Press "Enter" to skip to content

Tasviriy san`at 6-sinf

1. Qayerning mahalliy aholisi qadimda xudolar hayvonlar siymosiga o’tib olib odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan ? Misr

6-sinf tarix fanidan savol-javoblar

1. Eng qadimgi odamlar yaratgan ko’p narsalardan bugungi kunimizda ham foydalanib kelmoqdamiz. Bular nimalar ? Mehnat qurollari, sopol buyumlari, g’ildirak, sopol suv quvrlar, gazlamalar, yozuv.

2. Qadimgi bitiklarni o’rganish bilan shug’ullanuvchi fan qaysi ? Epigrafika

3. Qadimgi tangalarni tadqiq etuvchi fan qaysi ? Numizmatika

4. Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi qayerdan boshlanadi ? Qadimgi Sharqdan, so’ngra Yunonistondagi Krit orolida boshlangan

5. Qadimgi dunyo tarixi qaysi davrlarni o’z ichiga oladi ? Odamzod paydo bo’lgandan to 476-yilda G’arbiy Rim imperiyasi qulagunga qadar bo’lgan davrni

6. Qadimgi dunyo tarixi qanday manbalarda aks etadi ? Yilnomalarda, tarjimayi hollarda, qonun hujjatlarida

7. “Piramidalar matnlari”, “Marhumlar kitobi” matnlari qaysi xalq madaniyatiga oid ? Misr

8. “Bibliya” qaysi xalq madaniyatiga oid ? Yahudiy

9. “Rigvada” qaysi xalq madaniyatiga oid ? Hind

10. “Avesto” qaysi xalq madaniyatiga oid ? O’rta Osiyo

11. Bobil qaysi daryolar oralig’ida joylashgan ? Dajla va Frot

12. Moxenjodaro qaysi vodiyda joylashgan ? Hind

13. Persopol qaysi davlat hududida joylashgan ? Eron

1 – Mavzu: Qadimgi tarix – taraqqiyotining boshlanishi

14. Manzilgohlarda qazishma ishlarini olib boradigan fan qaysi ? Arxeologiya

15. Qadimgi odamlarni suyaklarini o’rganuvchi fan qaysi ? Antropologiya

16. Qadimgi xalqlarni urf-odatlarini o’rganuvchi fan qaysi ? Etnografiya

17. Qadimgi tillarni o’rganuvchi fan nima deyiladi ? Lingvistika

18. Eng qadimgi tarixni o’rganuvchi manbalar qaysilar ? Moddiy va ma’naviy manbalar

19. Inson qo’li bilan yaratilgan barcha narsalar qanday manbalar hisoblanadi ? Moddiy manbalar

20. O’rta Osiyo tarixi bo’yicha eng qadimgi manba qaysi ? “Avesto”

21. “Avesto”da yurtimizning qaysi viloyatlari aholisi haqida ma’lumotlar berilgan ? Baqtriya, So’g’diyona, Xorazm

22. Behistun qoyalari yozuvlari qayerda joylashgan ? Eronning Kirmonshoh shahri yaqinida

23. Behistun qoyalari yozuvlari qaysi tillarda va kim tomonidan yozilgan ? Qadimgi fors, elam, bobil tillarida Doro I tomonidan

24. Behistun bitiklarida qanday ma’lumotlar saqlanib qoldirilgan ? Zabt etilgan mamlakat va xalqlar, shu jumladan Xorazm, So’g’diyona, Baqtriya davlatlari haqida

25. Yunon tarixchisi Gerodot nechanchi asrda yashagan ? Mil. avv. V asrda

26. To’qqiz kitobdan iborat bo’lgan “Tarix” asarining muallifi kim ? Gerodot

27. Gerodotning “Tarix” asarida o’lkamizga doir qanday ma’lumotlar berilgan ? Qadimgi aholisi haqida batafsil ma’lumot berilgan

28. Yunon tarixchisi va geografi Strabon nechanchi asrda yashagan ? Mil. avv. I asrda

29. “Geografiya” asarining muallifi kim ? Strabon

30. Strabonning “Geografiya” asarida qanday ma’lumotlar saqlanib qolgan ? Ko’plab mamlakatlar xalqlari madaniyati va tarixiy voqealar

31. Xitoy tarixchisi Sim Syan nechanchi asrlarda yashagan ? Mil. avv. II asr oxiri , mil. Avv I asr boshlarida

32. “Tarixiy yilnomalar” asarining muallifi kim ? Sim Syan

33. Sim Syanning “Tarixiy yilnomalar” asarida yurtimizga oid qanday ma’lumotlar

saqlangan ? qadimgi aholisi va davlatlari to’g’risida

34. Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf nechanchi asrda yashagan ? Milodiy I asrda

35. “Buyuk Aleksandr tarixi” asari muallifi kim ? Kvint Kursiy Ruf

36. “Buyuk Aleksandr tarixi” asari qanday ma’lumotlarga ega ? Makedoniyalik Aleksandrning O’rta Osiyoga yurishi haqidagi ma’lumotlarga

37. Yunon tarixchisi Arrian nechanchi asrda yashagan ? Milodiy II asrda

38. “Aleksandrning harbiy yurishlari” asari muallifi kim ? Arrian

39. Mil. avv. VI-V asrlardagi qaysi millat vakillari yurtimiz aholisi haqida ma’lumotlarga ega bo’lishgan ? Yunonlar

40. Bundan necha ming yil oldin O’zbekiston aholisi bilan Qadimgi sharq elatlari o’rtasida madaniy aloqalar boshlangan ? 5 – 4 ming yil avval

41. Insoniyat tarixining barcha mehnat qurollari umumiy bo’lgan, khamma barobar ishlagan bir davri nima deyiladi ? Ibtidoiy jamoa tuzumi

42. Turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi nima deyiladi ? Ibtidoiy to’da

43. Birgalikda yashagan va mehnat qilgan umumiy mehnat qurollari va qurol – yarog’larga ega bo’lgan qarindoshlar jamoasi nima deyiladi ? Urug’

44. Qarindoshlik munosabatlari ona tomoniga qarab belgilangan davr nima deyiladi ? Matriarxat

45. Qarindoshlik munosabatlari ota tomoniga qarab belgilangan davr nima deyiladi ? Patriarxat

46. Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini faqat toshdan yasaganliklari uchun arxeologlar bu davrni nima deb atashadi? Paleolit

47. Ilk paleolit(shell) – mil .avv 1mln – 100-ming yilliklar

48. O’rta paleolit(ashshel) – mil .avv 100-40-ming yillik

49. So’nggi paleolit(must’e) – mil .avv 40-12-ming yillik

50. Mezolit bu – o’rta tosh davri mil.avv. 12-7-ming yilliklar

51. Olduvay davri –mil .avv 3-2-mln yillik

2-Mavzu:Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari

1. Eng qadimgi odamlarning hayvonot dunyosidan ajralib turishiga qanday omillar imkoniyat bergan ? Qaddini tik tutishi, mehnat qurollaridan foydalanish va yasashni bilishi

2. Avstrolopitek odam suyagi qoldiqlari qayerdan topilgan ? Janubiy Afrikadan

3. Zinjantrop odam suyagi qoldiqlari qayerdan topilgan ? Sharqiy Afrikadagi Zinj vodiysidan

4. Pitekantrop odam qoldiqlari qayerdan topilgan ? Indoneziyaning Yava orolidan (1890-yilda)

5. Olduvay darasi qayerda joylashgan ? Sharqiy Afrikada (Hozirgi Tanzaniya)

6. Sinantrop odam qoldiqlari qayerdan topilgan ? Xitoydan

7. Sinantrop odam qoldiqlari O’zbekistonning qaysi hududidan topilgan ? Farg’onadan

8. Neondertal odam qoldiq suyaklari qayerdan topilgan ? Germaniyadan

9. Kromaneon odam qoldig’i qayerdan topilgan ? Fransiyadan

10. Yer yuzida iqliq iliq bo’lgan kezlarda odamlar qanday joylarda yashagan ? Kichik daryolar yoki soylar yaqinidagi tepaliklarda

11. Buyuk muzlash davri qachondan boshlanadi ? ilk paleolitning so’nggi bosqichidan

12. Qadimgi odam manzilgohlari yer yuzining qaysi mintaqalaridan topilgan ? Afrika, Osiyo, Yevropa

13. O’rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari qayerlardan topilgan ? Farg’ona vodiysidagi Selungur manzilgohidan, Toshkent vohasidagi Ko’lbuloq manzilgohidan

14. Chopper nima ? Bir tomoni o’tkirlangan qo’pol tosh qurol

15. Qadimda mehnat qurollari odamlarga nima uchun kerak edi ? Yegulik topish uchun

16. Insoniyatning eng qadimgi mashg’uloti nima bo’lgan ? Termachilik va ovchilik

17. Surhondaryo viloyati Boysun tumanidagi Teshiktosh g’ori qachon va kim tomonidan o’rganilgan ? 1938-yil A.P. Okladnikov tomonidan

18. Teshiktosh g’oridan qanday ashyolar topilgan ? uch mingga yaqin tosh qurol, arxar, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar suyaklari, qush patlari hamda 8-9 yoshli neondertal bola suyagi.

19. Diniy e’tiqodni vujudga kelishiga qanday omil sabab bo’lgan ? Odamning teverak atrofda bo’layotgan voqea hodisalarni tushunib yetmasligi

20. Insonni o’rab turgan muhitda jon va ruhlar mavjudligiga ishonishi nima deyiladi ? Animizm

21. Odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazolardan asrashiga ishonish fanda nima deyiladi ? Fetishizm

22. Odamlarni dafn qilish qaysi davrda shakllangan ? O’rta paleolitda

23. Dastlabki diniy e’tiqod shakllari qaysi davrda vujudga kelgan ? So’nggi paleolitda

24. So’nggi paleolitga doir qoya rasmlari yodgorliklari qaysilar ? Altamir, Lasko, Kapova

24. Dastlabki tasviriy san’at qachon vujudga kelgan ? So’nggi paleolitda

25. Altamir qaysi davlatda joylashgan ? Ispaniya

26. Lasko qaysi davlatda joylashgan ? Fransiya

27. Kapova qaysi davlatda joylashgan ? Boshqirdiston

28. Eng qadimgi tasviriy san’atning vujudga kelishiga qanday omil sabab bo’lgan ? Odamning o’zini qurshab turgan tevarak dunyoni tushunishga intilishio7

3 – Mavzu:Urugm`chilik jamiyati

1. So’nggi paleolit davri nechanchi ming yilliklarni o’z ichiga oladi ? Mil.avv. 40-12- ming yilliklarni

2. Hozirgi qiyofadagi odamlar – kromaneonlar qaysi davrdan yashay boshlaydi ? So’nggi paleolit davridan

3. So’nggi paleolit davri manzilgohlari O’zbekistonning qaysi hududlaridan topilgan ? Samarqand shahri yaqinidan, Toshkent viloyati Ko’lbuloq manzilgohining yuqori madaniy qatlamidan, Farg’ona vodiysidan

4. Bundan necha ming yil muqaddam odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi parmalovchi mehnat qurollarini yasaydigan bo’lishadi ? 25-30 ming yil muqaddam

5. Munchoqlar va tumorlar yasash qaysi davr ixtirosi hisoblanadi ? So’nggi paleolit davri. 25-30 ming yil avval

6. Qaysi davrda ihcham urug’ jamoalari ajrab chiqa boshlagan ? So’nggi paleolit davrida

7. So’nggi paleolit davrida urug’larga kimlar boshchilik qilgan ? oqsoqollar

8. Bir joyda yashagan bir qancha urug’lar qanday birlikni tashkil qilgan ? Qabilani

9. Turar joylar qurish qaysi davr odamlarining muhim ixtirosi hisoblanadi ? So’nggi paleolit

10. Kiyim kechak tayyorlashda hayvon terilaridan foydalanish qaysi davrdan boshlangan ? So’nggi paleolit

11. Insonlar sun’iy olovdan foydalanishni qaysi davrdan boshlagan ? Songgi paleolitdan

12. Mezolit davri nechanchi ming yilliklarni o’z ichiga oladi ? 12-7-ming yilliklarni

13. Muzlik davri qachon o’z payoniga yetadi ? Mezolit davrida

14. O’q – yoy qaysi davrda kashf etilgan ? Mezolit davrida

15. O’q – yoyni kashf etilishi insonlarga qanday imkoniyatlarni yaratadi ? chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkonini

16. Ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik qachon va qaysi hududda vujudga kelgan ? Mezolit davri oxirida Old Osiyoda

17. Bugungi kunda mezolit davriga oid qancha manzilgoh ochilgan ? 100 dan ziyod

18. Mezolit davriga oid manzilgohlar O’zbekistonning qaysi hududlarida uchraydi ? Farg’ona vodiysining tog’oldi va tog’li tumanlarida, Toshkent vohasida hamda O’zbekiston janubida

19. Qo’shilish, Obishir, Machay qaysi davr manzilgohlari hisoblanadi ? Mezolit

20. Zarautsoy darasidagi qoyatosh rasmlari qaysi davrga oid ? Mezolit

21. Amudaryo va Sirdaryo qirg’oqlari, O’zbekiston hududidagi ko’llar va daryolar qaysi davr ovchilari va baliqchilari ko’chib kelib o’rnashgan maskanga aylangan ? Mezolit

22. Qaysi davrda odamlar ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tgan ? Neolit

23. O’rta Osiyoda Neolit davri nechanchi ming yilliklarni o’z ichiga oladi ? Mil.avv. 6-4- ming yilliklarni

24. Arxeologlar neolit davri boshlanishini nimaning kashf etilishi bilan belgilaydi ? Sopol idishlarni

25. Odam toshdan kichik mehnat qurollari – mikrolitlarni qaysi davrda yasashni o’rganishgan ? Mezolit va neolit davrida

26. Qaysi davrdan odamlar doimiy turar joylar qurishni boshlashgan ? Neolit davridan

27. Qaysi davrdan odamlar paxsa imoratlar qurishni boshlaydi ? Neolit davidan

28. Qaysi davrda odamlar toshga ishlov berishning oldin tanish bo’lmagan usullarini: silliqlash, aralash, sirlash va teshikchalar parmalashni qo’llay boshlaydi ? Neolit davridan

29. Qaysi davrdan urug’ jamoalarining o’troq manzilgohlari vujudga kelgan ? Neolit davridan

30. Neolit davrida qanday omil jamoalarning dehqonchilikka o’tish imkoniyatini vujudga keltiradi ? O’troq turmush tarzi va mehnat qurollarining takomilashuvi

31. Neolit davrida qanday omil hunarmandchilikning rivojiga zamin yaratib beradi ? O’troq turmush tarziga o’tish

32. Kulolchilik va to’quvchilik qaysi davr ixtirosi va kashfiyoti hisoblanadi? Neolit

33. O’rta Osiyoning janubiy viloyatlarida aholi qachon ziroatchilikka o’tgan ? Mil.avv 6-5-ming yilliklarda

34. O’rta Osiyoning markaziy va shimoliy o’lkalaridagi aholi mil.avv. 6-5-ming yillikda qanday mashg’ulot bilan shug’ullanishni davom ettirgan ? Ovchilik va baliqchilik bilan

4 – Mavzu: Eneolit va Bronza davri

1. Eneolit davri (mis-tosh) nechanchi ming yilliklarini o’z ichiga oladi ? Mil.avv. 4-3-ming yilliklarni

2. Qadimgi odamlar qanday madanlarni bir-biriga qo’shish natijasida bronzani kashf qilishadi ?

Mis-qalay-qo’rg’oshin yoki ruh

3. Qadimgi Sharqda nechanchi ming yillikda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kelgan ? Mil.avv. IV ming yillikda

4. Qachon O’rta Osiyo janubida sug’orma dehqonchilik vujudga kelgan ? Mil.avv. IV ming yillikda

5. Xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurish qachon boshlangan ? Mil.avv. IV ming yillikda

6. Kulolchilik humdonlaridan foydalanish qachondan boshlanadi ? Mil.avv. IV ming yillikda

7. Qachondan boshlab sopol idishlar hayvonlar, qushlar va o’simliksimon naqshlar bilan bezatiladigan bo’ldi ? Mil.avv. IV ming yillikda

8. Bronza qachondan mehnat qurollari, qurol-yarog’lar va zeb-ziynat buyumlari tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy materialga aylanadi ? Mil.avv. III ming yillik o’rtalaridan

9. Qaysi davrdan chorvachilik dehqonchilikdan ajrab chiqa boshlaydi ? Bronza davridan

10. Patriarxat davri nechanchi ming yillikdan boshlanadi ? Mil.avv. III ming yillikdan

11. Zamonbobo manzilgohi qaysi daryo havzasida joylashgan ? Zarafshon

12. Zamonbobo manzilgohi nechanchi ming yillikka oid ? Mil.avv. II ming yillikka

13. Chorvadorlar va dehqonlar manzilgohi bo’lgan Zamonbobo manzilgohi hozirgi qaysi hududda joylashgan ? Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi Zamonbobo ko’li atroflarida

14. O’zbekistondagi qaysi manzilgohdan dastlabki mis ko’zgular topilgan? Zamonbobodan

15. Sopollitepa manzilgohi qayerda joylashgan ? Surhondaryo viloyati Sherobod yaqinida

16.Sopollitepa manzilgohi nechanchi ming yillikka oid ? Mil.avv. II ming yillikka

17. Sopollitepadan qazishmalar natijasida qanday ashyolar topilgan ? Paxsa imorat, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari, zeb-ziynat buyumlarini yasaydigan ustaxona va humlarmda saqlangan bug’doy va arpa doni

18. Jarqo’ton manzilgohi qayerda joylashgan ? Surhon vohasida hozirgi Sheraboddan uncha uzoq bo’lmagan joyda

19. Jarqo’ton manzilgohi bundan necha ming yil oldin vujudga kelgan ? 3,5 ming yil oldin

20. Jarqo’ton manzilgohi qurilish tarxida . . shaharning ilk alomatlari ko’zga tashlanadi

21. O’zbekiston hududidagi qaysi manzilgohdan ilk ibodatxona qoldiqlari topilgan ? Jarqo’tondan

22. Jarqo’qo’ton manzilgohi necha qismdan iborat bo’lgan ? Ikki qismdan

23. Bronza davriga oid manzilgohlar Buxoro, Surxondaryodan tashqari O’zbekistonning yana qaysi hududidan topilgan ? Xorazmdan

24. Kulolchilik charxi va g’ildirak qaysi davrda ixtiro qilingan ? Bronza davrida

5 – Mavzu: Temir davriga o`tishda O`rta Osiyoning rivojlanishi

1. Temir davri nechanchi ming yillikni o’z ichiga oladi ? Mil.avv. I ming yillikni

2. Qachondan boshlab temirdan mehnat qurollari yasash imkoni paydo bo’lgan ? Mil.avv. I ming yillik boshlaridan

3. Temir necha gradusda erigan ? 1500 o da

4. Temirdan dastlab kimlar foydalanishgan ? Xett qabilalari

4. Xetlar temirdan nechanchi asrlarda foydalanishgan ? Mil. avv. XIV – XIII asrlarda

5. Xett qabilalari qayerda yashashgan ? Kichik Osiyoda ( hoz. Turkjiyada)

6. Xettlardan keyin temirdan kimlar foydalanishgan ? Mesopotamiya, Eron, Kavkazorti xalqlari

7. Temirdan dastlab nima maqsadda foydalanishgan ? Zeb-ziynat buyumlari yasashda

8. Misr fir’avni Tutanxamon maqbarasi va Kavkazdagi Maykop qo’rg’onidan qanday ashyolar topilgan ? Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari

9. Temirdan foydalanish eng avvalo qaysi sohani rivojiga ta’sir ko’rsatadi ? Dehqonchilik texnikasi rivojiga

10. O’rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temirdan yasalgan buyumlar qaysi davrga oid ? Mil. avv. IX – VIII asrlarga

11. O’rta Osiyodan topilgan eng qadimgi temirdan yasalgan buyumlar Mil. avv. IX – VIII asrlarga oid bo’lsa, ulardan ko’pi nechanchi asrlarga tegishli ? Mil.avv. VII – VI asrlarga

12. Yevropadan farqli o’laroq Sharqda dehqonchilik qanday zaminda rivojlangan ? Sun’iy sug’orish

13. Qaysi davrda urug’ jamoasi o’rnini hududiy qo’shnichilik jamoasi egallaydi ? Temir davrida

14. Mil.avv. I ming yillikda O’rta Osiyoda aholi necha guruhga bo’lingan ? to’rt guruhga. Bular: 1-kohinlar, 2-jangchilar, 3-dehqonlar, 4-hunarmandlar

15. Ijtimoiy tuzum taraqqiyoti bu : – urug, urug’ jamoasi, hududiy qo’shnichilik jamoasi, qabila, qabilalar ittifoqi, davlat

16. Ilk davlatchilikka o’tish davrida qabilaga harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shakli nima deyiladi ? Harbiy demokratiya

17. “Avesto”da O’rta Osiyoda jamiyatning negizi nima deyiladi ? “Nmana” ya’ni katta patriarxal oila

18. “Avesto”ga ko’ra bir nechta nmanalar qanday birlikni tashkil qilgan ? “Vis”

19. “Avesto”ga ko’ra hududiy qo’shnichilik jamoasi nima deyilgan ? “Varzana”

20. “Avesto”ga ko’ra qabila nima deyilgan ? “Zantu”

21. “Avesto”ga ko’ra qabilalar ittifoqi nima deyilgan ? “Dahyu”

22. “Avesto”ga ko’ra jamiyatning idora qilishni qanday tizimi mavjud bo’lgan ? Oqsoqollar kengashi – xalq yig’ini – alohida tumanlar hukmdorlari – viloyat hukmdorlari

6 – Mavzu:Nil vodiysi va uning aholisi

1. Afrikaning shimoli-sharqida sivilizatsiya uchun maydon hozirlagan daryo qaysi ? Nil

2. Misr qaysi hududda joylashgan ? Afrika shimoli-sharqida

3. Nil daryosi qaysi dengizga quyiladi ? O’rta yer dengiziga

4. Nil daryosini O’rta yer dengiziga quyilishini yunonlar nima deyishgan ? Delta

5. Nil vodiysining eni va uzunligi qanchani tashkil etgan ? Eni 3 km dan 22 km gacha, uzunligi 6 ming km

6. Misrliklar vodiyga qanday nom berishgan ? “Qora tuproq”

7. Nil daryosi qirg’oqlarini odamlar qachondan o’zlashtira boshlashgan ? Mil.avv. IV ming yillik boshlaridan

8. Qadimgi Misrliklar qanday maxsulotlarni yetishtirgan ? Arpa va bug’doy hamda zig’ir yetishtirib kanopdan gazlama to’qishgan

9. Qadimda Misrlik dehqonlar qaysi oylarda dam olgan ? Iyul – sentabr

10. Qadimda Misrlik dehqonlar qaysi faslda urug’lik sochishgan ? Kuzda

11. Qadimda Misrlik dehqonlar qaysi faslda hosil yig’ishni boshlashgan ? Qishda

12. Qadimda Misrlik dehqonlar boshoqlarni qanday metaldan tayyorlangan o’roqlarda o’rishgan ? Mis o’roqlarda

13. Qadimgi Misrliklarning nechta kasb-kori bo’lgan ? 30 dan ziyod

14. Qadimda oddiy misrliklarning uylari qanday materialdan qurilgan ? Loy suvalgan papirus poyalaridan

15. Qadimda Misrda zodagonlarning uylari qaday materialdan qurilgan ? Somon qo’shib qorilgam loydan yasalgan, oftobda quritilgan xom g’ishtdan

