QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA ULARNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
Mamlakatimizda dorivor va ziravor o’simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Ushbu maqolada O’zbekistonda uchraydigon noyob dorivor o’simliklar, ularning soni, dorivorlik xususiyati, ularning tibbiyotda qo’llanilishi va saqlab qolish chora tadbirlari haqida malumotlar berilgan.
O’zbekiston “Qizil kitob” iga kiritilgan o’simliklar
O’simliklar hayotimiz ko’rki va tabiat go’zalligidir. Hovliga, maktab tajriba dalasi va istirohat bog’lariga ekilgan rang-barang gullar, mevali hamda manzarali o’simliklarni ko’rib bahri-dilingiz ochiladi.
Respublikamizda o’sadigan o’simliklardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga jiddiy e’tibor berilmoqda. o’z-bekistonda yo’qolish xavfi ostida bo’lgan o’simlik turlari O’zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan (4-rasm). O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tashkil etilgan.Tabiatni muhofaza qilish, uni asrab-avaylash, boyliklarini ko’paytirish har bir kishining burchidir.Hech shubha yo’qki, maktab o’quvchilari ham bu ishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shadilar.
“Qizil Kitob — bu hujjat bo’lib u Insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash mas’uliyatini olgan”
(Xalqaro Qizil Kitobdan olingan).
Qizil Kitob – nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob – harakatga chaqiruvchi kitobidir.
Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 – tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.
Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi.Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varaği har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma’nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.
Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi: – bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa – (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4 qismi esa ) inson ta’sirida yo’qolgandir. Oldin bu raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa mln.lab odamlarga ham ayon bo’ldi va insonlar oldida savol tuğildi: Inson, sen nima qilyapsan? To’xta – sen o’z uyingni buzyapsan!
Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, oblast, tuman va mintaqalarda o’z Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. O’zbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda ko’pgina o’simlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, o’simliklardan; lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va h.z.
Qizil Kitob haqida yana bir muhim joyi bo’lib, Qizil Kitobning sahifalari hech qachon tugallanmaydi, doimo uning sahifalarini yangi o’simlik turlari va hayvon zotlari to’ldirilib boradi.
Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qo’yilgan muhim muammolardan biridir.
O’zbekiston Qo’riqxonalarining qisqacha tarixi.
Yer yuzida yildan – yil tabiat burchaklariga inson qo’li etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya’ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan.
Qo’riqxona nima?Qo’riqxona- bu akvatoriya yoki territoriya, xo’jalikdan butunlay ajratiigan yer maydoni bo’lib hisoblanadi. Qo’riqxonalar- tabiatning ilmiy laboratoriyalari bo’lib, u erda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari o’tqaziladi.
Qo’riqxonalarda ayrim hayvon zotlari va o’simlik turlari o’rganiladi, hamda bu yerda insonning har qanday ta’siri umuman ta’qiqlanadi.
O’zbekistonda, birinchi Qo’riqxona- 1929 yilda Turkistonning ğarb qismida tashkil qilingan bo’lib, 8000 gektar (ga) maydoniga ega. Keyinchalik yer maydoni 15600 ga kengaytirilgan.U hozirda Zomin nomini olgan.
Ikkinchi Qo’riqxona – 1941 yilda_Orol daryosi qirğoqlarida tashkil etilgan bo’lib, 300000 gektar (ga) maydoniga ega.
Uchinchi Qo’riqxona – 1947 yilda Toshkent oblastiningOhangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 22000 gektardan 35686 ga kengaytirilgan va hozirda Chotqol nomi bilan ataladi.
1961 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Qo’riqxonasi tashkil qilindi, hozirda Surhondaryo Qo’riqxonasi deyiladi.
1971 yilda respublikada 3 ta Qo’riqxona: Qoraqalpoqda- Baday Qo’riqxonasi, Buhoroda- Qorako’l va Qizilqum Qo’riqxonasi tashkil qilingan.
1975 yilda yana 4 ta Qo’riqxonalar tashkil etildi. Vardanzi (Buhoroda), Nurota (Nurotada), Qizilqum (Qashqadaryoda), Zarafshon (Samarqandda).
1976 yilda Qashqadaryoda Miroqchi Qo’riqxonasi , 1977 yilda Jizzaxda Arnasoy,1978 yilda Farğonada Abdusamat, 1986 yilda Surhondaryo Qo’riqxonasi tashkil etilgan, yer maydoni 245002 gektarga ega, uning tarkibiga Orol Payğambar Qo’riqxonasi qo’shildi.
Yuqorida aytib o’tilgan Qo’riqxonalardan boshqa respublikamiz territoriyasida yana bir qancha Qo’riqxonalar bor. Ulardan tashqari milliy boğkarimiz, tabiiy yodgorliklarimiz ham bor. Har qaysi Qo’riqxonada ma’lum bir o’simlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, ko’payishi, iiziologiyasi, tabiati o’rganiladi.
Qo’riqxonalar, Qizil Kitobning asosiy va muhim vazifalari tabiatimizni asrashimizga qaratilgandir. Siz ham o’z hissangizni qo’shing!
O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» ning zarurligi
Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o`simliklar) o`simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo`lib, ularning 93% uchun quruqlik va 7% i uchun suv yashash muhiti hisoblanadi.
Turlarning hosil bo`lishi va ularning yo`qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo`lib, yerda geologik sharoitlarning o`zgarishiga ham bog`liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o`simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta’sirlari natijasida yo`qolib borish jarayoni tezlasha boshladi.
Odam tomonidan yangi yerlarning, orollarning va kontinentlarning o`zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O`n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug`ular, g`or arsloni va ayiqlari, o`rta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo`qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda.1600 yildan 1875 yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi, qushlarning 74 turi yo`qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 dan 10 gacha hayvon va 1 tadan o`simlik turlari yo`qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko`p o`simliklar turlari butunlay yo`qolib ketish xavfi ostida turibdi.
O`simlik va hayvon turlarining tobora yo`qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug`dirmoqda.
1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro`yxat»ni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan.
Jahon «Qizil kitobi» 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham «Qizil kitob» 1979 yilda chop etildi. «Qizil kitob» xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma’lumotlar berilgan.
O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida.
O`zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o`simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi.
Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur, undan 201 tur dorivor o`simliklardir.
O`zbekiston florasining yo`qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur «Qizil kitob»ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o`simlik turlarining soni 301 taga yetdi.
O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va balig`lar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.
O`zbekistonning birinchi «Qizil kitob»i 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.
Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, balig`larning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi.
Ta’kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o`simliklar va hayvonlar ro`yxati yildan-yilga aniqrog` bo`lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo`lamiz.
O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»ida o`simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo`yicha ro`yxatga olingan va har bir o`simlik ko`rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o`z navbatida noyob va yo`qolib borayotgan o`simlik va hayvonot turlari to`g`risida keng omma tomonidan aniq tasavvurga ega bo`lishlariga yordam beradi.
«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, qo`riqxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yovvoyi o`simliklar bilan savdo-sotiqni tartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo`yadi.
