Adabiyot 6-sinf. II qism
Bunday ta’limiy tadbirlar orqali badiiy matn nafosati, tabiat, xulq-atvordagi go’zallik uyg’otgan tuyg’u, zavq hissi estetik ong faktiga aylanadi. Biror narsadan ta’sirlanish natijasida yuzaga kelgan hissiyotlar kishining ongida, xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. Kitobxonning ko’ngli ana shunday ta’sir kuchiga ega bo’lgan badiiy asarni tusaydigan bo’lib qoladi. Bu holat unda estetik didning, badiiy qarashlar va e’tiqodning yuzaga kelganidan dalolat beradi. Ona tili darslarida badiiy matn o’qilganda, undan badiiy zavq olishni kuta boshlaydi.
ONA TILI FANINI O‘QITISHDA 6-SINF ONA TILI DARSLIGINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Madina Xayrullayevna Berdimuratova
Ushbu maqolada 6-sinf o‗quvchilarining yosh xususiyatlari хhamda amaldagi 6sinf darsligining tuzilishi va mazmuniga doir mulohazalar berilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — Madina Xayrullayevna Berdimuratova
BADIIY ASAR MATNI TAHLILI ORQALI O’QUVCHILARNING NUTQINI O’STIRISH
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SIFAT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA O’QUVCHILARNING KREATIV QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA RASMLARNING O’RNI
QOZOQ TILI VA ADABIYOTINI O’QITISHDA TALABALAR KOGNITIV FAOLIYATNI FAOLLASHTIRISH TA’LIMNING MUHIM OMILIDIR
Boshlang’ich sinf o’qish darsida interfaol uslublardan foydalanishning ta’limiy ahamiyati
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
THE IMPORTANCE OF THE 6TH GRADE TEXTBOOK IN TEACHING MOTHER TONGUE
This article provides ffeedback on the age characteristics of 6 th grade students and the structure and content of the current 6 th grade textbook .
Текст научной работы на тему «ONA TILI FANINI O‘QITISHDA 6-SINF ONA TILI DARSLIGINING AHAMIYATI»
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
ONA TILI FANINI O’QITISHDA 6-SINF ONA TILI DARSLIGINING
Madina Xayrullayevna Berdimuratova
Jizzax davlar pedagogika instituti magistranti berdimurottov@mail.ru
Ushbu maqolada 6-sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlari xhamda amaldagi 6-sinf darsligining tuzilishi va mazmuniga doir mulohazalar berilgan.
Kalit so’zlar: darslik, 6-sinf, topshiriq, mashq, matn.
THE IMPORTANCE OF THE 6TH GRADE TEXTBOOK IN TEACHING
This article provides ffeedback on the age characteristics of 6 th grade students and the structure and content of the current 6 th grade textbook.
Keyvords: textbook, 6th grade, assignment, exircise, text.
Ma’lumki, ta’lim sifatini oshirishda ta’lim beruvchining ilmiy salohiyati, pedagogik mahorati, ta’lim oluvchining munosabati bilan bir qatorda ta’lim vositalari ham muhim ahamiyatga ega. Ta’lim vositalari orasida eng ko’p foudalaniladigani, shubhasiz, darsliklardir. Amaldagi 6-sinf ona tili darsligi N.Mahmudov, A.Sobirov, Sh.Sattorov, Sh.Toshmirzayeva, D.Mannopovalar hammuallifligida yaratilgan bo’lib, “Kirish” va “Takrorlash” dan keyin “Fonetika. Grafika”, “Talaffuz va imlo me’yorlari”, “Leksikologiya”, va “O’quv yili oxirida takrorlash” nomli boblarga ajratilgan 136 ta darsdan iborat. Darslik ko’rinishi, dizayni jihatdan 6-sinf o’quvchilari uchun mos. Shuningdek, darslikni o’rganish davomida Komiljon va Donoxon ismli ramziy bolakaylarning hamroh qilib qo’yilishi ham yaxshi g’oya. Shuningdek, mashqlar orasida o’quvchilarga notanish bo’lgan so’zlar lug’at shaklida berilib, izohlangan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ona tilini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o’rgatishga asos bo’ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning g’oyaviy yo’nalishi va badiiy ifodaliligi
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
o’quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg’ulariga ta’sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o’quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o’stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinflari uchun yaratilgan amaldagi darslik 2017-yilda nashrdan chiqqan bo’lib, “Takrorlash”, “Matn”, “Morfologiya”, “So’z turkumlari” bo’limlaridan iborat. 6-sinfda, asosan, mustaqil so’z turkumlari o’rganiladi. Faqatgina olmosh so’z turkumi 7-sinfda o’rganiladi. 6-sinf darsligida so’z turkumlaridan so’ng ish hujjatlaridan ayrimlari (tarjimayi hol, ariza) berilgan. 6-sinflarga ona tiliga haftasiga 4 soatdan jami 136 soat ajratilgan. Mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarda nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun jami 491 ta mashq berilgan. Mashqlar deyarli an’anaviy yo’nalishda. Xususan,
74-mashq. Uyga vazifa. «O’qituvchilar va murabbiylar kuni» mavzusida matn tuzing. Unda tub vayasamaso’zlardanfoydalaning.
