Press "Enter" to skip to content

Bolaga kitob bering she’ri matni

49. O‘zlarini pok qilib ko‘rsatayotganlarni ko‘rmaysanmi?! Yo‘q! Alloh kimni xohlasa, shuni poklaydi. Va qilcha zulm qilinmaslar.

Bolangiz kitobni sevib o’qishini istasangiz

Bolangiz kitobni sevib o’qishini istasangiz

On 18.04.2017 By shuhrat In Bolam baxtli bo’lsin, desangiz. , Ota-onalarga 1 fikr

“Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”.

Abdulla Avloniy

Bolangiz kitobni sevib o’qishini istasangiz

Siz bolangiz kitobxon bo’lishini albatta istaysiz. Chunki, bu uning baxtli kelajagiga xizmat qiladi. Lekin bolangiz siz olib kelgan kitoblarga qaramasa, nima qilish kerak?

Gap shundaki, «men keltirgan kitob bolamga albatta yoqadi», deb o’ylamang. Buning uchun ishni ancha oldinroq, bolaning kitobga munosabatini shakllantirishdan boshlash kerak. Boshlang’ich sinflarda bolalar kitob o’qishadi. Lekin kitob tanlay olishmaydi. Shunday paytda sizning yordamingiz kerak. Sizga bolalar uchun chiqarilgan kitoblar, tavsiyalar yordam beradi. Kitob do’konlarida, kutubxonalarda shunday bo’limlar bor. Bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinib, tartib berilgan. Kitob uning yoshiga, qiziqishlariga mos va rang-barang: ertaklar, o’simliklar, hayvonlar haqida, sarguzasht, buyuk bobolarimiz, tariximizga, qahramonlar, olimlarga bag’ishlangan bo’lsin.
Bolangizga kitob o’qish texnikasini o’rgating. Bu¬ning uchun uni ovoz chiqarib o’qishga mashq qildiring. Ana shunda uning o’qishidagi xatolarni eshitib, tuzatib borasiz.
Farzandingizga birinchi kitobni tanlashda e’tiborli bo’ling. Kitobda yorqin suratlar bo’lsin. Katta bo’lmasin. Uning shaxsiy kitoblari turadigan javon qilib bering. Bu unga qiziq.

Uzilgan hikoya

Bolangizni mustaqil kitob o’qishga qiziqtirishning usullaridan birini ko’rsatamiz: kattalardan biri bolaga kitob o’qib berayotib, eng qiziq joyi kelganda bir bahona qilib, o’qishni to’xtatadi. Voqealar rivojiga qiziqib ketgan bolangiz: «Keyin nima bo’larkan?» deb o’zi o’qishni davom ettiradi.

Siz keyin undan voqealar nima bilan tugaganini so’rang. O’zi o’qib bilgani uchun maqtang. Bundan keyin uning o’zi mustaqil o’qiy olishiga ishonishingizni ayting. Uyda, oilaviy suhbatlarda, telefonda kitoblar haqida gapirib turing. Siz qiziqmasangiz, bolangizni qiziqtirishingiz qiyin.

To’g’ri o’qish

Bolangizni kitobni to’g’ri o’qishga o’rgating. Bu nima degani? Bu kitob o’qishni muqovadan boshlash, muallif, rassom, nashriyot, chiqqan yiligacha e’tibor berib o’qishni o’rgatish degani. Bolangizdan qaysi yozuvchilarning kitoblarini o’qiganini, rasmlarini kim chizganini so’rashingiz kerak.

Rasmlar

Bolangizga kitobni sekin, shoshmay o’qishga o’rgating. Kitobdagi rasmlar mazmunini izohlab bering. Rasmlar siz aytib bergan hikoyalarni eslatib turadi. Bolangizga kitobdagi eng muhim joylarini qayd qilib borishga o’rgating.

Kitob haqida suhbat

Bolangiz o’qigan narsalari haqida hikoya qilib bersin. Bu uning nutqini rivojlantiradi. Asosiy narsalar bilan ikkinchi darajali narsalarni farqlashga o’rganadi. Kitob qahramonlariga, voqealarga munosabati shakllanadi. Boshida bu unga qiyin bo’ladi. Ana shunda unga «Kitobchadan nimalarni bilib olding?», «Bu voqealar qachon, qaerda bo’lgan ekan?», «Eng yoqqan joyi qaeri bo’ldi?» kabi savollar bering. Unga osonroq bo’ladi. Savollar berib siz bolangiz kitobni to’liq o’qiganini, qanchalik tushunganini, kitob qahramonlari haqidagi fikrlari to’g’ri yoki noto’g’ri ekanini nazorat qilasiz. Bu bolaning mas’uliyatini oshiradi. U diqqat bilan o’qishga va o’qiganlarini esda saqlab qolishga o’rganadi. Unga o’qiganlariga bag’ishlangan suratlar chizishni o’rgating.

Oilaviy o’qish

Kitob oilaviy o’qilsa, nur ustiga nur bo’ladi. Bu oilani birlashtiradi. Buning uchun avvalo yaxshi bir kitob tanlab olinadi. Bir necha kun oldin oilaviy kitob o’qilishi e’lon qilinadi. Maqsad — bolangiz o’sha kunni intiqib kutsin. O’sha kun keldi. Kitobning hammasini bir kunda o’qish kerak emas. Bir kunda 45 daqiqagacha o’qilsa, kifoya. Ko’p o’qish bolani toliqtirib qo’yadi. Birinchi kuni ota kitobning bir qismini ovoz chiqarib o’qiydi. Ertaga bolasi, indin onasi o’qiydi va h.k. Bu ko’p tomonlama foydali. Bir tomondan, bola kitobni qanday (ifodali, sekin, aniq, baland ovoz bilan) o’qishni o’rganadi. O’qilgan parchalar haqida fikrlar o’rtoklashiladi. Agarda bolalar xato fikrlarni aytishsa, ularni urish kerak emas. Yotig’i bilan, chiroyli qilib to’g’ri yo’lga solib qo’yiladi.

Ko’zlar toliqmasin

Bolangizga kitobni avaylashni o’rgating. Uni erga tashlash, yirtish, chizish, yozish, rasmlarini qirqib olish yaramasligini uqtiring.

Bolangizga kitob o’qish tartibini o’rgating. Uning ko’zlarini asrang. Nimqorong’i joyda o’qimasin. Yorug’lik chapdan tushsin. O’qiyotganida har 45 daqiqada ko’zlariga dam berib tursin.

Bolaga kitob bering she’ri matni

Эрталаб уйғонганда айтиладиган дуо الحَمْدُ لِلهِ الَّذِي أَحْيَانَا بَعْدَ مَا أَمَاتَنَا وَإِلَيْهِ النُّشُورُ Алҳамдулиллаҳиллазий баъда маа амаатана ва илайҳин нушуур Маъноси:

الحَمْدُ لِلهِ الَّذِي أَحْيَانَا بَعْدَ مَا أَمَاتَنَا وَإِلَيْهِ النُّشُورُ

Азон эшитганда айтиладиган дуо

Азон эшитганда айтиладиган дуо اللَّهُمَّ رَبَّ هَذِهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ وَالصَّلاةِ الْقَائِمَةِ آتِ مُحَمَّدًا الوَسِيلَةَ وَالْفَضِيلَةَ وَابْعَثْهُ مَقَامًا مَحْمُودًا الَّذِي وَعَدْتَه Аллоҳумма робба ҳаазиҳид даъватит тааъммати вассолатил қоимаҳ, аати муҳаммаданил васиилалата вал вазилаҳ вабаъзҳу мақоомам маҳмууданиллази вааъдтаҳ Маъноси: Эй бу комил дуонинг ва қоим бўлган намознинг эгаси – Аллоҳим, Муҳаммад (С.А.В) га васила ва фазилат бер, у зотни ваъда қилганинг мақтовли мақомда тирилтир.

اللَّهُمَّ رَبَّ هَذِهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ وَالصَّلاةِ الْقَائِمَةِ آتِ مُحَمَّدًا الوَسِيلَةَ وَالْفَضِيلَةَ وَابْعَثْهُ مَقَامًا مَحْمُودًا الَّذِي وَعَدْتَه

Маъноси: Эй бу комил дуонинг ва қоим бўлган намознинг эгаси – Аллоҳим, Муҳаммад (С.А.В) га васила ва фазилат бер, у зотни ваъда қилганинг мақтовли мақомда тирилтир.

Quron

Niso surasi ` \

Kitob ko’rinishida o’qish

يَا أَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمُ الَّذِي خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍ وَاحِدَةٍ وَخَلَقَ مِنْهَا زَوْجَهَا وَبَثَّ مِنْهُمَا رِجَالًا كَثِيرًا وَنِسَاءً ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ الَّذِي تَسَاءَلُونَ بِهِ وَالْأَرْحَامَ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَيْكُمْ رَقِيبًا Ma’nosi: Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko‘plab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qo‘rqinglar! Nomini ishlatib bir-biringizdan so‘rovda bo‘ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalari) dan qo‘rqing. Albatta, Alloh ustingizdan raqobat etuvchi zotdir. [Niso surasi 1-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ

1. Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko‘plab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qo‘rqinglar! Nomini ishlatib bir-biringizdan so‘rovda bo‘ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalari) dan qo‘rqing. Albatta, Alloh ustingizdan raqobat etuvchi zotdir.

وَآتُوا الْيَتَامَىٰ أَمْوَالَهُمْ ۖ وَلَا تَتَبَدَّلُوا الْخَبِيثَ بِالطَّيِّبِ ۖ وَلَا تَأْكُلُوا أَمْوَالَهُمْ إِلَىٰ أَمْوَالِكُمْ ۚ إِنَّهُ كَانَ حُوبًا كَبِيرًا Ma’nosi: Va yetimlarga o‘z mollarini bering. Nopokni pokka almashtirmang. Ularning mollarini o‘zingizning mollaringizga qo‘shib yemang. Zero, bu katta gunoh bo‘ladi. [Niso surasi 2-oyat]

ﭰ ﭱ ﭲﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ

2. Va yetimlarga o‘z mollarini bering. Nopokni pokka almashtirmang. Ularning mollarini o‘zingizning mollaringizga qo‘shib yemang. Zero, bu katta gunoh bo‘ladi.

وَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا تُقْسِطُوا فِي الْيَتَامَىٰ فَانكِحُوا مَا طَابَ لَكُم مِّنَ النِّسَاءِ مَثْنَىٰ وَثُلَاثَ وَرُبَاعَ ۖ فَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا تَعْدِلُوا فَوَاحِدَةً أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ ۚ ذَٰلِكَ أَدْنَىٰ أَلَّا تَعُولُوا Ma’nosi: Agar yetimlarga adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz, o‘zingizga yoqqan ayollardan ikkitami, uchtami, to‘rttami nikohlab oling. Agar adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz, bittani (oling) yoki qo‘lingizda mulk bo‘lganlar bilan (kifoyalaning). Mana shu jabr qilmasligingizga yaqinroqdir. (Demak, oyatdagi «etimlar»dan murod yetim qizlar ekan. Yetim qizlarga ularni o‘z kafolatiga–himoyasiga olgan kishi uylanmoqchi bo‘lsa-yu, ammo bu ishda adolatsizlikka yo‘l qo‘yishdan qo‘rqsa, o‘sha yetim qizlarga uylanishni qo‘ysinda, boshqa o‘ziga yoqqan, nikohi halol bo‘lgan ayollardan xohishiga qarab ikkitagami, uchtagami, to‘rttagami uylansin. Agar xotinlar orasida adolat o‘rnata olmaslikdan qo‘rqsa, bittaga uylansin yoki cho‘ri tutish bilan kifoyalansin.) [Niso surasi 3-oyat]

ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ

3. Agar yetimlarga adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz, o‘zingizga yoqqan ayollardan ikkitami, uchtami, to‘rttami nikohlab oling. Agar adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz, bittani (oling) yoki qo‘lingizda mulk bo‘lganlar bilan (kifoyalaning). Mana shu jabr qilmasligingizga yaqinroqdir. (Demak, oyatdagi «etimlar»dan murod yetim qizlar ekan. Yetim qizlarga ularni o‘z kafolatiga–himoyasiga olgan kishi uylanmoqchi bo‘lsa-yu, ammo bu ishda adolatsizlikka yo‘l qo‘yishdan qo‘rqsa, o‘sha yetim qizlarga uylanishni qo‘ysinda, boshqa o‘ziga yoqqan, nikohi halol bo‘lgan ayollardan xohishiga qarab ikkitagami, uchtagami, to‘rttagami uylansin. Agar xotinlar orasida adolat o‘rnata olmaslikdan qo‘rqsa, bittaga uylansin yoki cho‘ri tutish bilan kifoyalansin.)

وَآتُوا النِّسَاءَ صَدُقَاتِهِنَّ نِحْلَةً ۚ فَإِن طِبْنَ لَكُمْ عَن شَيْءٍ مِّنْهُ نَفْسًا فَكُلُوهُ هَنِيئًا مَّرِيئًا Ma’nosi: Ayollarga mahrlarini ko‘ngildan chiqarib bering. Agar ular undan biror narsani chin ko‘ngildan tutsalar, bas, uni yenglar. Osh bo‘lsin, ofiyat bo‘lsin. [Niso surasi 4-oyat]

ﮣ ﮤ ﮥ ﮦﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ

4. Ayollarga mahrlarini ko‘ngildan chiqarib bering. Agar ular undan biror narsani chin ko‘ngildan tutsalar, bas, uni yenglar. Osh bo‘lsin, ofiyat bo‘lsin.

وَلَا تُؤْتُوا السُّفَهَاءَ أَمْوَالَكُمُ الَّتِي جَعَلَ اللَّهُ لَكُمْ قِيَامًا وَارْزُقُوهُمْ فِيهَا وَاكْسُوهُمْ وَقُولُوا لَهُمْ قَوْلًا مَّعْرُوفًا Ma’nosi: Alloh (hayotingizni) turgizish (vositasi) qilgan mollaringizni esi pastlarga bermang. Ularni o‘sha mollardan rizqlantiring, kiyintiring va ularga yaxshi so‘zlar ayting. [Niso surasi 5-oyat]

ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ

5. Alloh (hayotingizni) turgizish (vositasi) qilgan mollaringizni esi pastlarga bermang. Ularni o‘sha mollardan rizqlantiring, kiyintiring va ularga yaxshi so‘zlar ayting.

وَابْتَلُوا الْيَتَامَىٰ حَتَّىٰ إِذَا بَلَغُوا النِّكَاحَ فَإِنْ آنَسْتُم مِّنْهُمْ رُشْدًا فَادْفَعُوا إِلَيْهِمْ أَمْوَالَهُمْ ۖ وَلَا تَأْكُلُوهَا إِسْرَافًا وَبِدَارًا أَن يَكْبَرُوا ۚ وَمَن كَانَ غَنِيًّا فَلْيَسْتَعْفِفْ ۖ وَمَن كَانَ فَقِيرًا فَلْيَأْكُلْ بِالْمَعْرُوفِ ۚ فَإِذَا دَفَعْتُمْ إِلَيْهِمْ أَمْوَالَهُمْ فَأَشْهِدُوا عَلَيْهِمْ ۚ وَكَفَىٰ بِاللَّهِ حَسِيبًا Ma’nosi: Еtimlarni to nikoh (yoshiga) yetgunlaricha sinab turinglar. Agar ularning esi-hushi joyida ekanini bilsangiz, ularga o‘z mollarini topshiring. U mollarni isrof ila va egalarining katta bo‘lib qolishidan qo‘rqib shoshilib yemang. Boy bo‘lganlar iffatli bo‘lsinlar. Kim kambag‘al bo‘lsa, to‘g‘rilik bilan yesin. Ularga o‘z mollarini topshirayotganingizda guvohlar keltiring. Hisobchilikka Allohning o‘zi kifoya qilur. [Niso surasi 6-oyat]

ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃﰄ ﰅ ﰆ ﰇ ﰈ ﰉ ﰊﰋ ﰌ ﰍ ﰎ ﰏ

6. Еtimlarni to nikoh (yoshiga) yetgunlaricha sinab turinglar. Agar ularning esi-hushi joyida ekanini bilsangiz, ularga o‘z mollarini topshiring. U mollarni isrof ila va egalarining katta bo‘lib qolishidan qo‘rqib shoshilib yemang. Boy bo‘lganlar iffatli bo‘lsinlar. Kim kambag‘al bo‘lsa, to‘g‘rilik bilan yesin. Ularga o‘z mollarini topshirayotganingizda guvohlar keltiring. Hisobchilikka Allohning o‘zi kifoya qilur.

لِّلرِّجَالِ نَصِيبٌ مِّمَّا تَرَكَ الْوَالِدَانِ وَالْأَقْرَبُونَ وَلِلنِّسَاءِ نَصِيبٌ مِّمَّا تَرَكَ الْوَالِدَانِ وَالْأَقْرَبُونَ مِمَّا قَلَّ مِنْهُ أَوْ كَثُرَ ۚ نَصِيبًا مَّفْرُوضًا Ma’nosi: Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada erkaklarning nasibasi bor. Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada ayollarning nasibasi bor. U oz bo‘lsin, ko‘p bo‘lsin–farz qilingan nasibadir. [Niso surasi 7-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡﭢ ﭣ ﭤ ﭥ

7. Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada erkaklarning nasibasi bor. Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada ayollarning nasibasi bor. U oz bo‘lsin, ko‘p bo‘lsin–farz qilingan nasibadir.

وَإِذَا حَضَرَ الْقِسْمَةَ أُولُو الْقُرْبَىٰ وَالْيَتَامَىٰ وَالْمَسَاكِينُ فَارْزُقُوهُم مِّنْهُ وَقُولُوا لَهُمْ قَوْلًا مَّعْرُوفًا Ma’nosi: Agar taqsimlashga qarindoshlar, yetimlar va miskinlar hozir bo‘lsalar, ularni u(meros)dan rizqlantiringlar hamda ularga yaxshi gaplar aytinglar. («Taqsimlash»–merosni bo‘lish uchun haqdorlar yig‘ilgan majlisdir. Demak, meros taqsimlash majlisida haqdorlardan boshqa qarindoshlar ham, shuningdek, yetimlar, kambag‘al-miskinlar ham hozir bo‘lishlari mumkin. Xaqdorlar merosdan nasibalarini olishsa-yu, qolganlarga hech narsa tegmay qolsa, o‘ksishlari, ko‘ngillari sinishi ehtimoli bor. Shunday noqulay holatni o‘rtadan ko‘tarish uchun, oyatning hukmiga ko‘ra, merosxo‘rlar biror narsani ajratib, haligi kishilarga berib, ularni ham sevintirishlari lozim.) [Niso surasi 8-oyat]

ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ

8. Agar taqsimlashga qarindoshlar, yetimlar va miskinlar hozir bo‘lsalar, ularni u(meros)dan rizqlantiringlar hamda ularga yaxshi gaplar aytinglar. («Taqsimlash»–merosni bo‘lish uchun haqdorlar yig‘ilgan majlisdir. Demak, meros taqsimlash majlisida haqdorlardan boshqa qarindoshlar ham, shuningdek, yetimlar, kambag‘al-miskinlar ham hozir bo‘lishlari mumkin. Xaqdorlar merosdan nasibalarini olishsa-yu, qolganlarga hech narsa tegmay qolsa, o‘ksishlari, ko‘ngillari sinishi ehtimoli bor. Shunday noqulay holatni o‘rtadan ko‘tarish uchun, oyatning hukmiga ko‘ra, merosxo‘rlar biror narsani ajratib, haligi kishilarga berib, ularni ham sevintirishlari lozim.)

وَلْيَخْشَ الَّذِينَ لَوْ تَرَكُوا مِنْ خَلْفِهِمْ ذُرِّيَّةً ضِعَافًا خَافُوا عَلَيْهِمْ فَلْيَتَّقُوا اللَّهَ وَلْيَقُولُوا قَوْلًا سَدِيدًا Ma’nosi: O‘zlari zaifhol zurriyotlarini ortdan qoldirishdan qanday qo‘rqsalar, (boshqalar haqida ham) shunday qo‘rqsinlar. Bas, Allohdan qo‘rqsinlar va to‘g‘ri so‘z aytsinlar. (Otasi o‘lib yetim qolgan bolalarni otaliqqa olgan odam o‘sha yetim bolalarning o‘rniga o‘z bolalarini qo‘yib tasavvur qilsin. Go‘yo uning o‘zi vafot etib, ortida zafihol bolalari qolganini o‘ylaganda qanday qo‘rqsa, qo‘lidagi yetim bolalarga ham shunday nazar bilan qarasin, degan ma’no chiqadi. Bunda yetimlarni otaliqqa olgan kishida otalik mehrini qo‘zish bilan yetimlarga bo‘lgan rahm-shafqatini ziyoda qilinmoqda.) [Niso surasi 9-oyat]

ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ

9. O‘zlari zaifhol zurriyotlarini ortdan qoldirishdan qanday qo‘rqsalar, (boshqalar haqida ham) shunday qo‘rqsinlar. Bas, Allohdan qo‘rqsinlar va to‘g‘ri so‘z aytsinlar. (Otasi o‘lib yetim qolgan bolalarni otaliqqa olgan odam o‘sha yetim bolalarning o‘rniga o‘z bolalarini qo‘yib tasavvur qilsin. Go‘yo uning o‘zi vafot etib, ortida zafihol bolalari qolganini o‘ylaganda qanday qo‘rqsa, qo‘lidagi yetim bolalarga ham shunday nazar bilan qarasin, degan ma’no chiqadi. Bunda yetimlarni otaliqqa olgan kishida otalik mehrini qo‘zish bilan yetimlarga bo‘lgan rahm-shafqatini ziyoda qilinmoqda.)

إِنَّ الَّذِينَ يَأْكُلُونَ أَمْوَالَ الْيَتَامَىٰ ظُلْمًا إِنَّمَا يَأْكُلُونَ فِي بُطُونِهِمْ نَارًا ۖ وَسَيَصْلَوْنَ سَعِيرًا Ma’nosi: Albatta, yetimlarning molini zulm ila yeganlar, qorinlarida olovni yegan bo‘ladilar. Va, shubhasiz, do‘zaxga kiradilar. [Niso surasi 10-oyat]

ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎﮏ ﮐ ﮑ ﮒ

10. Albatta, yetimlarning molini zulm ila yeganlar, qorinlarida olovni yegan bo‘ladilar. Va, shubhasiz, do‘zaxga kiradilar.

يُوصِيكُمُ اللَّهُ فِي أَوْلَادِكُمْ ۖ لِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ الْأُنثَيَيْنِ ۚ فَإِن كُنَّ نِسَاءً فَوْقَ اثْنَتَيْنِ فَلَهُنَّ ثُلُثَا مَا تَرَكَ ۖ وَإِن كَانَتْ وَاحِدَةً فَلَهَا النِّصْفُ ۚ وَلِأَبَوَيْهِ لِكُلِّ وَاحِدٍ مِّنْهُمَا السُّدُسُ مِمَّا تَرَكَ إِن كَانَ لَهُ وَلَدٌ ۚ فَإِن لَّمْ يَكُن لَّهُ وَلَدٌ وَوَرِثَهُ أَبَوَاهُ فَلِأُمِّهِ الثُّلُثُ ۚ فَإِن كَانَ لَهُ إِخْوَةٌ فَلِأُمِّهِ السُّدُسُ ۚ مِن بَعْدِ وَصِيَّةٍ يُوصِي بِهَا أَوْ دَيْنٍ ۗ آبَاؤُكُمْ وَأَبْنَاؤُكُمْ لَا تَدْرُونَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ لَكُمْ نَفْعًا ۚ فَرِيضَةً مِّنَ اللَّهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًا Ma’nosi: Alloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat etib, bir o‘g‘ilga ikki qiz nasibasicha berishni amr etadi. Agar ular ikkitadan ko‘p (ayol) bo‘lsalar, ularga u (ota) qoldirganning uchdan ikkisi. Agar qiz bitta bo‘lsa, unga yarmi. Agar uning bolasi bo‘lsa, u tark qilgan narsadan ota-onasining har biriga oltidan bir. Agar uning bolasi bo‘lmasa va ota-onasi merosxo‘r bo‘lsa, onasiga uchdan bir. Agar uning aka-ukalari bo‘lsa, onasiga oltidan bir. U qilgan vasiyat yoki qarzini ado etgandan so‘ng, otalaringiz va bolalaringizdan qaysi birlari sizga manfaatliroq ekanini bilmassizlar. Bu Alloh joriy qilgan farzdir. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli zotdir. (Al-Avfiy Ibn Abbosdan quyidagilarni rivoyat qiladi: «Alloh taolo o‘g‘il va qizlarga ota-onalarga meros bobida farz qilgan hukmlar haqida oyatlar tushirganda ba’zi odamlarga yoqmadi. Rasulullohning (s. a. v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Qiz bolaga otasining merosidan yarmi beriladimi? Axir, u ot minib, dushmanga qarshi urushmaydi-ku! Qo‘lidan hech narsa kelmaydigan go‘dakka ham meros beriladimi?» deyishdi. Ularning bu tutimlariga javoban Alloh taolo: «Alloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat etib, bir o‘g‘ilga ikki qiz nasibasicha berishni amr qiladi», deb boshlanuvchi oyati karimani nozil qildi.) [Niso surasi 11-oyat]

ﮓ ﮔ ﮕ ﮖﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺﯻ ﯼ ﯽ ﯾﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ

11. Alloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat etib, bir o‘g‘ilga ikki qiz nasibasicha berishni amr etadi. Agar ular ikkitadan ko‘p (ayol) bo‘lsalar, ularga u (ota) qoldirganning uchdan ikkisi. Agar qiz bitta bo‘lsa, unga yarmi. Agar uning bolasi bo‘lsa, u tark qilgan narsadan ota-onasining har biriga oltidan bir. Agar uning bolasi bo‘lmasa va ota-onasi merosxo‘r bo‘lsa, onasiga uchdan bir. Agar uning aka-ukalari bo‘lsa, onasiga oltidan bir. U qilgan vasiyat yoki qarzini ado etgandan so‘ng, otalaringiz va bolalaringizdan qaysi birlari sizga manfaatliroq ekanini bilmassizlar. Bu Alloh joriy qilgan farzdir. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli zotdir. (Al-Avfiy Ibn Abbosdan quyidagilarni rivoyat qiladi: «Alloh taolo o‘g‘il va qizlarga ota-onalarga meros bobida farz qilgan hukmlar haqida oyatlar tushirganda ba’zi odamlarga yoqmadi. Rasulullohning (s. a. v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning Rasuli! Qiz bolaga otasining merosidan yarmi beriladimi? Axir, u ot minib, dushmanga qarshi urushmaydi-ku! Qo‘lidan hech narsa kelmaydigan go‘dakka ham meros beriladimi?» deyishdi. Ularning bu tutimlariga javoban Alloh taolo: «Alloh sizga farzandlaringiz haqida vasiyat etib, bir o‘g‘ilga ikki qiz nasibasicha berishni amr qiladi», deb boshlanuvchi oyati karimani nozil qildi.)

وَلَكُمْ نِصْفُ مَا تَرَكَ أَزْوَاجُكُمْ إِن لَّمْ يَكُن لَّهُنَّ وَلَدٌ ۚ فَإِن كَانَ لَهُنَّ وَلَدٌ فَلَكُمُ الرُّبُعُ مِمَّا تَرَكْنَ ۚ مِن بَعْدِ وَصِيَّةٍ يُوصِينَ بِهَا أَوْ دَيْنٍ ۚ وَلَهُنَّ الرُّبُعُ مِمَّا تَرَكْتُمْ إِن لَّمْ يَكُن لَّكُمْ وَلَدٌ ۚ فَإِن كَانَ لَكُمْ وَلَدٌ فَلَهُنَّ الثُّمُنُ مِمَّا تَرَكْتُم ۚ مِّن بَعْدِ وَصِيَّةٍ تُوصُونَ بِهَا أَوْ دَيْنٍ ۗ وَإِن كَانَ رَجُلٌ يُورَثُ كَلَالَةً أَوِ امْرَأَةٌ وَلَهُ أَخٌ أَوْ أُخْتٌ فَلِكُلِّ وَاحِدٍ مِّنْهُمَا السُّدُسُ ۚ فَإِن كَانُوا أَكْثَرَ مِن ذَٰلِكَ فَهُمْ شُرَكَاءُ فِي الثُّلُثِ ۚ مِن بَعْدِ وَصِيَّةٍ يُوصَىٰ بِهَا أَوْ دَيْنٍ غَيْرَ مُضَارٍّ ۚ وَصِيَّةً مِّنَ اللَّهِ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَلِيمٌ Ma’nosi: Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan narsaning–agar ularning bolasi bo‘lmasa–yarmi tegadi. Agar ularning bolasi bo‘lsa, sizga ular qoldirgan narsaning choragi tegadi. Ular qilgan vasiyatni yoki qarzlarini ado etgandan so‘ng. Ularga siz qoldirgan narsaning–agar bolangiz bo‘lmasa–choragi tegadi. Agar bolangiz bo‘lsa, ularga siz qoldirgan narsaning sakkizdan biri tegadi. Siz qilgan vasiyatni yoki qarzingizni ado etgandan so‘ng. Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa, uning birodari yoki singlisi bo‘lsa, ulardan har biriga oltidan bir tegur. Agar ular bundan ko‘p bo‘lsalar, uchdan biriga sherikdirlar. Zarar qilmaydigan vasiyatni yoki qarzni ado etgandan so‘ng. Bular Allohning vasiyatidir. Va Alloh biluvchi hamda haliym zotdir. (Agar befarzand er o‘lib, ortidan xotini qolsa, merosning choragini oladi. Ammo o‘lgan erning o‘g‘ilmi, qizmi, o‘zmi-o‘gaymi, ya’ni, boshqa xotinidanmi, ko‘pmi, ozmi farzandi bo‘lsa, xotinga merosning sakkizdan biri tegadi. Bu ham vasiyatni yoki olingan qarzni ado etgandan keyin bo‘ladigan taqsim. Merosxo‘r xotin bitta bo‘lsa, mazkur chorak yoki sakkizdan bir ulushni o‘zi oladi. Agar ikkita, uchta yoki to‘rtta bo‘lsalar, o‘sha chorak yoki sakkizdan birda sherik bo‘ladilar. Oyati karimadagi: «Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa», jumlasini, xususan, «kalola» so‘zini bir oz sharhlashga to‘g‘ri keladi. Bu haqda ulamolarimiz ham ancha bahs yuritganlar. Bizning tilimizda «kalola» so‘zining ma’nosini aynan ifoda etadigan ibora yo‘q. Shuningdek, arab tilida ham bu so‘zning murodifi yo‘q. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan odamlar «kalola» haqida so‘rashganida: «U to‘g‘risida o‘z fikrimni aytaman, to‘g‘ri bo‘lsa, Allohdan, xato bo‘lsa, mendan va shaytondan, ya’ni, Allohning va Uning Rasulining bunga aloqalari yo‘q. Kalola–zurriyoti va ajdodi yo‘q odamdir», dedilar. Ya’ni, o‘lgan paytida bola-chaqasi, nabira-chevaralari ham, ota-onasi, bobo-momosi ham yo‘q bo‘lgan odam, demakdir. Hazrati Umar (r. a.) ham o‘z xalifalik vaqtlarida: «Abu Bakrning fikriga xilof qilishdan uyalaman», deganlar. To‘rt mahzab sohiblari ham, avval o‘tgan, keyin kelgan ulamolar ham shu fikrga qo‘shilganlar.) [Niso surasi 12-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫﮬ ﮭ ﮮ ﮯﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ

12. Sizlarga xotinlaringiz qoldirgan narsaning–agar ularning bolasi bo‘lmasa–yarmi tegadi. Agar ularning bolasi bo‘lsa, sizga ular qoldirgan narsaning choragi tegadi. Ular qilgan vasiyatni yoki qarzlarini ado etgandan so‘ng. Ularga siz qoldirgan narsaning–agar bolangiz bo‘lmasa–choragi tegadi. Agar bolangiz bo‘lsa, ularga siz qoldirgan narsaning sakkizdan biri tegadi. Siz qilgan vasiyatni yoki qarzingizni ado etgandan so‘ng. Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa, uning birodari yoki singlisi bo‘lsa, ulardan har biriga oltidan bir tegur. Agar ular bundan ko‘p bo‘lsalar, uchdan biriga sherikdirlar. Zarar qilmaydigan vasiyatni yoki qarzni ado etgandan so‘ng. Bular Allohning vasiyatidir. Va Alloh biluvchi hamda haliym zotdir. (Agar befarzand er o‘lib, ortidan xotini qolsa, merosning choragini oladi. Ammo o‘lgan erning o‘g‘ilmi, qizmi, o‘zmi-o‘gaymi, ya’ni, boshqa xotinidanmi, ko‘pmi, ozmi farzandi bo‘lsa, xotinga merosning sakkizdan biri tegadi. Bu ham vasiyatni yoki olingan qarzni ado etgandan keyin bo‘ladigan taqsim. Merosxo‘r xotin bitta bo‘lsa, mazkur chorak yoki sakkizdan bir ulushni o‘zi oladi. Agar ikkita, uchta yoki to‘rtta bo‘lsalar, o‘sha chorak yoki sakkizdan birda sherik bo‘ladilar. Oyati karimadagi: «Agar bir erkak yoki ayol kalola holida meros qoldirsa», jumlasini, xususan, «kalola» so‘zini bir oz sharhlashga to‘g‘ri keladi. Bu haqda ulamolarimiz ham ancha bahs yuritganlar. Bizning tilimizda «kalola» so‘zining ma’nosini aynan ifoda etadigan ibora yo‘q. Shuningdek, arab tilida ham bu so‘zning murodifi yo‘q. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan odamlar «kalola» haqida so‘rashganida: «U to‘g‘risida o‘z fikrimni aytaman, to‘g‘ri bo‘lsa, Allohdan, xato bo‘lsa, mendan va shaytondan, ya’ni, Allohning va Uning Rasulining bunga aloqalari yo‘q. Kalola–zurriyoti va ajdodi yo‘q odamdir», dedilar. Ya’ni, o‘lgan paytida bola-chaqasi, nabira-chevaralari ham, ota-onasi, bobo-momosi ham yo‘q bo‘lgan odam, demakdir. Hazrati Umar (r. a.) ham o‘z xalifalik vaqtlarida: «Abu Bakrning fikriga xilof qilishdan uyalaman», deganlar. To‘rt mahzab sohiblari ham, avval o‘tgan, keyin kelgan ulamolar ham shu fikrga qo‘shilganlar.)

تِلْكَ حُدُودُ اللَّهِ ۚ وَمَن يُطِعِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ يُدْخِلْهُ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا ۚ وَذَٰلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ Ma’nosi: Ana o‘shalar, Allohning chegaralaridir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat etsa, uni ostidan anhorlar oqib turgan jannatga abadiy qolish uchun kiritadir. Bu esa, ulkan yutuqdir. [Niso surasi 13-oyat]

ﯖ ﯗ ﯘﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ

13. Ana o‘shalar, Allohning chegaralaridir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat etsa, uni ostidan anhorlar oqib turgan jannatga abadiy qolish uchun kiritadir. Bu esa, ulkan yutuqdir.