Umuman, bu kitob barcha o`simlik va hayvonot muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.
Kitobga kiritilgan o`simlik turlari 4 kategoriyaga bqlingan: «0» maqomi berilgan o`simlik turlari yo`qolgan yoki yo`qolish arafasida turgan o`simliklardir.
«1» maqomidagi o`simliklar turlari esa yo`qolib borayotgan turlardir.Bunga yo`qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o`simlik turlari kiritilgan.
«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma’lum kichik maydonlarda o`ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo`qolib ketishi mumkin bo`lgan va ularning saqlanishini ta’minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.
«3» maqomidagi o`simlik turlari kamayib borayotgan o`simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o`simlik turlari ma’lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki anropogen omillari ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.
Mazkur risolaga Samarqand viloyati hududida uchraydigan va O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan noyob va yo`qolib borayotgan, inson muhofazasiga muhtoj o`simlik va hayvon turlari to`g`risidagi ma’lumotlar matnlari o`zgartirishlarsiz kiritildi.
Tabiatni asrash va boyliklaridan tejamkorona foydalanish insoniyat oldidagi eng muhim muammolaridan biri. Qaysikim, tabiat ehson-tuhfalarini ko’r- ko’rona sarflash va uning boyliklarini talon-talonj qilishga hech kimning haqqi yo’q.
Tabiat haqida qayğurish- insoniyat o’zi haqida qayğurishdir, chunki inson tabiatning farzandidir.Tabiat uchun etkazilgan zarar insonning o’ziga qaratilgan zarardir. Texnika va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bo’lgan ta’sirini kuchaytirdi, bu esa hayvon va o’simlik dunyosining qashshoqlanishiga olib keldi. Bizning bu xatolarimizni kelajak avlod kechirarmikan? Yo’q. Bizdan oldingi qadimgi avlodlarimiz flora va fauna dunyosini tarixiy va madaniy yodgorliklarni shafqatsizlarcha qirishgan, qaysikim, cndi ular haqida biz faqatgina rasmlar, qo’lyozmalar, arxeologik topilmalar orqali bilamiz. Lekin bu bilan biz ularni qattiq qoralay ham olmaymiz, chunki ularning ongi- bilimlari yetarli darajada emas edi. Ammo bizning zamonamiz insonlarini kelajak avlod kechirmaydi-sababi, biz ixtisoslashgan, takomillashgan va mukammal insonlardirmiz.
Tabiat o’zining go’zalligi bilan o’ziga insonoyatni jalb etadi.Har bir kishini maftunkor toğlarni qoplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushbo’y gullar, dorivor o’simliklar, hayvon turiari, toza havo, sho’x sharsharalari, muz chuqqilari, qoyalari bilan rom etadi.Bularning hammasidan zavq.olish kerak, har bir narsaning o’z qadriga etish,tabiatdagi mujazgina bir jonli mavjudotni ham asray-avaylash lozim. Lekin insonlar bularning qadriga etish, zavq olish o’rniga ularga ozor etkazishadi, masalan, toğda endi ochilgan gullarning eng kattasi, eng chiroylisini uzib olib, guldasta tayorlaydi, lekin o’ylab ko’rishmaydi-ki ozgina vaqt o’tib bu gullar so’lib, qurib qolishini, o’z chiroyini yuqotgan guldastani esa tashlab yuboriladi. Boshqa mamlakatlarda bunday olishda ko’pgina ishlar qilingan. Masalan, Fransiyada toğ etaklarida odamlar, uchun turli mavzularda “murojaatnoma”lar taxtakachlarda qoqib qo’yilgan, jumladan, gullarning dam oluvchi sayyohlarga murojaati: “Bizni uzmang, uzib siz bizni o’ldirasiz va bizni avlod qoldirishdan mahrum etasiz”. Gullarni asray bilish, uning qadriga etish har bir kishining madaniyati va tarbiyasidan darak beradi.
Yovvovi gullar – bu hammaning boyligidir. Agarda bunday gullar yo’qolib ketsa tabiat qashshoqlanib qoladi va toğ, yaylovlarimiz o’z chiroyi va ko’rkini yo’qotadi. Shuning uchun biz tabiatning barcha jonzotlarni avaylaymiz, ularni asray olishimiz, ona- Vatanimizning har bir burchagini saqlashda o’z kuchimizni sarflashimiz kerak. Tabiat faqat bizgina emas, balki kelajak avlodimiz uchun ham kerak.
“Qizil Kitob ― bu hujjat bo’lib u Insonning vijdonidir.Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash mas’uliyatini olgan”.
(Xalqaro Qizil Kitobdan)
4.O’zbekiston Qo’riqxonalarining qisqacha tarixi
Yer yuzida yildan – yil tabiat burchaklariga inson qo’li yetmagan yerlar kamayib bormoqda, ya’ni tabiatdagi cho’l, tog’ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan.
Qo’riqxona nima?Qo’riqxona ― bu akvatoriya yoki territoriya, xo’jalikdan butunlay ajratiigan yer maydoni bo’lib hisoblanadi. Qo’riqxonalar – tabiatning ilmiy laboratoriyalari bo’lib, u erda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari o’tkaziladi.
Qo’riqxonalarda ayrim hayvon zotlari va o’simlik turlari o’rganiladi, hamda bu yerda insonning har qanday ta’siri umuman ta’qiqlanadi.
O’zbekistonda birinchi Qo’riqxona – 1929 yilda Turkistonning g’arb qismida tashkil qilingan.Hozirgi kunda uning yer maydoni 26840 gektar. U hozirda Zomin nomini olgan. Archazorlar, noyob o’simliklar va u yerda yashovchi hayvonlar: tog’ echkisi, tog’ qo’yi, oq tirnoqli ayiq, qushlar, suvdagi baliqlar muhofaza qilinadi.
Ikkinchi Qo’riqxona – 1947 yilda Toshkent oblastining Ohangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 451,6 km2 va hozirda Chotqol nomi bilan ataladi. O’simlik dunyosida 1100 dan ortiq daraxt va butalar turi bor. Qoyalarda 2 tur archa o’sadi, daryolar bo’ylari qarag’ayzorlar bilan qoplangan, qo’riqxona hayvonlarga boy. Bu yerda Sibir tog’ echkisi, to’g’iz, Turkiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, tulki, Menzbir sug’uri, jayra, relikt yumronqoziq, irbis va turli qushlar qo’riqlanadi. Ugom-Chotqol tabiiy milliy bog’ 1990-yilda tashkil etilgan, maydoni 5760 km2.
Nurota tog’-yong’oq qo’riqxonasi Jizzax viloyatining Forish tumanida Nurota tog’larining shimoliy yonbag’irlarida 1975-yili noyob hayvon turi Seversev qo’ylarining populyatsiyasini saqlash va yong’oq turlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan. Bu yerda 900 ga yaqin o’simlik turlari uchraydi, ularning ayrimlari endemic: Viktoriya, Korolkov, Velikiy lola turlari, Yelena chinniguli, Suvorov piyozi, poyali piyoz, Seversev ungeriyasi, daraxtsimon o’simliklar asosan soylar bo’yida uchraydi. Bu yerda asosiy o’rmon hosil qiluvchi turlarga yong’oq, yovvoyi o’rik, olxo’ri, olma, tut, tol teraklar, qayrag’och toshloq yonbag’irlarda xandon pista va Buxoro bodomi o’sadi. Maydoni 17752 km2.
