ELEKTR MASHINALARI” FANI TARAQQIYOTINING USTUVOR YOʻNALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
1. Shaymatov B.X. Xafizov I.I. Xolmurodov M.B.,Sattorov T.A., Darslik-“Elektr mashinalari” Buxoro.: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2021.635.b
Elektron hisoblash mashinalarining avlodlari
Tarixan qisqa vaqt mobaynida (35-40 yil orasida) EHMning to’rt avlodi yaratilib, beshinchi avlod mashinlari loyihalashtirilmoqda. EHMlarning avlodlarga ajratish ularni yaratishda nimalarga asoslanganligi, qanday tuzilganligi, texnik xarakteristikalari, foydalanuvchilar uchun qulayligi va boshqa tomonlari bilan farqlanadi.
EHMlarning birinchi avlodi.(50-villar boshlarigacha) qatoriga MESM, BESM-1, BESM-2, Strela, M-3, Minsk-1, Ural-1, Ural-2 ba boshqalar kiradi. Bu mashinalarning hammasi elektron lampalar asosida qurilgan. Ularning o’lchamlari katta, elektr quwatini ko’p iste’mol qiladi, amallarninh bajarilishi tezligi past, katta miqdorda axborotlarni saqlay olmaydi va ishonchsizligi bilan ajralib turadi. Bu toifa mashinalar sekundiga o’rtacha 10000 amal bajaradi. Xotirasiga faqat 2047 tahacha son sig’adi.
EHMlarning ikkinchi avlodi.(1960 yillarning boshlari) tranzistorlar (yarimo’tkazgich va magnit elementlar)dan tuzilgan. Bu avlodga mansub mshinalarning o’ziga hos xususiyatlaridan biri, ular qo’llanish sohasi bo’vicha ixtisoslashtinlgandir. Ikkinchi avlod EHMlarida oldingilariga qaraganda tezroq va ishonchliligi ko’proq ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyati yaratildi.
EHMning ikkinchi avlodiga quyidagi mashinalar kiradi: Minsk-2, Minsk-22, Razdan-3, M-220, BESm-6,’MIR, Nairi, Minsk-32, Ural-14 va boshqalar. Bu mashinalarda qo’yilgan masalani tez yechish imkoniyatini yaratadigan dasturdan, masalani yechishda EHM bajarishi lozim bo’lgan amallar ketma-ketligidan foydalanish mumkin.
Bunday EHMlarning o’rtacha tezligi 100000 amal/sekund, xotirasiga 10000 tagacha so’z sig’adi. Elektron hisoblash mashinalarining keyingi murakkablashuvi turli vazifalarni bajaruvchi moslamalarning o’sishiga olib keldi, bu esa o’z navbatida element va sxemalarni kichraytirishni va ularning ishlashdagi ishonchlilikni oshirishni, xotira sig’imini kattalashtirishni, ishlash tezligini yana ham tezlatishni talab etdi. Shunga asosan mikroelektronikada tez orada lkub santimetr hajmli kristalda eng kamida 5 dona elektronika elementini birlashtirgan electron qurilma, ya’ni mitti integral sxemalar paydo bo’la boshladi. Bunday sxemalar ikkinchi avlod mashinalarida mavjud bo’lgan barcha kamchiliklarning ko’p qismini yo’q qilingan yangi hisoblash mashinalarining paydo bo’lishiga zamin yaratdi. Integral sxema, avvalo yasalayotgan moslamalarni miniaturalash (juda kichiklashtirish)ga olib keldi.
EHMlarning uchinchi avlodi.(60-villarning oxiri) kopchilik tranzistorlar va turli xil ehtiyot qismlar o’rniga integral sxemalardan keng ko’lamda foydalanish bilan harakterlanadi. Integral sxemalarni ishlatish tufayli mashinalarning texnik va ishlatish xarakteristikalarini ancha yaxshilashga, jumladan, ixchamlashishi va ishlash tezligining oshishini ta’minlashga erishildi. Bunday mashinalarning samarali va ishonchli ishlashiga ta’minlandi. Xotira sig’imi 2048 Kbaytgacha bordi. Bu avlod mashinalarini birgalikda ishlab chiqargan yagona sistema turidagi mashinalar tashkil qiladi. Shuning uchun ham bu turdagi mashinalarning nomi ES dan boshlanadi. Bu mashinalar turiga qarab, sekundiga 2 milliongacha turli arifmetik amal bajarishi mumkin bo’ldi.
