1- dars. Mavzu: informatika fani nimani o rganadi sana: 7- sinf
4-sinf: 68,5 ming so‘m
XTV maktab darsliklari ijarasi narxlari oshganiga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar O‘zbekistonda maktab darsliklari ijarasi narxi «2−3 baravarga» qimmatlashgani va birinchi chorakdan keyingina yangi kitoblar chiqarilishidan shikoyat qilishmoqda.
Xalq ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining Vasiylik kengashi darsliklar va mashq daftarlarining ijara to‘lovi miqdorlarini belgiladi (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar uchun, boshqa tillardadagi darslik ijaralari narxlari quyidagi jadvalda keltirilgan).
2-sinf: 102,7 ming so‘m
3-sinf: 102,7 ming so‘m
4-sinf: 68,5 ming so‘m
5-sinf: 85,6 ming so‘m
6-sinf: 74,2 ming so‘m
7-sinf: 102,7 ming so‘m
8-sinf: 108,4 ming so‘m
9-sinf: 108,4 ming so‘m
10-sinf: 102,7 ming so‘m
11-sinf: 119,8 ming so‘m
XTVning qayd etishicha, joriy yilda prezident farmoni bilan umumta’lim maktablarining 3-, 6-, 7- va 10-sinflari uchun to‘liq, shuningdek 2- va 3-sinf uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari (2021 yilda 25 million darslik) chop etilmoqda.
«Joriy yilda yangi darsliklarning chop etilish harajatlarining, xususan dunyo bozorida qog‘oz narxi (faqatgina 2022 yilning o‘zida qog‘oz narxi 60−70 foizga oshgan) va qog‘ozni mamlakatimizga yetkazib berish bo‘yicha transport harajatlarining keskin oshib ketishi, tabiiyki darsliklarni chop etish uchun harajatlarning ham oshib ketishiga olib keldi», — deyiladi xabarda.
XTV ma’lumotlariga ko‘ra, ijara to‘lovi miqdorlari darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlardan kelib chiqib, bir dona darslik uchun yagona summasini to‘plamdagi darslik va mashq daftarlari soniga ko‘paytirish yo‘li orqali belgilanadi. Bunda yagona summa barcha sinf va ta’lim tillar uchun bir xil etib belgilanadi.
Joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi 5707 so‘mni tashkil etmoqda va o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2740 so‘m)ga nisbatan 2 967 so‘mga (108%) oshgan.
Ijara to‘lovi summasini ota-onalar darslik to‘plamini to‘liq olgach, 1 oktabrga qadar amalga oshirishlari mumkin.
Shu o‘rinda quyidagi fuqarolar darslik ijara to‘lovidan ozod etilishini eslatib o‘tamiz:
birinchi sinf o‘quvchilari;
«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari;
«Mehribonlik uy”lari tarbiyalanuvchilari;
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari.
«Gazeta.uz» XTVga yil oxiriga qadar 3, 6, 7 va 10-sinflar uchun yangi darsliklarni ishlab chiqish topshirilgani, biroq jadvaldan ilgarilab ketilgani sababli o‘quvchilar sentabrdanoq ularni qabul qilib olishni boshlashi haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, qog‘oz narxlari oshib ketgani bois hukumatga qo‘shimcha mablag‘ zarur bo‘lmoqda.
May oyida prezident tomonidan 2026 yilgacha Maktab ta’limini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Davlat maktablariga o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish va alohida fanlar bo‘yicha darsliklar tanlashga ruxsat berildi.
1- dars. Mavzu: informatika fani nimani o’rganadi sana: 7- sinf
zakovat , sinov , parlament , mantiqiy fikrlash , tanlov , kim ochdi ( auksion ) dars.
(Dars turi belgilab olinadi va yoziladi .)
Dars metodlari: chuqurlashtirilgan maruza
Foydalanilgan adabiyotlar : 7– sinf darslik
Dars jihozi : Kurgazma,tarqatma kartochkalar, darslik.
O`tgan mavzuni so`rash .
Yangi mavzuni o`rganish .
Chaqiriq: O`tilgan mavzu bo`yicha savollar.
“Informatsiya”so’zi turli tillarda ishlatilib, ma’nosi turlicha talqin qilinsa ham barchasining asosida lotincha informatio so’ziyotadi. U«ma’lumot», «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma’noni anglatadi. O’zbek tilida informatsiya so’zi axborot deb
Informatika fan sifatida
XX asrning 50-yillarida yangi fan — informatikaga asos solindi. Informatika termini (fransuzcha: informatique) fransuz so’zlari information (axborot) va automatique (avtomatika) negizida hosil bo’lgan. Uning tarjimasi “axborotli avtomatika” deb tushuniladi.
Bu terminning ingliz varianti ham bor bo’lib, u “Computer science”, ya’ni “kompyuter ilmi” deb ataladi.
Informatika kompyuter texnikasiniqollashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to’plcLsh, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’uttanuvchifandir.
Qisqa qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo’llash usullarini o’rganadigan fandir.
Demak, informatika uchun asosiy ashyo — axborot. U informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.
Informatikani sizga tanish bo’lgan quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi:
IX—X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon bilish jarayonini ikki bosqich — aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat deb hisoblab, ular o’zaro bog’liq bo’lib, lekin biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta’kidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va, demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.
Forobiy «Ilm va san’atning fazilatlari» risolasida tabiatni bilish jarayoni cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilish- ga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va, buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta’kidlaydi.
Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo «oziqlanish talabi» paydo bo’lib, unga ko’ra odam ovqatlanadi. Shundan so’nggi talablar «tashqi talablar» bo’lib, ular bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi organlari orqali vujudga keladi. Mazkur «tashqi talablar» 5 turlidir: teri—badan sezgisi; ta’m bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko’rish sezgisi.
Axborotning o’zi nima? Uning ilmiy ta’rifi mavjudmi? Axborot o’z mazmuni va shakliga ko’ra moddiymi? – Insoniyat paydo bo’lgandan buyon axborot bilan bevosita ish ko’radi. Shunga qaramasdan, axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta’rif berilgani yo’q va berish mumkin emas.
Axborot tushunchasi turli sohalarda turlicha tavsiflanadi. Texnika sohasining mutaxassislari uchun axborot — texnika va texnologiyalar, ularni ishlash tartiblari bo’lsa, tibbiyot xodimlari uchun – bemorning kasallik tashxisi, dori-darmonlar va boshqa ma’lumotlar axborot hisoblanadi. Shu kabi boshqa soha vakillari o’z sohalari bilan bog’liq ma’lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar.
Inson (jamiyat mahsuli)ga aylanishida odam (tabiat mahsuli) o’zini o’rab turgan olamdan turli ma’lumotlar oladi, ularni o’zaro bog’laydi va shu ma’lumotlar asosida bilimga ega bo’ladi.
Insoniyatning hayot kechirishi uchun birinchi navbatda moddiylik zarur. Bu oziq-ovqat mahsulotlari, turar joy, transport va boshqalar shaklida ifodalanadi. Ammo inson, bu moddiyliklardan ularni bir ko’rinishdan boshqa kerakli ko’rinishga yoki bir holatdan boshqa kerakli holatga o’tkazish orqaligina foydalanadi. Buning uchun u moddiylikdan farqli bo’lgan energiyadan foydalanadi. Masalan, bug’doyni unga aylantirish uchun, ya’ni ashyoni inson iste’mol qilish shakliga o’tkazish uchun uni tegirmon yordamida maydalash lozim; tegirmon toshini harakatga keltirish uchun esa energiya (quwat) zarur. Shuningdek, undan non tayyorlash uchun ham ma’lum miqdordagi va ko’rinishdagi energiya (olov, issiqlik) kerak. Demak, oziq-ovqat mahsuloti (modda) bilan bir qatorda quwat (energiya) ham inson hayotida alohida o’rin egallaydi.
Lekin inson uchun moddiylik va energiya bilan bir qatorda yana bir muhim bo’lgan zarurat borki, u moddiylik va energiyadan biror maqsadga ko’ra qanday foydalanishni ko’rsatuvchi zaruratdir. Bu zarurat axborotdir.
Axborot informatika fani uchun asosiy tushuncha bo’lganligi, lekin unga ta’rif berib bo’llmasa ham, axborot deganda biz nimani tushunishimizni aniqlab olishimiz kerak.
AXBOROT deganda biz barcha sezgi organlarimiz orqali borliqning ongimizdagi aksini yoki ta’sirini, bog’liklik darajasini tushunamiz.
Demak, axborot borliqdagi narsa yoki jarayonlarning holatlari, xossalari va boshqa xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarning turli vositalar (qurilmalar, mashinalar, kompyuterlar va hokazo) orqali bizga yetib kelishi va ongimizga ta’siri hamda bu ma’lumotlarning ongimizda boshqa ma’lumotlar bilan bog’lanishi ekan.
Masalan, chorrahada svetoforning yonib turgan qizil chirog’i haydovchiga to’xtab turishni ko’rsatuvchi axborot bo’lsa, yashil chiroq yurish mumkinligini ko’rsatuvchi axborot hisoblanadi.
Bu holda haydovchi ranglar haqida, ranglarning qanday qoida asosida yo’l harakati bilan bog’lanishi haqida ma’lumotga ega bo’lishi va ularni o’z ongida bog’lay olishi, shu axborotlar asosida qanday harakatlar qilishni (avtomobilni to’xtatishni yoki yurgazishni) bilishi lozim bo’ladi.
Yana bir misol: endi yura boshlaganingizda “issiq” so’zini bilmasangiz ham bir marta qaynoq choynakni ushlab olib issiqlik haqida ma’lumot olgansiz, keyinchalik shu so’zni choynakning, taomning va boshqa narsalarning (olov, quyosh nuri va hokazo) issiqligi bilan bog’lay olgansiz. Issiqlikning qanday olinishini bilgach uni ham shu so’z bilan bog’ladingiz. Fizika fanini o’qiganingizdan keyin “issiq” so’zini malekulalar harakati bilan bog’laysiz. Bu hali “issiq” degan so’z bilan bog’langan ma’lumotlarning hammasi emasligini tushungan bo’lsangiz kerak. Demak, hozirgacha olgan barcha ma’lumotlaringiz axborot bo’lib, axborotlar bog’langach esa bilimni tashkil etar ekan.
1. Informatika fanining o’tmishdoshi qanday atalgan?
2. Informatika faniga qachon asos solingan va nima uchun awalroq emas?
3. Informatika fani nimani o’rganadi?
4. Informatikaning qismlari haqida so’zlab bering.
5. Axborot va bilish haqidagi Forobiy fikrlarini so’zlab bering.
6. Axborot deganda nima tushuniladi?
7. “Mustaqil O’zbekiston” iborasi qanday axborotlar bilan bog’langan?
Berilgan axborotdagi qonuniyatni aniqlang va nuqtalar o’rniga kerakli sonni yozing.
2. Quyidagi tartibsiz berilgan jadvaldagi sezgi organlarini axborot manbai bilan boglab tartiblangan yangi jadval hosil qiling.