kabi o’quvchilarning fikrlashini biroz cheklaydigan bir xil qolipdagi mashqlar ham talaygina. Ammo darslikda bir quvonarli jihat ko’zga tashlanadi: darslikda “qoidadan misolga” emas, aksincha “misoldan qoidaga” prinsipiga amal qilinadi. Ya’ni grammatik qoidadan avval mavzuni o’quvchi o’zi qisman anglay olishi uchun topshiriqlar berilgan. Masalan, Fe’l nisbatlari mavzusini o’tishda qoidadan avval quyidagi topshiriqlar berilgan:
1-topshiriq.Oqidi — o’qitdi, keldi — keltirdi fe’llari o’rtasidagi ma’no farqlarini aniqlang.
2-topshiriq.Ba/ardi — bajarildi, bajarishadi — bajartirdi fe’llari o’rtasidagi ma’no farqlarini izohlang.
Ko’makchi fe’llar mavzusini o’tishda esa quyidagi topshiriqlar yordamida o’quvchilar mustaqil va ko’makchi fe’llar haqida o’zlari qoida yaratishlari mumkin:
O’qimoq — o’qiyboshlamoq, o’qiyolmoq, o’qibchiqmoq, o’qibtugatmoq,
o’qibyurmoq, o’qibturmoq, o’qibyubormoq, o’qibtashlamoq.
2-topshiriq.Boshlamoq, olmoq, chiqmoq, tugatmoq, yurmoq, turmoq, tashlamoqfe’llariniishlamoq, yozmoq fe’llariga qo’shib, ma’nolarini izohlang.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Psixologiyaga doir manbalar asosida tavsifi berilgan idrok etish xususiyatlari, bizningcha,onatili darslarida topshiriq shartiga ko’ra adabiy materialdan muayyan til hodisasini aniqlashda ham kuzatiladi: o’quvchi til hodisasini qidirayotgan paytda idrok birinchi navbatda shunga – til hodisasiga qaratilib, adabiy materialning badiiy
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
xususiyatlari fon sifatida ikkinchi planda qabul qilinadi. Topshiriq asosida o’quvchilarning e’tibori adabiy materialga, asarning badiiy qiymatiga: badiiy tasvir vositalariga, til xususiyatlariga yo’naltirilganda, ushbu materiallar figuraga aylanadi, ona tilidan yangi mavzu doirasida o’rganilayotgan tilhodisalari (so’z va gaplar, grammatik vositalar) fonga ko’chib, ikkinchi planda idrok qilinadi. Boshqacha aytganda, mashq va topshiriq materiali sifatida badiiy asardan keltirilgan misol (alohida gap, bir necha gapli kichik matn, she’riy misra yoki misralar, she’rlar) birdaniga bir necha planda (ham til hodisalarini aniqlash, ham badiiy asarni o’qib idrok etish ham badiiy mahorat sirlarini o’rganish planida) qabul qilinmaydi. Qay birini birinchi planga olib chiqish zarurligi topshiriq shartiga bog’liq bo’ladi. Agar matnni ifodali o’qing, degan topshiriq berilgan bo’lsa, u badiiy idrok etilishi kerak bo’lib, figura sifatida birinchi asnoga chiqadi. Basharti, matnni o’qib, darsda o’tilayotgan biror tilhodisasini aniqlash so’ralgan bo’lsa, uning badiiy jihatlari fonga ko’chadi. Shunday bo’lgach, ona tili darslarida o’quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish yo’lida badiiy matnlar ustidagi ishlarni badiiy idrok jarayoni bilan oldinma-keyin tashkil etish maqsadga muvofiq.
