Press "Enter" to skip to content

Geografiya darslik

Денгизга чикиш имкониятлари йук давлатлардан 20 та давлатларни қўйдаги жадвалда акс эттиринг.

Таълим / Образование

География фан ойлиги доирасида ўқитувчиларга қулайлик туғдириш мақсадида география фанидан «Жаҳон сиёсий харитаси» номли бир соатлик дарс ишланмаси эътиборингизга ҳавола этилмоқда.

Дарснинг технологик харитаси

Мавзу: «Жаҳон сиёсий харитаси».

Мақсад ва вазифалар

Дарснинг таълимий мақсади: Сиёсий харита тушунчасининг маъноси, унинг шаклланиш босқичлари. Унга таъсир этадиган омиллар. Иккинчи жахон уруши ва 1991 йилдан кейинги узгаришлар. Мамлакатларнинг хилма хиллиги, мамлакатлар гурухлари ва микдори. Жахондаги энг ривожланган ва ривожланаётган мамлакатларни ажрата олиш, давлатлар, уларнинг тузуми, бошкарув шакллари, маъмурий худудий тузилиш шакллари, халкаро иктисодий ва сиёсий ташкилотлар хакида ва бошқа хусусиятлар билан таништиришдан иборат.

Дарснинг тарбиявий мақсади: Ўқувчиларни ватанпарварлик ва ватанга мухаббат, миллий қадриятларга хурмат руҳида тарбиялаш.

Дарснинг ривожлантирувчи мақсади: ўқувчилар нутқи ва мустақил ишлаш ва фикрлаш қобилиятини ўстириш

Дарс жиҳози: 1990 йилгача бўлган даврни ўз ичига оладиган дунёнинг сиёсий харитаси; дарслик, доска, бур, тарқатма материаллар, жадваллар, персонал компьютер, проектор.

Услуб: Маъруза ва амалиётнинг уйғунлиги.
Шакл: Савол-жавоб. Жамоа ва кичик гуруҳларда ишлаш.
Восита: электрон ресурслар, дарслик, плакатлар; тарқатма материаллар.
Усул: Тайёр презентация ва слайд материаллари асосида.
Назорат: Оғзаки, савол-жавоб, муҳокама, кузатиш.
Баҳолаш: Рағбатлантириш, 5 баллик рейтинг тизими асосида.

Ушбу мавзуда ўқувчилар диққатига қўйидаги жадвалларни мустаққил тўлдириш топширилади. Бундай топшириқлар дунё сиёсий картаси мавзусини мукаммал эгаллаш имкониятини беради.

Майдон и 3 млн кв.км. дан катта бўлган давлатларни қўйдаги жадвалда акс эттиринг.

Мамлакат номи пойтахти Қайси китъада Давлат тузуми

Майдони энг кичик булган давлатлардан 10 давлатни қўйдаги жадвалда акс эттиринг.

Мамлакат номи пойтахти Қайси китъада Давлат тузуми

Денгизга чикиш имкониятлари йук давлатлардан 20 та давлатларни қўйдаги жадвалда акс эттиринг.

Мамлакат номи пойтахти Қайси китъада Давлат тузуми

Қуйидаги жадвални тўлдиринг унга ушбу давлат типларига мос келадиган давлатлардан 7 тасини ёзинг

М о н а р х и я Р е с п у б л и к а
Конститутцион манархия Мутлок монархия Унитар давлат Федератив давлат

Дарс жараёни:

Ўтган қўйи синфларда олган билимларни қуйидаги саволлар оркали текшириб кўрилади. (3 дақиқа)

Иқтисодий-ижтимоий география фани нимани ўрганади?
Мамлакатимиз Ўзбекистоннинг сиёсий картадаги ўрни?
Мамлакатимиз Ўзбекистонга таълукли куйидаги саволарни берилади:

Қачон мустакилликка эришган?
БМТ ташкилотига качон аъзо бўлган?
Ўзбекистоннинг иқтисодий жиҳатдан жаҳонда тутган ўрни хақидаги саволлар.

