Press "Enter" to skip to content

Ro‘yhatdan o‘tish

“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichlari o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali o’z hududingizni tanlagan holda tanishib chiqishingiz mumkin:

yosh kitobxon 2022 nizomi

27-dekabr kuni “Yosh kitobxon” tanloviga start beriladi!

Submitted by Nasim Sadikov on Mon, 12/27/2021 – 10:33

“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichlari o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali o’z hududingizni tanlagan holda tanishib chiqishingiz mumkin:

Language English

Ginnes.Uz

Facebook guruh:

Veb saytdan olingan ma’lumotlarni boshqa saytlarga qo’yilganda www.sadikov.uz manzili ko’rsatilishini iltimos qilib qolaman. © Sadikov.Uz

Saytdagi audio, video va xujjat ko’rinishdagi ma’lumotlar o’z egalariga tegishli. Barcha fayllar va suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan. Ular o’z mualliflik huquqlarini saqlab qolgandirlar. Ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida blogga qo’yilgan. Iltimos, mualliflarning mehnatini hurmat qilaylik. Agar siz saytimdagi qaysidir ma’lumotni egasi bo’lsangiz va sizning ma’lumotingiz saytimda qo’yilishini istamasangiz, iltimos darhol menga murojaat qiling: @sadikovuz (telegram) yoki uzbeknasim@yahoo.com.

Разработки уроков, dars ishlanmalari, тесты, testlar, maqollar, пословицы, стихи, sherlar, презентации, taqdimotlar, рефераты, referatlar, дошкольные материалы, maktabgacha ta’lim, интересное детям, bolalarga qiziqarli ma’lumotlar, топ факты, top faktlar, психологические тесты, psixologik testlar, блок тесты, blok testlar, гранты, grantlar

Telegram: @sadikovuz

Ro‘yhatdan o‘tish

Formani to‘ldirganingizdan keyin, saytimizda ro‘yhatga olinasiz va sizga kitoblarni sotib olish imkoniyati ochiladi. Kiritgan ma’lumotlaringiz elektron pochtangizga yuboriladi.

Janr va bo‘limlar

Badiiy adabiyot
  • Bolalar adabiyoti
  • Detektivlar
  • Sarguzashtlar
  • Fantastika, mistika, fentezi
  • Romanlar, hikoyalar
  • Ertaklar
  • Drama va Tragediya
  • She`rlar, nazm
  • Klassika
  • Qo´rqinch va Trillerlar
  • Komediya, yumor va satira
  • Qissalar, dostonlar
  • boshqalar
Ma`lumotga oid adabiyot
  • Yo´lko´rsatkichlar
  • Lug´atlar
  • Ensiklopediyalar
  • Yo´riqnomalar
  • Ma`lumotnomalar
  • Aforizmlar, hikmatlar, taqdirlar
  • boshqalar
Uy va oila
  • Sihat-salomatlik
  • Sport, fitnes
  • Ro´zg´orshunoslik
  • Ishtiyoq-qiziquv
  • Bolalar tarbiyasi
  • Pazandalik
  • boshqalar
Fan va ta`lim
  • Qishloq xo’jaligi
  • Irrigatsiya, suv ta’minoti
  • Energetika
  • Elektrotexnika
  • Monografiya
  • Arxitektura, qurilish, chizmalar
  • G’oya, mafkura
  • Jurnalistika, ommaviy axborot vositalari
  • Din asoslari
  • Biologiya
  • Botanika
  • Ximiya
  • Fizika
  • Geografiya, geologiya
  • Matematika, geometriya
  • Til va lingvistika
  • Tarix
  • Huquqshunoslik
  • Falsafa
  • Sport va fizkultura
  • Astronomiya, astrologiya
  • Tibbiyot
  • Psixologiya
  • Zoologiya
  • Jamiyatshunoslik
  • Filologiya
  • Ekologiya
  • Informatika, kompyuter, internet, aloqa
  • O´quv va metodik qo´llanmalar
  • Pedagogika
  • Buxgalteriya, moliya
  • Iqtisod
  • Darsliklar
  • Biznes
  • Ma`naviyat va ma`rifat
  • boshqalar
  • Maktab kutubxonasi
  • Maktabgacha ta’lim
San`at
Xujjatli adabiyot
  • Biografiya, Memuarlar, esse
  • Geografiya, Yo´l xotiralari
  • Xarbiy mavzu
  • Tanqid
  • Publisistika
  • boshqalar
  • Yoshlar ittifoqi
Gazeta va jurnallar
  • Pedagog minbari
  • Fantik – журнал современной фантастики
  • Sharq tabobati
  • Mushtum
  • Gazeta “Kitob dunyosi”
  • Turon tarixi
  • Infolib
  • O’zbekiston armiyasi
  • Vatanparvar
  • Inter futbol
  • Guliston
  • O’zbekiston adabiyoti va san’ati
  • boshqalar

“Yosh kitobxon oila tanlovida ishtirok etib, “Spark” yutib oling!

Tanlovni tashkil etish orqali quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutiladi:

  • Yosh oilalarni kitob o‘qishga chorlash hamda kelajakda ziyoli oilalar sonini ko‘paytirish va yosh oilalarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, joylarda adabiy muhit shakllanishiga erishish;
  • Yoshlar ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim-ko‘nikmalarini yanada yuksaltirish.

Kimlar qatnasha oladi?

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va tilidan qat’iy nazar 30 yoshgacha bo‘lgan (1991-2003-yil oraligʻida tugʻilgan) barcha yosh oilalar (er va xotin) tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

Ishtirokchilar talabidan kelib chiqib, ularning tanlov jarayonida qoraqalpoq va rus tillaridan foydalanishiga ruxsat beriladi.

