Press "Enter" to skip to content

Bolaga kitob bering sher tekst

«Ким савоб умидида қоим туриб ибодат қилса, бас, унинг қалби (қиёмат куни сабабидан) одамларнинг қалби ўлган пайтда унинг қалби ўлмайди». Имом Шофеъий роҳматуллоҳи алайҳ айтадилар:

Bolaga kitob bering sher tekst

Qoʻshni qizga bagʻishlayman

Norvegiyaning kichik shaharchalaridan birida kitobga haykal oʻrnatilibdi. Ajabo! Haykalga “seni eslaymiz, unutmaymiz, kitob” deb yozilgan. Bu goʻyoki xotirlashga oʻxshaydi. Ular-ku kitobga boʻlgan munosabatini shu tariqa bildirdi, biz nima qildik? Yosh boladay hali ham kitobmi, telefon deb tortishib yuribmiz. Vaholonki, bolaga kitob bermayapmiz. avvalgiday koʻp kitob yozmayapmiz ham.

Bugun “Bolam telefon koʻp koʻradi, kitob oʻqimaydi. Hozirgi kitoblar boʻlmabdi, shu ham kitobmi?” deya taʼna qiladigan odamlar koʻpayib ketgan. “Oʻgʻlim, kitob oʻqi”, deydigan ota-onalar serob. Telefon “moda”ga kirgan mahal oyoq ostidan chiqib, kitob haqida yozishim koʻpchilikka yoqmaydi. Chunki ularning oʻzlari ham kitob oʻqimaydi.

Mazkur maqolani yozishimga qoʻshni qiz sabab boʻldi. Bir safar undan qanday kitob oʻqiyotganini soʻrasam, gʻalati qilib ustimdan kuldi, bu kulguni hecham unutmayman. Darslikdan boshqa kitob ochib koʻrmagan shu avlod vakili meni tinchsizlantirib qoʻydi. Hozir xalovatim oʻzimda emas. Kitobda.

Kitobning qadri, uning naqadar inson maʼnaviyati uchun ozuqa ekanligi toʻgʻrisida yozib oʻtirmayman. Negaki, bu haqda koʻp bitilgan. Jorj Luis Borxesning fikriga qoʻshilgan holda jannat kitobga oʻxshagan joy boʻlsa kerak, deb oʻylayman. Sababi koʻpchilik odamlar jonsiz deb bilgan kitoblar ularga qanchalik savodsiz ekanliklarini isbotlab bera oladi. Bugun bunday misollar juda koʻp.

Yaqinda 35 ming auditoriyasi bor kontentda “Karantin vaqtida bolangiz, nima bilan mashgʻul?” soʻrovnomasi oʻtkazildi. Unda 44 foiz respondent oʻgʻlining telefon ushlayotgani, atigi 10 foizi kitob oʻqish bilan band ekanligini maʼlum qilgan. Kitobni telefon deb bilib, uni oʻqiyotgan shu avlodga kelajak taqdirimiz bogʻlanganini unutib qoʻymaylik. Zero, biz faqat bugun emas, kelajakda ham yashaymiz.

“Bolaning qoʻliga kitobni maktabda berish kerak. Agar u kitob bilan birga ulgʻaysa, katta boʻlsa ham u doʻsti boʻlib qoladi. Men “Kitosevarlar” toʻgaragiga rahbarlik qilaman. Toʻgaragimga qatnayotgan aksar yoshlar kitobni maʼnaviy zavqqa emas, maqsad uchun oʻqiydi. Kimdir “Spark” yutmoqchi, boshqasi oʻqishga kirish niyati bor. Bu moddiyat uchun kitobga ehtiyojdan qoʻrqaman. Ayrim davlatlarning hali ham kitobdan voz kechmayotgani meni hayron qoldiradi. Italiyaliklar 5 yoshdan soʻng bolalariga televizor koʻrishni cheklar ekan. Yaponiyada 7 yashar bola kamida 10 ta ertak bilishi shart hisoblanadi. Kitob oʻqishga imkon qoldirayotgan, yaratayotgan davlatlarning bu usullarni qoʻllashi bizga ham joriy etilsa, oʻz samarasini berar, balki ”, deydi kutubxonachi Raoʻshan Qutlimuratova.

Fahmlashimcha, Raoʻshan opa kitob oʻqishni anʼana, qadriyatga aylantirish kerak demoqchi. Bolani sunnat qilish, oʻz vaqtida maktabga berish, 40 kun goʻdakni choʻmiltirish dasturiga oʻxshab 5 yoshdan ertak oʻqishini ham dasturga qoʻshib, ommalashtirsak, kun kelib bu ishimiz samara berar. Vaqt koʻrsatar.