وَمَن يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَيَتَعَدَّ حُدُودَهُ يُدْخِلْهُ نَارًا خَالِدًا فِيهَا وَلَهُ عَذَابٌ مُّهِينٌ Ma’nosi: Kim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegarasidan tajovuz qilsa, uni abadiy qolish uchun do‘zaxga kiritadir. Va unga xorlovchi azob bordir. (Demak, bu dunyoda faqat Allohga va Uning Rasuligagina itoat qilib yashash lozim. Bu itoat shariatga amal qilish bilan bo‘ladi. Allohga bo‘ysunib, u ko‘rsatgan dasturga amal qilib yashash iymonda, Islomda, dindorlikda yashash demakdir. Allohning itoatidan chiqib, boshqaga itoat qilish, uning dasturini qo‘yib, boshqaning dasturiga amal qilish shirk, kufr va jahannamdir.) [Niso surasi 14-oyat]

ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ

14. Kim Allohga va Uning Rasuliga isyon qilsa va Uning chegarasidan tajovuz qilsa, uni abadiy qolish uchun do‘zaxga kiritadir. Va unga xorlovchi azob bordir. (Demak, bu dunyoda faqat Allohga va Uning Rasuligagina itoat qilib yashash lozim. Bu itoat shariatga amal qilish bilan bo‘ladi. Allohga bo‘ysunib, u ko‘rsatgan dasturga amal qilib yashash iymonda, Islomda, dindorlikda yashash demakdir. Allohning itoatidan chiqib, boshqaga itoat qilish, uning dasturini qo‘yib, boshqaning dasturiga amal qilish shirk, kufr va jahannamdir.)

وَاللَّاتِي يَأْتِينَ الْفَاحِشَةَ مِن نِّسَائِكُمْ فَاسْتَشْهِدُوا عَلَيْهِنَّ أَرْبَعَةً مِّنكُمْ ۖ فَإِن شَهِدُوا فَأَمْسِكُوهُنَّ فِي الْبُيُوتِ حَتَّىٰ يَتَوَفَّاهُنَّ الْمَوْتُ أَوْ يَجْعَلَ اللَّهُ لَهُنَّ سَبِيلًا Ma’nosi: Ayollaringizdan fohisha (zino) qilganlariga o‘zlaringizdan to‘rtta guvoh keltiring. Agar guvohlik bersalar, ularni to o‘lim yetguncha yoki Alloh bir yo‘l ko‘rsatguncha uylarida tutib turing. (Islomdan avval boshqa razilatlar qatori fohishabozlik ham keng tarqalgan edi. Zinokorlik ayb emas, faxr hisoblanar edi. O‘zlariga bahona topib, zinoga turli yo‘llar ochgan edilar. Alloh taolo jamiyatning bu dardiga ham o‘ziga xos davo qo‘lladi. Avval-boshda bu borada biz o‘rganayotgan ushbu oyatni tushirdi. Musulmonlarni bu razilatdan uzoqlashishga va kim bu mazkur fohishaga qo‘l ursa, unga nisbatan kerakli choralar ko‘rishni amr qildi.) [Niso surasi 15-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ

15. Ayollaringizdan fohisha (zino) qilganlariga o‘zlaringizdan to‘rtta guvoh keltiring. Agar guvohlik bersalar, ularni to o‘lim yetguncha yoki Alloh bir yo‘l ko‘rsatguncha uylarida tutib turing. (Islomdan avval boshqa razilatlar qatori fohishabozlik ham keng tarqalgan edi. Zinokorlik ayb emas, faxr hisoblanar edi. O‘zlariga bahona topib, zinoga turli yo‘llar ochgan edilar. Alloh taolo jamiyatning bu dardiga ham o‘ziga xos davo qo‘lladi. Avval-boshda bu borada biz o‘rganayotgan ushbu oyatni tushirdi. Musulmonlarni bu razilatdan uzoqlashishga va kim bu mazkur fohishaga qo‘l ursa, unga nisbatan kerakli choralar ko‘rishni amr qildi.)

وَاللَّذَانِ يَأْتِيَانِهَا مِنكُمْ فَآذُوهُمَا ۖ فَإِن تَابَا وَأَصْلَحَا فَأَعْرِضُوا عَنْهُمَا ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ تَوَّابًا رَّحِيمًا Ma’nosi: Sizlardan o‘sha(Fohisha) ishni qilgan ikki erkakka ozor beringlar. Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qo‘ying. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahmli zotdir. (Bu oyatdagi fohisha ishdan ko‘z tutilgan narsa bachabozlikdir. Bu razilat ham keng tarqalgan jinoyatlardan bo‘lgan. «Ozor beringlar» degani–so‘kish, ayblash, qo‘lga tushgan narsalar bilan urish, deganidir va bular vaqtinchalik chora hisoblangan. Ishonchli hadis kitoblarining sohiblari Abdulloh ibn Abbosdan (r. a) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Kimning Lut qavmi amalini qilayotganini ko‘rsangiz, qiluvchini ham, qilinuvchini ham o‘ldiring», deganlar. Ammo ushbu oyatda ko‘rsatilgan vaqtinchalik chora bo‘yicha ozor bergandan so‘ng ular: «Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qo‘ying».) [Niso surasi 16-oyat]

ﭩ ﭪ ﭫ ﭬﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ

16. Sizlardan o‘sha(Fohisha) ishni qilgan ikki erkakka ozor beringlar. Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qo‘ying. Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahmli zotdir. (Bu oyatdagi fohisha ishdan ko‘z tutilgan narsa bachabozlikdir. Bu razilat ham keng tarqalgan jinoyatlardan bo‘lgan. «Ozor beringlar» degani–so‘kish, ayblash, qo‘lga tushgan narsalar bilan urish, deganidir va bular vaqtinchalik chora hisoblangan. Ishonchli hadis kitoblarining sohiblari Abdulloh ibn Abbosdan (r. a) rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Kimning Lut qavmi amalini qilayotganini ko‘rsangiz, qiluvchini ham, qilinuvchini ham o‘ldiring», deganlar. Ammo ushbu oyatda ko‘rsatilgan vaqtinchalik chora bo‘yicha ozor bergandan so‘ng ular: «Agar ikkovlari tavba qilsalar va tuzalsalar, ularni tek qo‘ying».)

إِنَّمَا التَّوْبَةُ عَلَى اللَّهِ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ السُّوءَ بِجَهَالَةٍ ثُمَّ يَتُوبُونَ مِن قَرِيبٍ فَأُولَٰئِكَ يَتُوبُ اللَّهُ عَلَيْهِمْ ۗ وَكَانَ اللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا Ma’nosi: Jaholat-la yomonlik qilib qo‘yib, so‘ngra tezda tavba qiladiganlarning tavbasi Allohning zimmasidadir. Alloh ana o‘shalarning tavbasini qabul qiladi. Va Alloh biluvchi va hikmatli zotdir. [Niso surasi 17-oyat]

ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ

17. Jaholat-la yomonlik qilib qo‘yib, so‘ngra tezda tavba qiladiganlarning tavbasi Allohning zimmasidadir. Alloh ana o‘shalarning tavbasini qabul qiladi. Va Alloh biluvchi va hikmatli zotdir.

وَلَيْسَتِ التَّوْبَةُ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ السَّيِّئَاتِ حَتَّىٰ إِذَا حَضَرَ أَحَدَهُمُ الْمَوْتُ قَالَ إِنِّي تُبْتُ الْآنَ وَلَا الَّذِينَ يَمُوتُونَ وَهُمْ كُفَّارٌ ۚ أُولَٰئِكَ أَعْتَدْنَا لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا Ma’nosi: Yomonliklarni qilib yurib, birlariga o‘lim yetganda, endi tavba qildim, deganlarga va kofir hollarida o‘lganlarga tavba yo‘q. Ana o‘shalarga alamli azoblarni tayyorlab qo‘yganmiz. [Niso surasi 18-oyat]

ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ

18. Yomonliklarni qilib yurib, birlariga o‘lim yetganda, endi tavba qildim, deganlarga va kofir hollarida o‘lganlarga tavba yo‘q. Ana o‘shalarga alamli azoblarni tayyorlab qo‘yganmiz.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا يَحِلُّ لَكُمْ أَن تَرِثُوا النِّسَاءَ كَرْهًا ۖ وَلَا تَعْضُلُوهُنَّ لِتَذْهَبُوا بِبَعْضِ مَا آتَيْتُمُوهُنَّ إِلَّا أَن يَأْتِينَ بِفَاحِشَةٍ مُّبَيِّنَةٍ ۚ وَعَاشِرُوهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ ۚ فَإِن كَرِهْتُمُوهُنَّ فَعَسَىٰ أَن تَكْرَهُوا شَيْئًا وَيَجْعَلَ اللَّهُ فِيهِ خَيْرًا كَثِيرًا Ma’nosi: Ey iymon keltirganlar! Sizlarga ayollarni zulm-la merosga olish halol emas. Ochiq fohisha ish qilmasalar, bergan narsalarningizning ba’zisini olish uchun ularni zo‘rlik-la ushlab turmang va ular ilayaxshilikda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada ko‘pgina yaxshiliklarni qilsa. (Ushbu oyat Islomdan oldingi davrda ayol kishiga zulm va jabr shaklida joriy qilingan ba’zi odatlarni botil etmoqda. Jumladan, johiliy arablarning odati bo‘yicha, erkak kishi vafot etsa, uning xotini ham boshqa molu mulki qatori qarindoshlariga meros bo‘lib qolar edi. U bechora ayolni zo‘rlik-la merosga olishar edi. Xohlasa, birontasi unga mahr bermay uylanar yoki boshqa birovga erga berib, mahrini o‘zlari olishar yoki umuman u sho‘rlikni erga berishmas, o‘zlari ham uylanishmas, bexuda ushlab turishar edi. Ushbu oyatda Alloh taolo mo‘min-musulmon bandalariga xitob qilib, bunday ishlar yaramasligini bayon qilmoqda. Va ayollarga nisbatan bo‘lgan zulm va jabr-sitamni ko‘tarmoqda.) [Niso surasi 19-oyat]

ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠﯡ ﯢ ﯣﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ

19. Ey iymon keltirganlar! Sizlarga ayollarni zulm-la merosga olish halol emas. Ochiq fohisha ish qilmasalar, bergan narsalarningizning ba’zisini olish uchun ularni zo‘rlik-la ushlab turmang va ular ilayaxshilikda yashang. Agar ularni yoqtirmasangiz, shoyadki, Alloh siz yoqtirmagan narsada ko‘pgina yaxshiliklarni qilsa. (Ushbu oyat Islomdan oldingi davrda ayol kishiga zulm va jabr shaklida joriy qilingan ba’zi odatlarni botil etmoqda. Jumladan, johiliy arablarning odati bo‘yicha, erkak kishi vafot etsa, uning xotini ham boshqa molu mulki qatori qarindoshlariga meros bo‘lib qolar edi. U bechora ayolni zo‘rlik-la merosga olishar edi. Xohlasa, birontasi unga mahr bermay uylanar yoki boshqa birovga erga berib, mahrini o‘zlari olishar yoki umuman u sho‘rlikni erga berishmas, o‘zlari ham uylanishmas, bexuda ushlab turishar edi. Ushbu oyatda Alloh taolo mo‘min-musulmon bandalariga xitob qilib, bunday ishlar yaramasligini bayon qilmoqda. Va ayollarga nisbatan bo‘lgan zulm va jabr-sitamni ko‘tarmoqda.)

وَإِنْ أَرَدتُّمُ اسْتِبْدَالَ زَوْجٍ مَّكَانَ زَوْجٍ وَآتَيْتُمْ إِحْدَاهُنَّ قِنطَارًا فَلَا تَأْخُذُوا مِنْهُ شَيْئًا ۚ أَتَأْخُذُونَهُ بُهْتَانًا وَإِثْمًا مُّبِينًا Ma’nosi: Va agar xotin o‘rniga boshqa xotin olmoqchi bo‘lsangiz va ularning biriga haddan ziyod mehr bergan bo‘lsangiz ham, undan hech narsani qaytarib olmang. Uni bo‘hton va katta gunoh holida olasizmi? [Niso surasi 20-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ

20. Va agar xotin o‘rniga boshqa xotin olmoqchi bo‘lsangiz va ularning biriga haddan ziyod mehr bergan bo‘lsangiz ham, undan hech narsani qaytarib olmang. Uni bo‘hton va katta gunoh holida olasizmi?

وَكَيْفَ تَأْخُذُونَهُ وَقَدْ أَفْضَىٰ بَعْضُكُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ وَأَخَذْنَ مِنكُم مِّيثَاقًا غَلِيظًا Ma’nosi: Va qanday ham olursiz?! Axir, bir-biringizga qovishdingiz va ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?! (Oyati karimadagi, «. ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?!» jumlasidagi «ahdu paymon»ning ma’nosi haqida Sufyon as-Savriy: «Yaxshilik ila tutib turish yoki yaxshilik bilan ajrashish haqidagi ahd», deganlar. Robe’ ibn Anas esa: «Bu Payg‘ambarimizning (s. a. v.): «Siz ularni Allohning omonati ila oldingiz va farjlarini Allohning kalimasi ila o‘zingizga halol etdingiz», degan hadislaridan iboratdir», degan.) [Niso surasi 21-oyat]

ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ

21. Va qanday ham olursiz?! Axir, bir-biringizga qovishdingiz va ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?! (Oyati karimadagi, «. ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?!» jumlasidagi «ahdu paymon»ning ma’nosi haqida Sufyon as-Savriy: «Yaxshilik ila tutib turish yoki yaxshilik bilan ajrashish haqidagi ahd», deganlar. Robe’ ibn Anas esa: «Bu Payg‘ambarimizning (s. a. v.): «Siz ularni Allohning omonati ila oldingiz va farjlarini Allohning kalimasi ila o‘zingizga halol etdingiz», degan hadislaridan iboratdir», degan.)

وَلَا تَنكِحُوا مَا نَكَحَ آبَاؤُكُم مِّنَ النِّسَاءِ إِلَّا مَا قَدْ سَلَفَ ۚ إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَمَقْتًا وَسَاءَ سَبِيلًا Ma’nosi: Otalaringiz o‘z nikohlariga olgan ayollarni siz o‘z nikohingizga olmang! Avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Bu ish, albatta, fohisha, g‘azabnok ish va qanday ham yomon yo‘ldir! (Johiliyat davrida o‘gay onaga uylanish odati bor edi. Bu ko‘pincha «azl»ga–ayollarni zulm ila bexuda tutib turishga ham sabab bo‘lar edi. Chunki aksar paytda bolaning katta bo‘lib voyaga yetishini, so‘ngra otasining xotiniga–o‘gay onasiga uylanishini kutishga to‘g‘ri kelar edi. Agar o‘g‘li otasi o‘lgan paytda voyaga yetgan bo‘lsa, o‘gay onasi unga meros tariqasida xotin bo‘lib qolar edi. Alloh taolo ushbu oyati karimani nozil qilib, bu ishni harom etdi.) [Niso surasi 22-oyat]

ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ

22. Otalaringiz o‘z nikohlariga olgan ayollarni siz o‘z nikohingizga olmang! Avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Bu ish, albatta, fohisha, g‘azabnok ish va qanday ham yomon yo‘ldir! (Johiliyat davrida o‘gay onaga uylanish odati bor edi. Bu ko‘pincha «azl»ga–ayollarni zulm ila bexuda tutib turishga ham sabab bo‘lar edi. Chunki aksar paytda bolaning katta bo‘lib voyaga yetishini, so‘ngra otasining xotiniga–o‘gay onasiga uylanishini kutishga to‘g‘ri kelar edi. Agar o‘g‘li otasi o‘lgan paytda voyaga yetgan bo‘lsa, o‘gay onasi unga meros tariqasida xotin bo‘lib qolar edi. Alloh taolo ushbu oyati karimani nozil qilib, bu ishni harom etdi.)

حُرِّمَتْ عَلَيْكُمْ أُمَّهَاتُكُمْ وَبَنَاتُكُمْ وَأَخَوَاتُكُمْ وَعَمَّاتُكُمْ وَخَالَاتُكُمْ وَبَنَاتُ الْأَخِ وَبَنَاتُ الْأُخْتِ وَأُمَّهَاتُكُمُ اللَّاتِي أَرْضَعْنَكُمْ وَأَخَوَاتُكُم مِّنَ الرَّضَاعَةِ وَأُمَّهَاتُ نِسَائِكُمْ وَرَبَائِبُكُمُ اللَّاتِي فِي حُجُورِكُم مِّن نِّسَائِكُمُ اللَّاتِي دَخَلْتُم بِهِنَّ فَإِن لَّمْ تَكُونُوا دَخَلْتُم بِهِنَّ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ وَحَلَائِلُ أَبْنَائِكُمُ الَّذِينَ مِنْ أَصْلَابِكُمْ وَأَن تَجْمَعُوا بَيْنَ الْأُخْتَيْنِ إِلَّا مَا قَدْ سَلَفَ ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا Ma’nosi: Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari harom qilindi. Agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo‘lsangiz, (qizlariga uylanishingizda) gunoh yo‘q. Va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari, opa-singilni qo‘shib olmog‘ingiz harom qilindi. Magar avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, Alloh mahfirat qiluvchi va rahmli zotdir. (Avvalda nikoh muqaddas aloqa ekani aytib o‘tildi. Albatta, bu aloqani to‘g‘ri holda o‘rnatish kerak. Buning uchun esa, uylanmoqchi bo‘lgan inson o‘ziga mos juft tanlamog‘i zarur. Tanlash jarayonida e’tibor berish farz bo‘lgan shart–xotinlikka tanlanayotgan ayolning nikohi tanlovchi erkakka halol bo‘lishi kerak. Islom shariati musulmon erkaklarga ayrim toifa ayollarga uylanishni harom qilgan. Mazkur toifalar ushbu oyatda, bundan oldingi va keyingi oyatlarda va Payg‘ambarlarimizning hadislarida bayon qilingan.) [Niso surasi 23-oyat]

ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ

23. Sizlarga onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emikdosh opa-singillaringiz, xotinlaringizning onalari, o‘zingiz qovushgan xotinlaringizning qaramog‘ingizdagi qizlari harom qilindi. Agar u(xotin)lar bilan qovushmagan bo‘lsangiz, (qizlariga uylanishingizda) gunoh yo‘q. Va pushtingizdan bo‘lgan o‘g‘illaringizning xotinlari, opa-singilni qo‘shib olmog‘ingiz harom qilindi. Magar avval o‘tgan bo‘lsa, mayli. Albatta, Alloh mahfirat qiluvchi va rahmli zotdir. (Avvalda nikoh muqaddas aloqa ekani aytib o‘tildi. Albatta, bu aloqani to‘g‘ri holda o‘rnatish kerak. Buning uchun esa, uylanmoqchi bo‘lgan inson o‘ziga mos juft tanlamog‘i zarur. Tanlash jarayonida e’tibor berish farz bo‘lgan shart–xotinlikka tanlanayotgan ayolning nikohi tanlovchi erkakka halol bo‘lishi kerak. Islom shariati musulmon erkaklarga ayrim toifa ayollarga uylanishni harom qilgan. Mazkur toifalar ushbu oyatda, bundan oldingi va keyingi oyatlarda va Payg‘ambarlarimizning hadislarida bayon qilingan.)

وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ النِّسَاءِ إِلَّا مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ ۖ كِتَابَ اللَّهِ عَلَيْكُمْ ۚ وَأُحِلَّ لَكُم مَّا وَرَاءَ ذَٰلِكُمْ أَن تَبْتَغُوا بِأَمْوَالِكُم مُّحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَافِحِينَ ۚ فَمَا اسْتَمْتَعْتُم بِهِ مِنْهُنَّ فَآتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ فَرِيضَةً ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا تَرَاضَيْتُم بِهِ مِن بَعْدِ الْفَرِيضَةِ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًا Ma’nosi: Qo‘lingizga mulk bo‘lib tushganlardan boshqa erli ayollar ham (harom qilindi). Bu sizlarga Allohning yozganidir. Ana o‘shalardan boshqalarni poklik va zino aralashtirmagan holda mollaringiz ila talab qilmog‘ingiz halol qilindi. Ulardan huzurlanishingiz sababidan mahrlarini bering. Bu farzdir. Farz mahrdan keyin o‘zaro rozilik ila kelishganingiz gunoh emas. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli zotdir. (Bu oyati karimaning avvalida nikohi harom qilingan ayollarning zikri davom etmoqda. Ularning oxirgi toifasi o‘laroq erli ayollar keltirildi. Demak, eri bor ayolga uylanish harom. Eri o‘lib yoki eridan ajrashib idda o‘tirgan ayollar ham, to idda muddati orasida erlik ayollar qatoriga kiradi. Bularning nikohi ham vaqtincha haromdir. Oyatda erli ayollardan «qo‘lingizga mulk bo‘lib tushganlar» istisno qilinmoqda. Ya’ni, urushda dushman tomondan musulmonlar qo‘liga tushgan ayollar, erlari bo‘lsa ham, hayz ko‘rganlaridan keyin ularga molik bo‘lgan musulmonlarga halol bo‘laveradi.) [Niso surasi 24-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘﭙ ﭚ ﭛ ﭜﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ

24. Qo‘lingizga mulk bo‘lib tushganlardan boshqa erli ayollar ham (harom qilindi). Bu sizlarga Allohning yozganidir. Ana o‘shalardan boshqalarni poklik va zino aralashtirmagan holda mollaringiz ila talab qilmog‘ingiz halol qilindi. Ulardan huzurlanishingiz sababidan mahrlarini bering. Bu farzdir. Farz mahrdan keyin o‘zaro rozilik ila kelishganingiz gunoh emas. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli zotdir. (Bu oyati karimaning avvalida nikohi harom qilingan ayollarning zikri davom etmoqda. Ularning oxirgi toifasi o‘laroq erli ayollar keltirildi. Demak, eri bor ayolga uylanish harom. Eri o‘lib yoki eridan ajrashib idda o‘tirgan ayollar ham, to idda muddati orasida erlik ayollar qatoriga kiradi. Bularning nikohi ham vaqtincha haromdir. Oyatda erli ayollardan «qo‘lingizga mulk bo‘lib tushganlar» istisno qilinmoqda. Ya’ni, urushda dushman tomondan musulmonlar qo‘liga tushgan ayollar, erlari bo‘lsa ham, hayz ko‘rganlaridan keyin ularga molik bo‘lgan musulmonlarga halol bo‘laveradi.)

وَمَن لَّمْ يَسْتَطِعْ مِنكُمْ طَوْلًا أَن يَنكِحَ الْمُحْصَنَاتِ الْمُؤْمِنَاتِ فَمِن مَّا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُم مِّن فَتَيَاتِكُمُ الْمُؤْمِنَاتِ ۚ وَاللَّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَانِكُم ۚ بَعْضُكُم مِّن بَعْضٍ ۚ فَانكِحُوهُنَّ بِإِذْنِ أَهْلِهِنَّ وَآتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ مُحْصَنَاتٍ غَيْرَ مُسَافِحَاتٍ وَلَا مُتَّخِذَاتِ أَخْدَانٍ ۚ فَإِذَا أُحْصِنَّ فَإِنْ أَتَيْنَ بِفَاحِشَةٍ فَعَلَيْهِنَّ نِصْفُ مَا عَلَى الْمُحْصَنَاتِ مِنَ الْعَذَابِ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنْ خَشِيَ الْعَنَتَ مِنكُمْ ۚ وَأَن تَصْبِرُوا خَيْرٌ لَّكُمْ ۗ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ Ma’nosi: Sizlardan kim hur mo‘minalarni nikohiga olishga imkon topmasa, qo‘lingizda mulk bo‘lgan mo‘mina kanizaklardan (uylansin). Alloh iymoningizni biluvchi zotdir. Hammalaringiz birsiz. Ularni nikohingizga ahllarining izni ila oling. Va yaxshilik bilan mahrlarini bering. Ular pokiza, zinokor emas va o‘ynash tutmagan bo‘lsinlar. Erga tekkanlaridan so‘ng fohisha ish qilsalar, ularga hur ayollarga beriladigan azobning yarmi beriladir. Bu buzilishdan qo‘rqqanlar uchundir. Sabr qilmog‘ingiz siz uchun yaxshidir. Alloh mag‘firatli va rahmlidir. (Biz tushunarli bo‘lishi uchun «kanizak» deb atayotgan so‘z o‘rnida Qur’oni Karim «mo‘mina qizlaringizdan» degan iborani ishlatgan. Bu bilan ularning sha’ni ko‘tarilmoqda, ular ham Islom nazarida boshqalardan farq qilmasliklarini ta’kidlanmoqda. Ma’lumki, erli hur ayolning zinosi isbotlansa, o‘lguncha toshbo‘ron qilinadi. Oila qurmagan hur ayol zino qilsa, yuz darra uriladi. Ushbu oyatda, hur ayollarga beriladigan azobning yarmi haqida so‘z ketmoqda. Ochiq ko‘rinib turibdiki, bu yerda nazarda tutilgan azob darra urishdir. Demak, erli cho‘rining zinosi sobit bo‘lsa, unga ellik darra uriladi. Ularning cho‘rilik holatidan kelib chiqib shunday hukm joriy qilingan. Albatta, ular hur ayollar kabi qulayliklarga ega emaslar. Turmush jarayonida turli holatlarni boshdan o‘tkazishlari mumkin. Shular e’tiboridan ularga nisbatan toshbo‘ron jazosi bekor qilingan va darra urish yuztadan elliktaga tushirilgan. Bu hol Islomning insonparvarligining bir ko‘rinishidir. Boshqa tuzumlarda kiborlarga jazo bekor qilinib, bechoralarga kuchaytirilishi hammaga ma’lum.) [Niso surasi 25-oyat]

ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑﮒ ﮓ ﮔ ﮕﮖ ﮗ ﮘ ﮙﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ

25. Sizlardan kim hur mo‘minalarni nikohiga olishga imkon topmasa, qo‘lingizda mulk bo‘lgan mo‘mina kanizaklardan (uylansin). Alloh iymoningizni biluvchi zotdir. Hammalaringiz birsiz. Ularni nikohingizga ahllarining izni ila oling. Va yaxshilik bilan mahrlarini bering. Ular pokiza, zinokor emas va o‘ynash tutmagan bo‘lsinlar. Erga tekkanlaridan so‘ng fohisha ish qilsalar, ularga hur ayollarga beriladigan azobning yarmi beriladir. Bu buzilishdan qo‘rqqanlar uchundir. Sabr qilmog‘ingiz siz uchun yaxshidir. Alloh mag‘firatli va rahmlidir. (Biz tushunarli bo‘lishi uchun «kanizak» deb atayotgan so‘z o‘rnida Qur’oni Karim «mo‘mina qizlaringizdan» degan iborani ishlatgan. Bu bilan ularning sha’ni ko‘tarilmoqda, ular ham Islom nazarida boshqalardan farq qilmasliklarini ta’kidlanmoqda. Ma’lumki, erli hur ayolning zinosi isbotlansa, o‘lguncha toshbo‘ron qilinadi. Oila qurmagan hur ayol zino qilsa, yuz darra uriladi. Ushbu oyatda, hur ayollarga beriladigan azobning yarmi haqida so‘z ketmoqda. Ochiq ko‘rinib turibdiki, bu yerda nazarda tutilgan azob darra urishdir. Demak, erli cho‘rining zinosi sobit bo‘lsa, unga ellik darra uriladi. Ularning cho‘rilik holatidan kelib chiqib shunday hukm joriy qilingan. Albatta, ular hur ayollar kabi qulayliklarga ega emaslar. Turmush jarayonida turli holatlarni boshdan o‘tkazishlari mumkin. Shular e’tiboridan ularga nisbatan toshbo‘ron jazosi bekor qilingan va darra urish yuztadan elliktaga tushirilgan. Bu hol Islomning insonparvarligining bir ko‘rinishidir. Boshqa tuzumlarda kiborlarga jazo bekor qilinib, bechoralarga kuchaytirilishi hammaga ma’lum.)

يُرِيدُ اللَّهُ لِيُبَيِّنَ لَكُمْ وَيَهْدِيَكُمْ سُنَنَ الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ وَيَتُوبَ عَلَيْكُمْ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ Ma’nosi: Alloh sizlarga bayon qilib berishni, sizni oldingilarning yo‘liga hidoyat qilishni va tavbalaringizni qabul etishni xohlaydi. Alloh biluvchi va hikmatli zotdir. [Niso surasi 26-oyat]

ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ

26. Alloh sizlarga bayon qilib berishni, sizni oldingilarning yo‘liga hidoyat qilishni va tavbalaringizni qabul etishni xohlaydi. Alloh biluvchi va hikmatli zotdir.

وَاللَّهُ يُرِيدُ أَن يَتُوبَ عَلَيْكُمْ وَيُرِيدُ الَّذِينَ يَتَّبِعُونَ الشَّهَوَاتِ أَن تَمِيلُوا مَيْلًا عَظِيمًا Ma’nosi: Alloh sizning tavbangizni qabul qilishni xohlaydir. Shahvatlarga ergashadiganlar esa, ulkan og‘ishga moyil bo‘lishingizni xohlarlar. [Niso surasi 27-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ

27. Alloh sizning tavbangizni qabul qilishni xohlaydir. Shahvatlarga ergashadiganlar esa, ulkan og‘ishga moyil bo‘lishingizni xohlarlar.

يُرِيدُ اللَّهُ أَن يُخَفِّفَ عَنكُمْ ۚ وَخُلِقَ الْإِنسَانُ ضَعِيفًا Ma’nosi: Alloh sizdan (yukingizni) yengillatmoqni xohlaydir. Va inson zaif yaratilgandir. (Yaratuvchining O‘zi, zaif yaratilgan, deb turgandan keyin, shu zaif insonga yo‘l ko‘rsatishda Alloh taolo og‘irlikni xohlarmidi? Yo‘q, u yengillikni xohlaydi.) [Niso surasi 28-oyat]

ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ

28. Alloh sizdan (yukingizni) yengillatmoqni xohlaydir. Va inson zaif yaratilgandir. (Yaratuvchining O‘zi, zaif yaratilgan, deb turgandan keyin, shu zaif insonga yo‘l ko‘rsatishda Alloh taolo og‘irlikni xohlarmidi? Yo‘q, u yengillikni xohlaydi.)

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَأْكُلُوا أَمْوَالَكُم بَيْنَكُم بِالْبَاطِلِ إِلَّا أَن تَكُونَ تِجَارَةً عَن تَرَاضٍ مِّنكُمْ ۚ وَلَا تَقْتُلُوا أَنفُسَكُمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًا Ma’nosi: Ey iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan yemanglar. Magar o‘zaro rozilik ila tijorat bo‘lsa, mayli. O‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmang. Albatta, Alloh sizlarga rahmlidir. [Niso surasi 29-oyat]

ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷﭸ ﭹ ﭺ ﭻﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ

29. Ey iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan yemanglar. Magar o‘zaro rozilik ila tijorat bo‘lsa, mayli. O‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmang. Albatta, Alloh sizlarga rahmlidir.

وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ عُدْوَانًا وَظُلْمًا فَسَوْفَ نُصْلِيهِ نَارًا ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرًا Ma’nosi: Kim o‘shani tajovuzkorlik va zulm ila qilsa, albatta, uni do‘zaxga kiritamiz. Bu esa, Allohga osondir. (Oyatdagi «o‘shani» bir-birining molini botil yo‘l ila yeb, o‘zini-o‘zi halokatga duchor qilishga ishoradir. Demak, kim mazkur ishni tajovuzkorlik (ya’ni, haromligini bilib turib) va zulm ila (ya’ni, qilishdan tap tortmay) qilsa, oxiratda do‘zaxga kiritiladi. Ya’ni, botil yo‘l bilan mol yeganlarni do‘zaxga kiritish Alloh uchun osondir, xech kim qochib, hiyla qilib qutula olmaydi.) [Niso surasi 30-oyat]

ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ

30. Kim o‘shani tajovuzkorlik va zulm ila qilsa, albatta, uni do‘zaxga kiritamiz. Bu esa, Allohga osondir. (Oyatdagi «o‘shani» bir-birining molini botil yo‘l ila yeb, o‘zini-o‘zi halokatga duchor qilishga ishoradir. Demak, kim mazkur ishni tajovuzkorlik (ya’ni, haromligini bilib turib) va zulm ila (ya’ni, qilishdan tap tortmay) qilsa, oxiratda do‘zaxga kiritiladi. Ya’ni, botil yo‘l bilan mol yeganlarni do‘zaxga kiritish Alloh uchun osondir, xech kim qochib, hiyla qilib qutula olmaydi.)

إِن تَجْتَنِبُوا كَبَائِرَ مَا تُنْهَوْنَ عَنْهُ نُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَنُدْخِلْكُم مُّدْخَلًا كَرِيمًا Ma’nosi: Agar qaytarilgan narsalarning kattalaridan chetda bo‘lsangiz, gunohlaringizni kechiramiz va sizni yaxshi joyga kiritamiz. (Bu oyati karimaning ma’nosi, katta gunohlardan chetda bo‘lsangiz, kichik gunohlaringizni kechirib, oxiratda sizni jannatga kiritamiz, deganidir.) [Niso surasi 31-oyat]

ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ

31. Agar qaytarilgan narsalarning kattalaridan chetda bo‘lsangiz, gunohlaringizni kechiramiz va sizni yaxshi joyga kiritamiz. (Bu oyati karimaning ma’nosi, katta gunohlardan chetda bo‘lsangiz, kichik gunohlaringizni kechirib, oxiratda sizni jannatga kiritamiz, deganidir.)

وَلَا تَتَمَنَّوْا مَا فَضَّلَ اللَّهُ بِهِ بَعْضَكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۚ لِّلرِّجَالِ نَصِيبٌ مِّمَّا اكْتَسَبُوا ۖ وَلِلنِّسَاءِ نَصِيبٌ مِّمَّا اكْتَسَبْنَ ۚ وَاسْأَلُوا اللَّهَ مِن فَضْلِهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمًا Ma’nosi: Alloh ba’zingizni ba’zingizdan afzal etgan narsalarni (hasad ila) orzu etmang. Erkaklarga o‘z kasbidan nasiba bor. Ayollarga o‘z kasbidan nasiba bor. Allohdan fazlini so‘rang. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchi zotdir. (Oyati karimada afzallik va fazl aniq nimadan iborat ekanligi ochiq aytilmay, umumiy holda qoldirilgan. Bu qur’oniy usulga ko‘ra, har kim o‘z fikri, idrokiga yarasha tushunib olaveradi. Fazl sihat-salomatlikda, mansabda, molu pulda, xotirjamlikda, hilmda, obro‘-e’tiborda bo‘lishi mumkin. Demak, Alloh ba’zi shaxslarni boshqalardan afzal qilib qo‘ysa, unga hasad qilmaslik kerak, balki fazlni Yaratuvchining O‘zidan so‘rash lozim.) [Niso surasi 32-oyat]

ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ

32. Alloh ba’zingizni ba’zingizdan afzal etgan narsalarni (hasad ila) orzu etmang. Erkaklarga o‘z kasbidan nasiba bor. Ayollarga o‘z kasbidan nasiba bor. Allohdan fazlini so‘rang. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchi zotdir. (Oyati karimada afzallik va fazl aniq nimadan iborat ekanligi ochiq aytilmay, umumiy holda qoldirilgan. Bu qur’oniy usulga ko‘ra, har kim o‘z fikri, idrokiga yarasha tushunib olaveradi. Fazl sihat-salomatlikda, mansabda, molu pulda, xotirjamlikda, hilmda, obro‘-e’tiborda bo‘lishi mumkin. Demak, Alloh ba’zi shaxslarni boshqalardan afzal qilib qo‘ysa, unga hasad qilmaslik kerak, balki fazlni Yaratuvchining O‘zidan so‘rash lozim.)

