Press "Enter" to skip to content

Buxoro viloyati axborot – kutubxona marakazi blogi

Siz uchib ketdingiz qaysi dunyoga,
Nechun erga qoldim yolQiz, onajon.
Suzlaringiz istab boqsam samoga,
Butun olam jimjit sassiz, onajon.

Onalar haqida sherlar

Kuz ochib olamga kelgandan beri
Nelarni kurmadi bu boshim mening.
Ozmi-kup tanidim hayotning sirin,
Qirqqa ham etibdi bu yoshim mening.

Yildan-yil orttirdim talay dustu yor,
Hurmatlab dedilar, «dustim», «urtogim»,
Ulgaydim: kuksimga bosh quyib dildor,
U dedi: «Bakhtimsan, suyangan togim. »

O ona, hech biri emasdur shirin
«Bolam!» deb bir oQiz aytgan suzingdan!
O ona mehringda quyosh yashirin,
Ne ajab gul unsa har bir izingda!

TURTLIK

Dunyoda eng yakhshi, mehribon ona,
Bu mening onamdir, biling, yoronlar!
Ey, ugil-qizlarim, buling parvona
Onamda qolmasin dardu armonlar!

ONAMGA

Oyi, deb kirganim choq kungil boladek quvnoq,
Dildan ketar qudurat, dilim sochingizdek oq.
Siz borsizki, men bola, yashnayman naq gul-lola,
Tashlansam tizingizga misli erka quzichoq.

Oromijon tizingiz, mehr tuliq kuzingiz,
Quyoshimdir yuzingiz, siz bor iqbolim porloq.
Boqishingiz doimo menga bakhsh etar safo,
Shundan dilim musaffo, har suzingizda saboq.

Sizdanmasmi yoshligim, «yosh» bulsam-da boshligim,
Elga kiprik-qoshligim, oq sutingizdek qaynoq.
Siz bor, orzularim yosh, oltmishga kirsa ham bosh,
Ulkan khayollar yuldosh, orzularim argumoq.

Oyi, desam dilimda, bol mazasi tilimda,
Ona suzi emasmi hayotimda shamchiroq.

YOningizda buzlasam, sizga kunglim suzlasam,
Yuz yoshingiz kuzlasam, kungil kungilga mushtoq
Men esam joningizda, yulduzdek yoningizda,
Sizning osmoningizda nur emib tursam porloq.

Bakhtimga buling omon, boshimizga soyabon,
Siz borsiz, Shoislomjon sayroq, quvnoq, sharqiroq.

ONA SAN

Jon desam, jondan azizsan, mehribonsan, onasan,
Tanga jon, qalbimga nur bergan, quyoshsan, yana san.
Navnihol, nozik nafas murgakka aylab jon fido,
Kechalar uyqu harom, bir necha bor uygonasan.

Gar tikan kirsa oyoqqa yulga kirgan chogida,
Kipriging birla chiqarmoq bulasan, tulgonasan.
Urmagay qalbing meningsiz, tomirimiz ham bir tepar.
Shodligimda shodmonsan, gamda birga yonasan.

Odamu olam bezak istar esa ul senda jam,
Odamiylik parvarish topgan quchoq — gulkhonasan.
Kup avaylab hamda ezozlab meni er bagridan
Iftikhor birla uchirding bul kuni osmona san.

Qondirib mehring bulogidan menga berding hayot,
Der Shoislom, onajon, mehrimga sen ham qonasan.

ONAJON

Onangni sevgin, deb urgatmoq galat,
Khoin qalb shu suzdan unglanarmidi?
Sut bilan kirmagan bulsa muhabbat,
Nomusni bilarmi, tulganarmidi?
Jonidan jon olib, qirqib umrini,
Husnini ugirlab qochguchi bola
Koshki bir onaning bulsaykan shuri…
U hammaning shuri, hammaga balo.

Novvot ichidagi ipmidi ona,
Shimib-shimib tuflab tashlasang loqayd.
Qalb emas, hattoki darz tushar toshga,
Uning kuzlariga ukinch qungan payt.

Onangni sevgin, deb urgatmoq galat,
Andisha soladi tanamga titroq.
Odam tugilishining uzi muhabbat —
Bulsa-yu, yuqmasa bu unga biroq —

Farzand atalarmi, derlarmi inson,
Soyalar kirarmi hech qachon safga.
Sevgisiz vujudda ne qilsin vijdon,
Bular arzimaydi nasihat, gapga.

ONAM DERMAN

Bu olamda ulug zot kim,
Desang, yorim onam derman.
Hayotim ustuni munis,
Vafodorim onam derman.

Gul umrim mashali uchmas,
Khayoldan surati kuchmas.
Dilimga o, dili payvast
Madadkorim onam derman.

Bu olamda ulug zot kim,
Desang, yorim onam derman.
Kuzim nuri-yu darmonim
Necha shodlik va armonim

Kecha-kunduz nigohbonim
Shifokorim onam derman.
Bu olamda ulug zot kim,
Desang, yorim onam derman.

Ona farzandga bol bergay,
Muhabbat gullarin tergay,
Ham ardoglab, ham urgilay,
Chamanzorim onam derman.

Uzoq ketsang, qolar dogda,
Kutar bedor sahar chogda.
Muqaddas ona tuproqda
Umidvorim onam derman.

Ayo, YOngin onangni et shod,
YOzib madhin va qilgin yod.
Ona birlan hayot obod
Madadkorim onam derman.

Bu olamda ulug zot kim,
Desang, doim onam derman.

MEN QALADA UQIGANIMDA

Darslardan kech chiqar edik,
Men qalada uqigan kunlar.
Quyosh botar, ovuldan kelib,
Kutar edi onam ham shunda.

Pakhta zavod devorlariga
Suyangancha ul turar edi.
Butun dunyo khayollarida
Meni, deb, u yul qarar edi.

Buylarimni kurib uzoqdan
Bir shirin suz topib turardi.
«Charchading-ov, aylanayin», deb,
Boshim siypab, upib quyardi.

Qayta tuqqan kabi quvonib,
Oldi-ortga qaramasdanoq,
Ona-bola yulga tushardik
Qoronguda… yap-yalang oyoq…
It kurinsa oldinda, e voh,
Qurqib, uzni bosib turardik.
Odam bulib chiqsa ul «qora»,
Yuldan chetga qochib turardik…

Mana, endi mashinadaman,
Zuvlab utsam men usha erdan.
Oq rumolli mehribon onam
Kuringanday buladi birdan.

Hozir meni kurib qolar u
Va, qulini silkiydi shodon.
«Charchadingmi, aylanayin-ov»,
Deb, boshimni silar mehribon…

TAVALLO

Nelardandir kungil bulib gash,
Ham egilib bu egilmas bosh,
Kuzlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh
Mushtipar bir Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Qaytar bulsam quruq qul ovdan,
Qora qozon qolsa qaynovdan,
Ham ayrilib ulja, ulovdan,
Qarzga botar bulsam birovdan
Taskin berib Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Birda haqdin, birda nohaqdin,
Jabr kursam bir betavfiqdin.
Ortda tursam qalbi quroqdin,
Qadrim kharob bulsa tuproqdin.
Ohlar urib Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Oga-ini urtasida gap…
Alhol, kelib chiqmish ikhtilof:
Biri izzat, biri mulk talab.
Bu oq sutim, mehrimga khilof, —
Deya shurlik Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Sinalmoqning gali kelganda,
Nohaq maglub bulsam maydonda,
Nomim qolmas bulsa jahonda,
Kim dust-dushman bilinar onda
Ahvolimga Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Hanim bir yon, men bir yon bulsam,
U ustivor, men uryon bulsam,
Bu ham kamday nogiron bulsam —
YOgoch otga yonma-yon bulsam
Oy tutilib, Onam yiglaydir,
Qolganlari yolgon yiglaydir.
Bulsam gumroh, bulsa gunohim,
Vujudimga solmasdin vahm,
Qabul ayla tavallo-ohim,
Darig tutmay mehring, ilohim,
Yiglatmagil mushfiq Onamni,
Volidai Muhtaramamni.

ONA HAQIDA ShER

Farzandiga bulib parvona
Tunlar alla aytar:
— Usgin, oppogim.
Onalik zavqiga qona va qona
Yupatar,
Erkalar umr chirogin.
Yiglasa gam chekar,
Shodlanar kulsa,
Diliga payvanddir har bir nafasi.
Bola tez ulgaysa,
Chin odam bulsa —
Shudir onaizor orzu-havasi!
Shu niyat yulida tunlari bedor,
Farzandi mehriga garq bular ayol…
Bola usgan sari sochga qunib qor,
Uzin keksayishin qilmaydi khayol.

ONA NAVOSI

Kechalar uzundir, kechalar uzoq,
Goh kuzim ilinmas tong qadar, bolam.
Kungil mavjlariga solganda quloq,
Khayolga ne kelib, ne ketar, bolam.

Farzanddir onaning umriga gultoj,
Dardiga malham-u, bakhtiga yuldosh,
Hech kimni etmasin hech kimga muhtoj,
Minnat yosh joningni ogritar, bolam.

Mayli, ultirmagin tun-kun boshimda,
Etar paydo bulsang tez-tez qoshimda,
Balki rizqing bordir bir kaft oshimda,
Gap-suzni aylasam mukhtasar, bolam.

Goh borsam uyingga uzimdan ortib,
Yayrar nabiralar sakrashib, yurtib,
Kutarsam, qulimdan olmagin tortib,
Menga ham yarashar gunchalar, bolam.

Aziz umring bulib shohona bir bayt,
Qushiqlar ichingdan toshib ketgan payt
Arzingni menga ham tushuntirib ayt,
Qolmayin dardingdan bekhabar, bolam.

Uz inin vatan deb sevarkan turna,
Sen ham har zarrasin kuzga et surma.
Ichmagin, chekmagin, bemahal yurma,
Bulsin bosgan izing bekhatar, bolam.

Khayr-khush qilarmiz bir kunmas-bir kun,
Tonglarim husnini tusganda ham tun,
Bakhtingni kursam bas — mamnunman, mamnun,
Sen borki, bizlar ham mutabar, bolam.

UZBEK ONASI

Mushtipar ham uzing, buyuk ham uzing,
Kuyinchak ham uzing, kuyuk ham uzing.
Olamga tatirlik suyuk ham uzing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.

Seni Tumaris deb, maqtaganim bor,
Sen Temur beshigin tebratgan bedor,
Sensan Bibikhonim, Nodirai zor,
Payti keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.

Vatanni Ona deb bekor aytilmas,
Ona buyurganda yuldan qaytilmas,
Sen uzing Kabamsan, Baytul muqaddas,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.

Boshingdan nimalar utmadi akhir,
Vatandek taqdiring buldi goh takhir,
Bobur shoh bulsada, qoshingda faqir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.

Gohida balqiding Barchindek tulib,
Kuzadek quriding Tursunoy bulib,
Timsoling yalovda yulduzdek kulib,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.

Farzanding quvonsa — sen ham quvonding,
Faqat bolam deding, yashading, yonding,
Nokasi uchrasa, urtanding, tonding,
Payt kedi aytmoqqa, gapning khonasi,

Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.
Kelajak toychogu toyingizdadir,
Jannat ham, albatta, poyingizdadir,
Vatan-ku Siz turgan joyingizdadir,
Payt keldi, aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.