Fan va texnikaning rivojlanishi odam bilan EHM o’rtasida muloqot qilish mumkin bo’lgan hisoblash mashinalari yaratish zarurati tug’dirdi. Ba vazifa yangi paydo bo’layotgan to’rtinchi avlod mashinalarida amalgam oshirildi.
EHMlarning to’rtinchi avlodi. 1970 yillardan etiboran paydo bo’la boshladi. Ularda element bazasi sifatida katta integral sxemalar. Ya’ni Ism kub hajmda 100 minggacha elementni birlashtirgan mikrosxema qo’llanildi. Bunday EHMlardan jamoa ravishda foydalanish EHMlar tarmog’ini va shaxsiy kompyuterlar yaratish imkonini tug’dirdi. Hozirhi kunda ko’pgina o’rta maktablarga o’rnatilgan IBM, Yamaxa, Pravets-8A, AGAT, Osiyo, Toshkent, Yoshlik kompyuterlari shu turdagi lardir.
Hozirgi kunda beshincha avlod mashinalarini ishlab chiqish ustida katta ishlar qiliniyapti. Ayniqsa, bu sohada yaponiya olimlari yaratgan beshinchi avlod mashinalarining loyihalari diqqatga sazovordir. Bu loyiha keyingi davr mashinalarini yaratishni ko’zda tutgan.Yaponiya olimlarining tabiricha, ushbu avlod mashinalari mantiqiy masalalarni hal qila oladigan, og’zaki gaplarni “eshitadigan” va “tushunadigan”, matnlarni o’qiyotgan tezlikda tarjima qila oladigan, rasm va chizmalarni “ko’ra” oladigan hamda “tushunadigan’1 bo’lishi kerak. Bunday komputerlar galley arsendi, katta va o’ta katta integral sxemalar asosida qurlishi nazarda tutilgan. Oxirgi paytlarda yer yuzida laboratoriyalarda oqsil molekulalari bilan tajriba o’tkazilmoqda. Ular komputerlarning arifmetik asosini tashkil qiluvchi asosiy element ilddlik sanoq sistemasida xotirlovchi katakchalarning vazifalarini o’tayapti. Albatta, ushbu yo’nalish bo’yicha EHM qurish haqida gap yuritish erta albatta, lekin tajribalar yaxshi natijalarga olib kelsa, komputerlaning yangi davrini boshlaydigan biokomputerlarga ega bo’lishimiz mumkin.
“ELEKTR MASHINALARI” FANI TARAQQIYOTINING USTUVOR YOʻNALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Q. Jo’Rayev, F. J. Xudoynazarov
Ushbu maqolada “Elektr mashinalari” fani taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari hadida so‟z boradi. Har bir fanni o‟qitishda alohida yo‟nalishlar mavjud va shu bilan birga qator muammolar ham. Talabalarga fan taraqqiyotini yaxshi o‟zlashtirishlari uchun dars davomida turli metod va uslublar orqali ustuvor yo‟nalishlarni aniq ko‟rsata olsak biz qo‟ygan maqsadimizga erisha olamiz.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — M. Q. Jo’Rayev, F. J. Xudoynazarov
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLIKLARI MUAMMOLARI
KIMYO DARSLARIDA DIDAKTIK O’YINLAR
KIMYO TA’LIMIDA KIMYOVIY KINETIKA VA KATALIZ NAZARIYALARINI OʼQITISHNING ILMIY METODOLOGIK ASOSLARI
MAKTABDA KIMYOVIY EKSPERIMENTLAR O‘TKAZISHNING ILMIY PEDAGOGIK ASOSLARI
PEDAGOGIKA FANINI RIVOJLANTRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
PRIORITIES IN THE DEVELOPMENT OF THE SCIENCE OF “ELECTRIC MACHINES”
This article discusses the priorities for the development of “Electric Machines”. There are different areas of teaching each subject , but there are also a number of challenges. We can achieve our goal if we can clearly show the priorities through a variety of methods and techniques throughout the lesson so that students can better master the development of science.
Текст научной работы на тему «“ELEKTR MASHINALARI” FANI TARAQQIYOTINING USTUVOR YOʻNALISHLARI»
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
“ELEKTR MASHINALARI” FANI TARAQQIYOTINING USTUVOR
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Elektr mexanikasi va texologiyalari “
kafedrsi assistenti j orayev 159@mail.ru
F. J. Xudoynazarov
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Elektr mexanikasi va texologiyalari “
kafedrsi stajyor o’qituvchi
Ushbu maqolada “Elektr mashinalari” fani taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari hadida so’z boradi. Har bir fanni o’qitishda alohida yo’nalishlar mavjud va shu bilan birga qator muammolar ham. Talabalarga fan taraqqiyotini yaxshi o’zlashtirishlari uchun dars davomida turli metod va uslublar orqali ustuvor yo’nalishlarni aniq ko’rsata olsak biz qo’ygan maqsadimizga erisha olamiz.
