Press "Enter" to skip to content

Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishning samarali usullari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

Abstract: In this article, the authors provide insights into new ways to develop students’ speaking competence in Russian-language schools.

Варианты ВПР 2022 по русскому языку 6 класс с ответами

Весной 2022 года состоялись всероссийские проверочные работы ВПР по русскому языку в 6 классах. (Для некоторых школ ВПР перенесены на осень).

После проведения ВПР в школах стали доступны реальные варианты и критерии оценки.

ВПР 2022 по русскому языку для 6 класса с ответами

Комплект заданий 1
Вариант 1 Скачать ответы
Вариант 2 Скачать ответы
Комплект заданий 2
Вариант 1 Ответы + критерии
Вариант 2 Ответы + критерии
Комплект заданий 3
Вариант 1 Ответы + критерии
Вариант 2 Ответы + критерии
Комплект заданий 4
Вариант 1 Ответы + критерии
Вариант 2 Ответы + критерии
Комплект заданий 5
Вариант 1 Ответы + критерии
Вариант 2 Ответы + критерии
Комплект заданий 6
Вариант 1 Ответы + критерии
Вариант 2 Ответы + критерии
Комплект заданий 7
Вариант 1 Ответы + критерии
Вариант 2 Ответы + критерии
Комплект заданий 8
Вариант 1 Ответы + критерии
Вариант 2 Ответы + критерии
Комплект заданий 9
Вариант 1 Ответы + критерии
Вариант 2 Ответы + критерии
Комплект заданий 10
Вариант 1 Ответы + критерии
Вариант 2 Ответы + критерии

Примеры заданий:

6. Найдите и исправьте ошибку (ошибки) в образовании формы слова (слов). Запишите правильный вариант формы слова (слов).

1) пирог самый вкусный
2) с шестистами страницами
3) большое Сочи
4) для обоих друзей

7. Выпишите предложение, в котором нужно поставить тире. (Знаки препинания внутри предложений не расставлены.) Напишите, на каком основании Вы сделали свой выбор.

1) Жанр фантастика познавательный и интересный.
2) Фантастика всегда привлекала читателей.
3) Ихтиандр фантастический герой романа Александра Беляева.
4) Сюжеты книг Александра Беляева увлекательны и неповторимы.

8. Выпишите предложение, в котором необходимо поставить две запятые. (Знаки препинания внутри предложений не расставлены.) Напишите, на каком основании Вы сделали свой выбор.

1) Наш сосед вырастил огромную тыкву принёс её в дом и угостил всех.
2) На уроке истории мы вспоминаем подвиги наших солдат и чтим память о них.
3) На клумбе расцвели розы и они заполнили красками весь двор.
4) Постарайтесь друзья не ссориться ни с кем и не ругаться.

Связанные страницы:

Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishning samarali usullari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

Abdulla Oripov / innovatsiya / samaradorlik / Smart Education / dars ishlanma / pedagogik texnologiya / Loyiha / Abdulla Oripov / innovation / efficiency / Smart Education / lesson development / pedagogical technology / Project

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Madatov Nurbek Muratovich, Urazbaev Muratbay Amanbaevich

Ushbu maqolada mualliflar ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishning yangicha usullari haqida salmoqli fikrlarini berib o‘tganlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Madatov Nurbek Muratovich, Urazbaev Muratbay Amanbaevich

Musiqa darslarini fanlararo aloqadorligida tashkil etish imkoniyatlari

Mutaxassisligi chet tili bo`lmagan OTM talabalariga ingliz tilini o`rgatishda yangi pedagogoik texnologiyalar

O’rta umumta’lim maktablari yuqori sinf o’quvchilariga chet tili grammatikasini o’qitishning usul va vositalari

Maktab o’quvchilarini kasbga yo’naltirishning ayrim jihatlari haqida
Bоshlang’ich sinflarda o’qitishning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish afzalliklari
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVE METHODS OF DEVELOPING SPEECH COMPETENCE OF STUDENTS IN RUSSIAN LANGUAGE SCHOOLS

In this article, the authors provide insights into new ways to develop students’ speaking competence in Russian-language schools.

Текст научной работы на тему «Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishning samarali usullari»

TA’LIM RUS TILIDA OLIB BORILADIGAN MAKTABLARDA O’QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI

Madatov Nurbek Muratovich Urazbaev Muratbay Amanbaevich Nukus shahar “Progress” ta’lim va rivojlanish markazi

Annotatsiya: Ushbu maqolada mualliflar ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o’quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishning yangicha usullari haqida salmoqli fikrlarini berib o’tganlar.