وَلِكُلٍّ جَعَلْنَا مَوَالِيَ مِمَّا تَرَكَ الْوَالِدَانِ وَالْأَقْرَبُونَ ۚ وَالَّذِينَ عَقَدَتْ أَيْمَانُكُمْ فَآتُوهُمْ نَصِيبَهُمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدًا Ma’nosi: Ota-ona va qarindoshlar qoldirgan narsaga har bir kishi uchun merosxo‘rlar qildik. Qasamingiz ila bog‘langanlarga nasibasini bering. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir. (Ya’ni, har bir odamning qarindoshlari merosxo‘ri bo‘ladi. U ota-onasi va qarindoshlaridan meros olganidek, undan ham bolalari va qarindoshlari meros oladi. Shunday qilib, mol avloddan avlodga o‘tib turadi. Oyati karimadagi: «Qasamingiz ila bog‘langanlarga nasibasini bering», degan jumlada merosga taalluqli, qarindosh bo‘lmagan shaxslarga ishora qilinmoqda. Islomning dastlabki bosqichida shunday shaxslar bo‘lgan.) [Niso surasi 33-oyat]

ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ

33. Ota-ona va qarindoshlar qoldirgan narsaga har bir kishi uchun merosxo‘rlar qildik. Qasamingiz ila bog‘langanlarga nasibasini bering. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir. (Ya’ni, har bir odamning qarindoshlari merosxo‘ri bo‘ladi. U ota-onasi va qarindoshlaridan meros olganidek, undan ham bolalari va qarindoshlari meros oladi. Shunday qilib, mol avloddan avlodga o‘tib turadi. Oyati karimadagi: «Qasamingiz ila bog‘langanlarga nasibasini bering», degan jumlada merosga taalluqli, qarindosh bo‘lmagan shaxslarga ishora qilinmoqda. Islomning dastlabki bosqichida shunday shaxslar bo‘lgan.)

الرِّجَالُ قَوَّامُونَ عَلَى النِّسَاءِ بِمَا فَضَّلَ اللَّهُ بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ وَبِمَا أَنفَقُوا مِنْ أَمْوَالِهِمْ ۚ فَالصَّالِحَاتُ قَانِتَاتٌ حَافِظَاتٌ لِّلْغَيْبِ بِمَا حَفِظَ اللَّهُ ۚ وَاللَّاتِي تَخَافُونَ نُشُوزَهُنَّ فَعِظُوهُنَّ وَاهْجُرُوهُنَّ فِي الْمَضَاجِعِ وَاضْرِبُوهُنَّ ۖ فَإِنْ أَطَعْنَكُمْ فَلَا تَبْغُوا عَلَيْهِنَّ سَبِيلًا ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلِيًّا كَبِيرًا Ma’nosi: Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar–itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi bo‘yicha g‘oyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir. Bosh ko‘tarishlaridan xavf qilingan ayollarga va’z-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmang. Albatta, Alloh yuksak maqomli buyuk zotdir. (Alloh taolo hech bir ishni behikmat qilmaydi. Jumladan, erkak kishi oila rahbari bo‘lsa va u o‘z rahbarligini shariatda ko‘rsatilgandek ado etsa, bunday oilalar baxt-saodatga sohib bo‘lmoqda. Bu ko‘rsatmaga yurmagan oilalar esa, baxtsizlikka uchramoqda, shundaylardan tashkil topgan jamiyatlar ham baxtsizlikka duchor bo‘lmoqda. Bu yerda gapni cho‘zib o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak. Mo‘mina, soliha ayollarning tabiatida eriga itoatkorlik bordir. Biz «itoatkorlik» deb tarjima qilayotgan so‘z oyati karimada «qonitatun» lafzi ila kelgan. Bu so‘z o‘z irodasi, rag‘bati va muhabbati ila itoat qilish ma’nosini anglatadi. Demak, mo‘mina, soliha ayollarning erlariga itoati o‘z mas’uliyatini tushungan holdan kelib chiqqan bo‘ladi. Qo‘rqqanidan, majburlashdan yoki boshqa biror bosqidan emas. Bu itoat o‘zini tushungan, hayotdagi o‘rnini, vazifasi va mas’uliyatini his etgan go‘zal insonning itoatidir.) [Niso surasi 34-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ

34. Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar–itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi bo‘yicha g‘oyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir. Bosh ko‘tarishlaridan xavf qilingan ayollarga va’z-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmang. Albatta, Alloh yuksak maqomli buyuk zotdir. (Alloh taolo hech bir ishni behikmat qilmaydi. Jumladan, erkak kishi oila rahbari bo‘lsa va u o‘z rahbarligini shariatda ko‘rsatilgandek ado etsa, bunday oilalar baxt-saodatga sohib bo‘lmoqda. Bu ko‘rsatmaga yurmagan oilalar esa, baxtsizlikka uchramoqda, shundaylardan tashkil topgan jamiyatlar ham baxtsizlikka duchor bo‘lmoqda. Bu yerda gapni cho‘zib o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak. Mo‘mina, soliha ayollarning tabiatida eriga itoatkorlik bordir. Biz «itoatkorlik» deb tarjima qilayotgan so‘z oyati karimada «qonitatun» lafzi ila kelgan. Bu so‘z o‘z irodasi, rag‘bati va muhabbati ila itoat qilish ma’nosini anglatadi. Demak, mo‘mina, soliha ayollarning erlariga itoati o‘z mas’uliyatini tushungan holdan kelib chiqqan bo‘ladi. Qo‘rqqanidan, majburlashdan yoki boshqa biror bosqidan emas. Bu itoat o‘zini tushungan, hayotdagi o‘rnini, vazifasi va mas’uliyatini his etgan go‘zal insonning itoatidir.)

وَإِنْ خِفْتُمْ شِقَاقَ بَيْنِهِمَا فَابْعَثُوا حَكَمًا مِّنْ أَهْلِهِ وَحَكَمًا مِّنْ أَهْلِهَا إِن يُرِيدَا إِصْلَاحًا يُوَفِّقِ اللَّهُ بَيْنَهُمَا ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلِيمًا خَبِيرًا Ma’nosi: Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qo‘rqsangiz, erning ahlidan bir hakam va xotinning ahlidan bir hakam ajrating. Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-xotinning orasini muvofiqlashtiradi. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir. [Niso surasi 35-oyat]

ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ

35. Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qo‘rqsangiz, erning ahlidan bir hakam va xotinning ahlidan bir hakam ajrating. Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-xotinning orasini muvofiqlashtiradi. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir.

وَاعْبُدُوا اللَّهَ وَلَا تُشْرِكُوا بِهِ شَيْئًا ۖ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا وَبِذِي الْقُرْبَىٰ وَالْيَتَامَىٰ وَالْمَسَاكِينِ وَالْجَارِ ذِي الْقُرْبَىٰ وَالْجَارِ الْجُنُبِ وَالصَّاحِبِ بِالْجَنبِ وَابْنِ السَّبِيلِ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ مَن كَانَ مُخْتَالًا فَخُورًا Ma’nosi: Va Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar. Ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qo‘shnilarga, yon qo‘shnilarga, yonboshdagi sohiblarga, ko‘chada qolganlarga va qo‘lingizda mulk bo‘lganlarga yaxshilik qilinglar. Albatta, Alloh o‘zini yuqori tutuvchi va odamlar ustidan faxr qiluvchilarni xush ko‘rmas. (Oilaviy-ijtimoiy masalalar, mol-mulk haqida, birovlarga yaxshilik qilish haqida bahs etuvchi oyat va jumlalar ichida ibodat va shirk keltirmaslik haqidagi ushbu jumlaning kelishi bejiz emas. Allohning O‘zigagina ibodat qilish, Unga hech narsani shirk keltirmaslik–tavhiddir. Bandalar uchun Allohning tavhidi asosiy aqidadir. Tavhid har bir insondan talab etiladi. U Allohning bandalaridagi haqqidir. Oyatda tavhidga amr etilganidan so‘ng, bir necha toifa kishilarga yaxshilik qilishga buyurilyapti.) [Niso surasi 36-oyat]

ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ

36. Va Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar. Ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qo‘shnilarga, yon qo‘shnilarga, yonboshdagi sohiblarga, ko‘chada qolganlarga va qo‘lingizda mulk bo‘lganlarga yaxshilik qilinglar. Albatta, Alloh o‘zini yuqori tutuvchi va odamlar ustidan faxr qiluvchilarni xush ko‘rmas. (Oilaviy-ijtimoiy masalalar, mol-mulk haqida, birovlarga yaxshilik qilish haqida bahs etuvchi oyat va jumlalar ichida ibodat va shirk keltirmaslik haqidagi ushbu jumlaning kelishi bejiz emas. Allohning O‘zigagina ibodat qilish, Unga hech narsani shirk keltirmaslik–tavhiddir. Bandalar uchun Allohning tavhidi asosiy aqidadir. Tavhid har bir insondan talab etiladi. U Allohning bandalaridagi haqqidir. Oyatda tavhidga amr etilganidan so‘ng, bir necha toifa kishilarga yaxshilik qilishga buyurilyapti.)

الَّذِينَ يَبْخَلُونَ وَيَأْمُرُونَ النَّاسَ بِالْبُخْلِ وَيَكْتُمُونَ مَا آتَاهُمُ اللَّهُ مِن فَضْلِهِ ۗ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَافِرِينَ عَذَابًا مُّهِينًا Ma’nosi: Ular baxillik qiladigan, odamlarni baxillikka buyuradigan va Alloh ularga O‘z fazlidan bergan narsalarni berkitadiganlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlaganmiz. [Niso surasi 37-oyat]

ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ

37. Ular baxillik qiladigan, odamlarni baxillikka buyuradigan va Alloh ularga O‘z fazlidan bergan narsalarni berkitadiganlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlaganmiz.

وَالَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ رِئَاءَ النَّاسِ وَلَا يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَلَا بِالْيَوْمِ الْآخِرِ ۗ وَمَن يَكُنِ الشَّيْطَانُ لَهُ قَرِينًا فَسَاءَ قَرِينًا Ma’nosi: Ular mollarini kishilar ko‘rishi uchun sarflaydilar. Hamda Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirmaydilar. Kimning yaqini shayton bo‘lsa, u qanday ham yomon yaqin! [Niso surasi 38-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ

38. Ular mollarini kishilar ko‘rishi uchun sarflaydilar. Hamda Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirmaydilar. Kimning yaqini shayton bo‘lsa, u qanday ham yomon yaqin!

وَمَاذَا عَلَيْهِمْ لَوْ آمَنُوا بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَأَنفَقُوا مِمَّا رَزَقَهُمُ اللَّهُ ۚ وَكَانَ اللَّهُ بِهِمْ عَلِيمًا Ma’nosi: Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsalar, Alloh ularga rizq qilib bergan narsadan nafaqa qilsalar, ularga nima zarar bo‘ladi? Alloh ularni yaxshi biluvchi zotdir! [Niso surasi 39-oyat]

ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ

39. Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsalar, Alloh ularga rizq qilib bergan narsadan nafaqa qilsalar, ularga nima zarar bo‘ladi? Alloh ularni yaxshi biluvchi zotdir!

إِنَّ اللَّهَ لَا يَظْلِمُ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ ۖ وَإِن تَكُ حَسَنَةً يُضَاعِفْهَا وَيُؤْتِ مِن لَّدُنْهُ أَجْرًا عَظِيمًا Ma’nosi: Albatta, Alloh zarracha ham zulm qilmas. Agar yaxshilik bo‘lsa, bir necha bor ko‘paytirur va O‘z huzuridan ulug‘ ajr berur. [Niso surasi 40-oyat]

ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ

40. Albatta, Alloh zarracha ham zulm qilmas. Agar yaxshilik bo‘lsa, bir necha bor ko‘paytirur va O‘z huzuridan ulug‘ ajr berur.

فَكَيْفَ إِذَا جِئْنَا مِن كُلِّ أُمَّةٍ بِشَهِيدٍ وَجِئْنَا بِكَ عَلَىٰ هَٰؤُلَاءِ شَهِيدًا Ma’nosi: Har bir ummatdan bir guvoh keltirib, seni ularning hammasiga guvoh etib keltirgan chog‘imizda hol qandoq bo‘lur?! (Bu oyatda qiyomat kunining vasfi kelmoqda. Qiyomat qo‘pganida, har bir ummatga o‘z Payg‘ambari guvoh etib olib kelinadi. Anbiyolar esa, ummatlari Allohning amriga yurganlari va yurmaganlari haqida adolatli guvohlik beradilar. Muhammad alayhissalom avvaldan oxirgacha hamma ummatlarga guvohlik beradilar. Ana o‘shanda u kishiga iymon keltirmaganlar, mutakabbir, faxrlanuvchi va baxillarning, odamlarni ham baxillikka buyurgan va Alloh O‘z fazlidan bergan ne’matlarni berkitganlarning holi nima bo‘ladi? Ular o‘zlari inkor etgan Xoliqning huzurida turibdilar, o‘zlari rad qilgan Payg‘ambar endi ularga guvohlik berishi, ular haqidagi bor haqiqatni Oliy Qozi huzurida aytishi kerak. Endi bu kofirlar, munofiqlarning holi ne kechadi? Qiyomat qoim bo‘ldi. Xaqiqat yuzaga chiqdi.) [Niso surasi 41-oyat]

ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ

41. Har bir ummatdan bir guvoh keltirib, seni ularning hammasiga guvoh etib keltirgan chog‘imizda hol qandoq bo‘lur?! (Bu oyatda qiyomat kunining vasfi kelmoqda. Qiyomat qo‘pganida, har bir ummatga o‘z Payg‘ambari guvoh etib olib kelinadi. Anbiyolar esa, ummatlari Allohning amriga yurganlari va yurmaganlari haqida adolatli guvohlik beradilar. Muhammad alayhissalom avvaldan oxirgacha hamma ummatlarga guvohlik beradilar. Ana o‘shanda u kishiga iymon keltirmaganlar, mutakabbir, faxrlanuvchi va baxillarning, odamlarni ham baxillikka buyurgan va Alloh O‘z fazlidan bergan ne’matlarni berkitganlarning holi nima bo‘ladi? Ular o‘zlari inkor etgan Xoliqning huzurida turibdilar, o‘zlari rad qilgan Payg‘ambar endi ularga guvohlik berishi, ular haqidagi bor haqiqatni Oliy Qozi huzurida aytishi kerak. Endi bu kofirlar, munofiqlarning holi ne kechadi? Qiyomat qoim bo‘ldi. Xaqiqat yuzaga chiqdi.)

يَوْمَئِذٍ يَوَدُّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَعَصَوُا الرَّسُولَ لَوْ تُسَوَّىٰ بِهِمُ الْأَرْضُ وَلَا يَكْتُمُونَ اللَّهَ حَدِيثًا Ma’nosi: O‘sha kunda kufr keltirganlar va Rasulga isyon qilganlar yerga qorishib ketishni istarlar va Allohdan hech gapni yashira olmaslar. [Niso surasi 42-oyat]

ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ

42. O‘sha kunda kufr keltirganlar va Rasulga isyon qilganlar yerga qorishib ketishni istarlar va Allohdan hech gapni yashira olmaslar.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَقْرَبُوا الصَّلَاةَ وَأَنتُمْ سُكَارَىٰ حَتَّىٰ تَعْلَمُوا مَا تَقُولُونَ وَلَا جُنُبًا إِلَّا عَابِرِي سَبِيلٍ حَتَّىٰ تَغْتَسِلُوا ۚ وَإِن كُنتُم مَّرْضَىٰ أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوْ جَاءَ أَحَدٌ مِّنكُم مِّنَ الْغَائِطِ أَوْ لَامَسْتُمُ النِّسَاءَ فَلَمْ تَجِدُوا مَاءً فَتَيَمَّمُوا صَعِيدًا طَيِّبًا فَامْسَحُوا بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَفُوًّا غَفُورًا Ma’nosi: Ey iymon keltirganlar! Mast holingizda–to aytayotgan gapingizni biladigan bo‘lmaguningizcha, namozga yaqinlashmang va junub holingizda ham to g‘usl qilmaguningizcha. Magar yo‘ldan o‘tuvchi bo‘lsa, mayli. Agar bemor yoki safarda bo‘lsangiz yoki sizdan biringiz tahoratxonadan kelsa yoxud ayollarga yaqinlashgan bo‘lsangiz-u, suv topa olmasangiz, pokiza tuproq-la tayammum qiling. Bas, yuzingizga va qo‘llaringizga mash torting. Albatta, Alloh afv va mag‘firat qiluvchi zotdir. (Bu oyati karimada ko‘pgina hukmlar mujassam topgandir. Shu bilan birga, aroqni harom qilish yo‘lida tatbiq qilingan choraning yana bir bosqichi hamdir. Tahorat va g‘uslga suv topilmasa, toza tuproq-la tayammum qilinadi. Shuningdek, suv tegishi bilan kasalligi kuchayib ketadigan bemorlarga ham tayammumga ruxsat. Ya’ni, tahorati yo‘q odam tahoratni niyat qilib tayammum qilsa, tahorat o‘rniga o‘tadi. Junub odam g‘uslni niyat qilib tayammum qilsa, g‘usl o‘rniga o‘tadi.) [Niso surasi 43-oyat]

ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ

43. Ey iymon keltirganlar! Mast holingizda–to aytayotgan gapingizni biladigan bo‘lmaguningizcha, namozga yaqinlashmang va junub holingizda ham to g‘usl qilmaguningizcha. Magar yo‘ldan o‘tuvchi bo‘lsa, mayli. Agar bemor yoki safarda bo‘lsangiz yoki sizdan biringiz tahoratxonadan kelsa yoxud ayollarga yaqinlashgan bo‘lsangiz-u, suv topa olmasangiz, pokiza tuproq-la tayammum qiling. Bas, yuzingizga va qo‘llaringizga mash torting. Albatta, Alloh afv va mag‘firat qiluvchi zotdir. (Bu oyati karimada ko‘pgina hukmlar mujassam topgandir. Shu bilan birga, aroqni harom qilish yo‘lida tatbiq qilingan choraning yana bir bosqichi hamdir. Tahorat va g‘uslga suv topilmasa, toza tuproq-la tayammum qilinadi. Shuningdek, suv tegishi bilan kasalligi kuchayib ketadigan bemorlarga ham tayammumga ruxsat. Ya’ni, tahorati yo‘q odam tahoratni niyat qilib tayammum qilsa, tahorat o‘rniga o‘tadi. Junub odam g‘uslni niyat qilib tayammum qilsa, g‘usl o‘rniga o‘tadi.)

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ أُوتُوا نَصِيبًا مِّنَ الْكِتَابِ يَشْتَرُونَ الضَّلَالَةَ وَيُرِيدُونَ أَن تَضِلُّوا السَّبِيلَ Ma’nosi: Kitobdan nasiba berilganlarning zalolatni sotib olishlarini va siz yo‘ldan adashishingizni istashlarini ko‘rmaysizmi? [Niso surasi 44-oyat]

ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ

44. Kitobdan nasiba berilganlarning zalolatni sotib olishlarini va siz yo‘ldan adashishingizni istashlarini ko‘rmaysizmi?

وَاللَّهُ أَعْلَمُ بِأَعْدَائِكُمْ ۚ وَكَفَىٰ بِاللَّهِ وَلِيًّا وَكَفَىٰ بِاللَّهِ نَصِيرًا Ma’nosi: Alloh sizning dushmanlaringizni biluvchi zotdir. Valiylikka Allohning O‘zi kifoya qilur. Nusrat beruvchilikka Allohning O‘zi kifoya qilur. [Niso surasi 45-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ

45. Alloh sizning dushmanlaringizni biluvchi zotdir. Valiylikka Allohning O‘zi kifoya qilur. Nusrat beruvchilikka Allohning O‘zi kifoya qilur.

مِّنَ الَّذِينَ هَادُوا يُحَرِّفُونَ الْكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِ وَيَقُولُونَ سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَاسْمَعْ غَيْرَ مُسْمَعٍ وَرَاعِنَا لَيًّا بِأَلْسِنَتِهِمْ وَطَعْنًا فِي الدِّينِ ۚ وَلَوْ أَنَّهُمْ قَالُوا سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا وَاسْمَعْ وَانظُرْنَا لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ وَأَقْوَمَ وَلَٰكِن لَّعَنَهُمُ اللَّهُ بِكُفْرِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُونَ إِلَّا قَلِيلًا Ma’nosi: Yahudiy bo‘lganlardan kalimalarni o‘z joyidan buzib-o‘zgartiruvchilar bor. Ular tillarini burab va dinga ta’na yetkazib: «Eshitdik va isyon qildik, eshit, eshitmay qolgur va «Roina» derlar. Agar ular, eshitdik, va itoat qildik, eshit va bizga nazar sol, deganlarida, albatta, o‘zlariga yaxshi va to‘g‘ri bo‘lar edi. Lekin Alloh ularni kufrlari sababli la’natladi. Bas, ozginalaridan boshqalari iymon keltirmaslar. (Ya’ni, yahudiylar razilona so‘z o‘yini qilishadi. Sirtdan chiroyli, odobli so‘zlarni aytgandek ko‘rinishadi, ammo aslida tillarini burib, o‘sha so‘zlarning ikkinchi–yomon ma’nosini ifodalashadi. Misol uchun, Payg‘ambarimiz alayhissalom bir gapni aytsalar, mo‘min-musulmonlar, eshitdik va itoat qildik, der edilar. Yahudiylar esa, eshitdik va isyon qildik, deyishadi. Sirtdan qaraganda, xuddi mo‘minlarga o‘xshab javob berganga o‘xshashadi. Aslida esa, u kishini masxara qilmoqchi va dinga ta’na yetkazmoqchi bo‘ladilar.) [Niso surasi 46-oyat]

ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ

46. Yahudiy bo‘lganlardan kalimalarni o‘z joyidan buzib-o‘zgartiruvchilar bor. Ular tillarini burab va dinga ta’na yetkazib: «Eshitdik va isyon qildik, eshit, eshitmay qolgur va «Roina» derlar. Agar ular, eshitdik, va itoat qildik, eshit va bizga nazar sol, deganlarida, albatta, o‘zlariga yaxshi va to‘g‘ri bo‘lar edi. Lekin Alloh ularni kufrlari sababli la’natladi. Bas, ozginalaridan boshqalari iymon keltirmaslar. (Ya’ni, yahudiylar razilona so‘z o‘yini qilishadi. Sirtdan chiroyli, odobli so‘zlarni aytgandek ko‘rinishadi, ammo aslida tillarini burib, o‘sha so‘zlarning ikkinchi–yomon ma’nosini ifodalashadi. Misol uchun, Payg‘ambarimiz alayhissalom bir gapni aytsalar, mo‘min-musulmonlar, eshitdik va itoat qildik, der edilar. Yahudiylar esa, eshitdik va isyon qildik, deyishadi. Sirtdan qaraganda, xuddi mo‘minlarga o‘xshab javob berganga o‘xshashadi. Aslida esa, u kishini masxara qilmoqchi va dinga ta’na yetkazmoqchi bo‘ladilar.)

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ آمِنُوا بِمَا نَزَّلْنَا مُصَدِّقًا لِّمَا مَعَكُم مِّن قَبْلِ أَن نَّطْمِسَ وُجُوهًا فَنَرُدَّهَا عَلَىٰ أَدْبَارِهَا أَوْ نَلْعَنَهُمْ كَمَا لَعَنَّا أَصْحَابَ السَّبْتِ ۚ وَكَانَ أَمْرُ اللَّهِ مَفْعُولًا Ma’nosi: Ey kitob berilganlar! Yuzlarni buzib, orqalariga burmasimizdan yoxud ularni shanba odamlarini la’natlaganimizdek la’natlamasimizdan oldin sizlardagi narsani tasdiqlovchi bo‘lib kelgan narsaga iymon keltiring. Allohning ishi amalga oshgusidir. (Yahudiylar shariati bo‘yicha, shanba kuni ishlash, jumladan baliq ovlash man qilingan edi. Ammo ular shumlik qilib, bu ilohiy amrni ham buzdilar. Alohida hovuzlar qazib, shanba kuni baliqlarni qamab olib, boshqa kunlari tutishdi. Shunda Allohning g‘azabi kelib, ularni maymun va to‘ng‘izga aylantirdi.) [Niso surasi 47-oyat]

ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ

47. Ey kitob berilganlar! Yuzlarni buzib, orqalariga burmasimizdan yoxud ularni shanba odamlarini la’natlaganimizdek la’natlamasimizdan oldin sizlardagi narsani tasdiqlovchi bo‘lib kelgan narsaga iymon keltiring. Allohning ishi amalga oshgusidir. (Yahudiylar shariati bo‘yicha, shanba kuni ishlash, jumladan baliq ovlash man qilingan edi. Ammo ular shumlik qilib, bu ilohiy amrni ham buzdilar. Alohida hovuzlar qazib, shanba kuni baliqlarni qamab olib, boshqa kunlari tutishdi. Shunda Allohning g‘azabi kelib, ularni maymun va to‘ng‘izga aylantirdi.)

إِنَّ اللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَن يَشَاءُ ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِاللَّهِ فَقَدِ افْتَرَىٰ إِثْمًا عَظِيمًا Ma’nosi: Albatta, Alloh O‘ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqa gunohni, kimni xohlasa, kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, katta gunohni to‘qibdir. [Niso surasi 48-oyat]

ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ

48. Albatta, Alloh O‘ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqa gunohni, kimni xohlasa, kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, katta gunohni to‘qibdir.

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يُزَكُّونَ أَنفُسَهُم ۚ بَلِ اللَّهُ يُزَكِّي مَن يَشَاءُ وَلَا يُظْلَمُونَ فَتِيلًا Ma’nosi: O‘zlarini pok qilib ko‘rsatayotganlarni ko‘rmaysanmi?! Yo‘q! Alloh kimni xohlasa, shuni poklaydi. Va qilcha zulm qilinmaslar. [Niso surasi 49-oyat]

ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ

49. O‘zlarini pok qilib ko‘rsatayotganlarni ko‘rmaysanmi?! Yo‘q! Alloh kimni xohlasa, shuni poklaydi. Va qilcha zulm qilinmaslar.

انظُرْ كَيْفَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ ۖ وَكَفَىٰ بِهِ إِثْمًا مُّبِينًا Ma’nosi: Ularning Allohga yolg‘on to‘qishini ko‘rmaysanmi?! Shuning o‘zi ham ochiq-oydin gunohlikka yetarli. [Niso surasi 50-oyat]

ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ

50. Ularning Allohga yolg‘on to‘qishini ko‘rmaysanmi?! Shuning o‘zi ham ochiq-oydin gunohlikka yetarli.

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ أُوتُوا نَصِيبًا مِّنَ الْكِتَابِ يُؤْمِنُونَ بِالْجِبْتِ وَالطَّاغُوتِ وَيَقُولُونَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا هَٰؤُلَاءِ أَهْدَىٰ مِنَ الَّذِينَ آمَنُوا سَبِيلًا Ma’nosi: Kitobdan nasibador bo‘lganlarning botilga va tog‘utga iymon keltirishlarini va kufr keltirganlarni ko‘rsatib: «Anavilar iymon keltirganlardan ko‘ra hidoyatliroq yo‘ldalar», deyishlarini ko‘rmaysanmi?! (Bu oyati karimada yahudiylar endi «Kitobdan nasibador bo‘lganlar», deb tavsiflanmoqda. Biz «botil» deb tarjima qilgan so‘z oyatda «jibt» deb kelgan. Arab tilida jibt–but, sanam, folbin va sehrgarga o‘xshash narsalarga ishlatiladi. «Tog‘ut» esa–Allohning shariatidan boshqa shariat va Allohning shariatiga asoslanmagan hukmdir. Ushbu oyati karimada Alloh taolo yahudiylarni jibt va tog‘utga iymon keltirganlar, deb vasf qilmoqda.) [Niso surasi 51-oyat]

ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆ ﰇ ﰈ ﰉ

51. Kitobdan nasibador bo‘lganlarning botilga va tog‘utga iymon keltirishlarini va kufr keltirganlarni ko‘rsatib: «Anavilar iymon keltirganlardan ko‘ra hidoyatliroq yo‘ldalar», deyishlarini ko‘rmaysanmi?! (Bu oyati karimada yahudiylar endi «Kitobdan nasibador bo‘lganlar», deb tavsiflanmoqda. Biz «botil» deb tarjima qilgan so‘z oyatda «jibt» deb kelgan. Arab tilida jibt–but, sanam, folbin va sehrgarga o‘xshash narsalarga ishlatiladi. «Tog‘ut» esa–Allohning shariatidan boshqa shariat va Allohning shariatiga asoslanmagan hukmdir. Ushbu oyati karimada Alloh taolo yahudiylarni jibt va tog‘utga iymon keltirganlar, deb vasf qilmoqda.)

أُولَٰئِكَ الَّذِينَ لَعَنَهُمُ اللَّهُ ۖ وَمَن يَلْعَنِ اللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُ نَصِيرًا Ma’nosi: Ana o‘shalarni Alloh la’natlagandir. Kimni Alloh la’natlasa, unga hech nusratchi topolmassan. [Niso surasi 52-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ

52. Ana o‘shalarni Alloh la’natlagandir. Kimni Alloh la’natlasa, unga hech nusratchi topolmassan.

أَمْ لَهُمْ نَصِيبٌ مِّنَ الْمُلْكِ فَإِذًا لَّا يُؤْتُونَ النَّاسَ نَقِيرًا Ma’nosi: Yoki ular mulkdan nasibadorlar-u, shunday taqdirda undan odamlarga zig‘ircha ham bermaydilarmi?! [Niso surasi 53-oyat]

ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ

53. Yoki ular mulkdan nasibadorlar-u, shunday taqdirda undan odamlarga zig‘ircha ham bermaydilarmi?!

أَمْ يَحْسُدُونَ النَّاسَ عَلَىٰ مَا آتَاهُمُ اللَّهُ مِن فَضْلِهِ ۖ فَقَدْ آتَيْنَا آلَ إِبْرَاهِيمَ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَآتَيْنَاهُم مُّلْكًا عَظِيمًا Ma’nosi: Yoki Alloh odamlarga O‘z fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi? Batahqiq, Ibrohim oilasiga kitobni, hikmatni va ulug‘ mulkni berganmiz-ku?! [Niso surasi 54-oyat]

ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ

54. Yoki Alloh odamlarga O‘z fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi? Batahqiq, Ibrohim oilasiga kitobni, hikmatni va ulug‘ mulkni berganmiz-ku?!

فَمِنْهُم مَّنْ آمَنَ بِهِ وَمِنْهُم مَّن صَدَّ عَنْهُ ۚ وَكَفَىٰ بِجَهَنَّمَ سَعِيرًا Ma’nosi: Bas, ularning ichida unga (Muhammadga) iymon keltirganlar ham bor, undan yuz o‘girib kufr keltirganlar ham bor. Jahannam kuydirish azobiga kifoya qilur. [Niso surasi 55-oyat]

ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ

55. Bas, ularning ichida unga (Muhammadga) iymon keltirganlar ham bor, undan yuz o‘girib kufr keltirganlar ham bor. Jahannam kuydirish azobiga kifoya qilur.

إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا بِآيَاتِنَا سَوْفَ نُصْلِيهِمْ نَارًا كُلَّمَا نَضِجَتْ جُلُودُهُم بَدَّلْنَاهُمْ جُلُودًا غَيْرَهَا لِيَذُوقُوا الْعَذَابَ ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَزِيزًا حَكِيمًا Ma’nosi: Oyatlarimizga kufr keltirganlarni, albatta, do‘zaxga kiritamiz. Qachonki, terilari yetib pishganda, azobni tortishlari uchun boshqa teri almashtiramiz. Albatta, Alloh aziz va hakim zotdir. [Niso surasi 56-oyat]

ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ

56. Oyatlarimizga kufr keltirganlarni, albatta, do‘zaxga kiritamiz. Qachonki, terilari yetib pishganda, azobni tortishlari uchun boshqa teri almashtiramiz. Albatta, Alloh aziz va hakim zotdir.

وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ سَنُدْخِلُهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا ۖ لَّهُمْ فِيهَا أَزْوَاجٌ مُّطَهَّرَةٌ ۖ وَنُدْخِلُهُمْ ظِلًّا ظَلِيلًا Ma’nosi: Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarni, albatta, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritamiz. Unda abadiy boqiy qolurlar. Unda ularga pokiza juftlar bor. Va ularni quyuq soyalarga kiritamiz. (Ushbu oyatda zikr etilgan saodatmand kishilar mazkur ulug‘ ne’matga Allohning fazli ila, iymonlari va solih amallari tufayli erishadilar.) [Niso surasi 57-oyat]

ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ

57. Iymon keltirgan va solih amallarni qilganlarni, albatta, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritamiz. Unda abadiy boqiy qolurlar. Unda ularga pokiza juftlar bor. Va ularni quyuq soyalarga kiritamiz. (Ushbu oyatda zikr etilgan saodatmand kishilar mazkur ulug‘ ne’matga Allohning fazli ila, iymonlari va solih amallari tufayli erishadilar.)

إِنَّ اللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَن تُؤَدُّوا الْأَمَانَاتِ إِلَىٰ أَهْلِهَا وَإِذَا حَكَمْتُم بَيْنَ النَّاسِ أَن تَحْكُمُوا بِالْعَدْلِ ۚ إِنَّ اللَّهَ نِعِمَّا يَعِظُكُم بِهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ سَمِيعًا بَصِيرًا Ma’nosi: Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni o‘z ahliga erishtirishni va agar odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat ila hukm qilishni amr qiladir. Alloh sizlarga qanday ham yaxshi va’z qilur! Albatta, Alloh eshituvchi va ko‘ruvchi zotdir. (Omonatni turlari ko‘pdir. Jumladan, ulamolarimiz Allohni bandaga yuklagan omonatlari bor, namoz, ro‘za, zakot, kafforot va nazrlar ham omonatdir, deydilar. Shuningdek, bandalarning bandalardagi turli haqlari ham omonat hisoblanadi. Payg‘ambarimiz (s. a. v.) hadislaridan birida: «Birov senga bir kalima aytib, so‘ngra atrofga qarab qo‘ysa, bilginki, shu so‘z omonatdir», deganlar. Eng buyuk omonat esa, iymon omonatidir. Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz (s. a. v.) quyidagilarni aytadilar: «Shahidlik omonatdan boshqa hamma gunohlarni yuvib yuboradi. Qiyomat kuni, agar Allohning yo‘lida qatl etilgan bo‘lsa ham, odamni keltirib, omonatni ado qil, deyiladi. U esa: «Qanday qilib uni ado etaman, axir dunyo tugadi-ku!» deydi. Shunda unga omonat jahannamning qa’ridan ko‘rinadi. U tushib yelkasiga ko‘tarib chiqadi. Endi chiqay deganda, yelkasidan tushib ketadi. U ham omonatni izidan tushadi. Shu holat abadiy ravishda davom etadi», deganlar.) [Niso surasi 58-oyat]

ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ

58. Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni o‘z ahliga erishtirishni va agar odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat ila hukm qilishni amr qiladir. Alloh sizlarga qanday ham yaxshi va’z qilur! Albatta, Alloh eshituvchi va ko‘ruvchi zotdir. (Omonatni turlari ko‘pdir. Jumladan, ulamolarimiz Allohni bandaga yuklagan omonatlari bor, namoz, ro‘za, zakot, kafforot va nazrlar ham omonatdir, deydilar. Shuningdek, bandalarning bandalardagi turli haqlari ham omonat hisoblanadi. Payg‘ambarimiz (s. a. v.) hadislaridan birida: «Birov senga bir kalima aytib, so‘ngra atrofga qarab qo‘ysa, bilginki, shu so‘z omonatdir», deganlar. Eng buyuk omonat esa, iymon omonatidir. Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz (s. a. v.) quyidagilarni aytadilar: «Shahidlik omonatdan boshqa hamma gunohlarni yuvib yuboradi. Qiyomat kuni, agar Allohning yo‘lida qatl etilgan bo‘lsa ham, odamni keltirib, omonatni ado qil, deyiladi. U esa: «Qanday qilib uni ado etaman, axir dunyo tugadi-ku!» deydi. Shunda unga omonat jahannamning qa’ridan ko‘rinadi. U tushib yelkasiga ko‘tarib chiqadi. Endi chiqay deganda, yelkasidan tushib ketadi. U ham omonatni izidan tushadi. Shu holat abadiy ravishda davom etadi», deganlar.)

