Press "Enter" to skip to content

Tarix fanidan darsliklar

5. Toshev, S. (2020). O’zbekistonning sovet mustamlakachiligi davri tarixini o’rganishda turk tilidagi manbalarni o’rni. In Tarixiy manbashunoslik, tarixnavislik, tarix tadqiqotlari metodlari va metodologiyasining dolzarb masalalari (pp. 121-127)

TARIX DARSINI TASHKIL ETISHNING METODOLOGIK JIHATLARI TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ахмедова Мафтуна Суратовна

Mazkur ilmiy maqola tarix fanining ba’zi metodologik muammolarini, o‘rta maktab tarix ta’limi, undagi yuz bergan o‘zgarishlar, tarixni o‘rganishning ahamiyati haqidagi qarashlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, maktab tarix ta’limining zamonaviy konsepsiyasi , O‘zbekiston tarixini o‘rganishdagi ilmiy, metodologik masalalar asosiy o‘rin tutadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Ахмедова Мафтуна Суратовна

TАRIX TА’LIMIDА KURSLАRАRO UZVIYLIKNI TА’MINLАSHNING PEDАGOGIK SHАRT-SHАROITLАRI
O`ZBEKISTON TARIXI FANINING PREDMETI VA O`RGANISH OBEKTI

TARIX FANLARINI O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN HAMKORLIK MEXANIZMLARINING ILMIY-AMALIY AHAMIYATI

GUMANITAR FANLARNI OʻQITISHDA ILMIY MAKTABLAR VA XORIJIY TAJRIBA
TАRIX TА’LIMIDА KURSLАRАRO UZVIYLIKNI AMALGA OSHIRISH TALABLARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIX DARSINI TASHKIL ETISHNING METODOLOGIK JIHATLARI TADQIQI»

TAFAKKUR M AN ZI LI

TARIX DARSINI TASHKIL ETISHNING METODOLOGIK JIHATLARI TADQIQI

Ахмедова Мафтуна Суратовна, карши шахар 5мактаб тарих укитувчиси,

Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqola tarix fanining ba’zi metodologik muammolarini,o’rta maktab tarix ta’limi, undagi yuz bergan o’zgarishlar, tarixni o’rganishning ahamiyati haqidagi qarashlarni o’z ichiga oladi. Shuningdek, maktab tarix ta’limining zamonaviy konsepsiyasi, O’zbekiston tarixini o’rganishdagiilmiy, metodologik masalalar asosiy o’rin tutadi.

Kalit so’zlar: tarix fani metodologiyasi, tarix tamoyillari, tarixiy tafakkur, tarix ta’limining zamonaviy konsepsiyasi.

Mustaqillikning birinchi kunlaridan ijtimoiy-gumanitar fanlarda tub o’zgarishlar davri boshlandi. Tarix fanini tadqiq etish va o’qitishda yangi metodologiya kirib keldi. Jahon tarixi fanida e’tirof etilgan xolisiylik, ilmiylik, tarixiylik va muqobillik tamoyillari tarixni tadqiq etish va o’qitishda tadbiq etila boshlandi. Tarix ta’limi mazmun-mohiyatini zamon ruhida o’quvchilarga yetkazish uchun o’quv-metodik majmua yangilandi. O’rta maktabuchun tarix fanidan yangi darsliklar yaratildi. Bugungi kunda o’rta maktab tarix o’qituvchisi samarali ta’lim berishi uchun nazariy va amaliy jihatdan yetarli bilim va malakaga ega bo’lishi lozim.

Agar o’tmishga nazar tashlaydigan bo’lsak, o’qitish metodlarini tanlash muammosiga Ya.A.Komenskiy, I.Pestalossi, A.Disterveg, K.D.Ushinskiylar ma’lum darajada e’tibor berishgandi. Ya.A.Komenskiy o’qitish metodlariga g’oyat katta ahamiyat berib, agarda bilim cho’qqilariga juda ozchilik qiyinchilik,ming azob bilan yetib borar ekan, buning sababi insoniyat erisha olmaydigan biror narsaning mavjudligida emas, balki metodlarning chalkashligidadir, deb hisoblagandi. U bilish qobiliyatini yuzaga chiqara oladigan usullarga rioya qilishni va ularni sharoitlarga qarab qo’llashni talab etgandi.

Respublikamizda tarix fanini falsafiy yondashuv asosida tadbiq qilish N. Jo’raev tomonidan taqdim qilingan. Tarix fanini o’qitishning uslubibo’yicha esa T.Toshpo’latov va Y.G’afforovlar tomonidan taqdim qilingan o’quv- uslubiy, didaktik ta’minot ham alohida ahamiyatga ega.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Tarix fanining maktab kursi uchta vazifani bajarishga qaratilgan:

– o’quvchilarga tarixiy bilimlarning asoslarini berish, ularning chuqurligi va mustahkamligini ta’minlash;

– o’ quvchilarda tarixni ilmiy tushunishning shakllanishi va milliy tarix,

– xorijiy mamlakatlar va xalqlar tarixiga hurmat munosabatida bo’lishni ta’minlashga;

– o’quvchilarda tarixiy ong, tarixiy xotira, tarixiy tafakkurni rivojlantirish va o’quvchilarning bilimlarini mustaqil o’zlashtirish va qo’llashga o’rgatishdir.