Sizga tazim qilib turibman bu payt,
Sizga bakhshidadir eng shohona bayt,
Aziz Yurtboshimga duolaring ayt,
Payt keldi aytmoqqa, gapning khonasi,
Ey, Uzbek onasi, Uzbek onasi.

ONAJON

Necha kunki yuq oromim,
Kelolmayman hushimga.
Onajonim kechalari
Kirib chiqar tushimga.
Qullarida oq elpugich
Oy nurida yaltirar.
Onajonim imlab meni
Qoshlariga chaqirar.
Keltirarlar goho beshik
Kuzlarida hayajon.
YOtar payting buldi-ku der,
Kela qol, der bolajon.
Qaylargadir yuguraman,
Figonimdan chiqar dud,
Yiglama deb qullarimga,
Tutqazarlar sung tobut,
Tongda ruhsiz kuz ochaman,
Qovurilar tanda jon.
Onajonim, bunday qilma,
Bunday qilma, onajon.
Akhir uzing der eding-ku,
Silab uksuk boshimni:
— Endi senga bersin umr,
Senga bersin yoshimni.
Afsus, uzing erta ketding,
Erta ketding olamdan.
Ukalarim bagrim ezar,
Ajraldik, deb, onamdan.
Bevaqt hazon bulmay har kim
Yashab utsin dunyoda.
Onajonim, har kim oshin
Oshab utsin dunyoda.
Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.
Tushlarimda, mayli, boshim
Silab turgin, onajon
Qolganlarga endi umr,
Tilab turgin, onajon.

U kun chetda oh chekardim
gussalarning dastidan.
Sen otamga pul beribsan
YOstigingning ostidan.
Aytibsanki, onasizlik
Kelmasin hech uyiga.
Sarf qilingiz, menga emas,
Abdullaning tuyiga.
O, uglingga sen shafqatni
Bilarding-ku, onajon.
Bundan kura bagrim uysang,
Bulardi-ku, onajon.
Zarragina rahm etgali
Sabring menga yuqmidi?
Onajonim, bundan uzga
Jabring menga yuqmidi?
Yuqmidi hech uzga gaping, —
Nola qilib suylasang.
Nahot, akhir sunggi dam ham
Farzandingni uylasang.
Akhir orzu qochib ketmas,
Bitkazar-ku tiriklar.
Onajonim, bir kunini
Utkazar-ku tiriklar.
Unutilar gussalar ham,
Orzular ham chuzar buy.
Onajonim, balki bir kun
Aytganingday bular tuy.
Balki sening qabring uzra
Kukarganda gul chechak,
Ostonamga qadam quyar,
Sen istagan kelinchak.
Kimdir uning yullariga
Balki gul ham sochadi.
Balki munis opajonim
Kel, deb quchoq ochadi.
Balki dustlar davrasida
Kamim bulmas hech qachon.
Lekin seni usha damda
Qaydan topay, onajon.

Esimdadir, titrar edim —
gamgin, bolish pastida.
Kitobimni kurdim nogoh
Boshginangning ostida.
Toshday qotdim ushal oni
Bor toqatdan ayrilib.
— Shoir uglim, — deding menga

ekingina qayrilib.
Onajonim, sung bor menga
Nafas qilding u zamon.
Shoir bulgin, deya balki
Havas qilding u zamon.
Onajonim, balki men ham
Bu kun shavqqa tularman.
Balki men ham aytganingday
Bir kun shoir bularman.
Kuylay desam hurmatingni
Ushbu kunda tilim lol.
Balki faqat shu sababli
Shoir bulsam ehtimol.

Balki sarson — arosatda
Qolib ketmas bu tanim,
Kamolimni kurar balkim,
Yurtim, ona Vatanim.
Payti kelib tular bir kun
Paymona ham beomon.
Kuzatarlar meni ham sung
Senga tomon, sen tomon.
Balki u kun boshim uzra
Dustlar bosh ham egadir,
Usha damgi iqbolim ham,
Onajonim, sengadir.
Dilda neki juratim bor,
Dilda neki hayajon —
Bari, bari senga bulsin,
Senga bulsin, onajon.
Senga bulsin bor hayotim,
Nomim, shonim bir yula,
Khotirangga ushbu sherni
YOzdi ugling Abdulla.

ONAMGA KhAT

Qaytgim keldi, onam, yoninga,
Yuragimda ismsiz dardlar.
Sovuq khonam, soat chiq-chiqi,
Tashqarida khazonrez boglar.
YOmgirning jim khonish qilishi…
Barisi ham nechundir bu dam
Tushirmoqda seni yodimga…
Qaytgim keldi, onam, yoningga.
ragimni ochib gapirsam,
Kam-kam bular menda bunday hol.
Shodmon yursam, mening yodimga
Sen tushmaysan rostdan, onajon.
Nogahoniy bunday holda-chi,
Shunday kurgim keladi seni.
Aytsam senga bor gaplarimni
Orzularim, hasratlarimni
Yiglab, kulib aytgim kelar, ha,
Odamlarning qadru qimmatin,
Anglamaymiz birga bulganda,
Ammo nogoh uzoqqa tushsak,
YO tanholik hasratin cheksak,
Bazan shundog,
Odam zotining
Tirnogiga zor bulamiz, ha!
Tushunmayman bul haqiqatni,
Sen-ku akhir onasan, ona…
Ona, ranjimagil khatimdan,
Men rostini yozdim, shod damim
Sen tushmaysan aslo esimga.

mmo umr uzi, bilaman,
Solar seni yodimga bot-bot,
Yani, boshimizni doim ham
Ona bulib silamas hayot.

ONA DEGAN NOM…

Deydilar, qahrli bahodirlar ham
Janglarda jon berar chogi mardona,
Behad azoblarga chidab sunggi dam,
Bitta suz dermishlar shivirlab: Ona.
Ulug bir donishmand olamni sharhlab,
Akhiyri tanibdi tuqqan elini.
Zabon bakhsh etganga ehtirom saqlab,
Ona, deb atabdi ilk bor tilini.
Dunyo shoirlari Vatan shaniga
Sifat akhtarmishlar qator va qator.
Nihoyat, kelmishlar bitta maniga:
Ona Vatan deya bitmishlar ashor.
Bisyor bulsa agar bol ham beqadr,
Takror aytilganda rangsizdir kalom.
Bu yorug olamda Vatan bittadir,
Bittadir dunyoda Ona degan nom!

ONA

Kimdir savol berdi: — Aytgil, Muhammad,
YOlgiz sen Rasulsan butkul olamga.
Kimga kup yakhshilik aylay, uzing ayt,
Ota onamgami yokhud bolamga?

Rasul javob qildi: — Tingla birodar,
Gapimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar,
Eng avval onangga yakhshilik qilgil.

Bu hikmat sharhini uyladim uzoq —
Rostdan ona erur qiblai olam.
Garchi barchamiz ham padarmiz, biroq
Onadan tugilgan paygambarlar ham.

ONA

Kaba qopqasida turgan ey, posbon,
Avval onalarning ochgin yullarin.
Onalar poyiga tiz chuk ushal on,
Tavof qil, kuzga surt, upgin qullarin.
Hojar onamizning nidosi sabab
Kabada kuz ochgan obi zam-zam ham.
Bir umr talpinmish onaga qarab
Ne-ne paygambarlar, kuzlarida nam.
Qavmimni ranjitib quymayin, ammo
Tobut yasab kelgan er zoti doim.
Onalar bagriga faqat beshik jo,
Hayotbakhsh allalar aytgan, muloyim.
Shurlik odamzodning tolei uchun
Eng avval onalar qilsin ibodat.
Zora, gunohlardan pok bulgay ochun,
Onalar utinchi topib ijobat.
Kaba qopqasida turgan ey, posbon,
Avval onalarning ochgin yullarin.
Onalar poyiga tiz chuk ushal on
Tavof qil, kuzga surt, upgin qullarin.

ONAMNI ESLAB…

Shamol uvillaydi,
Qor, buron toshib,
Tepalik tushiga uzni uradi.

U erda tuproqqa bagrini bosib
Tanho bir sagana mayus turadi.
Qoshiga chiqay deb buzlab yul yurdim,
Kukragimni tildi izgirin, tikan.
…Netay, onajonim, qancha odam kurdim,
Sendan yaqin kishim yuq ekan…

ONA
Kukda yulduz uchsa nogahon,
Bitdi, derlar qaysi bir taqdir.
Bunday gamni kutarmak oson,
Bu ehtimol, bizlar haqdadir.

Bazi tunlar kukka tikib kuz,
Eslab deyman onamni shu on:
Ona ketsa, yulduz-ku yulduz
Qulab tushsa arziydi osmon.

ONAM VAFOTIGA

Makonda nomakonsan, endi qaydan izlagaydurman,
Figonim kimga aytib, kimga sendan suzlagaydurman.
Birovlar motamida ohu faryod aylagan erdim,
Sening-chun, ey garibim, ich-ichimdan buzlagaydurman.

ONA DEGAN SUZ

Yulduzlardan sirqilib shabnam,
Ufq bilan kurishganda er,
Oftobga kiprigim bilan
Ona suzni yozdim guyo sher.

Amu oqar misoli bulut,
Ufq bulib oqadi Amu,
Qirgogini etsa ham unut,
Maysalarni unutmaydi u!

Har kukat, har bargning nomiga
U eltadi toglardan tazim,

Ona degan suzning yoniga
Chizgim keldi MAYSAning rasmin.
Kapalak rang, bulbullar ohang
Kashfi bilan mast bulgan lahza,
Ona suzin qavatiga man
YOzib quydim BAHOR deb asta…

Men jo etdim Ona nomiga
Erni sunggi gardigacha to.
Endi Ona suzi yoniga
Dadil yozib quyaman: DUNYO!

Men yulduz deb uni kuylayman,
U Vatandir, U Arshi alo.
Men unga ming tashbeh uylayman,
Etkazurman millionga hatto…

Erda, lekin ming-minglab odam
Ona nomin bilsa muqaddas.
Urush degan birgina suzdan
Onalarni saqlay olur bas!

NAMGA MAKTUB

Eshitdim, onajon, khafa emishsan,
Kechir, oylab senga yozolmadim khat.
Garchi muhabbatdan tilardim ehson,
YOrug kunlarimga bulgandim ilhaq.

Yuzimga nafasing urilar iliq,
Ajib yoruglikka tulmoqda khona.
Suratim qoshida duolar qilib
Tagin yigladingmi, mushtipar ona?

Usha gap, sevganim shu aziz Vatan,
Bu qadar tashvishlar yutmagil, bagrim,
Uksuk otam kabi hali ham zotan,
Qalqinib-qalqinib turibdi shahrim.

Bilaman… sirni boy berishlik yomon,
Uglingga bu yulda bardoshlar tila.
Bazan topganimni ichib quyaman
Sirni boy bermasdan ulfatlar ila.

Biroq eh, bilmayman, guyoki zimdan,
Kimdir taqib etar meni beomon.
Qandaydir bir kimsa balki haqimda
Khunuk latifalar tuqiydi, yolgon…

Ona, kuylanmagan bir kuy istayman
Va lekin aldogchi hislar olur jon.
Ehtimol, qalamni bekor qistayman,
Netayin, rostini aytgil, onajon.

Yashil darakhtzorni echintirar kuz,
Poyimda bahorning alvido uni.
Beparvo yoshlikni ilgamaydi kuz,
Qaylardan akhtaray, onajon, uni.