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَأُولِي الْأَمْرِ مِنكُمْ ۖ فَإِن تَنَازَعْتُمْ فِي شَيْءٍ فَرُدُّوهُ إِلَى اللَّهِ وَالرَّسُولِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌ وَأَحْسَنُ تَأْوِيلًا Ma’nosi: Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Payg‘ambarga va o‘zingizdan bo‘lgan ishboshilarga itoat qiling. Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Alloh va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsangiz, uni Allohga va Payg‘ambarga qaytaring. Ana shunday qilish xayrli va oqibati yaxshidir. [Niso surasi 59-oyat]

ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆ ﰇ ﰈ ﰉ ﰊ ﰋ ﰌ ﰍﰎ ﰏ ﰐ ﰑ ﰒ ﰓ

59. Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Payg‘ambarga va o‘zingizdan bo‘lgan ishboshilarga itoat qiling. Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Alloh va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsangiz, uni Allohga va Payg‘ambarga qaytaring. Ana shunday qilish xayrli va oqibati yaxshidir.

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ يَزْعُمُونَ أَنَّهُمْ آمَنُوا بِمَا أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ يُرِيدُونَ أَن يَتَحَاكَمُوا إِلَى الطَّاغُوتِ وَقَدْ أُمِرُوا أَن يَكْفُرُوا بِهِ وَيُرِيدُ الشَّيْطَانُ أَن يُضِلَّهُمْ ضَلَالًا بَعِيدًا Ma’nosi: Senga nozil bo‘lgan narsaga va sendan oldin nozil bo‘lgan narsaga iymon keltirganlarini da’vo qilayotganlarni ko‘rmaysanmi?! Tog‘utdan hukm so‘rab berishni istaydilar. Holbuki, unga kufr keltirishga buyurilgandir. Shayton esa, ularni yo‘ldan butunlay adashtirishni istaydi. (Avval ham aytilganidek, tog‘ut–Allohning iznsiz bo‘lgan hukmidir. Munofiqlar ham Allohning hukmini istamaydilar, shuning uchun ham tog‘utdan hukm so‘rab boradilar. Nima bo‘lsa bo‘lsin, Allohning hukmi bo‘lmasa, bas. Har qanday tog‘utning hukmini istayveradilar. Bu ishni bilmasdan, ko‘r-ko‘rona qilmaydilar, balki ularga bayon kelgan. Munofiqlar tog‘utga kufr keltirishga buyurilganlar. Demak, ular bilib turib qilmoqdalar. Shuning uchun ham ularning iymon haqidagi da’volari botil. Ular, aslida, shaytonning yo‘liga kirganlar.) [Niso surasi 60-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ

60. Senga nozil bo‘lgan narsaga va sendan oldin nozil bo‘lgan narsaga iymon keltirganlarini da’vo qilayotganlarni ko‘rmaysanmi?! Tog‘utdan hukm so‘rab berishni istaydilar. Holbuki, unga kufr keltirishga buyurilgandir. Shayton esa, ularni yo‘ldan butunlay adashtirishni istaydi. (Avval ham aytilganidek, tog‘ut–Allohning iznsiz bo‘lgan hukmidir. Munofiqlar ham Allohning hukmini istamaydilar, shuning uchun ham tog‘utdan hukm so‘rab boradilar. Nima bo‘lsa bo‘lsin, Allohning hukmi bo‘lmasa, bas. Har qanday tog‘utning hukmini istayveradilar. Bu ishni bilmasdan, ko‘r-ko‘rona qilmaydilar, balki ularga bayon kelgan. Munofiqlar tog‘utga kufr keltirishga buyurilganlar. Demak, ular bilib turib qilmoqdalar. Shuning uchun ham ularning iymon haqidagi da’volari botil. Ular, aslida, shaytonning yo‘liga kirganlar.)

وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا إِلَىٰ مَا أَنزَلَ اللَّهُ وَإِلَى الرَّسُولِ رَأَيْتَ الْمُنَافِقِينَ يَصُدُّونَ عَنكَ صُدُودًا Ma’nosi: Agar ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va Payg‘ambar huzuriga kelinglar», deyilsa, munofiqlar sendan tamoman yuz o‘girganlarini ko‘rasan. [Niso surasi 61-oyat]

ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ

61. Agar ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va Payg‘ambar huzuriga kelinglar», deyilsa, munofiqlar sendan tamoman yuz o‘girganlarini ko‘rasan.

فَكَيْفَ إِذَا أَصَابَتْهُم مُّصِيبَةٌ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ ثُمَّ جَاءُوكَ يَحْلِفُونَ بِاللَّهِ إِنْ أَرَدْنَا إِلَّا إِحْسَانًا وَتَوْفِيقًا Ma’nosi: Endi qilgan narsalari tufayli ularga musibat yetgandan so‘ng senga kelib, Alloh ila qasam ichib: «Biz faqat yaxshilik va tavfiqni xohlagan edik», deyishlari qanday bo‘ldi? [Niso surasi 62-oyat]

ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ

62. Endi qilgan narsalari tufayli ularga musibat yetgandan so‘ng senga kelib, Alloh ila qasam ichib: «Biz faqat yaxshilik va tavfiqni xohlagan edik», deyishlari qanday bo‘ldi?

أُولَٰئِكَ الَّذِينَ يَعْلَمُ اللَّهُ مَا فِي قُلُوبِهِمْ فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَعِظْهُمْ وَقُل لَّهُمْ فِي أَنفُسِهِمْ قَوْلًا بَلِيغًا Ma’nosi: Ana o‘shalarning qalblaridagini Alloh biladi. Bas, ularning qilganidan yuz o‘gir! Ularga va’z qil! Yolg‘iz o‘zlariga yetkazib so‘zla! [Niso surasi 63-oyat]

ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ

63. Ana o‘shalarning qalblaridagini Alloh biladi. Bas, ularning qilganidan yuz o‘gir! Ularga va’z qil! Yolg‘iz o‘zlariga yetkazib so‘zla!

وَمَا أَرْسَلْنَا مِن رَّسُولٍ إِلَّا لِيُطَاعَ بِإِذْنِ اللَّهِ ۚ وَلَوْ أَنَّهُمْ إِذ ظَّلَمُوا أَنفُسَهُمْ جَاءُوكَ فَاسْتَغْفَرُوا اللَّهَ وَاسْتَغْفَرَ لَهُمُ الرَّسُولُ لَوَجَدُوا اللَّهَ تَوَّابًا رَّحِيمًا Ma’nosi: Qaysi bir Payg‘ambarni yuborgan bo‘lsak, Allohning izni ila faqat itoat qilinishi uchun yuborganmiz. Agar ular o‘zlariga o‘zlari zulm qilgan chog‘larida huzuringga kelib, Allohga istig‘for aytganlarida va Payg‘ambar ham ular uchun istig‘for aytganida edi, albatta, Alloh tavbalarni qabul etuvchi va rahmli zot ekanini topgan bo‘lur edilar. [Niso surasi 64-oyat]

ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ

64. Qaysi bir Payg‘ambarni yuborgan bo‘lsak, Allohning izni ila faqat itoat qilinishi uchun yuborganmiz. Agar ular o‘zlariga o‘zlari zulm qilgan chog‘larida huzuringga kelib, Allohga istig‘for aytganlarida va Payg‘ambar ham ular uchun istig‘for aytganida edi, albatta, Alloh tavbalarni qabul etuvchi va rahmli zot ekanini topgan bo‘lur edilar.

فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّىٰ يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِّمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا Ma’nosi: Yo‘q, Robbingga qasamki, seni o‘z oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga hakam qilmagunlaricha, keyin, chiqargan hukmingga dillarida tanglik topmasdan, butunlay taslim bo‘lmagunlaricha, zinhor mo‘min bo‘la olmaslar! (Demak, iymonning, mo‘minlikning bir sharti–har bir narsada Payg‘ambarni (s. a. v.), ya’ni, Islom dinini hakam qilib olish zarurligidir. Mo‘min-musulmonman degan odam, mo‘min-musulmonmiz degan jamiyat o‘zining har bir ishini Islomning hukmi ila olib borishi kerak. Shu bilan birga, ushbu hukmga ham ichidan to‘la rozi, ham sirtidan butunlay taslim bo‘lishi kerak. Bu haqiqatni Alloh taolo qasam bilan ta’kidlab aytmoqda. Payg‘ambarimiz (s. a. v.) ham o‘z hadislaridan birida: «Mening jonim qudrat qo‘lida bo‘lgan zot bilan qasamki, havoyu nafsi men keltirgan narsaga tobe’ bo‘lmaguncha, birorta odam mo‘min bo‘la olmaydi», deganlar.) [Niso surasi 65-oyat]

ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ

65. Yo‘q, Robbingga qasamki, seni o‘z oralarida chiqqan kelishmovchiliklarga hakam qilmagunlaricha, keyin, chiqargan hukmingga dillarida tanglik topmasdan, butunlay taslim bo‘lmagunlaricha, zinhor mo‘min bo‘la olmaslar! (Demak, iymonning, mo‘minlikning bir sharti–har bir narsada Payg‘ambarni (s. a. v.), ya’ni, Islom dinini hakam qilib olish zarurligidir. Mo‘min-musulmonman degan odam, mo‘min-musulmonmiz degan jamiyat o‘zining har bir ishini Islomning hukmi ila olib borishi kerak. Shu bilan birga, ushbu hukmga ham ichidan to‘la rozi, ham sirtidan butunlay taslim bo‘lishi kerak. Bu haqiqatni Alloh taolo qasam bilan ta’kidlab aytmoqda. Payg‘ambarimiz (s. a. v.) ham o‘z hadislaridan birida: «Mening jonim qudrat qo‘lida bo‘lgan zot bilan qasamki, havoyu nafsi men keltirgan narsaga tobe’ bo‘lmaguncha, birorta odam mo‘min bo‘la olmaydi», deganlar.)

وَلَوْ أَنَّا كَتَبْنَا عَلَيْهِمْ أَنِ اقْتُلُوا أَنفُسَكُمْ أَوِ اخْرُجُوا مِن دِيَارِكُم مَّا فَعَلُوهُ إِلَّا قَلِيلٌ مِّنْهُمْ ۖ وَلَوْ أَنَّهُمْ فَعَلُوا مَا يُوعَظُونَ بِهِ لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ وَأَشَدَّ تَثْبِيتًا Ma’nosi: Agar Biz ularga, o‘zlaringizni o‘ldirng yoki o‘zingizni diyorlaringizdan chiqaring, deb farz qilganimizda, ozginalaridan boshqasi buni qilmas edilar. Ular o‘zlariga va’z qilingan narsalarni qilganlarida edi, o‘zlariga yaxshi va sabotlari mustahkam bo‘lar edi. [Niso surasi 66-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ

66. Agar Biz ularga, o‘zlaringizni o‘ldirng yoki o‘zingizni diyorlaringizdan chiqaring, deb farz qilganimizda, ozginalaridan boshqasi buni qilmas edilar. Ular o‘zlariga va’z qilingan narsalarni qilganlarida edi, o‘zlariga yaxshi va sabotlari mustahkam bo‘lar edi.

وَإِذًا لَّآتَيْنَاهُم مِّن لَّدُنَّا أَجْرًا عَظِيمًا Ma’nosi: U holda, Biz ham ularga O‘z huzurimizdan ulug‘ ajr bergan bo‘lur edik. [Niso surasi 67-oyat]

67. U holda, Biz ham ularga O‘z huzurimizdan ulug‘ ajr bergan bo‘lur edik.

وَلَهَدَيْنَاهُمْ صِرَاطًا مُّسْتَقِيمًا Ma’nosi: Va ularni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur edik. (Darhaqiqat, Alloh bandalarini shunday bir ishga buyurganida nima qila olar edik? Zotan u har qanday ishni amr etishga haqlidir. Chunki, yaratgan Parvardigor ularga faqat yaxshilikni ravo ko‘radi. Hech qachon bandalariga yomonlikni sog‘inmaydi. Bandalar uning aytganlarini qilganlarida, ham o‘zlariga yaxshi bo‘lar, ham iymonlari sobit, mustahkam bo‘lar edi. Odamlar Allohning buyruqlariga javoban Islomga to‘liq amal qilganlarida edi, Alloh taolo ularga ulug‘ ajrni–jannatni bergan bo‘lur edi. Ularni hidoyatga boshlagan, to‘g‘ri yo‘lga solgan bo‘lur edi.) [Niso surasi 68-oyat]

68. Va ularni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur edik. (Darhaqiqat, Alloh bandalarini shunday bir ishga buyurganida nima qila olar edik? Zotan u har qanday ishni amr etishga haqlidir. Chunki, yaratgan Parvardigor ularga faqat yaxshilikni ravo ko‘radi. Hech qachon bandalariga yomonlikni sog‘inmaydi. Bandalar uning aytganlarini qilganlarida, ham o‘zlariga yaxshi bo‘lar, ham iymonlari sobit, mustahkam bo‘lar edi. Odamlar Allohning buyruqlariga javoban Islomga to‘liq amal qilganlarida edi, Alloh taolo ularga ulug‘ ajrni–jannatni bergan bo‘lur edi. Ularni hidoyatga boshlagan, to‘g‘ri yo‘lga solgan bo‘lur edi.)

وَمَن يُطِعِ اللَّهَ وَالرَّسُولَ فَأُولَٰئِكَ مَعَ الَّذِينَ أَنْعَمَ اللَّهُ عَلَيْهِم مِّنَ النَّبِيِّينَ وَالصِّدِّيقِينَ وَالشُّهَدَاءِ وَالصَّالِحِينَ ۚ وَحَسُنَ أُولَٰئِكَ رَفِيقًا Ma’nosi: Kim Allohga va Rasulga itoat qilsa, bas, ana o‘shalar Alloh ne’mat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar. Va ularning rafiqlari qanday ham yaxshi! [Niso surasi 69-oyat]

ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ

69. Kim Allohga va Rasulga itoat qilsa, bas, ana o‘shalar Alloh ne’mat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar. Va ularning rafiqlari qanday ham yaxshi!

ذَٰلِكَ الْفَضْلُ مِنَ اللَّهِ ۚ وَكَفَىٰ بِاللَّهِ عَلِيمًا Ma’nosi: Bu–Allohdan bo‘lgan fazldir va bilguvchilikda Allohning O‘zi kifoya qilur. [Niso surasi 70-oyat]

ﮍ ﮎ ﮏ ﮐﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ

70. Bu–Allohdan bo‘lgan fazldir va bilguvchilikda Allohning O‘zi kifoya qilur.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا خُذُوا حِذْرَكُمْ فَانفِرُوا ثُبَاتٍ أَوِ انفِرُوا جَمِيعًا Ma’nosi: Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni hushyor tuting va guruh-guruh bo‘lib qo‘zg‘aling yoki to‘p holingizda qo‘zg‘aling! (Avval ham ta’kidlaganimizdek, kofirlarning bir xususiyatlari borki, ular o‘zaro bir-birlari bilan urushsalar ham, musulmonlarga qarshi birlashib dushmanlik qiladilar. Shuning uchun musulmonlar doimo hushyor turishlari shart. Vaqt-soati kelib, mabodo qo‘zg‘alish kerak bo‘lib qolsa, Allohning amriga binoan yoki guruh-guruh bo‘lib, yoki to‘p hollarida qo‘zg‘aladilar. Ushbu oyatdagi amrlar Alloh taolo Qur’oni Karimda mo‘min-musulmonlarga faqat namoz, ro‘za yoki axloq va odobga buyuribgina qolmay, boshqa narsalarga, jumladan, urushni qanday olib borishni ham o‘rgatadi. Bu haqiqat sobit haqiqatdir.) [Niso surasi 71-oyat]

ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ

71. Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni hushyor tuting va guruh-guruh bo‘lib qo‘zg‘aling yoki to‘p holingizda qo‘zg‘aling! (Avval ham ta’kidlaganimizdek, kofirlarning bir xususiyatlari borki, ular o‘zaro bir-birlari bilan urushsalar ham, musulmonlarga qarshi birlashib dushmanlik qiladilar. Shuning uchun musulmonlar doimo hushyor turishlari shart. Vaqt-soati kelib, mabodo qo‘zg‘alish kerak bo‘lib qolsa, Allohning amriga binoan yoki guruh-guruh bo‘lib, yoki to‘p hollarida qo‘zg‘aladilar. Ushbu oyatdagi amrlar Alloh taolo Qur’oni Karimda mo‘min-musulmonlarga faqat namoz, ro‘za yoki axloq va odobga buyuribgina qolmay, boshqa narsalarga, jumladan, urushni qanday olib borishni ham o‘rgatadi. Bu haqiqat sobit haqiqatdir.)

وَإِنَّ مِنكُمْ لَمَن لَّيُبَطِّئَنَّ فَإِنْ أَصَابَتْكُم مُّصِيبَةٌ قَالَ قَدْ أَنْعَمَ اللَّهُ عَلَيَّ إِذْ لَمْ أَكُن مَّعَهُمْ شَهِيدًا Ma’nosi: Albatta, ichingizda ortda qoladiganlar ham bor. Agar sizga musibat yetsa, u: «Alloh, O‘zi menga ne’mat berdi, yaxshiyamki ular bilan birga hozir bo‘lmaganim», deydi. (Ya’ni, dushmanga qarshi safarbarlik e’lon qilinganda qo‘zg‘almay ortda qoladiganlar ham bo‘ladiki, ular munofiqlardir. Munofiqqa baribir, o‘zini har maqomga moslab, har qanday safsatani bahona qilaveradi.) [Niso surasi 72-oyat]

ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ

72. Albatta, ichingizda ortda qoladiganlar ham bor. Agar sizga musibat yetsa, u: «Alloh, O‘zi menga ne’mat berdi, yaxshiyamki ular bilan birga hozir bo‘lmaganim», deydi. (Ya’ni, dushmanga qarshi safarbarlik e’lon qilinganda qo‘zg‘almay ortda qoladiganlar ham bo‘ladiki, ular munofiqlardir. Munofiqqa baribir, o‘zini har maqomga moslab, har qanday safsatani bahona qilaveradi.)

وَلَئِنْ أَصَابَكُمْ فَضْلٌ مِّنَ اللَّهِ لَيَقُولَنَّ كَأَن لَّمْ تَكُن بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُ مَوَدَّةٌ يَا لَيْتَنِي كُنتُ مَعَهُمْ فَأَفُوزَ فَوْزًا عَظِيمًا Ma’nosi: Agar sizga Allohdan fazl yetsa, xuddi siz bilan uning orasida do‘stlik bo‘lmagandek, «Qani edi men ham ular bilan bo‘lganimda, ulug‘ zafar qozonar edim», deydi. [Niso surasi 73-oyat]

ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ

73. Agar sizga Allohdan fazl yetsa, xuddi siz bilan uning orasida do‘stlik bo‘lmagandek, «Qani edi men ham ular bilan bo‘lganimda, ulug‘ zafar qozonar edim», deydi.

فَلْيُقَاتِلْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ الَّذِينَ يَشْرُونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا بِالْآخِرَةِ ۚ وَمَن يُقَاتِلْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَيُقْتَلْ أَوْ يَغْلِبْ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا Ma’nosi: Oxirat uchun bu dunyo hayotini sotadiganlar Allohning yo‘lida jang qilsinlar. Kim Allohning yo‘lida jang qilib o‘ldirilsa yoki g‘olib kelsa, biz unga, albatta, ulug‘ ajrni berurmiz. [Niso surasi 74-oyat]

ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ

74. Oxirat uchun bu dunyo hayotini sotadiganlar Allohning yo‘lida jang qilsinlar. Kim Allohning yo‘lida jang qilib o‘ldirilsa yoki g‘olib kelsa, biz unga, albatta, ulug‘ ajrni berurmiz.

وَمَا لَكُمْ لَا تُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاءِ وَالْوِلْدَانِ الَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا أَخْرِجْنَا مِنْ هَٰذِهِ الْقَرْيَةِ الظَّالِمِ أَهْلُهَا وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ وَلِيًّا وَاجْعَل لَّنَا مِن لَّدُنكَ نَصِيرًا Ma’nosi: Nima uchun Allohning yo‘lida va: «Ey Robbimiz, bizni ahli zolim shahardan chiqargin, bizga O‘z tomoningdan do‘st ato qilgin va O‘z tomoningdan nusratchi ato qilgin», deyayotgan zaifhol erkagu ayol va bolalar yo‘lida jang qilmaysizlar?! (Xususan, mazkur zaifhol erkagu ayollar va bolalar aholisi zolim bo‘lgan shaharda tutqun bo‘lsalar. Dinu diyonatlari uchun azob-uqubatga duchor qilinayotgan bo‘lsalar. Musulmonlar faqat shunday oliy maqsad yo‘lida jang qiladilar. Ularga boshqacha urushning keragi yo‘q.) [Niso surasi 75-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ

75. Nima uchun Allohning yo‘lida va: «Ey Robbimiz, bizni ahli zolim shahardan chiqargin, bizga O‘z tomoningdan do‘st ato qilgin va O‘z tomoningdan nusratchi ato qilgin», deyayotgan zaifhol erkagu ayol va bolalar yo‘lida jang qilmaysizlar?! (Xususan, mazkur zaifhol erkagu ayollar va bolalar aholisi zolim bo‘lgan shaharda tutqun bo‘lsalar. Dinu diyonatlari uchun azob-uqubatga duchor qilinayotgan bo‘lsalar. Musulmonlar faqat shunday oliy maqsad yo‘lida jang qiladilar. Ularga boshqacha urushning keragi yo‘q.)

الَّذِينَ آمَنُوا يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ ۖ وَالَّذِينَ كَفَرُوا يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ الطَّاغُوتِ فَقَاتِلُوا أَوْلِيَاءَ الشَّيْطَانِ ۖ إِنَّ كَيْدَ الشَّيْطَانِ كَانَ ضَعِيفًا Ma’nosi: Iymon keltirganlar Allohning yo‘lida jang qilurlar. Kufr keltirganlar tog‘utning yo‘lida jang qilurlar. Bas, shaytonning do‘stlariga qarshi jang qiling. Albatta, shaytonning hiylasi zaifdir. [Niso surasi 76-oyat]

ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ

76. Iymon keltirganlar Allohning yo‘lida jang qilurlar. Kufr keltirganlar tog‘utning yo‘lida jang qilurlar. Bas, shaytonning do‘stlariga qarshi jang qiling. Albatta, shaytonning hiylasi zaifdir.

أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ قِيلَ لَهُمْ كُفُّوا أَيْدِيَكُمْ وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيْهِمُ الْقِتَالُ إِذَا فَرِيقٌ مِّنْهُمْ يَخْشَوْنَ النَّاسَ كَخَشْيَةِ اللَّهِ أَوْ أَشَدَّ خَشْيَةً ۚ وَقَالُوا رَبَّنَا لِمَ كَتَبْتَ عَلَيْنَا الْقِتَالَ لَوْلَا أَخَّرْتَنَا إِلَىٰ أَجَلٍ قَرِيبٍ ۗ قُلْ مَتَاعُ الدُّنْيَا قَلِيلٌ وَالْآخِرَةُ خَيْرٌ لِّمَنِ اتَّقَىٰ وَلَا تُظْلَمُونَ فَتِيلًا Ma’nosi: Qo‘lingizni tiying, namoz o‘qib, zakot bering, deb aytilgan kimsalarni ko‘rmaysanmi?! Ularga urush farz qilinganda, birdan, bir guruhlari odamlardan xuddi Allohdan qo‘rqqandek yoki undan ham qattiqroq qo‘rqishmoqda. Va: «Ey Robbimiz, bizga urushni nega farz qilding, bir oz ortga surib tursang bo‘lmasmidi?!» demoqdalar. Dunyoning matohi oz, oxirat esa, taqvo qilganlarga yaxshidir. Va qilchalik zulm qilinmassizlar», deb ayt. [Niso surasi 77-oyat]

ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ

77. Qo‘lingizni tiying, namoz o‘qib, zakot bering, deb aytilgan kimsalarni ko‘rmaysanmi?! Ularga urush farz qilinganda, birdan, bir guruhlari odamlardan xuddi Allohdan qo‘rqqandek yoki undan ham qattiqroq qo‘rqishmoqda. Va: «Ey Robbimiz, bizga urushni nega farz qilding, bir oz ortga surib tursang bo‘lmasmidi?!» demoqdalar. Dunyoning matohi oz, oxirat esa, taqvo qilganlarga yaxshidir. Va qilchalik zulm qilinmassizlar», deb ayt.

أَيْنَمَا تَكُونُوا يُدْرِككُّمُ الْمَوْتُ وَلَوْ كُنتُمْ فِي بُرُوجٍ مُّشَيَّدَةٍ ۗ وَإِن تُصِبْهُمْ حَسَنَةٌ يَقُولُوا هَٰذِهِ مِنْ عِندِ اللَّهِ ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ يَقُولُوا هَٰذِهِ مِنْ عِندِكَ ۚ قُلْ كُلٌّ مِّنْ عِندِ اللَّهِ ۖ فَمَالِ هَٰؤُلَاءِ الْقَوْمِ لَا يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ حَدِيثًا Ma’nosi: Qaerda bo‘lsangiz ham, hattoki mustahkam qal’alarda bo‘lsangiz ham, o‘lim sizni topadir. Agar ularga yaxshilik yetsa, bu Allohdan, derlar. Yomonlik yetganda esa, bu sendan derlar. «Hammasi Allohdan», deb ayt! Anavi qavmlarga nima bo‘ldiki, gapni tushunay demaydilar?! [Niso surasi 78-oyat]

ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ

78. Qaerda bo‘lsangiz ham, hattoki mustahkam qal’alarda bo‘lsangiz ham, o‘lim sizni topadir. Agar ularga yaxshilik yetsa, bu Allohdan, derlar. Yomonlik yetganda esa, bu sendan derlar. «Hammasi Allohdan», deb ayt! Anavi qavmlarga nima bo‘ldiki, gapni tushunay demaydilar?!

مَّا أَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللَّهِ ۖ وَمَا أَصَابَكَ مِن سَيِّئَةٍ فَمِن نَّفْسِكَ ۚ وَأَرْسَلْنَاكَ لِلنَّاسِ رَسُولًا ۚ وَكَفَىٰ بِاللَّهِ شَهِيدًا Ma’nosi: Senga yetgan yaxshilik Allohdandir. Va senga yetgan yomonlik o‘zingdandir. Biz seni odamlarga Payg‘ambar qilib yubordik. Shohidlikka Allohning O‘zi kifoya qilur. (Bu oyatda yana bir haqiqatning bayoni kelmoqda. Inson Alloh ko‘rsatgan yo‘ldan yursa, yaxshilikni qilib, yomonlikdan qaytsa, Alloh taolo uni qo‘llab-quvvatlaydi va zafarga erishtiradi. Bu holda inson Alloh ko‘rsatgan yo‘ldan yurdi, Uning shariatiga amal qildi, Uning madadi ila faoliyat ko‘rsatdi, u ko‘rsatgan yaxshilikni qildi va yomonlikdan chetlandi. Natijada yaxshilikka erishdi. Albatta, bu yaxshilik Allohdandir. Ammo inson Allohning yo‘lidan yurmasa, U bergan aqlni to‘g‘rilikcha ishlatmasa, Uning shariatiga amal qilmasa, buyurgan yaxshiligini bajarmasa, qaytargan yomonlikdan qaytmasa, o‘zidan ko‘rsin–oqibat, albatta, yomon bo‘ladi. Bu yomonlikka uning o‘zi sababchidir. Sening vazifang Payg‘ambarlik–elchilik qilish. Odamlarga yaxshilik yoki yomonlik yetkazish emas. Bir narsani bor yoki yo‘q qilish Allohning qo‘lida. Xammasiga Allohning O‘zi shohid. Shohidlikka esa, Allohning O‘zi kifoya qilur.) [Niso surasi 79-oyat]

ﰅ ﰆ ﰇ ﰈ ﰉ ﰊﰋ ﰌ ﰍ ﰎ ﰏ ﰐ ﰑﰒ ﰓ ﰔ ﰕﰖ ﰗ ﰘ ﰙ ﰚ

79. Senga yetgan yaxshilik Allohdandir. Va senga yetgan yomonlik o‘zingdandir. Biz seni odamlarga Payg‘ambar qilib yubordik. Shohidlikka Allohning O‘zi kifoya qilur. (Bu oyatda yana bir haqiqatning bayoni kelmoqda. Inson Alloh ko‘rsatgan yo‘ldan yursa, yaxshilikni qilib, yomonlikdan qaytsa, Alloh taolo uni qo‘llab-quvvatlaydi va zafarga erishtiradi. Bu holda inson Alloh ko‘rsatgan yo‘ldan yurdi, Uning shariatiga amal qildi, Uning madadi ila faoliyat ko‘rsatdi, u ko‘rsatgan yaxshilikni qildi va yomonlikdan chetlandi. Natijada yaxshilikka erishdi. Albatta, bu yaxshilik Allohdandir. Ammo inson Allohning yo‘lidan yurmasa, U bergan aqlni to‘g‘rilikcha ishlatmasa, Uning shariatiga amal qilmasa, buyurgan yaxshiligini bajarmasa, qaytargan yomonlikdan qaytmasa, o‘zidan ko‘rsin–oqibat, albatta, yomon bo‘ladi. Bu yomonlikka uning o‘zi sababchidir. Sening vazifang Payg‘ambarlik–elchilik qilish. Odamlarga yaxshilik yoki yomonlik yetkazish emas. Bir narsani bor yoki yo‘q qilish Allohning qo‘lida. Xammasiga Allohning O‘zi shohid. Shohidlikka esa, Allohning O‘zi kifoya qilur.)

مَّن يُطِعِ الرَّسُولَ فَقَدْ أَطَاعَ اللَّهَ ۖ وَمَن تَوَلَّىٰ فَمَا أَرْسَلْنَاكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا Ma’nosi: Kim Payg‘ambarga itoat qilsa, Allohga itoat qilgan bo‘ladi. Kim yuz o‘girsa, Biz seni ularga qo‘riqchi qilib yuborganimiz yo‘q. [Niso surasi 80-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ

80. Kim Payg‘ambarga itoat qilsa, Allohga itoat qilgan bo‘ladi. Kim yuz o‘girsa, Biz seni ularga qo‘riqchi qilib yuborganimiz yo‘q.

وَيَقُولُونَ طَاعَةٌ فَإِذَا بَرَزُوا مِنْ عِندِكَ بَيَّتَ طَائِفَةٌ مِّنْهُمْ غَيْرَ الَّذِي تَقُولُ ۖ وَاللَّهُ يَكْتُبُ مَا يُبَيِّتُونَ ۖ فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ ۚ وَكَفَىٰ بِاللَّهِ وَكِيلًا Ma’nosi: Ular, itoat, derlar. Huzuringdan chiqqach esa, bir toifalari aytganingdan boshqaga xufyona til biriktiradilar. Alloh xufyona til biriktirgan narsalarini yozib qo‘yadi. Bas, ulardan yuz o‘gir va Allohga tavakkal qil. Vakillikka Allohning O‘zi kifoya qilur. (Oyati karima «Ular» deb aytayotgan kishilar–munofiqlardir. Ularga Qur’on oyatlarini o‘qib bersalar, Allohning amrlarini yetkazsalar, qisqa qilib «itoat», deyishadi. «Itoat»dan boshqa niyat yo‘q, deb ko‘rsatmoqchi bo‘lishadi. Aslida esa, maqsadlari boshqa, shuning uchun ham, Payg‘ambar alayhissalomning huzurlaridan chiqishganidan so‘ng «itoat»ni unutib, boshqacha ish tutishadi.) [Niso surasi 81-oyat]

ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ

81. Ular, itoat, derlar. Huzuringdan chiqqach esa, bir toifalari aytganingdan boshqaga xufyona til biriktiradilar. Alloh xufyona til biriktirgan narsalarini yozib qo‘yadi. Bas, ulardan yuz o‘gir va Allohga tavakkal qil. Vakillikka Allohning O‘zi kifoya qilur. (Oyati karima «Ular» deb aytayotgan kishilar–munofiqlardir. Ularga Qur’on oyatlarini o‘qib bersalar, Allohning amrlarini yetkazsalar, qisqa qilib «itoat», deyishadi. «Itoat»dan boshqa niyat yo‘q, deb ko‘rsatmoqchi bo‘lishadi. Aslida esa, maqsadlari boshqa, shuning uchun ham, Payg‘ambar alayhissalomning huzurlaridan chiqishganidan so‘ng «itoat»ni unutib, boshqacha ish tutishadi.)

أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ الْقُرْآنَ ۚ وَلَوْ كَانَ مِنْ عِندِ غَيْرِ اللَّهِ لَوَجَدُوا فِيهِ اخْتِلَافًا كَثِيرًا Ma’nosi: Qur’onni tadabbur etib ko‘rmaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqaning huzuridan bo‘lganda, undan ko‘p ixtiloflar topar edilar. ( Qur’onga murojaat etib, uni tadabbur qilib ko‘rgan odam haqiqatni anglab yetadi. U ilohiy kitobdir, uning ilohiyligini tadabbur qilgan odam buni darhol anglaydi. Chunki Qur’onni jiddiy o‘rganishga kirishgan odam unda hech qanday ziddiyat yo‘qligini payqaydi.) [Niso surasi 82-oyat]

ﭻ ﭼ ﭽﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ

82. Qur’onni tadabbur etib ko‘rmaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqaning huzuridan bo‘lganda, undan ko‘p ixtiloflar topar edilar. ( Qur’onga murojaat etib, uni tadabbur qilib ko‘rgan odam haqiqatni anglab yetadi. U ilohiy kitobdir, uning ilohiyligini tadabbur qilgan odam buni darhol anglaydi. Chunki Qur’onni jiddiy o‘rganishga kirishgan odam unda hech qanday ziddiyat yo‘qligini payqaydi.)