O’quvchilarning tarixiy tafakkuri ularning umumiy dunyoqarashining shakllanishi bilan birgalikda boradi. O’quvchilarning dunyoqarashida tarixiy tafakkurning rivojlanishi uning amaliy faolligini ta’minlaydi. Ya’ni, tarixan dunyoda mavjud bo’lgan fan-texnika yangiliklarini o’zlashtirishi bilan o’z faoliyatida yangilikka intilish o’zida yaratuvchanlik faoliyatini shakllantiradi. O’quvchi tarix fanidan bilimlar asosini o’zlashtirganda millatimiz va boshqa xalqlarning o’tmish, kecha va bugungi taraqqiyoti to’g’risida tushunchaga ega bo’ladi. Tarix ta’limi har bir odamga etnomilliy, umummilliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’zlashtirishga yordam berishi lozim. Bu o’quvchini shaxs, fuqaro, inson sifatida shakllanishiga asos bo’ladi. O’quvchilar O’zbekiston tarixi fanini o’rganish davomida umuminsoniy qadriyatlarni o’zlashtirib boradi. Tarix darslari o’quvchilarga tarixiy bilimlarni yetkazib beruvchi vositagina emas, balki ularning ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllanib borishlarini ta’minlovchi kuchli ta’sirga ega bo’lgan omil hamdir. Maktab tarix ta’limining zamonaviy konsepsiyasi tarixni tizimli o’rganishni saqlab qoladi. Lekin tarix uning tamoyillari asosida o’rganiladi. Tarix o’quvfani o’rta maktabda gumanitar fanlarning rivojlanishi uchun metodologik shart-sharoit yaratadi. Tarix fanining ma’lumotlari, tushunchalari, atamalariva tamoyillari boshqa fanlarda ham keng qo’llaniladi, o’z navbatida tarix fanida boshqa fanlardagi tushuncha, atamalardan foydalaniladi.

Mamlakatimizda tarix fanini rivojlantirish sohasidagi ishlar kompleks va tizimli davom ettirilmoqda. Bugungi kunda O’zbekiston tarixini o’rganishda tub o’zgarishlar yuz bermoqda. Ushbu yo’nalishda quyidagi ilmiy, metodologik masalalar asosiy o’rin tutadi:

1. Tarixni o’rganishning metodologik asoslarini rivojlantirish. Bunda tarix metodikasi bo’yicha mavjud turli xil ilmiy konsepsiyalarni o’rganish orqali ulardan foydalanish.

2. Tarixni o’rganish uchun ishlab chiqilgan yagona konsepsiyani amalgatadbiq

3. O’rta va o’rta maxsus ta’lim, professional ta’lim, oliy ta’lim uchun yaratilayotgan darsliklarni yangi avlodini ishlab chiqishda yagona konsepsiyaga tayanish.

4. Tarix fanining dolzarb muammolarni o’rganishda turli fanlarning yutuqlari, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda klaster modeli asosidagi samarali hamkorlik faoliyatini tashkil etish.

5. Tarix fanini o’rganishga bag’ishlangan ilmiy-amaliy anjumanlarni o’tkazish va fanning dolzarb muammolarini o’rganish jarayonida erishilganyutuqlarni monitoringini olib borish va hokazo.

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda tarix fanining metodik muammolaridan biri maktabda tarix ta’limini zamonga mos, hozirgi taraqqiyot talablariga javob beradigan konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishdir. Maktab tarix ta’limi o’zining uzoq yillar davomida tanlangan boy tajribasiga ega. To’plangan tajriba hozirgi murakkab davrda tarix o’qitishda muhim o’rin tutadi, undan unumli foydalanish zarur.

1. Abduraxmanova J. N. (2020). Innovatsion tajriba maydoni – “maktab-laboratoriya”ning ta’lim tizimidagi o’rni. Mug’allim hem o’zliksiz bilimlendiri. (Issue 1) -B. 22-26.

2. Gafforov Ya. X. (2019). THE STATE OF HUSTORICAL EDUCATION IN UZBEKISTAN DURING WORLD WAR II. USA(Philadelphia) . -P. 173-175.

3. Botir Boltabaevich Baymetov, Khusan Kholmuratovich Muratov. Self Sketches as a Tool in the Professional Training of a Future Artist-Teacher. Solid State

Technology. 2020/2/29. Vol.63 № 2 (2020). 224-231.

4. G’afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the “Great Game”. Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

5. Toshev, S. (2020). O’zbekistonning sovet mustamlakachiligi davri tarixini o’rganishda turk tilidagi manbalarni o’rni. In Tarixiy manbashunoslik, tarixnavislik, tarix tadqiqotlari metodlari va metodologiyasining dolzarb masalalari (pp. 121-127)

6. JI Suyundikovich. (2020). TARIXNI O’QITISH METODIKASI RIVOJLANISHITARIXIDAN. Fan va ta’lim, 1 (5), 195.

7. Mardonov, Sh., Toshtemirova, S., Ahmadjonov, B., & Koshanova, N. (2020). Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International Journal of PsychologicalRehabilitation, 27(07), 8104-8111.

Tarix

Туркистонда матбуот тарихининг долзарб муаммолари

Ўзбекистон тарихи 2017 қўлланма

OSIYO VA AFRIKA MAMLAKATLARI YANGI TARIXIx

  • Mualliflar: Hayitov Sh. A. Saidov I.M.
  • Ko`rildi: 169
  • Oʻquv-uslubiy majmua
  • Sahifalar soni: 77 bet
  • Nashr yili: 2016
  • Nashriyot: Buxoro

O’RTA OSIYO VA O’ZBEKISTONNING DAVLAT MUASSASALARI TARIXx

Туркистонда матбуот тарихининг долзарб муаммолариx

Arxivshunoslik (M.Sharipova)

Davlat muassasalari tarixi (N.Abdurahimova, M.Isakova, Z.Suleymanova)

Eng yangi tarix. 1945-2010 yillar (Hamza Kichkilov, Mavluda Fayzullayeva)

Etnologiya (A.Ashirov, Sh.Atajanov)

Jahon tarixi. 1918-2008 (M.Lafasov)

Search

Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019

Powered by ATM