Jismoniy tarbiya fanidan eng yaxshi dars ishlanma uchun taqdirlandi
Mavzu va vazifalar
Eng yaxshi repetitorni qanday tanlash kerak?
Birinchi navbatda farzandingizga repetitor nima uchun kerakligini aniqlashtiring: biror fandan baholarini yaxshilash uchun, qiyin mavzularni tushuntirish maqsadida, imtihonga tayyorlanishga ko‘maklashish yoki yangi bilim egallash uchun, masalan, ikkinchi xorijiy til.
Aniq maqsad pedagog o‘z oldiga samarali ish rejasini tuza olishiga, siz esa jarayonni baholashingizga yordam beradi.
2. Bola bilan gaplashing
Repetitor bilan shug‘ullanuvchi odam siz emas, farzandingiz. Ma’lum bir o‘qituvchidan o‘rganish u uchun ham qulay bo‘lishi kerak. Bola kimdan bilim olishni istayotgani haqida albatta so‘rang: erkakmi yoki ayol, talabami yo katta yoshli o‘qituvchi, muloyim yoxud qattiqqo‘l tyutor (tarbiyachi).
3. Pedagogning ish tajribasi va bilimini baholang
Diplom va sertifikatlar yig‘imi har doim ham sifatni belgilamaydi. Repetitor ancha vaqt oldin oliy ta’limni egallagan, so‘ngra o‘z sohasi bo‘yicha ishlamagan, kurslarni esa qandaydir tushunarsiz holda olib borishi mumkin.
Pedagogning malakasi haqida so‘rang va hujjatlarini ko‘zdan kechiring, ammo shular bilan cheklanib katta baho berib yubormasdan uning mashg‘ulot vaqtida o‘zini qanday tutishiga e’tibor qarating.
4. Pedagog va bola yoshi muvofiqligini inobatga oling
Uchinchi sinf o‘quvchisi bilan universitet professori ish olib borishidan ma’no yo‘q, o‘smirlar esa talaba-tyutorlarga nisbatan o‘zlarini jiddiy tutmasliklari mumkin. Shuning uchun yaxshisi repetitorni shunday tanlagan ma’qul:
- kichik sinf o‘quvchilari uchun talabalar va universitetni yaqinda tamomlagan bitiruvchilar mos keladi;
- o‘rta sinf — bitiruvchilar va maktab o‘qituvchilari;
- katta sinflar uchun — nisbatan malakali pedagoglar.
Ammo ikkinchi tomonini yoddan chiqarmang: bola o‘zi ham qaysi yoshdagi tyutor bilan mashg‘ulot o‘tkazishni istayotganini bildirsin. Qulaylik har narsadan ustun.
5. Narxlarni taqqoslang
Mashg‘ulotlar uchun to‘lov miqdori bir necha parametrlarga bog‘liq bo‘ladi:
- Malaka. Odatda talabalar ko‘p so‘rashmaydi, 5-7 yillik kichik ko‘nikmaga ega tyutor va universitet professori yoki ko‘p yillik repetitor belgilagan narxida tafovut bo‘lishi ham tabiiy.
- Mashg‘ulot davomiyligi. Repetitor bilan dars 45 daqiqa (xuddi maktabdagidek), 60 daqiqa (astronomik soat), 90 daqiqa (universitet paralaridek) yoki hatto 2 soat bo‘lishi mumkin. Dars soati qancha uzun bo‘lsa, narxi ham ko‘tariladi.
- Intensivlik darajasi. Masalan, 11 sinf o‘quvchisi o‘quv yili boshida repetitorga murojaat qilsa — mashg‘ulot uchun vaqt yetarli, demak, jadallik o‘rtacha. Maktab bitiruvchisi oliy ta’lim muassalari imtihonlaridan atigi bir oy oldin mashg‘ulotlarni boshlamoqchi bo‘lsa intensivlik sezilarli darajada yuqori. Narx ham shunga yarasha oshadi.
- Fan. Fanlar turlicha baholanadi. Ingliz tili va matematikadan dars olish eng qimmat bo‘lib turibdi, masalan, Toshkent shahrida oyiga o‘rtacha 500-700 ming so‘m, ba’zi kurslarda 1,5 mln so‘mgacha yetadi. Ona tili kurslari esa maksimal darajada 200-300 ming so‘m.
O‘z shahringizdagi repetitorlar belgilagan narxlarni solishtiring. Eng arzon tyutorni tanlamang (talaba va yangi boshlovchilar — istisno). Yodda tuting: sizning vazifangiz iqtisod qilish emas, farzandingiz fanni o‘zlashtirishida yordam bera oluvchi pedagogni topish. Ham talablaringiz, ham hamyoningizga mos repetitorni topishga urinib ko‘ring. Oltin o‘rtalikni toping.