Kalit so’zlar: standart, tafakkur, ob’ektiv, real, struktura, strategik, predmeti, innavatsion, mafkura.
PRIORITIES IN THE DEVELOPMENT OF THE SCIENCE OF “ELECTRIC
This article discusses the priorities for the development of “Electric Machines”. There are different areas of teaching each subject, but there are also a number of challenges. We can achieve our goal if we can clearly show the priorities through a variety of methods and techniques throughout the lesson so that students can better master the development of science.
Keywords: standard, thinking, objective, real, structure, strategic, subject, innovation, ideology.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
Ta’lim tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishda ta’lim mazmunini isloh qilish, uni jahon ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish katta ahamiyatga ega. Shu ma’noda ta’lim mazmunini va tarkibiy tuzilishini tanlash amaliy ahamiyatga ega bo’lgan murakkab masaladir. Bu yerda o’quv jarayonining mohiyatidan kelib chiqib, ta’lim jarayonidagi fanni o’qitishda talabalar uchun umumiy bo’lgan fanni metodologik asoslarini talabalarga singdirishda fanning tarkibiy tuzilishini muhimligini qayd qilib o’tmoqchimiz. Shu bilan birga talabalar uchun fan mazmuni fanning o’ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda talabalar ilmiy dunyoqarashlarini mukammal bo’lishiga, dalillarni ilmiy taxlil qila olishiga, mustaqil tafakkur, fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashiga, ulardan amalda foydalanish malakalarini egallashga qaratilgan mantiqiy tarkibiy tuzilishni hosil qilishi kyerak. Talabani dunyoqarashi uning ob’ektiv reallikga shunchalik munosabati bo’lmasdan, bu uning jamiyatdagi o’rni, ijtimoiy-siyosiy hayotga munosabati, tabiat qonuniyatlarini mohiyatini anglashi, ularni amalda qo’llay olishidir.Ta’limda o’quv dasturlari va darsliklarning mazmunini takomillashtirish, ayniqsa, uning yangi mazmundagi tarkibiy tuzilishini aniqlash, o’quv matyeriallarini har bir bo’lim va mavzularini maqsadga muvofiq joylashtirilganligini qayta qarab chiqish, ta’lim va tarbiya jarayonining asosiy omillaridir.O’quv matyerialining mantiqiy tarkibiy tuzilishi deyilganda, odatda, o’rganiladigan o’quv fanlaridagi tushuncha va fikr -muloxazalarni ichki aloqalari va ularning bir-biriga ta’siri, bir-birini taqozo qilishi tushuniladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O’quv matyeriali ma’lum ko’rinishda shakllangan, o’zlashtirilishi kyerak bo’lgan bilimlar majmuasidir. Umuman ta’lim jarayonida o’quv matyeriali markaziy o’rinni egallaydi. Shu ma’noda o’quv jarayonida o’quv matyerialining mantiqiy tuzilishi masalasi katta ahamiyatga ega. Demak, har bir fan uchun fanning tarkibiy tuzilishi (strukturasi) muhim hisoblanadi. Ko’p hollarda struktura tushunchasi butunning tarkibiy bo’laklarini orttirish yoki kamaytirish deb, yoki qismlarini qay tartibda joylashtirish, bir butunga birlashtirish yoki aksincha parchalash, ba’zan butunga biror element qo’shish yoki butundan ajratib olish bilan sistema mohiyatiga ta’sir ko’rsatish ma’nosida izohlanadi. Strukturaga ega bo’lgan sistema tugallangan butunni tashkil etadi. Butunning qismlari-elementlar o’zaro bir-biri bilan jiddiy bog’langan bo’lib, elementlarning joylashuvi, ma’lum tartib qat’iyligi ko’rinishida, ularni o’zaro ta’sirlashuvi natijasida struktura namoyon bo’ladi. shunday qilib,
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
struktura bir butun sistemadagi o’zaro ta’sirlashuvchi elementlarning qat’iy, turg’un mos kelishidir. Shuning uchun ham o’quv matyeriali ma’lum strukturaga ega bo’lib, u o’quv predmetining strukturasi va mazmuni asosida aniqlanadi.