Hayvonot olami ham juda boy. Bu yerda karakanga tulkisi, cho’l bo’risi, korsak, tosh suvsar, jayra, tolay quyoni va to’g’iz keng tarqalgan. Cho’l hayvonlaridan bu qo’riqxonada uzunoyoq kirpi, qizil dumli, katta qumsichqonlar va Seversov tovushkonini umumkin. Qizil kitobga kiritilgan Seversov qo’yi, berkut va boshqalar bu qo’riqxonada qo’riqlanadi.
Qizilsuv tog’-archa davlat qo’riqxonasi 1975-yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanida tashkil qilingan.Umumiy matdoni 30094 ga, uning 4192 gektari o’rmon bilan qoplangan.400 dan ortiq o’simlik turlari o’sadi.Hayvonot olami ham boy, turli sutemizuvchi hayvonlarning 23 turi mavjud.Qushlarning 66 turi uchraydi, ulardan 27 turi shu yerda qishlaydi. Oq tirnoqli ayiq, bars, Markaziy Osiyo silovsini, qizil sug’ur, Pamir oqtishi, tolay quyoni va Markaziy Osiyo takasi qo’riqlanadi.
Miroki davlat qo’riqxonasi 1976-yilda Qashqadaryo viloyatida tashkil qilingan. Oqsuv va Tanxozdaryo havzalarida joylashgan. Qo’riqxona hududida Seversov muzligi ― o’zbekistondagi yirik muzliklardan biri joylashgan.Bu yerda g’orlar ko’p, lekin ular hali yaxshi o’rganilmagan.Oqsuv daryosida juda chiroyli sharshara mavjud.
Qo’riqxonada o’sadigan o’simliklarning ko’pi oziq-ovqat, dori-darmon va manzaraliligi bilan katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Maksimovich rovochi, anzur piyozi, kiziliya, tog’ rayhon, kiyik o’ti, lolalar, shirach, tog’olcha, qoraqant va boshqalar ko’p uchraydi.
Hayvonot olami ham ancha boy. Qorli cho’qqilarda bars yoki uning izlarini uchratish mumkin. Archzorlarda Turkiston silovsini va oq tirnoqli ayiq hayot kechiradi. Qo’riqxonaning janubiy qismida Markaziy Osiyo takasi, bo’ri, tulki, jayra, qizil sug’ur, tolay quyoni tarqalgan. Qo’riqxonada turli sayroqi va yirtqich qushlarni uchratish mumkin.
Payg’ambar Orol qo’riqxonasi.1971-yilda Amudaryodagi payg’ambar orol qo’riqxona deb e’lon qilingan.Umumiy maydoni 4043 gektar, shundan 964 gektari to’qayzor.Qo’riqxona Amudaryo yuqori oqimining to’qayzor namunasi sifatida saqlash maqsadida tashkil qilingan.Bu yerda asosan Buxoro bug’usi-xongul muhofaza etiladi.
Baday to’qay davlat qo’riqxonasi 1971-yilda Qoraqalpog’iston hududida, Amudaryoning quyi oqimida tashkil qilingan. To’qay o’rmonlari va u yerdagi hayvonlarni saqlash maqsadida ochilgan.
1975-yilda Samarqand viloyatida maydoni 2360-2518 gektar bo’lgan Zarafshon davlat qo’riqxonasi tashkil etildi.Bu qo’riqxonani ornitologik deb atasa ham bo’ladi, chunki bu yerda asosan turli qushlar keng tarqalgan (160 dan ortiq tur).Asosiylaridan biri Zarafshon qirg’ovulidir.
Abdusamad davlat qo’riqxonasi 1978-yilda tashkil etilgan bo’lib, maydoni 2158 ga, shundan 1459 gektari to’qayzor.Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan. Farg’ona vidysida saqlanib qolgan kichik-kichik noyob to’qayzorlar va shu yerlarda uchraydigan Sirdaryo qirg’ovuli, suv parrandalari hamda boshqa to’qayzorga xos bo’lgan jonivorlarni saqlash maqsadida tashkil qilingan.
Qorako’l cho’l davlat qo’riqxonasi 1971 (1990)-yilda Buxoro viloyatida amu-Qorako’l kanallari atroflaridagi uchar qumlarni saksovul-buta o’simliklari bilan mustahkamlash, irrigatsion inshootlarning qum ostida qolishidan himoya qilish, Janubiy Qizilqum fauna va flora majmualarini tiklash, uchib o’tish davrida qushlarning dam olishi va oziqlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.
Qorako’l cho’l davlat qo’riqxonasi 1971 (1990)-yilda Buxoro viloyatida amu-Qorako’l kanallari atroflaridagi uchar qumlarni saksovul-buta o’simliklari bilan mustahkamlash, irrigatsion inshootlarning qum ostida qolishidan himoya qilish, Janubiy Qizilqum fauna va flora majmualarini tiklash, uchib o’tish davrida qushlarning dam olishi va oziqlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil qilingan maydoni 10000 ga.
Vardanzil davlat qo’riqxonasi 1975-yilda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tashkil qilingan. Asosiy maqsadi, qadimiy Vardanzi shahrining xarobalari va 50 yoshlik saksovul daraxtlarini muhofaza qilish. Maydoni 3 km2.
Arnasoy davlat qo’riqxonasi 1983-yilda Jizzax viloyatida tashkil qilingan. Maydoni 63 ming gektar. Uning tarkibiga Tuzkon ko’li ham kiradi.Asosan qushlar qo’nib o’tadigan paytida dam olishga qo’nadigan qushlarni muhofaza qilish maqsadida ochilgan. Bu yerda jingalak birqozon, qora va kulrang laylaklar, g’oz, qirg’ovul va loyxo’raklarni uchratish mumkin.
Biosfera qo’riqxonalari – inson xo’jalik faoliyatining tabiatga ta’sirini ayrim regionlar va sayyora ko’lamida o’rganish, baholash, ularni nazorat qilib turish uchun xalqaro va milliy darajada tashkil etiladigan qo’riqxonalardir. Atrof-muhit ustidan sayyora miqyosida nazorat sistemasi, biosfera qo’riqxonalari ma’lumotlariga asoslanadi.
O’zbekistonda mavjud Nurota tog’-yong’oqzor qo’riqxonasi asosida biosfera qo’riqxonasi tashkil etilgan.