Ўқитувчи дарснинг мавзу ва максадларини эълон қилади. (1 дақиқа)

Янги мавзу баёни (15 дақиқа)

Ўкитувчи янги мавзу буйича тушунча беради.

Гурухларда ишни ташкил қилиш. (13 дақиқа)

Ўқитувчи синфнинг ҳолатига қараб ўқувчиларни 3 гурухга бўлади. Фойдаланиш зарур бўлган атлас ва қўшимча адабиётларни хар бир гурухга беради. Ўқувчилар адабиётлардан фойдаланиб албатта ўқитувчи ёрдамида жадваллар орқали ишлайдилар.

Тақдимот: хар бир гурухдан биттадан ўқувчи чиқиб бир бирига жадвал асосида саволлар берадилар. (5 дақиқа)

Муҳокама: (3 дақиқа)

Бугун сиз нималарни ўргандингиз?

БМТ нинг қароргохи кайси шаҳарда жойлашган?

Суверен давлатнинг асосий белгиси?

Ўзбекистон денгиз ва океанга туташ булганида…

Унитар ва федератив давлатнинг фарқларини айтиб беринг.

Уйга вазифа бериш ва баҳолаш. (5 дақиқа)

Изоҳ: Ўқитувчи ўқувчиларнинг варақларини тўлдириётганда бир-биридан сурашга даъват этиши керак ва ўқувчилар ҳамкорликда вазифаларни бажараётганда уларнинг ўзаро мулоқот, бир-бирини тинглаш, ёрдам беришларини кузатиб бориши лозим. “Бир киши ҳамма учун, ҳамма бир киши учун” маъносида иш тутиши лозим.

Баҳолашда: Гурухдан хохлаган бир ўқувчини чиқариб жадвал асосида саволлар бериш ва шу натижага қараб синфдошлар ҳам баҳоланади ва баҳолар изоҳланиб, ўқувчилар рағбатлантирилади.

Фойдаланилган адабиётлар:

  1. 9- синф дарслиги.
  • Сиёсий харита.
  • Жаҳон мамлакатлари ҳақида интернат асосидаги маълумотлар.

Geografiya darslik

Me’yoriy hujjatlar, qiziqarli maqolalar, lug’atlar, geografik
o’yinlar, onlayn testlar, videolavhalar, statistik
va boshqa ilmiy ma’lumotlar to’plami

Ma’lumotlarimizdan
foydalanib
bilimingizni oshiring!
Jahon mamlakatlari
Dunyoning barcha mamlakatlari to’g’risida
umumiy ma’lumotlar
Batafsil
Virtual sayohat
Geografiyaga oid
Videonamoyishlar

  • Aloqa raqami: (+99893) 438-41-11
  • Email: geografiya.uz@umail.uz, geografiya.uz@inbox.uz

So’nggi ma’lumotlar

Muhim sanalar

7-mart Rual Amundsеn Janubiy qutbni kashf etganligini dunyoga ovoza qilgan kun.

Nulla eget libero eros, vitae fringilla nisi. In hac habitasse platea dictumst. Suspendisse viverra velit eu ante tristique adipiscing mollis sapien lobortis. Quisque gravida scelerisque vehicula.

More by John Doe

6-mart birinchi paravoz yaratilgan kun
Ajoyib! Avstraliyada baliq yomg‘iri yog‘di
Dunyodagi eng qadri baland valyuta qaysi ekanligini bilasizmi?
Venesiyada kanallar quriy boshladi. Sababi…
Venesiyada kanallar quriy boshladi. Sababi…
Yerning yana qaysi qismlarida zilzila sodir bo‘lishi mumkin?
Yangi Zelandiya sohilida eng yirik pingvin qoldiqlari topildi
O’zbekistondagi albatta borish kerak bo’lgan 20 ta ajoyib joy
O`zbekistonning 14 hududiga 14 ta ta`rif
Qashqadaryoga borish uchun 10 ta sabab
Qashqadaryoga borish uchun 10 ta sabab
Surxondaryoga borish uchun 10 ta sabab
Xorazmga borish uchun 10 ta sabab
Attestatsiya jarayoniga tayyorlanamiz
Attestatsiyaning suhbat jarayoni uchun savollar
Pedagog xodimlar uchun namunaviy attestatsiya savollari. 5-variant
Pedagog xodimlar uchun namunaviy attestatsiya savollari. 5-variant
Pedagog xodimlar uchun namunaviy attestatsiya savollari. 4-variant
Namunaviy attestatsiya savollari 3-variant
Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
Test natijalari bo‘yicha appelyatsiya berish tartibi qanday?
Abituriyentlar talabalikka tavsiya etilganini qachon bilishi mumkin?
Abituriyentlar talabalikka tavsiya etilganini qachon bilishi mumkin?
Javoblar varaqasini to`ldirish
Imtihonlarga tayyorgarlik: Qanday qilib ko‘p ma’lumotni eslab qolish mumkin?