16. Qadimgi Misrda saroylar va ibodatxonalar qanday materialdan qurilgan ? Toshdan

17. Nil vodiysida dastlabki davlat birlashmalari nechanchi ming yillikdan vujudga kelgan ? Mil.avv. IV ming yillik oxiridan

18. Qadimgi Misrda dastlabki davlat birlashmalari nima deyilgan ? “Nom”

19. Qadimgi Misrda qaysi tabaqa vakillari alohida mavqe va nufuzga ega bo’lishgan ? Kohinlar

20. Qadimgi Misrda dastlab nechta posholik bo’lgan ? ikkita. Bular Yuqori va Quyi Misr

21. Qachon Yuqori Misr hukmdori Quyi Misrni o’ziga birlashtiradi ? Mil.avv. 3000-yilda

22. Mil.avv. 3000-yilda Yuqori va Quyi Misrni birlashtirib kim Yagona Misr davlatiga asos soladi ? Menes

23. Misrni birinchi fir’avni kim bo’lgan ? Menes

24. Menes birlashtirgan davlatning poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? Memfis

25. Olimlar Misr tarixini nechta davrga bo’lishadi ? 5 ta. Bular: Ilk, Qadimgi, O’rta, Yangi, So’nggi

26. O’rta podsholik davrida Misr poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? Fiva

7 – Mavzu: Qadimgi Misr

1. Misr janubdan qaysi davlat bilan chegaradosh bo’lgan ? Nubiya

2. Qaysi mamlakatga misrliklar Nil bo’ylab oltin, smola (qatron), fil suyagi, nodir navli yog’ochlarni ayilrboshlash uchun olib borishgan? Nubiyaga

3. Misr g’arbida qaysi davlat joylashgan edi ? Liviya

4. Misrliklar qaysi mamlakatlardan hunarmandlar yasagan buyumlar va nodir qimmatbaho toshlarni olib kelishgan ? Falastin va Suriyadan

5. Qaysi podsholik davrida Sinay yarim oroli bosib olinadi ? Qadimgi posholik davrida

6. Qaysi podsholik davrida Misr fir’avnlari Nubiya va Liviyaga yurish qilishadi ? Qadimgi podsholik davrida

7. Qaysi podsholik fir’avnlari davrida Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimoli Misrga qo’shib olinadi ? O’rta podsholik

8. Ko’chmanchi giksoslar qachon Misr hududiga hujum qiladi ? Mil.avv. XVIII asr oxirida

9. Giksoslarning asosiy kuchi nima bo’lgan ? Otlar qo’shilgan jang aravalari

10. Giksoslarga bo’ysunmagan Misr shahri qaysi ? Fiva

11. Giksoslarga qarshi kurashish maqsadida Misr nomlari qaysi shahar tevaragida birlashadi ? Fiva

12. Giksoslarni Misrdan haydab chiqargan Misr fir’avni kim ? Yaxmos

13. Misrda yangi podsholik davriga kim asos soladi ? Yaxmos

14. Kimni hukmronligi davrida Misr yuksak kuch-qudrat cho’qqisiga erishadi ? Yaxmos

15. Tabarzin nima ? Dastasi uzun jangovor oybolta

16. Qaysi podsholik davrida butun Nubiya Misrga qo’shib olinadi ? Yangi podsholik davrida

17. Qaysi podsholik davrida Liviya qabilalari Misrga soliq to’lashga majbur qilinadi ? Yangi podsholik davrida

18. Mil.avv. 1500-yillar atrofida qaysi Misr fir’avni katta yurishlarni tashkillashtirishga muvaffaq bo’ladi ? Tutmos II

19. Mil.avv. 1500-yillar atrofida Falastin va Suriyani istilo qilishni boshlagan Misr fir’avni kim ? Tutmos II

20. Falastinni bosib olishga muvaffaq bo’lgan Misr fir’avni kim ? Tutmos III

21. Mil.avv. VII asrda Misr yagona davlatga birlashadi, ammo mil.avv. VI asrda Misrga qaysi qabilalar bostirib kiradi ? Forslar

22. Mil.avv. 525-yilda Misrni kim bosib oladi ? Kir II ning o’g’li Kambiz II

8 – Mavzu: Qadimgi Misr dini

1. Qayerning mahalliy aholisi qadimda xudolar hayvonlar siymosiga o’tib olib odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan ? Misr

2. Qayerliklar qadimda xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa haykal tanasida yashaydi deb bilishgan ? Misrliklar

3. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisda o’z xudosi bo’lib, u nima deyilgan ? Ptax

4. Misrliklar e’tiqodicha qaysi xudo odamlarni yaratayotib har bir narsaning nomini odamlarga o’rgatgan ? Ptax

5. Misrliklar e’tiqodicha xudo Ptaxning yerdagi qiyofasi nima deyilgan ? Apis (Peshonasi va belida oq qashqasi bo’lgan xo’kiz ko’rinishida bo’lgan)

5. Apis qanday xudo bo’lgan ? Hosildorlik xudosi

6. Misrliklar e’tiqodicha Fiva shahri homiysi qaysi xudo bo’lgan ? Amon

7. Misrliklar e’tiqodicha quyosh xudosi qaysi bo’lgan ? Ra

8. Amon va Ra xudolari qachon birlashib ketadi ? Mil.avv. 2 mingginchi yilda

9. Quyosh xudosi Amon-Raning ibodatxonasi qayerda bo’lgan ? Geliopolda (Baolbek)

10. Misrliklar e’tiqodicha fir’avnlar kimning o’g’li hisoblangan ? Quyosh xudosining

11. Misrdagi hayotning birlamchi manbayi va posboni – Nil xudosi qaysi ? Xapi

12. Misrliklar e’tiqodicha yer osti saltanati xudosi qaysi ? Osiris

13. Rivoyatlarda aytilishicha qaysi xudo Misrning ilk posholaridan biri bo’lib, o’z xalqini dehqonchilikka o’rgatgan ? Osiris

14. Misrliklar e’tiqodicha xudo Osirisni kim o’ldiradi ? Birodari Set

15. Misrliklar e’tiqodicha Osirisni mo’miyolab qayta tiriltirgan kim ? Xotini Isida

16. Osiris ibodatxonasi harobalari hozirgacha qaysi shaharda saqlanib qolgan ? Abidos

17. Misrliklar e’tiqodicha marhumlar, mo’miyolanganlar xudosi va ko’milganlar rahnamosi kim ? Anubis

18. Misrliklar e’tiqodicha oy, donishmandlik va tabobat xudosi qaysi ? Tot

19. Misrliklar e’tiqodicha baxtsizlik, cho’l va bo’ron xudosi qaysi ? Set

20. Misrliklar e’tiqodicha musiqa, go’zallik va muhabbat xudosi qaysi ? Xatxor

21. Misrliklar e’tiqodicha haqiqat, adolat va odillik xudosi qaysi ? Maat

9 –Piramidalar va dahmalar

22. Misrda qaysi podsholiklar davrida piramidalar qurilgan ? Qadimgi va O’rta posholiklar davrida

23. Misrda Qadimgi va O’rta podsholiklar davrida fir’avnlar dafn etiladigan joy nima deyilgan ? Piramida

24. Eng mashxur piramidalar qaysilar bo’lgan ? Xufu, Xafra, Menkaura

25. Xufu, Xafra, Menkaura piramidalari qaysi shahar yaqinida joylashgan ? Memfis

26. Eng yirik piramida Xufu nechanchi yilda qurilgan ? Mil.avv. 2600-yilda

27. Eng yirik piramida Xufuning balandligi qancha ? 147 metr

28. Xufu piramidasida har bir toshi ikki tonnadan og’irroq qancha tosh ishlatilgan ? 2.5 mln dona

29. “Sarkofag” nima ? Toshtobut

30. Fir’avn dahmalari ichi turli munojotlar va qarg’ishlardan iborat bitiklar bilan bezatilishiga nima sabab bo’lgan? Odamlar ular fir’avnni himoya qilib o’zga hayotga o’tganida unga yordam beradi deb hisoblashgan

31. Misrda yirik piramidalar o’rtacha necha yil davomida qurilgan ? 20 yil

32. “Sfinks” bu – Tanasi arslon va boshi odamnikisimon bo’lgan ulkan haykal. Piramidalarni qo’riqlagan

33. Qaysi davrdan piramidalar qurilmay qo’yilgan ? Yangi podsholik davridan

34. Qaysi davrdan Misr fir’avnlari tog’larga o’yilgan tosh maqbaralarga dafn qilinadi ? Yangi posholik davridan

35. Eng mashxur maqbara qaysi Misr fir’avniga tegishli ? Tutanxamon

36. Misrliklar e’tiqodicha marhumlar saltanatidagi hayot nimaga bog’liq bo’ladi ? Osiris sudi natijalariga

37. Misrliklar nima uchun odamni mo’miyolashgan ? Osiris qarshisida go’zal qiyofada qad roslashi uchun

38. Misrda mo’miyolash necha kun davom etgan ? 70 kun

39. Misrliklar e’tiqodicha qaysi hashorat alohida hurmatga sazovor bo’lgan ? Qo’ng’iz

40. Misrliklar e’tiqodicha qaysi hashorat quyoshning yordamchisio hisoblangan ? Qo’ng’iz

41. Bastet bu – mushuk qiyofasidagi go’zallik ilohasi

10-Qadimgi Misr madaniyati

1. Qadimgi misrliklar yozuvi dastlab qanday ko’rinishda bo’lgan ? Rasm ko’rinishida

2. Qadimgi misrliklar dastlab yozuvdan nima maqsadda foydalanishgan ? qarg’ishlar va martosimlarni yozib borishda

3. Qadimgi misrliklar yozuvni nima deb atashgan ? “muqaddas yoki xudolar kalomi”

4. Qadimgi yunonlar misrliklarning yozuvlarini nima deb atashgan ? “Iyeroglif”

5. “Iyeroglif” so’zining ma’nosi nima ? “Toshga chekilgan muqaddas bitiklar”

6. Qadimgi misrliklar yozuvlarni nimaga yozishgan ? Maqbara devorlari va xudolar haykallariga

7. Qadimgi misrliklar alifbosi nechta iyeroglifdan iborat bo’lgan ? 750 ta

8. Qadimgi misrliklar yozuvni qamish qilqalam bilan nimaga yozishgan ? Papirus poyasidan tayyorlangan qog’ozga

9. Qadimgi Misrda ta’lim olayotganda bolalar nimaga yozishgan ? Sopol buyumlar parchasi va oxaktoshga

10. Misr iyerogliflarini kim birinchi bo’lib o’qigan ? Fransuz olimi Jak Fransua Shampolyon 1822-yilda

11. Misr iyerogliflarini o’qilishiga nima asos bo’lib xizmat qilgan ? Qohira shahridan uncha uzoq bo’lmagan Rozett shahri yaqinidan topilgan bitiktosh

12. Rozett bitiktoshi qaysi tillarda yozilgan ? Qadimgi Misr va yunon tillarida

13. Bugungi kunda Rozett bitiktoshi qayerda saqlanadi ? Londondagi Britaniya muzeyida

14. Nefertiti kim bo’lgan ? Misr malikasi

15. Misrliklar hosilni qachon yig’ish va qachon urug’likni sochishni nimaga qarab aniqlashgan ? yulduzlarga qarab

16. Astronomiya fani qayerda vujuga kelgan ? Misrda

17. Misrliklar necha kundan iborat bo’lgan quyosh kalendarini yaratishgan ? 365 kun, 12 oy, har oy 30 kundan iborat. 5 kuni bayram qilingan

18. Qaysi xalqlar tomonidan yaratilgan yuluzlar joylashuvi xaritasi hozirga qadar saqlanib qo’lgan ? Misrliklar

19. Geometriya fani – yer yuzasini o’lchash ilmi qayerda vujudga kelgan ? Misrda

20. Qaysi qadimgi davlat shaharlarida tabiblarga ta’lim beruvchi maxsus maktablar bo’lgan ? Misr

21. Qadimgi Misrda uzunlik o’lchov birligi nima deyilgan ? “Tirsak”

22. “Tirsak” ni uzunligi qancha bo’lgan ? 52.5 sm, 7 ta kaft, 28 ta barmoq

23. Qadimda qaysi davlatda vaqt 24 bo’lmadan iborat suv soatlari yordamida o’lchangan ? Misrda

24. “Ikki aka – uka haqida ertak”, “O’lim shahzodasi haqida ertak”, “Isida va Osiris haqida afsona”, “Sinuxet hikoyasi” kabi asarlar qaysi xalqlarga tegishli ? Misr xalqlariga

11 – Mesopotamiya sivilizatsiyalari

1. Dajla va Frot daryolari oralig’ini yunonlar nima deyishgan ? Mesopotamiya

2. “Mesopotamiya” so’zining ma’nosi nima ? “Ikki daryo oralig’i”

3. Tabiiy sharoitiga ko’ra qadimgi Mesopotamiya qaysi davlatni esga soladi ? Misr

4. Jahondagi eng qadimgi miflardan biri yer yuzini butunlay suv bosishi to’g’risidagi – To’fon rivoyati qayerda dunyoga kelgan ? Mesopotamiyada

5. Mesopotamiya ahli qaysi daraxtni “hayot daraxti” deyishgan ? Hurmoni

6. Qadimgi Mesopotamiyada bir tup daraxt necha kilogrammgacha hosil bergan ? 50 kg

7. Qadimgi Mesopotamiyada xurmo daraxti poyasi nima sifatida ishlatilgan ? Qurilish materiali va o’tin sifatida

8. Nechanchi ming yillikda Mesopotamiyada shumer manzilgohlari vujudga keladi ? Mil.avv. IV ming yillikda

9. Shumerlar manzilgohi Mesopotamiyaning qaysi qismida vujudga kelgan ? Janubida

10. Qadimgi Mesopotamiyaning shimoli nima deyilgan ? Akkad

11. Nechanchi ming yillikda shumerlarga singishib ketgan akkadlar butun Mesopotamiyani egallab oladi ? Mil.avv. 3-ming yillik oxirida

12. Qadimgi Mesopotamiya aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik

13. Mesopotamiya savdogarlari qaysi o’lkalardan donga ayirboshlab oltin, mis, kumush, qalayi va noyob toshlarni keltirishgan ? Kavkazorti va Eron o’lkalaridan

14. Mesopotamiyaga kedr (sidra) yog’ochi qayerdan keltirilgan ? Suriyadan

15. Qadimgi Mesopotamiyada og’irlik o’lchov birligi nima deyilgan ? “Mino” ( 550 gr kumushga teng bo’lgan)

16. Shumerlar eng qadimgi yozuv – mixxatni qachon ixtiro qilishadi ? Mil. avv. IV ming yillikda

17. Shumerlar yozuvni uchi o’tkirlangan tayoqchalar bilan nimaga yozishgan ? Loy taxtachalarga

18. Mil.avv. IV ming yillikda Mesopotamiyada qanday nomdagi shaharlar vujudga kelgan ? Uruk, Umma, Lagash, Ur.

19. Mesopotamiyaning qadimgi ibodatxonalari – zikkuratlar qanday ashyodan qurilgan ? Xom g’ishtdan

20. Mesopotamiyada alohida ehtiromga sazovor bo’lgan quyosh xudosi qaysi ? Shamash

21. Mesopotamiyada qaysi xudo oliy hakam hisoblanib yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan ? Shamash

22. Mesopotamiya oy xudosi nima deyilgan ? Sina

23. Mesopotamiyada suv xudosi nima deyilgan ? Ea

24. Mesopotamiyada hosildorlik va sevgi, hamda ikki yuzli urush va g’alaba ilohasi nima deyilgan ? Ishtar

25. Mil.avv. 3-ming yilliklarda Shumer shaharlari orasida eng qudratlisi qaysi shahar bo’lgan ? Ur

26. Mil.avv. 3-ming yillik o’rtalarida Shumer shaharlari orasida qaysi shahar yuksaladi ? Lagash

27. Mesopotamiyaning eng sevimli qahramoni Gilgamesh qaysi shahar podshosi bo’lgan ? Uruk

28. Rivoyatlarda aytilishicha jarga tashlab yuborilgan Gilgameshni nima tutib oladi ? Burgut

29. Rivoyatlarda aytilishicha Gilgameshni burgut kimga eltib beradi ? Bog’bonga

30. Rivoyatlarda aytilishicha Gilgameshni kim tarbiyalaydi ? Bog’bon

31. Rivoyatlarda aytilishicha Gilgameshning do’stini ismi nima bo’lgan ? Enkidu

32. Mil.avv. 3-ming yillikning o’rtalarida qaysi Shumer podshosi Akkadni o’z hokimiyati ostiga birlashtiradi ? Sargon I

33. Sargon I qanday maqsadda shaharlar uchun yagona bo’lgan uzunlik, maydon, og’irlik o’lchivini joriy qiladi ? Savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida

34. Qaysi Shumer podshosi birinchi bo’lib 5400 talik muntazam qo’shin tuzadi ? Sargon I

35. Sargon I qaysi hududlarga boradigan savdo yo’llarini egallab oladi ? Mesopotamiyadan Arabiston, Eron va Hindistonga boradigan savdo yo’llarini.

36. O’z hukmronligining so’nggida Sargon I qanday unvon oladi ? “To’rt iqlim mamlakati podshosi”

37. Sargon I ning davlatini parchalanib ketishiga sabab nima ? O’zaro ichki urushlar

38. Shumer-Akkad davlati qachon parchalanadi ? Mil.avv. 2-ming yillikda . Ko’chmanchi qabilalar zarbasidan

12 – Bobil podsholigi

1. Bobil podsholigi qachon tashkil topgan ? Mil.avv. II ming yillikda

2. Mil.avv. II ming yillikda Mesopotamiya janubida eng qudratli davlatga aylangan davlat qaysi ? Bobil podsholigi

3. Bobil podsholigi qayerda joylashgan edi ? Frot va Dajla daryolari qo’shilib ketgan joyda

4. “Bobil” so’zining ma’nosi nima ? “Xudolar darvozasi”

5. Bobil shahrining bosh ko’chasi qaysi iloha nomi bilan ataladigan darvoza bilan boshlangan ? G’alaba ilohasi Ishtar

6. Mil.avv. XVIII asrda Bobil podsholigini yagona davlatga kim birlashtiradi ? Xamurappi

7. Xamurappi hukm surgan yillar ? Mil.avv. 1792-1750-yillar

8. Kimni davrida Bobil podsholigi eng qudratli davlatga aylanadi ? Xamurappi

9. Mil.avv.XVIII asrda kim Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo’ldi ? Xamurappi

10. Xamurappi tarixda qanday nom qoldirgan ? Qonunlar tuzuvchi hukmdor

11. Xamurappi qonunlari mamlakatning barcha shaharlarida o’rnatilib nimaga yozilgan ? Tosh ustunlarga

12. Xamurappi qonunlariga ko’ra shifokor amalga oshirgan jarrohlik operatsiyasi natijasida bemor halok bo’lsa qanday jazo berilgan ? Ko’llari kesilgan

13. Xamurappi qonunlariga ko’ra qarzini vaqtida qaytarmagan kishi qanday jazolangan ? Uch yil muddatga qullikka berilgan

14. Xamurappi qonunlariga ko’ra, Mobodo ayblanuvchi jabrlanuvchining ko’zlariga jarohat yetkazsa qanday jazo berilgan ? Uni ham ko’zlariga jarohat yetkazilishi shart bo’gan.

15. Xamurappi qonunlariga ko’ra, yong’in mahalida o’g’irilik ustida qo’lga tushgan kishi qanday jazolangan ? O’sha zahoti olovga tashlangan

16. Xamurappi qonunlariga ko’ra, qulfbuzarga qanday jazo berilgan ? O’sha yerning o’zida olirilib, o’sha yerga ko’mib yuborilgan

17. Xamurappi necha yil davomida qo’shni mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirish uchun kurash olib boradi ? 30-yil davomida

18. Xamurappi vafotidan keyin qaysi qabilalar Bobil shahrini bosib oladi ? Kassitlar

19. Bobil shahrini zavolga yuzlanishiga qaysi qabilalarni bosqini sabab bo’ldi ? Kassitlar

20. Yangi Bobil posholigi qachon vujudga kelgan ? Mil.avv. VII asrda

21. Yangi Bobil posholigi kimni davrida o’z ravnaqining cho’qqisiga erishadi ? Novuxodonosor II

22. Qaysi Yangi Bobil hukmdori Misrni o’z davlati tarkibiga qo’shib oladi ? Novuxodonosor II

23. Qaysi Yangi Bobil hukmdori Iyerussalimni vayron qilib tashlaydi ? Novuxodonosor II

24. Qaysi yangi Bobil podsholigi hukmdori turar joy binolari va mudofaa devorlarini qurilishida pishgan g’isht ishlatish to’g’risida farmon beradi ? Novuxodonosor II

25. Bobil shahrining nechta darvozasi bo’lgan ? 8 ta

26. Bobil shahrining darvozalari 8 ta darvozasi bo’lib, ularning har biri nimaning nomi bilan atalgan ? Bosh xudolar nomi bilan

27. Bobil shahrining qaysi darvozasi chiroyli va nafis bo’lib, hayvonlar va qushlar tasviri tushirilgan niliy naqshinkor taxtachalar bilan bezatilgan ? Iloha Ishtar darvozasi

28. Forslar qachon Bobilni bosib oladi ? Mil.avv. 539-yilda

29. Forslarni Bobildan kim haydab chiqaradi ? Makedoniyalik Aleksandr

30. Makedoniyalik Aleksandr vafotidan so’ng Bobil qaysi davlat tarkibiga kiradi ? Salavkiylar davlati

31. Bobil madaniyatining eng qadimgi o’choqlari qaysilar ? Shumer va Akkad

32. Shumer mixxat yozuvi qachon vujudga kelgan ? Mil.avv. IV ming yillikda

33. Shumer mixxat yozuvi dastlab qanday ko’rinishda bo’lgan ? Rasm – belgi ko’rinishida

34. Qadimgi Mesopotamiyada zodagonlar va badavlat odamlar oilalari farzanlari ta’lim oluvchi maktablar qayerlarda tashkil etilgan ? Hukmdor saroylari va ibodatxonalarda

35. Qadimgi Mesopotamiyada o’quvchilar nimaga yozishgan ? Qotmagan loy taxtachalarga

36. Shumerliklar yaratgan quyosh kalendari necha kundan iborat bo’lgan ? 365 kundan

37. Shumerliklar yaratgan oy kalendari necha kundan iborat bo’lgan ? 354 kundan

38. Mesopotamiyada ko’pzinali ibodatxonalar nima deyilgan ? Zikkurat

39. Mesopotamiyada nechanchi ming yillikda turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo’yicha dasturulamal tuzilgan ? Mi.avv. 3-ming yillikda
13 – Old Osiyo davlatlari

1. Old Osiyoda dastlabki davlatlar qachon vujudga keladi ? Mil.avv. 2-ming yillikda

2. Mil.avv. 2-ming yillikda Old Osiyoda vujudga kelgan dastlabki davlatlar qaysilar ? Xett, Mitanni, Ossuriya, Urartu, Finikiya

3. Xett davlatiga qachon va qayerda asos solinadi ? Mil.avv. XVIII asrda Kichik Osiyoda (hoz. Turkiya)

4. Xett davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? Xattusa

5. Xettlarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik va chorvachilik

6. Xettlar qaysi davlatning anchagina qismini bosib olib, Bobilni talon-taroj qilgan ? Suriyani

7. Mitanni podsholigi qayerda vujudga kelgan ? Hozirgi Suriya hududida

8. Hozirgi Suriya hududida vujudga kelgan Mitanni davlati qaysi davlatning asosiy raqibiga aylangan ? Xett davlati

9. Urushlarda Mitanniliklar qanday qo’shindan foydalanishgan ? Otliq qo’shindan

10. “Taran” nima ? Devorni buzishda qo’llaniladigan yog’och qurol

11. Mitanniliklarning Xettlar poytaxti Xattusani bosib olishda qanday qo’shin hal qiluvchi ro’l o’ynaydi ? Otliq qo’shin

12. Xett podsholigi qayta kuchaygan davrni aniqlang. Mil.avv. XIV asr boshlarida

13. Mil.avv. XIV asrda Xett podsholigi qayta kuchaygan davrda qaysi hududlarni urushib qaytarib oladi ? O’rtayer dengizi bo’ylarini va Mitannini bosib oladi