O’zbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimiga umumiy maydoni 2164 kvadrat kilometr bo’lgan to’qqizta davlat qo’riqxonasi, 6061 kvadrat kilometr maydonni egallagan ikkita milliy bog’, maydoni 12186,5 kvadrat kilometrni o’z ichiga olgan to’qqizta davlat buyurtmaxonasi va bitta noyob hayvon turlarini ko’paytirish bo’yicha Respublika markazi (“Jayron” Ekomarkazi) kiradi. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 20520 kvadrat kilometr yoki respublika umumiy hududining 5,2 foizini tashkil qiladi. Shulardan yirik va e’tiborni jalb qiladigan Chotqol o’rmon-tog’ biosfera qo’riqxonasi (356,8 kv.km) Chotqol tog’ tizmasining g’arbiy tarmog’ida joylashgan. Yana Hisor (814,3 kv. km) va Zomin (268,4 kv. km) tog’-archa qo’riqxonalari, Qoraqalpog’istonda joylashgan Baday-To’qay (tekislik-to’qayzordagi 64,6 kv. km maydonni egallagan o’rmonlarni himoyalaydi) qo’riqxonasi, Qizilqum (101,4 kv.km) va Zarafshon (23,5 kv.km) vodiy-to’qayzor qo’riqxonalari, Surxon o’rmon-tog’ (2136,9 kv.km) va Kitob (53,7 kv.km.) geologiya qo’riqxonalari ona tabiatimiz musaffoligi asralayotgan juda so’lim go’shalardir.
Yuqorida aytib o’tilgan Qo’riqxonalardan boshqa respublikamiz territoriyasida yana bir qancha Qo’riqxonalar bor. Ulardan tashqari milliy bog’larimiz, tabiiy yodgorliklarimiz ham bor. Har qaysi Qo’riqxonada ma’lum bir o’simlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, ko’payishi, fiziologiyasi, tabiati o’rganiladi.
Qo’riqxonalar, Qizil Kitobning asosiy va muhim vazifalari tabiatimizni asrashimizga qaratilgandir. Siz ham o’z hissangizni qo’shing!
O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» ning zarurligi.
Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o`simliklar) o`simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo`lib, ularning 93% uchun quruqlik va 7% i uchun suv yashash muhiti hisoblanadi.
Turlarning hosil bo`lishi va ularning yo`qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo`lib, yerda geologik sharoitlarning o`zgarishiga ham bog`liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o`simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta’sirlari natijasida yo`qolib borish jarayoni tezlasha boshladi.
Odam tomonidan yangi yerlarning, orollarning va kontinentlarning o`zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O`n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug`ular, g`or arsloni va ayiqlari, o`rta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo`qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda.1600-yildan 1875-yilgacha sut emizuvchilarning 63 turi, qushlarning 74 turi yo`qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 tadan 10 tagacha hayvon va 1 tadan o`simlik turlari yo`qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko`p o`simliklar turlari butunlay yo`qolib ketish xavfi ostida turibdi.
O`simlik va hayvon turlarining tobora yo`qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug`dirmoqda.
1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro`yxat»ni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan.
Jahon «Qizil kitobi» 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham «Qizil kitob» 1979 yilda chop etildi. «Qizil kitob» xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma’lumotlar berilgan.
O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida.
O`zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o`simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi.
Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur, undan 201 tur dorivor o`simliklardir.
O`zbekiston florasining yo`qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur «Qizil kitob»ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o`simlik turlarining soni 301 taga yetdi.
O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar -108, qushlar – 432, sudralib yuruvchilar – 58, amfibiyalar – 2 va baliqlar – 77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.
O`zbekistonning birinchi «Qizil kitob»i 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.
Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, mollyuskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi.
Ta’kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o`simliklar va hayvonlar ro`yxati yildan-yilga aniqroq bo`lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo`lamiz.
O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»ida o`simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo`yicha ro`yxatga olingan va har bir o`simlik ko`rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o`z navbatida noyob va yo`qolib borayotgan o`simlik va hayvonot turlari to`g`risida keng omma tomonidan aniq tasavvurga ega bo`lishlariga yordam beradi.
«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, qo`riqxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yovvoyi o`simliklar bilan savdo-sotiqni tartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo`yadi.
Umuman, bu kitob barcha o`simlik va hayvonot muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.
Kitobga kiritilgan o`simlik turlari 4 kategoriyaga bo’lingan:
«1» maqomi berilgan o`simlik turlari yo`qolgan yoki yo`qolish arafasida turgan o`simliklardir.
«2» maqomidagi o`simliklar turlari esa yo`qolib borayotgan turlardir.Bunga yo`qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o`simlik turlari kiritilgan.
«3» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma’lum kichik maydonlarda o`ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo`qolib ketishi mumkin bo`lgan va ularning saqlanishini ta’minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.
«4» maqomidagi o`simlik turlari kamayib borayotgan o`simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o`simlik turlari ma’lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki antropogen omillari ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.
Mazkur risolaga Samarqand viloyati hududida uchraydigan va O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan noyob va yo`qolib borayotgan, inson muhofazasiga muhtoj o`simlik va hayvon turlari to`g`risidagi ma’lumotlar matnlari o`zgartirishlarsiz kiritildi.
Tabiat o’zining go’zalligi bilan o’ziga insonoyatni jalb etadi.Har bir kishini maftunkor tog’larni qoplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushbo’y gullar, dorivor o’simliklar, hayvon turlari, toza havo, sho’x sharsharalari, muz chuqqilari, qoyalari bilan rom etadi.Bularning hammasidan zavq olish kerak, har bir narsaning o’z qadriga yetish, tabiatdagi mo’jazgina bir jonli mavjudotni ham asrab-avaylash lozim. Lekin insonlar bularning qadriga yetish, zavq olish o’rniga ularga ozor yetkazishadi, masalan, tog’da endi ochilgan gullarning eng kattasi, eng chiroylisini uzib olib, guldasta tayyorlaydi, lekin o’ylab ko’rishmaydi-ki ozgina vaqt o’tib bu gullar so’lib, qurib qolishini, o’z chiroyini yuqotgan guldastani esa tashlab yuboriladi. Boshqa mamlakatlarda bunday olishda ko’pgina ishlar qilingan. Masalan, Fransiyada tog’ etaklarida odamlar, uchun turli mavzularda “murojaatnoma”lar taxtakachlarda qoqib qo’yilgan, jumladan, gullarning dam oluvchi sayyohlarga murojaati: “Bizni uzmang, uzib siz bizni o’ldirasiz va bizni avlod qoldirishdan mahrum etasiz”. Gullarni asray bilish, uning qadriga yetish har bir kishining madaniyati va tarbiyasidan darak beradi.
Yovvoyi gullar ― bu hammaning boyligidir. Agarda bunday gullar yo’qolib ketsa tabiat qashshoqlanib qoladi va tog’, yaylovlarimiz o’z chiroyi va ko’rkini yo’qotadi. Shuning uchun biz tabiatning barcha jonzotlarini avaylaymiz, ularni asray olishimiz, Ona Vatanimizning har bir burchagini saqlashda o’z kuchimizni sarflashimiz kerak. Tabiat faqat bizgina emas, balki kelajak avlodimiz uchun ham kerak.
