq bo‘laverishlaringni ko‘raverib charchab ketdimku! Yetar axir, yetar, bolajonlarim! O‘z onangizni – yer kurrasini adoyi tamom qilib tinchimoqchimisiz?! Onangiz shu umidda tuqqanmi sizni?! Shu niyatda ko‘tarib yuribdimi ko‘ksida!”
Quyosh har kuni shunday deb iltijo qiladi. Ammo odamlar uning hayqirig‘ini eshitmaydi. Bir-biriga choh qaziydi. Bir-birining ko‘ziga cho‘p soladi, xiyonat qiladi. Dunyo nega bunaqa…?
Bo‘yi yetgan qizning orzusi osmondagi yulduzga o‘xshaydi. Uzoqdan yaraqlab ko‘rinadiyu, na yetasan na tutasan. Yulduz esa olisda sirli-sirli miltirab turaveradi.
Yigirma ikki yil… yigirma ikki yillik umr xazon bo‘ldi. Yoshim 50 yoshga yetmasdan invalid bo‘ldim… Essiz umr… essiz odam… essiz umidlarim hammasi qora yerga ko‘mil’di. Kimman o‘zi? Men ham odammanmi? Men ham onamanmi?
Marhumlar hech narsani ko‘rmaydi deb o‘ylaysizmi? Marhumlar hech narsani eshitmaydi deb o‘ylaysizmi? Marhumlar hech narsani bilmaydi, deb kim aytdi sizga! Biz hammasini ko‘rib turamiz, hamma gapingizni eshitamiz. Faqat siz tiriklar bizning gapimizni eshitmaysiz. Bizning sizlardan farqimiz, oldingizga yurib borolmaymiz. Shuning uchun ora-sirada tushingizga kirib turamiz. Siz bilan tushingizda gaplashamiz.
Marhumlar hech nimani eslamaydi, desangiz xato qilasiz. Marhumlarning xotirasi – siz tiriklarnikidan yaxshiroq bo‘ladi. Negaki, siz tiriklar ming xil hayot tashvishlari bilan yelib yugurasiz. Bizning esa xotiralarni eslashdan boshqa yumishimiz yo‘q.
Bilaman, siz – tiriklar o‘limdan qo‘rqasiz. Tirikligimda men ham qo‘rqar edim. Yo‘q o‘lim unchalik dahshatli emas. Ertami-kechmi hamma ham o‘ladida! Hayot nima o‘zi. xudo hadya etgan in’om. Ammo odamlar har xil. Birov shu in’omni boshqalar bilan baham ko‘radi. Birov boshqalarnikini ham qo‘shib olgisi keladi. Shu bilan umri uzayib qoladigandek. Gap qachon o‘lishdami? Qanday o‘lishda emasmi?
Haqiqat egiladiyu sinmaydi, deganlari rost, shunaqaki haqiqat egiladi. Vaqti kelib tiklanadi. Ammo to tiklanguncha ancha munchaning qovurg‘asi singani yomonda.
Kimsan urushda bedarak ketganidan keyin oradan yigirma to‘rt yil o‘tib tushida ilk muhabbati Robiya bilan suhbati.
– Yig‘lama, Robiya! Qara, yostig‘ing ho‘l bo‘lib ketibdi.
– Kimsan aka, sizni tanidim.
– Men ham…
– Kimsan aka, gunohimdan o‘ting. Sizni kutdim. Ko‘p kutdim. Keyin tog‘amga…
– Bo‘ldi, Robiya…
– Kimsan aka! Boyagi yigitcha… Muzaffar… mening o‘g‘lim. Yana bitta o‘g‘lim bor: Omon. Bilasizmi, Omon… Sizning o‘g‘lingiz bo‘lishi mumkin edi…
– Na chora, Robiya! Urushni men o‘ylab topganim yo‘q. Sen ham…
– Menchi, sizga atab qiyiqcha tikdim. Ko‘p qiyiqcha tikdim. Otingizni yozib, tagiga gullar chizdim.
– Yig‘lama, Robiya… yoshingni art, jonim! Quloq sol. Eshitdingmi, hali oqsoqol nima dedi? Yer yuzida yangi urush ochishni xayol qilgan nomardlar hali ham bor ekan. Eshityapsanmi, Robiya! Gapim qulog‘ingda bo‘lsin! Ayt. Muzaffarga, Omonga, hammaga ayt! Odamlar esini yig‘sin! shunaqa nomardlarning qo‘liga kishan solinglar. To‘g‘ri o‘lish qiyin ish emas, o‘lim dahshatli emas, ammo inson yashash uchun tug‘iladi, Robiya! Eshitdingmi! Bo‘ldi, Robiya! Yig‘lama, ertaga yana kelaman…
Kimsan urushda bedarak ketdi. Oradan yigirma to‘rt yil o‘tib tushida onasi bilan suhbatlashdi.