6. Darslar qayerda o‘tkazilishini tanlang
Repetitor bilan mashg‘ulotlar 3 xil ko‘rinishda o‘tkazilishi mumkin:
- Uyga kelib. Bunday yo‘l bola uchun eng qulayidir. Siz ham mashg‘ulotlar qanday kechayotgani haqida ko‘p bosh qotirmaysiz. Ammo bu holatda repetitorlar ko‘proq pul so‘rashadi. Yo‘l kira va vaqt masalalarini inobatga olishadi, albatta.
- Video-aloqa orqali. Internet sifati bunga javob bera olgan va shunday bilim olish bola uchun qoniqarli bo‘lganda yondashsa bo‘ladi.
- Repetitor hududida. Uyda yoki ish joyida (maktab, litsey, universitet yoki o‘quv markazi). Bunday mashg‘ulot narx borasida eng yaxshisi hisoblanadi. Bolaga oson bo‘lishi uchun uyga yaqinroq hududdan repetitor izlang. Adashib qolish yoki uzoq yo‘lda charchab qolish ehtimoli kamayadi.
7. Repetitor bilan shaxsan tanishing
Bolani mashg‘ulotga yuborishdan avval, o‘qituvchi bilan ko‘rishing. Shundagina pedagog obrazini to‘liq tasavvur qila olasiz. Keyingi detallarga ahamiyat qarating:
- Tashqi ko‘rinish. Repetitor iloji boricha saranjom bo‘lishi kerak.
- Nutq. Ovoz tembri, balandligi va keskinligi — hammasi ahamiyatli. Shuningdek, bexato gapirishiga ham e’tibor berish kerak: na ona tili o‘qituvchisi va na fizika repetitorining so‘zlarni chalkashtirib gapirishga haqqi bor.
- Interer. Agar repetitor o‘z uyida dars berishini aytsa, kelishishdan avval o‘sha xonadonga tashrif buyuring. Xona pokiza va yetarli darajada yorug‘ bo‘lsin.
Birinchi uchrashuv davrida o‘qituvchidan dars qanday o‘tishi haqida so‘rang. Yoki unda tahsil olgan o‘quvchilar va ularning ota-onalarining fikrlari bilan qiziqing. Shundagina farzandingiz tyutor yordamida qanday natijalarga erisha olishi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz. Repetitorga avvalgi o‘quvchilarining imtihon natijalari va qaysi oliygoh talabasi bo‘lganliklari haqida ham savollar berishingiz mumkin.
Masalan, farzandingiz fizika fanidan mashg‘ulotlarga qatnamoqchi va texnika mutaxassisligi yo‘nalishida hujjat topshirish niyatida bo‘lsa, pedagog yetishtirgan bitiruvchilar orasida talabalar safiga qo‘shilganlari mavjudligi haqida bilish muhimdir.
Birinchi darsda farzandingiz bilan birga qatnashib, o‘qituvchi ish jarayonida o‘zini qanday tutishini bilib olish nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.
8. Qo‘ng‘iroqlashib turishga kelishing
Natijaga erishish uchun darslar qanchalik muvaffaqiyatli ketayotganidan xabardor bo‘lish kerak. Pedagog sizga jarayon qanday ketayotgani yetkazib turishini so‘rang: bola qaysi darslarni tugatgani va endilikda nima mavzu o‘rganishi haqida boxabar qilsin.
9. Variantlarni taqqoslashdan qo‘rqmang
Birinchi urinishda mukammal repetitorni topish mumkin, ammo mushkul. Tyutor bolaga yoqmasligi yoki shunchaki o‘zi va’da qilgan natijani taqdim etmasligi mumkin.
Shunday holatda yaxshisi yangi repetitor topish kerak: pedagogni xafa qilishdan uyalish yoki qo‘rqish kerak emas. Yodda tuting: mashg‘ulot maqsadi — farzandingiz ta’lim ko‘rishi va yangi bilimlarni o‘rganishida ko‘maklashish.
Repetitorlarning o‘zi mashg‘ulotdan bosh tortishi mumkin emas. Ularning vazifasi har bir o‘quvchiga individual yondashishdir.
Jismoniy tarbiya fanidan eng yaxshi dars ishlanma uchun taqdirlandi
Amaliy: Yengil atletika. a) O’rganilgan saf mashqlarni takrorlash; b) Balandligi 30-40 smli yumshoq to’siqdan sakrashni o’rgatish; v) 1,5-2 daqiqa davomida asta-sekin bir maromda yugurish; d) Estafetali yugurish.
Amaliy: Yengil atletika. a) O’rganilgan saf mashqlarni takrorlash; b) Balandligi 30-40 smli yumshoq to’siqdan sakrashni o’rgatish; v) 1,5-2 daqiqa davomida asta-sekin bir maromda yugurish; d) Estafetali yugurish.
