Press "Enter" to skip to content

Davlat va huquq asoslari (Huquqshunoslik) fani

qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qila oladi;

11 sinf davlat va huquq asoslari

Kreativ fikrlaydigan, zamon bilan hamnafas va hamqadam kadrlarga ehtiyoj hamisha mavjud. Ular jamiyat ravnaqi uchun doimiy muhim. Ana shu “muhim”likning oʻzagi bevosita taʼlimga borib taqaladi. Sifatli taʼlim esa oʻz-oʻzidan sifatli, mukammal darsliklarni taqozo etadi.

Shu yilning 23-avgustida davlatimiz rahbari xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda maktab taʼlimi sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, oʻqitish metodlari, taʼlim standartlari, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yangilash zarurligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Bu borada Adliya vazirligi tomonidan huquqqa oid fanlar boʻyicha maktab darsliklari zamonaviy taʼlimga qoʻyilayotgan talablar asosida oʻrganildi. Bunda darsliklarning huquqiy bilim va tushunchalarni qamrab olganlik darajasi, mazmun-mohiyati hamda maqsadga muvofiqligi tahlil etildi.

Tahlillar natijasida 8-sinflar uchun moʻljallangan “Oʻzbekiston davlati va huquqi asoslari”, 9-sinf uchun “Konstitutsiyaviy huquq asoslari”,

10 va 11-sinflar uchun “Davlat va huquq asoslari” darsliklari hatto oliy oʻquv yurtlari talabalari tushunmaydigan darajada murakkab yozilganligi, qolaversa, ularda eski maʼlumotlar keltirilganligi, oʻquvchilarga berilgan topshiriqlarda ayrim mantiqiy xatolar mavjudligi aniqlandi. Bu haqda Adliya vaziri Senatning XVIII yalpi majlisida 2018-yilda huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqidagi axborotida ham taʼkidlagan edi.

Shundan kelib chiqib, kamchiliklarni bartaraf etib qayta nashr qilish yuzasidan Adliya vazirligi Xalq taʼlimi vazirligiga takliflar kiritgan.

Buning natijasida 8-sinflar uchun “Oʻzbekiston davlati va huquqi asoslari”, 9-sinf uchun “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” yangi avlod darsliklari nashr qilinib, boshlanayotgan oʻquv yilidan eʼtiboran oʻquvchilarning huquqiy bilimlarni ushbu darsliklardan oʻzlashtiradi. Ular dizayn jihatdan oʻquvchilarning yosh va psixologik xususiyatidan kelib chiqqan holda takomillashtirilgan. Yangi avlod darsliklar yangi qabul qilingan qonunlar va huquqqa doir maʼlumotlar, qonunchilikdagi voyaga yetmaganlarning javobgarligidagi oʻzgarishlar, shaxs va jamiyat munosabatlari hamda shaxsning jamiyatdagi oʻrni kabi mavzular bilan boyitilgan.

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

Davlat va huquq asoslari (Huquqshunoslik) fani

Davlat va huquq asoslari va huquqshunoslik fanlarini o‘qitishning asosiy vazifasi:

o‘quvchilarda konstitutsiyaviy burch, majburiyatlarni bilish va ularga rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish;

o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatlarini belgilangan me’yorlar doirasida tartibga solish va boshqara olishni tarbiyalashdan iborat.

o‘rta ta’limi muassasalarida davlat va huquq asoslari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida huquqshunoslik fani bo‘yicha ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetensiyasi

Konstitutsiya, davlat, huquq, burch, majburiyat, fuqaro, inson, qonun, axloq, odob kabi huquqiy tushunchalarning mazmunini bila oladi;

huquq va huquqqa zidlik haqida ma’lumot bera oladi;

axloq va huquq qoidalarini biladi;

bola huquqlari, voyaga yetmaganlik, mehnat huquqi, oila huquqi, fuqarolik huquqi kabi tushunchalarning mazmunini bila oladi.

Jamiyat, davlat va huquqning paydo bo‘lishi, huquqbuzarlik va ularning belgilari haqida ma’lumot bera oladi;

inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va burchlarini biladi;

hokimiyat va uning bo‘linish prinsiplari, belgilari, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va uning asoslarini tushuntira oladi;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik, mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchiligida belgilangan voyaga yetmaganlarga oid huquqlarni va cheklovlarni biladi;

O‘zbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligida belgilangan voyaga yetmaganlarning huquqlarini biladi;

huquq sohalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi;

huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib bera oladi;

kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri baholab, maqbul qaror qabul qila oladi.

huquq manbalarini biladi;

voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslarini tushuntira oladi;

huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib beradi.

jamiyat, davlat, huquq, huquq sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati va belgilarini tushuntira oladi;

xalqaro umume’tirof etilgan konvensiyalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi;

davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish tartibi va qoidalarini biladi;

tanlagan kasbining huquqiy asoslari haqida ma’lumot bera oladi;

o‘z kasbiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni biladi.