“Kitobsiz bilim yoʻq, bilimsiz kitob yoʻq”. Biz aksar hollarda farzandimizni kitobga qaytarish uchun nasihat usulidan keng foydalandik. “Kitob oʻqi, oʻqisang odam boʻlasan” deya qulogʻiga quydik. Oqibatda, taftologik soʻzimizda qadr qolmadi. Janubiy korealik bolalarning yangi texnologiyalar davrida ham kitob mutolaa qilishi sirini izlab topdim. Internetda oʻqigan koreyalik ota gaplaridan buni anglagandayman. Ushbu kichik hikoyaning soʻzma-soʻz tarjimasini keltiraman: “Bolam kitob oʻqimay qoʻydi. Darsdan kelsa, kompyuteri oldidan siljimaydi. Uning kelajagi meni tashvishga soladi. Oʻgʻlimga kitoblar sovgʻa qilaman, qiziq voqealar aytib beraman. U maʼnosiz eshitardi meni. Bir kuni men ota sifatida bolam tarbiyasida qattiq yanglishayotganimni sezdim. Ishdan kelsam, kitob oʻqishni odat qildim oʻzimga. Toʻgʻri, yumushdan charchab kelib, dam olgim, choʻzilib yotgim keladi. Ammo bu xalovatdan ham muhimroq narsa bor edi. Har kuni kitob oʻqidim. Bolam betashvish, beparvo edi. Oradan 2 oy oʻtib, u mendan “nima qilyapsiz”, deb soʻray boshladi. 4 oy oʻtgach “qanday kitob bu”, dedi. 6 oy oʻtib, “ichida nima bor”, 2 yil oʻtganda oʻzi ham kitob oʻqiy boshladi. Bu kichik eksperimentni barcha otalarga tavsiya qilaman. Sinalgan”.

Kitob oʻqishga qiziqtirishning usullari bor. Nasihat, koʻrsatish, isbotlash metodlari doimo oʻzini oqlay bermaydi. Bugungi kungacha hamma uchun yagona, samarali usul oʻylab topilmagan. Olimlarning aytishicha, bolaga koʻproq taʼsir koʻrsatuvchi shaxs — ona. Demak, kitobga ham mehrni ona uygʻotadi. Negaki, bola uchun onasidan kuchli, undan ideal odam boʻlmaydi dunyoda. Ona kitob oʻqimasa, bolada ayb yoʻq. Ularni koyishga hojat ham.

Oʻtgan oy jurnalistlar yigʻilgan veb-guruhda kitob mutolaasi haqida fikrlashdik. Quoʻatbay Xojanov degan jurnalist 2-sinf oʻgʻliga doʻkondan yoshiga yarasha sotib olgan kitoblarini choy ustida turmush oʻrtogʻi bilan reklama qilishini aytdi.

— Bu kitobni onang bilan oʻqishga vaqt yoʻq, ishdan ortmaymiz. Sen oʻsha ertaklarni oʻqib, bizga aytib bergin”, deb oʻgʻlimga topshiriq beramiz. U tunda bizga ertak aytadi. Bu oilamiz uchun zoʻr tajriba boʻldi, — deydi jurnalist.

Xoʻjaylidagi 33-maktab oʻqituvchisi Nurzada Serjanova oʻzining oʻquvchilar uchun sinf kutubxonasini ochganini yozdi.

— Maktabimiz kutubxonasida qoraqalpoqcha kitoblar kamnamo, bolalar izlagan asarini topolmay halak, — deydi u. — Bu muammoni tegishli odamlarga aytib charchadik. Non pishmagach, uydagi bor kitobimni sinfga olib keldim. Qoʻl-oyogʻi chaqqon bir bolani sinf kutubxonachisi etib sayladim. Bolalar bir biridan rang olar ekan, kitob oʻqiyapti. Ularga dars vaqtida bir asarni hikoya qilib, eng qiziq joyiga kelganda toʻxtataman. Oʻquvchilar oʻzlari qiziqib, shu kitobni topib oʻqishadi. 25 yillik pedagog sifatida bolaga oʻzimiz namuna boʻlsak, ota-onalari ham bizga yordam bersalar bolalar kitobga, albatta qaytadi.

Bolani kitobga olib kirishning usullari turfa. Aslida, kitobga qiziqmaydigan bola boʻlmaydi, qiziqtira olmaydigan “kattalar” boʻladi. Har qanday davrda, sharoitda ham kitob oʻqilgan, oʻqilaveradi. Internet 10 “G”da ishlasa ham, hamma narsa elektronlashsa ham, kitob arxivlashmaydi. Kitob oʻqimaslikka ming bahonalar topilganda ham, uni oʻqish uchun yagona chora topiladi.