Bilurman… yulimda gichirlar toshlar,
Zafaron kuz yanglig khayolim taqir.
Shaharning gavgoli tinchini tashlab,
Uzoq vaqt yoningga bormadim akhir.

Eshitdim, onajon, khafa emishsan,
Kechir, oylab senga yozolmadim khat.
Garchi muhabbatdan tilardim ehson,
YOrug kunlarimga bulgandim ilhaq.

Bakhtsizlikka ukhshab ketar bu holim,
Sensiz bakhtsizlikka ukhshaydi qismat,
Sensiz yorishmasdi mening khayolim,
Dunyoning laqabi bulurdi hasrat.

ONAMGA MARSIYaLAR

Bu kun kurlikmidi yo gaflatdimi,
Nechun bilmay qoldim, yo ofatdimi,
Haq bizga atagan bir kulfatmidi,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!

Jonimda bir nima uzilib ketdi,
Yuragim qon bulib ezilib ketdi,
Kuz ungimda olam buzilib ketdi,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!

Jon olgani kepti Azroil, evoh…
Bizlarni gamdan hech etmabsiz ogoh?
Dardingiz tog ekan, demabsiz bir oh,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!

Kuz uzsam, egilib kelib qoshimga,
Kuldingiz kuzimdan oqqan yoshimga…
Kuz ochsam, topmadim yana qarshimda,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!

Dod deb uygonarman tunlari birdan,
Jonimda bir zarra qolmay sabrdan,
YOnma-yon joy olgim kelar qabrdan,
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!
Nechun suzlaringiz durga bitmadim,
Nechun bir opichib hajga eltmadim.
Nechun sizdan oldin gurga yotmadim,

Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!
Tuymi, aza — yakhshi-yomon kunimda,
Kim turadi endi mening yonimda?
Kim yupanch beradi qiynalganimda?
Oh, sizdan ayrilib qoldik, onajon!

Ajalning dastidan qoraydi yuzim,
Olloh, yuragimga Uzing ber tuzim.
Jannatingga quygin onamni, Izim,
Joyingiz jannatda bulsin, onajon!

Siz uchib ketdingiz qaysi dunyoga,
Nechun erga qoldim yolQiz, onajon.
Suzlaringiz istab boqsam samoga,
Butun olam jimjit sassiz, onajon.

Nega uz vaqtinda anglay bilmadim,
Armonli dunyoda qoldim, onajon.
Dardingizni payqab tinglay bilmadim,
Soginib injinib toldim, onajon.
Kamida tuqsonga kirasiz devdim,
Olamda gurkirab yurasiz devdim,
Nevara tuylarin qurasiz, devdim,
Men kimga ishona qoldim, onajon.
Nenga qatiy-qatiy suylab hakimlar,
Kuchli deyishgandi yuragingizni.
Devdimki gapirar uylab hakimlar,
Baquvvat degandim bilagingizni.
Siz bevaqt uchdingiz qay bir dunyoga,
Siz-la ketgan qushlar qaytdi, onajon.
Siz nechun qoldingiz qay bir dunyoda,
Olloh sunggi gapni aytdi, onajon.
Oppoq sochlaringiz oppoq ipaklar,
Behi yuzlaringiz, kipriklaringiz…
Oq rumol, sajjoda batis kuylaklar
Daftarlarda qolgan bitiklaringiz…
Kungillarda naqshin nafis tabassum,
Ingichka ingichka suzlar ugitlar…
Yiginlarda barin eslashar har zum,
Zotingizdan chiqqan qizlar, yigitlar.
Siz ketgan yoqlardan bizga khabar yuq,
Ammo siz bizlarda yashaysiz hamon.
Sizning okhiratdan mening kunglim tuq
Joyingiz jannatda bulgay, onajon.

«ONAMGA KhAT»LARDAN

Onaginam, bedor boqib yulduz tula samolarga,
Soginchimni, salomimni suzlamayman sabolarga.
Tong nuriga belangancha yumganda ham tun kuzini,
Men bedorman, bedorlikda dars bergayman daryolarga.
Quchogingda bakhting bulib tulsam degan gudagingman,
Kuzlaring bir tuysa deyman rangin-rangin jilolarga.
Bagri sahro bir sen emas, kucha yallo bir men emas,
Onalarning nasibasi — bardosh bermoq jafolarga.
gamim chekma, yuragini ugirlatib quymasa deb,
Muhabbat deb topinmasman men duch kelgan ruyolarga.
Kelar hali duolarining ijobatga utajak kun,
Nuqta bulib borgum albat kuksingdagi nidolarga.
Salomini etkazgaysan yuzlariga shamol pardoz,
Pakhta gardin surma qilgan barcha nozik adolarga.
Bu notugal qushiq uchun avf aylagin Mashrabingni,
Soginchimu muhabbatim sigmas akhir hijolarga.

Ikkinchi khat

Yullarimda kuzlari turt
Kuzlari turt onajon,
Dorilomon kunlarni kut,
Kunlarni kut, onajon!
Zaqqumlaring pinhona yut,
Pinhona yut, onajon!
Nodustlarni etma khushnud,
Etma khushnud, onajon!
Ugling bu kun tolibi yurt,
Tolibi yurt, onajon!
Qorni ham tuq, usti ham but,
Usti ham but, onajon!
Yurar goh hud, goho behud,
Goho behud onajon!
Lov-lov yonar kuksida ut,
Kuksida ut, onajon!

Orzulari kukda burgut,
Kukda burgut, onajon.
Ushalarmi, yuqmi yokhud,
Yuqmi yokhud, onajon!

Uzbekiston misli yoqut,
Misli yoqut, onajon,
Nigohlarga qalaydi ut,
Qalaydi ut, onajon!

Unga fido jonu vujud,
Jonu vujud, onajon!
Yuqsa harom sen bergan sut,
Sen bergan sut, onajon!

Saf boradi. Saf behudud,
Saf behudud, onajon!
Ulug safda qulimdan tut,
Qulimdan tut, onajon!
Diydorimdan uzma umid,
Uzma umid, onajon!
Armonlaring bular unut,
Bular unut, onajon!

Yullarimda kuzlari turt,
Kuzlari turt, onajon,
Dorilomon kunlarni kut,
Kunlarni kut, onajon!

ONAM (Marsiya)

Uldi-ketdi, ey voh, gamguzorim onam,
Qaytib kelmas endi beozorim onam.
Qayga uray endi bu hayrona boshimni,
Bizga tuymay ketdi zori-zorim onam.
Kuz yoshlarimda qolgan foniy hamrohim onam,
Tunlar uyqusiz kuzim, tonglarda rohim onam.
Holi kharoblar yiglar, mehribonim onam,
Bagri kaboblar yiglar, jonu jahonim onam,
Bu gamlarni boshiga tushganlar bilar bir kun,
Siz yuq, huvillab qoldi keng khonadonim onam,
gamlarim kimga suzlay Gamguzorim onam,
Okhir daftarga tukdim dildagi zorim onam.
Qaylardasiz endi qiblagohim onam,
Izlab topolmay qoldim sajdagohim onam,
Izlaringiz akhtarib qabringiz boshidaman,
Qoyalarni titratgay ohu vohim onam,
Tong keldim, oqshom keldim tinglamas zorim onam,
Sizsiz kharidorim yuq, kuhna bozorim onam.
Hijron ezar, suzlashga toqat-imkonim qani,
Suratim tirik faqat, tandagi jonim qani.
Uyim turi bush qoldi, allasiz qoldi beshik,
Maslahatguyim qani, toza vijdonim qani,
Kimlar kechirar endi qilgan gunohim onam,
Qoqilganda suyanchiq, pushti panohim onam.
Ulim shohu gadoga teng ekan bu dunyoda,
Onamni toparmanmi, jahon kezsam piyoda.
Onam ulgani bilan er tuymas-ku, odamlar,
Ulimga ulmi bormi bu vafosiz dunyoda,
Naylayin olis ketdi, olis dargohim onam,
Utarga kupriklar yuq, yullarda chohim onam.
Besh qiz beshta shaharda diydoringiz izlaydur,
Gohi pinhon, gohida oshkora buzlaydur,
Uchoqda yonsa olov, yozilsa gar dasturkhon
Sizning nasibangiz bor, nasibangiz izlaydur
Nabiralar surashsa, ne dey, ustozim onam,
Oh, chalinmay chang bosdi dutoru sozim onam.
YOlgiz ugil, kelin ham qoldilar iztirobda,
Keksa otam gami chekar bizdan ziyod khunobda,
Nabiralar buvisiz, dasturkhonlar duosiz,
lam ham motam ichra nazarimda shu tobda.
Chunki olamda yuqsiz bakhtim-ezozim onam,
Dardim ichimda qoldi yangroq ovozim onam.
Sizni olib ketgan ul ajalni ham el olsin,
Sizga tor bulgan bunday olamni ham sel olsin.
Onasiz utgan umr, umrmikin yoronlar,
Onasiz qolgan garib, u qanday kungil olsin,
Siz yuqsiz jahon ham yuq, bakhtim-tojdorim onam,
Siz yuqsiz, karvon ham yuq, ulug sardorim onam.
Siz yuqsiz, yana kulgay yam-yashil bahorlar ham,
Siz yuqsiz, yana otgay bu sulim saharlar ham.
E voh, kuzim yoshidan suv ichib unar gullar
Kuz yoshim selobiga garq bulib qabrlar ham,
Bir umr oshiqqayman qutlug dargohim onam,
Sherlarim bilan hayot yashar, ollohim onam.
Bir umrga yashaysiz sherlarimning satrida,
Bir umrga yashaysiz gullarimning atrida,
Oqshomlar yoqsam chiroq, nur yoyilsa khonamga
Siz yashaysiz toza qon, yuragimning qatida
Siz ilhomim, gazalim yorug osmonim onam,
Ugil-qizga suzlasam bitmas dostonim onam.

SENI KURGIM KELAR, ONAJON

Shodlikdan osmonga etganda boshim
Bir joyga tuplansa dustu qarindoshim.
YO boshimga tushsa biror musibat,
YOki birov aytsa otamga rahmat.
Uchrab qolsa yulda tanish ayollar,
Dildan tilga kuchsa masum khayollar.
Desa: «Kurinishda magrur bulsa ham,
Yuq edi onangday mushtipar odam».
Seni kurgim kelar, onajon.
YOr bilan bog kezsam oydin kechalar,
Kunglimda tugilsa yangi rejalar.
Sirli kuylab oqsa jigalar pastda,
Bakhtimga yulduzlar boqsa havasda —
Shabboda silasa gulning yuzini,
Tinglamoq istayman aytgan suzini.
«Bolamning buyini kuray deb bir dam»,
Ehtimol gul bulib chiqqansan erdan.
Shu sabab soginch-la bogaman gulga.
Armon faryod qilar uksigan dilda,
Seni kuz oldimga keltirolmay, goh!
Eslolmay yuragim urtanar nogoh.
Qanday bakhtiyordir onasi borlar,
Ular etimlarday chekmas ozorlar.
Uzing ketding menga berib umringni
Soginib asrayman dilda mehringni.
Seni kurgim kelar doim, onajon.