2. Huquqiy madaniyatli bo‘lish kompetensiyasi

fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan huquqlarini hurmat qiladi;

huquqiy ko‘nikma hosil qiladi;

huquqiy masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda kichik maishiy bitimlarni tuza oladi.

voyaga yetmaganlarga oid qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya etadi;

o‘quvchilarning ongi va tafakkurida inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq, burch va majburiyatlariga rioya qilish refleksi shakllanadi (kundalik faoliyatiga aylanadi);

o‘z xatti-harakatlarini huquq talablariga moslashtiradi;

qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qila oladi;

korrupsiyaga qarshi toqatsizlikni namoyon eta oladi.

huquqiy qoidalarni bajaradi, huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi;

huquqiy voqea va hodisalarga munosabat bildirishda huquqiy madaniyatini namoyon eta oladi.

fuqarolik burchlari va majburiyatlarini anglaydi, ularga rioya qiladi;

huquq manbalaridan foydalana oladi;

o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qila oladi;

huquqiy voqea va hodisalarga oid to‘g‘ri xulosa chiqara oladi;

korrupsiyaning jamiyat hayotida salbiy oqibat ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni biladi, unga qarshi kurashishga oid huquqiy normalar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishni his qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi;

jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etadi;

huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.

O‘RTA TA’LIMNING

10-11-SINFLARI UChUN

O‘QUV DASTURI

68 soat
Uqtirish xati
10-11-sinf Davlat va huquq asoslari (Huquqshunoslik) fani o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Shu bilan birga mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari asosida tayyorlangan.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Globallashuv sharoitida inson ongi uchun kurash tobora kuchayib borayotgan davrda, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish masalalari kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi Shu ma’noda mustaqillikning dastlabki yillarida boshlangan ishlarning matniqiy davomi sifatida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqiy ongini oshirish masalalari ham alohida tamoiyl sifatida 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida o‘z aksini topdi.

Huquqshunoshlik o‘quv fanini o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.

Konstitutsiyaviy burch va majburiyatlarni bilishga hamda ularga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat mazkur masalani amalga oshirishda ta’lim-tarbiya jarayonida davlat va huquq asoslari fani mazmuniga oid huquqiy ong hamda huquqiy mananiyatga ega bo‘lish kompetensiyalarni shakllantirish orqali amalga oshiriladi.

Fanga oid kompetensiyalar orqali o‘quvchilarda kommunikativlik, axborot bilan ishlash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi.

Davlat va huquq asoslari fani 10-11-sinf: “Huquqshunoslik” fani (34 soat)ni o‘z ichiga oladi. Uzviylik va uzluksizlik tamoyiliga asosan o‘quvchilarning quyi sinflarda olgan bilimlari asosida huquq sohalariga oid bilimlar beriladi.

(B1 34 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.

I BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

XALQARO HUQUQ SUB’EKTI
1-mavzu. Kirish. Huquq – shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi. (B1 1 soat)

Huquq – shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining asosi sifatida. Shaxsning huquqiy madaniyati.

2-mavzu. Qonunning ustuvorligi. (B1 1 soat)

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning asosiy qonuni. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida xalqaro huquqning umume’tirof etgan prinsiplari.

3-mavzu. Xalqaro huquq (B1 1 soat)

Xalqaro huquqiy munosabatlar va ularning prinsiplari. Xalqaro huquq manbalari. Chet el fuqarolarining huquqiy maqomi. Jahonning huquqiy xaritasi.

4-mavzu. Birlashgan millatlar tashkilotnining maqsad va vazifasi (B1 1 soat)

Birlashgan Millatlar tashkilotining tashkil topishi, maqsad va vazifalari. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Bola huquqlari himoya qilishda BMTning faoliyati

5-mavzu. Inson huquq va erkinliklarning himoya qilish mexanizmi. (B1 1 soat)

Inson huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro huquqiy hujjatlar. Milliy qonunchiligimizda inson va fuqarolar huquq va erkinliklarining himoya qilinishi. Apatritlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari.

Amaliy mashg‘ulot (B1 1 soat)
II BO‘LIM. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ – HUQUQNING BOSH SOHASI
6-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzum asoslari. (B1 1 soat)

Konstitutsiyaviy tuzumning tarkibi. Konstitutsiyaviy tuzum va konstitutsiyaviy tamoyillar. Konstitutsiyaviy tuzum va huquq tartibot.

7-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosi sifatida insonparvarlik tamoyili. (B1 1 soat)

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklarining belgilanishi. Xalq hokimiyatchiligi. Shaxsiy huquq va erkinliklar. Fuqarolarning konstitutsiyaviy burch va majburiyatlari.

III BO‘LIM. MA’MURIY HUQUQ
8-mavzu. Ma’muriy huquq sohasining Konstitutsiyaviy asoslari. (B1 1 soat)

Ma’muriy huquq sohasining konstitutsiyaviy asosi. Ma’muriy huquq tizimi va manbalari. Ma’muriy huquqning sub’ektlari. Davlat xizmati tushunchasi va o‘ziga xosxususiyatlari.

