O‘zbekistonda «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi
Shundan so‘ng Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 10 dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 10 mayga qadar) bo‘lgan muddatda Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi va tegishli tartibda qo‘mitaning mahalliy boshqarmalariga yuboradi. Qo‘mitaning hududiy organlari esa hayvonot dunyosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarni beradi.
YO’LBARS
YO’LBARS (Panthera tigris) — mushuksimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Shu oilaning eng yirik vakili. Tanasining uzunligi 160-290 santimetr (ba’zan 3 metrdan ortiq), dumi 114 santimetrgacha, vazni 390 kilogrammgacha. Boshi yumaloq, mallarang, tanasining orqa va yon tomonlarida ko’ndalang qora yo’llari bo’ladi. 7 ta kenja turi ma’lum. G’arbiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo hamda Hindiston yarim orolida tarqalgan. Rossiyaning Primore o’lkasida Amur yo’lbarsi (P.t. altaica) uchraydi. 20-asrning 30-yilgacha Kavkaz ortida, 50-yilgacha Amudaryoning quyi oqimida (Turon yo’lbarsi P.t. virgata) uchragan. Yo’lbars 20 asr boshlarigacha Chirchiq havzasida ham yashagan. Yo’lbars, asosan, to’qaylar, qalin qamishzor va tog’o’rmonlarida yashaydi. Ular yovvoyi tuyoqli hayvonlar, jumladan, to’ng’izlarni ovlaydi, odamxo’r Yo’lbars kamdan-kam uchraydi. 2-3 yilda bir marta bolalaydi, homiladorlik davri 98-112 kun, 2-6 ta bola tug’adi; 5-6 oy emizadi. Bolalari 1-2 yoshida mustaqil yashay boshlaydi. Soni juda kamayib ketgan, barcha kenja turlari xalqaro qizil kitobga kiritilgan.
O‘zbekistonda «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi?
O‘zbekistonda ov qilayotgan Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokov.
Foto: Ovchining YouTube sahifasidagi videodan kadr
Toshkent viloyatida rossiyalik ovchi O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini Ekologiya qo‘mitasi rahbari ruxsati bilan otib o‘ldirgani mahalliy jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘lgan edi. Adliya vazirligi matbuot xizmati O‘zbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to‘lash asosida amalga oshirilishini eslatib o‘tdi.
O‘zbekiston tabiatida uchraydigan yovvoyi hayvonlarni ovlash qoidasi tartibga solinuvchi 2020 yil 8 iyulda qabul qilingan «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunni tahlil qilgan UzNews’ning yozishicha, mazkur hujjat bilan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi kvota yovvoyi hayvonlarning ko‘p miqdorda tutiladigan turlariga, shuningdek, kamyob va oz sonli turlariga nisbatan belgilanishi ko‘rsatilgan.
Mazkur kvota kelgusi yil uchun Ekoqo‘mitaga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yovvoyi hayvonlarni tutishga doir talabnomalar kiritganligi asosida belgilanadi. Qo‘mita esa kvota loyihasini Fanlar akademiyasiga yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi bo‘yicha xulosani olish uchun jo‘natadi.
Shundan so‘ng Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 10 dekabrga qadar (qo‘shimcha kvota uchun 10 mayga qadar) bo‘lgan muddatda Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi va tegishli tartibda qo‘mitaning mahalliy boshqarmalariga yuboradi. Qo‘mitaning hududiy organlari esa hayvonot dunyosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarni beradi.
«Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunda, shuningdek, O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan sutemizuvchilar turlari bo‘yicha alohida to‘lov miqdorlari belgilangan.
Jumladan, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini ilmiy, tibbiy va nazorat maqsadida tutish uchun o‘zbekistonliklarga BHMning 80 baravari (14 may holatiga ko‘ra, 19,6 million so‘m), sport, havaskorlik va o‘lja olish maqsadida tutish uchun esa BHMning 100 baravari (24,5 million so‘m) to‘lov belgilangan. Xorijlik fuqarolarga esa ushbu hayvonni ov qilishning barcha turlari bo‘yicha tutishga 3 ming dollar miqdorida to‘lov belgilangan.
Shunday qilib, O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan 2 ta Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otish uchun Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokovga 2021 yil 3 mart kuni №400030-son ruxsatnoma berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Toshkentdagi Yangobod bozorida qizil kitobga kiritilgan hayvonlar sotilayotgani aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Yangiobod ixtisoslashgan bozorida noqonuniy ravishda Qizil kitobga kiritilgan noyob qushlar va hayvonlar sotilayotgani aks etgan suratlar tarqaldi.
Vaziyatni ekologiya qo‘mitasi inspektorlari, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari o‘rganishgan. Ma’lum bo’lishicha, haqiqatan ushbu bozorda yo‘qolib borayotgan noyob qushlar va hayvonlarni sotayotgan shaxslar aniqlangan.
Tadbir davomida davlat inspektorlari tomonidan 3 ta holatda noqonuniy ravishda sotilayotgan jami 63 ta toshbaqa tegishli tartibda olingan va qonuniy to‘xtamga kelingunga qadar vaqtinchalik Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.
Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan ushbu noyob hayvonlarni qonunga zid ravishda sotayotgan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”ning tegishli moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ta’minlash maqsadida huquq tartibot idoralariga topshirildi.