MOTAMSARO ONA

Qachon kutargaysiz ham boshingizni,
Mayus kuzingizda yosh tinar qachon?
Qalbingizda qotgan gam toshingizni
Qachon itqitasiz, munis Onajon!
Oltmish yil burungi usha qora khat
Qaddingiz dol etmish manguga nahot!
Nahot algov-dalgov olovli dahshat
Hamon khayol ichra kezadi, hayhot!
Bilaman, shum urush — jirkanch bu nomni
Bizlar-da yosh esak tortdik jafosin,
Tun buyi kutardik navbatda nonni,
Qahat ham yuqchilik urush balosin…
galaba sadosi keldi bu yoqqa,
Kim qaytdi, qaytmadi jang maydonidan,
Qay uglon bosh quydi uzga tuproqqa,
Faryod eshitildi har khonadonda…
Qancha suvlar oqdi, yuvildi gardlar,
Osuda osmon ham hayot quchogi.
Nahot dilingizdan ketmadi dardlar,
Ayriliq azobi, farzandlar dogi.
Qaddingizni rostlang, magrur, Onajon,
Vatan omonligi — saodat haqqi!
Duoga qul ochib ayting, tinch zamon
Yigitlar bor bulsin, yashashga haqli.
Bugun utmish yodi khotirdan uchmas,
Ham shodlik, ham alam tuygusin tuydim.
Kechiring, volidam, gullarni emas,
Sizning poyingizga shu sherni quydim.

MARMARTOSh

«Ulganimda qabrimga quyarmiding marmartosh».
Gohi ona nolirdi shukh uglidan koyinib.
Hushyor tortib farzandi birdan chimiradi qosh:
«Quying, ulmang, onajon, qurib ketsin marmartosh».
Inson hayotga mehmon, toshchalik emas yuldosh,
Ona ham yoshin yashab bu olamdan kuz yumdi.
Misli qalbdan quydi sel, ayolday tukdi kuzyosh,
YOsh tukdi ugil, ammo quyolmadi marmartosh.
Quyolmadi marmartosh, qayguga bermay bardosh,
Qabr boshida har kun marmartoshday turadi.
Gullar bilan buzlashar, suzlashar u egib bosh:
«Jonimdan quyay sizga, onajonim, yodgor tosh».
Ona qabri boshida gul oralab yurar u,
Ona qabri boshida marmartoshday turar u.

SEVGIM VA ONAM

Faqat men uygoqman,
Kukda oy uygoq.
Sayyor
Hanuz yonar khonamda chiroq…
Onam uygoq, kukda oy uygoq…
Uyimga yor kuzatdi ilk bor,
Qulim unga uzatdim ilk bor,
Ilk bor dedi: «Khayr, surma sochim,
Navbahorim, khayr, qaldirgochim».
Olam uzra sochildi qunduz,
Quyosh buldi, guyo har yulduz.
Olov sochar qush yonoqlarim,
Suzga kirmas qul-oyoqlarim…
Argumchoqda uchadi yurak,
Onam akhir uyda jonsarak…
Qush misoli bosardim qadam,
Peshvoz chiqib qoldi-yu onam…
Kuzlarimga tikdi kuzini,
… Aytolmadi biroq, suzini…
— Qizim ukhla, orom ol, dedi,
Shirin tushlar bilan qol, dedi,
O, bagri keng begubor onam,
Ilk sevgimday ulugvor onam!
Uzim qoldim khonamda yakka,
Uyqu qayda, uyqu falakda…
Onam ukhlar, yonmaydi chiroq
Men uygoqman, kukda oy uygoq.

ONAJONIM

Onajonim,
Kuzlaringizda
Kunning nafaslari bor edi,
Onajonim, yuzlaringizga
Oyning havaslari bor edi.
Onajonim, siz bilan jahon
Behigulday iforli edi.
Tunlar oydin, kunlar shodmon,
Shabadalar dutorli edi.
Tushlarimga kirib chiqasiz
Sochlarimni urib chiqasiz.
Farishtaday boshim uzra goh
Oromimni kurib chiqasiz.
Talpinaman, quchsaydim qani?
Soginchlardan qochsaydim qani?
Kuz yoshlarim gulga aylansa,
Poyingizga sochsaydim qani?
Onajonim!
Jonajonim!

ONA DUOSI

Uglonni harbiyga kuzatayotib…
Odam Ato himmatidan suradim,
Seni jonim pardasiga uradim.
Tulpichaday yulga kirding sen qachon, —
Kamzulchangga jiyda-bodom quradim.
Qizil gulday tarzi bulsin yigitning,
Bilaklari gurzi bulsin yigitning.
Qatorinda nori bulgan khalq ulmas,
Yurt quriqlash farzi bulsin yigitning.
Ol bulsin-a, ol bulsin-a, ol bulsin,
Ot tanlasang — oftob nuri yol bulsin.
Tangrim seni panohinda asrasin,
Peshonangda borsa-kelar fol bulsin.
Boshimdagi olmos jigam, omon kel,
Belimdagi kumush tugam, omon kel.
Kelguningcha qancha toylar ot bular,
Buylaringga jon sadagam, omon kel.
Suqsur bolam, sarhadlarda sergak tur,
Chorloq bolam, dengizlarda chappar ur.
Kaklik bolam, togliklarda sayron yur,
Kiyik bolam, qumliklarda ravon yur.
Tuqaylarda arslon kabi arillab,
Daralarda buron bulgil gurillab.
Qayrugiga sir aytmaydi qulonlar,
Qoplon bulgin, yoving qochsin zirillab.
Sen oh desang, qirqta jonim chiqquday,
Toglarimni qora gurbat yiqquday.
Tovoningga tikan kirsa banogoh,
Menga tegar zambarakning uqiday.
Momo havo himmatidan surayman,
Seni jonim pardasiga urayman.
Arkday bulib, ostonangdan kirib kel,
Yaratgandan har kun shuni surayman.
Men duoguy yullaringga qarayman…

SEN ONALAR DUOSINI OL…

Bu dunyoning khilqati ayol,
Mano birla hikmat ayol,
Odamzodga tilagi — iqbol,
Kurmay desang umringda zavol,
Sen onalar duosini ol.
Ayol joni qirqta degan zot
Uning bakhtin aylagay barbod.
Bu qandayin qabohat, hayhot!
Kurmay desang umringda zavol
Sen onalar duosini ol.
Guvoh erur zamin-zamonlar:
Ayolga bosh egmish sultonlar.
Qattiq suzlar unga nodonlar,
Kurmay desang umringda zavol,
Sen onalar duosini ol.
Qadam bossang balki titrar er,
Hayiqadir balki sendan sher,
Bitta suzga lekin, quloq ber,
Kurmay desang umringda zvvol,
Sen onalar duosini ol.
Farishta ham ayol siymodir,
Bir joniga ming mehr jodir,
Uyu fikri vafo, hayodir,
Kurmay desang umringda zavol,
Sen onalar duosini ol.
Yigit bulsang, ulimdan qurqma,
Taqiblardan, zulmdan qurqma,
Buhtonchilar tilidan qurqma,
Kurmay desang umringda zvvol,
Sen onalar duosini ol.
Ayol — ona, mushfiqi zordir,
Ayol — singil, vafoli yordir,
Vafodorga vafosi bordir,
Kurmay desang umringda zavol,
Sen onalar duosini ol.

ONA

Hassami tuqillar keng koridorda
Sung sekin ochildi khona eshigi.
Nuroniy bir ona kimnidir surab
Turar ostonada — qomati egik.
— Ona! — deb otildi bir qiz bagriga,
Yuzlarin kuydirar otash nafasi.
Ona-bola chummish quvonch nahriga,
Qizlar tikilishar kelib havasi…
Kuksiga bosadi farzandin ona,
Tushmish peshonaga oppoq soch toli.
Khushbuy taratadi savatda, ana,
Fargonadan kelgan luchchak shaftoli.
— Nega etmadingiz meni khabardor
Kutib olardim-ku vokzalda uzim.
— Yuq, buncha tashvishning ne keragi bor,
Akhir…
vaqtginangni qizgandim, qizim…

ONAJONIM QOShIDA

Bir umr qarzdor erurman onajonim qoshida,
Davlatim, togday panohim, soyabonim qoshida.
Boyligim ham toleim deb kursaturman izlarin,
Uzga boylik na kerak jonu jahonim qoshida?
Khulqi khushligu hayodan berdilar menga saboq,
To abad tazim etay rohi ravonim qoshida.
Ne deya izhor etay shaniga yoniq hislarim,
Jonajonday jonajonroq jonajonim qoshida?
Derlar, oftob mehridan jon olur ruyi zamin,
Lekin, oftob mehri nadir mehribonim qoshida?
Men volidam jonidagi jon erurman, begumon,
Sadqa bulsin khonumonim, sadqa jonim qoshida!

Onalarning oyogi ostidadir
Ravzai jannatu jinon bogi.
Ravza bogi visolin istar esang
Bul onaning oyogin tufrogi.
* * *
Boshni fido ayla ato qoshiga,
Jismni qil sadqa ano boshiga.
Tun, kuningga aylagali nurposh
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
Gafur Gulom

ONA

Tugilgan damimni eslay olmayman,
Tashakkur deyilsa arzigulik tong.
Tanam yurgaklangan, mushtim tugilgan,
Oltin rudasiday ishlanmagan ong.
Hali bepardozman, olam jamolin
Kura olmaslikka kuzim ham ojiz.
Tanglayim kutargan bibim bechora
Kim edi, bilmayman ulgandir, esiz.
Birinchi tamshangan ona sut qadrin
Asl ugil bulib oqlash etibor.
Tevarak olamga ziynat sanalur
Ona yurt bagrida kurkam har chinor.
Qirq yil hadeguncha utib ham ketdi,
Uglingni kursayding etuk kamolin.
Kutib etisholmay bizga qoldirgan
Shunchalar muhayyo olam jamolin.
Dunyoday alvon rang dasturkhon yozib,
Sening oilangda hammamiz obod.
Kumush uzugingni barmoqdan olib,
Ushbu sherim bilan seni qildim yod.
Khuddi yurak ustida
Erkalagan quling bor.
Sochimni silab quygan
Panjang izi — yuling bor.
Ufqlardan keng eding
Bagringga olgan chogi.
Uzligimni tanitgan
Onaginam quchogi.
Mingga kirib ulsam ham,
Quloqda quyma allang.
Quyoshga qushnimiz, deb
Kursatganing ming-ming rang.
Uzing, akhir, nimasan,
Qoyamisan, togmisan?
Uzing akhir nimasan,
Jahonmisan, bogmisan?
Rangmisan, quyoshmisan,
Uammasidan ulugsan!
Etuk-etuk suzimni
Shaningga aytguliksan.
Hoynahoy, bir kitobsan,
Minglab qomusdan baland.
Hoynahoy oftobsan,
Men esa senga farzand.
Hamid OLIMJON