M.Xayrullayev, M.Haqberdiyevlar yuqoridagi holatni buyumlarning belgilariga bo’lgan munosabat misolida izohlab, shunday ta’kidlaydilar: “Inson o’z tajribasiga tayanib, buyumlarning, ayni zamonda, muhim va muhim bo’lmagan belgilarini ajratadi. Boshqacha aytganda, muhim va nomuhim belgilar munosabati nisbiydir. Inson buyumlarning bir tomonini chuqurroq bilish uchun uning shu maqsadga muvofiq bo’lmagan belgilarini hisobga olmaydi.
Demak, insonning konkret amaliy faoliyati o’ziga ma’lum maqsadga qaratilgani uchun uning predmetlardagi muhim belgilarni ajratishi ham shu maqsadga bo’ysundirilgan bo’ladi . Muhim belgini O.K.Tixomirovning talqinidan kelib chiqib figura, nomuhim belgini fon deb qabul qilish mumkin.
Ona tili darslarida badiiy matnlar mazmunini badiiy idrok etish til hodisalarini aniqlash va tahlil etishga doir ishlardan so’ng qo’shimcha topshiriq sifatida amalga oshirilishi va badiiy idrok adabiy topshiriqqa ko’chirilishi ular ustida olib boriladigan ko’pi bilan 5-7 daqiqaga mo’ljallanadigan ishlarning dastlabki qadami sanalishi kerak. Badiiy idrok jarayoni ishga tushgan taqdirdagina matndan estetik zavq olish, ta’sirlanish yuzaga chiqadi, ana shu ta’sirlanishni ta’minlovchi vositalarga e’tibor paydo bo’ladi, diqqat shularga markazlashadi. Badiiy idrok estetik tarbiya topganlik, badiiy didga ega bo’lganlik kabi xislatlarda namoyon bo’ladi. Bular so’z va so’z shakllarini ishlatish mahorati bilan tanishish, imkon qadar ushbu mahoratni egallay borish asnosida rivoj topadi.
6-sinf “Ona tili” darsligidagi quyidagi mashqni ko’rib chiqaylik.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
174-mashq. Matnni o’qing. Ko’makchi fe’llarni topib, ular bildirgan ma’nolarni aniqlang. Ko’makchi fe’llar ishtirokida yangi so’z qo’shilmalarini hosil qiling.
Chor atrofi baland devor bilan o’ralgan tor joyda uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar to’lib-toshib yotibdi. Eng qizig’i, devorboshida o’qtin-o’qtin ko’rinish beradigan babaqxo’roz. U o’ziga hayratomuz tikilib turgan Oqbo’yinga boshini u yon bu yon burib qarab qo’yadi-da, qanotlarini tap-tap qoqqanicha, birdan qichqirib qoladiki, sho’rlik Oqto’shqochaman deb umbaloqoshib tushadi.
Gohida shu ish ustiga uy egasining o’rtancha o’g’li Rasul kelib qoladi. Rasul uni yerdan ko’tarib bag’riga bosadi, silab siypaydi. (N.Norqobilov)
Bu kabi badiiy matnlar yoshlarni emotsional-ekspressiv morfologik shakllar bilan tanishtirish, ularga talaffuzi, imlosini o’rgatish, o’z o’rnida bilib qo’llashni ko’rsatib borishda muhim rol o’ynaydi. Ushbu Grammatik ma’noni kuchaytirib, nutqning ta’sirchanligini oshiruvchi til hodisalari badiiy asardan olingan parchaning til xususiyatlarini qisqa tahlil qilish jarayonida izohlanib, o’xshash vaziyatlarda ulardan foydalanib fikr ifodalash mashqi orqali mustahkamlanadi.