Mazmun va struktura ajralmas ichki birlikni tashkil etsa ham bu aynan bir narsa degani emas, chunki aynan bir mazmun turli struktura ichida bo’lishi mumkin yoki strukturasiz mazmun ko’rinishida ham bo’lishi mumkin. Har bir fanda o’quv matyerialining strukturasi ma’lum tuzilishga ega bo’lib, uning qismlari shunday joylashgan, bog’langanki ular bir-biri bilan o’zaro va jiddiy ta’sirga ega bo’ladi. ulardan birini tushurib qoldirish yoki qo’shish o’quv matyerialining mantiqiy strukturasini tamomila o’zgartirib yuboradi. Har bir predmet uslubining strukturasi pedagogik xodisalar -ta’lim va tarbiya jarayonida o’quv matyeriallari chuqurlashuvida mukamallashib boradi.
O’qitish uslubidagi ichki qismlar-struktura elementlari va aloqalar uning strukturasini belgilaydi. Boshqacha aytganda, o’quv fanining har qanday o’qitish uslubi ma’lum strukturaga ega bo’lib ichki va tashqi, mikro va makrostrukturadan, uni tashkil qiladigan strukturalar majmuasidan iboratdir. O’qitish uslubining asosiy strukturaviy elementlari o’quv fanining mazmuni, ta’lim-tarbiya usullari va shakllari bo’lib, ular yagona bir butunlikni tashkil qiladi va uslubiy strukturaviy elementlar soni, fanning mazmuni va tarkibiy tuzilishi doimiy bo’lmay, ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojini, fan yutuqlari va ilg’or pedagogik amaliyot ta’sirida o’zgaradi, rivojlanib boradi.
“Elektr mashinalari” fanidan taxsil olayotgan o’quvchi-talabalarga o’qitishdan maqsad talabalarda elektromagnit jarayonlar haqida nazariy tushunchalarni shakllantirish, o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlaridagi hamda magnit zanjirlaridagi asosiy qonuniyatlarni, o’zgarmas tok mashinalari, o’zgaruvchan tok mashinalarini o’rgatishdan iboratdir. Ushbu fanni o’rganishning asosiy vazifalaridan biri elektromagnit maydon va uning har xil qurilmalarda ro’y byeradigan jarayonlari, taxlil usullari, o’zgarmas tok mashinalarini haqidagi bilimlarni o’rganish. Ushbu fanni o’zlashtirgan talaba quyidagi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladilar: -elektr yuritma asosiy qonunyatlarini va ularni rostlash usullarini bilib oladi;
– elektr yuritmaning tuzilishi;
– elektr yuritmaning ishlash qonunyatlari;
– Elektr yuritma tezligini rostlash jarayonlarni va ularning amaliy ahamiyatini o’rganadi.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
-tajriba natijalarini nazariy bilimlar asosida qayta ishlashni o’rganish va nazariy bilimlarni amalda tekshirish ko’nikmalarini o’zida shakllantiradi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Shuningdek talaba: Sanoat, qishloq xo’jaligi, kommunal va boshqa tarmoqlarning barcha sohalarida, turli mashina va mexanizmlar hamda qurilmalardan keng foydalaniladi. Har qanday mexanik jarayonni amalga oshirish uchun mexanizm va mashinaning ish organini harakatga keltirish darkor. Bu esa yuritma vositasida amalga oshiriladi, xususan, elektr enyergiya mexa-nik enyergiyaga aylantiriladi. Yuritma enyergiyani ma’lum yo’naltirilgan maqsadda o’zgartirishi kyerak. Shuning uchun uning tarkibiga bu funksiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalar va boshqaruv vositalari kiritilishi darkor. Bu maqsadga elektr yuritma yordamida avtomatik boshqaruv asosida erishiladi.Elektr yuritma deb mashinalarning ish organlarini sharakatga keltiradigan shamda bu jarayonlarni maqsadga muvofiq boshqaradigan, xamda elektr dvigatel, kuchli o’zgartgich, boshqarish, axborot hamda kuchli o’zgartgich, boshqarish, axborot hamda uzatish qurilmalaridan tashkil topgan murakkab elektromexanik tizimga aytiladi. Yuritmaning «chiqish» koordinatlariga ish mashinasi organlarining me’yorida ishlashi uchun zarur bo’lgan elektromagnit moment M yoki kuch F va harakat koordinatlari: burchak tezlik w yoki chiziq-li tezlik n hamda ularga mos harakat yo’nalishi bo’laklari Da, DS kiradi.