وَإِذَا جَاءَهُمْ أَمْرٌ مِّنَ الْأَمْنِ أَوِ الْخَوْفِ أَذَاعُوا بِهِ ۖ وَلَوْ رَدُّوهُ إِلَى الرَّسُولِ وَإِلَىٰ أُولِي الْأَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ الَّذِينَ يَسْتَنبِطُونَهُ مِنْهُمْ ۗ وَلَوْلَا فَضْلُ اللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُ لَاتَّبَعْتُمُ الشَّيْطَانَ إِلَّا قَلِيلًا Ma’nosi: Qachonki ularga eminlik yoki haq to‘g‘risida bir ish–xabar yetsa, uni taratadilar. Agar uni Payg‘ambarga va o‘zlaridan bo‘lgan ishboshilarga havola qilganlarida edi, ulardan ish negizini biladiganlari uni anglab yetar edilar. Allohning fazli va marhamati bo‘lmaganda, ozginangizdan boshqangiz shaytonga ergashib ketar edingiz. [Niso surasi 83-oyat]

ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ

83. Qachonki ularga eminlik yoki haq to‘g‘risida bir ish–xabar yetsa, uni taratadilar. Agar uni Payg‘ambarga va o‘zlaridan bo‘lgan ishboshilarga havola qilganlarida edi, ulardan ish negizini biladiganlari uni anglab yetar edilar. Allohning fazli va marhamati bo‘lmaganda, ozginangizdan boshqangiz shaytonga ergashib ketar edingiz.

فَقَاتِلْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ لَا تُكَلَّفُ إِلَّا نَفْسَكَ ۚ وَحَرِّضِ الْمُؤْمِنِينَ ۖ عَسَى اللَّهُ أَن يَكُفَّ بَأْسَ الَّذِينَ كَفَرُوا ۚ وَاللَّهُ أَشَدُّ بَأْسًا وَأَشَدُّ تَنكِيلًا Ma’nosi: Allohning yo‘lida jang qil! O‘zingdan boshqadan mas’ul qilinmaysan. Mo‘minlarni qiziqtir. Shoyadki Alloh kufr keltirganlarning shiddatini daf qilsa. Alloh shiddati qattiq va azobi ortiq zotdir. [Niso surasi 84-oyat]

ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓﯔ ﯕ ﯖﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ

84. Allohning yo‘lida jang qil! O‘zingdan boshqadan mas’ul qilinmaysan. Mo‘minlarni qiziqtir. Shoyadki Alloh kufr keltirganlarning shiddatini daf qilsa. Alloh shiddati qattiq va azobi ortiq zotdir.

مَّن يَشْفَعْ شَفَاعَةً حَسَنَةً يَكُن لَّهُ نَصِيبٌ مِّنْهَا ۖ وَمَن يَشْفَعْ شَفَاعَةً سَيِّئَةً يَكُن لَّهُ كِفْلٌ مِّنْهَا ۗ وَكَانَ اللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ مُّقِيتًا Ma’nosi: Kim yaxshi shafoat qilsa, undan o‘z nasibasi bo‘lur. Kim yomon shafoat qilsa, undan o‘z naibasi bo‘lur. Alloh har bir narsaning bahosini beruvchi zotdir. (Arab tilida «shafoat» so‘zi bizda tanilgan ma’nodan ko‘ra kengroq ma’noda ishlatiladi. Birovni boshqalar oldida oqlash uchun qilingan sa’y-harakat va gap-so‘z ham shafoat hisoblanadi. Inchunin, qoralash uchun qilingani ham. Shuningdek, bu ishning yaxshiligini tushuntirish uchun targ‘ib qilish, unga qiziqtirsh yaxshi shafoat, o‘sha ishni yomon deb tushuntirish esa, yomon shafoat hisoblanadi.) [Niso surasi 85-oyat]

ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ

85. Kim yaxshi shafoat qilsa, undan o‘z nasibasi bo‘lur. Kim yomon shafoat qilsa, undan o‘z naibasi bo‘lur. Alloh har bir narsaning bahosini beruvchi zotdir. (Arab tilida «shafoat» so‘zi bizda tanilgan ma’nodan ko‘ra kengroq ma’noda ishlatiladi. Birovni boshqalar oldida oqlash uchun qilingan sa’y-harakat va gap-so‘z ham shafoat hisoblanadi. Inchunin, qoralash uchun qilingani ham. Shuningdek, bu ishning yaxshiligini tushuntirish uchun targ‘ib qilish, unga qiziqtirsh yaxshi shafoat, o‘sha ishni yomon deb tushuntirish esa, yomon shafoat hisoblanadi.)

وَإِذَا حُيِّيتُم بِتَحِيَّةٍ فَحَيُّوا بِأَحْسَنَ مِنْهَا أَوْ رُدُّوهَا ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ حَسِيبًا Ma’nosi: Qachonki sizga bir salomlashish ila salom berilsa, siz undan ko‘ra yaxshiroq alik oling yoki xuddi o‘zidek javob bering. Albatta, Alloh har bir narsaning hisobini oluvchi zotdir. ( Islomdagi salomlashish eng go‘zal va eng ma’noli salomlashishdir. Islomda tanigangayu tanimaganga salom berish sunnatdir. Salomga alik olish esa, vojibdir.) [Niso surasi 86-oyat]

ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆﰇ ﰈ ﰉ ﰊ ﰋ ﰌ ﰍ ﰎ ﰏ

86. Qachonki sizga bir salomlashish ila salom berilsa, siz undan ko‘ra yaxshiroq alik oling yoki xuddi o‘zidek javob bering. Albatta, Alloh har bir narsaning hisobini oluvchi zotdir. ( Islomdagi salomlashish eng go‘zal va eng ma’noli salomlashishdir. Islomda tanigangayu tanimaganga salom berish sunnatdir. Salomga alik olish esa, vojibdir.)

اللَّهُ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ لَيَجْمَعَنَّكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ ۗ وَمَنْ أَصْدَقُ مِنَ اللَّهِ حَدِيثًا Ma’nosi: Allohdan o‘zga ibodatga sazovor zot yo‘q. U sizlarni qoim bo‘lishida hech shubha yo‘q qiyomat kuni, albatta, jamlar. Kim Allohdan ko‘ra rostgo‘yroq. [Niso surasi 87-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ

87. Allohdan o‘zga ibodatga sazovor zot yo‘q. U sizlarni qoim bo‘lishida hech shubha yo‘q qiyomat kuni, albatta, jamlar. Kim Allohdan ko‘ra rostgo‘yroq.

فَمَا لَكُمْ فِي الْمُنَافِقِينَ فِئَتَيْنِ وَاللَّهُ أَرْكَسَهُم بِمَا كَسَبُوا ۚ أَتُرِيدُونَ أَن تَهْدُوا مَنْ أَضَلَّ اللَّهُ ۖ وَمَن يُضْلِلِ اللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُ سَبِيلًا Ma’nosi: Sizga nima bo‘ldiki, munofiqlar haqida ikkiga bo‘linasizlar, holbuki, Alloh ularni rasvo qilib qo‘ydi-ku? Alloh adashtirgan kimsalarni hidoyat qilmoqchi bo‘lasizlarmi? Alloh kimni adashtirgan bo‘lsa, unga yo‘l topa olmassan. (Imom Ahmad ibn Xanbal qilgan rivoyatda Zayd ibn Sobit (r. a.) quyidagilarni aytadilar: «Rasululloh (s. a. v.) Uhud jangiga chiqqanlarida, u kishi bilan chiqqanlardan ba’zilari orqaga qaytib ketdilar. Sahobalar o‘sha orqaga qaytganlarga munosabatda ikkiga bo‘lindilar. Birlari ularni o‘ldiramiz, deyishsa, boshqalari, yo‘q, ular mo‘minlar, ularni o‘ldirmaymiz, deyishdi. Shunda Alloh taolo: «Sizga nima bo‘ldiki, munofiqlar haqida ikkiga bo‘linasizlar?» oyatini nozil qildi. Payg‘ambarimiz (s. a. v.): «Albatta, bu oyat poklovchidir. Bosqon temirning zangini ketkazganidek, zanglarni ketkazadi», dedilar.) [Niso surasi 88-oyat]

ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ

88. Sizga nima bo‘ldiki, munofiqlar haqida ikkiga bo‘linasizlar, holbuki, Alloh ularni rasvo qilib qo‘ydi-ku? Alloh adashtirgan kimsalarni hidoyat qilmoqchi bo‘lasizlarmi? Alloh kimni adashtirgan bo‘lsa, unga yo‘l topa olmassan. (Imom Ahmad ibn Xanbal qilgan rivoyatda Zayd ibn Sobit (r. a.) quyidagilarni aytadilar: «Rasululloh (s. a. v.) Uhud jangiga chiqqanlarida, u kishi bilan chiqqanlardan ba’zilari orqaga qaytib ketdilar. Sahobalar o‘sha orqaga qaytganlarga munosabatda ikkiga bo‘lindilar. Birlari ularni o‘ldiramiz, deyishsa, boshqalari, yo‘q, ular mo‘minlar, ularni o‘ldirmaymiz, deyishdi. Shunda Alloh taolo: «Sizga nima bo‘ldiki, munofiqlar haqida ikkiga bo‘linasizlar?» oyatini nozil qildi. Payg‘ambarimiz (s. a. v.): «Albatta, bu oyat poklovchidir. Bosqon temirning zangini ketkazganidek, zanglarni ketkazadi», dedilar.)

وَدُّوا لَوْ تَكْفُرُونَ كَمَا كَفَرُوا فَتَكُونُونَ سَوَاءً ۖ فَلَا تَتَّخِذُوا مِنْهُمْ أَوْلِيَاءَ حَتَّىٰ يُهَاجِرُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ ۚ فَإِن تَوَلَّوْا فَخُذُوهُمْ وَاقْتُلُوهُمْ حَيْثُ وَجَدتُّمُوهُمْ ۖ وَلَا تَتَّخِذُوا مِنْهُمْ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا Ma’nosi: Ular siz ham xuddi o‘zlaridek kofir bo‘lib, ularga tenglashishingizni xohlarlar. Toki Alloh yo‘lida hijrat qilmagunlaricha, ulardan do‘st tutmang. Agar yuz o‘girib ketsalar, bas, ularni tutinglar va qaerda topsangiz, o‘ldiringlar. Ulardan do‘st ham, yordamchi ham tutmang. [Niso surasi 89-oyat]

ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ

89. Ular siz ham xuddi o‘zlaridek kofir bo‘lib, ularga tenglashishingizni xohlarlar. Toki Alloh yo‘lida hijrat qilmagunlaricha, ulardan do‘st tutmang. Agar yuz o‘girib ketsalar, bas, ularni tutinglar va qaerda topsangiz, o‘ldiringlar. Ulardan do‘st ham, yordamchi ham tutmang.

إِلَّا الَّذِينَ يَصِلُونَ إِلَىٰ قَوْمٍ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَاقٌ أَوْ جَاءُوكُمْ حَصِرَتْ صُدُورُهُمْ أَن يُقَاتِلُوكُمْ أَوْ يُقَاتِلُوا قَوْمَهُمْ ۚ وَلَوْ شَاءَ اللَّهُ لَسَلَّطَهُمْ عَلَيْكُمْ فَلَقَاتَلُوكُمْ ۚ فَإِنِ اعْتَزَلُوكُمْ فَلَمْ يُقَاتِلُوكُمْ وَأَلْقَوْا إِلَيْكُمُ السَّلَمَ فَمَا جَعَلَ اللَّهُ لَكُمْ عَلَيْهِمْ سَبِيلًا Ma’nosi: Magar, siz bilan orasida ahdnoma bor qavmga yetib borsalar yoki sizlar bilan ham, o‘z qavmlari bilan ham urushish ko‘ngillariga sig‘masdan huzuringizga kelsalar mayli. Alloh xohlaganida, ularni sizdan ustun qilib qo‘yardi va ular sizlarga qarshi urush qilardilar. Agar sizdan chetlansalar va siz bilan urushmasdan tinchlikni taklif qilsalar, Alloh sizlarga ularning ziddiga yo‘l bermas. [Niso surasi 90-oyat]

ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥﯦ

90. Magar, siz bilan orasida ahdnoma bor qavmga yetib borsalar yoki sizlar bilan ham, o‘z qavmlari bilan ham urushish ko‘ngillariga sig‘masdan huzuringizga kelsalar mayli. Alloh xohlaganida, ularni sizdan ustun qilib qo‘yardi va ular sizlarga qarshi urush qilardilar. Agar sizdan chetlansalar va siz bilan urushmasdan tinchlikni taklif qilsalar, Alloh sizlarga ularning ziddiga yo‘l bermas.

سَتَجِدُونَ آخَرِينَ يُرِيدُونَ أَن يَأْمَنُوكُمْ وَيَأْمَنُوا قَوْمَهُمْ كُلَّ مَا رُدُّوا إِلَى الْفِتْنَةِ أُرْكِسُوا فِيهَا ۚ فَإِن لَّمْ يَعْتَزِلُوكُمْ وَيُلْقُوا إِلَيْكُمُ السَّلَمَ وَيَكُفُّوا أَيْدِيَهُمْ فَخُذُوهُمْ وَاقْتُلُوهُمْ حَيْثُ ثَقِفْتُمُوهُمْ ۚ وَأُولَٰئِكُمْ جَعَلْنَا لَكُمْ عَلَيْهِمْ سُلْطَانًا مُّبِينًا Ma’nosi: Sizdan ham, o‘z qavmlaridan ham omonda bo‘lishni xohlaydigan, fitnaga qaytarilgan chog‘larida unga sho‘ng‘iydigan boshqa birlarni ham ko‘rasizlar. Agar sizdan chetlanmasalar, sizga tinchlikni taklif qilmasalar va qo‘llarini tiymasalar, bas, ularni tuting va qaerda topsangiz, o‘ldiring. Ana o‘shandaylar ustidan sizga ochiq haq berdik. (Ibn Jarir Mujohiddan rivoyat qilishicha, bu oyati karima makkalik bir qavm haqida nozil bo‘lgan. Ular Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelib, riyo uchun musulmonliklarini bildirishardi. So‘ngra qurayshliklar oldiga borib, ular bilan birga butlariga ibodat qilishar edi. Shu yo‘l bilan ikki tomondan ham omon qolmoqchi bo‘lishar edi. Demak, ularga ishonib bo‘lmaydi. Madomiki ular musulmonlarga yomonlik qilishdan chetlanmasalar, tinchlikni taklif qilmasalar va ulardan qo‘llarini tiymasalar, ularni asir olish, topgan joyda o‘ldirish kerak. Bunga Allohning O‘zi ruxsat bermoqda. Bularning hammasi musulmonlarning munofiqlar bilan bo‘ladigan munosabatlari haqidagi hukmlardir.) [Niso surasi 91-oyat]

ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆ ﰇ ﰈ ﰉ

91. Sizdan ham, o‘z qavmlaridan ham omonda bo‘lishni xohlaydigan, fitnaga qaytarilgan chog‘larida unga sho‘ng‘iydigan boshqa birlarni ham ko‘rasizlar. Agar sizdan chetlanmasalar, sizga tinchlikni taklif qilmasalar va qo‘llarini tiymasalar, bas, ularni tuting va qaerda topsangiz, o‘ldiring. Ana o‘shandaylar ustidan sizga ochiq haq berdik. (Ibn Jarir Mujohiddan rivoyat qilishicha, bu oyati karima makkalik bir qavm haqida nozil bo‘lgan. Ular Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelib, riyo uchun musulmonliklarini bildirishardi. So‘ngra qurayshliklar oldiga borib, ular bilan birga butlariga ibodat qilishar edi. Shu yo‘l bilan ikki tomondan ham omon qolmoqchi bo‘lishar edi. Demak, ularga ishonib bo‘lmaydi. Madomiki ular musulmonlarga yomonlik qilishdan chetlanmasalar, tinchlikni taklif qilmasalar va ulardan qo‘llarini tiymasalar, ularni asir olish, topgan joyda o‘ldirish kerak. Bunga Allohning O‘zi ruxsat bermoqda. Bularning hammasi musulmonlarning munofiqlar bilan bo‘ladigan munosabatlari haqidagi hukmlardir.)

وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ أَن يَقْتُلَ مُؤْمِنًا إِلَّا خَطَأً ۚ وَمَن قَتَلَ مُؤْمِنًا خَطَأً فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةٍ وَدِيَةٌ مُّسَلَّمَةٌ إِلَىٰ أَهْلِهِ إِلَّا أَن يَصَّدَّقُوا ۚ فَإِن كَانَ مِن قَوْمٍ عَدُوٍّ لَّكُمْ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةٍ ۖ وَإِن كَانَ مِن قَوْمٍ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَاقٌ فَدِيَةٌ مُّسَلَّمَةٌ إِلَىٰ أَهْلِهِ وَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةٍ ۖ فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ شَهْرَيْنِ مُتَتَابِعَيْنِ تَوْبَةً مِّنَ اللَّهِ ۗ وَكَانَ اللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا Ma’nosi: Mo‘min mo‘minni o‘ldirmas. Magar bilmasdan qilishi mumkin. Kimki mo‘minni bilmasdan o‘ldirib qo‘ysa, bas, unga mo‘min qulni ozod qilish va (o‘lganning) ahli kechirmasalar, xun berish vojib bo‘lur. Agar u sizga dushman qavmdan bo‘lib, o‘zi mo‘min bo‘lsa, mo‘min qulni ozod qilish vojib bo‘lur. Agar u siz bilan orasida ahdnomasi bor qavmdan bo‘lsa, ahliga beriladigan xun va mo‘min qulni ozod qilish vojib bo‘lur. Kim topmasa, Allohga tavba uchun ketma-ket ikki oy ro‘za tutish vojib bo‘lur. Alloh biluvchi va hikmatli zotdir. [Niso surasi 92-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ

92. Mo‘min mo‘minni o‘ldirmas. Magar bilmasdan qilishi mumkin. Kimki mo‘minni bilmasdan o‘ldirib qo‘ysa, bas, unga mo‘min qulni ozod qilish va (o‘lganning) ahli kechirmasalar, xun berish vojib bo‘lur. Agar u sizga dushman qavmdan bo‘lib, o‘zi mo‘min bo‘lsa, mo‘min qulni ozod qilish vojib bo‘lur. Agar u siz bilan orasida ahdnomasi bor qavmdan bo‘lsa, ahliga beriladigan xun va mo‘min qulni ozod qilish vojib bo‘lur. Kim topmasa, Allohga tavba uchun ketma-ket ikki oy ro‘za tutish vojib bo‘lur. Alloh biluvchi va hikmatli zotdir.

وَمَن يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُّتَعَمِّدًا فَجَزَاؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا وَغَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَابًا عَظِيمًا Ma’nosi: Kim bir mo‘minni qasddan o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur. Unga Allohning g‘azabi va la’nati yog‘ilur. Va Alloh unga ulkan azobni tayyorlagandir. (Mo‘min kishini qasddan o‘ldirish shunchalik katta jinoyat va gunohki, uni qul ozod qilish bilan ham, xun to‘lash bilan ham yuvib bo‘lmaydi. Mo‘min mo‘minni qasddan o‘ldirishi bir beayb jonga qo‘shib, iymondek ulug‘ ne’mat tufayli vujudga kelgan aqida qardoshligini ham o‘ldirishdir. Shuning uchun ham qisqagina bir oyatda bu jinoyatchiga boshqa hech kimga tayin qilinmagan oliy jazolar–jahannamda abadiy qolish, Allohning g‘azabiga va la’natiga duchor bo‘lish va u zot tayyorlab qo‘ygan ulkan azob va’da qilinmoqda. Payg‘ambarimiz (s. a. v.) o‘z hadislaridan birida: «Bir musulmonning o‘ldirilishi Allohning huzurida dunyoning zavolidan ham og‘irroqdir», deganlar. Mazkur jazolar qasddan mo‘min odamni o‘ldirganning oxiratidagi jazosidir. Ammo boshqa oyat va hadislardan kelib chiqib, unga bu dunyoda ham ma’lum jazolar belgilangan. Avvalo, qotil ustidan o‘ldirilgan shaxsning valiyul amrlari hukmga ega bo‘ladilar. Ular xohlasalar, qotildan qasos olish maqsadida uni o‘ldirishni talab qiladilar, xohlasalar kechib yuboradilar yoki xohlasalar kuchaytirilgan xun oladilar. Kuchaytirilgan xun esa, o‘ttizta hiqqa, o‘ttizta jazu’a va qirqta xalufa tuyalardan iborat.) [Niso surasi 93-oyat]

ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ

93. Kim bir mo‘minni qasddan o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdir. Unda abadiy qolur. Unga Allohning g‘azabi va la’nati yog‘ilur. Va Alloh unga ulkan azobni tayyorlagandir. (Mo‘min kishini qasddan o‘ldirish shunchalik katta jinoyat va gunohki, uni qul ozod qilish bilan ham, xun to‘lash bilan ham yuvib bo‘lmaydi. Mo‘min mo‘minni qasddan o‘ldirishi bir beayb jonga qo‘shib, iymondek ulug‘ ne’mat tufayli vujudga kelgan aqida qardoshligini ham o‘ldirishdir. Shuning uchun ham qisqagina bir oyatda bu jinoyatchiga boshqa hech kimga tayin qilinmagan oliy jazolar–jahannamda abadiy qolish, Allohning g‘azabiga va la’natiga duchor bo‘lish va u zot tayyorlab qo‘ygan ulkan azob va’da qilinmoqda. Payg‘ambarimiz (s. a. v.) o‘z hadislaridan birida: «Bir musulmonning o‘ldirilishi Allohning huzurida dunyoning zavolidan ham og‘irroqdir», deganlar. Mazkur jazolar qasddan mo‘min odamni o‘ldirganning oxiratidagi jazosidir. Ammo boshqa oyat va hadislardan kelib chiqib, unga bu dunyoda ham ma’lum jazolar belgilangan. Avvalo, qotil ustidan o‘ldirilgan shaxsning valiyul amrlari hukmga ega bo‘ladilar. Ular xohlasalar, qotildan qasos olish maqsadida uni o‘ldirishni talab qiladilar, xohlasalar kechib yuboradilar yoki xohlasalar kuchaytirilgan xun oladilar. Kuchaytirilgan xun esa, o‘ttizta hiqqa, o‘ttizta jazu’a va qirqta xalufa tuyalardan iborat.)

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا ضَرَبْتُمْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَتَبَيَّنُوا وَلَا تَقُولُوا لِمَنْ أَلْقَىٰ إِلَيْكُمُ السَّلَامَ لَسْتَ مُؤْمِنًا تَبْتَغُونَ عَرَضَ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فَعِندَ اللَّهِ مَغَانِمُ كَثِيرَةٌ ۚ كَذَٰلِكَ كُنتُم مِّن قَبْلُ فَمَنَّ اللَّهُ عَلَيْكُمْ فَتَبَيَّنُوا ۚ إِنَّ اللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا Ma’nosi: Ey iymon keltirganlar! Allohning yo‘lida jihodga chiqsangiz, aniqlab olinglar va sizga salom bergan kimsaga, mo‘min emassan, demanglar. Bu dunyo hayotining o‘tkinchi o‘ljasini istaysizlar, Allohning huzurida esa ko‘plab o‘ljalar bor. Avvallari siz ham shunday edingiz, Alloh sizga ne’mat berdi. Bas, aniqlab oling. Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. (Ushbu oyati karimaning nozil bo‘lish sababi haqida Imom Ahmad ibn Xanbal hazrati Abdulloh ibn Abbosdan (r. a.) rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi: «Banu Salim qabilasidan bir odam bir guruh sahobaning oldidan qo‘ylarini boqib o‘tib qoldi va ularga salom berdi. Sahobalar: «Bizdan qo‘rqqanidan salom berdi, bo‘lmasa, bermas edi», dedilar-da, uni o‘ldirib qo‘ylarini Payg‘ambarning (s. a. v.) huzurlariga haydab bordilar. Shunda Alloh taolo: «Ey iymon keltirganlar! Allohning yo‘lida jihodga chiqadigan bo‘lsangiz, aniqlab olinglar. » oyatini nozil qildi.) [Niso surasi 94-oyat]

ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ

94. Ey iymon keltirganlar! Allohning yo‘lida jihodga chiqsangiz, aniqlab olinglar va sizga salom bergan kimsaga, mo‘min emassan, demanglar. Bu dunyo hayotining o‘tkinchi o‘ljasini istaysizlar, Allohning huzurida esa ko‘plab o‘ljalar bor. Avvallari siz ham shunday edingiz, Alloh sizga ne’mat berdi. Bas, aniqlab oling. Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. (Ushbu oyati karimaning nozil bo‘lish sababi haqida Imom Ahmad ibn Xanbal hazrati Abdulloh ibn Abbosdan (r. a.) rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi: «Banu Salim qabilasidan bir odam bir guruh sahobaning oldidan qo‘ylarini boqib o‘tib qoldi va ularga salom berdi. Sahobalar: «Bizdan qo‘rqqanidan salom berdi, bo‘lmasa, bermas edi», dedilar-da, uni o‘ldirib qo‘ylarini Payg‘ambarning (s. a. v.) huzurlariga haydab bordilar. Shunda Alloh taolo: «Ey iymon keltirganlar! Allohning yo‘lida jihodga chiqadigan bo‘lsangiz, aniqlab olinglar. » oyatini nozil qildi.)

لَّا يَسْتَوِي الْقَاعِدُونَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ غَيْرُ أُولِي الضَّرَرِ وَالْمُجَاهِدُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ ۚ فَضَّلَ اللَّهُ الْمُجَاهِدِينَ بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ عَلَى الْقَاعِدِينَ دَرَجَةً ۚ وَكُلًّا وَعَدَ اللَّهُ الْحُسْنَىٰ ۚ وَفَضَّلَ اللَّهُ الْمُجَاهِدِينَ عَلَى الْقَاعِدِينَ أَجْرًا عَظِيمًا Ma’nosi: Mo‘minlardan beshikast bo‘la turib o‘tirib qolganlari bilan Allohning yo‘lida mollari va jonlari ila jihod qiluvchilari barobar bo‘lmaslar. Alloh mollari va jonlari bilan jihod qiluvchilarning darajasini o‘tirib qoluvchilardan afzal qildi. Alloh hammaga yaxshilikni va’da qilgan. Alloh mujohidlarni o‘tirib qoluvchilardan ulug‘ ajr ila, afzal qilgan. [Niso surasi 95-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ

95. Mo‘minlardan beshikast bo‘la turib o‘tirib qolganlari bilan Allohning yo‘lida mollari va jonlari ila jihod qiluvchilari barobar bo‘lmaslar. Alloh mollari va jonlari bilan jihod qiluvchilarning darajasini o‘tirib qoluvchilardan afzal qildi. Alloh hammaga yaxshilikni va’da qilgan. Alloh mujohidlarni o‘tirib qoluvchilardan ulug‘ ajr ila, afzal qilgan.

دَرَجَاتٍ مِّنْهُ وَمَغْفِرَةً وَرَحْمَةً ۚ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا Ma’nosi: O‘zidan bo‘lgan darajalar ila, mag‘firat va rahmat ila (afzal qilgan). Va Alloh mag‘firat qiluvchi va rahmli zotdir. [Niso surasi 96-oyat]

ﭶ ﭷ ﭸ ﭹﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ

96. O‘zidan bo‘lgan darajalar ila, mag‘firat va rahmat ila (afzal qilgan). Va Alloh mag‘firat qiluvchi va rahmli zotdir.

إِنَّ الَّذِينَ تَوَفَّاهُمُ الْمَلَائِكَةُ ظَالِمِي أَنفُسِهِمْ قَالُوا فِيمَ كُنتُمْ ۖ قَالُوا كُنَّا مُسْتَضْعَفِينَ فِي الْأَرْضِ ۚ قَالُوا أَلَمْ تَكُنْ أَرْضُ اللَّهِ وَاسِعَةً فَتُهَاجِرُوا فِيهَا ۚ فَأُولَٰئِكَ مَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَسَاءَتْ مَصِيرًا Ma’nosi: O‘ziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga farishtalar: «Nima qilayotgan edinglar?» derlar. Ular: «Еr yuzida bechora edik», derlar. Alar: «Allohning yeri keng edi-ku, hijrat qilsangiz bo‘lmasmidi?!» derlar. Ana o‘shalarning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy! («O‘ziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlar», deb vasf qilingan kishilar ma’lum bir toifadir. Ular o‘zlarini bo‘lmasa-da, molu mulklarini asrab qolish uchun, hijratning qiyinchiliklaridan qochib, kofirlar ichida qolib ketgan kishilardir. Ularni Alloh taolo «o‘ziga zulm qiluvchilar» deb sifatlamoqda.) [Niso surasi 97-oyat]

ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗﮘ ﮙ ﮚ ﮛﮜ ﮝ ﮞ ﮟ

97. O‘ziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga farishtalar: «Nima qilayotgan edinglar?» derlar. Ular: «Еr yuzida bechora edik», derlar. Alar: «Allohning yeri keng edi-ku, hijrat qilsangiz bo‘lmasmidi?!» derlar. Ana o‘shalarning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy! («O‘ziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlar», deb vasf qilingan kishilar ma’lum bir toifadir. Ular o‘zlarini bo‘lmasa-da, molu mulklarini asrab qolish uchun, hijratning qiyinchiliklaridan qochib, kofirlar ichida qolib ketgan kishilardir. Ularni Alloh taolo «o‘ziga zulm qiluvchilar» deb sifatlamoqda.)

إِلَّا الْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الرِّجَالِ وَالنِّسَاءِ وَالْوِلْدَانِ لَا يَسْتَطِيعُونَ حِيلَةً وَلَا يَهْتَدُونَ سَبِيلًا Ma’nosi: Faqat erkaklar, ayollar va bolalardan iborat, hiylaga qodir bo‘lmagan, yo‘lni topa olmagan bechoralargina bundan mustasno. [Niso surasi 98-oyat]

ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ

98. Faqat erkaklar, ayollar va bolalardan iborat, hiylaga qodir bo‘lmagan, yo‘lni topa olmagan bechoralargina bundan mustasno.

فَأُولَٰئِكَ عَسَى اللَّهُ أَن يَعْفُوَ عَنْهُمْ ۚ وَكَانَ اللَّهُ عَفُوًّا غَفُورًا Ma’nosi: Ana o‘shalar, shoyadki, Alloh ularni afv etsa. Zotan, Alloh afv etuvchi va mag‘firat qiluvchi zotdir. [Niso surasi 99-oyat]

ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ

99. Ana o‘shalar, shoyadki, Alloh ularni afv etsa. Zotan, Alloh afv etuvchi va mag‘firat qiluvchi zotdir.

وَمَن يُهَاجِرْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ يَجِدْ فِي الْأَرْضِ مُرَاغَمًا كَثِيرًا وَسَعَةً ۚ وَمَن يَخْرُجْ مِن بَيْتِهِ مُهَاجِرًا إِلَى اللَّهِ وَرَسُولِهِ ثُمَّ يُدْرِكْهُ الْمَوْتُ فَقَدْ وَقَعَ أَجْرُهُ عَلَى اللَّهِ ۗ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا Ma’nosi: Kim Allohning yo‘lida hijrat qilsa, yer yuzida ko‘pgina panohgohlar va kengchilik topadi. Kim uyidan Alloh va Rasulga hijrat qilib chiqsa-yu, so‘ngra unga o‘lim yetsa, albatta, uning ajri Alloh zimmasiga tushadi. Va Alloh mag‘firat qiluvchi va rahmli zotdir. (Ushbu oyatda hijrat qilishga targ‘ib–qiziqtirish bor. Bu ulug‘ ishga kishilarni ma’naviy jihatdan tayyorlash, ko‘ngillariga kelishi mumkin bo‘lgan ba’zi xayollarni ko‘tarish bor. Xijrat dinu diyonatni deb vatanni tark etishdir. Kishilar o‘zlaricha, vatandan uzoqda bo‘lgan shaxs xavf-xatarda qoladi, rizqi ro‘zi qiyiladi, degan fikrda bo‘ladilar. Bu esa, musulmonlikka hech to‘g‘ri kelmaydigan noto‘g‘ri fikrdir. Alloh taolo hech qachon O‘zining yo‘lida hijrat qilgan bandasini chorasiz holda tashlab qo‘ymaydi. Unga xavf-xatarlardan asraydigan panohgohlar ato qiladi va rizqini keng qilib qo‘yadi. Ko‘pgina kishilar hijratdan keyin oliy darajalarga, keng rizqlarga erishgani tajribadan ma’lum. Odamlarni hijratdan to‘sib turadigan narsalardan biri o‘limdan qo‘rqishdir. Aslida esa, avval o‘tgan oyatlarda ta’kidlanganidek, o‘lim joy tanlamaydi. Vaqti-soati yetganda, muhojir ham, muqim ham o‘laveradi. Ammo u o‘lim bilan bu o‘limning farqi bor. Muhojirlikda o‘lishning baxtiga nima yetsin!) [Niso surasi 100-oyat]

ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ

100. Kim Allohning yo‘lida hijrat qilsa, yer yuzida ko‘pgina panohgohlar va kengchilik topadi. Kim uyidan Alloh va Rasulga hijrat qilib chiqsa-yu, so‘ngra unga o‘lim yetsa, albatta, uning ajri Alloh zimmasiga tushadi. Va Alloh mag‘firat qiluvchi va rahmli zotdir. (Ushbu oyatda hijrat qilishga targ‘ib–qiziqtirish bor. Bu ulug‘ ishga kishilarni ma’naviy jihatdan tayyorlash, ko‘ngillariga kelishi mumkin bo‘lgan ba’zi xayollarni ko‘tarish bor. Xijrat dinu diyonatni deb vatanni tark etishdir. Kishilar o‘zlaricha, vatandan uzoqda bo‘lgan shaxs xavf-xatarda qoladi, rizqi ro‘zi qiyiladi, degan fikrda bo‘ladilar. Bu esa, musulmonlikka hech to‘g‘ri kelmaydigan noto‘g‘ri fikrdir. Alloh taolo hech qachon O‘zining yo‘lida hijrat qilgan bandasini chorasiz holda tashlab qo‘ymaydi. Unga xavf-xatarlardan asraydigan panohgohlar ato qiladi va rizqini keng qilib qo‘yadi. Ko‘pgina kishilar hijratdan keyin oliy darajalarga, keng rizqlarga erishgani tajribadan ma’lum. Odamlarni hijratdan to‘sib turadigan narsalardan biri o‘limdan qo‘rqishdir. Aslida esa, avval o‘tgan oyatlarda ta’kidlanganidek, o‘lim joy tanlamaydi. Vaqti-soati yetganda, muhojir ham, muqim ham o‘laveradi. Ammo u o‘lim bilan bu o‘limning farqi bor. Muhojirlikda o‘lishning baxtiga nima yetsin!)

وَإِذَا ضَرَبْتُمْ فِي الْأَرْضِ فَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَقْصُرُوا مِنَ الصَّلَاةِ إِنْ خِفْتُمْ أَن يَفْتِنَكُمُ الَّذِينَ كَفَرُوا ۚ إِنَّ الْكَافِرِينَ كَانُوا لَكُمْ عَدُوًّا مُّبِينًا Ma’nosi: Еr yuzida javlon urganingizda, kufr keltirganlar sizga fitna qilishidan xavf qilsangiz, namozni qasr qilib ado etmog‘ingizda gunoh yo‘qdir. Albatta, kofirlar sizga ochiq dushmandirlar. [Niso surasi 101-oyat]

ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆ ﰇ ﰈ ﰉ ﰊ ﰋ ﰌ ﰍﰎ ﰏ ﰐ ﰑ ﰒ ﰓ ﰔ ﰕ

101. Еr yuzida javlon urganingizda, kufr keltirganlar sizga fitna qilishidan xavf qilsangiz, namozni qasr qilib ado etmog‘ingizda gunoh yo‘qdir. Albatta, kofirlar sizga ochiq dushmandirlar.