Tanlovda yosh oilalar o‘zlari yashayotgan yoki o‘zlari o‘qiyotgan (ishlayotgan) muassasasi joylashgan hududdan ishtirok etadi.

Mukofotlar

Hududiy bosqich g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • Birinchi o‘rin – kir yuvish mashinasi, maxsus diplom.
  • Ikkinchi o‘rin – televizor, maxsus diplom.
  • Uchinchi o‘rin – kitoblar to‘plami, maxsus diplom.

Hududiy bosqichning qolgan barcha qatnashchilari maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • Birinchi o‘rin – “Prezident sovg‘asi” 1 dona yengil avtomashina (“Spark”), kitoblar to‘plami, maxsus diplom.
  • Ikkinchi o‘rin – 1 dona kompyuter jamlanmasi, kitoblar to‘plami, maxsus diplom.
  • Uchinchi o‘rin – kitoblar to‘plami, maxsus diplom.

Respublika bosqichining qolgan barcha ishtirokchilari maxsus diplom va kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

Tanlovga roʻyxatdan oʻtish va tanlov bosqichlari

Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi.

Birinchi bosqich, tanlovning arizalar qabul qilish va saralash bosqichi bo‘lib, unda tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh oilalardan arizalar onlayn qabul qilinadi va ishtirokchilar test sinovi asosida saralanadi.

Tanlovga arizalar 2021-yilning 30-may kuniga qadar Telegramdagi @kitobxonoila_bot boti orqali onlayn tarzda topshiriladi.

Test sinovi may oyida o‘tkaziladi. Unda ariza topshirgan yosh oilalar ilmiy-ommabop, o‘zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblarimiz hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga javob beradi.

Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan belgilanadi.

Test natijalariga ko‘ra tuman (shahar)lar kesimida eng ko‘p ball to‘plagan 2 ta oila (2 tadan ko‘p oilalar o‘rtasida qayta test olish orqali saralanadi) ishtirokchilar keyingi (ikkinchi) bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ikkinchi bosqich tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi bo‘lib, iyun-iyul oylari davomida quyidagi 2 ta shart bo‘yicha kasting asosida o‘tkaziladi:

1-shart. “Tezkor savol-javob” sharti.

Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 4 ta savolga 4 ta javob berish so‘raladi (oila a’zolaridan 2 ta savolga er, 2 ta savolga xotin javob berishi shart). Ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

Ishtirokchilar savollarni bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmaydi, har bir savolga javob berish uchun 1 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.

2-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.

Ushbu shartda biror asardagi syujetga oid epizod o‘qib eshittiriladi. Ishtirokchidan ushbu asar nomini topishi hamda uning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida sharhlab berishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

Tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi. Asar nomi to‘g‘ri topilganda 50 ball qo‘yiladi (topilmasa 0 ball) hamda ishtirokchiga asar nomini topaolmasa ham sharhlash imkoniyati beriladi va 50 ballgacha baholanadi.

Ikkita shart bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan bitta yosh oila Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Uchinchi bosqich tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib, iyul oyida teletanlov shaklida, quyidagi 3 ta shart asosida o‘tkaziladi:

1-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.

Ushbu shartda biror asardagi syujetga oid epizod o‘qib eshittiriladi. Ishtirokchidan ushbu asar nomini topishi hamda uning mazmun-mohiyati, g‘oyasi va ahamiyati to‘g‘risida sharhlab berishi so‘raladi. Sharhlash jarayonida ishtirokchining bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

Tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi. Asar nomi to‘g‘ri topilganda 50 ball qo‘yiladi (topilmasa 0 ball) hamda ishtirokchiga asar nomini topaolmasa ham sharhlash imkoniyati beriladi va 50 ballgacha baholanadi.

2-shart. “Tezkor savol-javob” sharti.

Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 4 ta savolga 4 ta javob berish so‘raladi (oila a’zolaridan 2 ta savolga er, 2 ta savolga xotin javob berishi shart). Ishtirokchi bilimini tekshirish maqsadida Hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

Ishtirokchilar savollarni bilet tortish orqali tanlaydi, tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratilmaydi, har bir savolga javob berish uchun 1 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.

3-shart. “Erkin mavzu”.

Ushbu shartda ishtirokchilar Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan mavzulardan birini bilet tortish orqali tanlaydi va ushbu mavzuda monolog yoki ma’ruza tayyorlash orqali o‘z fikrini bayon qilib berishi so‘raladi.

Ishtirokchilarga (faqat erkaklar ishtirok etadi) tayyorgarlik ko‘rish uchun 1 daqiqa, javob berish uchun 2 daqiqa vaqt belgilanadi. Mazkur shart uchun 100 ballgacha baho beriladi.

Tanlov uchun kerakli kitoblar

3 bosqichli tanlovning barcha jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan kitoblarni BU YERDAN bepul yuklab olishingiz mumkin.

Tanlovning saralash, hududiy va respublika bosqichlari bo‘lib o‘tadigan joyi, sanasi Respublika ishchi guruhi tomonidan belgilanadi hamda 3 kun oldin ishtirokchilarga ma’lum qilinadi.

Tanlovlar jarayonida foydalaniladigan savollar va testlar majmuasi Ekspertlar komissiyasi tomonidan tanlovning barcha bosqichlari uchun alohida tuziladi, maxsus konvertlarga solinib muhrlanadi hamda joylarga yetkaziladi.

Tanlov Nizomini BU YERDAN yuklab olib, toʻliq tanishib chiqishingiz mumkin.