9-mavzu. Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik. (B1 1 soat)

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari. Ma’muriy huquqbuzarlik. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi. Ma’muriyjavobgarlikvauningxususiyatlari.

10-mavzu. Ma’muriy jazo va uning turlari. (B1 1 soat)

Ma’muriy jazo belgilashning huquqiy asoslari. Jarima, musodara qilish, berilgan maxsus huquqdan mahrum etish tartiblari.

Amaliy mashg‘ulot. (B1 1 soat)
IV BO‘LIM. FUQAROLIK HUQUQI
11-mavzu. Fuqarolik huquqi manbalari. (B1 1 soat)

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolik huquqining asosi. Fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilari. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. Fuqarolik huquqining obyekti.

12-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi. (B1 1 soat)

O‘zbekiston Respublikasi Fuqaroligiga ega bo‘lish va uni yo‘qotishning huquqiy asoslari. Fuqarolik qonun hujjatlari. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik to‘g‘risidagi Qonuni.

13-mavzu. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar. (B1 1 soat)

Mulk huquqining Konstitutsiyaviy asoslari. O‘zbekiston Respublikasida mulk shaklari. Mulk huquqining subyektlari va obyektlari. Mulk huquqining amalga oshirish shartlari.

14-mavzu. Bitimlar va vakillik. (B1 1 soat)

Bitimlar tushunchasi, turlari va shakllari. Bitimning haqiqiy emasligi. Vakillik va ishonchnoma tushunchasi. Ishonchnomaning shakli, muddati, bekor bo‘lishi. Ishonchnomani qaytarish majburiyati.

15-mavzu. Shartnoma tushunchasi va shartlari. (B1 1 soat)

Shartnomalarning asosiy shartlari. Shartnoma tuzish erkinligi. Shartnomaning amal qilishi. Shartnomaning namunaviy shartlari. Sharnoma tuzish haqidagi asosiy qoidalar.

16-mavzu. Iste’molchilar huquqlari va majburiyatlari. (B1 1 soat)

Iste’molchi. Tovar haqida ma’lumot olish va sertifikatini so‘rash huquqi. Sotib olingan tovarni qaytarish yoki almashtirish huquqi. Iste’molchilarning majburiyatlari. O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘risidagi qonuni.

17-mavzu. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar sifatini kafolati. (B1 1 soat)

Tovarning kafolat, yaroqlilik muddati. Sotib oluvchining tovarni qabul qilish majburiyati. Tovarning bahosi. Tovarni sug‘urtalash.

18-mavzu. Intelektual mulk huquqi. (B1 1 soat)

Intelektual mulk ob’ektlari. mualliflik huquqi.mualliflik huquqi ob’ektlarining turlari. Mualliflik huqquqining amal qilish muddati. mualliflik huquqi manbalari. mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlik.

19-mavzu. Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rish bosqichlari. (B1 1 soat)

Fuqarolik sudida ko‘riladigan ishlar. Fuqarolik ishini sudda ko‘rish tartibi. Sud protsessi ishtirokchilari. Sudning hal qiluv qarori. Sud qarorlari ustidan shikoyat berish tartibi.

Amaliy mashg‘ulot. (B1 1 soat)
V BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI
20-mavzu. Mehnatga oid munosabatlar. (B1 1 soat)

Mehnatga oid munosabatlarning Konstitutsiyaviy asoslari. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari. Mehnat huquqining sub’ektlari. Mehnatni muhofaza qilish.

21- mavzu. Ishga qabul qilish va mehnat shartnomasi. (B1 1 soat)

Ishga joylashish huquqi. Ishga joylashishga davlat yo‘li bilan ko‘maklashish. Ishsiz deb e’tirof etish. Ishsizlik nafasini to‘lash. mehnat shartnomasi tushunchasi va talablari. Mehnat shartnomasining shakli. Mehnat shartnomasining muddati.

22-mavzu. Mehnat shartnomasini tuzish. (B1 1 soat)

Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh. Mehnat daftarchasi. Dastlabki sinov muddati. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish tartibi.

23-mavzu. Ish vaqti va dam olish vaqti. (B1 1 soat)

Ish vaqti tushunchasi. Ish vaqtining normal va qisqartirilgan muddati. to‘liqsiz ish vaqti. Ish vaqtini jamlab hisoblash. Tanafusslar, dam olish va bayram kunlari. Ta’tillar.

24-mavzu. Mehnatga haq to‘lash. Mehnat intizomi. (B1 1 soat)

Mehnat haqi miqdorini belgilash. Ish vaqtidan tashqari ishlar hamda dam olish kunlari va bayram kunlaridagi, tungi vaqtdagi ishlar uchun haq to‘lash. Mehnatga haq to‘lash muddatlari. Ish haqidan ushlab qolish. Mehnat intizomi. Mehnat uchun rag‘batlantirish. Intizomiy jazolar va ularning amal qilish tartibi.