Amaliy: Nazorat ishi: 30 metrga yugurish: o’g’illar 6,3-6,8-7,3-7,8-8,3; qizlar 6,5-7,0-7,5-8,0-8,5.
Nazariy: Toza havoda jismoniy mashqlarni bajarishning inson salomatligiga bo’lgan ta’siri.
Amaliy: Harakatli o’yinlar. a) URMni mustaqil bajarish; b) “Mushuk-sichqon”, “Quvlashmachoq”, “Topishmoq” harakatli o’yinlari; v) Estafetali yugurishlar.
Amaliy: Harakatli o’yinlar. a) URMni mustaqil bajarish; b) “Mushuk-sichqon”, “Quvlashmachoq”, “Topishmoq” harakatli o’yinlari; v) Estafetali yugurishlar.
Amaliy: Harakatli o’yinlar. a) Buyumsiz mashqlar bajarish; b) “Tortishmachoq”, “Sakrovchilar” “Kim ko’p otadi” harakatli o’yinlari; v) 2-3 daqiqa davomida bir maromda yugurish.
Nazariy: Inson salomatligi uchun URM ahamiyati.
Amaliy: Harakatli o’yinlar. a) Buyumsiz mashqlar bajarish; b) “Tortishmachoq”, “Sakrovchilar” “Kim ko’p otadi” harakatli o’yinlari; v) 2-3 daqiqa davomida bir maromda yugurish.
Amaliy: Harakatli o’yinlar. a) Buyumlar bilan mashqlar bajarish; b) saf mashqlari (bir qatordan ikki qatorga saflanish, saflanish va qayta saflanish); v) “Quyonlar polizda”, “Olib qochar”, “To’p sardorga” harakatli o’inlari.
Nazariy: Suvda chiniqish qoidalari. Suzish usullari.
Amaliy: Harakatli o’yinlar. a) Buyumlar bilan mashqlar bajarish; b) saf mashqlari (bir qatordan ikki qatorga saflanish, saflanish va qayta saflanish); v) “Quyonlar polizda”, “Olib qochar”, “To’p sardorga” harakatli o’inlari.
Amaliy: Nazorat ishi: Turgan joydan uzunlikka sakrash: o’g’illar 140-100-80-70-60; qizlar 110-90-70-60-50.
JISMONIY TARBIYA
Mavzu va vazifalar
Nazariy: Jismoniy mashqlarni bajarishda gigiyena qoidalariga rioya qilish. Amaliy: Yengil atletika. a) Yugurib kelib “xatlab” sakrashni o’rgatish; b) Turgan joyidan uzunlikka sakrashni takomillashtirish.
Nazariy: Qomatni buzilish sabablari.
Amaliy: Yengil atletika. a) Tennis to’pini uzoqlikka uloqtirish; b) 500-800 metrga yurish bilan almashinib yugurish.
Nazariy: Yengil atletika mashg’ulotlarida shikastlanishning oldini olish choralari. Amaliy: Yengil atletika.a) 4 daqiqa davomida yurish bilan almashlab yugurish
Nazariy: Yengil atletika mashg’ulotlarida shikastlanishning oldini olish choralari. Amaliy: Yengil atletika.a) 4 daqiqa davomida yurish bilan almashlab yugurish
Amaliy: Nazorat ishi: Yugurib kelib uzunlikka sakrash (metr). O’g’illar 230-200-170-150-130; qizlar 200-190-150-130-110.
Nazariy: Yengil atletika mashg’ulotlarida shikastlanishning oldini olish choralari. Amaliy: Harakatli o’yinlar. “Eshitib top”, “To’pni oyoq orasidan o’tkazish” “Uzoq otish”, “Darra” harakatli o’yinlari.
Amaliy: Harakatli o’yinlar. jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlar; “Sakrovchilar”, “Tez va aniq estafetalar” harakatli o’yinlari.
Nazariy: O’z-o’zini nazorat qilish tartibi.
Amaliy: Harakatli o’yinlar. jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlar; “Sakrovchilar”, “Tez va aniq estafetalar” harakatli o’yinlari.
Amaliy: Harakatli o’yinlar a)URM mashqlari; b) “Mergan”, “Chaqqonlar va merganlar” harakatli o’yinlari.
Amaliy: Nazorat ishi: 1000 metrga yugurish (vaqt hisobga olinmaydi).
JISMONIY TARBIYA
Mavzu va vazifalar
Amaliy: Harakatli o’yinlar. “Doirani top”, “Raqam bilan chaqirish”, “Tez va aniq mo’ljalga otish” harakatli o’yinlari.
Amaliy: Harakatli o’yinlar. “Uzatdingmi o‘tir”, “Qator oxiridagi bolaga tekkiz”, “Tez va aniq mo’ljalga otish” harakatli o’yinlari.