YIGITLARNI FRONTGA JUNATISh

Poezd tayyor junamoqqa,
Vokzal tula yigitga:
Ona bu kun uzatadi
Uz uglini frontga.
— Khayr uglim, oq yul bulsin,
Khayr, kuzim qorasi.
Bilkim, jangda bilinadi
Mard yigitning sarasi.
Bola ekan tish chiqardim,
YOvlarni tishlasin, deb.
Togday ogir bilak berdim,
Dushmanni mushtlasin, deb.
Yana ikki kuz ham berdim,
YOv kelganda kurgani.
Oyoq berdim lozim kelsa
YOv ustiga yurgani.
Aql berdim, yov bosganda
Engishga yul topsin, deb.
Ot ham boqdim, mavrid kelsa
Jangga minib chopsin, deb.
Mana bu kun buyuk khalqing
Seni chaqirdi jangga:
Fashist degan bir ajdaho
YOv kelibdi Vatanga.
Otangning nomini aytib,
Bolam, mard bul, jangga kir.
Dushmanni quv elimizdan,
Ketidan elday yugur.
Kukdan kelsa, qilich bilan
Oyogini qirqib ol;
YOrdan chiqsa, qundog bilan
Ablahning boshiga sol.
Hamla qilsa gavdasini
Tank bilan majaglab ut.
Kukka chiqib ulim yogdir,
Qolsin begur, betobut.
Hujum chogi chekinma hech,
Tulkini sher bulib bos.
Tirnoq bilan bagrini yirt.
Qulingni dor qilib os.
Agar jangda ish bermasang,
Olmasang botir deb nom,
Dushmanni engib qaytmasang
Bergan sutlarim harom.
Khayr, uglim, oq yul bulsin,
Khayr, kuzim qorasi.
Bilkim, jangda bilinadi
Mard yigitning sarasi.
Yigit qasamyod qiladi
Miltiqni olib qulga.
Parovoz ham qichqiradi,
Poezd tushadi yulga.
Ona yulga tikiladi:
— “Bolam, yuling bulsin oq…”
Poezd kuzdan yuqolguncha
Tikiladi u uzoq.
Mirtemir

SEN ONA…

Alisherga alla aytib ukhlatgan
Sen — ona.
Ogushida Bobur kamolga etgan
Sen — ona.
Torobiyni ogir jangga junatgan
Sen — ona.
Olamni nurida munavvar etgan
Sen — ona.
Yiglasa, dunyoni raso titratgan
Sen — ona.
Kulgisi saodat parvarish etgan
Sen — ona.
Dohiylar beshigin bedor tebratgan
Sen — ona.
Mehri bahorida elni yashnatgan
Sen — ona.
Yagona uglingni junatding jangga,
Bul bardam, ona!
Onaday oshiq yuq ona Vatanga,
Muhtaram ona…

ONAGINAM

Tovonimga chaqir tikanakday botuvchi — gashlik,
Bedavo sizloviqday sizlatguvchi — gashlik.
Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon,
Chuchvaraga chekkuvchi — gashlik.
Meni uylab notavon va nimjon,
gashimga tekkuvchi — gashlik.
Suyaklarimni sirqiratib,
och tevatday gajiguchi,
Kuzimga yosh tirqiratib,
jigildonimda achchiq buzaday achiguvchi gashlik…
Dunyoga qayta kelishimga kuzim etsaydi,
Yigit yoshim tulmay turib,
Ayriliq zaylida qoq yogochday qurib
Jon bergan onamni kurishimga
kuzim etsaydi,
Tizzasiga bir nafas bosh quyishimga
kuzim etsaydi,
Onalik mehriga ubdon tuyishimga
kuzim etsaydi,
Oq sutingni oqlay, deyishimga
kuzim etsaydi,
Menda gashlik netardi?
Yantoq utinidek,
Tamaki tutunidek,
Tong paytida taralgan badbakhtlik tunidek —
Cheksiz fazolarga tarqab ketardi!
Onaginam!
Odam buldimmi menam?
Yigit yoshimgacha bir chelak suv keltirib
bermagan bulsam,
YO tashnaligingda bir kosa sharbat tuldirib
bermagam bulsam,
YO non yopishing uchun,
Hatto bir yula, bir kun
Sahrodan utin orqalab kelmagan bolangman…
Ogzingdan suz chiqmay, elmagan bolangman…
Sening arzimas bir yumushingni ado etolmaganim,
Sening bir ishorangga yuz umbaloq oshib ketolmaganim!
Seni jindak khushvaqt qilgani,
Seni jindak khushbakht qilgani –
Tagsiz jarlardan utolmaganim,
Seni sunggi yulga uzim kuzatolmaganim —
Togday zil.
Abadiyatday cheksiz armon bulib qoldi dilimda,
onaginam!
Odam buldimmi menam?
Ha, odam sanashar meni elimda,
Senga qilolmagan khizmatim,
Sen deb chekolmagan zahmatim —
Jindak zehnim, jindak sherim, jindak gazalkhonligim
Onalik mehriga tuymagan mehrim,
jindak yakhshilik va yomonligim
Meni odam sanagan elimga bakhshida,
jafodiyda onaginam!
Elga khizmatim — senga khizmatim emasmi akhir,
El meni farzandim demasmi akhir!
Rozi bul, odam sanalay menam…
Dunyoga qaytib kelurman,
Lekin boshqa ugil bulib…

ONAGINAM

… Ona bagrin qumsab utdi gudaklik,
Taqdir olib ketmish edi yiroqqa.
Goh uksuklik, gohi shukhlik, tentakli,
Tagin bir yoz qaytib keldim qishloqqa.
Ne kurayin? Ketmon yotur zang bosib,
Sopi siniq, qarab bulmas uroqqa.
Ogil, chetan, quduq boshi chang bosib,
Onam shurlik ukhshar jonli qurchoqqa.
Kuz yoshini artib rumol uchida,
Manglayimdan upib, tutar suroqqa.
Singlim kuzi milt-milt, hovli burchida,
Hovli ukhshar hozir yuz bir quroqqa.
«Kuz oydin!» deb olis-yaqin kelishar:
«Kelding chogi tagin turt kun qunoqqa?»
Vaqt tigiz-da, bular qaydan bilishar,
Biri uyga, biri chorlar ovloqqa.
«Tulpor tugri chortoq tomon choparmish,
Sen ham akhir chopib kelgung chortoqqa.
Ot aylanib, qozigini toparmish,
Sen ham akhir topib kelgung shu yoqqa…»
Biri u der, biri bu der, khushvaqtlik,
Sakrab ketgum kelar ukhshab tayloqqa.
Yakhshi tilak, yakhshi orzu, khushbakhtlik,
Mayli borsam borib kelay yayloqqa.
Vaqt tigiz-ku, lekin ancha turgim bor,
Tagin tushgum, qaydam, qanday suqmoqqa.
Onaginam kuz oldida yurgim bor.
Ketmam, tulqin itgitganday qirgoqqa.
Tong otmayin uroqni ham soplagum,
Ketmonni ham duch qilgayman qayroqqa.
Loy qilaman, loyga somon qoplagum,
Erta bilan dustlar kelur shuvoqqa.
Qaydan bilsin ne savdolik yosh boshim,
Ona qalbi ukhshar oydir buloqqa.
Khayollarda sovib qolar suk oshim…
Onaginam utin qalar uchoqqa…
* * *
Onam! Sening issiq, aziz joningni,
Zarradek chogimdan boshlab bilaman,
Uzim ham zarra-yu, lekin qoningni
Yangilab jismingdan uzni uzganman.
Sen gul juvon hali mendan bekhabar,
Bulutday gudaklar tortdi havasing,
Endi men sen desam qaynoq, muattar
Hovrin his qilaman iliq nafasing…

ONAM BOQI

Kechagina borliq edi moviy qor,
Sevgidayin kun taftidan eridi.
Esda:
Biz yosh, qor bahordan serviqor,
Tanimizda ming bir oftob bor edi.
Hamma guzal:
YOshi utgan onam ham
Khushbuy edi khiyol suliq gul misol,
U bilganni pari bilmas bir olam,
Unga kelib echilardi barcha fol.
Nafasidan nafas olib usdik biz:
Farzandlaru, gulu kitob hamrohi.
Guldan jozib edi bizning onamiz,
Bir jahon bakht bagishlardi nigohi…
Onam bogi orzusimon turfa rang,
Loqayd, bachki bezaklarga edi yot.
Bor mavjudot raqibi-la qilib jang
Ustirdi bog, ugil va qiz — zurriyod.
Shu eram bog zamonaning zayli-la
El utguvchi ravon yulga aylandi.
Onam!
Sizning umr hayot mayli-la
Mening jismu jahonimga joylandi…
Necha ajdod kechgan bogdan yul qoldi,
U yullarda Sizu mendan yuqdir iz!
Sizni Menu,
Meni Onalik oldi,
Ayol zoti ketmas hayotdan izsiz…
Asqad MUKhTOR

AYaJONIMIZ

Titrab yangrar edi ufqlar tongda,
Guzal kuylar edi ayajonimiz.
Bulutlar tulganar edi osmonda,
Jajji yuraklarda — hayajonimiz.
Kuyni qari qartang mukka tinglagan,
Bunda ojiz edi har qanaqa suz.
Urush muralardi qulsiz englardan,
Yupun khirmonlardan — bebaraka kuz.
Ayam kukka qushday intilar edi,
Etagidan ushlab diydirardik biz.
Yashil kuzaklarda multillar edi,
Chala qolgan kuydek bolaligimiz.
Bulutlar bezovta edi osmonda,
Jajji yuraklarda — hayajonimiz.
Dadamizni eslab shunday har tongda,
Mungli kuylar edi ayajonimiz.
Kuy bulib uchmoqni qilardi orzu,
Dadamizni eslab shunday har tongda.
Ammo, qanotlarin yozolmasdi u,
Chunki biz bor edik qanot ostida.

ONA

(Farzandlarimning marhuma onalari
haqidagi suzlari)
Ona, tark etdingiz yorug olamni,
Bildik, ayriliqdek dardu alamni,
Fil ham kutarolmas bundayin gamni,
Hovlimiz sahnida,uchoq boshida
Guyoki onajon, izingiz qoldi…
Siz oqilu dono erdingiz, ona,
Diyonat izmida yurdingiz, ona,
Ortimdan qolinglar, derdingiz ona,
Aytganingiz keldi, faryodlar chekib,
Ortingizdan uchta qizingiz qoldi.
Boshimiz silardi qulingiz mudom,
Duolarda edi tilingiz mudom,
Yumush edi ungu sulingiz mudom.
Munglig qizlaringiz quloqlarida
Jonbakhshu purmano suzingiz qoldi.
Sizsiz garib bulib kurinur dunyo,
Qaniydi bu kunlar bulsa bir ruyo,
Dunyoda yuq ekan onaday siymo
Kuzimiz oldida farishtasurat
Oftobdayin issiq yuzingiz qoldi.
Garchi ohimizdan chiqsa-da tutun,
Uksinib kuzyoshlar tuksak-da beun,
Bizlarning onajon, jismimiz butun,
Bizga hayot ila idrok bergansiz,
Jismimizda bergan tuzingiz qoldi.
Bizlar uchun doim hayotsiz, ona,
Parvoz etar bulsak qanotsiz, ona,
Biz uchun qushigu bayotsiz, ona,
Guyo nigohingiz bizlarda doim,
Kuzimiz oldida kuzingiz qoldi…
Hovlimiz sahnida izingiz qoldi!
Tulan NIZOM

ShER AYTGIM KELYaPTI, ONAJON

Rost gap, faqat siginaman Onamga,
Onam bergan mujizakor olamga,
Olam bergan bu muqaddas qalamga…
Onam utib ketdi yorug olamdan,
Men ushlagan bu muqaddas qalamdan —
Elga suzlayotir barhayot Onam.