25-mavzu. Mehnatni muhofaza qilish. Qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar. (B1 1 soat)

Mehnatni muhofaza qilish talablari. Ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan ko‘shimcha kafolat va imtiyozlar. Yoshlar uchun qo‘shimcha kafolatlar.

26-mavzu. Mehnat nizolari. (B1 1 soat)

Yakka mehnat nizolarining taraflari va mazmuni. Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi. Mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlar va komissiyalari va ularning qarorlari.

Amaliy mashg‘ulot (B1soat)
Takrorlash (B1soat)
Nazoratishi (B1soat)
Jami mavzular 26 soat

Amaliy mashg‘ulot 4 soat

Takrorlash 3 soat

Nazorat ishi 1 soat
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetensiyasi:

Huquqiy madaniyatli bo‘lish kompetensiyasi

huquqiy voqya va hodisalarga oid to‘g‘ri xulosa chiqara oladi;

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

  1. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O‘zbekiston, 1996. – 364 b.
  2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 380 b.
  3. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 366 b.
  4. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. T. 4. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 394 b.
  5. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5. – Toshkent: O‘zbekiston, 1997. – 384 b.
  6. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. T. 6. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998. – 429 b.
  7. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T. 7. – Toshkent: O‘zbekiston, 1999. – 413 b.
  8. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T. 8. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000. – 525 b.
  9. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz masulmiz. T. 9. – Toshkent: O‘zbekiston, 2001. – 439 b.
  10. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. 10. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. – 432 b.
  11. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. T. 11. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003. – 320 b.
  12. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq. T. 12. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004. – 400 b.
  13. Karimov I.A. O‘zbek xalqi hyech qachon, hyech kimga qaram bo‘lmaydi. T. 13. – Toshkent: O‘zbekiston, 2005. – 448 b.
  14. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. T. 14. – Toshkent: O‘zbekiston, 2006. –280 b.
  15. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007. –320 b.
  16. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo‘lida. T.16. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. –368 b.
  17. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2008. –174 b.
  18. Karimov I.A. “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir”. 19-tom, T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011
  19. Mirzieyov, Shavkat. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.– Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. –488 b.
  20. Mirziyoev Shavkat Miromonovich. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marsosimdagi ma’ruza. 2016 yil 7 dekabr. Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. –48 b.
  21. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. –56 b.
  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015 – 40 b.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – 2014 yil. “O‘zbekiston”
  3. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. – 1992. – № 2. – B. 42–43.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyundagi “Yoshlarning huquqiy ta’limini takomillashtirishning Kompleks dasturi to‘g‘risida”gi Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari to‘plami. 1994. –№6. –B.204-205
  5. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 1997. –№. –225-modda.
  6. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№8. B. 23-33.
  7. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.// O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№8.
  8. O‘zbekiston Respublikasi Kodekslari. to‘plam T.: “Adolat” 2014. – 1056 bet.
  9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida” gi Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№7. –179-modda.
  10. Davlat va huquq asoslaridan umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturi. Ta’lim taraqqiyoti. 1999 y, 2-son, 264-301 betlar.
  11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi // “Xalq so‘zi” gazetasi. 2001. –5 yanvar.
  12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 23 iyundagi “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivoj­lantirishga ko‘maklashish borasidagi chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi 107 sonli Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 2005. –№6
  13. O‘z DSt 1157:2008 Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar.
  14. Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2013 yil 4 iyun 28/qq, Xalq ta’lim vazirligi 2013 yil 04. № 27, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazlarining 2013 yil 04. № 30/qq.
  15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 187-qarori.

3.1. AbdullaAvloniy. TurkiyGulistonyoxudaxloq. – T.: O‘qituvchi, 1992. – B. 33.

3.3. Абзалов Э. М. Правовое воспитание и формирование правовой културы молодёжи. – Т.: Академия МВД РУЗ, 1996. – 24 с.

3.4. Аграновская е. В. Правовая култура и обеспечение прав личности. – М.: Наука, 1988. – 142 с.

3.5. Azizxo‘jaev A.A. Davlatchilik va ma’naviyat. – T.: Sharq, 1997. – 112b.

3.10. Белский К. Т. Формирование и развитие правового сознания в

гражданском обществе. – М.: Изд-во МГУ, 1992. – С. 30–31.

3.23. Jo‘raev S. Fuqarolikjamiyati: nazariyavaamaliyot. – T.: TDShI, 2003.– 364 b.

3.26. Зокиров Х. Правовая култура и правовые правосудия. – Т., 1998. – 28 с.

3.27. Зокиров Э. Правовое воспитание и формирование правовой културы молодёжи. – Т.: Академия МВД РУз, 2002. – С. 67.

3.29. Исломов З. Механизм существления государственной власти. – Т.: Адолат, 1997. – 56 с.

3.30. Islomov Z. M. Fuqarolik jamiyati: kecha, bugun, ertaga. – T., 2002. – 84 b.

3.31. Islomov Z. M. Davlat va huquqning umumnazariy muammolari: huquqni tushunish, huquqiy ong va huquq ijodkorligi. – T., 2005. – 188 b.