Bunday ta’limiy tadbirlar orqali badiiy matn nafosati, tabiat, xulq-atvordagi go’zallik uyg’otgan tuyg’u, zavq hissi estetik ong faktiga aylanadi. Biror narsadan ta’sirlanish natijasida yuzaga kelgan hissiyotlar kishining ongida, xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. Kitobxonning ko’ngli ana shunday ta’sir kuchiga ega bo’lgan badiiy asarni tusaydigan bo’lib qoladi. Bu holat unda estetik didning, badiiy qarashlar va e’tiqodning yuzaga kelganidan dalolat beradi. Ona tili darslarida badiiy matn o’qilganda, undan badiiy zavq olishni kuta boshlaydi.
Demak, ona tili darslarida badiiy idrok maxsus topshiriq asosida matnni badiiy asardan olingan parcha sifatida o’qish, til xususiyatlarini o’rganish sari yo’naltirilgan taqdirdagina mashq materiali oddiy o’quv matni emas, balki adabiy matn deb qabul qilinadi va o’qiladi, natijada u figura sifatida birinchi planga ko’chadi. Shundagina asar mazmunini adabiyot darslarida bo’ladigan kabi badiiy idrok etish jarayoni ro’yobga chiqadi. Ona tili maktabda ta’lim jarayonida o’rganiladi.Ta’lim jarayoni esa o’quvchi uchun tilni o’zlashtirishning yangi shart-sharoiti bo’lishi lozim. O’quv materialdagi nazariy mashqlar o’quvchini keng fikrlashga, tarbiyasini ijodiy tomonga ozgartirishga, bundan tashqari o’rganilayotgan Grammatik mavzuni yanada mukammal o’zlashtirishga qaratilgan bo’lishi darkor. Mana shunday mashqlardan biriga e’tiborimizni qaratsak, 139-mashq. “sen” ham “siz” ham bir og’izdan chiqadi” mavzusida matn tuzish. Ushbu mashq fe’l so’z turkumini o’tish jarayonida berilganligi o’quvchining o’rgangan Grammatik qoidalarini mustaqil qo’llashga ham o’rgatadi. O’quvchilar fe’llarning shaxs-son shakllari, birlik yoki ko’plikda tuslanishi haqidagi qoidalar bilan tanish bo’ladi va matn tuzish jarayonida o’rganilgan bilimlarga asoslanadi. 6-sinf darsligi o’quvchilarning
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning fikrini og’zaki va yozma tarzda yuzaga chiqarish, eshitish, so’zlash kabi xususiyatlarini shakllantirishga yordam beradi.
Xususan, “Fe’llarning zamon shakllari” mavzusida topshiriq, qoida, amaliy mashqlar va mavzuni yaxlitlovchi 3 ta nazariy savol berilgan.
1.Zamon shakllari deb nimaga aytiladi?
2.Fe’l zamonlari necha xil bo’ladi.
3.-di,-yapti,-moqchi qo’shimchalari yordamida qaysi zamon shakllari yasaladi. XULOSA
Nazariy savollar bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, 1-2- savollarda qoidani yodlab, mazmunini ongiga singdirsa, 3-savolda o’zlashtirilgan qoidani amalda qo’llashga o’quvchini undaydi. Nazariy mashqlar o’quvchining nutqini o’stirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Ona tilini o’qitishda qoidabozlikni kamaytirish, nutq amaliyoti ustuvorligini ta’minlaydigan mashqlarga keng o’rin berish kerak. Ammo 6-sinf ona tili darsligida qator kamchiliklar ko’zga tashlanadi. Har bir mavzu so’ngida uyga vazifaga matn tuzish uchun mavzu berilgan bo’lib, bu o’quvchilar yozma nutqini rivojlantiradi, lekin og’zaki nutqni shakllantirmaydi. Og’zaki nutqni rivojlantirsh, bolani fikrini erkin bayon etishi uchun darslikka yangicha metodik yondashish zarur.
1. Mahmudov N. Nurmonov. A. Sobirov D va boshqalar. Ona tili. Umumta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik. ” Tasvir ” nashriyot uyi. Toshkent: 2017.