“Ishim kir yuvish. Kun boʻyi ishlab toliqaman. Kelsam, qizim darsda bilmagan narsalarini mendan soʻraydi. Charchab turibman, deb qaytargan vaqtlarim boʻlgan. Oʻgʻlim ertak kitoblarga qiziqardi. Undagi voqealar boʻyicha izoh soʻrasa, boshimni ogʻritma», deb jerkib berganlarim yodimda. Hozir pandemiya sababli uydaman, ammo oʻsha yoʻqotilgan vaqtimni ortga qaytara olmayapman, na oʻgʻlim, na qizim mendan hozir soʻraydi. Ular kitob oʻqimay qoʻygan”, — deydi T. Aytmuratova.

Shu oʻrinda bir ekolog oʻqituvchining aytgan gaplari esga tushadi. Ayni paytda bir kunlik 24 soat 18 soatga qisqaribdimish. Yer oʻz oʻqidan chiqib ketganga oʻxshaydiki, vaqtni ushlab boʻlmayapti. Ota-onalar ishda, uyga kelib ham hech narsaga ulgurmayotgandek. Koʻcha tozalaydigan opaning taʼbiri bilan aytganda, «oʻgʻlimdan kitob soʻrash tugul, choyimni bazoʻr ichaman». Demak, ota, ona ishda boʻlsa, ularga tarbiya berish zimmasi biz, jurnalistlarning yelkasiga ham “oʻtyapti”. Bolalarning televizor koʻp koʻrishini hisobga olsak, kitobga chaqiradigan koʻrsatuvlar koʻpayishi kerak. Sifatli, qiziqarli, interaktiv dasturlar, albatta, boʻlishi shart.

— Yaqinda darsimda talaba qizning gapini eshitib, hayron qoldim, — deydi ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi G.Bekniyazova. — Aytishicha, oʻqiyotgan kitoblaridan oʻzi, hayoti va doʻstlari taqdirini koʻrmasmish. Yana bir talaba esa “hadeb tarixga qaytaveramizmi endi, bugunning haqiqati qayerda kitoblardagi”, deya piching qiladi menga. Ularga hech narsa deyolmadim. Deyolmasdim ham. Qachonki, bugun kitoblarga tushmasa, bolalarni kitobda uzoq vaqt olib qolish amri mahol. Shu oʻrinda yana bir gap: “Agar siz oʻqishni xohlagan kitob hali yozilmagan boʻlsa, demak, uni yozishni boshlashingiz kerak.

“Bugungi yoshlarning ichida gap turmaydi, shartta aytadi”, deb shuni aytsalar kerak odamlar. Bilishimcha, nashr qilinayotgan kitoblar yetarli. Muqovasidan qoʻling koʻrinadigan kitoblar ham bor orasida. Nashriyotlardan chiqayotgan kitoblarning sifati, maʼnosiga javobgarlik qay darajada ekanligi qiziqtiradi koʻpchilikni.

N.Bern “Yoʻqotilgan avlod” asarida kelajakni faqat tarbiya qutqara oladi, degan yechimga keladi. Tarbiyani esa uchtalik tashkil etadi: otaona, jamiyat, kitoblar.

Fikrlarimni ortiq davom ettirolmayman. Chunki aytilajak gap koʻp, vaqt yoʻq. Oxirgi gap: “Agar oʻzingizni kelajakda baxtiyor koʻrishni xohlasangiz, bolangizga kitob bering”. Kitob.

Qumar Begniyazova,
jurnalist

Bolaga kitob bering sher tekst

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.

Шарафли шаъбон ойида фазилати улуғ ва муборак бир кеча бор. Бу ҳақда ҳадиси шарифларда тўлиқ маълумотлар келган. Уларни ўрганиб, ҳаётимизга татбиқ этиш биз мусулмонларнинг вазифасидир. Унда бизлар учун икки дунё саодати бор.

Энг аввал бу кеча хусусида Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг муборак кўрсатмаларини келтирамиз, ундан кейин фақиҳлар ҳамда аҳли сунна вал жамоанинг бу борадаги қарашлари, фикрларига тўхталиб ўтамиз. Бу кеча ҳақида шариатда қандай кўрсатмалар борлигини яхшилаб билиб олишга ҳаракат қиламиз.