Dunyo Statistikasi

Salomatlik sirlari

ONLAYN REPETITOR

Uzluksiz va aniq maqsadli kompleks topshiriqlar asosida foydalanuvchilarni masofaviy tayyorlash.

AMALIY MASHG`ULOT

Mustaqil fikrlash, aqliy faoliyatini peshlash va mustaqil ishlash uchun ilg’or pedagogik texnologiyalarga asoslangan ma`lumotlar

HAYOT XAVFSIZLIGI

Kelib chiqishi bo`yicha tabiiy, texnogen va ekologik, ko`lamiga ko`ra turli favqulodda vaziyatlar haqida ma`lumotlar

EKOLOGIYA

Tabiiy ekologik tizim insonning amaliy faoliyati oqibatida yuzaga kelgan vaziyatlar va ularni oldini olish to`g`risida ma`lumotlar

Dunyo siyosiy xaritasi →

Dunyo siyosiy xaritasi

Jahon mamlakatlari →

Jahon mamlakatlari bo`limining asosiy maqsadi sayt foydalanivchilariga Jahon mamlakatlari to`g`risida ma`lumot berish, foydalanuvchilarni mustaqil bilim olishga va uni amaliyotda muvaffaqiyatli qo`llashga yordam beradi. Bo`limda mamlakatlar to`g`risida foydali va qiziqarli ma`lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Bo`limda mamlakatlarning rasmiy nomi, poytaxti, hududi, aholisi, Davlat tili, dini, pul birligi, geografik joylashuv xaritasi, Davlat bayroqlari, Davlat gerblari, davlat tuzumi, geografik joylashuvi, tabiati, iqlimi, Davlat tuzilishi, iqtisodi, transport kommunikatsiyalari, mamlakatlar tarixi va boshqa qiziqarli ma`lumotlar to’plami jamlangan.

Dunyoni o’zgartirgan kashfiyotlar →

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (qisqacha Al-Xorazmiy) Xorazmda tug`ilgan va Bag`dodda vafot etgan.

Ahmad Farg`oniy

Ahmad Farg`oniy 797-yilda Farg`onada tug`ilgan va dastlabki ilmni shu yerda olib, voyaga yetgan. So`ng o`sha zamonda sharqda mashhur bo`lgan Bag`doddagi «Bayt al-hikma» akademiyasida ilmiy ishlar bilan shug`ullandi. Ahmad Farg`oniy ushbu ilm dargohida mashhur olim, algebra fanining otasi hisoblangan yurtdoshimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy bilan birga faoliyat ko`rsatish baxtiga musharraf bo`lgan.

Abu Rayhon Beruniy

Abu Rayhon Beruniy 973-yilning 4-sentyabrida Xorazmda, Amudaryoning o`ng sohilidagi Kot shahrida tug`ilgan. X asr oxirida Janubiy Xorazm viloyatining poytaxti hisoblangan Kot shahri hozirgi Qoraqalpog`istonning Beruniy tumani o`rnida joylashgan edi. Olimning nomi ba’zi manbalarda Pokistonning Sind shtatidagi Berun shahri nomi bilan bog`liq deyilsa, boshqasida u Hind viloyati­ning Berun shahridandir deyilgan.