Kalit so’zlar: Abdulla Oripov, innovatsiya, samaradorlik, Smart Education, dars ishlanma, pedagogik texnologiya, Loyiha.

EFFECTIVE METHODS OF DEVELOPING SPEECH COMPETENCE OF STUDENTS IN RUSSIAN LANGUAGE SCHOOLS

Madatov Nurbek Muratovich Urazbaev Muratbay Amanbaevich “Progress” Education and Development Center, Nukus

Abstract: In this article, the authors provide insights into new ways to develop students’ speaking competence in Russian-language schools.

Key words: Abdulla Oripov, innovation, efficiency, Smart Education, lesson development, pedagogical technology, Project.

Dunyo bo’ylab yuz berayotgan o’zgarishlar, axborotga ega bo’lishning ochiqligi ta’lim sohasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatib, o’qitish usullari, mazmuni, uni tashkil etishning pedagogik-psixologik maqsadini ham o’zgartirish, o’quvchilarni mustaqil faoliyat ko’rsata olish, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o’rgatishni talab etmoqda. Shundan kelib chiqqan holda bugungi kun o’qituvchisi tayyor elektron resurslardan foydalanib dars o’tish bilan chegaralanmasdan, ta’limiy resurslarni yaratish hamda ularni amalda qo’llovchi o’qitishning zamonaviy texnologiyalaridan samarali foydalanishi, fan va uning tarkibiga kiruvchi bilimlar mazmunini o’quvchilarga yetkazish malakasiga ega shaxs sifatida faoliyat olib borishi, o’quvchilarni bilim olishga qiziqtirishi, ularning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirib, o’z-o’zini tahlil qilish, o’z ustida ishlash va bilimlarini takomillashtirishni o’rgatishi zarur. Chunki zamonaviy texnika bilan ishlash qobiliyatiga ega, zamonaviy ta’lim jarayonining mohiyatini to’laqonli tushuna olgan,

faoliyati jarayonida ro’y beruvchi vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni hal eta oladigan, yetarlicha ko’nikmaga ega va zamonaviy mutaxassisni tayyorlashga bo’lgan ehtiyoj ta’lim jarayonini texnologik asosda tashkil etishni taqozo etadi. Buning uchun o’quv jarayoniga keys, WEB, kommunikatsion axborot, interfaol, multimedia, telekommunikatsiya yoki elektron o’qitish, Smart Education (aqlli ta’lim) kabi texnologiyalar joriy etilmoqda. Hozirda multimediya dasturlari hamda elektron darsliklar turli ishlarni tez va qisqa fursatda amalga oshirishi, turli tasvirlarni namoyish qila olishi, didaktik jihatdan ustunligi bilan bilimni axborotlashtirishning eng asosiy omillaridan biri bo’lib qolmoqda.

Axborot texnologiyalari va multimediali o’rgatuvchi dasturlardan foydalanish til o’rgatishning sifatini oshirish imkonini beradi, qolaversa, psixologik jihatdan o’quvchining qiziqishini orttirishga, o’z bilimini erkin qo’llashga sharoit yaratadi.

Bugungi kunda E-learning (elektron ta’lim)dan Smart Education (aqlli ta’lim)ga o’tish amalga oshirilmoqda Aqlli ta’lim barcha ta’lim jarayonlari, shuningdek, ushbu jarayonlarda qo’llaniladigan usul va texnologiyalarni keng qamrovli modernizatsiyalashni o’z ichiga oluvchi konsepsiya bo’lib ta’lim kontekstida Smart Board (aqlli taxta), Smart Screen (aqlli ekran), Smart Phone (aqlli telefon), Smart Table (aqlli stol) Smart TV (aqlli televizor), E-book (aqlli kitob), Wi-Fi zonasi kabi texnologiyalarning paydo bo’lishiga olib keldi. Bularning har biri o’rganuvchining darsdan tashqari faoliyati hamda darsni yangidan tashkil etish imkonini berish bilan bir qatorda o’quvchilarni ta’lim-tarbiya jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi. [1].