Бароат кечаси борасида Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг кўрсатмалари

(1) عن أبي بكر الصديق رضي الله عنه عن النبي صلي الله عليه و سلم: (ينزل الله إلى السماء الدنيا النصف من شعبان فيغفر لكل شيء إلا رجل مشرك أو رجل في قلبه شحناء). (شعب الإيمان للبيهقي)

1. Абу Бакр Сиддиқ розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:

«Аллоҳ таоло шаъбоннинг ўн бешинчи кечаси дунё осмонига (Ўзининг шаънига мувофиқ) тушади ва Аллоҳга ширк келтирган ва қалбида гина, кудурат бор кишидан бошқа барчани мағфират қилади».

(2) فقال رسول الله صلي الله عليه و سلم: (أتردين أي ليلة هذه؟) قلت: الله و رسوله أعلم قال: هذه ليلة النصف من الشعبان إن الله عز و جل يطلع علي عبده في ليلة النصف من شعبان فيغفر للمستغفرين و يرحم المسترحمين و يؤخر أهل الحقد كما هم. (شعب الإيمان للبيهقي)

2. «Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:

«(Эй Оиша,) бу кеча қандай кеча эканини биласизми?» дедилар. Мен:

«Аллоҳ ва Унинг Расули билувчироқ», дедим.

«Бу шаъбоннинг ўн бешинчи кечасидир. Аллоҳ азза ва жалла бу кеча Ўзининг бандаларига раҳмат назари билан қарайди ва мағфират сўровчиларни мағфират қилади, раҳм сўровчиларга раҳм қилади, дилларида мусулмонларга нисбатан гина, адоват сақловчи кишиларни қандай бўлса, шундай ҳолатда қўйиб қўяди», дедилар.

(3) عن أبي موسي الأشعاري رضي الله عنه عن النبي صلي الله عليه و سلم قال: (إن الله تعال ليطلع في ليلة النصف من شعبان فيغفر لجميع خلقه إلا لمشرك أو مشاحن). (سن ابن ماجة)

3. Абу Мусо Ашъарий розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:

«Аллоҳ таоло шаъбоннинг ўн бешинчи кечасида раҳмат назари билан қараб, ширк келтирувчи ва қалбида бирорта мусулмонга нисбатан гина-адоват сақловчи кишилардан бошқа барча махлуқларини мағфират қилади».

(4) عن عبد الله ابن عمرو رضي الله عنه أن رسول الله صلي الله عليه و سلم قال: يطلع الله عز و جل إلي خلقه ليلة النصف من شعبان فيغفر لعبده إلا الإثنين: مشاحن و قاتل نفس). (مسند أحمد إبن حنبل)

4. Абдуллоҳ ибн Амр розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:

«Шаъбоннинг ўн бешинчи кечаси Аллоҳ таоло бандаларига раҳмат назари билан қарайди. Иккита шахсдан бошқа барчани мағфират қилади: бири гиначи, бошқаси ноҳақ одам ўлдирувчи», дедилар».

(5) عن عثمان بن أبي العاص رضي الله عنه عن النبي صلي الله عليه و سلم قال:إذا كان ليلة النصف من الشعبان نادي مناد هل من مستغفر؟ فأغفر له؟ هل من سائل؟ فأعطيه فلا يسأل أحد شيئا إلا أعطى إلا زانية بفرجها أو مشرك. (شعب الإيمان للبيهقي)

5. Усмон ибн Абул Осс розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:

«Қачон шаъбоннинг ўн бешинчи кечаси бўлса, бас, (Аллоҳ таоло тарафидан) бир нидо қилувчи нидо қилади:

«Бирорта мағфират сўровчи борми, Мен уни мағфират қиламан! Бирор нарса сўровчи борми, Мен унга бераман», дейди. Шу вақтда ким (қалбидан) сўраса, унга (ўзининг шаънига мувофиқ) берилади. Зинокор ҳотин ва мушрикдан бошқа. (Булар ўзларининг ёмон амаллари сабабидан Аллоҳ таолонинг неъматидан маҳрум бўлгандирлар)».

(7) عن عطاء بن يسار رضي الله عنه قال: إذا كان ليلة النصف من شعبان و إن الرجل ليظلم و يتجر و ينكح النسوان و نسخ إسمه من الأحياء إلي الأموات ما من ليلة بعد القدر أفضل منها ينزل اللع إلي السماء الدنيا فيغفر لكل أحد إلا لمشرك أو مشاحن أو قاطع رحم. (كنز العلم)

7. Ато ибн Ясор розияллоҳу анҳу айтади:

«Қачон шаъбоннинг ўн бешинчи кечаси бўлса, ўлим фариштаси бу шаъбондан кейинги шаъбонгача ўлувчиларнинг исмини (Лавҳул маҳфуздан ўзининг дафтарига) кўчиради. Баъзи шахс зулм, тижорат ёки бирорта аёлга уйланади, ваҳоланки, унинг исми тирикларнинг қаторидан ўликларнинг қаторига кўчирилган бўлади.