Respublikamizda hayvonlarni muhofaza qilish va hayvonot olami boyliklaridan oqilona foydalanishda hal etilmagan masalalar ko’p. bu masalalarni hal qilish xalq ommasining tabiat muhofazasi, tabiatdan foydalanish haqidagi bilim darajasiga ko’p jihatdan bog’liq. Aholining ekologik tarbiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, tabiatdan oqilona foydalanish to’g’risidagi madaniyat ham shuncha yuqori bo’ladi.
O’simlik va hayvonot olami vakillarini saqlab qolishning eng asosiy yo’li qo’riqxonalar, buyurtma mskanlarini ko’plab tashkil qilishdir.
Ekologik ma’lumot, ta’lim-tarbiyaning tub ma’nosi ― bu tabiat, bizni o’rab turgan borliqqa nisbatan hurmat, uning yashil nabototlari, harakatdagi jonivorlar, oqayotgan zilol suv, tanimizga kirayotgan havo, ona – yerga nisbatan e’tibordan iborat.
Tabiatni sevgan insonlar, uning har bir qarich yerida bo’layotgan ijobiy va salbiy o’zgarishlarni sezadi, kuzatadi, tabiatga yordam beradi, ya’ni, yiqilgan butani tiklaydi.
Bugun dunyoda kechayotgan jarayonga nazar tashlasak, atrof-muhit muhofazasi, ayniqsa, tabiiy boyliklardan oіqlona foydalanish dolzarb masalaga aylanib borayotganining guvohi bo’lamiz. Binobarin, XXI asrga kelib, insoniyat global iqіlim o’zgarishlari, bioxilma-xillikning boy berilishi, suv tanqisligi, qurg’oіchilik, cho’llanish hamda sanoat va maishiy chiqindilar ziyon-zahmati kabi qator ekologik muammolar bilan yuzma-yuz keldiki, ularga oqilona yechim topmasdan tabiatdagi mutanosiblik va kishilik jamiyati taraііiyoti, bir so’z bilan aytganda, sayyoramizning kelgusi xavfsizligi haqida bahs etish qiyin.
Prezident Islom Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’saІasida: xavfsizlikka tahdid barіarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida mana shu haqqіatga urg’u berib: “Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi, – deb ta’kidlaydi. – Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish o’z-o’zini o’limga mahkum qilish bilan barobardir”. Shuning uchun ham o’tgan asrning to’qsoninchi yillarida Orol fojiasining oldini olishga alohida e’tibor qaratildi, paxta yakkahokimligi bartaraf etildi. Bugun Orolbo’yida bepoyon yashil hududlar, saksovulzorlar barpo etilib, Amudaryo deltasida ko’llar va suv havzalari yaratilayotgan ekan, bu o’sha davrda boshlangan keng ko’lamli ishlarning uzviy davomidir.
Tabiatni asrash va boyliklaridan tejamkorona foydalanish insoniyat oldidagi eng muhim muammolaridan biri. Qaysikim, tabiat ehson – tuhfalarini ko’r – ko’rona sarflash va uning boyliklarini talon-taloj qilishga hech kimning haqqi yo’q.
Tabiat haqida qayg’urish – insoniyat o’zi haqida qayg’urishdir, chunki inson tabiatning farzandidir.Tabiat uchun yetkazilgan zarar insonning o’ziga qaratilgan zarardir. Texnika va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bo’lgan ta’sirini kuchaytirdi, bu esa hayvon va o’simlik dunyosining qashshoqlanishiga olib keldi. Bizning bu xatolarimizni kelajak avlod kechirarmikan? Yo’q. Bizdan oldingi qadimgi avlodlarimiz flora va fauna dunyosini tarixiy va madaniy yodgorliklarni shafqatsizlarcha qirishgan, qaysikim, endi ular haqida biz faqatgina rasmlar, qo’lyozmalar, arxeologik topilmalar orqali bilamiz. Lekin bu bilan biz ularni qattiq qoralay ham olmaymiz, chunki ularning ongi – bilimlari yetarli darajada emas edi. Ammo bizning zamonamiz insonlarini kelajak avlod kechirmaydi – sababi, biz ixtisoslashgan, takomillashgan va mukammal insonlardirmiz.
Tabiat o’zining go’zalligi bilan o’ziga insonoyatni jalb etadi.Har bir kishini maftunkor tog’larni qoplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushbo’y gullar, dorivor o’simliklar, hayvon turlari, toza havo, sho’x sharsharalari, muz chuqqilari, qoyalari bilan rom etadi.Bularning hammasidan zavq olish kerak, har bir narsaning o’z qadriga yetish, tabiatdagi mo’jazgina bir jonli mavjudotni ham asrab-avaylash lozim. Lekin insonlar bularning qadriga yetish, zavq olish o’rniga ularga ozor yetkazishadi, masalan, tog’da endi ochilgan gullarning eng kattasi, eng chiroylisini uzib olib, guldasta tayyorlaydi, lekin o’ylab ko’rishmaydi-ki ozgina vaqt o’tib bu gullar so’lib, qurib qolishini, o’z chiroyini yuqotgan guldastani esa tashlab yuboriladi. Boshqa mamlakatlarda bunday olishda ko’pgina ishlar qilingan. Masalan, Fransiyada tog’ etaklarida odamlar, uchun turli mavzularda “murojaatnoma”lar taxtakachlarda qoqib qo’yilgan, jumladan, gullarning dam oluvchi sayyohlarga murojaati: “Bizni uzmang, uzib siz bizni o’ldirasiz va bizni avlod qoldirishdan mahrum etasiz”. Gullarni asray bilish, uning qadriga yetish har bir kishining madaniyati va tarbiyasidan darak beradi.
Yovvoyi gullar ― bu hammaning boyligidir. Agarda bunday gullar yo’qolib ketsa tabiat qashshoqlanib qoladi va tog’, yaylovlarimiz o’z chiroyi va ko’rkini yo’qotadi. Shuning uchun biz tabiatning barcha jonzotlarini avaylaymiz, ularni asray olishimiz, Ona Vatanimizning har bir burchagini saqlashda o’z kuchimizni sarflashimiz kerak. Tabiat faqat bizgina emas, balki kelajak avlodimiz uchun ham kerak.
Respublikamizda hayvonlarni muhofaza qilish va hayvonot olami boyliklaridan oqilona foydalanishda hal etilmagan masalalar ko’p. bu masalalarni hal qilish xalq ommasining tabiat muhofazasi, tabiatdan foydalanish haqidagi bilim darajasiga ko’p jihatdan bog’liq. Aholining ekologik tarbiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, tabiatdan oqilona foydalanish to’g’risidagi madaniyat ham shuncha yuqori bo’ladi.
O’simlik va hayvonot olami vakillarini saqlab qolishning eng asosiy yo’li qo’riqxonalar, buyurtma mskanlarini ko’plab tashkil qilishdir.
Ekologik ma’lumot, ta’lim-tarbiyaning tub ma’nosi ― bu tabiat, bizni o’rab turgan borliqqa nisbatan hurmat, uning yashil nabototlari, harakatdagi jonivorlar, oqayotgan zilol suv, tanimizga kirayotgan havo, ona – yerga nisbatan e’tibordan iborat.