3.45. Матузов Н. Н. Правовая система и личност. – Саратов, 1997. – 222 с.

3.46. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.: O‘zbekiston, 2000. – 77 b.

3.47. Milliy g‘oya va mafkura tushunchalarining o‘ziga xos xususiyatlari. – T.: O‘zLiDep, 2006. – 88 b.

3.48. Odilqoriev X. Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati. – T.: Sharq, 2002. – 320 b.

3.57. Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. T. 1. – T., 1998. – 316 b.

3.58. Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi.T. 2. – T., 1998. – 448 b.

3.61. Turdiboeva R. Talaba yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirishning nazariy va amaliy masalalari. – T.: Adolat, 2002. – 164 b.

3.71. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqi/Prof. A. Saidovning umumiy tahririda. – T.: Adolat, 2005. – 479 b.

3.73. Qirg‘izboev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, madaniyatlar va mafkuralar. – T.: Sharq, 1997. – 160 b.

3.74. Husanov O.T. O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari. -T.: Adolat, 1996.-181b.

3.75. Tuychieva H.N. Huquqni o‘qitish metodikasi. –T.: Toshkent islom universiteti, 2008. – 78 b.

3.76. Nasiriddinova O.T. Huquqiy madaniyat – fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim omil (yoshlar misolida): Yurid. fan. nomz. . dis. avtoref. – T.: TDYuI, 2009, -22 b.

3.77. A. Saidov. U.Tojixonov “Huquqiy madaniyat nazariyasi”.Darslik IIV Akademiyasi-1998 yil.

3.78. Zokirov I. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi. darslik. T.: “Adolat” 1996. 296 b.

3.79. Rustamboev M.H. Jinoyat huquqi (Umumiy qism) Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.: “Ilm ziyo” 2005 -480 b.

Kafedrasi huquq fani o‘qituvchisi

Davlat va huquq asoslari 11-sinf

Android Application Davlat va huquq asoslari 11-sinf, Разработанный Turkiston, Перечислен В Категории Книги И Справочники. Текущая Версия 1.0.0, Выпущенная На 14/09/2018 . Согласно Google Play Davlat va huquq asoslari 11-sinf, Достигнуто Более 33 Тысяча. Davlat va huquq asoslari 11-sinf В Настоящее Время Имеет Рейтинги 31 Со Средней Номинальной Стоимостью 4.8

не Исматова, о. Karimova

Средняя школа
средние учебные заведения
и профессиональные учебные заведения
1 Publishing
Tashkent
«Янгиюл полиграф»
2019

В Настоящее Время Мы Предлагаем Версию 1.0.0. Это Наша Последняя, ​​самая Оптимизированная Версия. Это Подходит Для Многих Разных Устройств. Бесплатно Скачать Непосредственно Apk Из Google Play Store Или Других Версий. Более Того, Вы Можете Скачать Без Регистрации И Не Требуется Входа В Систему.

У Нас Есть Более 2000+ Доступных Устройств Для Samsung, Xiaomi, Huawei, Oppo, Vivo, Motorola, LG, Google, OnePlus, Sony, Tablet . С Таким Количеством Вариантов, Вам Легко Выбрать Игры Или Программное Обеспечение, Которое Соответствует Вашему Устройству.

Это Может Пригодиться, Если Есть Какие -Либо Страновые Ограничения Или Какие -Либо Ограничения Со Стороны Вашего Устройства В Google App Store.

Davlat va huquq asoslari (Huquqshunoslik) fani

Davlat va huquq asoslari va huquqshunoslik fanlarini o‘qitishning maqsadi:

davlat va huquq asoslari fani o‘quvchilarga huquqiy bilimlar berish orqali ularda huquqiy ong va huquqiy tafakkurni shakllantirish;

o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat

o‘quvchilarda tayanch huquqshunoslik faniga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir

Davlat va huquq asoslari va huquqshunoslik fanlarini o‘qitishning asosiy vazifasi:

o‘quvchilarda konstitutsiyaviy burch, majburiyatlarni bilish va ularga rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish;

o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatlarini belgilangan me’yorlar doirasida tartibga solish va boshqara olishni tarbiyalashdan iborat.

o‘rta ta’limi muassasalarida davlat va huquq asoslari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida huquqshunoslik fani bo‘yicha ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetensiyasi

Konstitutsiya, davlat, huquq, burch, majburiyat, fuqaro, inson, qonun, axloq, odob kabi huquqiy tushunchalarning mazmunini bila oladi;

huquq va huquqqa zidlik haqida ma’lumot bera oladi;

axloq va huquq qoidalarini biladi;

bola huquqlari, voyaga yetmaganlik, mehnat huquqi, oila huquqi, fuqarolik huquqi kabi tushunchalarning mazmunini bila oladi.