14. Xettlar qaysi davlat tahdidi ostida Misr bilan sulh tuzadi ? Ossuriya

15. Xettlar davlati qachon va kimlarning bosqini natijasida butunlay vayronaga aylanadi ? Mil.avv. XIII asr oxirida “dengiz xalqlari” bosqini natijasida

16. Qadimgi zamonlarda ossuriyaliklar qayerda yashaganlar? Dajla daryosining yuqori oqimida

17. Qadimgi Ossuriya davlatining poytaxti qaysi shaharlar bo’lgan? Avval Oshshur, keyin Nineviya

18. Ossuriya aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan? Dehqonchilik va savdo-sotiq

19. Ossuriya davlati qachon tashkil topgan? Mil.avv.XX asrda

20. Ossuriya podsholigi qachon va kimni davrida o’z ravnaqi cho’qqisiga yetadi? Mil.avv. XIII asrda podsho Salmanasar

21. Mil.avv. VIII-VII asrlarda Ossuriya podsholigi . qayta yuksaladi

22 Mil.avv. VIII-VII asrlarda Ossuriya podsholigi qayta yuksalgan davrda qaysi hududlarni bosib oladi? Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismini

23. Ossuriyaning qaysi shahrini hukmdorlari haddan tashqari shavfqatsizligi sababli “Qonga botgan shahar”, “Sherlar darasi” deb atashgan? Nineviyani

24. Ossuriyada kimni hukmronligi davrida Old Osiyodagi eng yirik sopol taxtachalardan iborat kutubxona tashkil etiladi? Oshshurbanapal

25. Mil.avv. 627-yilda Ossuriya tarkibidan dastlab qaysi davlat ajrab chiqadi? Avval Bobil, so’ngra Midiya

26. Bobil va Midiya birlashib nechanchi yilda Oshshur va Nineviyani zabt etadi? Mil.avv.612-yilda

27. Ossuriya davlati qachon tarix sahnasidan ketadi? Mil.avv.605-yilda

28.Qadimgi Urartu davlati qayerda joylashgan edi? Kavkazortida, Van, Sevan, Urmiya ko’llari oralig’ida

29. Urartlarda yagona davlatning tashkil topishi nimani tezlashtiradi? Ossuriya hujumlaridan mudofaa qilish zaruratini

30.Ossuriyaliklarni tor-mor etish imkoniyati bo’lmagan urartlar jangda qanday taktikaga amal qilishgan? To’g’ridan-to’g’ri jangga kirmaslik

31.Urartu davlati gullab-yashnagan davri nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi? Mil.avv. IX-VIII asrlarni

32.Urartu davlati kimlarning davrida gullab-yashnagan? Sardur I va Menua

33. Urartu davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan? Tushpa

34. Mil.avv. 714-yilda qaysi davlat armiyasi urartlar armiyasini tor-mor etadi? Ossuriya

35. Urartlarning Teyshebaini shahri qaysi davlat tomonidan vayron etiladi? Ossuriya

36. Ossuriyaliklar tomonidan zaiflashtirilgan Urartu davlatini dastlab qaysi qabila o’ziga tobe etadi? Skif

37. Skif qabilalaridan keyin Urartuni qaysi davlat o’ziga tobe etadi? Midiya

38. Urartu podsholigi qachon tarix sahnasidan ketadi? Mil.avv.590-yilda

39. Qadim zamonlarda Finikiya qaysi hududlarda joylashgan edi? O’rta yer dengizining sharqiy qirg’og’i bo’ylab hozirgi Livan hududi va Suriyaning bir qismida

40. Finikiya qanday o’rmonlarga boy bo’lgan? Ninabargli (kedr) o’rmonlarga

41. Finikiyaliklar kedr yog’ochidan nima yasashgan? Kema

42.Finikiya kedr yog’ochi smolasidan mo’miyo tayyorlash uchun qaysi davlatga olib borilgan? Misr

43. Finikiyaliklarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan? Savdo-sotiq

44. Finikiyaliklar chetga asosan qanday maxsulotlar chiqargan? Yog’och, matall, gazlama

45. Finikiyaning O’rtayer dengizi sohilidagi yirik shaharlari qaysilar? Tir, Sidon, Ugarit

46. Finikiyaliklar mil.avv. 2-ming yillikda qaysi hududlarda koloniyalarga asos solishadi? Kipr oroli va Kichik Osiyo sohillarida, keyinchalik Shimoliy Afrika, Ispaniya sohillarida, Sardiniya va Sitsiliyada

47. Finikiyada Tir-Sidon podsholigi nechanchi asrlarda vujudga kelgan? Mil.avv. X-IX asrlarda

48. Tir-Sidon podsholigi nechanchi asrda Ossuriya tomonidan bosib olinadi?Mil.avv. VIII asrda

49. Finikiyada nechanchi asrda alifbo yaratiladi? Mil.avv. X asrda

50. Finikiya alifbosi nechta harfdan iborat edi? 22 ta undosh harfdan

51. Falastinga qadimgi yahudiy qabilalari nechanchi ming yillikda ko’chib kelgan? Mil.avv. 2-ming yillikda

52. Isroil podsholigi qachon va qayerda vujudga keladi? Mil.avv. XI asrda Falastin hududida

53. Isroil-Yahudiy podsholigi ikkiga bo’linib ketgandan keyin uning qaysi qismida Isroil podshiligi vujudga keladi? Shimoliy Falastin. Yahudiy podsholigi esa Janubiy Falastin hududida

54. Isroil podsholigi qaysi podsholik tomonidan bosib olinadi? Ossuriya

55. Yahudiya podsholigi qaysi podsholik tomonidan bosib olinadi? Bobil

56. Bobil Yahudiy podsholigini nechanchi yilda bosib oladi? Mil.avv. 586-yilda

57. Qadimgi yahudiylarning afsonalari nimaga yozib qoldirilgan? Diniy kitoblarga

14 – Ahmoniylar davlatlari

1. Axamoniylar sulolasiga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigiga nechanchi asrda asos solingan ? Mil.av. VI asrda

2. Eron hududida dastlab qaysi qabilalar yashagan ? Kassiylar va elamiylar

3. Eron hududiga mil.av. IX asrda kimlar ko’chib keladi ? Midiyaliklar va forslar

4. Mil.av. 3-ming yillikda Eronning g’arbiy qismida Mesopotamiya bilan chegarada qaysi davlat vujudga kelgan ? Elam

5. Elam davlatining poytaxti qayer bo’lgan ? Suza

6. Mil.av. IX asrda Kaspiy dengizidan janubi g’arbda joylashgan qaysi hududda qabilalar ittifoqi vujudga keladi ? Midiyada

7. Midiya davlati kimni davrida qudratli davlatga aylanadi ? Kiaksar

8. Midiya davlati qachon qudratli davlatga aylanadi ? Mil.av. VII asrda

9. Mil.av. 612-605-yillarda Midiya davlati qaysi davlat bilan ittifoq bo’lib Ossuriyani bosib oladi ? Bobil bilan

10. Qadimda Fors viloyati qaysi hududda joylashgan edi ? Eron janubida , Fors ko’rfaziga tutashgan yerlarda

11. Mil.av. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan kim barcha forslarni o’z hokimiyati ostiga birlashtiradi ? Kir II

12. Kir II mil.av. 539-yilda qaysi hududlarni bosib oladi ? Armaniston , Midiya va Bobilni

13. Kir II O’rta Osiyodagi qaysi qabilalar ustiga yurishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi ? Sak va massagetlar

14. Kir II ni istilochilik siyosatini kimlar davom ettiradi ? Kambiz II va Doro I lar

15. Doro I hukm surgan davr ? Mil.av. 522-486-yillar

16. Doro I butun mamlakat uchun qanday nomdagi yagona oltin tangani muomalaga kiritadi ? “Doroyi”

17. Ahamoniylarning qaysi hukmdori Persepoldan O’rta yer dengiziga qadar “shoh yo’li” degan savdo yo’lini qurdiradi ? Doro I

18. Ahamoniylarning qaysi hukmdori butun saltanatni “satrapliklar” deb nomlangan alohida harbiy o’lkalarga taqsimlaydi ? DoroI

19. Qora dengiz bo’ylarida yashovchi Skiflar ustiga yurish qilgan Fors shohi kim ? Doro I (Mil.avv. 521-yilda)

20. Doro I tomonidan qaysi hududlarni egallanishi yunon – fors urushlarini boshlanishiga olib keladi ? Kichik Osiyodagi yunon koloniyalari va Frakiyani bosib olishi

21. Ahamoniylarning qaysi hukmdori davrida Hindiston shimolidan O’rta yer dengiziga qadar ulkan imperiya barpo bo’ladi ? Doro I

22. Ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari qaysilar ? Suza va Ekbatana

23. Qaysi shaharda Doro I va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zali bo’lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan ? Persepol

24. Qadimgi Forslar qanday belgilar bilan yozishgan ? Mixxatsimon

25. Qadimgi Fors shohlarining bitiklari qaysilar ? Behistun, Naqshi Rustam va Persepol saroyi devorlari

26. Makedoniyalik Aleksandr Fors davlatini qachon bosib oladi ? Mil.av. 330-yilda

27. Ahamoniylar davlati qancha hukm surgan ? 200 yildan ziyod

15 – Qadimgi Hindiston sivilizatsiyalari

1. Qadimgi Hindiston qaysi hududda joylashgan edi ? Hindiston yarim oroli va Osiyo qit’asining Hind va Gang daryolari vodiylarida

2. Qadimgi Hindistonning tabiiy sharoiti qaysi davlatlarga o’xshagan ? Misr va Mesopotamiya

3. Hind daryosi vodiysida dastlabki shaharlar qachon vujudga kelgan ? Mil.av. 3-ming yillikda

4. Hindistonning eng qadimgi shaharlari qaysilar ? Moxenjodaro va Xarappa

5. Moxenjodaro va Xarappa qaysi daryo havzasida joylashgan ? Hind

6. Moxenjodaro shahri aholisi – mohir kulol va zargar bo’lgan

7. Qadimgi Hindiston aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik va chorvachilik

8. Hind daryosi vodiysi qachondan boshlab zavolga yuz tutadi ? Mil.av. XVIII asrdan

9. Mil.av. 1500-yillarda Hindiston hududiga qaysi qabilalar bostirib kiradi ? Oriylar

10. Olimlarning farazicha oriylar qayerda yashagan ? Sharqiy Yevropa va Uralda

11. Maxenjodaro va Xarappa kimlarning hujumidan so’ng butunlay vayronaga aylanib qayta tiklanmaydi ? Oriylarning

12. Qadimgi Hind rivoyatlarida aytilishicha qaysi hudo har tongda oltin aravada osmon bo’ylab yo’lga tushadi, tungi zulmatni parokanda qilib , odamlarga harorat va yorug’lik ulashish uchun ufqdan bosh ko’taradi ? Quyosh xudosi

13. Qadimgi Hindistonda qaysi xudo osmondagi suvni tutqunlikdan xalos aylaguvchi momoqaldiroq xudosi hisoblanadi ? Indra

14. Qadimgi Hindistonliklarning e’tiqodicha boshi filnikiga o’xshagan donishmand xudo qaysi ? Ganesha

15. Qadimgi Hindistonda sigirni o’ldirgan kimsaga qanday jazo berilgan ? Jamiyatdan haydab yuborilgan

16. Qaysi xalqlar jon bir tandan boshqasiga ko’chib o’tishiga e’tiqod qilishgan ? Hindlar

17. Qadimgi hindlar qanday yumush bilan shug’ullanishiga qarab necha guruhga ajratilgan ? 4 guruhga

18. Qadimgi Hindistonda tabaqalar nima deyilgan ? Kasta yoki Varna

19. Qadimgi Hindistondagi tabaqalar qaysilar ? Braxmanlar, kshatriylar, vayshilar, shudralar

20. Braxmanlar kimlar ? Kohinlar

21. Kshatriylar kimlar ? Jangchilar

22. Vayshilar kimlar ? Dehqon , hunarmand va savdogarlar

23. Shudralar kimlar ? Xizmatkor va qullar

24. Hindlarning e’tiqodicha tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o’z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan. Kohinlar qayeridan yaratilgan ? Dahanidan

25. Hindlarning e’tiqodicha tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o’z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan. Jangchilar qayeridan dunyoga keltirilgan ? Qo’llaridan

26. Hindlarning e’tiqodicha tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o’z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan. Dehqonlar qayeridan dunyoga keltirilgan ? Qovurg’asidan

27. Hindlarning e’tiqodicha tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o’z jismining qandaydir bir qismidan dunyoga keltirgan. Xizmatkorlar qayeridan dunyoga keltirilgan ? Tovonidan

28. Qadimgi Hindistonda tabaqalardan birortasiga ham mansub bo’lmaganlar nima deyilgan ? “Chandallar”

29. “Chandal” so’zining ma’nosi nima ? “Xazar qilinganlar”

30. Qadimgi Hindistonda kimlar odamlar ularga tegib ketmaslik uchun maxsus kiyim kiyib yurishgan ? Chandallar

16 – Miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston

1. Hindistonda mil.av. VII – VI asrda vujudga kelgan davlatlar qaysilar ? Magatha , Koshala , Malla

2. Makedoniyalik Aleksandr qachon Panjob o’lkasiga bostirib kiradi ? Mil.av. 327-yilda

3. Hind vodiysigacha egallagan Makedoniyalik Aleksandr mil.av. 325-yilda qayerga qaytib ketadi ? Bobilga

4. Yunon-makedon qo’shinlari Hindistondan qachon butunlay quvib chiqariladi ? Mil.av. 318-yilda

5. Yunon va makedon qo’shinlariga qarshi kurashga qaysi Hind sarkardasi boshchilik qiladi ? Chandragupta. U yunon-makedonlarni hindistondan quvib chiqaradi

6. Shimoliy Hindistondagi barcha davlatlarni o’z tarkibiga olgan Mauriya davlatiga kim asos soladi ? Chandragupta

7. Mayriya davlatining poytaxti ? Pataliputra

8. Mauriya davlati kimni davrida o’z ravnaqi cho’qqisiga yetadi ? Ashoka

9. Mauriya davlati qachon o’z ravnaqi cho’qqisiga yetadi ? Mil.av. III asrda

10. Kimni vafotidan so’ng Mauriya davlati o’zaro urushlar natijasida mayda-mayda davlatchalarga parchalanib ketadi ? Ashoka

11. Ashoka vafotidan keyin Mauriya davlatini qaysi davlat bosib oladi ? Kushon podsholigi

12. Mil.av. 1-ming yillikda Hindistonda qaysi fanlar yuksak darajaga yetadi ? Astronomiya va matematika

13. Hindlar tuzgan kalendar necha kundan iborat edi ? 360 kun

14. “Nol”ni ifodalovchi maxsus belgini qaysi xalqlar o’ylab topishadi ? Hindlar

15. Hindlar o’ylab topgan raqamlar bugungi kunda nima deyiladi ? Arab raqamlari

16. Hindlar ixtiro qilgan “qo’shinning to’rt turi” o’yini hozirda nima deyiladi ? Shaxmat

17. Shakarqamishdan birinchi bo’lib kimlar shakar olgan ? Hindlar

18. Toza temirdan yasalgan va hozirgi kungacha korroziyaga uchramagan minora ustun qaysi shaharda saqlanib qolgan ? Dehlida

19. Qadimgi hindlar tomonidan mil.av. 1-ming yillikda ishlab chiqilgan adabiy til qaysi ? Sanskrit

20. Sanskrit tilida yozilga qadimgi hind eposlari qaysilar ? “Mahobharata”, “Panchatatra”, “Ramayana”

21. Budda dinini yaratilishi kimni nomi bilan bog’liq ? Shahzoda Sidxartha Gautama

22. Siddhartha Gaotama necha yoshigacha hukmdor otasi saroyida yashagan ? 20 yoshigacha

23. “Budda” so’zining ma’nosi nima ? Marifatlangan, nurlangan

24. Dastlapiga xudolarsiz bo’lgan din qaysi ? Buddaviylik

25. Budda qaysi gul ustida o’tirgan holda tasvirlanadi ? Nilufar

26. Nima uchun buddaviylarda dastlab xudo bo’lmagan ? Chunki ular xudo inson azob uqubatlarini yengillashtira olmaydi deb o’ylashgan

17 – Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalari

1. Xitoyda ilk sivilizatsiyalar qaysi daryolar bo’ylarida vujudga kelgan ? Xuanxe va Yanszi

2. Xitoyda ilk sivilizatsiyalar qachondan kurtak yoya boshlagan ? Mil.av. 3-2 ming yillikdan

3. Qadimgi Xitoy davlati qaysi daryo havzasida vujudga kelgan ? Xuanxe daryosining o’rta oqimida

4. Xitoycha “Xuanxe” so’zining ma’nosi nima ? “Sariq daryo”

5. Xuanxe daryosini xitoyliklar nima deyishgan ? “Beqaror daryo”, “minglab ofatlar daryosi”

6. Xuanxe daryosi qancha muddatda toshgan ? 2 , 3 yilda bir marta

7. Xitoyda qabilalar ittifoqi qachon vujudga kela boshlaydi ? Mil.av. 3-ming yillikda

8. Xitoyda qachon ittifoq shaharlar yagona davlatga birlashadi ? Mil.av. 2-ming yillik o’rtalarida

9. Xitoyda Shan davlati qachon vujudga kelgan ? Mil.av. 2-ming yillik o’rtalarida

10. Shan davlatining bosh shahri qaysi bo’lgan ? Shan

11. Mil.av. 2-ming yillik oxirlarida Shan davlatiga qaysi qabilalar bostirib kiradi ? Chjou

12. Xitoyda Chjou davlati qachon vujudga keladi ? Mil.av. 2-ming yillik oxirida

13. Chjou davlati ulkanligi bois hukmdorlar uni nima deb atashgan ? “Zafaryor” yoki “O’rta podsholik”

14. Chjou davlati hukmdorlari o’zlarini nima deyishgan ? “Osmon o’g’illari”

15. Qadimgi Xitoyda asosiy dehqonchilik ekinlari nima bo’lgan ? Javdar va bug’doy

16. Xitoyga sholi urug’i qayerdan keltirilgan ? Hindistondan

17. Xitoyda sholi ko’chati necha santimetr bo’lganda yerga o’tqazilgan ? 20-25 santimetr. 5-10 santimetr suv ko’llatilgan, 100 kunda pishgan

18. Nechanchi asrlardan Chjou davlatining markaziy hokimiyati zaiflasha boshlaydi ? Mil.av. VIII-VII asrlardan

19. Xitoyda “Ko’p podsholiklar davri” nechanchi asrlarda yuz bergan ? Mil.av. VII-V asrlarda

20. Xitoyda “kurashayotgan podsholiklar “ davri nechanchi asrlarda yuz bergan ? Mil.av. VII-V asrlarda. Xitoyda bu davr 200 yildan ziyoda davom etadi.

21. Mil.av. III asrda Xitoy – yagona davlatga birlashadi

18 – Miloddan avvalgi III milodiy II asrlarda Xitoy

1. Mil.av. III asr o’rtalarida Xitoyni yagona davlatga birlashtirish ishiga qaysi davlat hukmdori boshchilik qiladi ? Sin davlati*

2. Sin davlatining asosсhisi kim ? Sin Shixuandi

3. “Sin Shixuandi” so’zining ma’nosi nima ? Sinning birinchi hukmdori *

4. Sin Shixuandi hukm surgan davr ? Mil.av. 246-210-yillar

5. Sin Shixuandi o’z davlatini nechta viloyatga bo’lib boshqargan ? 36 ta *

5. Sin davlati kimni davrida gullab yashnaydi ? Sin Shixuandi

6. Xali o’zi tirikligidayoq o’zi uchun maqbara qurishni buyurgan Sin davlati hukmdori kim ? Sin Shixuandi*

7. Sin Shixuandi maqbarasini qancha odam va necha yilda qurib bitkazadi ? 720 ming odam 37 yilda*

8. Sin Shixuandi qabridan maqbarani qo’riqlash uchun o’rnatilgan nechta sopol haykalchalar topiladi ? 6 mingta *

9. Buyuk Xitoy devorini qurish kimni davrida boshlanadi ? Sin Shixuandi *

10. Buyuk Xitoy devori kimlardan himoyalanish maqsadida quriladi ? Ko’chmanchi xunnlardan*

11. Buyuk Xitoy devorining tuzilishi – balandligi 12 metr, kengligi 5 metr, uzunligi 4000 km.

12. Sin sulolasiga qarshi Lyu Ban boshchiligida dehqonlar qo’zg’oloni qachon ko’tariladi ? Mil.av. 206-yilda*

13. Xitoyda Sin sulolasi hukm surgan davr ? Mil.av. 246-206-yillar

14. Xitoyda Xan sulolasi hukm surgan davr ? Mil.av. 206-yildan milodiy 220-yilgacha

15. Xitoyda Xan davlati kimni davrida o’z ravnaqi cho’qqisiga yetadi ? U Di

16. U Di hukm surgan davr ? Mil.av. 140-87-yillar

17. Xitoyda “qizilqoshlilar qo’zg’oloni” qaysi sulolaga qarshi ko’tarilgan ? Xan*

18. Xitoyda Xan sulolasiga qarshi ko’tarilgan eng yirik isyon qaysi ? Milodiy II asrda ko’tarilgan “Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni”

19. Xan imperiyasi xunnlarning hujumlarini zo’rayishi natijasida qachon parchalanib ketadi ? Milodiy III asrda

20. Xitoyliklar bundan necha yil oldin yozish uchun bambuk o’rniga ipakdan foydalanishga o’tadi ? 2,5 ming yil oldin*

21. Xitoyda qog’oz qachon ixtiro qilinadi ? Mil.av. I asrda*

22. Kompasni kimlar ixtiro qilgan ? Xitoyliklar. U katta qoshiqqa o’xshash bo’lgan*

23. Xitoyliklar yaratgan kompas yerning qaysi tomonini ko’rsatib turgan ? Janubini

24. Xitoyliklar yaratgan “Seysmograf” nima ? Zilzilani oldindan aytib beruvchi moslama

19 – O`zbekiston hududidagi ilk davlatlar

1. Mil.av. VII –VI asrlarda O’zbekiston hududida qaysi elatlar yashagan ? So’g’diylar ,baqtriyalikalr, xorazmliklar, sak va massagetlar

2. So’g’diylar qadimda qaysi hududlarda yashagan ? Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida

3. Amudaryoning quyi qismida qadimda qaysi davlat joylashgan ? Xorazm

4. Baqtriya qadimda qaysi hududda joylashgan ? Surxondaryo viloyati, shimoliy Afg’oniston va janubiy Tojikiston hududlarida