ONAM RUHI

Onam ulgan. Buldi necha yil,
Hayotimning shami-ku sungan.
Chidab keldim, ohkim, sagir dil,
Hijron gami yurakda tulgan.
Mozoriga boraman gohi,
Tiz chukaman, tizzamda titroq.
Eshitmas u uglining ohin,
Oramizda sunggi yuq qirgoq.
Poyiga oq gullar quyaman,
Kunglim kutarilar toglarday.
O, mehriga qachon tuyaman,
Onam edi tukin boglarday…
Peshonamni silagan u qul,
Tirikmanki chiqmas esimdan.
Men onamsiz bosdim qancha yul,
Bolalarim kelar izimdan.
Tonglarimni yoritur u Nur,
Men-la yashar ushal ulug Ruh.
Onajonim, ming bora shukur,
Mening bakhtim, Siz buyuk shukuh…
Onam utgan. Buldi necha yil,
Hayotimning shami-ku sungan.
Uni qumsar etim shoir dil,
Hijron dardi kungilda tungan.

ONAM SURATI

Bugun yana termulaman, Onajon,
Sen tomonga intilaman, Onajon,
Aytgil, endi nima qilaman, Onajon.
Ne utganin men bilaman, Onajon,
Sado chiqmas, soginaman, surat jim.
Shoir buldim hasratingni aytgani,
Armoningni men bolamga bitgani,
Vaqtim etmas ukhlagani, yotgani,
Opam kelar yiglab-yiglab ketgani,
Siqilaman, ukinaman, surat jim.
Ziyoratga bordim kecha qabringga,
Zor yigladim, kirolmadim bagringga,
Rahming sira kelmasmi sagiringga,
Bilasan-ku tayyor edim amringga,
YOlboraman, utinaman, surat jim.
Mehnat bilan elda topdim etibor,
Bunyod, Ozod — uglim va turt qizim bor,
Men yashayman izlaringga intizor,
Soginganda Uzbekistonda menga tor,
Yurak bosib, yutinaman, surat jim.
Kuz yoshim — suv, bog unar chaman-chaman,
Oq suting, deb ilhomimni ichaman,
Sen — Turkiston, Ona-er, Ona Vatan,
Uzingdadir, uzing bergan jonu tan,
Bosh quyaman, siginaman, surat jim.

TUShIMGA KIRDI ONAM

Tushimga kirdi onam:
Hassasiga tayanib —
Ostonada turibdi.
Sochlari oppoq, tol-tol,
Va boqadi jovdirab —
Bir khavotir kuribdi.
Kiygan libosi garib,
Indolmayman, zabon yuq
Tilim qaqshab, quribdi.
Qulingni och, der shu dam,
Quynigimga yashirdim —
Bilmam, nedur beribdi.
Sungra, alqadi rosa,
Yana bir razm solsam —
Hovlimizda yuribdi.
Chuchib turdim, bolish nam
Kuzlarimda achchiq yosh —
Yurak bejo uribdi.
Qabriga bordim tongda,
Atirgulga suv quydim —
Bitta shokhi quribdi.
Kechiring, deb yolborib,
Saganaga tikilsam:
Mangulik uy suribdi.
Tulan NIZOM

ShER AYTGIM KELYaPTI, ONAJON

Qaro tun tarqalur, nur yaqin,
Jismimni kuydirar bir chaqin,
Soginchdan yuragim zur oqin,
Larzaga keltirib kuk toqin —
Sher aytgim kelyapti, onajon!
Surating hech kuzimdan ketmas,
Dod desam-da ovozim etmas,
Er-ku borib khabarim aytmas,
Dardim bitmas, sherlarim bitmas,
Sher aytgim kelyapti, Onajon!
Mozoringga utqazdim bir gul,
Ertayu kech yiglab turar ul,
Bosh kutargil, unga qarab kul,
Shokhlariga qunsaydi bulbul,
Sher aytgim kelyapti, Onajon!
Qoldim bazan gam ichra nolon,
Shunchalar ham tormikan jahon,
Kungil ogrir, jigarim ham qon,
Sado qilmas er bilan osmon,
Sher aytgim kelyapti, Onajon!
Otam utdi kurmay rushnolik,
Undan meros — dustlik, oshnolik,
Otasizlik — achchiq tashnalik,
Ota bulib yulga boshlading,
Sher aytgim kelyapti, Onajon!
Bola edim, ketmonni olib,
Dalalarga chiqdim yul solib,
Kechda qaytdim charchab va tolib,
Sung rom etdi, sher ekan golib!
Sher aytgim kelyapti, Onajon!
Navoiy tushimga kirdi necha qur,
Bobur kuz oldimda tik, magrur.
Mashrab dedi: yur, men bilan yur,
Qullarimdan tutdi Mirtemir,
Sher aytgim kelyapti, Onajon!
Kup shaharlar kezdim sarsari,
Andijonim emasdi bari,
Fargona ham yurtlar sarvari,
Degan eding menga ilgari,
Sher aytgim kelyapti, Onajon!
Kelin kursam, deb aytgan eding,
Nabiralar gamin ham eding,
Bosh uglimni, bu Bunyod deding,
Kichkinasan bu Ozod deding,
Sher aytgim kelyapti, Onajon!
Senga ukhshash odam bormikan,
Ona kabi hamdam bormikan,
Ona nomli zur gam bormikan,
Onasiz ham olam bormikan,
Sher aytgim kelyapti, Onajon!
Sensan madadkorim, Sen — kuchim,
Ezgulikka tulgan bor ichim,
Hech kimga yuq hasadim, uchim,
Sherga bitmoq farzandlik burchim,
Sher aytgim kelyapti, Onajon!

ONAM-A

Sendan uzga mehribonni kurmadim,
Sensiz yorug bu jahonni kurmadim,
Sendan buyuk or-vijdonni kurmadim,
Sensiz tukis er-osmonni kurmadim,
Bugun yana yodga tushgan onam-a.
Kurishamiz, bolam, qiyomatda deb,
Yiglayverma, butam, nadomatda deb,
Sen yakkasan, yasha diyonatda deb,
Umring utkaz halol, ibodatda deb,
Bildirmasdan mendan qochgan onam-a.
Ulushing bor, dasturkhonda, uzing yuq,
Kuz oldimda surating bor, suzing yuq.
Kuzlarimga qarab turgan kuzing yuq,
Yiglamagan ugling hamda qizing yuq,
Ruzgorimda shamday uchgan onam-a.
Ertayu kech ugitlaring tilimda,
Hasratlaring kuzimdagi selimda,
Kupga qilgan onaliging edimda;
Sen boglatgan shohi belbog belim-da,
Kelmaslikka qushday uchgan onam-a.
Sendan qolgan uyni obod ayladim,
Suting haqqi, ruhingni shod ayladim,
Harib edim, uzni kushod ayladim —
YOlgizingni Bunyod, Ozod ayladim,
Yurtga uchta ugil qushgan onam-a.
Kurganingda bular edi — shu alam!
Dunyo ishi shundog ekan, biri kam.
Shu boisdan yiglab utar el-olam,
Armonlaring mana men tutgan qalam —
Shoir bulib qaynab jushgan onam-a…
Yayratgansan piri imonim bulib,
Qaratgansan tabib insonim bulib.
Yayratgansan bogu bustonim bulib,
Sayratgansan ulug Turonni bulib,
Uzbekiston kabi quchgan onam-a…
Tolib YULDOSh

ONA

Ona! Sening quyoshdayin
Umring bor tinch hayotda.
Mehring yashar har bir qalbda,
Har dilda, mangu yodda.
Har eshikda sening allang —
Sening ugil-qizing bor.
Sen tarikhlar ijodchisi,
Aslo uchmas izing bor.
Gudaklarga kuksing ochiq,
Uz noming-la onasan!
Bakhting kulib hur Vatanda
Dovrug topding yana sen.
Pakhtazorda sening yallang,
Dastgohlarda ovozing,
Oy rasmini olib tushdi
Fan yulida parvozing.
“Ona” desam, oynadek
Chehrang menga namoyon.
YOnboshimda turgandaysan
Soyam kabi yonma-yon.
“Bolam” deysan, havas bilan
Buy-bastimdan urgilib.
Yuvib-tarab, nur kiydirib,
Sevib parvona bulib.
Sen bir bahor, boglaringda
Usar farzand — niholing.
Bizlar — sening kelajaging,
Bizlar — sening iqboling.
Orif ODILKhONOV

ONA MEHRI

Kurdim, ona, yuzingiz kuz ochib tong mahalda,
Mehringiz dilga chizdim oftob misol halda.
Mehr quyoshingizdan buldi dilim munavvar,
Shirin suzlaringizdek shirinlik yuq asalda.
Bu olamni tanitgan bagri olam uzingiz,
Onasiz asli olam yaralmasdi azalda.
Bakhti kulgan diyor bagrida zavqqa tulib,
Mehringiz kuylar Orif qushiq qilib gazalda.
Normurod NARZULLEV

AZIZ ONAJON

Kungil gul bogida asrayman sizni,
Kuzim qarogida asrayman sizni,
Qalbim ardogida asrayman sizni,
Bogbonim, posbonim, aziz onajon!
Qalbim navolari qushiq, soz bulgay,
Bahor chechaklari poyondoz bulgay,
Umid, orzularim sarafroz bulgay,
Yulduzim, osmonim, aziz onajon!
Siz bilan kurkamdir yillar, fasllar,
Qalbu kuksingizdan qarzdor nasllar,
Shu bois bosh egib, ardoglab siylar,
Imonim, vijdonim, aziz onajon!
Siz bedor, dunyo tinch, el obod bulgay,
Dardu anduhlardan dil ozod bulgay,
Khonadon serfayzu kungil shod bulgay,
Quyoshli jahonim, aziz onajon!
Siz borsiz, jahonni quchar qulochim,
Yuksak parvozlarda sinalar lochin,
Qaniydi oqlolsam farzandlik burchim,
Qushigim, dostonim, aziz onajon!
Normurod NARZULLAEV

ONAJONIM KIRDI TUShIMGA

Sarvar Berdi qiziga
Soginibdi chogi beparvo uglin,
Bezovta qilibman tushlarida ham.
Entikib, suv sepib, kutarmish yulim,
Kuzlari nigoron, munis volidam.
Meni deb tushagin yangilaganmish,
Ilitganmish suv ham qul yuvish uchun.
Davrada osh tula yangi laganmish,
Guldor piyolada choy tutmish mamnun.
Qarshimda turarmish katta chorraha,
Qop-qora bulutni boshimdan quvib —
Tilarmishlar menga oq yul — fotiha,
Upib peshonamdan, erkalab suyub…
Tushimning tabirin nimaga yuyay,
Asl haqiqatni bilan onalar!
Sherimga shu joyda men nuqta quyay,
Ochiq etirofni qalbim tan olar!
Hayotda nimalar bulmaydi sodir,
Nomatlub yumushlar tegar Qashimga…
Shunda taskin berib, har ishga qodir,
Madadkor onamlar kirar tushimga.
Tashvishlari kamday hushlarida ham,
Obbo, tinch quymadim tushlarida ham.