Jamiyat, davlat va huquqning paydo bo‘lishi, huquqbuzarlik va ularning belgilari haqida ma’lumot bera oladi;

inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va burchlarini biladi;

hokimiyat va uning bo‘linish prinsiplari, belgilari, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va uning asoslarini tushuntira oladi;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik, mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchiligida belgilangan voyaga yetmaganlarga oid huquqlarni va cheklovlarni biladi;

O‘zbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligida belgilangan voyaga yetmaganlarning huquqlarini biladi;

huquq sohalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi;

huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib bera oladi;

kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri baholab, maqbul qaror qabul qila oladi.

huquq manbalarini biladi;

voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslarini tushuntira oladi;

huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib beradi.

jamiyat, davlat, huquq, huquq sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati va belgilarini tushuntira oladi;

xalqaro umume’tirof etilgan konvensiyalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi;

davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish tartibi va qoidalarini biladi;

tanlagan kasbining huquqiy asoslari haqida ma’lumot bera oladi;

o‘z kasbiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni biladi.

2. Huquqiy madaniyatli bo‘lish kompetensiyasi

axloq va huquq qoidalariga amal qiladi;

fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan huquqlarini hurmat qiladi;

huquqiy ko‘nikma hosil qiladi;

huquqiy masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda kichik maishiy bitimlarni tuza oladi.

voyaga yetmaganlarga oid qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya etadi;

o‘quvchilarning ongi va tafakkurida inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq, burch va majburiyatlariga rioya qilish refleksi shakllanadi (kundalik faoliyatiga aylanadi);

o‘z xatti-harakatlarini huquq talablariga moslashtiradi;

qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qila oladi;

korrupsiyaga qarshi toqatsizlikni namoyon eta oladi.

huquqiy qoidalarni bajaradi, huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi;

huquqiy voqea va hodisalarga munosabat bildirishda huquqiy madaniyatini namoyon eta oladi.

fuqarolik burchlari va majburiyatlarini anglaydi, ularga rioya qiladi;

huquq manbalaridan foydalana oladi;

o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qila oladi;

huquqiy voqea va hodisalarga oid to‘g‘ri xulosa chiqara oladi;

korrupsiyaning jamiyat hayotida salbiy oqibat ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni biladi, unga qarshi kurashishga oid huquqiy normalar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishni his qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi;

jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etadi;

huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.

O‘RTA TA’LIMNING

10-11-SINFLARI UChUN

O‘QUV DASTURI

68 soat
Uqtirish xati
10-11-sinf Davlat va huquq asoslari (Huquqshunoslik) fani o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Shu bilan birga mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari asosida tayyorlangan.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Globallashuv sharoitida inson ongi uchun kurash tobora kuchayib borayotgan davrda, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish masalalari kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi Shu ma’noda mustaqillikning dastlabki yillarida boshlangan ishlarning matniqiy davomi sifatida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqiy ongini oshirish masalalari ham alohida tamoiyl sifatida 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida o‘z aksini topdi.

Huquqshunoshlik o‘quv fanini o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.

Konstitutsiyaviy burch va majburiyatlarni bilishga hamda ularga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat mazkur masalani amalga oshirishda ta’lim-tarbiya jarayonida davlat va huquq asoslari fani mazmuniga oid huquqiy ong hamda huquqiy mananiyatga ega bo‘lish kompetensiyalarni shakllantirish orqali amalga oshiriladi.

Fanga oid kompetensiyalar orqali o‘quvchilarda kommunikativlik, axborot bilan ishlash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi.

Davlat va huquq asoslari fani 10-11-sinf: “Huquqshunoslik” fani (34 soat)ni o‘z ichiga oladi. Uzviylik va uzluksizlik tamoyiliga asosan o‘quvchilarning quyi sinflarda olgan bilimlari asosida huquq sohalariga oid bilimlar beriladi.

(B1 34 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.

I BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

XALQARO HUQUQ SUB’EKTI
1-mavzu. Kirish. Huquq – shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi. (B1 1 soat)

Huquq – shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining asosi sifatida. Shaxsning huquqiy madaniyati.

2-mavzu. Qonunning ustuvorligi. (B1 1 soat)

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning asosiy qonuni. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida xalqaro huquqning umume’tirof etgan prinsiplari.

3-mavzu. Xalqaro huquq (B1 1 soat)

Xalqaro huquqiy munosabatlar va ularning prinsiplari. Xalqaro huquq manbalari. Chet el fuqarolarining huquqiy maqomi. Jahonning huquqiy xaritasi.

4-mavzu. Birlashgan millatlar tashkilotnining maqsad va vazifasi (B1 1 soat)

Birlashgan Millatlar tashkilotining tashkil topishi, maqsad va vazifalari. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Bola huquqlari himoya qilishda BMTning faoliyati

5-mavzu. Inson huquq va erkinliklarning himoya qilish mexanizmi. (B1 1 soat)

Inson huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro huquqiy hujjatlar. Milliy qonunchiligimizda inson va fuqarolar huquq va erkinliklarining himoya qilinishi. Apatritlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari.