5. “Avesto”da Sug’doyona nima deyilgan ? So’g’da

6. Behistun yozuvlarida So’g’diyona nima deyilgan ? So’g’uda

7. Xorazm “Avesto”da nima deyilgan ? Xvarizam, Behistunda Xvarazmish, Yunon – Rim manbalarida Xorasmiya

8. Baqtriya “Avestoda” nima deyilgan ? Baxdi, Behistunda Baqtrish, Yunon-Rim manbalarida Baqtriana

9. Amudaryoning quyi oqimida yashagan qadimgi aholi nima deyilgan ? Xorazmliklar

10. Qadimda O’zbekistonning cho’llari va Amudaryoning bo’ylarida yashagan ko’chmanchi aholi nima deyilgan ? Massagetlar

11. Qadimda O’rta Osiyoning tog’lik, dasht va cho’l yerlarida asosiy mashg’uloti chorvachilik bo’lgan qaysi qabilalar yashagan ? Saklar

12. Saklar qachon o’z yerlarini boshqa qabilalar hujumidan himoya qilish uchun harbiy qabila ittifoqini tuzadi ? Mil.av. VI asrda

13. Qadimgi yunon-rim tarixchilarining yozishicha sak qabilalari necha guruhga bo’lingan ? 3 guruhga

14. Saklarning ko’pchilik qismini qaysi guruhi tashkil etgan ? Saka tigra haudalar

15. O’tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar qaysilar ? Saka tigra haudalar

16. Saka tigra haudalar qayerda yashashgan ? Hozirgi Toshkent viloyati va janubiy Qozog’iston yerlarida

17. Saklarning ikkinchi guruhiga qaysilar kiradi ? Saka tiay taradarayya, ya’ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar

18. Saka tiay taradarayyalar qayerda yashashgan ? Orol dengizi bo’ylari va Sirdaryoning quyi oqimida

19. Saklarning uchinchi guruhi saka xaumovarkalar qayerda yashashgan ? Pomirning tog’li tumanlari va Farg’onada

20. Qadimda Xorazm, So’g’diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Sun’iy sug’orma dehqonchilik

21. Sak va massagetlarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Chorvachilik

22. O’tra Osiyo hududida dastlabki shaharlar qachon rivojlanadi ? Mil.av. VII-VI asrlarda

23. Afrosiyob qayerda joylashgan ? Samarqandda

24. Yerqo’rg’on va Uzunqir qayerda joylashgan ? Qashqadaryoda

25. Ko’zaliqir qayerda joylashgan ? Xorazmda

26. Qiziltepa qayerda joylashgan ? Surxondaryoda

27. O’rta Osiyodagi qadimgi shaharlarning o’ziga hos belgisi nima ? Shaharlarning mudofaa devorlari bilan o’ralganligi

28. Qadimgi Baqtriya davlati qachon tashkil topgan ? Mil.av. VII asrda

29. Mil.av. VII asrda Marg’iyona va So’g’diyona qaysi davlat ta’sirida bo’lgan ? Qadimgi Baqtriya

30. Mil.av. VII-VI asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon va O’zbekistonga chegaradosh viloyatlar qaysi davlat ta’sirida bo’lgan ? Qadimgi Baqtriya

31. Qiziltepa,Yerqo’rg’on, Uzunqir, Afrosiyob shaharlari o’rnida Qaysi davlatlarning markaziy shaharlari joylashgan ? Qadimgi Baqtriya va So’g’d

32. Qiziltepa,Yerqo’rg’on, Uzunqir, Afrosiyob shaharlari necha yillik tarixga ega ? 2700 yillik

33. Qadimgi Xorazm davlati qachon tashkil topgan ? Mil.av. VII asrda

34. Qadimgi Xorazm davlatining markazi qaysi shahar bo’lgan ? Ko’zaliqir

35. O’zbekiston hududida ilk temir asriga o’tish qachon boshlanadi ? Mil.av. IX-VIII asrlarda

36. Afrosiyob shahriga qachon asos solingan ? Mil.av. VIII-VII asrlarda

1. O’rta Osiyoda zardushtiylik qachon keng tarqaladi ? Mil.av. 1-ming yillikda

2. Zardushtiylar dastlab qanday unsurlarga sig’inishgan ? olov (Quyosh), tuproq, suv, oy, yulduz

3. Zardushtiylik so’zi qaysi ismdan kelib chiqqan ? Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zaroastr)

4. Zardusht nechanchi ming yillikda yashab o’tgan ? Mil.av. 1-ming yillikning birnchi yarimida

5. “Zaroastr” so’zining lug’aviy ma’nosi nima ? yunoncha “astron” yulduz degani

6. Yunonlar Zardushtni kim sifatida bilishgan ? Donishmand, yulduzshunos, munajjim

7. Zardushtiylik tarqala boshlagan kezlarda diniy marosimlar qayerda o’tkazilgan ? ochiq osmon ostida gulhan atrofida, yoki honadon o’chog’i atrofida

8. Zardushtni so’nggi va’zlari kimlar tomonidan yozib olingan ? Kohinlar

9. Zardushtiylikning muqaddas kitobi qaysi ? “Avesto”

10. “Avesto” so’zining ma’nosi nima ? Qat’iy belgilangan qonun-qoidalar

11. Zardushtiylikning zo’r ehtiromga sazovor bo’lgan xudolari qaysilar ? Axuramazda, Mitra, Anaxita

12. Zardushtiylarning ulug’ va donishmand , oliy xudosi qaysi ? Axuramazda

13. Zardushtiylarning quyosh va yorug’lik xudosi qaysi ? Mitra

14. Zardushtiylarning dehqonlar va chorvadorlariga hosildorlik, farovonlik va mol-davlat bag’ishlovchi homiysi qaysi ? Mitra

15. Zardushtiylarning qaysi xudosi Axuramazda va odamlar o’rtasida vositachi bo’lgan ? Mitra

16. Zardushtiylarning qaysi xudosi o’spirin va jangchi qiyofasida tasvirlangan ? Mitra

17. Zardushtiylarning e’tiqodicha Mitra o’tli chaqmoqlar yordamida kim bilan jang qilgan ? yovuzlik va o’lim xudosi Axriman bilan

18. Zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi qaysi bo’lgan ? Anaxita

19. Qaysi din ta’limoti insoniyatning Ezgulik va yovuzlik haqidagi dualistik qarashlari takomiliga katta ta’sir ko’rsatadi ? zardushtiylik dini

20. “Avesto”ning alohida qismlarini ilk marotaba tarjima qilishga kim muvaffaq bo’ladi ? Fransuz olimi A. Dyuperron

21. Yulduzlar joylashuviga qarab kelajakni bashorat qilish bilan shug’ullanuvchi shaxs nima deyiladi ? Astrolog

22. Zardusht necha yoshida payg’ambarga aylanadi ? 30 yoshida

23. “Payg’ambar” so’zining ma’nosi nima ? Ezgu amallar haqida mujda beruvchi

24. “Avesto”ning ilk qismlari nechanchi asrlarda vujudga kelgan ? Mil.av. IX-VIII asrlarda

25. Avesto nechanchi asrga kelib 21 ta kitob holida jamlanadi ? Mil.av. III asrda

26. Avesto matnlariga sharh nima deyiladi ? “Zand”

27. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra , bizni qurshab turgan butun borliq qanday ikki ibtidodan tashkil topgan ? Ezgulik va Yovuzlik

28. Zardushtiylar umrining tub ma’nosi nima ? Ezgu amal, ezgu so’z, ezgu fikr

29. Zardushtiylarda qanday unsurlar muqaddas hisoblangan ? Olov, tuproq, suv ,havo

30. Zardushtiylik talimotiga ko’ra eng yovuz ibtido nima ? O’lim

31. Ossuariy nima ? maxsus sopol tobutcha (suyakdon)

21 – Antik tarixning boshlanishi

1. Qadimgi Yunoniston deganda qaysi hududlar tushuniladi ? Bolqon yarim oroli va O’rta yer dengizi orollari

2. Qadimgi Yunonistonni uch tomondan qaysi dengiz o’rab turgan ? O’rta yer dengizi

3. Qadimgi Yunonistonning qaysi qismi quruqlik bilan tutashgan ? Shimoli

4. Qadimgi Yunonistonning qancha qismini tog’lar egallagan edi ? 1/3

5. Qadimgi Yunonistinning eng baland tog’i ? Olimp

6. Ninabargli o’rmonlar Qadimgi Yunonistonning qaysi qismida o’sgan ? Shimoli va Peloponnesda

7. Qadimgi Yunoniston aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik va chorvachilik

8. Qadimgi Yunonistonda ilk shahar va davlatlar qachon vujudga kelgan ? Mil.av. 2-ming yillikda

9. Mil.av. 2-ming yillikda Qadimgi Yunonistonda vujudga kelgan shahar – davlatlar qaysilar ? Knoss, Miken, Tirinf, Pilos

10. Krit orolida sivilizatsiya qachon vujudga kelgan ? mil.av. 2-ming yillikda

11. Krit orolida vujudga kelgan sivilizatsiyaning nomi nima ? Minoy sivilizatsiyasi

12. Minoy sivilizatsiyasi kimni nomi bilan bog’liq ? Podsho Minos

13. Minoy sivilizatsiyasi dastlab nimaning oqibatida vayron bo’ldi ? Kuchli zilzila va suv toshqini

14. Krit oroliga Mil.av. 1450-yilda qaysi qabilalar bostirib kiradi ? Yunoniston hududidan kirb kelgan mikena qabilalari

15. Mikena qabilalarining muqim aholisi nima deyilgan ? Axeylar

16. Minoy sivilizatsiyasining barbod bo’lishini qaysi qabilalar nihoyasiga yetkazadi ? Axeylar

17. Mil.av. 1200-yilda Janubiy Yunonistonga qaysi qabilalar bostirib kiradi ? Doriylar

18. Janubiy Yunonistonda doriylar qaysi davlatga asos soladi ? Sparta

19. Odamlar yashaydigan hududni yunonlar nima deyishgan ? Oykumena

20. “Triyera” nima ? Yunonlarning uch eshkakli jangovor kemasi

21. Yunon piyodalarining safga zich tizilishi nima deyilgan ? Falanga

22 – Qadimgi Yunonistonning yuksalishi

1. Nechanchi asrlarda Qadimgi Yunonistonda dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan manzilgohlar va shaharlar soni ortib boradi ? Mil.av. IX-VII asrlarda

2. Qadimgi Yunonistonning eng yirik shahar-davlatlari qaysilar ? Afina va Sparta

3. Qadimgi Yunonistonda shahar-davlatlar nima deb atalgan ? “Polis”

4. Qadimgi Afina va Spartada armiyaning asosini kimlar tashkil etgan ? Goplitlar

5. “Goplitlar” kimlar ? Og’ir qurollangan jangchilar

6. Qadimgi Afina va Spartaning askarlari dubulg’asi qanday metalldan tayyorlangan edi ? Bronza

7. Qadimgi Attika viloyati O’rta Yunonistonning qaysi qismida joylashgan ? Janubi-sharqiy

8. Yunonlar Akropolni qayerda va qachon quradilar ? Mil.av. 2-ming yillikda Attikaning g’arbiy qismida

9. “Akropol” bu – “Yuqori shahar”

10. Afina aholisi qanday guruhlarga bo’lingan edi ? 3 ta guruh: Qullar, ajnabiylar va fuqarolar

11. Afinada kimlar ozod Afina fuqarosi bo’la olgan ? Ota-onasi ozod Afinalik bo’lganlar

12. Afinada qachondan boshlab davlat organlarida ishlashga muayyan haq to’lana boshlanadi ? Mil.av. V asrdan

13. Afina davlatiga qaysi sohalar katta daromad keltirar edi ? Kumush konlari mahsuloti va tuz qazib olish

14. “Meteklar” kimlar ? Ajnabiylar

15. Qadimgi Afina shahrining asosiy porti qaysi bo’lgan ? Pirey

16. Afina dengiz ittifoqi g’aznasi qaysi shaharda joylashgan edi ? Afina

17. Afinada davlat maktablari bo’lmay , ota-onalar o’z farzandlarini kimlarga berishgan ? Pedagoglarga

18. “Pedagog” so’zining ma’nosi nima ? “Bolani yo’lda kuzatib boruvchi”

19. Afinada kimlarga qonun bo’yicha ta’lim olish majburiy edi ? O’g’il bolalarga

20. Afinada bolalar necha yoshdan yozuv va hisobga o’rgatilgan ? 7 yoshdan

21. “Stil” nima ? metall tayoqcha

22. Afinada puldor ota-onalar o’z farzandlarini qayerlarda o’qitishgan ? Palestralarda

23. Afina palestralarida qaysi fanlar o’qitilgan ? Adabiyot, she’r yozish va musiqa

24. Afinada o’g’il bolalar necha yoshdan gimnastika bilan shug’ullangan ? 14 yoshdan

25. Beshkurash bu – kurash, nayza va disk uloqtirish, uzunlikka va balandlikka sakrash

26. Afina palestralarida kimlarning haykaltaroshlik ishlari turgan ? Mironning “Diskobol” va Polikletning “Nayzabardor” haykallari

27. Afinada oliy ma’lumot beradigan o’quv yurtlarida qaysi fanlar o’qitilgan ? astronomiya , geometriya, geografiya, tarix

28. Afinada oliy ta’limda ta’lim olish muddati necha yil bo’lgan ? 3-4yil

29. Lakonika bu – Janubiy Yunoniston

30. Janubiy Yunoniston hududiga doriylar qachon bostirib kiradi ? Mil.av. XII asrda

31. Ilotlar kimlar ? spartada qulga aylantirilgan mahalliy yunonlar

32. Mil.av. VIII-VII asrlarda Yunonistonning qaysi shahrida qulga aylantirilgan aholi ko’pchilikni tashkil etgan ? Spartada

33. Qadimgi Yunonistonning qaysi shahri urushga tayyorgarlik ko’rayotgan shaharga o’xshardi ? Sparta

34. Qadimgi Yunonistonning qaysi shahrida ajnabiylar kiritilmagan, savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar va turar joy binolari ham bo’lmagan, faylasuflar, olimlar, rassomlar ham yo’q edi ? Spartada

35. Qadimgi Yunonistonnig qaysi shahri aholisi faqat jangchi bo’lib, dehqonchilik, chorvachilik bilan ham shug’ullanmagan ? Sparta

36. Spartada periyeklar kimlar ? To’la-to’kis huquqlarga ega bo’lmagan fuqarolar

37. Qadimgi Spartada kimlar ozod kishilar bo’lsada, xalq kengashida ishtirok eta olmas , armiyada xizmat qilolmas edi ? Periyeklar

38. Qadimgi Yunonistonning qaysi davlatida quchli va chidamli odamlar qadrlangan ? Spartada

39. Qadimgi Sparta maktablarida bolalarni nimaga o’rgatishgan ? Harbiy ishga

40. Qadimgi Yunonistonning qaysi davlatida ayollar jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga va sport musobaqalarida qatnashishga majbur etilgan ? Spartada

23- Yunon koloniyalari

1. Qiyinchiliklar tufayli Yunonistondan ko’chib ketganlar qaysi hududlarga borib joylashgan ? Sitsiliya oroli sohillari va Apennin yarim oroli janubiga. Keyinchalik ularning manzillari O’rtayer va Qora dengiz bo’ylarida ham vujudga kelgan

2. “Ellinlar” kimlar ? Yunonlar

3. Enlinlar o’z Vatanini nima deyishgan ? Ellada

4. Yunonlar uchun “Varvarlar” kimlar ? Yunon bo’lmagan xalqlar

5. “Buyuk yunon koloniyalashtirishi” davri nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi ? Mil.av. VIII-VI asrlar

6. Buyuk yunon koloniyalashtirishi davrida yunonlar Qora dengiz sohillarida asos solgan koloniyalari qaysilar ? Olviya, Xersones, Pantikapey, Tanais, Fasis, Trapezund

7. Qadimda yunonlar O’rtayer dengizi sohillarida nechta koloniyaga asos solishadi ? 100 dan ziyod

8. Yunonlar alifbosi qaysi alifbo asosida vujudga kelgan ? Finikiya

9. Yunonlar alifbosi qachon vujudga kelgan ? Mil.av. VIII asrda 24 ta harfdan iborat

10. Yunon shaharlaridan Elladaga qanday maxsulotlar keltirilgan ? G’alla, metall va qullar

11. Yunon shaharlariga Elladadan qanday maxsulotlar keltirilgan ? Vino, zaytun yog’i, kulolchilik buyumlari, temirchilar va zargarlar yasagan buyumlar

24– Afina demokratiyasi

1.Qadimgi Afina shahrining markaziy maydoni nima deyilgan ? “Agora”

2. Qadimgi Afina shahrining aholisini ko’pchiligini kimlar tashkil etgan ? Hunarmandlar va savdogarlar

3. Qadimgi Afina shahrida erkak fuqarolar yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilish uchun qayerda yig’ilishgan ? Agorada

4. Qadimgi Afina shahrida erkak fuqarolar yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilish uchun Agorada qancha muddatda yig’ilishgan ? Bir oyda to’rt marta

5. Qadimgi Afinada barcha qarorlar qanday yo’l bilan qabul qilingan ? ovoz berish yo’li bilan

6. Barcha qarorlar ovoz berish yo’li bilan qabul qilinadigan boshqaruv shakli nima deyilgan ? Demokratiya

7. “Demokratiya” so’zining lug’aviy ma’nosi nima ? “xalq hokimiyati” ya’ni “demos” xalq, “kratos” hokimiyat

8. Afina aholisining zodagonlari nima deyilgan ? Aristokratiya

9. Qadimgi Afinada Drakont degan hukmdor “Drakont qonunlari”ni qachon yozadi ? Mil.av. 621-yilda

10. Drakont qonunlari ayovsiz bo’lganligi uchun afinaliklar unga nima deb ta’rif berishgan ? “Siyoh qolib qon bilan yozilgan”

11. Drakont qonunlarini arzimas darajada buzganlik uchun qanday jazo belgilangan ? O’lim

12. Drajkont qonunlariga ko’ra, o’zga kishining bog’idan olma o’g’irlagan kishiga qanday jazo berilgan ? Qatl etilgan

13. Hukmdor Drakontni qismati nima bilan tugaydi ? Aholi uni shahardan haydab yuboradi

14. “Yunonistonning ko’pgina shaharlarida bo’ldim , xalq zodagonlarga qarshi chiqayotganini o’z ko’zim bilan ko’rdim. Kambag’allarga qullar kelib qo’shilmasidan turib, xalq talablarini bir qismini bajarishimiz kerak” degan afinalik aslzoda kim ? Solon

15. Solon qachon davlatni idora qilishning oldingi tuzimi, aristokratiyani demokratiyaga almashtiradi ? Mil.av. 594-yilda

16. “Aristokratiya” so’zining ma’nosi nima ? Asilzoda odamlar hokimiyati

17. Afinada ayollar va ajnabiylarni nima deyishgan ? Meteklar

18. Qadimdi Afinada kimning islohotlaridan keyin shahar aholisi fuqarolar va qullarga ajratiladigan bo’ladi ? Solon

19. Afinada erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar necha yoshdan xalq majlisida ishtirok etgan ? 20 yoshdan

20. Afinada xalq majlisini katta qismini kimlar tashkil etgan ? Hunarmandlar, savdogarlar, kunbay ishchilar, dehqonlar

21. Qadimgi Afinada mansabdor shaxs qaysi davlat organi tomonidan lavozimiga saylangan ? Xalq majlisi

22. Qadimgi Afinada qaysi davlat organi yangi qonunlar tasdiqlagan eskilarini bekor qilgan ? Xalq majlisi

23. Qadimgi Afinada qaysi davlat organi yangi inshootlar qurilishiga, armiya va boshqalarga mablag’ ajratish to’g’risida qaror qabul qilgan ? Xalq majlisi

24. Qadimgi Afinada har yili saylanadigan ,kundalik masalalarni hal qiladigan davlat organi qaysi bo’lgan ? Beshyuzlar kengashi

25. Qadimgi Afinada Beshyuzlar kengashi qarorlarini qaysi davlat organi tasdiqlagan ? Xalq majlisi

26. Beshyuzlar kengashiga kim rahbarlik qilgan ? Strateg

27. Afinada xalq sudida necha yoshga to’lganlar ishtirok etgan ? 30 yoshga to’lgan fuqarolar

28. Perikl strateglik qilgan davr ? Mil.av. 443-429-yillar

29. Perikl necha marta strateglik lavozimiga saylangan ? 15 marta

30. Strateg qancha muddatga saylangan ? 1 yil

31. Kimni hukmronligi davrida Afina eng qudratli davlatga aylanadi ? Perikl

32. Perikl hukm surgan davr nima deb nomlangan ? “Perikl asri”

33. Perikl kimlar bilan do’st tutingan ? Tarixchi Geradot va haykaltarosh Fidiy

34. Afinada kim hech mahal xalqni o’ziga kerakli qaror qabul qilishga majbur qilmadi, balki ishontirish kuchiga tayanib ish yuritdi ? Perikl

35. Afinada kim hech mahal o’zining siyosiy muxoliflari va uning hatti –harakatlarini tanqid qilgan kishilarni ta’qib etmagan ? Perikl

36. Afinada Xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to’lashni kim joriy qilgan ? Perikl

37. Afinada kimning islohotlaridan keyin kambag’al fuqarolar ham davlat ishlari bilan shug’ullana oladigan bo’ladi ? Perikl

38. Akropoldagi Parfenon – iloha Afina ibodatxonasini kim qurdirgan ? Perikl

39. Afinada kim Afinadan to Pirey dengiz bandargohigacha mudofaa devori qurish to’g’risida buyruq beradi ? Perikl

40. Perikl qanday kasallik tufayli vafot etadi ? Vabo

25– Yunon-fors urushlari

1. Mil.av. V asr boshlaridan Yunonistonga kimlar tahdid sola boshlaydi ? Forslar

2. Yunon-fors urushlari nechanchi yillarda bo’lib o’tgan ? Mil.av. 490-449-yillarda

3. Forslarga itoat etmagan Yunon shaharlari qaysilar ? Afina va Sparta

4. Afinaga kelgan fors elchilarini aholi qanday jazolaydi ? Qoyadan tashlab yuboradi

5. Spartaga kelgan fors elchilarini aholi qanday jazolaydi ? Quduqqa tashlab yuboradi

6. Doro I Kichik Osiyoga bostirib kirganda , Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlatlariga yordam qo’lini cho’zgan yunon shahar-davlati qaysi ? Afina

7. Qachon fors harbiy floti Egey dengizini kesib o’tib Attika sohillariga langar tashlaydi ? Mil.av. 490-yil sentabrda

8. Yunonlar va forslar o’rtasida Marafon janggi qachon bo’lgan ? Mil.av. 490-yilda

9. Marafon janggida yunon qo’shinlariga kim sarkardalik qilgan ? Miltiad

10. Marafon janggida yunonlar hal qiluvchi jangda forslarni nechta kemasini egallab oladi ? 7 ta

11. Doro I vafotidan so’ng yunon – fors urushlarida forslarga kim boshchilik qiladi ? Uning o’g’li Kserks

12. Qaysi fors shohi buyrug’i bilan Gellespont bo’g’ozida 1 kmdan uzun ko’prik quriladi ? Kserks

13. Yunon-fors urushlari davrida Yunonistonning shimolidan janubiga olib boradigan birdan – bir yo’l qayerdan o’tgan edi ? Fermopil darasidan

14. Fermopil jangi qachon bo’lib o’tgan ? Mil.av. 480-yilda

15. Fermopil jangida yunon qo’shinlariga kim boshchilik qiladi ? Sparta podshosi Leonid

16. “300 spartalik jasorati” kimni nomi bilan bog’liq va qaysi jangda bo’lgan? Leonid nomi bilan bog’liq. Fermopil jangida bo’lgan