وَإِذَا كُنتَ فِيهِمْ فَأَقَمْتَ لَهُمُ الصَّلَاةَ فَلْتَقُمْ طَائِفَةٌ مِّنْهُم مَّعَكَ وَلْيَأْخُذُوا أَسْلِحَتَهُمْ فَإِذَا سَجَدُوا فَلْيَكُونُوا مِن وَرَائِكُمْ وَلْتَأْتِ طَائِفَةٌ أُخْرَىٰ لَمْ يُصَلُّوا فَلْيُصَلُّوا مَعَكَ وَلْيَأْخُذُوا حِذْرَهُمْ وَأَسْلِحَتَهُمْ ۗ وَدَّ الَّذِينَ كَفَرُوا لَوْ تَغْفُلُونَ عَنْ أَسْلِحَتِكُمْ وَأَمْتِعَتِكُمْ فَيَمِيلُونَ عَلَيْكُم مَّيْلَةً وَاحِدَةً ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِن كَانَ بِكُمْ أَذًى مِّن مَّطَرٍ أَوْ كُنتُم مَّرْضَىٰ أَن تَضَعُوا أَسْلِحَتَكُمْ ۖ وَخُذُوا حِذْرَكُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ أَعَدَّ لِلْكَافِرِينَ عَذَابًا مُّهِينًا Ma’nosi: Ular ichida bo‘lsang-u, namoz ado qilmoqchi bo‘lsang, ulardan bir toifasi sen bilan tursin va silohlarini o‘zlari bilan olsinlar. Sajda qilganlaridan keyin orqangizga o‘tsinlar. Namoz o‘qimagan boshqa toifa kelib sen bilan namoz o‘qisin. Ehtiyot bo‘lib, silohlarini o‘zlari bilan olsinlar. Kufr keltirganlar silohlaringiz va matohlaringizdan g‘ofil bo‘lsangiz, ustingizdan birdan hamla qilishni istarlar. Yomg‘irdan ozor yetsa yoki bemor bo‘lsangiz, silohlaringizni qo‘ymog‘ingizda gunoh yo‘qdir. Xushyor bo‘linglar! Albatta, Alloh kofirlarga xorlovchi azob tayyorlagandir. (Ushbu oyati karima bilan tanishganda, namozga naqadar katta e’tibor borligi darhol anglab yetiladi. O‘ylab ko‘ring-a: urush bo‘lib tursa, har bir insonning hayoti qil ustida tursa-da, yana namoz o‘qishga amr bo‘lsa! Urush paytida o‘qiladigan namoz «Xavf namozi» deb ataladi. Demak, jihodga chiqqan mujohidlar bu holda ikkiga bo‘linishadi. Bir toifalari imom bilan namoz o‘qiydi, ikkinchi toifa namoz o‘qimay, qo‘riqchilik qilib turadi. Imom birinchi toifa bilan birinchi rak’atni o‘qib bo‘lgandan so‘ng turib orqaga qo‘riqchilikka o‘tadi. Qo‘riqchilik qilib turgan ikkinchi toifa kelib imom bilan ikkinchi rak’atni o‘qiydi. Oyatda shu joygacha zikr etilgan. Namozning davomi Payg‘ambarimiz alayhissalomning sunnatlarida kelgan. Ikkinchi rak’at tamom bo‘lishi bilan imom salom beradi. Chunki u ikki rak’atni tamom o‘qidi. Keyin birinchi toifa kelib ikkinchi rakatni har kim o‘zi o‘qib salom beradi. Ikkinchi rakatni imom bilan o‘qigan va yana qorovullikka o‘tgan ikkinchi toifa birinchi toifadan keyin qolgan bir rakat namozini yakka-yakka o‘qib salom beradi. Bunday namozni ado etish davomida musulmonlar hushyor bo‘lishlari va silohlarini o‘zlari bilan birga tutishlari qayta-qayta tayinlanmoqda. Kofirlarning yomonliklaridan bexabar qolmanglar, deb ogohlantirilmoqda.) [Niso surasi 102-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈﮉ ﮊ ﮋﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ

102. Ular ichida bo‘lsang-u, namoz ado qilmoqchi bo‘lsang, ulardan bir toifasi sen bilan tursin va silohlarini o‘zlari bilan olsinlar. Sajda qilganlaridan keyin orqangizga o‘tsinlar. Namoz o‘qimagan boshqa toifa kelib sen bilan namoz o‘qisin. Ehtiyot bo‘lib, silohlarini o‘zlari bilan olsinlar. Kufr keltirganlar silohlaringiz va matohlaringizdan g‘ofil bo‘lsangiz, ustingizdan birdan hamla qilishni istarlar. Yomg‘irdan ozor yetsa yoki bemor bo‘lsangiz, silohlaringizni qo‘ymog‘ingizda gunoh yo‘qdir. Xushyor bo‘linglar! Albatta, Alloh kofirlarga xorlovchi azob tayyorlagandir. (Ushbu oyati karima bilan tanishganda, namozga naqadar katta e’tibor borligi darhol anglab yetiladi. O‘ylab ko‘ring-a: urush bo‘lib tursa, har bir insonning hayoti qil ustida tursa-da, yana namoz o‘qishga amr bo‘lsa! Urush paytida o‘qiladigan namoz «Xavf namozi» deb ataladi. Demak, jihodga chiqqan mujohidlar bu holda ikkiga bo‘linishadi. Bir toifalari imom bilan namoz o‘qiydi, ikkinchi toifa namoz o‘qimay, qo‘riqchilik qilib turadi. Imom birinchi toifa bilan birinchi rak’atni o‘qib bo‘lgandan so‘ng turib orqaga qo‘riqchilikka o‘tadi. Qo‘riqchilik qilib turgan ikkinchi toifa kelib imom bilan ikkinchi rak’atni o‘qiydi. Oyatda shu joygacha zikr etilgan. Namozning davomi Payg‘ambarimiz alayhissalomning sunnatlarida kelgan. Ikkinchi rak’at tamom bo‘lishi bilan imom salom beradi. Chunki u ikki rak’atni tamom o‘qidi. Keyin birinchi toifa kelib ikkinchi rakatni har kim o‘zi o‘qib salom beradi. Ikkinchi rakatni imom bilan o‘qigan va yana qorovullikka o‘tgan ikkinchi toifa birinchi toifadan keyin qolgan bir rakat namozini yakka-yakka o‘qib salom beradi. Bunday namozni ado etish davomida musulmonlar hushyor bo‘lishlari va silohlarini o‘zlari bilan birga tutishlari qayta-qayta tayinlanmoqda. Kofirlarning yomonliklaridan bexabar qolmanglar, deb ogohlantirilmoqda.)

فَإِذَا قَضَيْتُمُ الصَّلَاةَ فَاذْكُرُوا اللَّهَ قِيَامًا وَقُعُودًا وَعَلَىٰ جُنُوبِكُمْ ۚ فَإِذَا اطْمَأْنَنتُمْ فَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ ۚ إِنَّ الصَّلَاةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَّوْقُوتًا Ma’nosi: Namozni ado etganingizdan so‘ng Allohni turgan, o‘tirgan va yonboshlagan holingizda eslang. Xotirjam bo‘lganingizda namozni to‘liq ado eting. Albatta, namoz mo‘minlarga vaqtida farz qilingandir. (Xar vaqtda ham, har namozdan keyin ham Allohni zikir etish targ‘ib qilinadi. Ammo bu oyati karimada bu ish havf namozidan keyin, ayniqsa, zarur ekani ta’kidlanmoqda. O‘tirganda ham, turganda ham, yonboshlaganda ham, ya’ni, hamma holatlarda Alloh taoloni zikr qilib, undan dushman bilan bo‘ladigan jangda g‘alaba-nusrat so‘raladi.) [Niso surasi 103-oyat]

ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ

103. Namozni ado etganingizdan so‘ng Allohni turgan, o‘tirgan va yonboshlagan holingizda eslang. Xotirjam bo‘lganingizda namozni to‘liq ado eting. Albatta, namoz mo‘minlarga vaqtida farz qilingandir. (Xar vaqtda ham, har namozdan keyin ham Allohni zikir etish targ‘ib qilinadi. Ammo bu oyati karimada bu ish havf namozidan keyin, ayniqsa, zarur ekani ta’kidlanmoqda. O‘tirganda ham, turganda ham, yonboshlaganda ham, ya’ni, hamma holatlarda Alloh taoloni zikr qilib, undan dushman bilan bo‘ladigan jangda g‘alaba-nusrat so‘raladi.)

وَلَا تَهِنُوا فِي ابْتِغَاءِ الْقَوْمِ ۖ إِن تَكُونُوا تَأْلَمُونَ فَإِنَّهُمْ يَأْلَمُونَ كَمَا تَأْلَمُونَ ۖ وَتَرْجُونَ مِنَ اللَّهِ مَا لَا يَرْجُونَ ۗ وَكَانَ اللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا Ma’nosi: U qavmni quvishda bo‘sh kelmang. Agar alam chekayotgan bo‘lsangiz, ular ham siz alam chekayotganingizdek alam chekmoqdalar. Siz esa, Allohdan ular umid qilmagan narsani umid qilmoqdasiz. Alloh biluvchi va hikmatli zotdir. [Niso surasi 104-oyat]

ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ

104. U qavmni quvishda bo‘sh kelmang. Agar alam chekayotgan bo‘lsangiz, ular ham siz alam chekayotganingizdek alam chekmoqdalar. Siz esa, Allohdan ular umid qilmagan narsani umid qilmoqdasiz. Alloh biluvchi va hikmatli zotdir.

إِنَّا أَنزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ بِمَا أَرَاكَ اللَّهُ ۚ وَلَا تَكُن لِّلْخَائِنِينَ خَصِيمًا Ma’nosi: Albatta, Biz senga kitobni haq ila odamlar orasida senga Alloh ko‘rsatganiga hukm qilishing uchun tushirdik. Sen xoinlarning yonini oluvchi bo‘lma! [Niso surasi 105-oyat]

ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ

105. Albatta, Biz senga kitobni haq ila odamlar orasida senga Alloh ko‘rsatganiga hukm qilishing uchun tushirdik. Sen xoinlarning yonini oluvchi bo‘lma!

وَاسْتَغْفِرِ اللَّهَ ۖ إِنَّ اللَّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا Ma’nosi: Allohga istig‘for ayt! Albatta, Alloh mag‘firatli va rahmli zotdir. [Niso surasi 106-oyat]

ﭑ ﭒﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ

106. Allohga istig‘for ayt! Albatta, Alloh mag‘firatli va rahmli zotdir.

وَلَا تُجَادِلْ عَنِ الَّذِينَ يَخْتَانُونَ أَنفُسَهُمْ ۚ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ مَن كَانَ خَوَّانًا أَثِيمًا Ma’nosi: O‘z jonlariga xiyonat qiladiganlarni mudofaa qilma. Albatta, Alloh xiyonatchi va gunohkor bo‘lgan kimsani xush ko‘rmas. (Alloh taolo bu oyatda To‘’ma ibn Ubayraq va uning qarindoshlarini «o‘z jonlariga xiyonat qilganlar», deb vasf qilmoqda. Aslida, ular yahudiy shaxsga xiyonat qilgan, o‘g‘rilik aybini unga ag‘dargan edilar. Lekin bu ishning yomonligi ularga qaytishi e’tiboridan o‘zlariga xiyonat qilgan hisoblanadi. O‘g‘rilik qilish–gunohkorlik, aybni nohaqdan birovga ag‘darish esa, xiyonatdir.) [Niso surasi 107-oyat]

ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ

107. O‘z jonlariga xiyonat qiladiganlarni mudofaa qilma. Albatta, Alloh xiyonatchi va gunohkor bo‘lgan kimsani xush ko‘rmas. (Alloh taolo bu oyatda To‘’ma ibn Ubayraq va uning qarindoshlarini «o‘z jonlariga xiyonat qilganlar», deb vasf qilmoqda. Aslida, ular yahudiy shaxsga xiyonat qilgan, o‘g‘rilik aybini unga ag‘dargan edilar. Lekin bu ishning yomonligi ularga qaytishi e’tiboridan o‘zlariga xiyonat qilgan hisoblanadi. O‘g‘rilik qilish–gunohkorlik, aybni nohaqdan birovga ag‘darish esa, xiyonatdir.)

يَسْتَخْفُونَ مِنَ النَّاسِ وَلَا يَسْتَخْفُونَ مِنَ اللَّهِ وَهُوَ مَعَهُمْ إِذْ يُبَيِّتُونَ مَا لَا يَرْضَىٰ مِنَ الْقَوْلِ ۚ وَكَانَ اللَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطًا Ma’nosi: Odamlardan yashiradilar va Allohdan yashira olmaslar. Xolbuki, U O‘zi rozi bo‘lmaydigan gapni xufyona kelishayotganlarida ham ular ila birgadir. Va Alloh ular qilayotgan amallarni ixota qiluvchi zotdir. [Niso surasi 108-oyat]

ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ

108. Odamlardan yashiradilar va Allohdan yashira olmaslar. Xolbuki, U O‘zi rozi bo‘lmaydigan gapni xufyona kelishayotganlarida ham ular ila birgadir. Va Alloh ular qilayotgan amallarni ixota qiluvchi zotdir.

هَا أَنتُمْ هَٰؤُلَاءِ جَادَلْتُمْ عَنْهُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فَمَن يُجَادِلُ اللَّهَ عَنْهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَم مَّن يَكُونُ عَلَيْهِمْ وَكِيلًا Ma’nosi: Hoy, sizlar! Bu hayoti dunyoda ularning yonini oldingiz. Qiyomat kunida Alloh oldida ularning yonini kim oladi yoki kim ularga vakil bo‘ladi. [Niso surasi 109-oyat]

ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ

109. Hoy, sizlar! Bu hayoti dunyoda ularning yonini oldingiz. Qiyomat kunida Alloh oldida ularning yonini kim oladi yoki kim ularga vakil bo‘ladi.

وَمَن يَعْمَلْ سُوءًا أَوْ يَظْلِمْ نَفْسَهُ ثُمَّ يَسْتَغْفِرِ اللَّهَ يَجِدِ اللَّهَ غَفُورًا رَّحِيمًا Ma’nosi: Kim yomonlik qilsa yoki o‘ziga zulm etsa, so‘ngra Allohga istig‘for aytsa, Allohni mag‘firatli va rahmli zot topadi. [Niso surasi 110-oyat]

ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ

110. Kim yomonlik qilsa yoki o‘ziga zulm etsa, so‘ngra Allohga istig‘for aytsa, Allohni mag‘firatli va rahmli zot topadi.

وَمَن يَكْسِبْ إِثْمًا فَإِنَّمَا يَكْسِبُهُ عَلَىٰ نَفْسِهِ ۚ وَكَانَ اللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا Ma’nosi: Kim gunoh qilsa, faqatgina o‘z zarariga qiladi. Va Alloh biluvchi va hikmatli zotdir. (Birovning gunohi uchun boshqa birov javobgar bo‘lmaydi. Har kim o‘z qilmishi uchun javobgar bo‘ladi. Alloh hamma narsani bilib turadi, jumladan, gunohkorlarning gunohlarini ham bilib turadi. O‘sha bilishga binoan gunohkorni jazolashi uning har bir narsani hikmat bilan qilishligidandir.) [Niso surasi 111-oyat]

ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ

111. Kim gunoh qilsa, faqatgina o‘z zarariga qiladi. Va Alloh biluvchi va hikmatli zotdir. (Birovning gunohi uchun boshqa birov javobgar bo‘lmaydi. Har kim o‘z qilmishi uchun javobgar bo‘ladi. Alloh hamma narsani bilib turadi, jumladan, gunohkorlarning gunohlarini ham bilib turadi. O‘sha bilishga binoan gunohkorni jazolashi uning har bir narsani hikmat bilan qilishligidandir.)

وَمَن يَكْسِبْ خَطِيئَةً أَوْ إِثْمًا ثُمَّ يَرْمِ بِهِ بَرِيئًا فَقَدِ احْتَمَلَ بُهْتَانًا وَإِثْمًا مُّبِينًا Ma’nosi: Kim xato yoki gunoh qilsa-yu, so‘ngra uni beaybga ag‘darsa, shubhasiz, bo‘hton va ochiq gunohni o‘z bo‘yniga olibdi. [Niso surasi 112-oyat]

ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ

112. Kim xato yoki gunoh qilsa-yu, so‘ngra uni beaybga ag‘darsa, shubhasiz, bo‘hton va ochiq gunohni o‘z bo‘yniga olibdi.

وَلَوْلَا فَضْلُ اللَّهِ عَلَيْكَ وَرَحْمَتُهُ لَهَمَّت طَّائِفَةٌ مِّنْهُمْ أَن يُضِلُّوكَ وَمَا يُضِلُّونَ إِلَّا أَنفُسَهُمْ ۖ وَمَا يَضُرُّونَكَ مِن شَيْءٍ ۚ وَأَنزَلَ اللَّهُ عَلَيْكَ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَعَلَّمَكَ مَا لَمْ تَكُن تَعْلَمُ ۚ وَكَانَ فَضْلُ اللَّهِ عَلَيْكَ عَظِيمًا Ma’nosi: Agar senga Allohning fazli va rahmati bo‘lmaganida, ulardan bir toifasi seni adashtirishga uringan edilar. Ular faqat o‘zlarini adashtiradilar, xolos. Senga hech zarar yetkaza olmaydilar. Alloh senga kitobni va hikmatni tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va senga Allohning fazli ulug‘ bo‘ldi. (Ya’ni, Alloh taolo o‘z fazli va marhamati ila oyatlar tushirib, haqiqatni bayon qilmaganida, To‘’ma ibn Ubayraqning qavmi, uni odamlar oldida oqlashni talab qilib, aybni yahudiy shaxsga ag‘darib, Payg‘ambarni adashtirishga urinib qolgan edilar. Ammo bu ishlari bilan ular o‘zlarini adashtiradilar, xolos. Xar qancha urinsalar ham Payg‘ambarga (s. a. v.) zarar yetkaza olmaydilar. Alloh doimo o‘z Payg‘ambarini saqlaydi. Mazkur hodisada noqulaylikdan saqlab qolgani o‘ziga xos fazlu karamdir. Lekin asosiy fazli va haqiqiy marhamati: «Alloh senga kitobni (Qur’onni) va hikmatni (sunnatni) tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va (shu bilan) senga Allohning fazli ulug‘ bo‘ldi».) [Niso surasi 113-oyat]

ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ

113. Agar senga Allohning fazli va rahmati bo‘lmaganida, ulardan bir toifasi seni adashtirishga uringan edilar. Ular faqat o‘zlarini adashtiradilar, xolos. Senga hech zarar yetkaza olmaydilar. Alloh senga kitobni va hikmatni tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va senga Allohning fazli ulug‘ bo‘ldi. (Ya’ni, Alloh taolo o‘z fazli va marhamati ila oyatlar tushirib, haqiqatni bayon qilmaganida, To‘’ma ibn Ubayraqning qavmi, uni odamlar oldida oqlashni talab qilib, aybni yahudiy shaxsga ag‘darib, Payg‘ambarni adashtirishga urinib qolgan edilar. Ammo bu ishlari bilan ular o‘zlarini adashtiradilar, xolos. Xar qancha urinsalar ham Payg‘ambarga (s. a. v.) zarar yetkaza olmaydilar. Alloh doimo o‘z Payg‘ambarini saqlaydi. Mazkur hodisada noqulaylikdan saqlab qolgani o‘ziga xos fazlu karamdir. Lekin asosiy fazli va haqiqiy marhamati: «Alloh senga kitobni (Qur’onni) va hikmatni (sunnatni) tushirdi hamda bilmagan narsangni bildirdi. Va (shu bilan) senga Allohning fazli ulug‘ bo‘ldi».)

لَّا خَيْرَ فِي كَثِيرٍ مِّن نَّجْوَاهُمْ إِلَّا مَنْ أَمَرَ بِصَدَقَةٍ أَوْ مَعْرُوفٍ أَوْ إِصْلَاحٍ بَيْنَ النَّاسِ ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ ابْتِغَاءَ مَرْضَاتِ اللَّهِ فَسَوْفَ نُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا Ma’nosi: Ularning ko‘pgina maxfiy suhbatlarida yaxshilik yo‘q, magar kim sadaqaga, yaxshilikka va odamlar orasida islohga amr qilsagina, yaxshilik bor. Kim o‘sha ishni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga ulug‘ ajr beramiz. [Niso surasi 114-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ

114. Ularning ko‘pgina maxfiy suhbatlarida yaxshilik yo‘q, magar kim sadaqaga, yaxshilikka va odamlar orasida islohga amr qilsagina, yaxshilik bor. Kim o‘sha ishni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga ulug‘ ajr beramiz.

وَمَن يُشَاقِقِ الرَّسُولَ مِن بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُ الْهُدَىٰ وَيَتَّبِعْ غَيْرَ سَبِيلِ الْمُؤْمِنِينَ نُوَلِّهِ مَا تَوَلَّىٰ وَنُصْلِهِ جَهَنَّمَ ۖ وَسَاءَتْ مَصِيرًا Ma’nosi: Kim o‘ziga hidoyat ravshan bo‘lgandan keyin Payg‘ambarga xilof qilsa va mo‘minlarning yo‘lidan boshqa yo‘lga yursa, ketgan tomonga qo‘yib qo‘yamiz va jahannamga kiritamiz. U qandoq ham yomon joy! (Bu oyati karimada To‘’ma ibn Ubayraqning qarindoshlaridan Bashir ibn Ubayraqqa ishora qilinmoqda. U Bani Ubayraqni fosh qiluvchi oyatlar nozil bo‘lganidan so‘ng murtad bo‘lib (dindan chiqib), mushriklarga qo‘shilib ketgan edi. Garchi ishora ma’lum bir shaxsga bo‘lsa ham, hukm umumiydir. Kim Payg‘ambarga (s. a. v.) xilof qilsa, u kishining yo‘lidan boshqa yo‘lga yursa, kofir, mushrik va murtad bo‘ladi. Kim mo‘minlarning yo‘lidan boshqa yo‘lni tanlasa, o‘sha yo‘lidan yuraversin, Alloh uni ketgan tomoniga yurgazib qo‘yaveradi. Ammo oxiri olib borib jahannamga kiritadi. Jahannam qanday joyligini esa, hamma biladi.) [Niso surasi 115-oyat]

ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿﮀ ﮁ ﮂ ﮃ

115. Kim o‘ziga hidoyat ravshan bo‘lgandan keyin Payg‘ambarga xilof qilsa va mo‘minlarning yo‘lidan boshqa yo‘lga yursa, ketgan tomonga qo‘yib qo‘yamiz va jahannamga kiritamiz. U qandoq ham yomon joy! (Bu oyati karimada To‘’ma ibn Ubayraqning qarindoshlaridan Bashir ibn Ubayraqqa ishora qilinmoqda. U Bani Ubayraqni fosh qiluvchi oyatlar nozil bo‘lganidan so‘ng murtad bo‘lib (dindan chiqib), mushriklarga qo‘shilib ketgan edi. Garchi ishora ma’lum bir shaxsga bo‘lsa ham, hukm umumiydir. Kim Payg‘ambarga (s. a. v.) xilof qilsa, u kishining yo‘lidan boshqa yo‘lga yursa, kofir, mushrik va murtad bo‘ladi. Kim mo‘minlarning yo‘lidan boshqa yo‘lni tanlasa, o‘sha yo‘lidan yuraversin, Alloh uni ketgan tomoniga yurgazib qo‘yaveradi. Ammo oxiri olib borib jahannamga kiritadi. Jahannam qanday joyligini esa, hamma biladi.)

إِنَّ اللَّهَ لَا يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَٰلِكَ لِمَن يَشَاءُ ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِاللَّهِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالًا بَعِيدًا Ma’nosi: Albatta, Alloh O‘ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqani, kimni xohlasa, kechiradi. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, qattiq adashgan bo‘ladi. [Niso surasi 116-oyat]

ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ

116. Albatta, Alloh O‘ziga shirk keltirilishini kechirmas. Undan boshqani, kimni xohlasa, kechiradi. Kim Allohga shirk keltirsa, shubhasiz, qattiq adashgan bo‘ladi.

إِن يَدْعُونَ مِن دُونِهِ إِلَّا إِنَاثًا وَإِن يَدْعُونَ إِلَّا شَيْطَانًا مَّرِيدًا Ma’nosi: Ular undan boshqa faqat ayol-sanamlarga ibodat qiladilar va faqat bebosh shaytonga ibodat qiladilar. (Ya’ni, arab mushriklari Allohdan boshqa, faqat ayol-sanamlarga ibodat qiladilar. Johiliy arablarning buzuq e’tiqodlari bo‘yicha, farishtalar Allohning qizlari hisoblanar edi. Ular shuning uchun ham butlarini ayol kishi shaklida yasashar va ularga ayollarning ismini berishar edi.) [Niso surasi 117-oyat]

ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ

117. Ular undan boshqa faqat ayol-sanamlarga ibodat qiladilar va faqat bebosh shaytonga ibodat qiladilar. (Ya’ni, arab mushriklari Allohdan boshqa, faqat ayol-sanamlarga ibodat qiladilar. Johiliy arablarning buzuq e’tiqodlari bo‘yicha, farishtalar Allohning qizlari hisoblanar edi. Ular shuning uchun ham butlarini ayol kishi shaklida yasashar va ularga ayollarning ismini berishar edi.)

لَّعَنَهُ اللَّهُ ۘ وَقَالَ لَأَتَّخِذَنَّ مِنْ عِبَادِكَ نَصِيبًا مَّفْرُوضًا Ma’nosi: Alloh uni la’natladi. U esa: «Qasamki, bandalaringdan ma’lum nasibani olaman. [Niso surasi 118-oyat]

ﮦ ﮧﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ

118. Alloh uni la’natladi. U esa: «Qasamki, bandalaringdan ma’lum nasibani olaman.

وَلَأُضِلَّنَّهُمْ وَلَأُمَنِّيَنَّهُمْ وَلَآمُرَنَّهُمْ فَلَيُبَتِّكُنَّ آذَانَ الْأَنْعَامِ وَلَآمُرَنَّهُمْ فَلَيُغَيِّرُنَّ خَلْقَ اللَّهِ ۚ وَمَن يَتَّخِذِ الشَّيْطَانَ وَلِيًّا مِّن دُونِ اللَّهِ فَقَدْ خَسِرَ خُسْرَانًا مُّبِينًا Ma’nosi: Ularni adashtiraman, xom xayollariga solaman, ularga amr qilsam, chorvalarning quloqlarini kesarlar va ularga amr qilsam, Allohning yaratganini o‘zgartirarlar», dedi. Kimki Allohni qo‘yib shaytonni do‘st tutsa, batahqiq, ochiq-oydin ziyonga uchraydir. (Ya’ni, Alloh shaytonni la’natladi, o‘z rahmatidan quvdi. Shayton esa, quvilayotgan paytda: «Qasamki, bandalaringdan ma’lum nasibani olaman», dedi. Meni shularning sababidan la’natlayapsan, men bulardan ma’lum miqdorni o‘z yo‘limga chiqarib, kufr va isyonga chorlayman, dedi. Ya’ni, bandalaringni to‘g‘ri yo‘ldan–sening yo‘lingdan adashtiraman va ularni xom xayollarga solaman–umrimiz uzun bo‘ladi, maza qilib yuramiz, qayta tirilish ham, hisob-kitob ham, qiyomat ham yo‘q, deb yuraveradigan qilib qo‘yaman, deydi.) [Niso surasi 119-oyat]

ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ

119. Ularni adashtiraman, xom xayollariga solaman, ularga amr qilsam, chorvalarning quloqlarini kesarlar va ularga amr qilsam, Allohning yaratganini o‘zgartirarlar», dedi. Kimki Allohni qo‘yib shaytonni do‘st tutsa, batahqiq, ochiq-oydin ziyonga uchraydir. (Ya’ni, Alloh shaytonni la’natladi, o‘z rahmatidan quvdi. Shayton esa, quvilayotgan paytda: «Qasamki, bandalaringdan ma’lum nasibani olaman», dedi. Meni shularning sababidan la’natlayapsan, men bulardan ma’lum miqdorni o‘z yo‘limga chiqarib, kufr va isyonga chorlayman, dedi. Ya’ni, bandalaringni to‘g‘ri yo‘ldan–sening yo‘lingdan adashtiraman va ularni xom xayollarga solaman–umrimiz uzun bo‘ladi, maza qilib yuramiz, qayta tirilish ham, hisob-kitob ham, qiyomat ham yo‘q, deb yuraveradigan qilib qo‘yaman, deydi.)

يَعِدُهُمْ وَيُمَنِّيهِمْ ۖ وَمَا يَعِدُهُمُ الشَّيْطَانُ إِلَّا غُرُورًا Ma’nosi: U ularga va’da beradir va xom xayollarga soladir. Shayton ularga g‘ururdan boshqa narsani va’da qilmaydir. [Niso surasi 120-oyat]

ﯨ ﯩﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ

120. U ularga va’da beradir va xom xayollarga soladir. Shayton ularga g‘ururdan boshqa narsani va’da qilmaydir.

أُولَٰئِكَ مَأْوَاهُمْ جَهَنَّمُ وَلَا يَجِدُونَ عَنْهَا مَحِيصًا Ma’nosi: Ana o‘shalarning joylari jahannamdir. Va undan qutulish yo‘lini topa olmaslar. [Niso surasi 121-oyat]

ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ

121. Ana o‘shalarning joylari jahannamdir. Va undan qutulish yo‘lini topa olmaslar.

وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ سَنُدْخِلُهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِن تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا ۖ وَعْدَ اللَّهِ حَقًّا ۚ وَمَنْ أَصْدَقُ مِنَ اللَّهِ قِيلًا Ma’nosi: Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritamiz. Unda abadiy–bardavom qolurlar. Allohning va’dasi haqdir. Allohdan rostgo‘yroq zot bormi? (Bandaning jannatga kirishi uchun iymon va yaxshi amallar bo‘lishi shart. Iymonsiz holda qilingan har qancha yaxshi amallarning foydasi bo‘lmaydi. Iymoni bo‘lib turib yaxshi amallarni qilgan bandalar faqat jannatga kirish bilan kifoyalanib qolmaydilar. Balki jannatda abadiy–bardavom qoladilar. Bu esa, shaytonning do‘stlari do‘zaxda abadiy–bardavom qolishlarining muqobiligadir.) [Niso surasi 122-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝﭞ ﭟ ﭠ ﭡﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧﭨ

122. Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritamiz. Unda abadiy–bardavom qolurlar. Allohning va’dasi haqdir. Allohdan rostgo‘yroq zot bormi? (Bandaning jannatga kirishi uchun iymon va yaxshi amallar bo‘lishi shart. Iymonsiz holda qilingan har qancha yaxshi amallarning foydasi bo‘lmaydi. Iymoni bo‘lib turib yaxshi amallarni qilgan bandalar faqat jannatga kirish bilan kifoyalanib qolmaydilar. Balki jannatda abadiy–bardavom qoladilar. Bu esa, shaytonning do‘stlari do‘zaxda abadiy–bardavom qolishlarining muqobiligadir.)

لَّيْسَ بِأَمَانِيِّكُمْ وَلَا أَمَانِيِّ أَهْلِ الْكِتَابِ ۗ مَن يَعْمَلْ سُوءًا يُجْزَ بِهِ وَلَا يَجِدْ لَهُ مِن دُونِ اللَّهِ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا Ma’nosi: Sizlarning xom xayolingizchga ham emas, ahli kitoblarning xom xayolichga ham emas. Kim yomonlik qilsa, uning jazosini tortadir. Va o‘ziga Allohdan o‘zga do‘st ham, yordamchi ham topa olmas. [Niso surasi 123-oyat]

ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ

123. Sizlarning xom xayolingizchga ham emas, ahli kitoblarning xom xayolichga ham emas. Kim yomonlik qilsa, uning jazosini tortadir. Va o‘ziga Allohdan o‘zga do‘st ham, yordamchi ham topa olmas.

وَمَن يَعْمَلْ مِنَ الصَّالِحَاتِ مِن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَأُولَٰئِكَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ وَلَا يُظْلَمُونَ نَقِيرًا Ma’nosi: Erkakmi, ayolmi–kim mo‘min bo‘lgan holda yaxshiliklar qilsa, ana o‘shalar jannatga kirarlar va ularga qilcha ham zulm qilinmas. (Yaxshi amallarning mukofotini berishda erkagu ayoldan barobar iymon shart qilinib qo‘yiladi. Iymon bo‘lmasa, bo‘lmaydi. Iymoni bo‘lib turib, yaxshi amallarni qilgan har bir erkagu ayol, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jannatga kiradilar. Ularga bu dunyoda qilgan amallarining mukofotini qilicha ham qoldirilmay beriladi.) [Niso surasi 124-oyat]

ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ

124. Erkakmi, ayolmi–kim mo‘min bo‘lgan holda yaxshiliklar qilsa, ana o‘shalar jannatga kirarlar va ularga qilcha ham zulm qilinmas. (Yaxshi amallarning mukofotini berishda erkagu ayoldan barobar iymon shart qilinib qo‘yiladi. Iymon bo‘lmasa, bo‘lmaydi. Iymoni bo‘lib turib, yaxshi amallarni qilgan har bir erkagu ayol, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jannatga kiradilar. Ularga bu dunyoda qilgan amallarining mukofotini qilicha ham qoldirilmay beriladi.)

وَمَنْ أَحْسَنُ دِينًا مِّمَّنْ أَسْلَمَ وَجْهَهُ لِلَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌ وَاتَّبَعَ مِلَّةَ إِبْرَاهِيمَ حَنِيفًا ۗ وَاتَّخَذَ اللَّهُ إِبْرَاهِيمَ خَلِيلًا Ma’nosi: Yaxshilik qiluvchi bo‘lgan holida yuzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning to‘g‘ri diniga ergashgan kimsaning dinidan ham yaxshiroq din bormi? Va Alloh Ibrohimni do‘st tutgan edi. (Ushbu oyatdagi savol bir narsani bilish uchun berilayotgan savol emas. Balki bor narsani iqror qilish uchun aytilayotgan tasdiq savolidir. Qilgan yaxshi amalning qabul bo‘lishiga iymon qanchalik shart bo‘lsa, ixlos ham (ya’ni, ishni Allohning roziligi uchun ixlos bilan ado etish) shunchalik shartdir. Ibrohim alayhissalomning millati–dini Islom edi. Alloh taolo boshqa oyatlarda ham bu haqiqatni bayon etgan. Demak, oyatda Islomdan o‘zga haqiqiy din yo‘q, deyilmoqda va bu dinga odamlarni yanada qiziqtirish uchun Ibrohim alayhissalomni Alloh taolo O‘ziga do‘st tutganini ta’kidlamoqda.) [Niso surasi 125-oyat]

ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ

125. Yaxshilik qiluvchi bo‘lgan holida yuzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning to‘g‘ri diniga ergashgan kimsaning dinidan ham yaxshiroq din bormi? Va Alloh Ibrohimni do‘st tutgan edi. (Ushbu oyatdagi savol bir narsani bilish uchun berilayotgan savol emas. Balki bor narsani iqror qilish uchun aytilayotgan tasdiq savolidir. Qilgan yaxshi amalning qabul bo‘lishiga iymon qanchalik shart bo‘lsa, ixlos ham (ya’ni, ishni Allohning roziligi uchun ixlos bilan ado etish) shunchalik shartdir. Ibrohim alayhissalomning millati–dini Islom edi. Alloh taolo boshqa oyatlarda ham bu haqiqatni bayon etgan. Demak, oyatda Islomdan o‘zga haqiqiy din yo‘q, deyilmoqda va bu dinga odamlarni yanada qiziqtirish uchun Ibrohim alayhissalomni Alloh taolo O‘ziga do‘st tutganini ta’kidlamoqda.)

وَلِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۚ وَكَانَ اللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ مُّحِيطًا Ma’nosi: Osmonlaru yerdagi narsalar Allohga xosdir va Alloh har bir narsani ixota qilgan zotdir. [Niso surasi 126-oyat]

ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ

126. Osmonlaru yerdagi narsalar Allohga xosdir va Alloh har bir narsani ixota qilgan zotdir.

وَيَسْتَفْتُونَكَ فِي النِّسَاءِ ۖ قُلِ اللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِيهِنَّ وَمَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ فِي الْكِتَابِ فِي يَتَامَى النِّسَاءِ اللَّاتِي لَا تُؤْتُونَهُنَّ مَا كُتِبَ لَهُنَّ وَتَرْغَبُونَ أَن تَنكِحُوهُنَّ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الْوِلْدَانِ وَأَن تَقُومُوا لِلْيَتَامَىٰ بِالْقِسْطِ ۚ وَمَا تَفْعَلُوا مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ اللَّهَ كَانَ بِهِ عَلِيمًا Ma’nosi: Sendan ayollar haqida fatvo so‘rarlar. Sen: «Alloh sizga ular haqida va kitobda tilovat qilinadigan, siz ularga tayin qilingan narsani bermay nikohiga rag‘bat qilganingiz ayollar haqida, zaifhol bolalar haqida va yetimlarga adolat qilmog‘ingiz haqida fatvo beradi», deb ayt. Alloh qilgan har bir yaxshiligingizni biluvchi zotdir. [Niso surasi 127-oyat]

ﮱ ﯓ ﯔﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ

127. Sendan ayollar haqida fatvo so‘rarlar. Sen: «Alloh sizga ular haqida va kitobda tilovat qilinadigan, siz ularga tayin qilingan narsani bermay nikohiga rag‘bat qilganingiz ayollar haqida, zaifhol bolalar haqida va yetimlarga adolat qilmog‘ingiz haqida fatvo beradi», deb ayt. Alloh qilgan har bir yaxshiligingizni biluvchi zotdir.

وَإِنِ امْرَأَةٌ خَافَتْ مِن بَعْلِهَا نُشُوزًا أَوْ إِعْرَاضًا فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا أَن يُصْلِحَا بَيْنَهُمَا صُلْحًا ۚ وَالصُّلْحُ خَيْرٌ ۗ وَأُحْضِرَتِ الْأَنفُسُ الشُّحَّ ۚ وَإِن تُحْسِنُوا وَتَتَّقُوا فَإِنَّ اللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا Ma’nosi: Agar ayol kishi o‘z eridan nafrat va yuz o‘girish sodir bo‘lishidan qo‘rqsa, ikkovlari o‘zaro sulhga kelishishlarida gunoh yo‘q. Sulh yaxshidir. Nafslar qizg‘anishga hozirdir. Agar yaxshilik va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardor zotdir. (Oilada turli sabablarga ko‘ra, erda xotiniga nisbatan nafrat paydo bo‘lishi mumkin. Natijada er xotinidan ajralmoqchi yoki undan yuz o‘girib, taloq ham qilmay, muomala qilmay tashlab qo‘ymoqchi. Xotin eridan ajrashni xohlamasa, yarashishga urinadi. Erning nafratiga yoki yuz o‘girishiga sabab bo‘lgan ishlarni bartaraf etish bilan uni rozi qilib, ajralmay qolishga tirishadi. Jumladan, xotinidan nafratlanib, uni taloq qilmoqchi bo‘lgan yoki yuz o‘girib, tek tashlab qo‘ymoqchi bo‘lgan erkak o‘sha xotinning ajrashish istagi yo‘qligini bilgach, unga yaxshilik qilib, taqvo yuzasidan o‘zi bilan olib qolsa, yaxshi bo‘ladi. Alloh unga ajr va savob beradi.) [Niso surasi 128-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟﭠ ﭡ ﭢﭣ ﭤ ﭥ ﭦﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ

128. Agar ayol kishi o‘z eridan nafrat va yuz o‘girish sodir bo‘lishidan qo‘rqsa, ikkovlari o‘zaro sulhga kelishishlarida gunoh yo‘q. Sulh yaxshidir. Nafslar qizg‘anishga hozirdir. Agar yaxshilik va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardor zotdir. (Oilada turli sabablarga ko‘ra, erda xotiniga nisbatan nafrat paydo bo‘lishi mumkin. Natijada er xotinidan ajralmoqchi yoki undan yuz o‘girib, taloq ham qilmay, muomala qilmay tashlab qo‘ymoqchi. Xotin eridan ajrashni xohlamasa, yarashishga urinadi. Erning nafratiga yoki yuz o‘girishiga sabab bo‘lgan ishlarni bartaraf etish bilan uni rozi qilib, ajralmay qolishga tirishadi. Jumladan, xotinidan nafratlanib, uni taloq qilmoqchi bo‘lgan yoki yuz o‘girib, tek tashlab qo‘ymoqchi bo‘lgan erkak o‘sha xotinning ajrashish istagi yo‘qligini bilgach, unga yaxshilik qilib, taqvo yuzasidan o‘zi bilan olib qolsa, yaxshi bo‘ladi. Alloh unga ajr va savob beradi.)

وَلَن تَسْتَطِيعُوا أَن تَعْدِلُوا بَيْنَ النِّسَاءِ وَلَوْ حَرَصْتُمْ ۖ فَلَا تَمِيلُوا كُلَّ الْمَيْلِ فَتَذَرُوهَا كَالْمُعَلَّقَةِ ۚ وَإِن تُصْلِحُوا وَتَتَّقُوا فَإِنَّ اللَّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا Ma’nosi: Agar rosa harakat qilsangiz ham, xotinlar o‘rtasida adolatli bo‘la olmaysizlar. Bir yo‘la moyil bo‘lib ketib, (ba’zisini) muallaqga o‘xshatib qo‘ymang. Agar isloh va taqvo qilsangiz, albatta. Alloh mag‘firatli va rahmli zotdir. («Xotinlar o‘rtasida adolat» ko‘p xotinli erning xotinlariga nisbatan qalbidagi muhabbati borasidadir. Ya’ni, ko‘nglingizda muhabbati o‘rnashgan ba’zixotiningizga bir yo‘la moyil bo‘lib ketib, xotinlaringizning ba’zisini muallaq ayolga o‘xshatib qo‘ymang. «Muallaq ayol» deb xotin bo‘lib xotin emas, boshi ochiq bo‘lib, boshi ochiq emas, arosat bir holda qolgan ayolga aytiladi. Bunday muallaqlik azob, shuning uchun oyati karima erni bu masalada adolatli bo‘lishga chorlamoqda. Ko‘p xotinli er yaxshi ko‘rgan xotini bilan doimo birga bo‘lib, boshqasini tark etsa, shariatga hech to‘g‘ri kelmaydi.) [Niso surasi 129-oyat]

ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ

129. Agar rosa harakat qilsangiz ham, xotinlar o‘rtasida adolatli bo‘la olmaysizlar. Bir yo‘la moyil bo‘lib ketib, (ba’zisini) muallaqga o‘xshatib qo‘ymang. Agar isloh va taqvo qilsangiz, albatta. Alloh mag‘firatli va rahmli zotdir. («Xotinlar o‘rtasida adolat» ko‘p xotinli erning xotinlariga nisbatan qalbidagi muhabbati borasidadir. Ya’ni, ko‘nglingizda muhabbati o‘rnashgan ba’zixotiningizga bir yo‘la moyil bo‘lib ketib, xotinlaringizning ba’zisini muallaq ayolga o‘xshatib qo‘ymang. «Muallaq ayol» deb xotin bo‘lib xotin emas, boshi ochiq bo‘lib, boshi ochiq emas, arosat bir holda qolgan ayolga aytiladi. Bunday muallaqlik azob, shuning uchun oyati karima erni bu masalada adolatli bo‘lishga chorlamoqda. Ko‘p xotinli er yaxshi ko‘rgan xotini bilan doimo birga bo‘lib, boshqasini tark etsa, shariatga hech to‘g‘ri kelmaydi.)

وَإِن يَتَفَرَّقَا يُغْنِ اللَّهُ كُلًّا مِّن سَعَتِهِ ۚ وَكَانَ اللَّهُ وَاسِعًا حَكِيمًا Ma’nosi: Agar ajrashsalar, Alloh O‘z fazlidan har birini behojat qilur. Alloh fazli keng va hikmatli zotdir. [Niso surasi 130-oyat]

ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ

130. Agar ajrashsalar, Alloh O‘z fazlidan har birini behojat qilur. Alloh fazli keng va hikmatli zotdir.

وَلِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۗ وَلَقَدْ وَصَّيْنَا الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ مِن قَبْلِكُمْ وَإِيَّاكُمْ أَنِ اتَّقُوا اللَّهَ ۚ وَإِن تَكْفُرُوا فَإِنَّ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۚ وَكَانَ اللَّهُ غَنِيًّا حَمِيدًا Ma’nosi: Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Batahqiq, Biz sizdan oldin kitob berilganlarga ham, sizga ham: «Allohga taqvo qilinglar», deb tavsiya qildik. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh behojat va maqtalgan zotdir. [Niso surasi 131-oyat]

ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ

131. Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Batahqiq, Biz sizdan oldin kitob berilganlarga ham, sizga ham: «Allohga taqvo qilinglar», deb tavsiya qildik. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh behojat va maqtalgan zotdir.

وَلِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۚ وَكَفَىٰ بِاللَّهِ وَكِيلًا Ma’nosi: Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Vakil bo‘lishga Alloh kifoyadir. [Niso surasi 132-oyat]

ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ

132. Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Vakil bo‘lishga Alloh kifoyadir.

إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ أَيُّهَا النَّاسُ وَيَأْتِ بِآخَرِينَ ۚ وَكَانَ اللَّهُ عَلَىٰ ذَٰلِكَ قَدِيرًا Ma’nosi: Agar u zot xohlasa, ey odamlar, sizlarni ketkazib, boshqalarni keltirur. Va Alloh bunga qodir bo‘lgan zotdir. (Agar Alloh xohlasa, bir zumda hamma odamlarni bu dunyodan yo‘q qilib, ularning o‘rniga O‘ziga iymon keltiradigan, aytganidan chiqmay yuradigan, yangi boshqa bir odamlarni keltirib oladi. Alloh bu ishga va bundan ham kattalariga qodirdir.) [Niso surasi 133-oyat]

ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ

133. Agar u zot xohlasa, ey odamlar, sizlarni ketkazib, boshqalarni keltirur. Va Alloh bunga qodir bo‘lgan zotdir. (Agar Alloh xohlasa, bir zumda hamma odamlarni bu dunyodan yo‘q qilib, ularning o‘rniga O‘ziga iymon keltiradigan, aytganidan chiqmay yuradigan, yangi boshqa bir odamlarni keltirib oladi. Alloh bu ishga va bundan ham kattalariga qodirdir.)

مَّن كَانَ يُرِيدُ ثَوَابَ الدُّنْيَا فَعِندَ اللَّهِ ثَوَابُ الدُّنْيَا وَالْآخِرَةِ ۚ وَكَانَ اللَّهُ سَمِيعًا بَصِيرًا Ma’nosi: Kim bu dunyo savobini istasa, bilsinki, Allohning huzurida ham bu dunyoning, ham u dunyoning savobi bordir. Va Alloh eshituvchi va ko‘ruvchi zotdir. [Niso surasi 134-oyat]

ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆ

134. Kim bu dunyo savobini istasa, bilsinki, Allohning huzurida ham bu dunyoning, ham u dunyoning savobi bordir. Va Alloh eshituvchi va ko‘ruvchi zotdir.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُونُوا قَوَّامِينَ بِالْقِسْطِ شُهَدَاءَ لِلَّهِ وَلَوْ عَلَىٰ أَنفُسِكُمْ أَوِ الْوَالِدَيْنِ وَالْأَقْرَبِينَ ۚ إِن يَكُنْ غَنِيًّا أَوْ فَقِيرًا فَاللَّهُ أَوْلَىٰ بِهِمَا ۖ فَلَا تَتَّبِعُوا الْهَوَىٰ أَن تَعْدِلُوا ۚ وَإِن تَلْوُوا أَوْ تُعْرِضُوا فَإِنَّ اللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا Ma’nosi: Ey iymon keltirganlar! Adolat ila turing hamda agar o‘zingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bo‘lsa ham, Alloh uchun to‘g‘ri guvohlik beruvchi bo‘ling. Agar u boy bo‘lsa ham, kambag‘al bo‘lsa ham, Alloh unga yaqinroqdir. Havoi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o‘girib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. (Demak, guvohlik Alloh uchun bo‘lishi kerak. Boshqa narsa uchun emas. Biror shaxs uchun emas, qabila uchun emas, hizb yoki xalq uchun emas. Ana shundagina adolatli guvohlik bo‘ladi. Albatta, odamning o‘ziga qarshi guvohlik berishi, ota-onasi yoki qarindosh-urug‘iga qarshi guvohlik berishi oson emas. Bu ish gapirishga oson, xolos. Lekin ilohiy ta’limot shuni iroda qiladi. Ana shundagina haqiqiy adolat yuzaga chiqishi mumkin.) [Niso surasi 135-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ

135. Ey iymon keltirganlar! Adolat ila turing hamda agar o‘zingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bo‘lsa ham, Alloh uchun to‘g‘ri guvohlik beruvchi bo‘ling. Agar u boy bo‘lsa ham, kambag‘al bo‘lsa ham, Alloh unga yaqinroqdir. Havoi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o‘girib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. (Demak, guvohlik Alloh uchun bo‘lishi kerak. Boshqa narsa uchun emas. Biror shaxs uchun emas, qabila uchun emas, hizb yoki xalq uchun emas. Ana shundagina adolatli guvohlik bo‘ladi. Albatta, odamning o‘ziga qarshi guvohlik berishi, ota-onasi yoki qarindosh-urug‘iga qarshi guvohlik berishi oson emas. Bu ish gapirishga oson, xolos. Lekin ilohiy ta’limot shuni iroda qiladi. Ana shundagina haqiqiy adolat yuzaga chiqishi mumkin.)

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا آمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَالْكِتَابِ الَّذِي نَزَّلَ عَلَىٰ رَسُولِهِ وَالْكِتَابِ الَّذِي أَنزَلَ مِن قَبْلُ ۚ وَمَن يَكْفُرْ بِاللَّهِ وَمَلَائِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالًا بَعِيدًا Ma’nosi: Ey iymon keltirganlar! Allohga, Uning Rasuliga, U O‘z Rasuliga tushirgan kitobga va bundan oldin tushirgan kitobga iymon keltiring. Kim Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg‘ambarlariga va oxirat kuniga kufr keltirsa, batahqiq, qattiq adashgan bo‘ladir. [Niso surasi 136-oyat]

ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ

136. Ey iymon keltirganlar! Allohga, Uning Rasuliga, U O‘z Rasuliga tushirgan kitobga va bundan oldin tushirgan kitobga iymon keltiring. Kim Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg‘ambarlariga va oxirat kuniga kufr keltirsa, batahqiq, qattiq adashgan bo‘ladir.

إِنَّ الَّذِينَ آمَنُوا ثُمَّ كَفَرُوا ثُمَّ آمَنُوا ثُمَّ كَفَرُوا ثُمَّ ازْدَادُوا كُفْرًا لَّمْ يَكُنِ اللَّهُ لِيَغْفِرَ لَهُمْ وَلَا لِيَهْدِيَهُمْ سَبِيلًا Ma’nosi: Albatta, iymon keltirganlaridan keyin kufr keltirganlar, so‘ngra iymon keltirib yana kufrga ketgan va kufrida ziyoda bo‘lganlarni Alloh mag‘firat qilmas va to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etmas. (Iymon bilan kufr orasida borib-kelib, borib-kelib, oxiri kufrda ziyoda bo‘layotganlar–munofiqlardir. Agar inson kofir bo‘lib yurib keyin iymonga kelsa, uning iymoni kofirligini yuvib ketadi. Iymonga kelgandan keyingi davrdan boshlab hisob-kitobi boshlanadi.) [Niso surasi 137-oyat]

ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ

137. Albatta, iymon keltirganlaridan keyin kufr keltirganlar, so‘ngra iymon keltirib yana kufrga ketgan va kufrida ziyoda bo‘lganlarni Alloh mag‘firat qilmas va to‘g‘ri yo‘lga hidoyat etmas. (Iymon bilan kufr orasida borib-kelib, borib-kelib, oxiri kufrda ziyoda bo‘layotganlar–munofiqlardir. Agar inson kofir bo‘lib yurib keyin iymonga kelsa, uning iymoni kofirligini yuvib ketadi. Iymonga kelgandan keyingi davrdan boshlab hisob-kitobi boshlanadi.)

بَشِّرِ الْمُنَافِقِينَ بِأَنَّ لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا Ma’nosi: Munofiqlarga, albatta, ularga alamli azob bo‘lishining bashoratini ber. [Niso surasi 138-oyat]

138. Munofiqlarga, albatta, ularga alamli azob bo‘lishining bashoratini ber.

الَّذِينَ يَتَّخِذُونَ الْكَافِرِينَ أَوْلِيَاءَ مِن دُونِ الْمُؤْمِنِينَ ۚ أَيَبْتَغُونَ عِندَهُمُ الْعِزَّةَ فَإِنَّ الْعِزَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا Ma’nosi: Ular mo‘minlarni qo‘yib, kofirlrni do‘st tutadiganlardir. Ularning oldida izzat–kuch-qudrat izlaydilarmi? Albatta, izzat–kuch-qudratning barchasi Allohning huzuridadir. [Niso surasi 139-oyat]

ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ

139. Ular mo‘minlarni qo‘yib, kofirlrni do‘st tutadiganlardir. Ularning oldida izzat–kuch-qudrat izlaydilarmi? Albatta, izzat–kuch-qudratning barchasi Allohning huzuridadir.

وَقَدْ نَزَّلَ عَلَيْكُمْ فِي الْكِتَابِ أَنْ إِذَا سَمِعْتُمْ آيَاتِ اللَّهِ يُكْفَرُ بِهَا وَيُسْتَهْزَأُ بِهَا فَلَا تَقْعُدُوا مَعَهُمْ حَتَّىٰ يَخُوضُوا فِي حَدِيثٍ غَيْرِهِ ۚ إِنَّكُمْ إِذًا مِّثْلُهُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ جَامِعُ الْمُنَافِقِينَ وَالْكَافِرِينَ فِي جَهَنَّمَ جَمِيعًا Ma’nosi: Batahqiq, sizlarga kitobda: «Allohning oyatlariga kufr keltirilgan va ularni istehzo qilingan chog‘da, boshqa gapga o‘tmagunlaricha ular bilan o‘tirmanglar», deb tushirdi. Agar o‘tirsangiz, siz ham ularga o‘xshashsiz. Albatta, Alloh munofiq va kofirlarning barchasini jahannamda jamlovchidir. (Alloh taolo kitobda, ya’ni, Qur’oni Karimda mo‘minlarga Allohning oyatlari haqida kufr va istehzo gaplar bo‘layotgan majlisda o‘tirmaslikka amr qilgan edi. Bu amr Makkai Mukarramada nozil bo‘lgan al-An’om surasida kelgan. Chunki mo‘min kishining bu kabi majlislarda jim o‘tirishi munofiqlikning boshlanishidir. Xar bir mo‘min Alloh, Islom, Payg‘ambar (s. a. v.) va Qur’on kabi mo‘’tabar tushunchalar haqida yomon, axloqsiz gap-so‘zlarni eshitgan chog‘ida qarshi chiqmoqqa, hattoki to‘g‘rilamoqqa burchlidir. Kimki bunday hollarda jim o‘tirsa, munofiqlik yo‘liga qadam qo‘ygan bo‘ladi.) [Niso surasi 140-oyat]

ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻﯼ ﯽ ﯾ ﯿﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆ ﰇ ﰈ ﰉ

140. Batahqiq, sizlarga kitobda: «Allohning oyatlariga kufr keltirilgan va ularni istehzo qilingan chog‘da, boshqa gapga o‘tmagunlaricha ular bilan o‘tirmanglar», deb tushirdi. Agar o‘tirsangiz, siz ham ularga o‘xshashsiz. Albatta, Alloh munofiq va kofirlarning barchasini jahannamda jamlovchidir. (Alloh taolo kitobda, ya’ni, Qur’oni Karimda mo‘minlarga Allohning oyatlari haqida kufr va istehzo gaplar bo‘layotgan majlisda o‘tirmaslikka amr qilgan edi. Bu amr Makkai Mukarramada nozil bo‘lgan al-An’om surasida kelgan. Chunki mo‘min kishining bu kabi majlislarda jim o‘tirishi munofiqlikning boshlanishidir. Xar bir mo‘min Alloh, Islom, Payg‘ambar (s. a. v.) va Qur’on kabi mo‘’tabar tushunchalar haqida yomon, axloqsiz gap-so‘zlarni eshitgan chog‘ida qarshi chiqmoqqa, hattoki to‘g‘rilamoqqa burchlidir. Kimki bunday hollarda jim o‘tirsa, munofiqlik yo‘liga qadam qo‘ygan bo‘ladi.)

الَّذِينَ يَتَرَبَّصُونَ بِكُمْ فَإِن كَانَ لَكُمْ فَتْحٌ مِّنَ اللَّهِ قَالُوا أَلَمْ نَكُن مَّعَكُمْ وَإِن كَانَ لِلْكَافِرِينَ نَصِيبٌ قَالُوا أَلَمْ نَسْتَحْوِذْ عَلَيْكُمْ وَنَمْنَعْكُم مِّنَ الْمُؤْمِنِينَ ۚ فَاللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ وَلَن يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا Ma’nosi: Ular sizlarni kuzatib turarlar. Sizlarga Alloh tomonidan fath bo‘lsa: «Sizlar bilan birga emasmidik?!» derlar. Agar kofirlarga nasiba bo‘lsa: «Sizlarga ustun kelib, mo‘minlardan himoya qilmadikmi?» derlar. Alloh qiyomat kuni ular orasida hukm qilur. Alloh hargiz kofirlarga mo‘minlar ustidan yo‘l bermas. (Munofiq har doim munofiqligini qiladi. Iymon masalasidaki ikkiyoqlamalik qilgandan keyin, boshqa masalalarda bundan battar bo‘ladi. Ular doimo iymon va kufr, mo‘minlar va kofirlar orasida tarozining pallasi qayoqqa og‘ishini kuzatib turadilar.) [Niso surasi 141-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ

141. Ular sizlarni kuzatib turarlar. Sizlarga Alloh tomonidan fath bo‘lsa: «Sizlar bilan birga emasmidik?!» derlar. Agar kofirlarga nasiba bo‘lsa: «Sizlarga ustun kelib, mo‘minlardan himoya qilmadikmi?» derlar. Alloh qiyomat kuni ular orasida hukm qilur. Alloh hargiz kofirlarga mo‘minlar ustidan yo‘l bermas. (Munofiq har doim munofiqligini qiladi. Iymon masalasidaki ikkiyoqlamalik qilgandan keyin, boshqa masalalarda bundan battar bo‘ladi. Ular doimo iymon va kufr, mo‘minlar va kofirlar orasida tarozining pallasi qayoqqa og‘ishini kuzatib turadilar.)

إِنَّ الْمُنَافِقِينَ يُخَادِعُونَ اللَّهَ وَهُوَ خَادِعُهُمْ وَإِذَا قَامُوا إِلَى الصَّلَاةِ قَامُوا كُسَالَىٰ يُرَاءُونَ النَّاسَ وَلَا يَذْكُرُونَ اللَّهَ إِلَّا قَلِيلًا Ma’nosi: Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘larlar. Holbuki, Alloh ularni «aldovchi»dir. Agar namozga tursalar, dangasalik bilan, xo‘jako‘rsinga turarlar va Allohni kamdan kam zikr qilarlar. [Niso surasi 142-oyat]

ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ

142. Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘larlar. Holbuki, Alloh ularni «aldovchi»dir. Agar namozga tursalar, dangasalik bilan, xo‘jako‘rsinga turarlar va Allohni kamdan kam zikr qilarlar.

مُّذَبْذَبِينَ بَيْنَ ذَٰلِكَ لَا إِلَىٰ هَٰؤُلَاءِ وَلَا إِلَىٰ هَٰؤُلَاءِ ۚ وَمَن يُضْلِلِ اللَّهُ فَلَن تَجِدَ لَهُ سَبِيلًا Ma’nosi: Ular orada sarsondirlar. Na anavilarga qo‘shila olarlar va na manavilarga qo‘shila olarlar. Alloh kimni yo‘ldan adashtirsa, hargiz unga yo‘l topa olmassan. [Niso surasi 143-oyat]

ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ

143. Ular orada sarsondirlar. Na anavilarga qo‘shila olarlar va na manavilarga qo‘shila olarlar. Alloh kimni yo‘ldan adashtirsa, hargiz unga yo‘l topa olmassan.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا الْكَافِرِينَ أَوْلِيَاءَ مِن دُونِ الْمُؤْمِنِينَ ۚ أَتُرِيدُونَ أَن تَجْعَلُوا لِلَّهِ عَلَيْكُمْ سُلْطَانًا مُّبِينًا Ma’nosi: Ey iymon keltirganlar! Mo‘minlarni qo‘yib, kofirlarni do‘st tutmang. Allohning huzurida o‘z ziddingizga ochiq hujjat qilishni xohlaysizmi?! (Mo‘minni qo‘yib, kofirni do‘st tutish ham bir navi hujjatdirki, oxiratda bu hujjat ularning zararlariga ishlaydi va Alloh ularni shu hujjat asosida azoblaydi.) [Niso surasi 144-oyat]

ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ

144. Ey iymon keltirganlar! Mo‘minlarni qo‘yib, kofirlarni do‘st tutmang. Allohning huzurida o‘z ziddingizga ochiq hujjat qilishni xohlaysizmi?! (Mo‘minni qo‘yib, kofirni do‘st tutish ham bir navi hujjatdirki, oxiratda bu hujjat ularning zararlariga ishlaydi va Alloh ularni shu hujjat asosida azoblaydi.)

إِنَّ الْمُنَافِقِينَ فِي الدَّرْكِ الْأَسْفَلِ مِنَ النَّارِ وَلَن تَجِدَ لَهُمْ نَصِيرًا Ma’nosi: Albatta, munofiqlar do‘zaxning eng ostki qavatidadirlar va hargiz ularga bir yordamchini topa olmassan. (Islom dini uchun munofiqlar kofirlardan ham zararli va xavflidirlar. Shuning uchun oxiratda ham ular kofirlardan-da ko‘ra qattiqroq azobga duchor bo‘ladilar. Do‘zaxning eng qa’riga–eng ostki qavatiga tashlanadilar. Bu joyni oyatda «ad-Darkul asfali» deyilgan.) [Niso surasi 145-oyat]

ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ

145. Albatta, munofiqlar do‘zaxning eng ostki qavatidadirlar va hargiz ularga bir yordamchini topa olmassan. (Islom dini uchun munofiqlar kofirlardan ham zararli va xavflidirlar. Shuning uchun oxiratda ham ular kofirlardan-da ko‘ra qattiqroq azobga duchor bo‘ladilar. Do‘zaxning eng qa’riga–eng ostki qavatiga tashlanadilar. Bu joyni oyatda «ad-Darkul asfali» deyilgan.)

إِلَّا الَّذِينَ تَابُوا وَأَصْلَحُوا وَاعْتَصَمُوا بِاللَّهِ وَأَخْلَصُوا دِينَهُمْ لِلَّهِ فَأُولَٰئِكَ مَعَ الْمُؤْمِنِينَ ۖ وَسَوْفَ يُؤْتِ اللَّهُ الْمُؤْمِنِينَ أَجْرًا عَظِيمًا Ma’nosi: Magar tavba qilib, solih amallar qilgan, Allohni mahkam ushlagan va Alloh uchun dinga ixlos qo‘yganlar–ana o‘shalar mo‘minlar ila birgadirlar. Alloh, albatta, mo‘minlarga ulug‘ ajr berur. [Niso surasi 146-oyat]

ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ

146. Magar tavba qilib, solih amallar qilgan, Allohni mahkam ushlagan va Alloh uchun dinga ixlos qo‘yganlar–ana o‘shalar mo‘minlar ila birgadirlar. Alloh, albatta, mo‘minlarga ulug‘ ajr berur.

مَّا يَفْعَلُ اللَّهُ بِعَذَابِكُمْ إِن شَكَرْتُمْ وَآمَنتُمْ ۚ وَكَانَ اللَّهُ شَاكِرًا عَلِيمًا Ma’nosi: Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizni azoblab nima qiladi? Alloh shukr qiluvchi va biluvchi zotdir. (Alloh taolo noshukr va kofir bandalarni nima uchun azoblaydi? Ularni azoblashdan bir foyda topadimi? Yoki ularni azoblashdan lazzat oladimi? Albatta, Alloh noshukr va iymonsizlarni azoblashdan hech foyda topmaydi va ularni azoblashdan lazzat ham olmaydi. Bu azobning asosiy sababi bandaning shukr qilmagani va iymon keltirmaganidir. Noshukr va iymonsiz bu dunyoda azoblansa, qilgan xatosi evaziga, to‘g‘ri yo‘lga qaytsin, deb qilinadi. Uni oxiratda azoblash esa, noshukrligi va kofirligining jazosidir. Aslida,»Alloh shukr qiluvchi va biluvchi zotdir». Ya’ni, shukr qilgan bandalaridan rozi bo‘ladi va ularga ulug‘ ajrlarni beradi.) [Niso surasi 147-oyat]

ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ

147. Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizni azoblab nima qiladi? Alloh shukr qiluvchi va biluvchi zotdir. (Alloh taolo noshukr va kofir bandalarni nima uchun azoblaydi? Ularni azoblashdan bir foyda topadimi? Yoki ularni azoblashdan lazzat oladimi? Albatta, Alloh noshukr va iymonsizlarni azoblashdan hech foyda topmaydi va ularni azoblashdan lazzat ham olmaydi. Bu azobning asosiy sababi bandaning shukr qilmagani va iymon keltirmaganidir. Noshukr va iymonsiz bu dunyoda azoblansa, qilgan xatosi evaziga, to‘g‘ri yo‘lga qaytsin, deb qilinadi. Uni oxiratda azoblash esa, noshukrligi va kofirligining jazosidir. Aslida,»Alloh shukr qiluvchi va biluvchi zotdir». Ya’ni, shukr qilgan bandalaridan rozi bo‘ladi va ularga ulug‘ ajrlarni beradi.)

لَّا يُحِبُّ اللَّهُ الْجَهْرَ بِالسُّوءِ مِنَ الْقَوْلِ إِلَّا مَن ظُلِمَ ۚ وَكَانَ اللَّهُ سَمِيعًا عَلِيمًا Ma’nosi: Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush ko‘rmaydi. Magar mazlumdan bo‘lsa, mayli. Alloh eshituvchi va biluvchi zotdir. (Qalbida taqvosi, vijdonida hassoslik bo‘lmagan odam har qanday yomon so‘zni osongina oshkora qiladi, atrofga yoyadi. Yomon gapni oshkor qilish ikki odamning bir-birini so‘kishidan, yomonlashidan va g‘iybat-bo‘hton qilishidan boshlanadi. So‘ngra asta-sekin kattalashib, jamiyatni halokat jari yoqasiga olib keladi. Shuning uchun ham Islom jamiyatida yomon so‘zni oshkor qilish qat’iyan taqiqlanadi. Faqat bir toifaga–mazlumga ruxsat. Shunda ham, mazlum inson o‘z ustidagi zulmni ko‘tarishi uchungina izn beriladi. Jumladan, zolimning zulmidan jamiyatni xabardor etish uchun mazlumgina yomon gapni oshkor qilishi mumkin.) [Niso surasi 148-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ

148. Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush ko‘rmaydi. Magar mazlumdan bo‘lsa, mayli. Alloh eshituvchi va biluvchi zotdir. (Qalbida taqvosi, vijdonida hassoslik bo‘lmagan odam har qanday yomon so‘zni osongina oshkora qiladi, atrofga yoyadi. Yomon gapni oshkor qilish ikki odamning bir-birini so‘kishidan, yomonlashidan va g‘iybat-bo‘hton qilishidan boshlanadi. So‘ngra asta-sekin kattalashib, jamiyatni halokat jari yoqasiga olib keladi. Shuning uchun ham Islom jamiyatida yomon so‘zni oshkor qilish qat’iyan taqiqlanadi. Faqat bir toifaga–mazlumga ruxsat. Shunda ham, mazlum inson o‘z ustidagi zulmni ko‘tarishi uchungina izn beriladi. Jumladan, zolimning zulmidan jamiyatni xabardor etish uchun mazlumgina yomon gapni oshkor qilishi mumkin.)

إِن تُبْدُوا خَيْرًا أَوْ تُخْفُوهُ أَوْ تَعْفُوا عَن سُوءٍ فَإِنَّ اللَّهَ كَانَ عَفُوًّا قَدِيرًا Ma’nosi: Agar yaxshilikni oshkora yoki maxfiy qilsangiz yoki yomonlikni afv etsangiz, albatta, Alloh afvli va qodir zotdir. [Niso surasi 149-oyat]

ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ

149. Agar yaxshilikni oshkora yoki maxfiy qilsangiz yoki yomonlikni afv etsangiz, albatta, Alloh afvli va qodir zotdir.

إِنَّ الَّذِينَ يَكْفُرُونَ بِاللَّهِ وَرُسُلِهِ وَيُرِيدُونَ أَن يُفَرِّقُوا بَيْنَ اللَّهِ وَرُسُلِهِ وَيَقُولُونَ نُؤْمِنُ بِبَعْضٍ وَنَكْفُرُ بِبَعْضٍ وَيُرِيدُونَ أَن يَتَّخِذُوا بَيْنَ ذَٰلِكَ سَبِيلًا Ma’nosi: Albatta, Allohga va Uning Payg‘ambarlariga kufr keltiradiganlar va Alloh ila Payg‘ambarlari orasida ayrimchilikni iroda qiladiganlar hamda ba’zilariga iymon va ba’zilariga kufr keltiramiz, deb ana o‘shanday ora yo‘lni tutishni xohlaydiganlar. [Niso surasi 150-oyat]

ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ

150. Albatta, Allohga va Uning Payg‘ambarlariga kufr keltiradiganlar va Alloh ila Payg‘ambarlari orasida ayrimchilikni iroda qiladiganlar hamda ba’zilariga iymon va ba’zilariga kufr keltiramiz, deb ana o‘shanday ora yo‘lni tutishni xohlaydiganlar.