Tabiatni sevgan insonlar, uning har bir qarich yerida bo’layotgan ijobiy va salbiy o’zgarishlarni sezadi, kuzatadi, tabiatga yordam beradi, ya’ni, yiqilgan butani tiklaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
- Ahmatqul Ergashev, Temur Ergashev. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T.: “Yangi asr avlodi”, 2005.
- Akimova T.A., Xaskin V.V. Ekologiya–M:. 1998.-455s.
- Akimova T.A., Kuzmin A.P., Xaskin V.V. Ekologiya-M.: YUNITI, 2001.
- Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. Toshkent, O‘qituvchi, 1991.
- Beknazov R.U., YU.V. Novikov. Oxrana prirodo‘ T.”O‘qituvchi” 1995.
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ramkaviy konvensiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Milliy axboroti.Toshkent., 1999.
- Boreyko V.E. Postijenie ekologicheskoy teologii. Kievskiy ekologo-kulturno‘y sentr, 2000.
- Valukonis G.YU, Muradov SH.O. Osnovo‘ ekologii. Tom I Obhaya ekologiya, Tashkent, «Mexnat», 2001.
- Gorelov A.A. Ekologiya. –M.: «Sentr», 1998.
- Gladkiy YU.N., Lavrov S.B. Globalnaya geografiya.-M.: Drofa, 2002.
- Danilo J.Markovich Sotsialnaya ekologiya.M.: «Prosvehenie», 1991.
QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA ULARNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
Noyob o‘simliklar / ferula / acanthophyllum / herba adonidis / lagochilus inebrians / barg / gul / meva / xom-ashyo / damlama / teri kuyishi / oshqozon-ichak kasaliklari / vitamin yetishmovchiligi / vitaminlar / steroidlar / alkaloidlar / saponinlar. / Rare plants / ferula / acanthophyllum / herba adonidis / lagochilus inebrians / leaf / flower / fruit / raw materials / tincture / skin burns / gastrointestinal diseases / beriberi / vitamins / steroids / alkaloids / saponins.
Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — T. Isaqov, I. Esonova
So’ngi yillarda insonlar sog‘lig‘iga alohida eʼtibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko‘rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talabning keskin ortishiga sabab bo‘ldi. Mamlakatimizda dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekistonda uchraydigon noyob dorivor o‘simliklar, ularning soni, dorivorlik xususiyati, ularning tibbiyotda qo‘llanilishi va saqlab qolish chora tadbirlari haqida malumotlar berilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — T. Isaqov, I. Esonova
SHIFOBAXSH O’SIMLIK NOMLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
LAMIACEAE OILA VAKILLARINING BIZ BILGAN VA BILMAGAN DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
NUROTA TUMANIDA UCHROVCHI KOVRAK O’SIMLIGINING XUSUSIYATLARI
FARG‘ONA VODIYSIDA TARQALGAN YALPIZDOSHLAR (LAMIACEAE) OILASI TURLARNING SHIFOBAXSH VA DORIVOR BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
O’ZBEKISTONDA TARQALGAN QURTANA (SISYMBRIUM L.) TURKUMI TURLARINING BOTANIK TAVSIFI VA AHAMIYATI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
MEDICINAL PLANTS WICH INCLUDED IN THE RED BOOK AND THEIR USE IN MEDICINE
In recent years, people’s special attention to health, increased awareness of the secrets of health, the preference for natural remedies to activate the immune system of the elderly and those suffering from chronic diseases, the absolute safety and benefits of natural remedies have increased the amount of investment in scientific research in this area and caused a sharp increasing demand for medicinal plants in international markets. In our country, great importance is attached to the development of medicinal and spice plants, especially to the efficient and productive use of natural resources. This article provides information about the unique medicinal plants found in Uzbekistan, their quantity, medicinal properties, their use in medicine and conservation measures.
Текст научной работы на тему «QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA ULARNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI»
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR VA ULARNING
TIBBIYOTDA QO’LLANILISHI Isaqov Tohirjon Tursunboy o’g’li
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Assistant Esonova Iroda Usmon qizi
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.7295168
Anotatsiya. So’ngi yillarda insonlar sog’lig’iga alohida e ‘tibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko’rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o’simliklarga bo’lgan talabning keskin ortishiga sabab bo’ldi.
Mamlakatimizda dorivor va ziravor o’simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Ushbu maqolada O’zbekistonda uchraydigon noyob dorivor o’simliklar, ularning soni, dorivorlik xususiyati, ularning tibbiyotda qo’llanilishi va saqlab qolish chora tadbirlari haqida malumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: Noyob o’simliklar, ferula, acanthophyllum, herba adonidis, lagochilus inebrians, barg, gul, meva, xom-ashyo, damlama, teri kuyishi, oshqozon-ichak kasaliklari, vitamin yetishmovchiligi, vitaminlar, steroidlar, alkaloidlar, saponinlar.
ЛЕКАРСТВЕННЫЕ РАСТЕНИЯ, ЗАНЕСЕННЫЕ В КРАСНУЮ КНИГУ, И ИХ
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ В МЕДИЦИНЕ
Аннотация. В последние годы особое внимание людей к здоровью, повышение осведомленности о секретах здоровья, предпочтение натуральных средств для активизации иммунной системы людей пожилого возраста и страдающих хроническими заболеваниями, абсолютная безвредность и польза натуральных средств увеличили количество инвестиций в научные исследования в этой области и вызвало резкое увеличение спроса на лекарственные растения на международных рынках.
В нашей стране большое значение придается развитию лекарственных и пряных растений, особенно эффективному и продуктивному использованию природных ресурсов. В данной статье представлена информация об уникальных лекарственных растениях, встречающихся в Узбекистане, их количестве, лечебных свойствах, применении их в медицине и мерах по сохранению.
Ключевые слова: эндемические растения, ferula, acanthophyllum, herba adonidis, lagochilus inebrians, лист, цветок, плод, сырье, настойка, ожоги кожи, желудочно-кишечные заболевания, авитаминоз, витамины, стероиды, алкалоиды, сапонины.
MEDICINAL PLANTS WICH INCLUDED IN THE RED BOOK AND THEIR USE IN
Abstract. In recent years, people’s special attention to health, increased awareness of the secrets of health, the preference for natural remedies to activate the immune system of the elderly and those suffering from chronic diseases, the absolute safety and benefits of natural remedies have increased the amount of investment in scientific research in this area and caused a sharp increasing demand for medicinal plants in international markets.
In our country, great importance is attached to the development of medicinal and spice plants, especially to the efficient and productive use of natural resources. This article provides
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
information about the unique medicinal plants found in Uzbekistan, their quantity, medicinal properties, their use in medicine and conservation measures.
Key words: Rare plants, ferula, acanthophyllum, herba adonidis, lagochilus inebrians, leaf, flower, fruit, raw materials, tincture, skin burns, gastrointestinal diseases, beriberi, vitamins, steroids, alkaloids, saponins.