17. Fermopil janggida kimlar g’alaba qozonadi ? Forslar

18. Kimni maslahati bilan yunonlar 200 ta harbiy kema – triyera qurishadi ? Femistokl

19. Yunonlarning harbiy kemalari soatiga qancha tezlik bilan yurgan ? 18 km

20. Salamin bo’g’ozidagi jang qachon bo’lgan ? Mil.av. 480-yilda

21. Plateya shahri yaqinidagi jang qachon bo’lgan ? Mil.av. 479-yilda

22. Yunon-fors urushlaridagi yirik jang qaysi ? Plateya shahri yaqinidagi jang

23. Yunon-fors urushlari yakuniga ko’ra fors shohi qanday majburiyat oladi ? Kichik Osiyodagi barcha yunon polislarini mustaqilligini e’tirof etadi, yunonlarga qarshi harbiy harakatlar olib bormaslikka va’da beradi

24. Yunon-fors urushlari necha yil davom etadi ? 40 yildan oshiq

26- Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi

1. Makedoniya podshosi Filipp II qo’shini qanday guruhlardan tashlik topgan edi ? Suvoriylar va piyodalardan

2. Qaysi mashxur notiq o’smirligidanoq notiq bo’lishni orzu qilardi. Lekin u juda past ovozda gapirar va duduqlanardi. Ovozi balandligini mashq qilarkan , u dengiz shovqinidan balandroqbaqirishga harakat qilar edi ? Demosfen

3. Qaysi notiq Ellada shaharlarini kezib ularni aholisini birlashish va makedonlarga qarshi kurashishga da’vat etgan ? Demosfen

4. Makedonlarga qarshi kurashish uchun Afina shaharlari ittifoqiga qo’shilgan yunon shahri qaysi ? Fiva

5. Qaysi yunon notig’i Filipp II ni istilochi sifatida baholagan ? Demosfen

6. Yunonlar va makedonlar o’rtasida hal qiluvchi jang qachon va qayerda bo’lgan ? Mil.av. 338-yil 2-avgust kuni Xeroneya shahri yaqinidagi Beotiyada

7. Yunon – makedon urushlari davrida Makedoniyaning qo’shini kimlardan tuzilgan edi ? Erkin fuqarolardan

8. Yunon – makedon urushlari davrida yunonlarning qo’shini kimlardan tuzilgan edi ? Ma’lum haq evaziga jang qiluvchi yollanma askarlardan va harbiy ta’lim ko’rmagan jangchilardan

9. Filipp II ning suvoriy qo’shiniga kim qo’mondonlik qilgan ? Filipp II ning o’g’li Aleksandr

10. “Yunonlar ozodligi Xeroneya ostonasida halok bo’lganlar bilan birgalikda dafn qilindi” deb kim yozgan ? Demosfen

11. Filipp II o’zini yunonlar poshosi deb e’lon qilmay, yunonlar bilan kimlarga qarshi ittifoq tuzadi ? Forslarga

12. Qachon barcha yunon shahar-davlatlari Korinfga yig’ilib, Makedoniya hokimiyati ostida yunon davlatlari ittifoqini tuzadi ? Mil.av. 337-yilda

13.Mi.av. 337-yilda Korinfda bo’lgan yig’ilishga qaysi yunon shahar-davlati qatnashmaydi ? Sparta

14. Filipp II forslarga qarshi urush uchun qanday bahona o’ylab topadi ? Yunon-fors urushlari davrida yetkazilgan zarar uchun qasos olish va Kserks Eronga olib ketgan yunon xudolari haykallarini asirlikdan ozod qilish

15. Filipp II qachon o’z saroy a’yonlari tomonidan o’ldiriladi ? Mil.av. 336-yilda

16. Filipp II ni o’rniga taxtga kim o’tiradi ? O’g’li Makedoniyalik Aleksandr

27 – Fuqaro tarbiyasi

1. Yunonlarning bolaligidan miyasiga qanday dunyoqarash singdirilgan ? Jamoat ishlari shaxiy ishlardan ustuvor ekanligi to’g’risidagi dunyoqarash

2. Yunon bolalariga bolaligidan qanday hissiyot singdirilgan ? She’riyat va musiqaga muhabbat hissi

3. Yunonistonda bolalar umumiy ta’limdan tashqari necha yillik harbiy ta’limni o’tashgan ? Ikki yillik

4. Yunoniston bolalari harbiy ta’limni birinchi yilini qayerda o’tashgan ? Uylarida, safda qurol taqib yurish , ochlik va sovuqqa chidamli bo’lishni o’rganishgan

5. Yunoniston bolalari harbiy ta’limni ikkinchi yilini qayerda o’tashgan ? Ayrimlari Attika harbiy chegaralarida harbiy ta’limni o’tasa, boshqalari Pirey portida dengizchilik san’ati asoslarini o’rgangan

6. Qadimgi Yunonistonda necha yoshdagi erkaklar mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelganda harbiy ko’rikka qurol-yarog’lari va harbiy kiyim-kechaklari bilan ko’rikka kelishi shart bo’lgan ? 30 yoshga to’lmaganlar

7. Olimpiada o’yinlari dastlab qachon o’tkazilgan ? Mil.av. 776-yilda

8. Olimpiya o’yinlari qancha muddatda o’tkazilgan ? 4 yilda bir marta

9. Olimpiya o’yillarida o’tkaziladigan beshkurashga qaysi sport turlari kirgan ? Uzunlikka sakrash , disk uloqtirish , nayza uloqtirish , yugurish va kurash

10. Yunonistonda qaysi paytda urushlar to’xtatilgan ? Olimpiya o’yinlari paytida

11. Olimpiya o’yinlari kimni sharafiga o’tkazilgan ? Olimp Xudo Zevs sharafiga

12. Afsonalarga ko’ra Olimpiya o’yinlarining asoschisi kim bo’lgan ? Gerakl

13. Olimpiya o’yinlarida kimlar qatnasha olgan ? Jinoyat sodir etmaganlar, sha’niga dog’ tushirmagan ozod yunonlar

14. Yunonistonda kimlar Olimp tog’ida o’z haykalini o’rnatishga xaqli edi ? Olimpiya o’yinlarining uch karra g’oliblari

15. Yunonlar yil hisobini nimaga qarab yuritishgan ? Olimpiya o’yinlariga qarab

16. Olimpiya o’yinlarida g’oliblar nima bilan taqdirlangan ? Zaytun daraxti novdalaridan to’qilgan gulchambar bilan

17. Yunonistonda ayollar uchun qanday musobaqa o’tkazilgan ? Yugurish

18. Olimpiya o’yinlarining to’xtatilishiga nima sabab bo’ladi ? 394-yilda sodir bo’lgan zilzila. Olimpiya vayron bo’ladi

19. Olimpiya o’yinlari qachon qayta tiklanadi ? 1896-yilda

28- Qadimgi Yunoniston madaniyati

1. Yunonlar Troyaga qachon urush boshlaydi ? Mil.av. 1200-yilda

2. Troya qayerda joylashgan ? Kichik Osiyoda

3. Yunon-Troya urushlarining sababi nima bo’lgan ? Sparta podshosining rafiqasi Sohibjamol Yelenani Troya podshosining o’g’li Paris tomonidan o’g’irlab ketilishi

4. Yunonlar necha yil Troyani behuda qamal qiladi ? 9 yil

5. Yunon-Troya urushlarining o’ninchi yili haqida yozilgan asar qaysi ? Gomerning “Iliada” dostoni

6. Kimning maslaxati bilan yunonlar Troyaga yog’och ot yasab sovg’a qiladi ? Odissey

7. Hozirgi tillarda “Troya oti” iborasi qanday ma’noni anglatadi ? Xosiyatsiz sovg’a-salom

8. “Iliada” dostonining bosh qahramoni kim ? Axilles

9. Axillesni mangu barhayot bo’lishi uchun onasi uni qaysi daryoga botirib oladi ? Stiks

10. “Axilles tovoni” iborasi qanday ma’noni anglatadi ? Nozik joy

11. “Iliada” va “Odisseya” poemalarining muallifi kim ? Yunon shoiri Gomer . U so’qir bo’lgan

12. Qadimgi Troya shahri harobalarini kim topadi ? Nemis olimi Genrix Shlimann

13. Qadimgi Troya shahri harobalari qayerdan topilgan ? Turkiyaning Hisorlik tepaligidan

14. Qadimgi Troya shahri xarobalari qachon topilgan ? 1870-yilda

15. Qaysi asarlar bo’lmaganda biz uch ming yil oldin yashagan yunonlar hayoti haqida hech narsani bilmagan bo’lar edik ? “Iliada” va “Odesseya”

16. Teatr qayerda dunyoga kelgan ? Yunonistonda

17. Yunonistonda teatr qachon dunyoga kelgan ? Bundan ikki yarim ming yil muqaddam

18. “teatr” so’zining ma’nosi nima ? Tomoshalar uchun joy, tomoshaxona

19. Afina teatri qancha odamga mo’jjallangan edi ? 17 ming

20. “Shoh Edip” , “Antigona” tragediyalarining muallifi kim ? Sofokl

21. “Arilar”, “Qushlar”, “Baqalar” komediyalarining muallifi kim ? Aristofan

22. Yunonistonda qachondan boshlab barcha ibodatxona va jamoat binolari toshdan barpo etila boshlanadi ? Mil.av. VII asrdan

23. Mil.av. VII asrdan Yunonistonda xususiy uylar nimadan qurilgan ? G’ishtdan va paxsadan

24. “Disk uloqtiruvchi” haykalini kim yasagan ? Miron

25. Tarixchilar qaysi shahar haqida “bu shaharda tirik odamlardan ko’ra haykallar ko’proq” deb aytishgan ? Afina

26. “Afinada tirik odamlardan ko’ra haykallar ko’proq” deb kim aytgan ? Plutarx

27. Eng buyuk yunon haykaltaroshi kim ? Fidiy

28. Qaysi yunon haykaltaroshi Afinada Parfenon barpo etilishi va Akropol qayta qurilishiga boshchilik qilgan ? Fidiy

29. Olimpiyalik Zevs haykalini kim ishlagan ? Fidiy

30. Minos degan podsho uchun mashxur Labirint saroyini kim qurib bergan ? Dedal

31. Yunonistondagi eng a’lo marmar toshlardan qurilgan ibodatxona qaysi ? Parfenon

32. Yunonistondagi qaysi ibodatxona yorug’lik tushishiga qarab o’z rangini oltin rangidan havorang yoki kulrangga o’zgartirib turgan ? Parfenon

29- Qadimgi Yunoniston olimlari va mutafakirlari

1.Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni kim sifatida bilishgan ? Donishmandlar , hayot murabbiylari

2. Qaysi yunon faylasufi “yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan” deb uqtiradi ? Geraklit

3. “Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas”, “hamma narsa oqadi hamma narsa o’zgaruvchandir” degan hikmatlar kimga tegishli ? Geraklit

4. Bizni qurshab turgan hamma narsa ko’zga ko’rinmaydigan mayda-mayda zarralardan tashkil topgan deb Geraklit fikriga e’tiroz bildirgan yunon faylasufi kim ? Demokrit

5. Demokrit qayerlik edi ? Frakiyalik

6. “Insonda hech qanday ehtiyojlar bo’lmasligi shart” degan fikrni o’z ta’limotiga asos qilib olgan yunon faylasufi kim ? Diogen

7. Qaysi yunon faylasufi hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechib umrini bo’chkada o’tkazgan ? Diogen

8. Makedoniyalik Aleksandr “Senga qanday yordam berishim mumkin ? ” deb so’raganida “nariroq tursangchi quyoshni to’syapsan” deb kinoya qilgan yunon faylasufi kim ? Diogen

9. Gerodot qaysi hududlardagi yunon koloniyalarida sayohat qilgan ? Misr, Mesopotamiya, Shimoliy Qora dengiz bo’yidagi

10. Gerodot qaysi asarini yozgandan keyin mashxur kishiga aylanib, “tarixning otasi” nomini oladi ? “Yunon-fors urushlari to’g’risidagi tarix”

11. Qaysi yunon olimi to’plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fan sifatida ta’riflab berdi ? Aristotel (Arastu)

12. Qaysi yunon olimi ko’zgular tizimidan foydalanib, yorug’likni bitta yo’nalishga jamlab, rimliklar kemasini yoqib yuborgan ? Arximed

13. Richag qonunini qaysi yunon olimi ishlab chiqqan ? Arximed

14. “Menga tayanch nuqtani topib bering yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman” deb kim aytgan ? Arximed

15. Sokrat (Suqrot) asli qayerlik bo’lgan ? Afinalik

16. O’zining dono hikmatlari tufayli shaharning eng aqilli kishisi deb e’lon qilingan yunon faylasufi kim ? Suqrot

17. “Mening donishmandligim hech nimani bilmasligimni bilishimda” deb kim aytgan ? Suqrot

18. Suqrotning g’oyalari kim orqali bizga yetib kelgan ? Platon

19. Atlantida degan hayoliy davlat yaratgan yunon faylasufi kim ? Platon (Aflotun)

20. “Xudo bizning o’zimizdadir” degan hikmat kimga tegishli ? Platon

21. Suqrotning sevimli hikmati qaysi bo’lgan ? “o’z-o’zingni anglagin va bilgin”

22. “O’z-o’zingni anglagin va bilgin” hikmati qaysi ibodatxonada yozilgan edi ? Delfiya ibodatxonasida

23. Yomon , aldoqchi va shavfqatsiz bo’lishga qaraganda yaxshi, halol, rahmdil bo’lish ancha yaxshi degan kim ? Suqrot

24. “Bularsiz ham kun kechirish mumkin bo’lgan shuncha narsalar borligi ham qandoq yaxshi ” degan yunon faylasufi kim ? Suqrot

25. Suqrot nima uchun o’limga mahkum etilgan ? Afinadagi ba’zi tartiblarni qo’rqmasdan tanqid qilganligi uchun

26. Suqrot tarixda nimaning timsoli bo’lib qolgan ? Odamiylik , sabr – matonat va jasurlik

30- Qadimgi Yunoniston afsonalari

1. Yunon afsonalariga ko’ra, titanlar kimlar ? xudolardan tug’ilgan pahlavonlar

2. Yunon afsonalariga ko’ra, sirenalar kimlar ? yarim qush, yarim ayol ko’rinishidagi yovuz maxluqotlar

3. Yunon afsonalariga ko’ra, sikloplar kimlar ? Peshonasida bitta ko’zi bo’lgan maxluqlar

4. Yunon afsonalariga ko’ra, kentavrlar kimlar ? Yarim ot yarim odam ko’rinishidagi maxluqlar

5. “Mif” nima ? Afsona

6. Yunon afsonalariga ko’ra, Yer va Osmon nima deyilgan ? Geya va Uran

7. Yunon afsonalariga ko’ra, xudolar qayerda yashashgan? Olimp tog’ida

8. Yunon afsonalariga ko’ra, dastlab yer hamma tomonidan suv bilan o’ralgan bo’lib, uni kim boshqargan ? Okean degan titan

9. Yunon afsonalariga ko’ra, ulkan osmon gumbazi , yerning bir chekkasida suyanib turuvchi titan qaysi bo’lgan ? Atlas

10. Yunon rivoyatlarida qaysi bahodirlar jasorat haqida naql qilinadi ? Gerakl, Axilles, Tesey va Ayaks

11. Qaysi yunon bahodiri o’n ikki jasorati tufayli Olimp tog’ida xudolar saltanatida faxrli o’ringa ega bo’lgan ? Gerakl

12. Yunon afsonalariga ko’ra, marhumlar saltanatining xudosi kim bo’lgan ? Aid

13. Yunon afsonalariga ko’ra, yunonlarning qaysi uch xudosi olamga hukmronlik qilgan ? Zevs, Poseydon va Aid

14. Yunon afsonalariga ko’ra, oliy xudo va qolgan barcha xudolarning rahnamosi qaysi ? Zevs

15. Yunon afsonalariga ko’ra, Zevsning inisi , dengiz hukmdori qaysi ? Poseydon

16. Yunon afsonalariga ko’ra, Zevsning qizi, jangari ayol, donishmandlik ilohasi qaysi ? Afina

17. Yunon afsonalariga ko’ra, Zevsning o’g’li, yorug’lik, musiqa va she’riyat xudosi qaysi ? Apollon

18. Yunon afsonalariga ko’ra, quyosh xudosi ? Gelios

19. Yunon afsonalariga ko’ra, dehqonchilik va hosildorlik xudosi qaysi ? Demetra

20. Yunon afsonalariga ko’ra, yer ilohasi qaysi ? Geya

21. Yunon afsonalariga ko’ra, adliya ilohasi qaysi ? Femida

22. Yunon afsonalariga ko’ra, temirchilar va hunarmandlar xudosi qaysi ? Gefest

23. Yunon afsonalariga ko’ra, muhabbat va go’zallik xudosi qaysi ? Afrotida

24. Yunon afsonalariga ko’ra, urush xudosi ? Ares

25. Yunon afsonalariga ko’ra, sharob xudosi qaysi ? Dionis

26. Yunon afsonalariga ko’ra, savdo xudosi qaysi ? Germes

27. Yunon afsonalariga ko’ra, g’alaba ilohasi qaysi ? Nika

28. Yunon afsonalariga ko’ra, zamon xudosi qaysi ? Xronos

29. Yunon afsonalariga ko’ra, o’rmonlar va ovchilik xudosi qaysi ? Artemida

30. Yunon afsonalariga ko’ra, sevgi xudosi qaysi ? Eros

31. Yunon afsonalariga ko’ra, uyqu xudosi qaysi ? Gipnos

32. Yunon afsonalariga ko’ra, tuban xudolar qaysilar ? satirlar va nimfalar

33. Yunon afsonalariga ko’ra, Satirlar va Nimfalar qayerda yashashgan ? O’rmonlar, daryolar va tog’larda

34. Yunon afsonalariga ko’ra, xudolar qayerda yashagan ? Makedoniya va Fessaliya chegarasidagi yunon viloyatlaridan biri Elidada, Olimp tog’ida

31- O`rta Osiyoda ahamoniylar hukmronligi

1. O’rta Osiyoni bosib olishga harakat qilib ko’rgan ilk fors podshosi kim ? Kir II

2. Kir II mil.av. 545-540-yillarda qaysi hududlarni bosib oladi ? Parfiya, Marg’iyona va Baqtriyani

3. Kir II massagetlar ustiga qachon yurish qiladi ? Mil.av. 530-yilda

4. Massagetlar mamlakati Kir II tomonidan qanday qilib bosib olinganligi haqida qaysi tarixchi ma’lumot beradi ? Gerodot

5. Kir II ni massagetlar mamlakatiga bostirib kiganida massagetlarning malikasi kim edi ? To’maris

6. “Bu jang . barcha janglardan ham daxshatliroq edi . Avval har ikki dushman kuchlar bir-biriga qarshi jangovor saf tuzib, kamondan o’q yog’dirishdi . ” Forslar va massagetlar o’rtasidagi bu jang haqida kim hikoya qiladi ? Gerodot

7. Doro I ning hukmronligini birinchi yilida ya’ni, mil.av. 522-yilda qayerda qo’zg’olon ko’tariladi ? Marg’iyonada

8. Mil.av. 522-yilda Marg’iyonada kim boshchiligida qo’zg’olon ko’tariladi ? Frada

9. Frada boshliq qo’zg’olonchilar va forslar o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’lgan ? Mil.av. 522-yilda

10. Frada qachon qatl etiladi ? Mil.av. 521-yilda

11. Frada boshchiligidagi qo’zg’olon haqida qaysi manbada ma’lumot keltiriladi ? Behistun bitiklarida

12. Doro I hukmronligining uchinchi yilida , ya’ni mil.av. 519-yilda qayerga yurish qiladi ? Saklar ustiga

13. Doro I ni saklar ustiga yurishi haqida qaysi manbada ma’lumot beriladi ? Behistun bitiklarida

14. Doro I saklar ustiga yurish qilganda saklarning sardori kim bo’lgan ? Skunxa

15. Doro I ni saklar ustiga yurishi haqida qaysi yunon tarixchisi ma’lumot beradi ? Poliyen

16. Poliyen nechanchi asrda yashagan ? Mil.av. II asrda yashagan

17. Shiroq jasorati haqida kim ma’lumot beradi ? Poliyen

18. Nima uchun Doro I bosib olingan hududlarni satrapliklarga bo’lib tashlaydi ? Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutib turish uchun

19. “Satrap” so’zining ma’nosi nima ? Forscha “xshatra” so’lzidan olingan bo’lib , “viloyat” degani

20. O`rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari nechta satraplikka bo’lingan ? uchta

21. Ahamoniyalar davlatida har bir satraplik qancha muddatda hukmdorga soliq to’lab turgan ? har yilda bir marta

22. Ahamoniylar davlatida soliqlar nima bilan to’langan ? Kumush , chorva mollari, hunarmandchilik buyumlari, kiyim – kechak va hayvonlar terisi bilan

23. Kserksning hukm surgan davri ? Mil.av. 486-465-yillar

24. Ahamoniylardan kimlarning davrida O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotda va yunon-fors urushlarida ham qatnashadi ? Doro I va Kserks

25. Mashxur Marafon janggida O’rta Osiyoning muvaffaqiyatli urushgan qaysi xalqlari o’zini ko’rsatadi ? Saklar

26. Qaysi yunon tarixchisi Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan O’rta Osiyolik jangchilar qurol aslahalarini mufassal tasvirlagan ? Gerodot

27. Gerodotning tasvirlashicha Baqtriyaliklar qanday qurollar bilan qurollangan ? Kamon va nayzalar bilan

28. Gerodotning tasvirlashicha Saklar qanday qurollar bilan qurollangan ? xanjar va oyboltalar bilan

29. Gerodotning tasvirlashicha xorazmiy va so’g’diylar qanday qurollar bilan qurollangan ? Kamon va nayzalar bilan

30. Kserks armiyasida eng yaxshi suvoriylar qayerlik jangchilar bo’lishgan ? Sak va baqtriyalik

31. “Forslar” tragediyasining muallifi kim ? Esxil

32. Esxil o’zining “Forslar” tragediyasida Salamin yonidagi dengiz jangida xalok bo’lgan qayerlik jangchilarni tilga oladi ? Baqtriyalik

33. O’rta Osiyolik xalqlar ustidan Ahamoniylar hukmronligi necha yil davom etadi ? 200 yildan ko’proq

34. Mil.av. IV asrga kelib O’rta Osiyoning qaysi xalqlari Ahamoniylar tarkibidan chiqib mustaqil bo’ladi ? saklar, xorazmiylar va massagetlar

35. Mil.av. VI-IV asrlarda madaniyatning rivojlanishi yozma va arxeologik manbalar asosida o’rganilgan bo’lib, ular O’rta Osiyo xalqlarining qaysi sohalari taraqqiyotda yuksak darajaga erishganligidan dalolat beradi ? Hunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik, kulolchilik va binokorlik

36. Ahamoniylar davrida Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari, shuningdek, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan qaysi shaharlar yirik hunarmandchilik markazlari bo’lgan ? Qiziltepa, Uzunqir, Ko’zaliqir, Yerqo’rg’on

37. O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar nechanchi asrlarda tarqalgan ? Mil.av. V-IV asrlarda

38. O’rta Osiyo hududidan topilgan oltin bilakuzuk qaysi xazinadan topilgan ? Amudaryo xazinasidan

39. O’rta Osiyo hududidan topilgan oltindan yasalgan ot-arava nushasi nechanchi asrlarga oid ? Mil.av. V – IV asrlarga

40. Amudaryo xazinasi nimasi bilan maxshur ? Oltin va kumushdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari bilan

41. Amudaryo xazinasi qachon topilgan ? 1877-yilda

42. Amudaryo xazinasi hozirda qayerda saqlanadi ? Britaniya muzeyida

1. Mil.av. 336-yilda kim Makedoniya podshosi bo’ladi ? Makedoniyalik Aleksandr

2. Aleksandr taxtga o’tirganida necha yoshda edi ? 20 yoshda

3. Makedoniyalik Aleksandr yashagan yillar ? Mil.av. 356-323-yillar

4. Makedoniyalik Aleksandr hukm surgan davr ? Mil.av. 336-323-yillar

5. Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa yurishlari qachon boshlanadi ? Mil.av. 334-yilda

6. Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa yurishlari necha yil davom etgan ? 10 yil

7. Makedoniyalik Aleksandr mil.av. 334-yilda boshlangan 10 yil davom etgan harbiy yurishlarida qaysi hududlarni bosib olgan ? Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindiston

8. Makedoniyalik Aleksandr qanday maqsadda bosib olingan hududlarga yunonlarni joylashtiradi ? Yunon madaniyati tarqalishiga imkon yaratish maqsadida

9. Makedoniyalik Aleksandr yurishlarida qatnashgan tarixchi kim ? Aristobul

32- O`rta Osiyo xalqlarining Yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashi

10. Mil.av. VII – IV asrlarda O’rta Osiyolik jangchilar jangga nima bilan kirgan ? Sovut kiygan, boshida dubulg’a bo’lgan, xanjar va qilich bilan qurollangan, jangovor oybolta va nayza ishlatgan, temir va jezdan yasalgan kamon o’qi va chopqilari bo’lgan, jangchilar otda ham , piyoda ham jang qilgan

11. O’rta Osiyo xalqlari orasida xanjar nima deyilgan ? “Akinak”

12. Orta Osiyo xalqlari orasida jangovor oybolta nima deyilgan ? “Sagaris”

13. “Bargustvon” nima ? Ot ustiga va ko’kragiga temirdan to’qilgan yopinchiq

14. Makediniyalik Aleksandr istilosi davrida O’rta Osiyoda dushmanga qarshi hujumni qanday qo’shin boshlab bergan ? Suvoriylar

15. Makediniyalik Aleksandr istilosi davrida O’rta Osiyoda qal’a va shaharlarni himoya qilishda qanday jang qurollaridan foydalanishgan ? O’q-yoy va palaxmon

16. Mil.av. VII – IV asrlarda O’rta Osiyodagi qaysi shaharlar burj va borulari bo’lgan mustaxkam devorlar bilan o’rab olingan edi? Qiziltepa , Afrosiyob , Uzunqir

17. Makedoniyalik Aleksandr qachon Ahamoniylarning so’nggi shohi Doro III qo’shinlarini tor-mor etadi ? Mil.av. 330-yilda

18. Makedoniyalik Aleksandr qanday maqsadda Amudaryoning narigi tomonidagi elatlarni bo’ysundirmoqchi bo’ladi ? Hindistonga yurish qilishdan oldin qo’shini orqasini xavfsizlantirish maqsadida

19. O’rta Osiyoda Makedoniyalik Aleksandr yo’lini to’sgan birinchi shahar qaysi ? Baqtriya poytaxti Baqtra

20. Baqtrani makedoniyaliklar nima deyishgan ? Zariasp

21. Makedoniyalik Aleksandrning bosqini davrida Baqtriya satrapi kim edi ? Axamoniylar sulolasidan bo’lgan Bess

22. Amudaryodan ikki podsho – Kir II va Doro I lar kechib o’tgani, ikkalasi ham mag’lub bo’lgani haqida Makedoniyalik Aleksandrga kim gapirib beradi ? Ustozi yunon faylasufi Aristotel

23. Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari nechanchi yilda Amudaryodan o’ta boshlaydi ? Mil.av.329-yilda

24. Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari Amudaryoni kechib o’tganlarida qo’shin qarshisida qaysi hududlar turar edi ? Nautaka va Maroqanda

25. Naotaka hozirgi qaysi hududga to’g’ri keladi ? Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi

26. Makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari nechanchi yilda Maroqandani egallaydi ? Mil.av. 329-yilda

27. Mil.av 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo’shinning bir qismini Maroqandada qoldirib , o’zi asosiy kuchlar bilan qaysi shaharga yurish qiladi ? Kurushkat

28. Rivoyatlarga ko’ra, Kurushkat ya’ni Kiropolis shahriga kim asos solgan ? Kir II

29. Makedoniyalik Aleksandrga So’g’diyona xalqi qarshi kurashga ko’tarilganda so’g’diyonaliklarga kimlar kelib qo’shiladi ? Baqtriyaliklar, sak va massagetlar

30. Makedoniyalik Aleksandrga qarshi So’g’diyonadagi qo’zg’olonga kim rahbarlik qiladi ? Spitamen

31. Spitamen Makedoniyalik Aleksandrga qarshi kurashda qaysi shaharni qurshovga oladi ? Maroqandani

32. Maroqandada qurshovda qolgan qo’shinga Makedoniyalik Aleksandr yordamga qancha qo’shin yuboradi ? uch mingga yaqin

33. Spitamen boshliq qo’zg’olonchilar qo’shini qayerda Makedoniyalik Aleksandr yuborgan qo’shinga pistirma qo’yib tamomila qirib tashlaydi ? Zarafshon daryosi bo’yida

34. Zarafshon daryosi qadimda qanday nomlangan ? “Politimet”

35. Sak va massagetlarga qarshi kurashish maqsadida Makedoniyalik Aleksandr qayerda tayanch manzil barpo ettiradi ? Sirdaryo bo’yida , Xo’jand yaqinida

36. Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Sirdaryo bo’yida , Xo’jand yaqinida qurdirilgan marzilgoh qanday nomlangan ? Aleksandriya Esxata ya’ni, Uzoqdagi Aleksandriya

37. Makedoniyalik Aleksandr Maroqandada garnizon – maxsus harbiy qo’shin qoldirib asosiy qo’shinlari bilan qishlov uchun qayerga jo’naydi ? Zariaspga (Baqtra)

38. Makedoniyalik Aleksandr Spitamen qo’zg’olonini bostirish uchun qo’shinni necha qismga bo’lib, So’g’diyonani u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi ? Uch qismga

39. Makedoniyalik Aleksandr So’g’diyonani kezib chiqib qancha tinch aholini qirib tashlaydi ? 120 ming

40. Spitamenning Makedoniyalik Aleksandr bilan hal qiluvchi janggi qachon bo’ladi ? Mil.av. 328-yilning kuzida

41. Spitamen kimlar tomonidan o’ldiriladi ? Ko’chmanchi qabilalar boshliqlari tomonidan

42. Makedoniyalik Aleksandr bosqini davrida Xoriyen va Oksiartning tog’ qal’alari qayerda joylashgan edi ? Hisor tog’larida

43. Makedoniyalik Aleksandr kimga uylanadi ? So’g’d qabilasi boshliqlaridan biri Oksiartning qizi Ravshanakka

44. Makedoniyalik Aleksandr O’rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun necha yil urinadi ? Uch yil

45. Makedoniyalik Aleksandr O’rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun uch yil urinib qaysi hududlarni qo’lga kiritadi ? Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona, va hozirgi Bekobod hamda Xo’janddan iborat Sirdaryo bo’ylarini

46. Makedoniyalik Aleksandr qaysi hududlarni bosib ololmagan ? Xorazm, Toshkent vohasi va Farg’ona

47. Yunon – makedon qo’shinlari qayerda birinchi bor mag’lubiyatga uchraydi ? O’rta Osiyoda

48. Yunon tarixchilarining yozishicha Makedoniyalik Aleksandr O’rta Osiyoda nechta shahar qurdirgan ? 12 ta

49. O’rta Osiyoda Makedoniyalik Aleksandr tomonidan qurdirilgan shaharlar qaysilar ? Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg’iyona Aleksandriyasi

50. Qachondan boshlab Makedoniyalik Aleksandr qo’shini saflari siyraklashadi ? Mil.av. 324-yildan

51. Makedoniyalik Aleksandr qo’shinining siyraklashgan saflari mil.av. 324-yildan qayerlik yoshlar hisobiga to’ldiriladi ? Baqtriya va So’g’diyona

33-Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi

1. Makedoniyalik Aleksandr qachon vafot etadi ? Mil.av. 323-yil 13-iyunda Bobilda

2. Makedoniyalik Aleksandr vafotidan keyin uning davlati necha qismga bo’linib ketadi ? Uch qismga. Bular: Makedoniya, Misr, Suriya

3. Makedoniyalik Aleksandr vafotidan keyin bo’linib ketgan uch davlatni kimlar boshqaradi ? Makedoniyalik Aleksandrning eng yaqin lashkarboshilari

4. Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavka qachon Bobil (Mesopotamiya) hukmdori bo’ladi ? Mil.av. 312-yilda

5. Salavka davlati tarkibiga qaysi hududlar kirgan ? Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, So’g’diyona, Marg’iyona

6. Salavka O’rta Osiyoni qanday ma’muriy birliklarga bo’ladi ? Satrapliklarga . Hukmdori strateg deyilgan

7. Salavkiylar davlatida Davlat mudofaasi va qo’shinlarni tashkil etish bilan kim shug’ullangan ? Strateg

8. Salavka qachon o’g’li Antioxni Sharqiy viloyatlar noibi etib tayinlaydi ? Mil.av. 293-yilda

9. Salavkiylar davlatining sharqiy viloyatlariga qaysi hududlar kirgan ? Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona

10. Salavka qachon vafot etadi ? Mil.av. 280-yilda

11. Salavka vafotidan so’ng kim salavkiylar davlatining hukmdoriga aylanadi ? Mil.av. 280-yildan Antiox

12. Antiox salavkiylar davlatida necha yil hukm suradi ? 20 yilcha

13. Yunon-makedon istilolaridan keyingi davrda qaysi shaharlar yirik shahar va madaniyat markazlariga aylanadi? Baqtra, Maroqanda, Marg’iyona Antoixiyasi, Termiz

14. Marg’iyona Antoixiyasi hozirgi qaysi hududga to’g’ri keladi ? Marv

15. Qaysi xalqlarning istilosidan keyin O’rta Osiyoda antik yoki ellinlashtirish davri boshlanadi ? Yunon-makedonlarning

16. Sharqda mil.av. III-II asrlarda yunon madaniyatining tarqalishi va yangi umumlashgan madaniyat , yunon va mahalliy sharq madaniyatining vujudga kelishi nima deyiladi ? Ellinlashtirish

17. Yunon-makedonlarning istilolaridan keyin O’rta Osiyoning qaysi hududida yunon yozuvi, yunon og’irlik o’lchov birligi, pul munosabatlari hunarmandchilik va san’at buyumlari tarqaladi ? Baqtriyada

18. Yunonlar Baqtriyadan qanday an’analarni o’zlashtiradi ? Binosozlik va hunarmandchilik an’analarini

20. Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan qachon ajralib chiqadi ? Mil.av. III asr o’rtalarida

21. Yunon-Baqtriya davlatining asoschisi kim ? Diodot

22. Kim mingta Baqtriya shahri hukmdori bo’lgan ? Diodot

23. Parfiya Salavkiylar davlati tarkibidan nechanchi yilda ajralib chiqadi ? Mil.av. 250-yilda

24. Mil.av. 250-yilda Baqtriyaning raqibiga aylangan davlat qaysi ? Parfiya

25. Yunon – Baqtriya podsholigi tarkibiga qaysi hududlar kirgan ? Baqtriyadan tashqari , So’g’diyona va Marg’iyona

26. Yunon-Baqtriya davlatida Diodotdan keyin taxtga kim keladi ? Yevtidem

27. Yunon-Baqtriya davlatida sezilarli iz qoldirmagan hukmdor kim ? Yevtidem

28. Kimni davrida Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo’ladi ? Yevtidemning o’g’li Demetriy davrida

29. Demetriy hukm surgan yillar ? Mil.av. 199-167-yillar

30. Kimning hukmronligi davrida Yunon-Baqtriya podsholigi Hindistonning bir qismini o’ziga qo’shib oladi ? Demetriy

31. Parfiyada hokimiyat kimni qo’liga o’tishi bilan u Bqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi ? Mitridat I

32. Yunon-Baqtriya davlatining kuchsizlanishiga nima sabab bo’ladi ? Tinimsiz urushlar olib borishi

33. Kuchsizlangan Yunon-Baqtriya davlatini yuechji qabilalari qachon bosib oladi ? Mil.av. 140-130-yillarda

34. Yunon – Baqtriya davlati necha yil yashaydi ? 120 yil

35. Yunon-Baqtriya davlatining qaysi shaharlari hunarmandlari yasagan buyumlar qo’shni shaharlar va davlatlarga ham tarqalgan? Baqtriya , So’g’diyona, Marg’iyona

36. Yunon-Baqtriya davlatida tangalar – hukmdor tasviri bilan zarb etilgan

37. Baqtriya orqali Xitoydan Hindistonga boradigan savdo yo’li bilan birgalikda yana qaysi yo’l faoliyat ko’rsatgan ? Buyuk Ipak yo’lining janubiy tarmog’i

34- Qadimgi Xorazm, Qang` va Davan davlati

1. Xorazm nechanchi asrda Ahamoniylar davlatidan mustaqil davlatga aylanadi ? Mil.av. IV asrda

2. Makedoniyalik Aleksandr va Salavkiylar hukmronligi davrida Xorazm qaysi davlat tasarrufida edi ? Xorazm mustaqil edi

3. Xorazm aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik

4. Xorazmda shaharsozlik nechanchi asrdan boshlanadi ? Mil.av. VII asrdan

5. Xorazm hududining eng qadimgi shahri qaysi ? Ko’zaliqir

6. Qal’aliqir shahar xarobasi nechanchi asrlarga oid ? Mil.av. V-IV asrlarda

7. Qadimgi Qal’aliqir shahar xarobasi qaysi hududda joylashgan ? Xorazm

8. Mil.av. V-IV asrlarga oid Xorazm hududidan topilgan qaysi shahar xarobasida mahalliy hukmdorning qarorgohi bo’lgan ulkan qal’a bunyod etilgan ? Qal’aliqir

9. Jonbosqal’a va Qo’yqirilganqal’a shahar xarobalari qaysi hududda joylashgan ? Xorazm

10. Jonbosqal’a va Qo’yqirilganqal’a nechanchi asrlarga oid ? Mil.av. III-II asrlarga

11. Xorazm hududidagi qaysi shahar xarobasi ostidan aylana shaklida qurilgan mustaxkam ibodatxona qoldiqlari topilgan ? Qo’yqirilganqal’a

12. Tuproqqal’a shahar xarobasi nechanchi asrlarga oid ? Milodiy II-III asrlarga

13. Xorazm hududidagi qaysi shahar xarobasi qudratli mudofaa devorlari bilan o’ralib, devor burchaklarida burjlar qurilgan ? Tuproqqal’a

14. Xorazm hududidagi qaysi shahar xarobasida markazdan o’tgan ko’cha shaharni ikki qismga bo’lgan, undan esa yon atrofga ko’chalar ketgan ? Tuproqqal’a

15. Xorazm hududidagi qaysi shahar xarobasining markaziy maydonida muhtasham saroy va ibodatxonalar bo’lgan ? Tuproqqal’a

16. Xorazm hududidagi qaysi shahar xarobasi devorlari tasvirlar bilan bezatilgan bo’lib, shohlar, lashkarlar, mug’anniylar, hayvonlar va qushlar ramzlari chizilgan ? Tuproqqal’a

17. Xorazm hududidagi qaysi shahar xarobasining zallaridan birida devor bo’ylab baland taglikka 20 dan ko’proq haykallar o’rnatilgan ? Tuproqqal’a

18. Qadimgi Xorazmda qaysi soha yuksak darajada rivoj topgan ? Hunarmandchilik

19. Qadimgi Xorazm aholisi qaysi hududlar aholisi bilan yaqindan savdo munosabatlarini o’rnatgan ? So’g’diyona, Marg’iyona, Baqtriya va sahro ko’chmanchilari bilan

20. Xorazmda dastlabki tangalar nechanchi asrda zarb qilinadi ? Mil.av. I asrda va dastlabki milodiy asrlarda

21. Xorazmda zarb qilingan dastlabki tangalar qanday metalldan tayyorlangan ? Kumush va misdan

22. O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi yozuvlar qayerdan topilgan ? Xorazmdan

23. O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi yozuvlar Xorazmdagi qaysi yodgorliklardan topilgan ? Oybo’yirqal’a va Qo’yqirilganqal’adan

24. Oybo’yirqal’adan topilgan xum sirtiga chakilgan yozuv nechanchi asrlarga oid ? Mil.av. V-IV asrlarga

25. Qo’yqirilganqal’adan topilgan mahalliy yozuv nechanchi asrlarga tegishli ? Mil.av. III-II asrlarga

26. Xorazmda mahalliy taqvim nechanchi asrda ishlab chiqilgan ? Milodiy I asrda

27. Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan taqvimdan nechanchi asrgacha foydalaniladi ? VIII asrgacha

28. Qang’ davlati Xitoy manbalarida qanday atalgan ? Qang’yuy

29. Qang’ davlatiga qachon asos solingan ? Mil.av. III asrda

30. Qang’ davlatiga kimlar asos soladi ? Saklar

31. Qang’ davlatining poytaxti qayer bo’lgan ? Qang’dez

32. Qang’dez shahri qayerda joylashgan ? Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanidagi Qang’ha shahar xarobasida

33. Qang’dez shahriga qachon asos solingan ? Mil.av. III asrda

34. Xitoy tarixchilari Qang’dez shahrini nima deyishgan ? Bityan

35. Qang’ davlatining asosiy shaharlari qaysi daryo sohillari bo’ylab joylashgan ? Sirdaryo

36. Nechanchi asrga kelib Qang’ qabilalarning eng qudratli davlat birlashmasiga aylanadi ? Mil.av. II asr oxiriga kelib

37. Qang’ davlatining qaysi hududida o’troq ziroatchi va savdo-hunarmandchilik madaniyati vujudga keladi ? Hozirgi Toshkent vohasi hududida

38. Qang’ davlatida iqtisodiyotning gullab – yashnashiga qanday omil imkon beradi ? Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’ini o’tganligi

39. Qang’ davlatining Xitoy bilan urushini kelib chiqishiga nima sabab bo’ladi ? Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’ini o’tganligi

40. Qadimda Qang’ davlati aholisi nima deyilgan ? Qang’arlar

41. Xitoy qo’shinlarining Qang’ davlatiga yurishlaridan birida 60000 Xitoy qo’shinlarini qanchasi Xitoyga qaytib ketgan holos ? 10000 ga yaqini

42. Qang’ davlati qachon parchalanib ketadi ? Milodiy III asrda

43. Xitoy manbalarida Farg’ona qanday nom bilan tilga olinadi ? Dovon

44. Dovon davlati boshqa manbalarda nima deyiladi ? Parkana

45. Dovon davlati nechanchi asrlarda mavjud bo’lgan ? Mil.av III asrdan Milodiy II asrgacha

46. Dovon davlati haqidagi batafsil ma’lumot qaysi manbalarda uchraydi ? Xitoy yilnomalarida

47. Dovon davlati haqidagi batafsil ma’lumot nechanchi asrga oid Xitoy manbalarda uchraydi ? Milodiy I-II asrlarga oid

48. Xitoy tarixchisining yozishicha Dovon davlati aholisi nechta shaharlarda istiqomat qiladi ? 70 dan ortiq

49. “Dovon davlatida 70 tacha katta-kichik shahar bor, aholisining soni bir necha yuz mingga yetadi . O’q-yoy va nayzalar bilan qurollanishgan. Xalqi ot choptirib o’q otishgan mohir.” Bu so’zlar kimga tegishli ? Dovonda bo’lgan Xitoy sayyohi Chjan Syan

50. “Ansi shaharlari Dovondagiga o’xshashdir” deb qaysi xalq salnomalarida yozilgan ? Xitoy

51. Xitoyliklar qaysi hududni An’si deyishgan ? Eronni

52. Xitoy tarixchilarining yozishicha Dovon davlatining chegaralari qaysi hududgacha borgan ? Hozirgi Toshkent vohasigacha

53. “Xon sulolasi zamonida Shi mulklari Dovon davlatining shimoliy tumanlarini tashkil etardi. – va shimolda Qang’ davlatigacha, janubda esa yuechjilar davlatidacha borgan”

54. Dovon davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? Ershi (ba’zi manbalarda Erish)

55. Xitoy hukmdorlarini ko’proq Farg’onani nimasi qiziqtirgan ? Zotli otlari

56. Nechanchi asrlarga kelib Farg’ona yuksak taraqqiy etgan, aholisi ko’p sonli, yaxshi qurollangan va mashq ko’rgan qurolli kuchlarga ega davlat bo’lgan ? Mil.av. II-I asrlarda

57. Qadimgi Sho’rabashat va Uchqo’rg’on shaharlari qaysi davlarning shaharlari bo’lgan ? Farg’ona. Aholisi dehqonchilik bilan shug’ullangan

58. Farg’ona davlati qachon barham topadi ? milodiy II asrda

59. Kanka bu – Qang’dez

60. Qang’ davlati hozirgi qaysi hududga to’g’ri keladi ? Toshkent vohasi , Chimkent viloyati, va Sirdaryo havzasidagi yerlar

1. Ko’chmanchi yuejchi qabilalari qachon Yunon-Baqtriya davlati hududiga bostirib kiradi ? Mil.av. 140-130-yillarda

2. Tarixda yuechji qabilalari qanday nom bilan tilga olinadi ? Guyshuan (Kushon)

3. Qaysi qabilalarning Yunon-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi uning uzil – kesil bo’linib ketishiga olib keladi ? Yuechji

4. Kushonlar Baqtriyaning qaysi qismiga kelib o’rnashadi ? Shimoliy Baqtriya yerlariga

5. Kushon davlati nechanchi asrlarda mavjud bo’lgan ? Milodiy I-III asrlarda

6. Birlashgan besh yuechji qabilasining birinchi hukmdori kim bo’lgan ? Kudzula Kadfiz

7. Kudzula Kadfiz hukmronligi davrida Kushon davlatiga qaysi hududlar qo’shib olinadi ? Afg’oniston va Kashmir

8. Kimni hukmronligi davrida Kushon davlatining hududi yanada kengayadi ? Vima Kadfiz

9. Kimni hukmronligi davrida Kushon davlatining poytaxti Baqtriyadan Peshovarga ko’chiriladi ? Kanishka

10. Kanishka hukmronligi davrida Kushon davlatining hududlari qayerlarni o’z ichiga oladi ? Hindiston va Xo’tandan O’zbekistonning janubiy viloyatlari va Afg’onistongacha bo’lgan

11. Kushon davlatining inqirozga uchrashiga nima sabab bo’lgan ? To’xtovsiz urushlar

12. Kushon davlati qachon inqirozga uchraydi ? Milodiy III asrda

14. Kimni hukmronligi davrida Kushon podsholigida hukmdor nomi ko’rsatilgan tangalar zarb qilish boshlanadi ? Vima Kadfiz

15. Vima Kadfiz o’tkazgan pul islohotiga ko’ra, tangalar qanday metallardan zarb qilingan ? Oltin, kumush, mis

16. Kimni hukmronligi davrida Kushon podsholigi o’z taraqqiyotining cho’qqisiga yetadi ? Kanishka

17. Kanishka hukm surgan yillar ? 78-123-yillar

18. Kanishka davrida Kushon podsholigi qaysi davlatlar bilan savdo va elchilik munosabatlarini yo’lga qo’yadi ? Hindiston, Xitoy, Rim

19. O’rta Osiyo hududidan topilgan Kushon davlati yodgorliklari qaysilar ? Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa, Xolchayon

20. Kushon davlati iqtisodiyotini asosini nima tashkil etgan ? Sug’orma dehqonchilik, savdo-sotiq va hunarmandchilik

21. Kushon davlatida yashagan xalqlarning o’zaro madaniy va savdo-sotiq aloqalari tufayli O’rta Osiyoda qaysi yozuv keng tarqaladi ? Oromiy yozuvi