Omon MUKhTOR

Ranjimagin, ona, uglingdan,
Uning kupdir nazdingda aybi.
Sen yashagan kulbaga bazan —
Qunib utar yulovchi kabi
Ranjimagin, ona, uglingdan,
Uning kupdir nazdingda aybi.
U sen bilan suzlashar bazan —
Jahl aralash, dilkhun, asabiy.
Ranjimagin, ona, uglingdan
Uning kupdir nazdingda aybi.
Uzi mehr kursatmay, bazan —
Sendan mehr uning talabi.
Ranjimagin, ona, uglingdan,
Uning kupdir nazdingda aybi.
Sen yashagan kulbaga bazan —
Qunib utar yulovchi kabi…
Tilak JURA

ONA NIYaTI

Ot choptirib chiqding uyingdan,
Ot choptirib qaytgin, ilohim!
Qulingdagi jiloving kabi
Erking bulsin uzingda doim.
Mayli, meni uylama, bolam,
Topganingni sarf qil uzingga.
Lek birovga bulmagin qaram,
Nam tegmasin sira tizingga.
Ulgaytirdim polvonim deya,
Toliqqanda darmonim deya.
Shamol kabi elib borasan,
Olisdagi osmonim deya.
Osmoningni olib qayt, bolam,
Qolib ketma osmon vaslida.
Otang qurgan bu kichik hujra
Osmondan ham kengdir, aslida.
Ot choptirib chiqding uyingdan,
Ot choptirib qaytgin, ilohim!
Qulingdagi jiloving kabi
Erking bulsin uzingda doim.
Haydar SAMARQANDIY

ONAJON

Onajon, noming dilimda —
jism aro tanho usha,
Shafqating bitmas khazina —
menga ming tillo usha,
Har nafas mehring bulogi,
toshsa bir dunyo usha,
Kuz ochib kurdim uzingni,
menga bir dunyo usha.
Onajon, kabam uzing,
sensiz jahonni na qilay,
Tanda mehring yonmasa
behuda jonni na qilay?
Tark etib oromu sabring —
menga bakht berding mudom,
Ham jigarporam deya,
chekding alamlar subhu shom.
Toza qalbing buldi qancha —
qancha qaygularga jom,
Sendan urgandim buyuk
imlo bila shirin kalom,
Onajon, kabam uzing,
sensiz jahonni na qilay,
Etmasa nomingni yod —
utkir zabonni na qilay?!
Mehribon, mushfiq, murabbiy,
buncha beozorsan.
Jonajon, munis, azizam,
shodligimga yorsan.
Khasta bulsam, jonga darmon,
har sahar bedorsan.
Gar yiroq ketsam tunu kun
izlarimga zorsan,
Onajon, ugling dedi:
sensiz jahonni na qilay?
Bulmasang boshimda sen,
bu oshyonni na qilay?!
Jonibek QUVNOQ

ONA
Assalom, mehru muhabbat mulkiga sulton ona,
Toju takhtingning bisoti shafqatu ehson ona.
Nogahon farzand tomon essa agar nokhush shamol,
Aylagaysan kukragingni tog kabi qalqon, ona.
Oq suting birlan qilursan sen jahonga jon ato,
Mushkuli dunyo bulur amring bilan eson, ona.
Kuzlaringda kurganimda gohida hasratli yosh,
Kuz yoshidan er yuzi guyo bulur ummon, ona.
Solsa har kim gar dilingning toriga mungli navo,
Bulsa ham olim, bulolmas hech qachon inson, ona.
Mijja qoqmay alla aytib chiqqaning-chun bir kecha
Bir umr khizmatda bulsam qolmagay armon, ona.
Mukarrama MURODOVA

ONA QUYNIDA
Sen onang quynida yashaysan khushbakht…
Hayot tashvishlari hali begona.
«Kukdagi oy kerak» desang bular takht,
Dam utmay, yulduzni qumsaysan yana.
Sen emas, uzim ham shunday edim, rost
Uchirma bulishdan ilgari, ukam.
Mudragan kuzlarim ochildi bir oz,
Olisda mustaqil yashab turgan dam.
Ruzgorga bir dona narsa kirguncha
Necha vaqt quvvating tugilar ekan.
Murgaging beshikdan yulga turguncha
Sogliging chok-chokdan sukilar ekan.
Bazida paridek kuringan zotning
Nuqsoni kurinib qolarkan ayon.
Sen ravon deb bilgan hayot yulida
Qoqinsang, alami bularkan yomon.
Ushanda tugilib usgan ostona
Uziga chorlagay — yakkash panoh, takht.
Hozircha bu uylar senga begona,
Sen onang quynida yashaysan khushbakht.
Jamol KAMOL

SAKKIZLIKLAR
Onam uchun avval armon edim men,
Sungra men talpindim quchoqlarida.
Kuzidan yosh bulib quyildim keyin,
Va asta eridim dudoglarida…
Orzu otashida, issiq quchoqda
Etishgan, ey sherim, ey jonon ugil,
Shu buyuk dunyodan kuz yumar chogda
Mening kiprigimdan nur bulib quyil…
* * *
Dustim, tunda turib, ufqlarga boq,
Nur toshar gohi shukh, gohi asabiy.
Onalar ukhlamas, onalar uygoq,
Bedorlikning buyuk tangrisi kabi.
Muazzam zaminni oy nuri emas,
Shu kuzlar ziyosi chulgamish butun.
O, agar onalar kuz yumsa birpas,
Jahon qopqasiga yopriladi tun…
Gulom ShOMUROD

ONA MEHRI
Uch kundirki, havo humraygan,
Uch kundirki, yilt etmas quyosh.
Shundanmi, yo qalbi muz qotgan —
Na jilmayar, Na kuzida yosh.
Birdan buldi uzgarish,
Oho, Labda kulgu, kuzda jolasi.
Uning uchun yorishdi samo,
Quyosh bulib keldi bolasi!

QUMSASh
Onamga
Bola edim hali u paytda,
Burchim ado qilolmadim men.
YOtganingda sovuq tushakda,
Holing surab bilolmadim men.
Esimda,
Bir kampir undadi,
Lablaringga men tomizdim suv.
Majolsiz qul boshim siladi,
Kuzlaringdan yosh tukildi duv…
Keyin seni olib ketdilar,
Men orqangda qolib buzladim.
Shundan keyin noyob chehrangni,
Mehribonim, qancha izladim.
Kup izladim,
Topmadim, evoh!
Sen dunyoda bilsam, yagona
Osmon guvoh
Zamin ham guvoh —
Ukhshamaysan hech kimga ona.
Nosir MUHAMMAD

ONAM HUZURIDA
Yana kuz oldimda tanish manzillar,
Bolaligim kechgan qirlar, dala, bog…
Nastarin nafasli hattoki ellar,
Nahot bu uzingsan, aziz Yakkabog?!
Poyimda necha bir safarlar tafti,
Kuzlarimda uchmay yoniq hayajon,
Bezdirib shaharda hayotning zabti
Bagringizga qaytib keldim, onajon.
Yana bolalikka qaytaman bugun,
Kiyaman poklikning sodda libosin.
Echilar yurakdan bor dardu tugun,
Unutib kattalar makru riyosin.
Sinfdosh juralar kelar birma-bir,
Siyrak saflariga bogaman khomush.
Khotiralar nogoh aylaru asir,
Ogushiga chorlar orombakhsh bir tush…
Yulduzlarga tula osmonga boqib,
Shirin khayollarga bulardim oshno.
Qizildaryo pastda yotardi oqib,
Chigirtkalar sasi — sehrli navo.
Tongdan kuymanardi hovlida otam —
Katta khonadonning tolmas savrari.
Un bola yukidan egilgan onam
Non yopar, zahmatda qotgan qullari.
Sungra nonushtaga yozar dasturkhon,
Atrofga taralar shirchoyning hidi.
Kun buyi hovlidan arimas mehmon,
Darvozalar aslo yopilmas edi…
Yana qaytib keldim, ey, aziz mavo,
Yuzu kuzlarimda yillar gubori.
Sendan boshlangandi men uchun dunyo,
Hayotimning esa tengsiz bahori.
Hali uchmagandir izlarim balkim,
Qadim Urta qishloq tuproqlarida.
Nahot qolib ketdi shukh bolaligim
Toshqin Qizildaryo qirgoqlarida.
Bazan yuragimga sanchilganda gam,
Khotiralar ichra izlayman panoh.
Mashinalar tula kuchalarda ham
Daryo shovqinini tuygandayman goh.
Olis bolalikdan tanish bu sado
Ruhimda uygotar bezovta tugyon.
Va lekin bilmasman daryomikan, yo
Guvranib oqarmi shiddatkor zamon.
Toshpulat AHMAD

ONAJONIM — GAVHARI JONIM
(Shu nomdagi turkumdan)
Men dunyoga kelgan kundanoq,
Yullarimga buldingiz chiroq.
Ulgaysin deb chekdingiz firoq,
Onajonim — jonu jahonim,
Duoguyim — chin mehribonim.
Yiqilganda suyanch edingiz,
Qoya kabi tayanch edingiz,
Nur edingiz, quvonch edingiz,
Onajonim — dono sarbonim,
Duolari tillo karvonim.
Qadringizni goho bilmadim,
Qulingizga hassa bulmadim,
Kulbangizga vassa bulmadim,
Onajonim — gavhari jonim,
Duoguyim — shirin zabonim.
Uzoq ketsam yulimga qarab,
Ultirgansiz zor-zor multirab,
Men gul esa yurganman «yayrab»,
Onajonim — chashmi giryonim,
Nigohbonim — sarvari jonim.
Ayting, Sizni qaylardan topay
Kalishingiz gardlarin upay,
Qabringizga kuz yoshim sepay,
Onajonim — toza vijdonim,
Tomirimda oqqan pok qonim.
Ulim-ku haq, hamma utadi,
Lekin ona qolsa, netadi?
Nahotki er tuymay ketadi?
Onajonim — kuzda mujgonim,
Munisginam, obruyim, shonim.
Yulduzlarga boqib suzlayman,
Izlaringiz bedor izlayman,
Topib ber deb elga buzlayman,
Onajonim — guli rayhonim,
Duoguyim, ruhi ravonim.
Siz bagrimda botmas oftobim,
Tunlarimda sunmas mohtobim,
Dunyolarga bermas kitobim,
Onajonim — gavhari jonim,
Duoguyim — nuri Iymonim…

  • Facebook
  • Twitter
  • Google +

Buxoro viloyati axborot – kutubxona marakazi blogi

Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham, uning soni bilan o’lchanmaydi, yagona o’lchovi-uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.

V.Gyugo

Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib berib qo’yaqoladi, yaxshi o’qituvchi esa, haqiqatni topishga o’rgatadi.

A.Disterveg

Tafakkur va xotira o’zaro bog’liq, chunki tafakkur o’tmishdagi hayotiy tajribaga asoslanadi.

Norman

Biz oldin miyani to’ydiraylik, so’ngra u qorinni to’yg’azadi.

Yapon maqoli.

Mushohada yuritmay turib, qancha ko’p o’qisangiz, shuncha ko’p bilayotganga o’xshayverasiz, agar o’qiyotganda qanchalik ko’p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz.

F. Volter

Kitob odamni – bilag’on, suhbat – topqir qiladi, yozib olish odati esa uni aniqlikka o’rgatadi.

F. Bekon

Ilmu ustod kitob hurmati – hammasidan zarur bu bob hurmati.

Kim esdan chiqarsa bu uch hurmatin,

Chekar hayotida kamlik zillatin.

Kamoliddin Binoiy

Agar yolg’iz esang, hamdam kitobdur,

Bilim subhidagi nur ham kitobdir.

Abduraxmon Jomiy

Kitobni e’zozlash kerak, tafakkurning bu qasriga ehtirom bilan kirmoq lozim.

A. Gertsen

Kitobning mohiyati mangudir… Bu mohiyat – tafakkurni abadiylashtiradi.

L.N Tolstoy

O’zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman.