Abu Ali ibn Sino

Yevropa mamlakatlarida «Avitsenna» nomi bilan mashhur Abu Ali ibn Sino ko`pchilikka tib ilmi asoschilaridan biri sifatida ma’lum. Ammo Sharq uyg`onish davrining yirik namoyandalaridan bo`lmish Ibn Sino qomusiy olim bo`lib, nafaqat tibbiyot, balki falsafa, astronomiya, matematika, geografiya va tabiatshunoslikka oid ko`plab asarlar ham yozgan.

Marko Polo

Har bir chet ellik sayyohga katta shubha bilan qaralgan XII-XIII asrlarda Yevropadan Osiyoga kelib savdo ishlarini ustalik bilan yuritish va hatto, o`zga yurt xoqoni xizmatiga kirib, maslahatchi darajasiga erishish kat­ta jasorat va zukkolikni talab etadi. 1254-yilning 15-sentyabrida venetsiyalik savdogar oilasida dunyoga kelgan Marko Polo o`rta asrlardagi Osiyo davlatlarining hayoti bi­lan yevropaliklarni tanishtirishga muyassar bo`lgan jasur sayyoh edi.

Xristofor Kolumb

Geografik kashfiyotlar tarixida katta iz qoldirgan shaxs. Mashhur sayyohlar orasida hayotining turli qirralarini yorituvchi asarlar soni bo`yicha ham Xris­tofor Kolumbga teng keladigani kam topiladi. Chunki 1451-yilning ko`zida Italiya shimolidagi Genuya shahrida tug`ilgan sayyoh hayoti sir-sinoatlarga boyligi bilan haligacha turli sohalardagi tadqiqotchilar e’tiborini o`ziga tortib kelmoqda.

Amerigo Vespuchchi

Amerigo Vespuchchi 1454-yilning 9-martida Italiyaning Flo­rensiya shahrida notarius oilasida dunyoga kelgan. Yoshligidanoq turli fanlardan yaxshi xabardor bo`lgan olim amakisi Jorjio Antonio Vespuchchi qo`lida tarbiya olib, lotin tili, fizika, matemati­ka, astronomiya va geografiya fanlarini chuqur o`zlashtirdi.

Mirzo Ulug`bek

Buyuk olim va davlat arbobi, temuriylar sulolasining yorqin namoyandasi Mirzo Ulug`bekning nomi dunyo fani sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan. Mirzo Ulug`bek (to`liq ismi sharifi – Mirzo Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulug`bek Ko`ragon) 1394-yil 22-martda Amir Temurning harbiy yurishlari chog`ida Eron Ozarbayjonidagi Sultoniya shahrida dunyoga kelgan. Amir Temur suyukli nabirasining tarbiyasini katta rafiqasi Saroymulkxonimga topshiradi.

Vasko da Gama

Vasko da Gama 1469-yilda Portugaliyaning Sinish shahrida tug`ilgan va Evore shahrida ta’lim olib, boshqa fanlarga qaraganda ko`proq dengiz navigatsiyasi, kartografiya va geografiyani chuqur o`rgandi. XV asrda Portugaliya mustamlakasi bo`lgan Afrikaning Gvi­neya qo`ltig`i atroflarida portugal floti tarkibida xizmat qilgan.
XV asrning 90-yillariga kelib, Afrikani dengiz bo`ylab aylanib suzib o`tish mumkinligi va Sharqiy Afrikadagi hududlarning suv

Fernando Magellan

Fernando Magellan 1480-yilda Portugaliyaning Traz-uj-Montish provinsiyasidagi Sabroza shahrida tug`ilgan. Saresh burnida joylashgan dengiz maktabida ta’lim olgan. Voyaga yetgach, portugal flotida oddiy dengizchi bo`lib xizmat qildi. 1509-1512-yillarda Hind okeaniga tashkil etilgan portugal ekspeditsiyalarida ishtirok etgan va Malakka yarimoroligacha suzib borgan. Magellan ushbu sayohatlar davomida dengiz ishida juda o`lkan tajriba orttirdi.