Aqlli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari bo’lib, sinf muhitini jonlantirish, kayfiyatni ko’tarish, o’quvchilarni faollashtirish, darsdan tashqari ishlarni tashkil etishga yordamlashish (tarbiyaviy soatlar, mavzuli o’yinlar, konsertlar, bayramlar, adabiy kechalar, o’quv video va badiiy filmlarni tomosha qilish), loyihaviy faoliyatni amalga oshirish, onlayn-konferensiyalarni o’tkazish (veb-saytlar yaratish, elektron jurnallarni nashr etish, she’rlar, suratlar, fotosuratlarni joylashtirish) kabi afzalliklarga ega. Aqlli texnologiyalar ijodiy guruhlar faoliyati, iqtidorli bolalar bilan ishlash, o’quvchilarning shaxsiy kompetensiyalarini oshirish va nihoyat, gumanitar fanlar bo’yicha samarali o’qitishni amalga oshirishga ko’maklashadi.

Shu o’rinda savol tug’iladi: zamonaviy dars qanday bo’lishi kerak? Shubhasiz, yorqin, ko’rgazmali va albatta, axborot bilan to’yingan hamda o’qitish vositalari va usullari ijodiy salohiyatni rivojlantirish, xarakterni shakllantirish, o’quv jarayoni ishtirokchilarining dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan bo’lishi kerak. Zamonaviy o’qituvchining asosiy vazifasi ma’lumotlarni tayyor holda berish va mashqlarning to’g’ri bajarilganligini tekshirish emas, balki o’quvchilarni kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda turli manbalardan izlab topish (darslik,

ensiklopediya, lug’at, Internet-resurs), tortishuvga sabab bo’lgan muammolarni hal etish, o’z pozitsiyasini himoya qilishga o’rgatishdir. Buni amalga oshirish uchun o’qituvchi zamon bilan hamnafas bo’lishi va o’z darsida nafaqat zamonaviy metod va usullarni qo’llashi, balki kompyuter texnologiyalari sohasidagi so’nggi ishlanmalardan ham foydalanishi kerak.

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga mustaqillikning dastlabki yillaridanoq alohida e’tibor berib kelinmoqda. Ayniqsa, o’zbek tili fanini noo’zbek guruhlarida davlat tili sifatida o’qitishning yo’lga qo’yilishi «Davlat tili to’g’risidagi» Qonunning talablarini bajarishning muhim omili bo’lib xizmat qildi. Chunki, O’zbekistonda 130 dan ortiq turli xil millat va elat vakillari istiqomat qilishadi. Ularning milliy urf-odatlari, madaniyatini hamda ona tillarini hurmat qilishni davlatimiz o’z zimmasiga olgan. Shuningdek davlatimiz bosh qomusida «O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir» degan moddaning kiritilishi o’zbek tilinining nufuzi va davlat tili sifatida obro’sini yanada yuksakka ko’tarishga xizmat qildi desak aslo xato bo’lmaydi. [2].

Ushbu konstitutsiyaviy burch va vazifalardan kelib chiqib O’zbekistonda ta’lim 7 tilga olib boriladigan bo’ldi. Noo’zbek guruhlarda ularga o’z ona tilini o’qitish bilan birga o’zbek tilini davlat tili sifatida o’qitish ham yo’lga qo’yilishi mamlakatimizda Asosiy qonunimiz hamda «Davlat tili to’g’risidagi» Qonun talablarini bajarishda muhim dasturamal bo’lib xizmat qildi. Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o’zbek tili fanini davlat tili sifatida o’qitish, bu fandan o’quvchilarda ma’lum kompetensiyalarni shakllantirish uchun Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturlarida mazkur fanning maqsad va vazifalari belgilab olindi.

DTS talabiga ko’ra, o’zbek tili fanini o’qitishning asosiy maqsadi- ikki kompetensiyada mujassamlashdi. 1. Nutqiy kompetensiya – tinglab tushunish, o’qish, gapirish va yozish ya’ni muloqot malakasini egallash. 2. Lingvistik kompetensiya- til materialini (fonetika, leksika, grammatika) va vositalarini nutqda qo’llay bilish uchun yetarli bilimlarni o’zlashtirish uchun, bilimlar va nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, o’qish, gapirish, yozish) egallashni nazarda tutadi. [3]

Standartda nutqiy faoliyatning har bir turi yuzasidan til materiali, til vositalari va grammatik bilimlar, hosil qilinadigan zaruriy ko’nikmalar belgilanadi.