22. Oromiy yozuviga asos solgan oromiy qabilalari qayerda yashagan ? G’arbiy Osiyoda. Yozuv ham shu yerda paydo bo’lgan

23. O’zbekistondagi qaysi yodgorlikni o’rganish chog’ida oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv na’munalari topilgan ? Eski Termiz

24. Kushon shaklli yozuvi qanday shaklda yozilgan ? Uchburchak, to’rtburchak va aylana shaklida

25. Kushon podsholigida yozuv qadimdan mavjudligini qaysi yodgorlikdan topilgan bitiklar tasdiqlaydi ? Surxko’tal

26. Surxko’tal yodgorligi qayerda joylashgan ? Afg’onistondagi Qunduz shahri yaqinidan

27. Surxko’tal yodgorligidan qaysi alifboga asoslangan kushon bitigi topilgan ? Yunon alifbosiga

28. Qaysi hududlarda oromiy alifbosi asosidagi xorazmiy va so’g’diy yozuvlari keng tarqalgan ? Amudaryoning quyi oqimida, Zarafshon va Qashqadaryo vahalarida

29. Kushon davlati tashkil topayotganda Baqtriya va So’g’diyona aholisining asosiy dini qaysi edi ? Zardushtiylik

30. Kushon podsholarida kimni hukmronligi davrida O’rta osiyoga buddaviylik dini kirib keladi ? Kanishka

31. Zardushtiylik dini buddaviylik dini bilan birga O’rta Osiyoda nechanchi asrgacha mavjud bo’ladi ? Milodiy VIII asrgacha

32. Kushonlar davriga oid qaysi yodgorliklarda muxtasham buddaviylik ibodatxonalari bo’lgan ? Eski Termiz , Ayritom, Dalvarzintepa

33. Kushonlar davriga oid qaysi hududlardan O’rta Osiyoga buddaviylik dini tarqaladi ? Eski Termiz , Ayritom, Dalvarzintepa

34. Kushonlar davrida O’zbakiston hududida qaysi sohalar yuksak darajada taraqqiy etadi ? Binokorlik va me’morchilik

35. Kushonlar davriga oid qaysi shaharlar xom g’ishtdan qurilgan mustahkam istehkom devorlari bilan o’ralgan edi ? Dalvarzin va Eski Termiz

36. Kushon podsholigida me’morchilikda asosiy e’tibor qanday inshootlarga qaratilgan ? Saroylar va ibodatxonalarga

37. Xolchayon O’zbekistonning qaysi hududidan topilgan ? Surxon vohasidan

38. Kushonlar davriga iod qaysi yodgorliklardan o’sha davr devoriy tasvirlari va haykaltaroshlikning yuksak san’atkorona na’munalari saqlanib qolgan ? Xolchayondagi Kushon podsholari saroylari, Eski Termiz va Dalvarzintepadagi buddaviylik ibodatxonalarida

39. Qoratepa va Fayoztepa qayerda joylashgan ? Eski Termizda

40. Ud chalayotgan ayollar tasvirlangan mashxur Ayritom frizi qaysi davrga oid ? Kushon podsholigi davriga

41. Kushonlar davriga oid qaysi yodgorlikdan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan ? Dalvarzintepadan

36- Buyuk ipak yo`li

1. Milodiy XVI asrgacha Sharq va G’arb xalqlari o’rtasida tarixiy – madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qaysi yo’l muhim o’rin tutgan ? Buyuk Ipak yo’li

2. Buyuk Ipak yo’li qachon vujudga kelgan ? Mil.av. II asrda

3. Buyuk Ipak yo’li dastlab nima deb atalgan ? “Buyuk meridianal yo’l”

4. Buyuk Ipak yo’liga “Ipak yo’li” atamasi qachon va kim tomonidan berilgan ? 1877-yilda nemis geografi F. Rixtgofen tomonidan

5. Eng qadimgi yo’llardan biri bo’lgan “La’l yo’li” qachon vujudga kelgan ? Mil.av. 3-2-ming yillikda

6. Qadimgi La’l yo’li qaysi hududlardan o’tgan ? Pomir tog’laridan boshlanib, Eron va Old Osiyo hamda Misr orqali o’tgan

7. Qadimda Pomirdan olinadigan qanday ma’dan Qadimgi Sharq mamlakatlari zargarlari tomonidan yuksak baholangan ? Yarim nodir la’l (lojuvard)

8. Misr fir’avnlari maqbaralaridan topilgan la’l ishlatilgan buyumlar O’rta Osiyoning qaysi hududidan olingan ? Badaxshondan

9. Qaysi yo’l Eron Ahamoniylari sulolasining yo’li bo’lgan ? “Shoh yo’li”

10. “Shoh yo’li” mil.av. VI-IV asrlarda qaysi hududlarni bog’lagan ? Kichik Osiyo shaharlarini, o’rtayer dengizi bo’yidagi Efest , Sard shaharlarini Eron poxtaxtlaridan biri Suza bilan bog’lagan

11. Buyuk Ipak yo’lining uzunligi qancha bo’lgan ? 12 ming km

12. Buyuk Ipak yo’li qayerdan boshlangan ? Sariq dengizdan

13. Buyuk Ipak yo’li qayergacha borgan ? O’rtayer dengizi sohillarigacha

14. Buyuk Ipak yo’li qaysi hududlar orqali o’tgan ? Sharqiy Turkiston, O’rta osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali

15. Buyuk Ipak yo’li orqali So’g’diyonadan Xitoyga qanday maxsulotlar olib borilgan ? Jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlari va qimmatbaho toshlar

16. Buyuk Ipak yo’li orqali Baqtriyadan Xitoyga nima olib borilgan ? Tuyalar

17. Buyuk Ipak yo’li orqali Farg’onadan Xitoyga nima olib borilgan ? Zotli otlar

18. Buyuk Ipak yo’li orqali Badaxshondan Xitoyga nima olib borilgan ? La’l

19. Buyuk Ipak yo’li orqali Hindistondan O’rta Osiyoga qanday maxsulotlar kelgan ? Ip-gazlama va paxta chigiti

20. Buyuk Ipak yo’li orqali Xitoydan O’rta Osiyoga qanday maxsulot keltirilgan ? Guruch

21. Chjan Syan qachon O’rta Osiyoga keladi ? Mil.av. 138-yilda

22. Chjan Syan kimning elchisi edi ? Imperator U Di

23. Chjan Syan qanday maqsadda ittifoqchi va xamkorlar topish uchun yo’lga chiqadi ? Ko’chmanchi xunnlarga qarshi kurashish maqsadida

24. Chjan Syan birinchi marta xunnlarga asir tushganda necha yil asirlikda bo’ladi ? O’n yil

25. Chjan Syan xunnlar asirligidan qochib qayerga boradi ? Markaziy Tyan-Shan orqali Issiqko’lga

26. Chjan Syan qaysi daryo bo’ylab Farg’ona vodiysiga keladi ? Norin daryosi bo’ylab

27. Chjan Syan Farg’ona hukmdori bilan uchrashganda Farg’ona hukmdori nimaga rozi bo’lishini bildiradi ? Faqat savdo-sotiq aloqalarini o’rnatish istagini bildiradi

28. Chjan Syan janub sari sayohatini davom ettirib, kimlarga asir tushadi ? Xunnlarga

29. Chjan Syan ikkinchi marta xunlarga asir tushganidan keyin qancha muddatda vataniga qaytib boradi ? Bir yildan keyin

30. Chjan Syan Farg’onadan Xitoyga nima olib boradi ? Ot va beda urug’i

31. Farg’onadan olib borilgan beda urug’ini qaysi Xitoy imperatori o’z saroyi yaqinida ektiradi ? U Di

32. Farg’onadan olib borilgan beda urug’i keyinchalik Xitoyning qaysi qismida ekiladigan bo’ladi ? Xitoyning butun shimolida

33. Chjan Syan yurgan yo’l bo’ylab mil.av. II-I asrlarda Xitoyni qaysi hududlar bilan bog’lovchi Buyuk Ipak yo’li o’tadigan bo’ladi ? Markaziy va G’arbiy Osiyo bilan bog’lovchi

34. O’zbekistonning qaysi hududida Buyuk Ipak yo’li ikki tarmoqqa bo’linadi ? Farg’ona vodiysida

35. Farg’ona vodiysida ikki tamoqqa bo’lingan Buyuk Ipak yo’lining birinchi tarmog’i qaysi hududlarga borgan ? O’zgandan Axsi shahri, Qamchiq dovoni orqali Iloq vohasi va Toshkentga kelgan

36. Farg’ona vodiysida ikki tamoqqa bo’lingan Buyuk Ipak yo’lining ikkinchi tarmog’i qaysi hududlar orqali o’tgan ? O’zgandan O’sh, Quva, Marg’ilon, Qo’qon orqali Xo’jand, Samarqand, Buxoroga o’tgan

37. Buyuk Ipak yo’lining chorraxasida joylashgan davlat qaysi ? O’zbekiston

37- Qadimgi Italiya

1. Qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik va chorvachilik

2. “Italiya” so’zining ma’nosi nima ? “Buzoqchalar o’lkasi”

3. Qaysi xalq koloniyachilari Italiya hududida sigirlarni o’tlatish uchun ajoyib o’tloqlarni topgan ? Yunon

4. Apennin yarimorolidagi eng katta daryo qaysi ? Po daryosi

5. Qadimda Apennin yarimorolining barcha qabilalari nima deb atalgan ? Italiklar

6. Qadimda italiklar qabilalari orasida qaysi qabilalar ko’pchilikni tashkil etgan ? Lotinlar, samniylar va sabiniylar

7. Italiklar kelib chiqishi borasida qaysi xalqlarga yaqin bo’lishgan ? Yunonlarga

8. Qadimda Italiyaning shimoli-g’arbiy qismida Kichik Osiyodan ko’chib kelgan qaysi xalqlar yashagan ? Etrusklar

9. Qadimgi etrusklarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Dehqonchilik

10. Qachonga kelib etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzadi ? Mil.av. VIII asrga kelib

11. Nechanchi asrga kelib etrusklar Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalari bilan kurash olib boradi ? Mil.av. VII asrga kelib

12. Erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalari bilan kurash olib bora boshlaganda ularga qaysi davlat qo’shiladi ? Karfagen

13. Rim shahri qayerdan boshlangan ? Tibr daryosi bo’yidagi dehqonchilik manzilgohidan

14. Qadimda Rimda nechta tepalik bo’lgan ? Yettita

15. Rivoyatlarda aytilishicha Rim shahriga qachon va kimlar tomonidan asos solingan ? Mil.av. 753-yilda aka-uka Romul va Remlar tomonidan

16. Romul va Remlarni ona bo’ridan keyin kim boqadi ? Cho’pon

17. Rim shahri kimni nomi bilan atalgan ? Romul

18. Bugungi kunda Rimning timsoli qaysi hayvon hisoblanadi ? Bo’ri

19. Nechanchi asrga kelib Rimning Kapitoliy tepaligida dushmandan himoyalanish uchun qal’a bunyod etiladi ? Mil.av. VI asrga

20. Dastlab Rimda hukmdorlar qanday vazifalarni bajarishgan ? Ular ham harbiy boshliq, ham sudya, ham kohin bo’lgan

21. Qachon mag’rur laqabli Tarkviniy Rim hukmdorini o’ldirib hokimiyatni egallaydi ? Mil.av. 509-yilda

22. Tarkviniyning taqdiri nima bilan tugaydi ? Shahar aholisi uni haydab yuboradi

23. Rim respublikasiga qachon asos solinadi ? Mil.av. 509-yilda

38- Rim respublikasi

1. Rim hukmdorlari qanday maqsadda xalq majlisini chaqirar edi ? Muhim masalalarni muhokama qilish uchun

2. Rimda xalq majlisi qanday huquqlarga ega edi ? Urush e’lon qilish , sulh tuzish, qonunlarni qabul qilish va bekor qilish, mansabdor shaxslarni tayinlash .

3. Rimda xalq majlisi qarorlarini qaysi davlat organi tasdiqlagan ? Senat

4. “Senat” so’zining lug’aviy ma’nosi nima ? Lotincha bo’lib “Oqsoqollar kengashi” ma’nosini anglatadi

5. Qadimgi Rimning tub aholisi nima deyilgan ? “Patritsiylar”

6. Qadimgi Rimga ko’chib kelgan aholining avlodlari nima deyilgan ? “Plebeylar”

7. Qachondan Rim davlati Respublika deb yuritila boshlandi ? Mil.av. VI asr oxiridan

8. “Respublika” so’zi qaysi tildan olingan ? Lotincha, “res” ish, “publika” xalq.

9. Qadimgi Rimda nima uchun qashshoq kishilar konsul bo’la olmas edi ? Davlatga xizmat evaziga haq to’lanmasligi sababli

10. Qadimgi Rimda konsullikka o’z nomzodini qo’ygan badavlat quldor qanday libos kiygan ? “Kandida” deb ataluvchi oq harir libos

11. Qadimgi Rimda urush boshlangan taqdirda yoki xalq qo’zg’oloni ro’y berganda kim otliq qo’shinlar boshlig’i etib tayinlangan ? Diktator va uning o’rinbosari

12. Qadimgi Rimda qaysi lavozim cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lib, hokimiyatda olti oydan ko’p tura olmagan ? Diktator

13. Qadimgi Rimda har bir konsulni necha kishidan iborat faxriy qorovullar qo’riqlashgan ? 12 kishidan iborat

14. Qadimgi Rimda konsullarning 12 kishidan iborat faxriy qorovullari nima deyilgan ? Liktorlar

15. Qadimgi Rimda konsullar jinoyatchilarni jazolash imkoniyatiga egaligi alomati sifatida liktorlar nima taqib yurishgan ? Yelkalariga o’rtasiga boltacha sanchilgan qayishqoq arqonlardan bog’lama taqib yurishgan

16. Qadimgi Rimda konsullar necha kishidan iborat bo’lishgan ? Ikki kishidan

17. Qadimgi Rimda senat necha kishidan iborat bo’lgan ? 300 kishidan

18. Rim respublikasida kimlar rimliklarni sud qilgan ? Konsullar

19. Rim respublikasida konsullar qaysi davlat organi oldida har yili hisob bergan ? Xalq majlisi

20. Qadimda xalq tribuni lavozimi qaysi davlatda ta’sis etilgan ? Rim respublikasida

21. Rim respublikasida xalq tribunlari kimlarni manfaatini himoya qilgan ? Qashshoq rimliklarni

22. Rim respublikasida xalq tribunlari qanday saylanar edi ? Majlislarda barcha fuqarolarning teng va yashirin ovozi bilan

23. Rim respublikasida qaysi davlat organ “veto” (taqiqlayman) so’zini aytishi mumkin bo’lgan ? Xalq tribuni. Bunday holda qonun qabul qilinmagan

24. Qadimgi rim qonunchiligi qanday qonunlarga asoslangan edi ? Og’zaki qonunlarga

25. Rim respublikasida patritsiylar chiqargan qonun kimning qonunlariga asoslangan edi ? Solonning

26. Rim respublikasida 12 jadvaldan iborat qonunlarni kimlar qabul qilgan ? Patritsiylar

27. Rim respublikasida 12 jadval qonuni qanday mulkni daxlsiz deb e’lon qiladi ? Xususiy mulkni

28. Nechanchi asrga kelib Rimning barcha fuqarolari mavqeyidan qat’iy nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilinadi ? Mil.av. III asr boshiga kelib

39- Rim respublikasining hayoti

1. “Mozaika” nima ? Shisha yoki tosh parchalaridan ishlangan su’rat

2. “Villa” nima ? Shohona uy-joy

3. “Freska” nima ? Selgimagan suvoqqa ishlangan tasvir

4. “Forum” nima? Rimda shahar markazi

5. Rim perpublikasida Forumda qanday jamoat binolari joylashgan edi ? Bozor maydoni, xalq yig’ilishlari uchun joy, markaziy ibodatxona

6. “Akveduk” nima ? Osma suv quvurlari, ya’ni shaharga suv olib keladigan osma ariqlar

7. Qadimgi Rimda eng bozori chaqqon tovar qaysi bo’lgan ? Qullar

8. Qadimgi Rimda odamlar kiyib yurgan kiyimi – ularning jamiyatdagi mavqeyini bildirgan

9. Qadimgi Rimda o’g’il bolalar 14 yoshgacha qanday rangli toga kiyishgan ? Pushti yo’llik toga

10. Toga nima ? Qadimgi Rimda erkaklar kiyadigan libos

11. Qadimgi Rimda o’g’il bolalar necha yoshda voyaga yetgan hisoblangan ? 14 yoshga to’lganda

12. Qadimgi Rimda o’g’il bolalar 14 yoshga to’lgandan keyin qanday libos kiyishgan ? Oppoq toga

13. Qadimgi Rimda urush xudosi – Mars

14. Qadimgi Rimda Rimning bosh xudosi, osmon, momoqaldiroq va yashin podshosi – Yupiter

15. Qadimgi Rimda qaysi xudo Rim davlatining homiysi bo’lib, xalqlar va davlatlar taqdirini boshqarib turishadi boshqarib turadi deb hisoblashgan ? Yupiter

16. Qadimgi Rimda dengiz xudosi – Neptun

17. Qadimgi Rimda uyqu xudosi – Morfey

18. Qadimgi Rimda ov xudosi – Diana

19. Qadimgi Rimda olov va temirchilar xudosi – Vulkan

20. Qadimgi Rimda bahor va sevgi xudosi – Venera

21. Qadimgi Rimda may xudosi – Baxus

22. Qadimgi Rimda odil sudlov ilohasi – Yustitsiya

23. Qadimgi Rimda qaysi iloha ko’zlari bog’langan ayol ko’rinishida tasvirlangan ? Yustitsiya

24. Yustitsiyaning o’ng va chap qo’llarida nima tasvirlangan ? O’ng qo’lida jazo timsoli qilich, chap qo’lida aybdorlik va aybsizlikni taqqoslagan tarozi tasvirlangan

25. Qadimgi Rimda taqdir ilohasi – Fortuna

26. Qadimgi Rimda qaysi ilohani ko’pincha taqdirlar peshvosi sifatida gohida rul bilan, ba’zan esa taqdir qo’nimsizligi ramzi sifatidagi shar bilan tasvirlagan ? Fortuna

27. Qadimgi Rimda qasos va intiqom ilohalari qaysilar ? Furiyalar

28. Qadimgi Rimda qaysi ilohalar qasoskor ayollar siymosida tasvirlangan ? Furiyalar

29. Qadimgi Rimda “altar” nima ? Qurbonlik baxshida etiladigan ko’tarma joy

30. Qadimgi Rimda diniy marosimlar o’tkazilishi ustidan kimlar nazorat qilgan ? Pontifiklar

31. Pontifiklar kimlar ? Kohinlar

32. Qadimgi Rimda kimlar bayramlar taqvimi, marosimlar tantanalari taqvimini tuzishgan ? Pontifiklar

33. 5 nafardan 15 nafargacha bo’lgan pontifiklar hay’atiga kim rahbarlik qilgan ? Buyuk pontifik

34. Qadimgi Rimliklar barcha muhim ishlarni nimadan boshlashgan ? Fol ochishdan

35. Qadimgi Rimda fol ochish kohinlari nima deyilgan ? Avgurlar

36. Qadimgi Rimda xonadon o’chogi ilohasi nima deyilgan ? Vesta

37. Qadimgi Rimda muqaddas olovni saqlash kimlarning vazifasi bo’lgan ? Ayol kohinalarning

38. Qadimgi Rimda kimlarning ta’siri va nufuzi katta bo’lgan ? Vestalka kohinlarning

40-O`rtayer dengizida hukmronlik uchun kurash

1. Qadimgi Rimda armiyada necha yoshdagi erkak fuqarolar xizmat qilgan ? 17 yoshdan 46 yoshgacha

2. Qadimgi Rimda 80 kishidan iborat jangchilar guruhi nima deyilgan ? Senturiya

3. Qadimgi Rimda bir necha senturiya nima deyilgan ? Kogorta

4. Qadimgi Rimda 10 ta kogorta nima deyilgan ? Legion

5. Qaysi qadimgi davlatda armiyada xizmat qilish bir umrlik ishga aylangan edi ? Qadimgi Rimda

6. Qadimgi Rimda harbiy xizmat muddati necha yil bo’lgan ? 25 yil

7. Qadimgi Rimda harbiylarning o’ziga xos jang taktikasi qanday bo’lgan ? Avvaliga shahar qurshab olinadi, so’ngra esa katapulta degan qamal qurolidan foydalanib devorlarni teshishar va shaharga bostirib kirar edi

8. Qadimgi Rimda qanday maqsadda soz (tekis) yo’llar tarmog’ini barpo etgan edi ? Harbiy guruhlar imperiya hududi bo’ylab tezroq harakatlanishi maqsadida

9. Qaysi qadimgi davlat chegaralarida tosh qal’alar barpo etilgan ? Qadimgi Rim

10. Qadimgi Rimda “triumf” nima ? G’alaba

11. Qadimgi Rimda xudolarga qaysi tepalikda qurbonliklar bag’ishlangan ? Kapitoliy

12. Nechanchi asrga kelib Rim mamlakat shimolidan tashqari butun Italiya hududini zabt etishga erishadi ? Mil.av. III asr o’rtalariga kelib

13. Mil.av. III asr o’rtalarida Sitsiliya orolining g’arbiy qismini qaysi davlat hukmdorlari egallab olgan edi ? Karfagen quldorlari

14. Rim va Karfagen o’rtasidagi urushga qaysi hudud sababchi bo’lgan ? Sitsiliya

15. Karfagen qaysi jihatidan Rimdan ustun edi ? Katta va kuchli flotga egaligi jihatidan

16. Karfagen armiyasining Rim armiyasiga nisbatan zaif tomoni nimada edi ? Karfagen armiyasida yollanma askarlar xizmat qilar edi

17. Nima uchun Karfagen armiyasining zaif tomoni unda yollanma asrkarlarning xizmat qilishi edi ? Chunki yollanma askarlarning birdan-bir maqsadi harbiy o’lja bo’lib, o’zlari uchun qulay bo’lgan istalgan paytda dushman tarafiga o’tib ketar edi

18. Rimliklar Karfagen bilan necha marotaba urushadi ? Uch marta

19. Rim va Karfagen o’rtasidagi urush tarixga qanday nom bilan kirgan ? Puni urushlari

20. Rimliklar Karfagenni nima deyishgan ? Puna

21. Puni urushlaridagi birinchi urushda kimlar g’alaba qozonadi ? Rimliklar

22. Birinchi Puni urushlarida Rimliklar g’alaba qozonib, qaysi hududni bosib oladi va karfagenliklarni o’zlariga xiroj to’lashga majbur qiladi ? Sitsiliyani

23. Birinchi Puni urushidan ikki yil o’tib Rimliklar qaysi hududlarni egallaydilar ? Korsika va Sardiniya orollarini

24. Qaysi davlat Rim bilan O’rtayer dengizi orollari ustidagi urushda Rimning xavfli raqibi bo’ladi ? Karfagen

25. Sitsiliyadagi yo’qotishlar uchun o’zlarini taqdirlash va qanoatlantirish uchun Karfagen quldorlari qaysi davlatning katta qismini bosib oladi ? Ispaniyaning

26. Karfagen tomonidan Ispaniyani bosib olish chog’ida Karfagen armiyasiga kim boshchilik qilgan ? Gannibal. Gannibal Ispaniyada biron marta ham mag’lubiyatga uchramagan

27. Rimliklar Karfagennliklarga ikki tomondan zarba berish maqsadida qanday yo’l tutadi ? Bitta armiya Ispaniyada Gannibal armiyasini tor-mor etishi, ikkinchi Karfagenni bosib olishi kerak edi