Amaliy mashg‘ulot (B1 1 soat)
II BO‘LIM. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ – HUQUQNING BOSH SOHASI
6-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzum asoslari. (B1 1 soat)

Konstitutsiyaviy tuzumning tarkibi. Konstitutsiyaviy tuzum va konstitutsiyaviy tamoyillar. Konstitutsiyaviy tuzum va huquq tartibot.

7-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosi sifatida insonparvarlik tamoyili. (B1 1 soat)

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklarining belgilanishi. Xalq hokimiyatchiligi. Shaxsiy huquq va erkinliklar. Fuqarolarning konstitutsiyaviy burch va majburiyatlari.

III BO‘LIM. MA’MURIY HUQUQ
8-mavzu. Ma’muriy huquq sohasining Konstitutsiyaviy asoslari. (B1 1 soat)

Ma’muriy huquq sohasining konstitutsiyaviy asosi. Ma’muriy huquq tizimi va manbalari. Ma’muriy huquqning sub’ektlari. Davlat xizmati tushunchasi va o‘ziga xosxususiyatlari.

9-mavzu. Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlik. (B1 1 soat)

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari. Ma’muriy huquqbuzarlik. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi. Ma’muriyjavobgarlikvauningxususiyatlari.

10-mavzu. Ma’muriy jazo va uning turlari. (B1 1 soat)

Ma’muriy jazo belgilashning huquqiy asoslari. Jarima, musodara qilish, berilgan maxsus huquqdan mahrum etish tartiblari.

Amaliy mashg‘ulot. (B1 1 soat)
IV BO‘LIM. FUQAROLIK HUQUQI
11-mavzu. Fuqarolik huquqi manbalari. (B1 1 soat)

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolik huquqining asosi. Fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilari. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. Fuqarolik huquqining obyekti.

12-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi. (B1 1 soat)

O‘zbekiston Respublikasi Fuqaroligiga ega bo‘lish va uni yo‘qotishning huquqiy asoslari. Fuqarolik qonun hujjatlari. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik to‘g‘risidagi Qonuni.

13-mavzu. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar. (B1 1 soat)

Mulk huquqining Konstitutsiyaviy asoslari. O‘zbekiston Respublikasida mulk shaklari. Mulk huquqining subyektlari va obyektlari. Mulk huquqining amalga oshirish shartlari.

14-mavzu. Bitimlar va vakillik. (B1 1 soat)

Bitimlar tushunchasi, turlari va shakllari. Bitimning haqiqiy emasligi. Vakillik va ishonchnoma tushunchasi. Ishonchnomaning shakli, muddati, bekor bo‘lishi. Ishonchnomani qaytarish majburiyati.

15-mavzu. Shartnoma tushunchasi va shartlari. (B1 1 soat)

Shartnomalarning asosiy shartlari. Shartnoma tuzish erkinligi. Shartnomaning amal qilishi. Shartnomaning namunaviy shartlari. Sharnoma tuzish haqidagi asosiy qoidalar.

16-mavzu. Iste’molchilar huquqlari va majburiyatlari. (B1 1 soat)

Iste’molchi. Tovar haqida ma’lumot olish va sertifikatini so‘rash huquqi. Sotib olingan tovarni qaytarish yoki almashtirish huquqi. Iste’molchilarning majburiyatlari. O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘risidagi qonuni.

17-mavzu. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar sifatini kafolati. (B1 1 soat)

Tovarning kafolat, yaroqlilik muddati. Sotib oluvchining tovarni qabul qilish majburiyati. Tovarning bahosi. Tovarni sug‘urtalash.

18-mavzu. Intelektual mulk huquqi. (B1 1 soat)

Intelektual mulk ob’ektlari. mualliflik huquqi.mualliflik huquqi ob’ektlarining turlari. Mualliflik huqquqining amal qilish muddati. mualliflik huquqi manbalari. mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlik.

19-mavzu. Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rish bosqichlari. (B1 1 soat)

Fuqarolik sudida ko‘riladigan ishlar. Fuqarolik ishini sudda ko‘rish tartibi. Sud protsessi ishtirokchilari. Sudning hal qiluv qarori. Sud qarorlari ustidan shikoyat berish tartibi.

Amaliy mashg‘ulot. (B1 1 soat)
V BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI
20-mavzu. Mehnatga oid munosabatlar. (B1 1 soat)

Mehnatga oid munosabatlarning Konstitutsiyaviy asoslari. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari. Mehnat huquqining sub’ektlari. Mehnatni muhofaza qilish.

21- mavzu. Ishga qabul qilish va mehnat shartnomasi. (B1 1 soat)

Ishga joylashish huquqi. Ishga joylashishga davlat yo‘li bilan ko‘maklashish. Ishsiz deb e’tirof etish. Ishsizlik nafasini to‘lash. mehnat shartnomasi tushunchasi va talablari. Mehnat shartnomasining shakli. Mehnat shartnomasining muddati.