Bunda o’rganilayotgan so’z va so’z shakllarini to’g’ri talaffuz qilish hamda yozish, so’zni grammatik jihatdan to’g’ri shakllantirish, so’zlarni o’rinli tanlash, sintaktik-uslubiy jihatdan to’g’ri baholay olish, jumla tuzishda va nutq ohangini belgilashda adabiy til imkoniyatlaridan o’rinli foydalanish talab etiladi. [4]

Ushbu belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun o’zbek tili darsliklarida grammatikaga oid ma’lumotlar berish bilan birga, nutqiy kompetentlikni rivojlantirish uchun adabiy-badiiy matnlar, o’zbek shoir-u yozuvchilarining hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar ham berib boriladi. Bu ma’lumotlar bilan tanishgan o’quvchi

o’zbek adabiy tilining hamda adabiyotining boy namunalarini ko’rib o’zbek tilidan nutqiy ko’nikmalari rivojlantirib boradi. Ya’ni lingvistik kompetensiyasi bilan birga nutqiy kompetensiyasi ham shakllantirilib fan bo’yicha zarur bilimlarni hosil qiladi.

Yuqoridagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib biz hozir ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning hayoti va ijodini o’rgatish orqali o’quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda qo’l keladigan ba’zi bir metod va usullar haqida o’z tavsiyalarimizni o’rtoqlashmoqchimiz.

Ma’lumki, Abdulla Oripov haqiqiy ma’noda o’zbek adabiyotining darg’asi sifatida barchaga yaxshi tanish. Uning o’ziga xos she’riyati, takrorlanmas so’z qatorlari ko’pgina kitobxonlarni o’ziga mahliyo qilgan. Biz shoirni O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi sifatida ham yaxshi taniymiz. Noo’zbek guruhlarda tahsil oluvchi o’quvchilar, xususan rus sinflarida, o’zbek tili darsliklardagi shoirning ijod namunalaridan parchalar orqali tanishtirilib boriladi. Lekin, eng ko’p ma’lumotni 10-sinf o’zbek tili darsligida oladilar. [5].

Darslikda 4-chorak uchun ajratilgan qismda Adabiy o’qish uchun «Abdulla Oripov hayoti va ijodi» uchun 1 soat ajratilgan. Ammo, bu mavzu uchun berilgan ma’lumotlar nisbatan kamroq hamda to’liq shaklda berilmagan. O’qituvchining o’z pedagogik mahorati hamda fan bo’yicha yetarli nazariy bilimlarning bo’lishi ushbu mavzuni kengroq ochib berishida qo’ keladi. Biroq faqat quruq nazariy ma’lumotlarni gapirib berish, yoki ma’ruza qilib yozdirish orqali o’quvchiga bilim berish o’zini oqlamasligi, tabiiy hol. Chunki bugunning o’quvchisi har taraflama qiziquvchan va ko’rgazmalilik hamda yorqinlikni sevadi. Shuning uchun o’qituvchi mavzuni tushuntirishda qo’llagan metodlari bu borada muhim o’rin tutadi.

Biz hozir ushbu mavzuni o’qitishda qo’l kelishi mumkin bo’lgan bir nechta innovatsion texnologiyalar haqida fikrlarimizni bo’lishmoqchimiz.

1. «Rasmli rebus» usuli. Bu usulni ko’pincha darsning «Mustahkamlash» qismida qo’llasak maqsadga muvofiq bo’ladi. Bilamizki, 10-sinf o’quvchilarida psixologik jihatidan «o’tish davri»ning oxirgi bosqichlari kechayotgan bo’ladi. Ularni ma’lum bir o’yinlar yoki buyruq berish bilan dars jarayoniga tortish qiyin. Bu usul orqali o’quvchilar shoir ijodiga oid asarlarni rasmlarga qarab aniqlashi kerak bo’ladi. Masalan, rebusda baliqcha, hovuz, tilla tanga rasmlari aks etgan bo’lsa, demak bu yerda shoirning «Tilla baliqcha» she’ri tasvirlangan bo’ladi.

2. «Tezkor savol-javob» usuli. Mazkur usulni biz darsning «O’tilgan mavzuni takrorlash va uyga vazifa so’rash»qismida qo’llashni lozim ko’rdik. O’quvchilarga shoirning hayoti va ijodi bo’yicha savollar beriladi. O’quvchilar esa savollarga tezkorlik bilan javob berishlari kerak bo’ladi. Bunda o’quvchilar javoblarini yozma tarzda berganlari maqsadga muvofiq, chunki bunda ularning o’z sheriklarining javoblarini o’zlashtirishi inobatga olinadi.