Maksim Gorkiy

Qanday kitob o’qiyotganingni aytsang, sening kimligingni aytib beraman.

A.V. Lunacharskiy .

Kitob o’qishni odat qilmagan oila – ma’naviy qashshoq oiladir.

P.A. Pavlenko

Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to’plab avlodlarga etkazadi.

Oybek

Kitob bu inson orqali ko’riladigan dunyodir.

I.E. Bobel

Kitob insonga qanot bag’ishlaydi.

F. V. Gladkov

Kitob seni hali sen ko’rmagan dunyoga olib boradi, sen eshitmagan so’zlar aytadi.

Gertsen

Kitoblar ehtirossiz, biroq sadoqatli do’stdir.

Gyugo

Kitob butun hayotni qamrab oladi.

Balzak

Kitob bu hayotdir, undagi jarayonlar – tarix jarayonlaridir.

M.N. Kuraev

Mening aqlim kitoblardan g’oyalar manbaini topdi.

Tsialkovskiy

Kitobim, barchadan boyim o’zingsan,

Tunimni yoritar Oyim o’zingsan.

Badanim ilmga tashnalab tursa,

Sug’orib turuvchi soyim o’zingsan.

Muxibbiy

Men olimlarga, ilohiyotchilarga, faylasuflarga va tarixchilarga hurmat – ehtirom ko’rsatdim. Men ularni hurmat qildim va e’zozladim.

Amir Temur

Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo’lur.

Maxmudxuja Bexbudiy

Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlikdir.

Abdulla Kodiriy

Ishga yarab qolsa ishing bir muddat, yana oshirmoqqa aylagil shiddat.

Mirzo Ulugbek

Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmagay.

Imom al-Buxoriy

O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar bilim qayda bo’lsa, buyuklik bo’lar.

Yusuf Xos Xojib

Faqat bir ezgulik bor – bilim va faqat bir yomonlik bor – jaholat.

Suqrot

Ilmga nisbatan go’yo cho’pon kabi posbon bo’linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi bo’lmanglar.

Hadis

Moziy istiqbolning tarozusidur, har kim o’lchasun-da bilsun.

Maxmudxo’ja Behbudiy

Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir-birining o’rnini egallab boradigan avlodlar zinadan zinagagina ko’tariladilar, xolos. Jamlangan tajribani har bir avlod o’zidan keyin kelayotgan, o’zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga etkazib beradi.

Abu Rayxon Beruniy

Tsivilizatsiya nima degani? Bu olg’a ketayotgan inson har qadamda yuzaga keltirayotgan doimiy kashfiyotlardir:taraqqiyot so’zining o’zi ham shundan kelib chiqqan.

Viktor Gyugo

Bir kunlik adolat – yuz kunlik toat – ibodatdan afzal.

Amir Temur

Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik – zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoe ketkazma.

Alisher Navoiy

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, shundan bilursankim ilm bepoyon.

Firdavsiy

Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa.

Arastu

Kamolotga erishish uchun, avvalo qalb pokizaligi haqida o’ylash kerak. Qalb pokizaligiga esa yurak haqiqatni izlaganda va Ruh oriflikka intilgan taqdirdagina erishiladi. Bularning barchasi haqiqiy bilimga bog’liqdir.

Konfutsiy

Harakat zaif bo’lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim – ipsiz kamon o’qidir.

Az-Zamaxshariy

Bilim, ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog’i lozim.

Abu Nasr Forobiy

Eskini o’zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo’la oladi.

Konfutsiy

Avvaliga biz bolalarimizga o’rgatamiz. So’ngra o’zimiz ulardan o’rganamiz. Kimki buni xohlamas ekan, o’z davridan orqada qoladi.

Ya.Raynis

Maktab voyaga etayotgan avlod tafakkurini shakllantirish ustaxonasidir, agar kelajakni qo’ldan chiqarishni istamasang, maktabni qo’lda mustahkam tutmog’ing lozim.

A.Barbyus

Maktab – dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir. Maktabning chin va haqiqiy ma’nosini bilgan millatlar jonlari, mollari bilan himmat va g’ayratlarini sarf etib, millatning taraqqiyi rivojiga ijtixod qilurlar.

Maxmudxuja Bexbudiy

Chinakam oqilona ta’lim ongimizni ham, xulqimizni ham o’zgartiradi.

Mishel Monten

Bilim va qudrat – ikkovi egizak.

F.Bekon

Ilm bir chiroqdurkim, seni rohat va farog’atga hech bir zaxmatsiz etkazadi.

Abu Lays As-Samarqandiy

Insonni inson qilib etishtiruvchi narsa – tarbiyadir.

Demokrit

Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir.

Stefan Tsveyg

Bolalikka buyuk hurmat, ehtirom bilan qarash lozim.

Yuvenal

Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadur.

Abdulla Avloniy

Taraqqiyotning umumiy ko’lamida har bir xalqning o’rni o’sha xalq o’qiyotgan kitoblarning soni bilan belgilanadi.

E.Labule

Agar maqsadsiz bo’lsang hech narsa qilolmaysan, maqsading katta bo’lmasa buyuk ish qilolmaysan.

Deni Didro

Ulug’ aql egalari o’z oldilariga maqsad qo’yadilar, qolgan odamlar o’z istaklari ortidan ergashadilar.

Voshington Irving

Hayot yo’lida birinchi masala – maktab masalasidir.

Abdurauf Fitrat

Ilm ko’pga etkazar, hunar esa ko’kka.

O’zbek xalq maqoli

Yomonlik – butun nuqsonlar majmuidir. Dunyoning ishlari siyosatsiz tartibga tushmaydi. Agar ta’lim tarbiya va jazo to’g’risida qonun-qoida bo’lmasa, mamlakat ishlari buziladi.

Xusayn Voiz Koshifiy.

Hamma qobiliyatlarning sarvari fikrdir.

Uilyam Metiyuz

Ilm namoyondalariga baxillik qilma, zero ilm xazinadirki, undan qancha foydalansang ham boylikdan farkli o’laroq, baribir ko’payib boraveradi.

Majid Xavofiy

Bilimga eltuvchi yagona yo’l, bu faoliyatdir.

Bernard Shou

Madaniy jamiyat shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo’lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bo’ladi, har Kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo’ladilar.

Abu Nasr Forobiy

Aflotundan so’radilar: o’qish-o’rganish tokaygacha izzat va hurmatda bo’lg’usi? U javob qiladi: johillik nuqson deb hisoblangunga qadar.

Jaloliddin Davoniy

Odamlar o’qishdan to’xtashlari bilan fikrlashdan ham to’xtaydilar.

Deni Didro

O’rtamiyona odam vaqtni tez o’tkazish payida bo’ladi, iste’dod egasi esa undan foydalanib qolishga o’rinadi.

A.Shopengauer

Har qanday mushkul ish aql egalari tufayli isloh qilinur.

Az-Zamaxshariy

Insonning qimmati emas siymu zar. Insonning qimmati ilm ham hunar.

Bedil

Odam bolalikdan yaxshilik va go’zallik kurtaklarisiz hayotga qadam qo’ymasligi kerak, avlodlarni ham yaxshilik va go’zallik kurtaklarisiz hayotga yo’llab bo’lmaydi.

Fyodor Dostoevskiy

Xalq uchun nondan so’ng muhimi maktabdir.

Jorj Danton

Kimki o’rganishni uyat, or dema, Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos.

Nizomiy Ganjaviy

Tarbiya ishida o’z-o’zini takomillashtirish jarayoniga katta o’rin berilmog’i lozim. Insoniyat faqat mustaqil o’rganish tufayligina taraqqiy etgan.

G.Spenser

Kim hunarni desa, u dono bo’lur, nodonlar qudrat deb boylikni bilur.

Abduraxmon Jomiy

Oltin va kumushi bo’lmagan odam kambag’al emas, balki es-xushi va kasb-hunari bo’lmagan kishi kambag’aldir.

Majid Xavofiy

Hunar – hunardan unar.

O’zbek xalq maqoli

O’quvchini mehnat qilishga o’rgat, uni nafaqat mehnatni sevishga, u bilan shunday uyg’unlashishga ko’niktirginki, toki mehnat uning vujudiga singib ketsin, uni shunga o’rgatki, uning uchun o’z kuchi bilan biron bir narsani bilib ololmaslik aqlga sig’maydigan holat hisoblansin.

Disterverg.

Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruriyatdir.

Viktor Gyuko

Har qanday odamga uning qilgan ishlariga qarab baho berish kerak.

Servantes

Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir.

Abdulla Avloniy

  • Получить ссылку
  • Facebook
  • Twitter
  • Pinterest
  • Электронная почта
  • Другие приложения

Комментарии

Отправить комментарий

Eng ko’p o’qilganlar

Kutubxonalar haqida eng qiziq faktlar

1. Dunyodagi eng qadimgi kutubxona Misrning Sinay shahridagi Sulton Ketrin monastirida joylashgan bo’lib , u 6-asr o’rtalarida qurilgan va dunyodagi Vatikandan keyin ikkinchi eng yirik dinga oid qo’llanma va kitoblar jamlanmasiga ega bo’lgan kutubxonadir. Bu kutubxonadan faqatgina rohiblar hamda olimlargagina foydalanishga ruhsat berilgan. 2. Dunyodagi eng katta kutubxona – Kongress kutubxonasi bo’lib, taxminan 1348342 kilometr uzunlikdagi kitob javonida 158 milliondan ziyod fond bor: 36 milliondan ortiq kitoblar va boshqa bosma materiallar, 3,5 million plastinkalar, 13,7 million fotosuratlar, 5,5 million xaritalar hamda 69 million qo’lyozmalardan iborat 3. Dunyodagi eng kichik kutubxona Nyu-York shahrining ko’chalarida qurilgan bo’lib, bu kutubxonada faqatgina bitta kitobxon foydalanishi uchungina yetarli bo’lgan joy ajratilgan. Yorqin sariq rangda plassmasadan ishlangan bu kichik kutubxonaga 40 tagacha bo’lgan kitoblarni joylashtirish imkoniyati b

Uyg‘onish davrida Angliya kutubxonalari

Oldingi maqolalarimizdan farqli ravishda bu safargi maqolamizda yaqin oʻtmishga sayohat qilib «Uygʻonish davri»da tashkil etilgan kutubxonalarga toʻxtalmoqchimiz va uygʻonish davrida ilm-fan va madaniyat oʻchogʻlaridan biri boʻlgan Angliya kutubxonalariga toʻxtalmoqchimiz. Angliya oʻsha davrda yevropaga ancha mashxur boʻlgan universitet va kollejlarga ega edi va oʻsha davrda esa kutubxonalarsiz bu muassasalarni tasavvur qilib boʻlmas edi. Parker kutubxonasi Parker kutubxonasi Kembridjdagi Korpus Kristi kolledji hududida joylashgan. Bu kutubxonada bizning davrgacha saqlanib qolingan o’rta asrlar qo’lyozmalari, eski davrda chop etilgan kitoblar va renessans davridagi kashfiyotlar xazinaxonasi desak mubolag’a bo’lmaydi. Kutubxona joylashgan KORPUS KRISTI kolleji 1352-yilda tashkil etilgan. Kutubxonaning nomi mashxur arxiyepiskop, o’z davrining o’ta saxovatli kishisi METTYU PARKER sharafiga qo’yilgan. METTYU PARKER 1574-yilda kutubxonaga 400 dan ortiq nodir qo’lyozma taqdim etg