22-mavzu. Mehnat shartnomasini tuzish. (B1 1 soat)

Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh. Mehnat daftarchasi. Dastlabki sinov muddati. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish tartibi.

23-mavzu. Ish vaqti va dam olish vaqti. (B1 1 soat)

Ish vaqti tushunchasi. Ish vaqtining normal va qisqartirilgan muddati. to‘liqsiz ish vaqti. Ish vaqtini jamlab hisoblash. Tanafusslar, dam olish va bayram kunlari. Ta’tillar.

24-mavzu. Mehnatga haq to‘lash. Mehnat intizomi. (B1 1 soat)

Mehnat haqi miqdorini belgilash. Ish vaqtidan tashqari ishlar hamda dam olish kunlari va bayram kunlaridagi, tungi vaqtdagi ishlar uchun haq to‘lash. Mehnatga haq to‘lash muddatlari. Ish haqidan ushlab qolish. Mehnat intizomi. Mehnat uchun rag‘batlantirish. Intizomiy jazolar va ularning amal qilish tartibi.

25-mavzu. Mehnatni muhofaza qilish. Qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar. (B1 1 soat)

Mehnatni muhofaza qilish talablari. Ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan ko‘shimcha kafolat va imtiyozlar. Yoshlar uchun qo‘shimcha kafolatlar.

26-mavzu. Mehnat nizolari. (B1 1 soat)

Yakka mehnat nizolarining taraflari va mazmuni. Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi. Mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlar va komissiyalari va ularning qarorlari.

Amaliy mashg‘ulot (B1soat)
Takrorlash (B1soat)
Nazoratishi (B1soat)
Jami mavzular 26 soat

Amaliy mashg‘ulot 4 soat

Takrorlash 3 soat

Nazorat ishi 1 soat
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetensiyasi:

jamiyat, davlat, huquq, huquq sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati va belgilarini tushuntira oladi;

xalqaro umume’tirof etilgan konvensiyalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi;

davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish tartibi va qoidalarini biladi;

tanlagan kasbining huquqiy asoslari haqida ma’lumot bera oladi;

o‘z kasbiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni biladi.

Huquqiy madaniyatli bo‘lish kompetensiyasi

fuqarolik burchlari va majburiyatlarini anglaydi, ularga rioya qiladi;

huquq manbalaridan foydalana oladi;

o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qila oladi;

huquqiy voqya va hodisalarga oid to‘g‘ri xulosa chiqara oladi;

korrupsiyaning jamiyat hayotida salbiy oqibat ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni biladi, unga qarshi kurashishga oid huquqiy normalar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishni his qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi;

jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etadi;

huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

  1. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O‘zbekiston, 1996. – 364 b.
  2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 380 b.
  3. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 366 b.
  4. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. T. 4. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 394 b.
  5. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5. – Toshkent: O‘zbekiston, 1997. – 384 b.
  6. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. T. 6. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998. – 429 b.
  7. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T. 7. – Toshkent: O‘zbekiston, 1999. – 413 b.
  8. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T. 8. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000. – 525 b.
  9. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz masulmiz. T. 9. – Toshkent: O‘zbekiston, 2001. – 439 b.
  10. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. 10. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. – 432 b.
  11. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. T. 11. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003. – 320 b.
  12. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq. T. 12. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004. – 400 b.
  13. Karimov I.A. O‘zbek xalqi hyech qachon, hyech kimga qaram bo‘lmaydi. T. 13. – Toshkent: O‘zbekiston, 2005. – 448 b.
  14. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. T. 14. – Toshkent: O‘zbekiston, 2006. –280 b.
  15. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007. –320 b.
  16. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo‘lida. T.16. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. –368 b.
  17. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2008. –174 b.
  18. Karimov I.A. “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir”. 19-tom, T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011
  19. Mirzieyov, Shavkat. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.– Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. –488 b.
  20. Mirziyoev Shavkat Miromonovich. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marsosimdagi ma’ruza. 2016 yil 7 dekabr. Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. –48 b.
  21. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. –56 b.
  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015 – 40 b.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – 2014 yil. “O‘zbekiston”
  3. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. – 1992. – № 2. – B. 42–43.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyundagi “Yoshlarning huquqiy ta’limini takomillashtirishning Kompleks dasturi to‘g‘risida”gi Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari to‘plami. 1994. –№6. –B.204-205
  5. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 1997. –№. –225-modda.
  6. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№8. B. 23-33.
  7. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.// O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№8.
  8. O‘zbekiston Respublikasi Kodekslari. to‘plam T.: “Adolat” 2014. – 1056 bet.
  9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida” gi Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№7. –179-modda.
  10. Davlat va huquq asoslaridan umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturi. Ta’lim taraqqiyoti. 1999 y, 2-son, 264-301 betlar.
  11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi // “Xalq so‘zi” gazetasi. 2001. –5 yanvar.
  12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 23 iyundagi “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi 107 sonli Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 2005. –№6