28. Puni urushlarida Kann yaqinidagi jang qachon bo’lgan ? Mil.av. 216-yilda

29. Mil.av. 216-yilda Kann yaqinidagi jangda kimlar g’alaba qozonadi ? Gannibal boshliq Karfagen armiyasi

30. Mil.av. 216-yilda Kann yaqinidagi jangda qancha rimlik legioner halok bo’ladi ? 70 ming

31. Nima uchun Italiya aholisi Gannibalni qo’llab – quvvatlamaydi ? Karfagen yollanma qo’shinlari mamlakatni talon-taroj qilib tashlagani uchun

32. Zama shahri yaqinidagi jang qachon bo’lgan ? Mil.av. 202-yilda

33. Mil.av. 202-yilda Zama shahri yaqinidagi jangda Rim armiyasiga kim boshchilik qiladi ? Ssipion

34. Mil.av. 202-yilda Zama shahri yaqinidagi jangda kimlar g’alaba qozonadi ? Rimliklar

35. Gannibal qachon o’ladi ? Mil.av. 183-yilda surgunda yurganda uni rimliklarga topshirish uchun qo’lga olishga uringanda zaxar ishib o’ladi

36. Puni urushlaridagi qaysi jangdan keyin Rim G’arbiy O’rtayer dengizida mutloq hokimga aylanadi ? Mil.av. 202-yilda Zama shahri yaqinidagi jangdan keyin

37. Rimliklar qaysi hududlarni bosib olgandan keyin Karfagenni bosib olishga qaror qiladi ? Suriya va Makedoniyani

38. Uchinchi Puni urushi qachon bo’ladi ? Mil.av. II asr o’rtalarida

39. Uchinchi Puni urushida Karfagen shahri aholisi shaharni necha yil mudofaa qiladi ? Ikki yil

40. Uchinchi Puni urushida Karfagen necha kun o’t-olov ichida qoladi ? 17 kun

41. Rim senati qaroriga ko’ra , Karfagen bunyod etilgan joy nima deb e’lon qilinadi ? Qarg’ish tekkan maskan

42. Karfagen rimliklar tomonidan nechanchi yilda butunlay varonaga aylantiriladi ? Mil.av. 146-yilda

43. Bosib olingan yerlarni rimliklar nima deyishgan ? Provinsiya

44. Rimliklar tomonidan bosib olinib provinsiyaga aylantirilgan hududlar qaysilar ? Sitsiliya, Korsika, Sardiniya, Ispaniya, Yunoniston, Kichik va Old Osiyo, Misr

45. Rimda provinsiyalarni boshqaradigan noiblar nima deyilgan ? Prokonsullar

46. Rimda prokonsullar qancha muddatga savlangan edi ? Bir yilga

47. Rimliklar provinsiyalar Rimga qarshi kurashga birlashmasliklari uchun qanday tamoyilga asoslanib ish ko’rishgan ? “Bo’lib tashla, hukmronlik qil”

48. Qaysi davlatda armiyaning himoya qalqoni “Toshbaqa” deb atalgan ? Rimda

41- Qullar va gladiatrlar

1. Mil.av. I asrga kelib Rimda qullar soni nihoyatda ko’payib ketishiga nima sabab bo’lgan ? Zafarli yurishlar sababli

2. Nechanchi asrlarga kelib Rimda qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi ma’lum bo’ladi ? Milodiy I-II asrlarga kelib

3. Qachondan Rimda yirik zamindorlar o’z yerlarini kichik-kichik yer-mulklarga ajratib kambag’allarga ijaraga bera boshladilar ? Milodiy I-II asrlardan

4. Rimda mayda yer ijarachilari nima deyilgan ? Kolonlar

5. Rimda Quldorlar tomonidan kichik yer, mehnat qurollari, urug’ bilan ta’minlangan qullar nima deyilgan ? Kulbali qullar

6. Rimliklarning eng sevimli tomoshasi qaysi bo’lgan ? Gladiatorlar janggi

7. Rimdagi Kolizey amfiteatri qacha tomoshabinni o’ziga sig’dirgan ? 50 ming

8. Changak nima ? Uch ayrili nayza

9. Qaysi qadimgi davlatda “Qullar qancha bo’lsa , dushmanlar ham shuncha” deyilgan ? Rimda

10. Qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qullar qo’zg’oloni qaysi ? Spartak qo’zg’oloni

11. Spartak qo’zg’oloni qachon boshlangan ? Mil.av. 74-yilda

12. Spartak qaysi shahardagi gladiatorlar maktabidan chiqqan ? Kapuya

13. Spartak nima uchun gladiatorlar maktabiga sotib yuboriladi ? Rim armiyasida xizmat qilishdan bosh tortganligi uchun

14. Spartak asli qayerlik bo’ladi ? Frakiyalik

15. Spartak Kapuya shahridagi gladiatorlar maktabidan nechta tarafdori bilan qochib ketadi ? 200 ga yaqin

16. Spartak boshchiligidagi qullar qaysi tog’qa chiqib olishadi ? Vezuviy

17. Ko’p o’tmay Spartak boshliq qo’zg’olonchilar soni qanchaga yetadi ? 10 ming

18. Spartak qo’zg’olonini bostirish uchun qancha Rim askarlari Vizuviy tog’lari yaqinida harbiy lager quradi ? Uch ming

19. Spartak qo’zg’olonchilari orasida ixtilofni yuzaga kelishiga nima sabab bo’ladi ? Qullarni bir qismi Rimni tashlab o’z yurtlariga ketishni istasa, boshqalari Rimda qolib Rimdan va quldorlaridan qasos olishni istashadi

20. Spartak qo’zg’olonini bostirish uchun rim kim boshchiligida qo’shin jo’natadi ? Mark Krass

21. Spartak qo’zg’oloni qachon bostiriladi ? Mil.av. 71-yilda

22. Spartak qo’zg’olonidan keyin qancha asirlar Rim-Kapuya oralig’idagi yo’lga yog’och ustunlarga mixlanadi ? 6 mingdan ziyod

23. Spartak qo’zg’olonidan keyin qo’zg’olonchilar yana necha yil kurashni davom ettiradi ? 10 yil

42- Rim respublikasining qulashi

1. Nechanchi asrdan Qadimgi Rimda muntazam harbiy kuchga tayanuvchi harbiy boshliqlar rial kuchga aylanadi? Mil.av. I asrdan

2. Spartak qo’zg’oloni bostirilgandan keyin Rimda kimlarni o’rtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi ? Krass va Pompey

3. Krass vafotidan keyin kim hokimiyat uchun kurashda Pompey uchun birdan – bir raqib bo’lib qoladi ? Sezar

4. Sezarning obro’yi qaysi hududdagi g’alabalari tufayli ancha ortadi ? Galliyadagi

5. Yuliy Sezar Rimda yakka hokimlik uchun qachon urush boshlaydi ? Mil.av. 49-yilda

6. Yuliy Sezar qachon Rubikon daryosidan kechib o’tib hokimiyat uchun kurash boshlaydi ? Mil.av 49-yilda

7. Nima uchun Rim senati Sezarga finta uyushtiradi ? U hech qanday saylovlarsiz mansabdor shaxslarni tayinladi, Senat va Xalq majlisi oldida hisob bermay qo’ydi

8. Rim senatining Sezarni o’ldirishdan maqsadi nima edi ? Senatga o’z mavqeyini tiklab berish

9. Sezarga qarshi fitnaga kim boshchilik qiladi ? Yaqin do’sti Brut

10. Sezar qachon o’ldiriladi ? Mil.av. 44-yilda

11. Sezar vafotidan keyin Rimda – sarkardalar o’rtasida fuqarolar urushi boshlanib ketadi

12. Sezardan keyin kim hokimiyatni egallaydi ? Oktavian Avgust

13. Sezardan keyin kim Rim imperiyasi asoschisiga aylanadi ? Oktavian Avgust

14. Sezar vafotidan keyin Brut va uning tarafdorlari taqdiri nima bo’ladi ? Ular Yunonistonga qochib ketadi

15. Oktavian Avgustni hukimiyat tepasiga kelishiga kim qarshi bo’lgan ? Mark Antoniy

16. Oktavian Avgustga qarshi chiqqan Mark Antoniyni Rim Senati nima deb e’lon qiladi ? Respublika dushmani

17. Oktavian Avgust kim bilan ittifoq tuzib Rimda respublikachilarni tor-mor etadi ? Mark Antoniy

18. Oktavian Avgust va Mark Antoniy o’rtasida tuzilgan ittifoqqa ko’ra, Rim respublikasi – G’arbiy qismi Oktavian Avgustga , Sharqiy qismi Mark Antoniyga o’tadi

19. Yuliy Sezarning dinori nechanchi yillarda zarb etilgan ? Mil.av. 49-48-yillarda

20. Mark Antoniyni qanday harakati Oktavian Avgust noroziligiga sabab bo’ladi ? Misr malikasi Kleopatraga uylangach, nikoh sovg’asi sifatida Rimning sharqiy provinsiyalarini sovg’a qilganligi sababli

21. Oktavian Avgust va Mark Antoniylar o’rtasida hal qiluvchi dengiz janggi qachon va qayerda bo’ldi ? Mil.av.31-yilda Yunoniston qirg’oqlarida

22. Mil.av.31-yilda Oktavian Avgust va Mark Antoniylar o’rtasidagi jang qizigan bir pallada Kleopatra va Antoniy qayerga qochadi ? Aleksandriya shahriga

23. Oktavian Avgust o’z qo’shinlari bilan qachon Misrga keladi ? Mil.av. 30-yilda

24. Misr qachon Oktavian Avgustga taslim bo’lib Rimning provinsiyasiga aylanadi ? Mil.av. 30-yilda

25. Antoniy va Kleopatra qachon o’z-o’zini o’ldiradi ? Mil.av. 30-yilda

26. Nechanchi yilda Oktavian Avgust butun Rim imperiyasining yakka hukmdoriga aylanadi ? Mil.av. 30-yilda

27. Oktavian Avgust qachon senatda imperator unvoni va Avgust laqabini oladi ? Mil.av. 29-yilda

28. Rim imperiyasining asoschisi kim ? Oktavian Avgust

29. Qaysi Rim imperatori senatorlar va Rim armiyasi legionlari sonini qiqartiradi ? Oktavian Avgust

30. Oktavian Avgust davrida harbiy xizmatchilarning xizmat muddati necha yil bo’’ladi ? 20 yil

31. Oktavian Avgust davrida armiyaning soni qancha bo’ladi ? 300 ming

32. Qaysi Rim imperatori davrida Rimda ko’plab saroy va ibodatxonalar bunyod etiladi ? Oktavian Avgust

33. Oktavian Avgust qachon vafot etadi ? Milodiy 14-yilda

34. Oktavian Avgustning qaysi vorislari davrida Rim imperiyasi inqirozi boshlanadi ? Kaligula va Neron

35. Kaligula va Neron davridan inqirozga uchray boshlagan Rim imperiyasi qachonga kelib kuch-qudrati qayta tiklanadi ? Milodiy II asr boshlariga kelib

36. Nechanchi asr Rim imperiyasining “oltin asri“ nomini oladi ? Milodiy II asr

37. Milodiy 98-yilda Rimda imperatorlik taxtini kim egallaydi ? Trayan

38. Trayan kimlarga qarshi urushlar olib boradi ? Daklarga qarshi

39. Daklar qayerda yashagan ? Dunay daryosi bo’ylarida

40. Trayan kolonnasining balandligi qancha bo’lgan ? 40 metr

41. Kolonna nima ? Ustun

42. Trayan kolonnasini bezab turgan bo’rtma tasvirlar nima haqida hikoya qiladi ? Trayanning daklarga qarshi urushi haqida

43. Trayan davrida qaysi davlat hududlari Rim imperiyasi tarkibiga kiradi ? Suriya va Mesopotamiya

44. Trayan qaysi davlat bilan urushlarda muvaffaqiyatlarga erishadi ? Parfiya

45. Qaysi Rim imperatori davrida yolg’onchi chaqimchilikka asoslanib qatl etish bekor qilinadi ? Trayan

43-Rim imperiyasining qulashi va zavolga yuz tutishi

1. Qaysi imperator davrida Rim imperiyasining poytaxti Vizantiy shahriga ko’chiriladi ? Konstantin

2. Imperator Konstantin qachon poytaxtni Vizantiy shahriga ko’chiradi ? Milodiy 330-yilda

3. Vizantiy shahri qayerda joylashgan edi ? Bosfor bo’g’ozida

4. Qaysi Rim imperatori buyrug’i bilan Vizantiy shahridagi eski binolar buzilib yangi shahar quriladi ? Konstantin

5. Konstantin davrida Vizantiy shahri qayta tiklanib shaharga haykallar va kolonnalar qaysi davlatlardan olib kelinadi ? Rim, Afina, Korinf

6. Vizantiy shahri Konstantin sharafiga nima deb e’lon qilinadi ? Konstantinopol

7. Rim imperiyasi qachon G’arbiy va Sharqiy Rim imperiyalariga bo’linib ketadi ? Milodiy 395-yilda

8. Rim imperiyasi kimni davrida G’arbiy va Sharqiy Rim imperiyalariga bo’linib ketadi ? Imperator Feodosiyning o’gillari davrida

9. Nechanchi asrdan Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshlaydi ? Milodiy III asrdan

10. Milodiy III asrdan Rim imperatorini kimlar saylagan ? Armiya

11. Qaysi Rim imperatori davridan boshlab rimliklar bosqinchilik urushlarini olib bormaydi ? Trayan

12. Milodiy III asrda rimliklar nima uchun Rim imperiyasining shimoliy-g’arbida katta harbiy kuch ushlab turishga majbur bo’lgan ? Ko’chmanchi varvarlardan himoyalanish maqsadida

13. Yunonlar tillari o’zlari uchun tushunarli bo’lmagan barcha qabilalar va xalqlarni nima deyishgan ? Varvarlar

14. Rimliklar madaniy taraqqiyotning ancha quyi pog’onasida turuvchi xalqlarni nima deyishgan ? Varvarlar

15. Milodiy IV-V asrlarda butun Rim imperiyasi hududini kimlarning qo’zg’olonlari qamrab oladi ? Qullar va kolonlar

16. Rim imperiyasiga varvarlarning hujumlari necha yil davom etadi ? 150 yildan ko’proq

17. Molodiy 410-yilda – Alarix boshliq got qabilalari Rimni qurshab oldilar

18. Alarix boshliq gotlarga Rim darvozalarini kimlar ochib beradi ? Qullar

19. Alarix boshliq gotlar Rimni necha kun talaydi ? Uch kun

20. Rimliklar Rimni nima deb atashar edi ? “Boqiy shahar”

21. Qaysi shahar haqida “Butun yer yuzini bo’ysundirgan jahon sham chirog’i ham so’ndi” deyilgan ? Rim

22. Milodiy 452-yilda – Attila boshliq xunn qabilalari Sharqiy Rim imperiyasiga hujum uyushtirdi

23. Milodiy 455-yilda – Rimga germanlarning vandal qabilalari bostirib kirdi

24. Vandallar Rimni qancha muddat talaydi ? Ikki hafta

25. G’arbiy Rim imperiyasi qachon qulagan ? 476-yilda

26. G’arbiy Rim imperiyasining so’nggi imperatori kim bo’lgan ? Romul

27. G’arbiy Rim imperiyasi qulatilgach imperatorlik toji qaysi shaharga jo’natiladi ? Konstantinopolga

44-Qadimgi Rim madaniyati

1. Qadimgi Rimda zodagonlar nima deyilgan ? Patritsiylar

2. Rim imperatorlari qashshoq rimliklar ko’nglini olish uchun ko’rkam hammomlar qurgan. Hammomlar nima deyilgan ? “Term”

3. “Term” so’zining lug’aviy ma’nosi nima ? Yunoncha “issiq”

4. Qadimgi Rimda kambag’allarning farzandlari nima uchun maktabda o’qimagan ? Xo’jalik ishlarida ota-onalariga yordam berganliklari uchun

5. Qadimgi Rimda badavlat rimliklarning farzandlari necha yoshdan maktabga borishgan ? 6 yoshdan

6. Qadimgi Rimda “still” nima ? Metall ruchka

7. Qadimgi Rimda o’quvchilar nimaga yozishgan ? mum qoplangan taxtachalarga

8. Qadimgi Rimda grammatika nima ? O’rta maktab

9. Qadimgi Rimda o’rta maktabda qaysi fanlar o’qitilgan ? Tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya

10. Qadimgi Rimda qaysi tilni o’rganishga alohida e’tibor qaratilgan ? Yunon

11. Nima uchun qadimgi Rimda yunon tilini o’rganishga alohida e’tibor qaratilgan ? Chunki fanning turli tarmoqlariga oid kitoblar yunon tilida yozilgan edi

12. Qadimgi Rimda siyosiy arbob bo’lishni istaganlar nimani o’zlashtirishi kerak edi ? Notiqlik va ritorikani

13. “Ritorika” bu – chiroyli so’zlash san’ati

14. Qadimgi Rim me’morchiligi yunon me’morchiligidan nimasi bilan farq qilgan ? Imoratlari rang-barangligi va muxtashamligi bilan

15. Nechanchi asrga kelib Rim eng yirik va aholisi ko’p shaharga aylanadi ? Milodiy I asr

16. “Akveduk” nima ? Qadimgi Rimda osma suv quvurlari

17. Qurilish materiali hisoblangan betonni kimlar ixtiro qilgan ? Rimliklar

18. Qadimgi Rimning eng katta amfiteatri qaysi bo’lgan ? Kolizey

19. Kolizeyga qancha tomoshabin siqqan ? 50 ming

20. Rimdagi Panteon ibodatxonasi gumbazi qanday qurilish materialidan qurilgan ? Beton

21. “Panteon” so’zi qanday ma’noni anglatadi ? Yunoncha “barcha xudolar ibodatxonasi”

22. Ikki ming yil muqaddam Kichik Osiyo va Falastin qaysi davlat hokimiyati ostida edi ? Rim

23. Iso Masih qaysi shaharda tug’ulgan ? Nazaret (Vifliyem)

24. Iso Masih kimning o’g’li edi ? Duradgor Iosifni

25. Iso Masihni onasi kim bo’lgan ? Mariya

26. Iso Masih qanday nom oladi ? “Xudoning o’g’li”

27. Iso Masih necha yoshida cho’qintiriladi ? 30 yoshida

28. Iso Masihni kim cho’qintiradi ? Voiz Cho’qintiruvchi Ioann

29. Cho’qintiruvchi Ioann qayerda yashagan ? Sahroda

30. Iso Masih qaysi daryoda cho’qintiriladi ? Iordan

31. Tit Liviy, Tatsit, Plutarx qayerlik tarixchilar edi ? Rimlik

32. Rim me’morchilik uslublari – Korinf, Ion, Doriy, Aralash

33. Iso Masih nechta havoriylar bilan Falastin bo’ylab sayohat qiladi ? O’n ikki nafar

34. “Apostollar” kimlar ? Havoriylar

35. Yahudiy ruhoniylari Isoni nimada ayblashadi ? Mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda

36. Isoni o’limga hukm qilgan Rim noibi kim ? Pontiy Pilat

37. Iso qayerda xochga tortiladi ? Odam ato dafn etilgan Golgof tog’ida

38. Iso Masih haqidagi rivoyatlar qanday nom olgan ? Yevangeliya (Injil)

39. “Yevangeliya” so’zining ma’nosi nima ? Yunonchadan tarjima qilinganda “xushxabar”

40. Iso Masih shogirdlari nima deyilgan ? Apostollar

41. Xristianlar jamoasiga kimlar peshvolik qilishgan ? Yepiskoplar

42. Xristianlik dini vujudga kelgan asr qaysi ? Milodiy I asr

43. Imperator Konstantin tomonidan Xristianlik dini qachon boshqa dinlar bilan teng din deb e’lon qilinadi ? Milodiy 313-yilda

44. Rivoyatlarga ko’ra qaysi Rim imperatori xristianlik ramzini o’z askarlari qalqonlariga chizishga buyurgan va g’alabaga erishgan ? Konstantin

O’QITUVCHI: Qarshiboyeva Shoira Abduhamidovna

2020-2021- o’quv yili.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Tasviriy san`at 6-sinf

Ушбу предметни мактабданоқ ўрганишдан асосий мақсад компьютер техникаси имкониятларини ва уни ҳаѐтга қўллашни биладиган, дастурлашнинг асосий принципларини ўзлаштирган, компьютер билан мулоғотда бўла олиш кўникмасига эга бўлган ва янги ахборот технологиясини тасаввур қила оладиган фойдаланувчини тайѐрлашдан иборат.

Природоведение 4

Daraja: Umumiy o`rta ta`lim Yo’nalish: Ilmiy-ta`limiy Turi: Darslik Nashr etilgan yili: 2020 Til: Rus tilida Yaratilgan vaqti: 2021-04-21 00:37:17

Учебник для 4 класса школ общего среднего образования. Рекомендован Министерством народного образования Республики Узбекистан. Издание 5-е, переработанное.

Teens’ English 8

Daraja: Umumiy o`rta ta`lim Yo’nalish: Ilmiy-ta`limiy Turi: Darslik Nashr etilgan yili: 2020 Til: Rus tilida,Ingliz tilida Yaratilgan vaqti: 2021-04-21 00:37:09

Учебник для общеобразовательных средних школ с русским языком обучения. Утверждён Министерством народного образования Республики Узбекистан.

Teens’ English 8

Daraja: Umumiy o`rta ta`lim Yo’nalish: Ilmiy-ta`limiy Turi: Darslik Nashr etilgan yili: 2020 Til: Rus tilida,Ingliz tilida Yaratilgan vaqti: 2021-04-21 00:37:01

Учебник для общеобразовательных средних школ с русским языком обучения. Утверждён Министерством народного образования Республики Узбекистан.

Русский язык 5

Daraja: Umumiy o`rta ta`lim Yo’nalish: Ilmiy-ta`limiy Turi: Darslik Nashr etilgan yili: 2020 Til: Rus tilida Yaratilgan vaqti: 2021-04-21 00:36:54

Учебник для 5 класса школ общего среднего образования с русским языком обучения. Рекомендовано Министерством народного образования Республики Узбекистан.

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,O`zbek tilida (kir.),Ingliz tilida Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:58:58

Тадқиқотнинг мақсади Жиззах вилоятида туризм дестинацияларини ҳудудий ташкил этиш имкониятлари ва салоҳиятини аниқлаш, улардан самарали фойдаланиш бўйича таклиф-тавсиялар ҳамда ривожлантиришнинг ҳудудий жиҳатларини ишлаб чиқишдан иборат.

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,O`zbek tilida (kir.),Ingliz tilida Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:58:49

Тадқиқотнинг мақсади таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштиришга доир таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқишдан иборат.

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,O`zbek tilida (kir.),Ingliz tilida Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:58:42

Тадқиқотнинг мақсади профессионал таълим муассасалари ишлаб чиқариш таълими усталарини тайёрлаш ва малакасини ошириш жараёнида уларнинг касбий компетентлигини ривожлантириш методикасини такомиллаштиришдан иборат.

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,Ingliz tilida,O`zbek tilida (lot.) Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:58:34

Tadqiqot maqsadi ixtiyoriy elliptik operatorli xususiy hosilali va kasr tartibli xususiy hosilali tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalarning yechimi mavjud va yagonaligini ko`rsatishdan iborat.

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,O`zbek tilida (kir.),Ingliz tilida Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:49:28

Тадқиқoтнинг мақсади саноат корхоналари, хусусан фармацевтика саноати ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш бўйича илмий таклиф ва амалий тавсиялар ишлаб чиқишдан иборат.