Yuritma elementlari quyidagilardan iborat. -Uzatish qurilmasi sharakat shakllarini o’zgartirish va mexanik enyergiyani dvigatel qurilmasidan mashi-naning ish organlariga uzatish uchun mo’ljallangan. -Dvigatel qurilmasi elektromexanik o’zgartgich bo’lib, elektr enyergiyasini mexanik enyergiyaga aylantiradi va uzatish qurilmasi bilan birgalikdagi ish organlari haqida malumot oladi.
“Elektr mashinalari” fanini o’qitish ma’ruza, tajriba, amaliy mashg’ulot va auditoriyadan tashqari mustaqil ishlardan iborat bo’lib, ma’ruza darslarida asosiy nazariy tushunchalar byeriladi, umumiy qonuniyatlar, fanlararo o’zaro bog’liqlikda tushuntiriladi, hamda amaliy va tajriba mashg’ulotlari uchun kyerakli bo’lgan o’zgarmas tok mashinalarining uyg’otish usullari byeriladi.
-Tajriba mashg’ulotlarida o’zgarmas tok mashinalarining uyg’otish usullari amalda tekshirib ko’riladi va tajriba bilimning asosi ekanligi haqidagi tushunchalar shakllantiriladi.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
-Amaliy mashg’ulotlarda o’zgarmas tok mashinalarining parametrlarini hisoblashga doir masalalar echish bilan nazariy bilimlar mustaxkamlanadi. -Auditoriyadan tashqari mustaqil ish talabalarni darslarda olgan bilimlarini mustaqkamlash, uni chuqurlashtirish va ijodiy fikrlashni shakllantirish ma’nosida tashkil etiladi.
O’z navbatida “Elektr mashinalari” fanidan olingan bilimlar “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” yo’nalishining boshqa mutaxassislik fanlarini o’qitishda nazariy asos bo’la oladi.Tanlab olingan “Elektr yuritma tezligini rostlash” mavzusi bundan oldin o’rganilgan barcha mavzular bilan uzviy bog’liqdir. Shu jumladan, asinxron mashina turlari, elektr yuritma vazifasi , elektr yuritma qo’yilgan talablar, o’zgarmas tok zanjirlari, elektromagnit induksiya, va boshqa bir qator mavzular ushbu mavzuni o’zlashtirishda asos bo’lib xizmat qiladi.Zamonaviy pedagogik texnologiyalar talabaning bu mavzular bo’yicha erkin fiklarini shakllantirishda, guruhda ishlalashda o’z qobilyatlarini yaxshiroq namoyon eta olishiga muhim omil bo’lib xizmat qiladi.Hozirda rivojlanayotgan texnika asrimizda muhandis texnologlarni didaktik vositalardan foydalangan holda tarbilash, o’qitish kelajakda raqobatbardosh kadr bo’lishlariga pilapoya bo’la oladi.Shuning uchun hozirda pedagogik texnologiyadan foydalanishda har bir talabaning ichki konpetentsiyasidan kelib chiqqan holda dasr mashg’lotlarini olib borish maqsadga muofiqdir.
1. Shaymatov B.X. Xafizov I.I. Xolmurodov M.B.,Sattorov T.A., Darslik-“Elektr mashinalari” Buxoro.: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2021.635.b
2. Jo’rayev M. Q. “Oliy ta’lim muassasalarining elektr energetika yo’nalishi talabalariga elektr mashinalari fanini hozirgi kunda o’qitish tahlili” Toshkent 2021 1-son 18 bet
3. Jo’rayev M. Q. “Elektr yuritmalari tezligini rostlash usullari” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Buxoro 2021, № 5 114 bet
4.L.A.Nematov “Bo’lajak elektr energetika mutaxassislarini tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo’nalishlari’Toshkent 2020 4 son 269 bet
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
5. M.Maxmudova Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” fanidan ma’ruzalar matni Samarqand – 2015 25 bet
6.Azizxujaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. T.: Chulpan.2013. – 200 bet.
7.Xakimova M.F. Pedagogik texnologiyalar. O’quv qullanma. T.TDIU.,2013
8.Jo’rayev M.Q. Dunyoda yadro energetikasi taraqqiyoti rivojlanishini amaliy ahamiyatining inavasion texnologiyalardagi bosqichlari.Maqola №12(79) soni (dekabr, 2020).