أُولَٰئِكَ هُمُ الْكَافِرُونَ حَقًّا ۚ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَافِرِينَ عَذَابًا مُّهِينًا Ma’nosi: Ana o‘shalar haqiqiy kofirlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlab qo‘yganmiz. [Niso surasi 151-oyat]

ﮈ ﮉ ﮊ ﮋﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ

151. Ana o‘shalar haqiqiy kofirlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlab qo‘yganmiz.

وَالَّذِينَ آمَنُوا بِاللَّهِ وَرُسُلِهِ وَلَمْ يُفَرِّقُوا بَيْنَ أَحَدٍ مِّنْهُمْ أُولَٰئِكَ سَوْفَ يُؤْتِيهِمْ أُجُورَهُمْ ۗ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا Ma’nosi: Allohga va Uning Payg‘ambarlariga iymon keltirganlarga va ularning birortasini ham ayirmaganlarga–ana o‘shalarga ajrlarini albatta berurmiz. Va Alloh mag‘firatli va rahmli zotdir. [Niso surasi 152-oyat]

ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ

152. Allohga va Uning Payg‘ambarlariga iymon keltirganlarga va ularning birortasini ham ayirmaganlarga–ana o‘shalarga ajrlarini albatta berurmiz. Va Alloh mag‘firatli va rahmli zotdir.

يَسْأَلُكَ أَهْلُ الْكِتَابِ أَن تُنَزِّلَ عَلَيْهِمْ كِتَابًا مِّنَ السَّمَاءِ ۚ فَقَدْ سَأَلُوا مُوسَىٰ أَكْبَرَ مِن ذَٰلِكَ فَقَالُوا أَرِنَا اللَّهَ جَهْرَةً فَأَخَذَتْهُمُ الصَّاعِقَةُ بِظُلْمِهِمْ ۚ ثُمَّ اتَّخَذُوا الْعِجْلَ مِن بَعْدِ مَا جَاءَتْهُمُ الْبَيِّنَاتُ فَعَفَوْنَا عَن ذَٰلِكَ ۚ وَآتَيْنَا مُوسَىٰ سُلْطَانًا مُّبِينًا Ma’nosi: Ahli kitoblar sendan ularga osmondan kitob tushirib berishingni so‘rarlar. Musodan bundan ham katta narsani so‘raganlar–«Bizga Allohni oshkora ko‘rsat», deganlar. Bas, zulmlari tufayli ularni chaqmoq urdi. So‘ngra, ularga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan keyin buzoqni xudo qilib oldilar. Bas, biz buni ham afv qildik va Musoga ochiq-oydin sulton berdik. [Niso surasi 153-oyat]

ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ

153. Ahli kitoblar sendan ularga osmondan kitob tushirib berishingni so‘rarlar. Musodan bundan ham katta narsani so‘raganlar–«Bizga Allohni oshkora ko‘rsat», deganlar. Bas, zulmlari tufayli ularni chaqmoq urdi. So‘ngra, ularga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan keyin buzoqni xudo qilib oldilar. Bas, biz buni ham afv qildik va Musoga ochiq-oydin sulton berdik.

وَرَفَعْنَا فَوْقَهُمُ الطُّورَ بِمِيثَاقِهِمْ وَقُلْنَا لَهُمُ ادْخُلُوا الْبَابَ سُجَّدًا وَقُلْنَا لَهُمْ لَا تَعْدُوا فِي السَّبْتِ وَأَخَذْنَا مِنْهُم مِّيثَاقًا غَلِيظًا Ma’nosi: Va ahdnomalarigauvofiq ustilariga Turni ko‘tardik va ularga: «Eshikdan egilib kiringlaranba ni haddingizdan oshmang», dedik. Va ulardan mustahkam ahdnoma oldik. (Ya’ni, yahudiylar shariatga yurmaganlari holda, nima qilsang rozimiz, deb ahd bergan edilar. Xuddi o‘sha ahdnomalariga muvofiq Alloh taolo ularni qo‘rqitish uchun tepalariga Tur tog‘ini olib kelib qo‘ydi. Yahudiylar nochor holda qoldilar. Agar tavba qilmasalar, Allohning aytganiga kirmasalar, ustilaridagi tog‘ ularni bosib tushishi aniq edi. Ammo yahudiylar yana yahudiyliklarini qildilar. O‘zlarini xavfdan holi sezishlari bilan darhol ahdnomani buzdilar. Baytul Maqdisga tavozu’ bilan egilib emas, ketlari bilan surilib kirdilar va shanba kuni baliq ovlashga hiyla o‘ylab chiqardilar. Bas, ushbu qilgan gunohlari va boshqa (kelasi oyatlarda zikr qilinadigan) ayblari uchun Alloh taolo ularni la’natladi.) [Niso surasi 154-oyat]

ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ

154. Va ahdnomalarigauvofiq ustilariga Turni ko‘tardik va ularga: «Eshikdan egilib kiringlaranba ni haddingizdan oshmang», dedik. Va ulardan mustahkam ahdnoma oldik. (Ya’ni, yahudiylar shariatga yurmaganlari holda, nima qilsang rozimiz, deb ahd bergan edilar. Xuddi o‘sha ahdnomalariga muvofiq Alloh taolo ularni qo‘rqitish uchun tepalariga Tur tog‘ini olib kelib qo‘ydi. Yahudiylar nochor holda qoldilar. Agar tavba qilmasalar, Allohning aytganiga kirmasalar, ustilaridagi tog‘ ularni bosib tushishi aniq edi. Ammo yahudiylar yana yahudiyliklarini qildilar. O‘zlarini xavfdan holi sezishlari bilan darhol ahdnomani buzdilar. Baytul Maqdisga tavozu’ bilan egilib emas, ketlari bilan surilib kirdilar va shanba kuni baliq ovlashga hiyla o‘ylab chiqardilar. Bas, ushbu qilgan gunohlari va boshqa (kelasi oyatlarda zikr qilinadigan) ayblari uchun Alloh taolo ularni la’natladi.)

فَبِمَا نَقْضِهِم مِّيثَاقَهُمْ وَكُفْرِهِم بِآيَاتِ اللَّهِ وَقَتْلِهِمُ الْأَنبِيَاءَ بِغَيْرِ حَقٍّ وَقَوْلِهِمْ قُلُوبُنَا غُلْفٌ ۚ بَلْ طَبَعَ اللَّهُ عَلَيْهَا بِكُفْرِهِمْ فَلَا يُؤْمِنُونَ إِلَّا قَلِيلًا Ma’nosi: Ahdnomalarini buzganlari, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Payg‘ambarlarni nohaqdan o‘ldirganlari, «qalblarimiz berk» deganlari uchun. Yo‘q! Balki kufrlari sababli Alloh qalblariga muhr bosgan, ozginalaridan boshqasi iymon keltirmaslar. [Niso surasi 155-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ

155. Ahdnomalarini buzganlari, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Payg‘ambarlarni nohaqdan o‘ldirganlari, «qalblarimiz berk» deganlari uchun. Yo‘q! Balki kufrlari sababli Alloh qalblariga muhr bosgan, ozginalaridan boshqasi iymon keltirmaslar.

وَبِكُفْرِهِمْ وَقَوْلِهِمْ عَلَىٰ مَرْيَمَ بُهْتَانًا عَظِيمًا Ma’nosi: Va kufrlari, Maryamga qarshi ulkan bo‘hton aytganlari uchun [Niso surasi 156-oyat]

156. Va kufrlari, Maryamga qarshi ulkan bo‘hton aytganlari uchun

وَقَوْلِهِمْ إِنَّا قَتَلْنَا الْمَسِيحَ عِيسَى ابْنَ مَرْيَمَ رَسُولَ اللَّهِ وَمَا قَتَلُوهُ وَمَا صَلَبُوهُ وَلَٰكِن شُبِّهَ لَهُمْ ۚ وَإِنَّ الَّذِينَ اخْتَلَفُوا فِيهِ لَفِي شَكٍّ مِّنْهُ ۚ مَا لَهُم بِهِ مِنْ عِلْمٍ إِلَّا اتِّبَاعَ الظَّنِّ ۚ وَمَا قَتَلُوهُ يَقِينًا Ma’nosi: «Biz Allohning Rasuli Masih Iyso ibn Maryamni o‘ldirdik», deganlari uchun (ularni la’natladik). Holbuki uni o‘ldirmadilar ham, osmadilar ham, lekin ularga shunday tuyuldi. U haqida ixtilofga tushganlar uning o‘limidan shak-shubhadadirlar. U to‘g‘risida ularning bilimlari yo‘q, magar gumonga ergasharlar. Uni o‘ldirmaganlari aniqdir. («Alloh taolo Iyso ibn Maryamni ochiq-oydin alomatlar va hidoyat ila Payg‘ambar qilib yuborganida yahudiylar u zotga berilgan Payg‘ambarlik va mo‘’jizalarga hasad qildilar. Yahudiylar esa, u kishini yolg‘onchiga chiqardilar, xilof qildilar va imkoni boricha u zotga ozor berishga o‘tdilar.) [Niso surasi 157-oyat]

ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ

157. «Biz Allohning Rasuli Masih Iyso ibn Maryamni o‘ldirdik», deganlari uchun (ularni la’natladik). Holbuki uni o‘ldirmadilar ham, osmadilar ham, lekin ularga shunday tuyuldi. U haqida ixtilofga tushganlar uning o‘limidan shak-shubhadadirlar. U to‘g‘risida ularning bilimlari yo‘q, magar gumonga ergasharlar. Uni o‘ldirmaganlari aniqdir. («Alloh taolo Iyso ibn Maryamni ochiq-oydin alomatlar va hidoyat ila Payg‘ambar qilib yuborganida yahudiylar u zotga berilgan Payg‘ambarlik va mo‘’jizalarga hasad qildilar. Yahudiylar esa, u kishini yolg‘onchiga chiqardilar, xilof qildilar va imkoni boricha u zotga ozor berishga o‘tdilar.)

بَل رَّفَعَهُ اللَّهُ إِلَيْهِ ۚ وَكَانَ اللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا Ma’nosi: Balki uni Alloh O‘ziga ko‘tardi. Alloh aziz va hakim bo‘lgan zotdir. [Niso surasi 158-oyat]

ﮖ ﮗ ﮘ ﮙﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ

158. Balki uni Alloh O‘ziga ko‘tardi. Alloh aziz va hakim bo‘lgan zotdir.

وَإِن مِّنْ أَهْلِ الْكِتَابِ إِلَّا لَيُؤْمِنَنَّ بِهِ قَبْلَ مَوْتِهِ ۖ وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ يَكُونُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا Ma’nosi: Xech bir ahli kitob yo‘qki, unga o‘limidan oldin iymon keltirmasa. Qiyomat kuni esa u ularning ziddiga guvoh bo‘lur. (Ulamolarimiz bu oyati karimaning ma’nosida ikki xil fikr aytganlar. Bunga oyatdagi «o‘limidan oldin» iborasi sabab bo‘lgan. Ba’zilari, bu yerda Iysoning o‘limi nazarda tutilgan, desalar, ba’zilari, ahli kitobning o‘limi nazarda tutilgan deydilar. Birinchi toifaning gapiga binoan oyatning ma’nosi bunday: Iyso alayhissalom qiyomat yaqinlashganda tushganlarida ahli kitoblardan hech kim qolmay, u kishi o‘lishlaridan oldin u zotga iymon keltiradi. Ikkinchi toifa olimlarning tafsirlariga ko‘ra esa, har bir ahli kitob o‘z o‘limidan oldin, albatta, Iyso alayhissalomga iymon keltiradi. Ya’ni, har bir yahudiy ham o‘z o‘limidan oldin, albatta, Iyso alayhissalomga iymon keltiradi. Ammo bu foyda bermaydigan iymon bo‘ladi. Shuning uchun ham Iyso alayhissalom «Qiyomat kuni. ular (ning) ziddiga guvoh bo‘lur».) [Niso surasi 159-oyat]

ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮﮯ

159. Xech bir ahli kitob yo‘qki, unga o‘limidan oldin iymon keltirmasa. Qiyomat kuni esa u ularning ziddiga guvoh bo‘lur. (Ulamolarimiz bu oyati karimaning ma’nosida ikki xil fikr aytganlar. Bunga oyatdagi «o‘limidan oldin» iborasi sabab bo‘lgan. Ba’zilari, bu yerda Iysoning o‘limi nazarda tutilgan, desalar, ba’zilari, ahli kitobning o‘limi nazarda tutilgan deydilar. Birinchi toifaning gapiga binoan oyatning ma’nosi bunday: Iyso alayhissalom qiyomat yaqinlashganda tushganlarida ahli kitoblardan hech kim qolmay, u kishi o‘lishlaridan oldin u zotga iymon keltiradi. Ikkinchi toifa olimlarning tafsirlariga ko‘ra esa, har bir ahli kitob o‘z o‘limidan oldin, albatta, Iyso alayhissalomga iymon keltiradi. Ya’ni, har bir yahudiy ham o‘z o‘limidan oldin, albatta, Iyso alayhissalomga iymon keltiradi. Ammo bu foyda bermaydigan iymon bo‘ladi. Shuning uchun ham Iyso alayhissalom «Qiyomat kuni. ular (ning) ziddiga guvoh bo‘lur».)

فَبِظُلْمٍ مِّنَ الَّذِينَ هَادُوا حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ طَيِّبَاتٍ أُحِلَّتْ لَهُمْ وَبِصَدِّهِمْ عَن سَبِيلِ اللَّهِ كَثِيرًا Ma’nosi: Yahudiy bo‘lganlarga ularning zulmi, Allohning yo‘lidan ko‘p to‘sganlari uchun o‘zlariga halol qilingan narsani harom qildik. [Niso surasi 160-oyat]

ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ

160. Yahudiy bo‘lganlarga ularning zulmi, Allohning yo‘lidan ko‘p to‘sganlari uchun o‘zlariga halol qilingan narsani harom qildik.

وَأَخْذِهِمُ الرِّبَا وَقَدْ نُهُوا عَنْهُ وَأَكْلِهِمْ أَمْوَالَ النَّاسِ بِالْبَاطِلِ ۚ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَافِرِينَ مِنْهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا Ma’nosi: Va qaytarilgan bo‘lsalar ham, ribo olganliklari va odamlarning mollarini botil yo‘l bilan yeganlari uchun. Va ularning kofirlari uchun alamli azobni tayorlab qo‘ydik. [Niso surasi 161-oyat]

ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ

161. Va qaytarilgan bo‘lsalar ham, ribo olganliklari va odamlarning mollarini botil yo‘l bilan yeganlari uchun. Va ularning kofirlari uchun alamli azobni tayorlab qo‘ydik.

لَّٰكِنِ الرَّاسِخُونَ فِي الْعِلْمِ مِنْهُمْ وَالْمُؤْمِنُونَ يُؤْمِنُونَ بِمَا أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ ۚ وَالْمُقِيمِينَ الصَّلَاةَ ۚ وَالْمُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَالْمُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ أُولَٰئِكَ سَنُؤْتِيهِمْ أَجْرًا عَظِيمًا Ma’nosi: Lekin ulardan ilmda mustahkam bo‘lganlari va mo‘minlari senga nozil bo‘lgan narsaga va sendan oldin nozil bo‘lgan narsaga iymon keltirarlar. Xususan, namozni qoim qiluvchilar, zakot beruvchilar, Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar ham. Ana o‘shalarga, albatta, ulug‘ ajr beramiz. [Niso surasi 162-oyat]

ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽﯾ ﯿ ﰀﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆ ﰇ ﰈ ﰉ ﰊ ﰋ ﰌ

162. Lekin ulardan ilmda mustahkam bo‘lganlari va mo‘minlari senga nozil bo‘lgan narsaga va sendan oldin nozil bo‘lgan narsaga iymon keltirarlar. Xususan, namozni qoim qiluvchilar, zakot beruvchilar, Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar ham. Ana o‘shalarga, albatta, ulug‘ ajr beramiz.

إِنَّا أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ كَمَا أَوْحَيْنَا إِلَىٰ نُوحٍ وَالنَّبِيِّينَ مِن بَعْدِهِ ۚ وَأَوْحَيْنَا إِلَىٰ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ وَالْأَسْبَاطِ وَعِيسَىٰ وَأَيُّوبَ وَيُونُسَ وَهَارُونَ وَسُلَيْمَانَ ۚ وَآتَيْنَا دَاوُودَ زَبُورًا Ma’nosi: Biz senga xuddi Nuh va undan keyingi Nabiylarga vahiy yuborganimizdek vahiy yubordik. Biz Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonlarga vahiy yubordik. Dovudga esa Zaburni berdik. (Demak, hamma Payg‘ambarlarga vahiy yuborayotgan, ularni bandalar ichidan tanlab olayotgan zot bitta. Mazkur Payg‘ambarlarga vahiy yuborgan o‘sha zot Muhammad alayhissalomga ham vahiy yuborgan. Mazkur kishilarni Payg‘ambar qilib tanlab olgan o‘sha zot Muhammad alayhissalomni Payg‘ambar qilib tanlab olgandir. Dovud alayhissalomga Zaburni bergan bo‘lsa, Muhammad alayhissalomga Qur’onni bergandir.) [Niso surasi 163-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ

163. Biz senga xuddi Nuh va undan keyingi Nabiylarga vahiy yuborganimizdek vahiy yubordik. Biz Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonlarga vahiy yubordik. Dovudga esa Zaburni berdik. (Demak, hamma Payg‘ambarlarga vahiy yuborayotgan, ularni bandalar ichidan tanlab olayotgan zot bitta. Mazkur Payg‘ambarlarga vahiy yuborgan o‘sha zot Muhammad alayhissalomga ham vahiy yuborgan. Mazkur kishilarni Payg‘ambar qilib tanlab olgan o‘sha zot Muhammad alayhissalomni Payg‘ambar qilib tanlab olgandir. Dovud alayhissalomga Zaburni bergan bo‘lsa, Muhammad alayhissalomga Qur’onni bergandir.)

وَرُسُلًا قَدْ قَصَصْنَاهُمْ عَلَيْكَ مِن قَبْلُ وَرُسُلًا لَّمْ نَقْصُصْهُمْ عَلَيْكَ ۚ وَكَلَّمَ اللَّهُ مُوسَىٰ تَكْلِيمًا Ma’nosi: Va Biz senga bundan oldin qissalarini aytib bergan va qissalarini aytib bermagan Payg‘ambarlarni yubordik. Va Alloh Muso ila o‘ziga xos gaplashdi. (Qur’oni Karimda nomlari zikr qilingan Payg‘ambarlar quyidagilar: Odam, Idris, Nuh, Xud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Yusuf, Ayyub, Shuayb, Muso, g‘orun, Yunus, Dovud, Sulaymon, Ilyos, al-Yasa’, Zakariyo, Yah’yo, Zul-Kifl, Iyso va Muhmammad alayhissalomlardir. Qur’oni Karimda nomlari zikr qilinmagan Payg‘ambarlar haqidagi eng ishonchli ma’lumot Ibn Murdavayhi Abu Zarr al-G‘iforiydan (r. a.) qilgan rivoyatda kelgan, u kishi aytadilarki: «Ey Allohning Rasuli, Payg‘ambarlar qancha?» deb so‘radim. U zot (s. a. v.): «Bir yuz yigirma to‘rt mingta», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, ulardan qanchasi Rasullar?» dedim. U zot: «Uch yuz o‘n uchtasi, ko‘pchilik» dedilar.) [Niso surasi 164-oyat]

ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ

164. Va Biz senga bundan oldin qissalarini aytib bergan va qissalarini aytib bermagan Payg‘ambarlarni yubordik. Va Alloh Muso ila o‘ziga xos gaplashdi. (Qur’oni Karimda nomlari zikr qilingan Payg‘ambarlar quyidagilar: Odam, Idris, Nuh, Xud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Yusuf, Ayyub, Shuayb, Muso, g‘orun, Yunus, Dovud, Sulaymon, Ilyos, al-Yasa’, Zakariyo, Yah’yo, Zul-Kifl, Iyso va Muhmammad alayhissalomlardir. Qur’oni Karimda nomlari zikr qilinmagan Payg‘ambarlar haqidagi eng ishonchli ma’lumot Ibn Murdavayhi Abu Zarr al-G‘iforiydan (r. a.) qilgan rivoyatda kelgan, u kishi aytadilarki: «Ey Allohning Rasuli, Payg‘ambarlar qancha?» deb so‘radim. U zot (s. a. v.): «Bir yuz yigirma to‘rt mingta», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, ulardan qanchasi Rasullar?» dedim. U zot: «Uch yuz o‘n uchtasi, ko‘pchilik» dedilar.)

رُّسُلًا مُّبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ لِئَلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَى اللَّهِ حُجَّةٌ بَعْدَ الرُّسُلِ ۚ وَكَانَ اللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا Ma’nosi: Bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi Payg‘ambarlarni Alloh huzurida odamlarga Payg‘ambarlardan so‘ng hujjat bo‘lmasligi uchun yubordik. Va Alloh aziz va hakim bo‘lgan zotdir. [Niso surasi 165-oyat]

ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ

165. Bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi Payg‘ambarlarni Alloh huzurida odamlarga Payg‘ambarlardan so‘ng hujjat bo‘lmasligi uchun yubordik. Va Alloh aziz va hakim bo‘lgan zotdir.

لَّٰكِنِ اللَّهُ يَشْهَدُ بِمَا أَنزَلَ إِلَيْكَ ۖ أَنزَلَهُ بِعِلْمِهِ ۖ وَالْمَلَائِكَةُ يَشْهَدُونَ ۚ وَكَفَىٰ بِاللَّهِ شَهِيدًا Ma’nosi: Lekin Alloh senga nozil qilgan narsasi ila guvohlik beradi. Uni O‘z ilmi ila nozil qildi. Farishtalar ham guvohlik berurlar. Guvohlikka Allohning O‘zi kifoya qilur. [Niso surasi 166-oyat]

ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔﮕ ﮖ ﮗﮘ ﮙ ﮚﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ

166. Lekin Alloh senga nozil qilgan narsasi ila guvohlik beradi. Uni O‘z ilmi ila nozil qildi. Farishtalar ham guvohlik berurlar. Guvohlikka Allohning O‘zi kifoya qilur.

إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَصَدُّوا عَن سَبِيلِ اللَّهِ قَدْ ضَلُّوا ضَلَالًا بَعِيدًا Ma’nosi: Kufr keltirgan va Allohning yo‘lidan to‘sganlar, batahqiq, qattiq adashgandirlar. [Niso surasi 167-oyat]

ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ

167. Kufr keltirgan va Allohning yo‘lidan to‘sganlar, batahqiq, qattiq adashgandirlar.

إِنَّ الَّذِينَ كَفَرُوا وَظَلَمُوا لَمْ يَكُنِ اللَّهُ لِيَغْفِرَ لَهُمْ وَلَا لِيَهْدِيَهُمْ طَرِيقًا Ma’nosi: Albatta, kufr keltirganlar va zulum qilganlarni Alloh zinhor mag‘firat qilmas va yo‘lga hidoyat ham qilmas. [Niso surasi 168-oyat]

ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ

168. Albatta, kufr keltirganlar va zulum qilganlarni Alloh zinhor mag‘firat qilmas va yo‘lga hidoyat ham qilmas.

إِلَّا طَرِيقَ جَهَنَّمَ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَدًا ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرًا Ma’nosi: Magar jahannam yo‘liga (hidoyat qiladi) va unda abadiy qolurlar. Bu Alloh uchun osondir. [Niso surasi 169-oyat]

ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ

169. Magar jahannam yo‘liga (hidoyat qiladi) va unda abadiy qolurlar. Bu Alloh uchun osondir.

يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَكُمُ الرَّسُولُ بِالْحَقِّ مِن رَّبِّكُمْ فَآمِنُوا خَيْرًا لَّكُمْ ۚ وَإِن تَكْفُرُوا فَإِنَّ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۚ وَكَانَ اللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا Ma’nosi: Ey odamlar! Batahqiq, sizlarga Robbingizdan haq ila Payg‘ambar keldi. Bas, iymon keltiring, o‘zingizga yaxshi bo‘ladir. Agar kufr keltirsangiz, zotan osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli zotdir. [Niso surasi 170-oyat]

ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ

170. Ey odamlar! Batahqiq, sizlarga Robbingizdan haq ila Payg‘ambar keldi. Bas, iymon keltiring, o‘zingizga yaxshi bo‘ladir. Agar kufr keltirsangiz, zotan osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli zotdir.

يَا أَهْلَ الْكِتَابِ لَا تَغْلُوا فِي دِينِكُمْ وَلَا تَقُولُوا عَلَى اللَّهِ إِلَّا الْحَقَّ ۚ إِنَّمَا الْمَسِيحُ عِيسَى ابْنُ مَرْيَمَ رَسُولُ اللَّهِ وَكَلِمَتُهُ أَلْقَاهَا إِلَىٰ مَرْيَمَ وَرُوحٌ مِّنْهُ ۖ فَآمِنُوا بِاللَّهِ وَرُسُلِهِ ۖ وَلَا تَقُولُوا ثَلَاثَةٌ ۚ انتَهُوا خَيْرًا لَّكُمْ ۚ إِنَّمَا اللَّهُ إِلَٰهٌ وَاحِدٌ ۖ سُبْحَانَهُ أَن يَكُونَ لَهُ وَلَدٌ ۘ لَّهُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۗ وَكَفَىٰ بِاللَّهِ وَكِيلًا Ma’nosi: Ey ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmang va Alloh haqida haqdan boshqani aytmang. Albatta, Masih Iyso ibn Maryam Allohning Payg‘ambari, Maryamga ilqo qilgan kalimasi va Undan bo‘lgan ruhdir. Bas, Allohga va Uning Payg‘ambarlariga iymon keltiring. Uni uchta demang. To‘xtang, o‘zingizga yaxshi bo‘ladi. Albatta, Alloh yagona ilohdir, o‘zga emas U O‘zining bolasi bo‘lishidan pok bo‘ldi. Osmonlardagi narsalar Unikidir, yerdagi narsalar Unikidir. Vakillikka Allohning O‘zi kifoya qilur. (Islom dini insoniyatning aqidasini to‘g‘ri yo‘lga solishga kelgan. Bu o‘rinda nasorolarning aqidasini to‘g‘rilamoqda. Ma’lumki, nasroniy dini yangiligi vaqtida aqida to‘g‘ri bo‘lgan. Lekin zamon o‘tishi bilan bu aqida asta-sekin buzila borgan. Milodiy oltinchi asrga kelib, Rim imperatorlarining tazyiqi ostida nasroniy aqidasi tamoman buzilib bo‘lgan edi. Nasorolar o‘z dinlarida haddan oshib ketdilar. Allohning bandasi va Payg‘ambari Iyso alayhissalomni, Allohning o‘g‘li, dedilar. So‘ngra, Alloh uch asldan–ota, o‘g‘il va muqaddas ruhdan iboratdir, deb da’vo qildilar. Shuningdek, Bibi Maryamni ham ilohlik darajasiga ko‘tardilar. Xudoning tabiati haqida bitmas-tuganmas ixtiloflarga tushdilar. Oxiri kelib, o‘zlari ham tushunib yetmaydigan aqidaviy mashmashalarga giriftor bo‘ldilar. Ularning ushbu va shunga o‘xshash ko‘plab ishlari dinda g‘uluvga ketish–haddan oshish edi.) [Niso surasi 171-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪﭫ ﭬ ﭭ ﭮﭯ ﭰ ﭱ ﭲﭳ ﭴ ﭵ ﭶﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ

171. Ey ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmang va Alloh haqida haqdan boshqani aytmang. Albatta, Masih Iyso ibn Maryam Allohning Payg‘ambari, Maryamga ilqo qilgan kalimasi va Undan bo‘lgan ruhdir. Bas, Allohga va Uning Payg‘ambarlariga iymon keltiring. Uni uchta demang. To‘xtang, o‘zingizga yaxshi bo‘ladi. Albatta, Alloh yagona ilohdir, o‘zga emas U O‘zining bolasi bo‘lishidan pok bo‘ldi. Osmonlardagi narsalar Unikidir, yerdagi narsalar Unikidir. Vakillikka Allohning O‘zi kifoya qilur. (Islom dini insoniyatning aqidasini to‘g‘ri yo‘lga solishga kelgan. Bu o‘rinda nasorolarning aqidasini to‘g‘rilamoqda. Ma’lumki, nasroniy dini yangiligi vaqtida aqida to‘g‘ri bo‘lgan. Lekin zamon o‘tishi bilan bu aqida asta-sekin buzila borgan. Milodiy oltinchi asrga kelib, Rim imperatorlarining tazyiqi ostida nasroniy aqidasi tamoman buzilib bo‘lgan edi. Nasorolar o‘z dinlarida haddan oshib ketdilar. Allohning bandasi va Payg‘ambari Iyso alayhissalomni, Allohning o‘g‘li, dedilar. So‘ngra, Alloh uch asldan–ota, o‘g‘il va muqaddas ruhdan iboratdir, deb da’vo qildilar. Shuningdek, Bibi Maryamni ham ilohlik darajasiga ko‘tardilar. Xudoning tabiati haqida bitmas-tuganmas ixtiloflarga tushdilar. Oxiri kelib, o‘zlari ham tushunib yetmaydigan aqidaviy mashmashalarga giriftor bo‘ldilar. Ularning ushbu va shunga o‘xshash ko‘plab ishlari dinda g‘uluvga ketish–haddan oshish edi.)

لَّن يَسْتَنكِفَ الْمَسِيحُ أَن يَكُونَ عَبْدًا لِّلَّهِ وَلَا الْمَلَائِكَةُ الْمُقَرَّبُونَ ۚ وَمَن يَسْتَنكِفْ عَنْ عِبَادَتِهِ وَيَسْتَكْبِرْ فَسَيَحْشُرُهُمْ إِلَيْهِ جَمِيعًا Ma’nosi: Masih ham, muqarrab farishtalar ham Allohga banda bo‘lishdan zinhor bosh tortmaslar. Kim uning ibodatidan bosh tortsa va mutakabbirlik qilsa, ularning hammasini O‘ziga to‘playdi. [Niso surasi 172-oyat]

ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ

172. Masih ham, muqarrab farishtalar ham Allohga banda bo‘lishdan zinhor bosh tortmaslar. Kim uning ibodatidan bosh tortsa va mutakabbirlik qilsa, ularning hammasini O‘ziga to‘playdi.

فَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ فَيُوَفِّيهِمْ أُجُورَهُمْ وَيَزِيدُهُم مِّن فَضْلِهِ ۖ وَأَمَّا الَّذِينَ اسْتَنكَفُوا وَاسْتَكْبَرُوا فَيُعَذِّبُهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا وَلَا يَجِدُونَ لَهُم مِّن دُونِ اللَّهِ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا Ma’nosi: Iymon keltirib yaxshi amallarni qilganlarni esa, ajrlarini to‘liq qilib berur va O‘z fazlidan ham ziyoda qilur. Ammo or qilib kibrga ketganlarni alamli azob bilan azoblar va ular o‘zlari uchun Allohdan o‘zga do‘st ham, yordamchi ham topmaslar. [Niso surasi 173-oyat]

ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ

173. Iymon keltirib yaxshi amallarni qilganlarni esa, ajrlarini to‘liq qilib berur va O‘z fazlidan ham ziyoda qilur. Ammo or qilib kibrga ketganlarni alamli azob bilan azoblar va ular o‘zlari uchun Allohdan o‘zga do‘st ham, yordamchi ham topmaslar.

يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَكُم بُرْهَانٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَأَنزَلْنَا إِلَيْكُمْ نُورًا مُّبِينًا Ma’nosi: Ey odamlar! Sizga Robbingizdan burhon keldi va sizga aniq nurni nozil qildik. (Bu burhon Qur’oni Karimdir. Ushbu burhon Allohning yagonaligining burhonidir. Ushbu burhon Payg‘ambar alayhissalomning haqliklari burhonidir. Ushbu burhon Islomning ikki dunyo saodatiga eltuvchi din ekanligining burhonidir. Alloh taolo O‘z bandalariga rahm etib, ularga ikki dunyo baxtiga erishish dasturi qilib nozil etgan bu Qur’on aniq nurdir.) [Niso surasi 174-oyat]

ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ

174. Ey odamlar! Sizga Robbingizdan burhon keldi va sizga aniq nurni nozil qildik. (Bu burhon Qur’oni Karimdir. Ushbu burhon Allohning yagonaligining burhonidir. Ushbu burhon Payg‘ambar alayhissalomning haqliklari burhonidir. Ushbu burhon Islomning ikki dunyo saodatiga eltuvchi din ekanligining burhonidir. Alloh taolo O‘z bandalariga rahm etib, ularga ikki dunyo baxtiga erishish dasturi qilib nozil etgan bu Qur’on aniq nurdir.)

فَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُوا بِاللَّهِ وَاعْتَصَمُوا بِهِ فَسَيُدْخِلُهُمْ فِي رَحْمَةٍ مِّنْهُ وَفَضْلٍ وَيَهْدِيهِمْ إِلَيْهِ صِرَاطًا مُّسْتَقِيمًا Ma’nosi: Allohga iymon keltirgan va Uni mahkam tutganlarni, shubhasiz, ularni o‘zidan bo‘lgan rahmatga va fazlga kiritadi va ularni Unga–to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiladir. [Niso surasi 175-oyat]

ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ

175. Allohga iymon keltirgan va Uni mahkam tutganlarni, shubhasiz, ularni o‘zidan bo‘lgan rahmatga va fazlga kiritadi va ularni Unga–to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiladir.

يَسْتَفْتُونَكَ قُلِ اللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِي الْكَلَالَةِ ۚ إِنِ امْرُؤٌ هَلَكَ لَيْسَ لَهُ وَلَدٌ وَلَهُ أُخْتٌ فَلَهَا نِصْفُ مَا تَرَكَ ۚ وَهُوَ يَرِثُهَا إِن لَّمْ يَكُن لَّهَا وَلَدٌ ۚ فَإِن كَانَتَا اثْنَتَيْنِ فَلَهُمَا الثُّلُثَانِ مِمَّا تَرَكَ ۚ وَإِن كَانُوا إِخْوَةً رِّجَالًا وَنِسَاءً فَلِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ الْأُنثَيَيْنِ ۗ يُبَيِّنُ اللَّهُ لَكُمْ أَن تَضِلُّوا ۗ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ Ma’nosi: Sendan fatvo so‘rarlar. Sen: «Alloh sizga kalola haqida fatvo beradir», deb ayt. Agar bir odam o‘lsa-yu, uning bolasi bo‘lmasa, singlisi bo‘lsa, unga marhumdan qolganning yarmi beriladi. Agar singilning bolasi bo‘lmasa, u hamma merosni oladi. Agar singil ikkita bo‘lsa, ular marhumdan qolganning uchdan ikkisini olarlar. Agar (merosxo‘rlar) erkak-ayol birodarlar bo‘lsalar, bir erkak ikki ayol hissasi asosida oladilar. Adashmasligingiz uchun Alloh bayon qilmoqda. Alloh har bir narsani biluvchi zotdir. («Kalola» nima ekanligi xususida ushbu Niso surasi avvalida bahs qilganmiz.) [Niso surasi 176-oyat]

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ

176. Sendan fatvo so‘rarlar. Sen: «Alloh sizga kalola haqida fatvo beradir», deb ayt. Agar bir odam o‘lsa-yu, uning bolasi bo‘lmasa, singlisi bo‘lsa, unga marhumdan qolganning yarmi beriladi. Agar singilning bolasi bo‘lmasa, u hamma merosni oladi. Agar singil ikkita bo‘lsa, ular marhumdan qolganning uchdan ikkisini olarlar. Agar (merosxo‘rlar) erkak-ayol birodarlar bo‘lsalar, bir erkak ikki ayol hissasi asosida oladilar. Adashmasligingiz uchun Alloh bayon qilmoqda. Alloh har bir narsani biluvchi zotdir. («Kalola» nima ekanligi xususida ushbu Niso surasi avvalida bahs qilganmiz.)