O’zbekiston florasi juda boy bolib, guli osimliklarning 4500 turi malum, ularning 577 taga yaqini dorivor o’simlilardir. Shulardan 120 tasidan hozirgi kunda tibbiyotda keng qo’llanilib kelinmqda. O’zbekistonda tarqalgan
o’simliklarning 10-12% muhofaza qilishga muhtoj o’simlilar xisoblanadi. So’ngi yillarda bu o’simliklardan nato’g’ri foydalanish va ayovsiz yig’ib olinishi va qarovsiz qolganligi sababli turlar soni kamayib, yo’qolib ketish arafasiga kelib qolgan. Bunday o’simliklarni himoyalash maqsadida O’zbekiston Respublikasi qizil kitobi tasis etilgan bo’lib,bu kitobga 4ta kategorya bo’yicha o’simlilar kiritiladi. O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi 1984-yilgi birinchi nashrida 163 tur o’simlik kiritilgan bo’lsa, 1998-yildagi nashrida bu o’simliklar soni 301taga yetdi. So’ngi 2019-yildagi yangi nashirda bu raqamlar 314taga yetdi. Bundan ko’rinib turibdiki, so’ngi yillarda hududimizdagi o’simliklarning maydonlari va turlari kamayib bormoqda. So’ngi o’n yillik natijalar shuni ko’rsatdiki O’zbekiston hududida muhofazaga muhtoj yana 138 o’simlik turlari aniqlandi. O’zbekiston respublikasi fanlar akademyasining izlanishlari natijasida O’zbekistonda uchraydigon chiroyli gullari bilan dunyoga mashxur lola va sallagullarning piyozlari bilan ayovsiz o’rib olinishi natijasida turlar soni keskin kamayib ketganligi aniqlandi. Xalq tabobatida va tibbiyotda keng qo’llaniladigon qimmatbaxo dorivor o’simliklar xisoblangan yetmak, buzulbang, kovrak, shirinmiya, kovul kabi o’simlar soni ham homashyo bazasi ham sezilarli kamaydi. Bundan tashqari Buxoro otostegiyasi, yirik giliostrovskiya, Minkivits teziumi kabi relikt turlar yo’qolib ketish arafasiga kelib qoldi.
METOD VA METODOLOGIYA
Dorivor o’simliklardan olinadigon moddalar hozirgi payitgacha suniy ravishda sintezlanmagan bo’lib, faqat tabiiy usulda o’simliklardan ajratib olish mumkin. Bunday o’simliklarning sonining kamayishi esa farmakalogiya homashyo bazasida kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Insonlarning o’simliklardan nato’g’ri foydalanishi natijasida esa bunday o’simliklar tobora kamayib bormoqda. Qizil kitobning yangi nashrida 20 dan ortiq dorivor o’simliklar turlari kiritilgan bo’lib, ularning hammasi ham tarkibi jihatdan juda foydali hisoblanadi. Ularning taribida efir moylari, alkaloidlar, karotinlar flavanoidlar, kumarinlar va bacha turdagi vitaminlar mavjud.
Kovrak-Ferula o’simligi ziradoshlar oilasiga mansub, ko’p yillik o’simlik.Yer yuzida bu o’simlikning 160dan ziyod turi tarqalgan. Bo’yi 1 metrga yetadigon, poyasi tik, yog’on, ichi kovak, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi bargali bandli, 3 bo’lakli, poyadagilari maydaroq,
poyada ketma-ket joylashgan. Gullari soyabon to’pgulda joylashgan. Kovrak monokarp o’simlik bo’lib, 7-8 yilda bir marotaba gullab, urug’ beradi (1-rasm).
Kovrak ildizi tarkibida havoda qotib qoladigon asafetida va efir moylari saqlaydi. Asfetidaning tarkibidan ferfulat kislata, qatron spirtlar, kumarinlar ajratib olingan. Efir moyidan esa sulfidlar, kumarin va boshqa moddalar borligi aniqlangan. Ildiz tarkibida kraxmal ham bor. Kovrak ildizidan olingan yelimdan asab sistemasi kasalliklarida o’pkadagi shamollash astma, ko’k yo’tal, sil, zaxm kasalliklarida foydalaniladi. Kovrakdan tayyorlangan galen pereparatlari esa arterial bosimni pasaytiradi, kapillyar qon tomirlari mo’rtligini bartaraf etadi. Ildizidan tayyorlangan damlama har qanday og’riqni qoldirish xususiyatiga ega. Hozirgi kunda kovrakning ildizi bilan ayovsiz o’rib olinishi natijasida, kovrakning tabiiy tarqalgan xududlari keskin kamayib ketdi. Chunki kovrakning ildizi bilan sug’urib olingan joydan boshqa kovrak unib chiqmaydi bu esa, kovrak o’simligining soni kamayishiga yana bir sabab xisoblanadi.
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMASI
Etmak – Acanthophyllum chinniguldoshlar oilasiga mansub, ko’p yillik o’simlik. O’zbekistonga bu turkumga mansub 2 ta tur o’simlik tarqalgan. Tog’ va adir yon bag’irlarida
Etmakdan tabobatda balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida va imuninetni ko’tarish uchun foydalaniladi (2-rasm)
Adonis-herba adonidis renunculacae oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Uzunligi 5-20sm ga yetadi. Ildizi qisqa jigarrang tusda bo’ladi. Barglari tuxumsimon, palmasimon, 5 bo’lakka bo’lingan, tuksiz bo’ladi. Gullari poyaning tepasida yakka yaka joylashadi, yirik sariq rangli bo’ladi. Mevasi yong’oq. Aprel may-oylarida gullaydi, mevalari iyun-iyulda pishadi (3-rasm).
Adonis tarkibida yurak glikozidlari mavjud. Pishmagan mevalari va barglari ularga eng boy hisoblanadi. O’simlikning yer ustki qismida K-strofantin, simarin moddalari bor. Ildiz qimida esa K-sprofantin mavjud. Glikozidlardan tashqari bu o’simlikda:
o’sadi. Bo’yi 50 – 80 sm ildizi 2 m churlikkacha boradi buralgan, barglari qaram-qarshi,qalami yoki nashtarsimon. Barg bandi va poyasi tuksiz yoki mayda mayin tuklar bilan qoplangan bo’ladi. Gullari mayda bo’lib, shoxlarining uchki qismida 2tadan bo’lib joylashadi. Gultoji barglari pushti 5ta, changchisi esa 10ta, urug’chisi 1ta. Mevasi bir urugli meva.
2-rasm. Etmak – Acanthophyllum
Etmakning dorivorlik xususiyati ildizida bo’lib,ildizi tarkibida 10-30% saponin moddasi,aglikonogipsogen, 3 malekula ksiloza va 1 malekula glyukuran kislata galaktoza, ramnoza, furoza, arabinoza moddalari borligi aniqlangan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
va adenin spirit
3-rasm. Adonis-herba adonidis
Adonisdan yurak aksalliklarida keng foydalaniladi. Yurak tezligini sekinlashtirish, sistolni oshirish, diastolni uzaytirish, yurak urish hajmini oshirshda keng foydalaniladi Anzur yoki suvarov piyozi piyozdoshlar oilasiga mansub piyozboshli o’simlik xisoblanadi. Bu o’simlikni Oltoy Tyanshan,
Osiyo tog’larida uchratish mumkin. O’imliknng barglari keng 35-40 sm, uchlari pastga qaragan bo’ladi. O’simlikning balandligi 130sm gacha yetadi, to’pgullari yarim shar yoki sharsimon shaklda bo’ladi. To’pgulining diametiri 10-12 smga yetadi. Gullari pushti-binafsha rangda bo’ladi (4-rasm).