2. Muhitdinova H. Ta’lim bosqichlarida o’zbek tili o’qitilishi uzluksizligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish. P.f.d. diss. – Toshkent, 2011.
3. Sattorova N. O’quvchilarning insho yozish malakalarini shakllantirish. P.f.n. diss. -Toshkent: 1995.
4. B. G’ulomov, B. Qobulova Nutq o’stirish mashg’ulotlari. Toshkent. 1995.
5. N. Mahmudov Ta’lim bo ‘g’inlarida ona tili o’qitish mazmunini yangilash muammolari. Qarshi. 1993.
6. R. Safarova Ona tili ta’limining yangilangan mazmuni va uning didaktika asoslari. Toshkent. 1995.
Adabiyot 6-sinf. II qism
ADABIYOT UMUMIY O39RTA TA39LIM MAKTABLARINING 6-SINFI UCHUN DARSLIK-MAJMUA
App Size: Varies with device
Release Date: Jul 27, 2018
Price: Free
69 Ratings
Books & Reference
Varies with device
Download Apk
Google Play
Screenshots for App
// qism QAYTA ISHLANGAN 4-NASHRI
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tasdiqlagan
TOSHKENT «MA’NAVIYAT» 2017
SUNNATAHMEDOV,
RAHMON QO’CHQOROV,
SHUHRAT RIZAYEV
ADABIYOT
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik majmua
II qism
Qayta ishlangan 4-nashri
Toshkent «Ma’naviyat» 2017
Muharrir D. Ismoilova Rassomlar: A. Mamajonov, R. Zufarov Musahhih S. Toshqulova Kompyuter dizayni Sh. Sohibov
© «Ma’naviyat» nashriyoti. Litsenziya AI №189, 10.05.2011-yilda berilgan.
Bosishga 26.04.2017-y.da ruxsat etildi. Bichimi 70x90V16. Tayms garniturasi.
Ofset bosma usulida bosildi. Shartli bosma tabog’i 11,70. Nashrtabog’i 8,01.
474 300 nusxa. Buyurtma № 17-241.
Original maket «Ma’naviyat» nashriyotida tayyorlandi. Toshkent, Taraqqiyot 2-berkko’cha, 2-uy. Shartnoma № 05-17.
O’zbekiston Matbuot va axborot agentligining «O’zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etildi. Toshkent, Navoiy ko’chasi, 30-uy, 2017.
More Information about: Adabiyot 6-sinf. II qism
Price: Free
Version: 1.0.0
Size: Varies with device
Release Date: Jul 27, 2018
Content Rating: Everyone
Developer: Turkiston
Developer Apps
Adabiyot 8-sinf. I qism
Rus tili 10-sinf
Adabiyot 6-sinf. I qism
Adabiyot 10-sinf. I qism
Mollanepes – Gosgular
Odam va uning salomatligi 8-sinf
Ingliz tili 9-sinf
Adabiyot 6-sinf. II qism
Related Apps
Adabiyot 8-sinf. I qism
Adabiyot 6-sinf. I qism
Adabiyot 10-sinf. I qism
Adabiyot 10-sinf II qism
Adabiyot 6-Sinf 2-Qism
Adabiyot 7-sinf
Adabiyot 11-sinf II qism
Monster Killing City Shooting II
Adabiyot 8-sinf. 2 qism
Adabiyot 5-sinf. 2 qism
Adabiyot 9-sinf II qism
Gun Strike Ops WW2 – World War II fps shooter
The revenge Double dragon II Sō Setsu Ryū II
Luna Story II – Six Pieces Of Tears
Adabiyot 11-sinf I qism
Adabiyot 5-sinf. I qism
Top Charts
- Top Free Apps
- Top Paid Apps
- Top Grossing Apps
- Top Grossing Games
Top New
- New Free Apps
- New Free Games
- New Paid Apps
- New Paid Games
More Pages
- Top Free Games
- Top Paid Games
- Categories
- Privacy Policy
Support
Copyright © 2023 STE Primo All rights reserved. | Privacy Policy | contacts
This website uses cookies to ensure you get the best experience on our website. More info. That’s Fine