3. «Qiziqarli krossvord» texnologiyasi. Ushbu texnologiya orqali o’quvchilar darsning «Yangi mavzu bayoni» qismida olgan bilimlarini mustahkamlashda qo’l kelishi mumkin. Ya’ni, bunda sinfdagi o’quvchilar guruhlarga bo’lingan holda ishlasalar samaraliroq bo’ladi.

Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid savollar o’qituvchi tomonidan alohida qog’ozlarga yozilgan tarzda beriladi. O’quvchilar esa, ma’lum bir belgilangan vaqt davomida krossvordni to’ldirishlari kerak bo’ladi.

4. «Loyiha» metodi. Mazkur metodni biz darsning «Yakuniy qismi»da qo’llashni lozim topdik. Chunki, darslikdagi adabiy o’qish uchun berilgan ma’lumotlar nisbatan kam hajmda hamda dars vaqtining chegaralanganligi bois, o’quvchilar keng va to’liq ma’lumotlar olishi qiyin bo’lishi mumkin. Ana shunday vaziyatlarda ushbu metod yaxshi samara berishi mumkin. » Loyiha» metodi o’quvchilarni mustaqil o’rganishga va izlanishiga turtki bera oladigan metoddir. O’qituvchi dars yakunida o’quvchilarga shoirning hayoti va ijodiga oid bo’lgan qiziqarli mavzuni o’rtaga tashlaydi. Sinfdagi o’quvchilar guruhlarga bo’linadi, guruh sardori tayinlanadi. Masalan», Abdulla Oripov mohir tarjimon». Bilamizki, shoir o’zbek adabiyotiga mashhur tarjima asar Dante Aligerining «Ilohiy komediya» sini mahorat bilan o’girib nom qozongan edi. Tarjimashunoslikning qiyinchilgi va mas’uliyati o’quvchilarga tushuntirilgan holda, ularga shoirning boshqa tarjima asarlarini aniqlash va bu boradagi qiyinchiliklar haqida ma’lumotlar topish topshiriladi. Ularga foydalanish lozim bo’lgan adabiyotlar ro’yxati beriladi. Keyingi darsgacha ularga berilgan topshiriqlar bo’yicha ma’lumotlar topish, so’ngra taqdimot loyihasini tayyorlash vazifasi yuklatiladi. Metodning ahamiyati shundaki, bu bir nechta bosqichni qamrab olganligi hamda o’quvchilarda mustaqil tadqiqotchilik qobilyatlarini rivojlantirishda qo’l keladi.

Yuqoridagi, o’zida innovatsion pedagogik ruhni singdirgan bunday dars usullari o’quvchilarning nutqiy kompetensiyasini oshiribgina qolmasdan, ulardan mustaqil tadqiqotchilik hamda intiluvchanlik xislatlarining chuqur tomir otishida yordam berishiga ishonchimiz komil. Lekin, mazkur usul va metodlarni qanday vaziyatda yoki qaysi sharoitda qo’llash, ularni o’quvchilarga qay tarzda tushuntirib yetkaza olishi o’qituvchining pedagogik mahoratiga bog’liqligini unutmasligimiz kerak.

Umumta’lim maktablarida zamonaviy ta’lim asosida o’tiladigan bunday dars texnologiyalari o’quvchilarni har taraflama o’z qobilyatlarini namoyon qilishda, eng asosiysi o’zbek tilidan nutqiy ko’nikma va kompetensiyalarini rivojlantirishda qo’l kelishi mumkin. Bu usuldagi darslar yangi davr kishisini tarbiyalashda kamolga keltirishda yordam berishi shubhasiz.

1. Daniyarov B. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirishda innovatsion texnologiyalar// Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish: muammo va yechimlar to’plami-Toshkent 2012.

2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2017, T; Ma’naviyat 7 b.

3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori. «Umumiy o’rta ta’limining davlat ta’lim standarti» to’g’risida.

4. «Umumiy o’rta va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti» to’g’risida. 2017 y, O’zb. Resp. qonun hujjatlari to’plami 14-son 280 modda

5. X.Muhitdinova va boshqalar. 10-sinf O’zbek tili darsligi 2017, T; «Davr Nashriyoti» 142 b.