Tarkibida boshqa piyozli o’simliklarga nisbata bir-necha marta ko’p C vitamini, barglarida esa B va E vitaminlari, steroidlar, alkaloidlar, saponinlar aniqlangan. Bu o’simlik chiroyli bo’lishi bilan birga foydali ham xisoblanadi. Imunitetni oshirish va qon
aylanishini yaxshilash xususiyatiga ega.
Bozulbang-Lagochilus inebrians Lamiaceae oilsiga mansub yarim buta hisoblanadi.
Balandligi 24-60smo’q ildizli, oddiy yoki shoxlangan tukli poyalardan iborat.barglari qarama qarshi, keng tuxumsimon, 3-5ga bo’lingan. Gullari 4-6 tadan barglar qoltig’idan chiqqan yarim halqali boshoqsimon to’pgulda joylashgan, gultojibarglari 5 bo’lakli, ikki labli, pushti. Mevasi senobiy meva, uzunligi 3-4 mm silliq sarg’ish-kulrang yong’oqchadan iborat. May-iyulda gullaydi, mevasi esa avgust-sentyabr oylarida pishib yetiladi (5-rasm).
Bu o’simlk O’zbekistonning Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarining tog’
4-rasm. Anzur yoki suvarov piyozi
5-rasm. Bozulbang-Lagochilus inebrians
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
oldi hududlaring shag’alli tuproqlarda uchratish mumkin. O’tgan asrning 80 yillarida ayoviz o’rib olinishi natijasida, senopapulatsyalari deyarli yoqolib ketgan.
Asosiy xomashyo olinadigon qismi bargi va gullari xisoblanadi, tarkibid to’rt atomli spirtlar bo’lgan lagoxilin, barglarida esa efir moylari 0,03%, taninlar 11-14%, shakar organik kislatlar, vitaminlardan K, C, mikroelementladan esa kalsiy tuzlari mavjud.
Bozulbang gullari va barglaridan tayyorlangan qaynatma damlama va nastoykasi qon ivishini tezlashtiradi qon ketishi to’xtatadi. Bozulbang suvi esa tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Bu o’simlik xissiyotni pasaytiruvchi adaptogen xususiyatga ega. Ular ko’z ichi bosimini pasaytiradi, ko’rish o’tkirligini oshiradi. Gemafiliya bilan og’rigan bemorlar bu o’simlik damlamasini iste’mol qilishsa qon ivishi yaxshilanadi, bo’g’imlarda va teri osti to’qimalarida paydo bo’lgan gematomalarni tezroq so’rilishiga yordam beradi.
Omonqora-Ungernia viktor Amaryllis oilasining ko’p yillik piyozboshli o’simligi bo’lib, ildizlari toq jigarrang rangda, 7-12 smgacha chozilib ketadi,barglari ikki qatorli, suvli, silliq chiziqli, uzunligi 20-40 sm, kengigi 1-4 sm, fevral oyining ohirida o’sishni boshlaydi. Gullashi
2-11 tadan gullaydi, gullari sarg’ish pushti rangda, iyul avgust oyida gullaydi mevalari sentyabrda pishadi (6-rasm).
Omonqora o’simligi Hisor tizmasining tog’ yonbag’irlarida toshli, shag’alli tuproqlarda kichik maydonni egallab o’sadi.
Tibbiyotda bu o’simlikning bargidan keng foydalaniladi. Tarkibida alkaloid va galantamin saqlaydi, alkaloidlarda: likorin, hordenin, tasettin, pankratin uchraydi. Bu
6-rasm. Omonqora-Ungernia viktor moddalar barglarida bo’lib asosan barg
rivojlanishining dastlabki bosqichlarida yuqori miqdorda bo’ladi. Asosan barg yig’ib olinadigon muddat 14-25 aprel hisoblanadi, bunda alkaloidlar 0,52% galantamin esa 0,15 % ga yetkan bo’ladi.
Galontamin poliomiolit va polinevrit kasaliklarida, shuningdek sezgir mator nervlarining travmatik shikastlanishida foydalaniladi. Alkaloidlar esa oshqozon ichak kasalliklarida foydali hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, O’zbekiston hududida dorivor o’simliklar ko’p va ularning biz uchun ahamyati juda xam katta. Ammo oxirgi paytlarda bu o’simliklardan noto’g’ri foydalanish va ayovsiz ularni o’rib olish bu o’simliklar soni kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Yuqoridagi o’simliklar endilikda qizil kitob ro’yhatida ekan ulardan foydalanish mumkin emas. Oldizmida turgan eng muhim vazifa bunday noyob va dorivor o’simliklarni saqalab qolish va sonini ko’paytirish kerak. Ularga kerakli ekologik sharoitni yaratish va ular o’sadigan maydonlarni ko’paytirish va maxsus plantatsiyalarni yaratish lozim. Bu esa bizga farmokologik bazamizdagi xom-ashyolarni ko’paytirish va yana ham tibbiyotimizni rivojlantirishga sharoit yaratadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1. O’zbeisto Respublikasi “Qizil kitobi” 1-tom. 2019 yil.
2. Xamidov A., Nabiyev M., Odilov T. O’zbekiston o’simliklari aniqlagichi. Qo’llanma. -Toshkent: O’qituvchi, 1987.
3. Xolmatov X.X., Odilov T. O’zbekistonning dorivor o’simliklari. Monografiya. – Toshkent: Fan, 1991. 195 b.
Farg‘onada Qizil kitobga kiritilgan sor qushi sotilayotgani aniqlandi
11-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona shahrida “Sor qushi sotiladi” nomli e’lon tarqalgandi. Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Foto: Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi
Mazkur murojaatga ko‘ra, Ekoinspeksiya xodimlari tomonidan e’londa ko‘rsatilgan telefon raqami orqali bog‘lanib, o‘rganish ishlari olib borilgan va qushni sotmoqchi bo‘lgan fuqaroning manzili aniqlangan.
O‘rganishlar davomida fuqaro A.K. joriy yilning avgust oyida Farg‘ona tumanidagi Vodil qishlog‘idan uyiga qaytayotgan vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga sor qushini chap qanoti shikastlangan holda topib olib, uyiga olib kelgani aniqlangan. U qushni shu kunga qadar veterinariya ko‘rigidan o‘tkazib, parvarishlab kelgan.
Foto: Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi
Fuqaro sor qushini sotuvga qo‘yganidan pushaymonligini bildirib, o‘z ixtiyori bilan viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlariga topshirgan.
Sor qushi parvarishga muhtojligi sababli veterinariya ko‘rigidan o‘tkazilgan va tegishli dalolatnomaga asosan Farg‘ona shahrida joylashgan hayvonot bog‘iga topshirilgan.