– Oyi meni tanidingiz-a?
– Tanidim, o‘g‘lim. O‘lganmiding? Men bo‘lsam…
– Yig‘lamang, oyi, men tirikman. Bugun o‘zingiz ko‘rdingizku!
– Dadang yo‘lingga ko‘z tika –tika olamdan o‘tdi.
– Siz yashashingiz kerak, oyi. Men uchun ham…
– Yigirma to‘rt yil kutdim. Kimsan… bu yog‘iga kuchim yetarmikan?
– Siz yashashingiz kerak.
– Xo‘p, jon bolam, xo‘p. Sen shunaqa desang…
Ehtimol odamzod farishta bo‘lib tug‘ilsa-tug‘ilar. Ammo bir umr farishta bo‘lib yashay olmaydi. Hech kim! Hech kim farishta emas. Faqat o‘zini oppoq qilib ko‘rsatgisi keladi. Ming uringani bilan farishta bo‘lolmaydi. Muhimi o‘zini va o‘zligini unutmasligi kerak…
Odam amaldan ketishi bilan obro‘yi ham bir pul bo‘larkan. Amaldan tushdingmi tamom ikkinchi sort bo‘lib qolar ekansan. Kecha tovoningni yalaganlar bugun xuddi o‘sha tovoningni yalagan og‘zi bilan betingga tupurarkan…
Amaldor bo‘lishning yaxshi tomoni ham borda! O‘zingdan pastroq turganlarni temir paypoq kiygan oyog‘ing bilan tepasan! O‘shanda joning haqiqatan ham rohat qiladi. Odamlar sendan qo‘rqsa, ko‘zingga qarab mo‘ltirab tursa, bundan ortiq rohat bormi? Bo‘lmasa, uyam odam boshi dumaloq choti ayri, lekin to‘g‘ri gapirasanmi, noto‘g‘rimi, bari bir ta’zim qilib turadi! Qandoq yaxshi! Rahmdil odamdan rahbar chiqmaydi…
«Икки эшик ораси» романи ўзбек ёшлари томонидан энг кўп ўқилаётган китоб бўлди
«Ziyouz.com» портали томонидан интернет тармоғида бир ҳафта давомида ўтказилган «Ёшлар нима ўқияпти?» мавзусидаги сўровномада китобхон ёшларнинг қандай китоблар мутолаа қилаётгани ўрганилди.
Сўровномада 536 нафар ўзбек китобхон ёшлари иштирок этди, 614 номдаги 1151 та китоб қайд этилди.
Сўровномада нафақат Ўзбекистондаги, балки Афғонистон, Туркия, Қозоғистон, Қирғизистон, АҚШ, Россия, Жанубий Корея, Англия, Австралия, Малайзия, Германия, Франция, Бельгия, Хитой, Саудия Арабистони каби давлатларда ўқиб, ишлаётган ўзбек ёшлари ҳам қатнашди.
Ёшлар ўқиётган китоблар йўналишига кўра, жаҳон адабиёти етакчилик қилмоқда. Сўровномадан жаҳон адабиётига оид 447 та (38,8%) китоб ўрин олган. Ёшлар орасида буюк қирғиз адиби Чингиз Айтматов, турк маърифатпарвари Аҳмад Лутфий Қозончи, америкалик афғон ёзувчиси Холид Ҳусайний, Америка ёзувчиси Теодор Драйзер, дунёда китоби энг кўп сотилган Пауло Коэльо, рус класциклари Лев Толстой, Фёдор Достоевский, Корея президенти Ли Мён Бак асарлари машҳур.
Сўровномада ўзбек адабиётидан 319 та китоб (27,7%) қайд этилган. Ўткир Ҳошимов, Саид Аҳмад, Тоҳир Малик, Абдулла Қодирий, Пиримқул Қодиров, Тоғай Мурод асарлари энг кўп мутолаа қилинган.
Ўзбек китобхон ёшлари томонидан энг кўп ўқилаётган китоблар рўйхати аввалидан Ўткир Ҳошимовнинг «Икки эшик ораси» (25 нафар китобхон томонидан ўқилган), Аҳмад Лутфий Қозончининг «Саодат асри қиссалари» (20) ва Саид Аҳмаднинг «Уфқ» (15) асарлари ўрин олган.
Китобхонлар томонидан асарлари энг кўп ўқилаётган муаллифлар рўйхатида Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф китоблари биринчи ўринда турибди.