Amaliy: Harakatli o’yinlar. “Kim uzoqqa otadi”, “To‘pli estafeta”, “Tez va aniq mo’ljalga otish” harakatli o’yinlari.
Nazariy: Yurish va yugurish mashqlarini bajarishda to’g’ri nafas olish. Amaliy: Yengil atletika. a) Yugurib kelib “xatlab o’tish” usulida sakrash va to’siqlardan sakrab o’tish mashqlarini bajarish; b) Estafetali yugurish texnikasini o’rgatish;
Amaliy: Yengil atletika. a) Yugurib kelib “xatlab o’tish” usulida sakrash va to’siqlardan sakrab o’tish mashqlarini bajarish; b) Estafetali yugurish texnikasini o’rgatish; v) Tennis to’pini uzoqlikka uloqtirishni takrorlash.
Amaliy: Nazorat ishi: Turgan joydan uzunlikka sakrash. (sm). O’g’illar 150-130-110-100-90; qizlar 130-110-90-80-70.
Amaliy: Harakatli o’yinlar. “Kim uzoqqa uloqtiradi”, “Topishmoq” harakatli o’yinlari
Amaliy: Harakatli o’yinlar. “Poyezd”, “To‘p kapitanga” “Oq terakmi ko‘k terak” harakatli o’yinlari
Nazariy: Tanani chiniqtirishning asosiy qoidalari va ahamiyati
Amaliy: Harakatli o’yinlar. “Echkilar va cho’ponlar”, “Chilakka ip o’rash”, “Quyonlar qorovul va ovchi” harakatli o’yinlar.
Nazariy: Tanani chiniqtirishning asosiy qoidalari va ahamiyati
Amaliy: Harakatli o’yinlar. “Echkilar va cho’ponlar”, “Chilakka ip o’rash”, “Quyonlar qorovul va ovchi” harakatli o’yinlar.
JISMONIY TARBIYA
Tarixiy manbalar
«Tarix» arabcha so‘z bo‘lib, «o‘tmish», «o‘tgan voqealar haqida hikoya» degan ma’nolarni anglatadi.
Tarix odamlarning eng qadimgi zamonlardan to hozirgacha bosib o‘tgan hayot yo‘li, bugungi hayotni qanday qurganligi haqida ma’lumot beradi. Tarixni o‘rganish orqali odamlarning uzoq va yaqin o‘tmishda nima bilan mashg‘ul bo‘lganliklarini, qanday yashaganliklari hamda qanday tarixiy voqealar yuz berganligini bilib olasiz.
Tarixiy manba
Tarix fani tarixiy manbalar asosida yaratiladi. Xo‘sh, tarixiy manba nima o‘zi?
Tarixiy manba tarixdan ma’lumot beruvchi barcha tarixiy narsalar va yozib qoldirilgan turli xil hujjatlar hamda kitoblardir.
Manbashunos olimlar ularni sinchiklab o‘rganadilar va tarix fani uchun zarur ma’lumotlar to‘playdilar.
Tarixiy manbalar, o‘z navbatida, moddiy (ashyoviy) va yozma manbalarga bo‘linadi.
Moddiy manbalar
Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlari, ular yashagan makon, turarjoylarning, shuningdek, qal’a va shaharlarning, sug‘orish inshootlarining, uy-ro‘zg‘or hamda zebziynat buyumlarining qoldiqlari zarb etilgan tangalar, gerblar, muhrlar hamda mehnat qurollari moddiy manbalarni tashkil etadi. Moddiy manbalarni arxeologlar to‘plashadi.
Ular o‘tmishda odamlar yashagan deb taxmin qilingan manzilgohlarda qazish ishlarini olib boradilar. Shu yo‘l bilan moddiy manbalarni tashkil etuvchi turli ashyolarni topadilar. Ularning yaratilgan vaqtini va yoshini aniqlaydilar.
Yozma manbalar
Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy turidir. Bundan qariyb besh ming yil avval ayrim xalqlar yozish uchun alohida belgilar yaratdilar. Qoyatosh va qattiq buyumlarga o‘yib tushirilgan bitiklar, hayvon terisi, daraxt po‘stlog‘i, keyinchalik qog‘ozga yozilgan yozuvlar, turli davrlarda yozilgan qo‘lyozmalar, kitoblar, shuningdek, arxivlarda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar yozma manbalardir.
O‘zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba «Avesto» kitobidir. Unda qadimgi tariximizga oid juda qimmatli ma’lumotlar mavjud. Qadimgi Xorazm, sug‘d, baqtriya va turkiy yozuvlarida bitilgan yozma manbalar ham Vatanimiz tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, qadimgi Eron hukmdorlarining bitiklari, qadimgi Yunoniston (Gretsiya), Rim va Xitoy olimlarining asarlarida ham Vatanimiz tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirilgan.
- ТЕГИ
- Tarixdan Hikoyalar 5-sinf