Қадр кечасидан кейин бу кечадан кўра афзалроқ кеча йўқ. Аллоҳ таоло (Ўзининг шаънига мувофиқ) дунё осмонига тушиб, мушрик, гиначи ва силаи раҳмни узувчилардан бошқа барчани мағфират қилади».

(8) أتاني جبريل عليه السلام فقال: (هذه الليلة ليلة النصف من شعبان و الله فيها عتقاء من النار بعدد شعور غنم كلب لا ينظر الله فيها إلي مشرك و لا مشاحن و لا إلي قاطع رحم و لا إلي مسبل و لا إلي عاق لوالديه و لا إلي مدمن خمر. (شعب الإيمان للبيهقي)

8. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар:

«Жаброил алайҳиссалом менинг олдимга келиб, айтдилар:

«Бу шаъбоннинг ўн бешинчи кечасидир. Аллоҳ таоло бу кечада кўп одамларни дўзахдан озод қилади. Уларнинг адади Калб қабиласи қўйларининг жунларидан ҳам зиёда бўлади. Фақат бу кечада Аллоҳ таолога ширк келтирган, гиначи ва қариндошлик алоқаларини узувчи, изорини (манманлик билан) тўпиғидан пастга тушириб юрувчи, ота-онасига оқ бўлувчи ва хамр ичувчи кишиларга раҳмат назари билан қарамайди».

(10) عن أبي الدرداء رضي الله عنه قال: من قام ليلتي العيدين لله محتسبا لم يمت قلبه حين تموت القلوب قال الشافعي رحمه الله: و بلغنا أنه كان يقال إن الدعاء يستجاب في خمس ليال: في ليلة الجمعة. و ليلة الأضحي. و في ليلة الفطر. و أول ليلة من رجب. و ليلة النصف من شعبان. (شعب الإيمان للبيهقي)

10. Абу Дардо розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

«Ким савоб умидида қоим туриб ибодат қилса, бас, унинг қалби (қиёмат куни сабабидан) одамларнинг қалби ўлган пайтда унинг қалби ўлмайди». Имом Шофеъий роҳматуллоҳи алайҳ айтадилар:

«Бизга шу гап етдики, беш кечада дуолар қабул қилинар экан: жума кечаси, ийдул азҳо кечаси, ийдул фитр кечаси, ражаб ойининг аввалги кечаси ва шаъбон ойининг ўн бешинчи кечаси».

Юқоридаги ҳадислардан ташқари, яна кўпгина ривоятларда ҳам бу кечанинг фазилатлари ворид бўлган.

عَن عَطاء بن يَسار قَالَ: ما مِن لَيلَةٍ بَعدَ لَيلَةِ القَدرِ أَفضَلُ مِن لَيلَةِ النِّصفِ مِن شَعبانَ يَنزِلُ الله تَبارَكَ وَ تَعَالَى إِلى السَّماءِ الدُّنيا فّيغفِرُ لِعِبادِهِ كُلِّهِم إِلا لِمُشرِكٍ أَو مُشاحِنٍ أو قَاطِعِ رَحمٍ فِيا مَن أُعتِقَ فِيها مِن النَّارِ هَنيئاً لَكَ المِنحَةُ الجَسِيمَةُ وَ يا أَيُّها المَردُودُ فِيها جَبَّرَ الله مُصِيبَتَكَ هَذِه فَإنَّها مُصِيبَةٌ عَظِيمَةٌ.

«Ато ибн Ясор раҳматуллоҳи алайҳ:

«Қадр кечасидан кейин бирор кеча шаъбоннинг ўн бешинчи кечасидан афзал эмас. Аллоҳ таоло дунё осмонига тушиб, барча бандаларини мағфират қилади. Мушрик ёки хусуматчи, ёки силаи раҳмни узувчи бундан мустаснодир. Унда (бу кечада) ким дўзахдан озод бўлса, улуғ ҳадя муборак бўлсин. Эй (бу кечада ноумид) қайтарилган! Аллоҳ таоло бу мусибатингни тузатсин. Чунки у улкан мусибатдир», дедилар».[1]

Аллоҳ таолонинг дунё осмонига тушишининг кайфиятини англашга инсон ақли ожизлик қилади. Шу боис бу тушишни дунёвий ўлчовлар, мезонлар билан идрок этишга уриниш нотўғри иш бўлади.